Authors

  • Xolida Xasanova
    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
  • Mohichehra Xudoyberganova
    Milliy tadqiqot universtiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.71928

Keywords:

Meyer Messenskiy Novoguzkiy oq va qora zanjabil kombinatsiya.

Abstract

Bilamizki limon foydali mevalar guruhining eng oldingi o’rinlarini egallaydi. Biz bu mevaning foydali xususiyatlarini yanada oshirish maqsadida yana bitta inson organizmi uchun foydali bo’lgan o’simlik zanjabil bilan kombinatsiyalashtirgan holatda murabbo ishlab chiqarish texnologiyasini amalga oshirdik. Maqolamizdan ko’zlangan maqsad bu ikkita o’simliklarni birlashtirgan holatda foydali mahsulot ishlab chiqarish, mahsulotning inson organizmiga ijobiy va  salbiy taraflarini o’rganish, xalqimizni bu mahsulotni tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirish, mahsulotni kunlik istemolimiz uchun targ’ib qilish va hokozolarni o’z ichiga oladi. Shuningdek maqolamizda bu ikkita foydali mahsulotga tegishli bo’lgan kerakli ma’lumotlar qo’shimcha tarzda kiritib o’tildi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

53

LIMON VA ZANJABIL O’SIMLIGIDAN MURABBO

ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Xasanova Xolida Ibodullayevna,

Xudoyberganova Mohichehra Yaxshimurodovna

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini

mexanizatsiyalash muhandislari instituti”

Milliy tadqiqot universtiteti

Annotatsiya:

Bilamizki limon foydali mevalar guruhining eng oldingi

o’rinlarini egallaydi. Biz bu mevaning foydali xususiyatlarini yanada oshirish

maqsadida yana bitta inson organizmi uchun foydali bo’lgan o’simlik zanjabil bilan

kombinatsiyalashtirgan holatda murabbo ishlab chiqarish texnologiyasini amalga

oshirdik. Maqolamizdan ko’zlangan maqsad bu ikkita o’simliklarni birlashtirgan

holatda foydali mahsulot ishlab chiqarish, mahsulotning inson organizmiga ijobiy

va salbiy taraflarini o’rganish, xalqimizni bu mahsulotni tayyorlash texnologiyasi

bilan tanishtirish, mahsulotni kunlik istemolimiz uchun targ’ib qilish va hokozolarni

o’z ichiga oladi. Shuningdek maqolamizda bu ikkita foydali mahsulotga tegishli

bo’lgan kerakli ma’lumotlar qo’shimcha tarzda kiritib o’tildi.

Kalit so’zlar:

Meyer, Messenskiy, Novoguzkiy, oq va qora zanjabil,

kombinatsiya.

Аннотация:

Мы знаем, что лимоны находятся в авангарде группы

полезных фруктов. Чтобы еще больше усилить полезные свойства этого

фрукта, мы внедрили технологию производства джема в сочетании с имбирем

— еще одним полезным для организма человека растением. Цель нашей статьи

– произвести полезный продукт путем объединения этих двух растений,

изучить положительные и отрицательные стороны продукта для организма

человека, познакомить наших людей с технологией приготовления этого


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

54

продукта, популяризировать продукт для нашего ежедневного

потребления и т. д. В нашей статье также содержится

дополнительная информация об этих двух полезных продуктах.

Ключевые слова:

Мейер, Мессенский, Новогузский,

белый и черный имбирь, сочетание.

Abstract:

We know that lemon is one of the most useful fruits. In order to

further enhance the beneficial properties of this fruit, we have implemented a

technology for producing jam in combination with another plant useful for the

human div, ginger. The goal of our article is to produce a useful product by

combining these two plants, study the positive and negative aspects of the product

for the human div, familiarize our people with the technology for preparing this

product, promote the product for our daily consumption, and so on. Our article also

includes additional information about these two useful products.

Keywords:

Meyer, Messensky, Novoguzsky, white and black ginger,

combination.

