JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
172
172
YO’L POYIDA FOYDALANILADIGAN GRUNTLARNING
MUSTAHKAMLIK KO’RSATKICHLARI
Abdullayeva Diyora Xabibulla qizi
Toshkent davlat transport universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada avtomobil yo‘llari poydevoriga tushadigan qisqa vaqtli va ko‘p
marta takrorlanuvchi yuklamalarning lyossimon gruntlarga ta’siri tahlil qilingan.
Tajriba va nazariy tahlillar asosida bu yuklamalar natijasida grunt agregatlarining
maydalanishi, bog‘lanish kuchi va ichki ishqalanish burchagining kamayishi
kuzatilishi aniqlangan.
Kalit so'zlar:
lyossimon grunt, bog‘lanish kuchi, ichki ishqalanish burchagi,
qisqa vaqtli yuklama, yo‘l to‘shamasi, agregatlar deformatsiyasi.
ANNOTATION
This article analyzes the impact of short-term and repeatedly applied loads on
loess soils used in road foundations. Based on experimental and theoretical studies, it
is established that such loads cause fragmentation of soil aggregates and a decrease in
cohesion and internal friction angle.
Keywords:
loess soil, cohesion, internal friction angle, short-term loading, road
pavement, aggregate deformation.
Avtomobil yo’llarining mustahkamligi yo’l to’shamasini hisoblash ishlarida yo’l
poyi gruntining hisobiy ko’rsatkichlarini to’g’ri belgilanishiga bog’liq. Yo’l
qurilishiga oid adabiyotlar va me’yoriy hujjatlarning tahlili amaldagi yo’l to’shamasini
tuzilmasini hisoblash usullarida undan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan
transportdan tushayotgan qisqa vaqt va ko’p marta takrorlanuvchi yuklamaning
ta’sirini yo’l poyida foydalaniladigan lyossimon gruntlarini siljishga qarshiligiga
ta’siri o’rganilmaganini ko’rsatdi.
Ko’pgina gruntshunoslikka oid adabiyotlarning tahlili [1,2], hamda nazariy
mulohazalarimizning natijasi qisqa vaqt va ko’p marta takrorlanuvchi yuklama
ta’sirida uning sonini ortishi bilan: qoldiq deformatsiyasi va cho’kish moduli oshishini,
ammo bir xil sharoitda, ya’ni bir xil zichlikda va namlikda g’ovaklik koeffitsienti, ichki
ishqalanish burchagi va bog’lanish kuchi kamayishini ko’rsatadi.
Avtomobil yo’llariga transport vositalaridan yuklamalar ko’p marta va qisqa vaqt
ta’sir qilishini hisobga olib tajribalar olib borildi va tahlil qilindi. Grunt namunasiga
xuddi shunday takrorlanuvchi yuklama ta’sir etganda hosil bo’ladigan kuchlanish va
qisman tebranish natijasida yirik agregatlar yanada maydaroq agregatlarga bo’linadi,
yirik g’ovakliklarning hajmi kamayadi, ya’ni g’ovakligi kamayadi. Agregatlarning
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
173
173
maydalanishi natijasida ularning va ularni tashkil qiluvchi zarrachalarni shakli
o’zgaradi, deformatsiyaga uchraydi. Deformatsiyaga uchrashi oqibatida unga berilgan
birlamchi bog’lanish kuchi va ichki ishqalanish qiymatlari o’zgaradi. Bu o’zgarishlarni
prof. N.N. Maslovning fikricha, xususan gruntlarning siljishga qarshiligi umumiy
holatda quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
W
W
PW
C
Ptg
S
, MPa, (1)
bunda
R-
namunaga qo’yilgan normal kuchlanish, MPa;
W
-namunaning ma’lum bir namligidagi ichki ishqalanish burchagi, grad.;
W
C
-namunani ma’lum bir namlikdagi umumiy bog‘lanish kuchi, MPa.
Umumiy bog‘lanish kuchi
W
C
ni N.N. Maslov quyidagi ko‘rinishda ifodalashni
taklif qiladi:
W
C
=
Σ
W
+C
C
,
(2)
bunda:
Σ
W
–
ma’lum bir namlikda
W
qaytuvchan tabiatga ega bo‘lgan suv – kolloid
tabiatli bog‘lanish kuchi, MPa;
C
C
-qaytmaydigan tabiatli qattiq strukturali bog‘lansh kuchi (namlikka bog‘liq
emas), MPa.
Yuqorida keltirilgan (2) ifodaga asosan grunt namunasiga ko’p marta va qisqa
vaqt ta’sir qiluvchi yuklama qo’yilganda agregatlarni bo’laklarga bo’linishi
deformatsiyasi natijasida uni bog’lanish kuchi
W
C
ni tashkil qiluvchilari orqaga
qaytuvchan xarakterga ega bo’lgan suv-kolloid tabiatli
Σ
W
va qaytmaydigan tabiatli
qattiq strukturali bog‘lanish kuchi
C
C
buziladi. Ammo
Σ
W
o‘zining qaytuvchan suv-
kolloid tabiati bilan qaytadan tiklanadi. Lekin qaytmaydigan tabiatli qattiq strukturali
bog‘lanish kuchi tiklanmaydi. Natijada ko‘p marta va qisqa vaqt ta’sir qiluvchi
yuklama ta’sirida umumiy bog’lanish kuchi
W
C
tiklanmaydi, qaytmaydi va uning
qiymati kamayadi [3-4].
Ma’lumki, gruntlarning ichki ishqalanish burchagi zarrrachalar va agregatlarning
yuzasini g’adir-budirligi shakli natijasida hosil bo’ladi. Grunt namunasiga ko’p marta
va qisqa vaqtli yuklama ta’sir etganda katta agregatlarning mayda agregatlarga
bo’linishi natijasida shakli o’zgarib, g’adir-budirligi kamayadi. Bu esa umuman olgan
holatda ichki ishqalanish burchagini kamayishiga olib keladi.
Shunday qilib, yo’l to’shamasini tuzilmasini siljishga mustahkamlikka
hisoblashda mustahkamlik tavsiflari sifatida, yo’l poyiga undan foydalanish jarayonida
tushadigan yuklamani qisqa vaqt va ko’p marta takrorlanib turish ta’sirini hisobga
olingan holdagi tavsiflari, ya’ni bog’lanish kuchi va ichki ishqalanish burchaklaridan
foydalanish kerak [5,6].
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
174
174
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ларионов А.К. Методы исследований структуры грунтов. – М.: Недра,
1971. – 200 с.
2. Грунтоведение / Е.М. Сергеев и др.; под редаксией Е.М. Сергеева. -
М.: МГУ, 1983. – 288 с.
3. Каюмов А.Д. Уплотнение и расчетные характеристики лессовых грунтов.
– Ташкент: Фан, 2004. – 120 с.
4. Казарновский В.Д. Отсенка сдвигоустойчивости связных грунтов в
дорожном строителстве. – М.: Транспорт, 1985. - 168 с.
5. D.A.Maxmudova, R.M.Xudayqulov “Murakkab sharoitlarda avtomobil yo‘lla-
rini loyihalash”. O‘quv qo‘llanma. T. “ZEBO-PRINT” 2022-y. 165 bet.
6. МКН-46-08. Инструкция по проектированию нежестких дорожных
одежд.
“
Узавтойўл ГАК” Ташкент 2010 г.