Limon-sitruslar turkimiga kiruvchi doimiy yashil o’simlik. Vatani Janubiy va

Janubiy-sharqiy Osiyo hisoblanadi. Madaniy holatda yetishtiriladi. Daraxt

balandligi 3-7 m atrofida shox-shabbasi yoyiq holatda o’sadi. Novdalari tikanli yoki

tikansiz shakllarda bo’ladi. Barglari och yashil, gullari ikki jinsli oq rangda,

xushbo’y hidga ega. Mevalari dumaloq yoki tuxumsimon shaklda vazni 140-400 gr

atrofida, po’sti sariq, qalin yoki yupqa, hushbo’y ifor taratadi. Meva sharbati

tarkibida 5,5-8,1 % kislotalar, 1,9-3,0% qand, vitaman S( 100 gr ida 45-50 mg), RR

, V vitaminlari, pektin moddalar, temir, fosfor, kaliy kalsiy, magniy tuzlari bor.

Limon qalamchasidan va ko’chatlaridan ko’paytiriladi. Ko’chatlar o’tqazilgandan

so’ng 3-4 yilda hosilga kiradi. Bir tup limon daraxti 15-20 kg miqdorda hosil beradi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

55

Daraxt gullagandan so’ng 150-170 kunlarda meva to’liq pishib

yetiladi. Issiqsevar, yorug’sevar, namga talabchan o’simlik. 4-5

yoshli meva daraxti 120-150 dona meva bersa 9- 10 yoshli tupda bu

ko’rsatkich 120-1150 tagacha yetadi. O’zbekistonda 1949-yildan

transheyalarda yetishtirilib kelinadi. O’zbekistonda yetishtiriladigan

asosiy navlari: Toshkent, Meyer, Novogruzkiy, Messenskiy va boshqalar.

O’zbekistonda limon yetishtirish bo’yicha Surxandaryo, Qashqadaryo, Farg’ona

viloyatlari, eksport darajasi bo’yicha esa Surxandaryo, Farg’ona, Toshkent

viloyatlari yetakchilik qiladi.

Limonning asosan qayta ishlash jarayonida sharbatlar, konservalar, murabbo,

marmeladlar,limon kislotasi va shu kabilar tayyorlanadi.

Zanjabil o’simligi zanjabildoshlar oilasiga kiruvchi yo’g’on ildizpoyali ko’p

yillik o’simlik. Asosan tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Bu o’simlik

Osiyodan eksport qilingan birinchi ziravor o’simliklardan biri bo’lib, Yevropaga

ham shu maqsadda olib kelingan va qadimgi yunonlar va rimliklar tomonidan

ishlatilgan. Zanjabil o’simligi bundan 2000 yil oldin ham o’z shifobaxshligi bilan

tanilgan. Hozirgi kunda zanjabil o’simligining asosiy ishlab chiqaruvchilari Xitoy

va Hindiston, shuningdek, yaponiya, Nigeriya, G’arbiy Afrika, Avstraliya,

Argentina, Barbados va Seylon hisoblanadi. Zanjabil tabiiy holatda juda kam

uchraydi. Asosan ekin maydonlarida va uy sharoitida yetishtiriladi. Zanjabil

ildizining hamma qismida efir moylari mavjud. Ayniqsa quritilganda hushboy hid ,

yaxshi tam va efir moddalarga boy bo’ladi. Maydalangan talqoni tabobatda jigar,

yurak, me’da xastaligini davolashda ishlatiladi. Asosan ikki turi yetishtiriladi. Bular

oq va qora zanjabil. Oq zanjabil eng oliy navlisi hisoblanadi. Ildizlari birma bir

tozalanib sulfat kislota bilan oqartiriladi. Qora zanjabil tozalanmagan faqatgina issiq

suv yordamida kuydirilgan,achchiq tam va hushboy hidga ega bo’gan turidir.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

56

O’zbekistonda ham issiqxona va xonadonlarda yetishtiriladi.

Bo’yi 1,5 metrgacha yetadi. Barglari ildiz qismidan o’sib chiqib

uzunligi 20 smni tashkil etadi. Ildizpoyalari seret, yo’g’on,

tuproqning yuza qismida joylashadi.Ildizining ichki qismi sariq,

juda hushboy iforlidir. Pishib yetilgan ildiz diametri 2-4 sm bo’lib,

ildiz qisimlaridan ko’payadi. O’rtacha hosildorlikgektaridan 20 tonnani tashkil

etadi. Qayta ishlangan mahsulotlari quritilgan, tuzlangan, kukunga maydalangan

holatlarda, yokida sharbati va yog’ siqib olingan holatda ishlab chiqariladi.

Zanjabil ovqat hazm qilish organlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shamolash

kasalliklarida qaynatma tayyorlab ichiladi. Teri kasalliklari, bronxial asmada keng

qo’llaniladi. Sariq kasalligi, ich ketishi, qalqonsimon bez faoliyati buzilish

jarayonlarida ham samarali vositadir. Bo’g’im va mushaklardagi og’riq va shishlarni

qaytaradi. Organizmning qarish jarayonlarini ham sekinlashtiradi. Har qanday

ko’ngil aynishini ham qoldiradi. Gipertenziya, semizlik, qandli diabet, o’t

pufagidagi toshlar paydo bo’lmasligi uchun qo’llanilsa ijobiy natijalarga ega

bo’linadi. Bundan tashqari og’iz bo’shlig’idagi muammolar, milk kasalliklari,

gingivit, paradontit, tish bo’slig’i va ildiz kanallarining infeksiyalarini keltirib

chiqaruvchi patagen bakteriyalar faoliyatini to’xtatib turadi. Xotira va fikrlash

tezligini ham samarali tarzda oshiradi.

(1-2-rasm. Limon va zanjabil o’simligi)


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

57

Murabbo tayyorlashda materiallar va jarayonlar ketma ketligi

Limon va zanjabildan tayyorlangan murabbo- bu vitamin va

minerallarga ega bo’lgan, nordon, nordon-shirin tamlarni o’zida

birlashtirgan, hushbo’y hid va o’zgacha ko’rinishda ega bo’lgan

mahsulotdir. Biz bu mahsulotni choy, tost, shirinliklar tayyorlash

maqsadida, shuningdek guruch va go’sht bilan ham birlashtirishimiz mumkin.

Quyida bu ajoyib mahsulot tayyorlanish jarayonlari bilan tanishib chiqamiz.

1.Biz murabbo tayyorlash uchun eng avvalo mahsulotlarni yig’ib olamiz. Buning

uchun bizga 4 ta limon, 50 gr zanjabil, 500 gr shakar va 150 ml suv kerak bo’ladi.

Limonning meyer navidan foydalanish maqsadga muofiqdir. Sababi meyer navi –

limon va apelsinning tabiiy gibridi hisoblanib qobig’i yupqa, silliq, to’q sariq rangga

egaligi, tarkibida 2% ga yaqin shakar, 6-8% turli kislotalar, 0,5 %ga yaqin turli

mineral moddalar, 60-90mg/% C vitamini va shu bn bir qatorda A, B, B1 va PP

vitaminlari mavjudligi, va yana qimmatli xususiyatlardan biri mevalar uzoq vaqt

saqlanganda va qayta ishlanganda ham tarkibidagi vitaminlarni yo’qotmasligidir.

2.Keyin esa biz limon mevalari va zanjabilni yuvib olamiz. Mevalarni yuvishdan

maqsad meva yuzasidagi pestitsid qoldiqlar va mum qavatni olib tashlashdir.

Mevalar oqava suvda tozlab yuviladi. Yuvishda sho’r suv yoki sodali suvdan ham

foydalanish mumkin. Yuvilgan limonni tilimlab kesib olamiz. Zandabilni esa

po’stlog’idan ajratamiz. Po’stlog’idan ajratilgan zanjabilni qirg’ichdan chiqarib

mayda holatga olib kelamiz.

3.So’ngra gazga sirli idishimizni joylashtiramiz 150 ml suv va 500 gr shakarni

solamiz. Shakar erib suv qaynab chiqqach tilimlangan limon va maydalangan

zanjabilni qo’shamiz. Massamizni 25 minut davomida past olovda qaynatamiz. Agar

bizga quyuq massa kerak bo’ladigan holatda qaynagan murabbomizni sovutib

so’ngra yana 25 minut qaynatishimiz mumkin.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

58

4.Tayyor bo’lgan murabboyimizni bankalarga joylash. Biz bu uchun

0,25-0,5 l li bankalarni tanlashimiz mumkin. Massani bankalarga

quyishimizdan oldin bankani yuvish

orqali kir va iflosliklardan

tozalab olamiz va sterilizatsiya qilamiz. Sterillash uchun biz uy

sharoitida suv bilan, pechka va mikroto’lqinli pechdan

foydalanishimiz mumkin. Bankalarni qaynatish yo’li bilan sterilizatsiya qilganda

bankalarni keng idishga joylashtiramiz ustidan suv quyib qaynab chiqquncha

kutamiz. Suv qaynab chiqqandan so’ng 10-15 daqiqa davomida kutamiz. Bunda

bankalarning butun yuzasi suv bilan to’liq qoplanishi kerak. Steril qilingan

bankalarni suvdan chiqarib olib toza mato yoki sochiq ustiga qo’yamiz va havoda

sovushini kutamiz. Keyingi usul pechkada sterilizatsiya qilish usuli. Bunda

banlalarni pechga joylashtiramiz va pechni 150-160 °Cda oldindan qizdirilgan

pechga 10-15 daqiqa davomida qoldiramiz. Massani issiq holatda bankalarga

quyamiz. Bunda bankaning to’liq to’lishiga e’tibor qaratamiz. Murabbo bilan

to’ldirilgan bankalarni sterillangan qopqoqlar bilan yopib mahsus yopqich

uskunalaridan foydalangan holatda qotiramiz.

3-rasm. Limon va zanjabil murabbosi.

5. Mahsulotimizni sovutish sovitgichlarga yokida

yoruglik va issiqlikdan himoyalangan xonalarga saqlash

uchun joylashtiramiz. Mahsulotimiz yorug’lik nurlari

to’g’ridan to’g’ri tushmaydigan xonalarda saqlanishi talab etiladi. 15-18 °C harorat

, 60-70 % namlik murabbo uchun ideal muhit hisoblanadi.

Xulosa:

Limon va zanjabil murabbosi 2 tur mahsulotning kombinatsiyasi natijasida

hosil bo’lgan shifobaxsh taomdir. Bu mahsulotni oz miqdorda istemol qilish ham

immunitetni sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Bu ikkita mahsulot alohida


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

59

tarzda yokida birgalikda yurak qon tomir tizimini mustahkamlashga,

ortiqcha vaznga qarshi yaxshi samara ko’rsatadi. Shamollash

kasalliklarini oldini olishda va davolashda ajoyib vosita. Ikkala

mahsulot

foydali

xususiyatlari

birlashgan

tarzda

turli

yallig’lanishlarga qarshi, analjezik, sedaktiv, tonik tasirlarni

ko’rsatadi. Infarkt, gasrtit, oshqozon yarasi, shuningdek yuqori va past qon bosimi

bilan og’rigan bemorlarga bu mahsulotni ehtiyotkor tarzda istemol qilish tavsiya

qilinadi. Bu maqolada atigi to’rtta mahsulot limon, zanjabil, suv va shakar bilan

birgalikda inson organizmiga kerakli bo’lgan darmondorilarga boy mahsulot

tayyorlanishini keltirib o’tdik. Biz nu murrabboni tayyorlashda shakar o’rniga asal

ham qo’llashimiz mumkin. Shu bilan birgalikda murabboga 10 gr miqdorda vanilin

qo’shish murabbo hidini betakror bo’lishiga olib keladi. Limon tarkibidagi C

vitamining ko’pligi immune tizimini kuchaytirishga, zanjabil esa organizmni

himoya qilib, viruslarga qarshi kurashishga yordam beradi. Bundan tashqari limon

kistatalilik xossasi oshqozon shirasi ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi, bu esa

ovqat hazmini yaxshilaydi. Xuddi shunday zanjabil tarkibi ham hazmni yaxshilash,

oshqozon ichak muommolariga qarshi samaralidir. Bu murabboning kunlik istemol

miqdori 1-2 qoshiqdan oshmasligi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Sindarov O.X Mevachilik va sabzavotchilik. Darslik.

2.

Bo‘riyev X.CH., Jo‘rayev R., Alimov O., Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga

dastlabki ishlov berish (o‘quv qo‘llanma). – T.: ToshDAU, 2003.

3

.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Limon

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Zanjabil

5.

https://uz.healthy-food-near-me.com/lemon-and-ginger-jam-9-recipes/#How-to-

make-Lemon-Ginger-Jam

References

Sindarov O.X Mevachilik va sabzavotchilik. Darslik.

Bo‘riyev X.CH., Jo‘rayev R., Alimov O., Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish (o‘quv qo‘llanma). – T.: ToshDAU, 2003.