Vol. 80 No. 1 (2025)
Articles
O‘ZBEKISTONDA EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHISH CHORALARI
Annotatsiya: maqolada ekstremizm va terroizmga qarshi kurashish zaruriyati, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, ekstremizm va terrorizmga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ишлар bayon etilgan.
OILAVIY ZO‘RAVONLIKNING HAR QANDAY KO‘RINISHIGA QARSHIMIZ!
Annotatsiya: Mazkur maqolada oilaviy zo‘ravonlik tushunchasi, uning turlari, sabablari va jamiyatda yuzaga keladigan salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu muammoga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, davlat va nodavlat tashkilotlarining sa’y-harakatlari, xalqaro tajribalar bilan qiyosiy tahlillar keltirilgan. Maqola yakunida oilaviy zo‘ravonlikni oldini olishga doir taklif va tavsiyalar beriladi.
IJTIMOIY HIMOYAGA MUXTOJ AYOLLARDA SUISIDGA MOYILLIK XUSUSIYATLARINI KORREKSIYALASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI
Ushbu maqolada tazyiq va zо‘ravonlikka uchragan, о‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyilligi bо‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga yordam kо‘rsatishda hududiy xususiyatlarni hisobga olish va idoralaro hamkorlikning samaradorligi xaqida.
ДАВЛАТ - ХУСУСИЙ ШЕРИКЛИК АСОСИДА ЛОЙИҲАЛАР ИШЛАБ ЧИҚИЛИШИ ВА УНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ
Аннотация: Ушбу мақолада Ўзбекистонда амалга оширилган давлат-хусусий шериклик лойиҳаларини таҳлили баён қилинган бўлиб, унда мамлакатимизда охирги йилларда давлат-хусусий шериклик лойиҳалари соҳалар кесимидаги амалга оширилган давлат-хусусий шериклик муносабатлари ёритиб берилган. Шунингдек, мамлакатимизда давлат-хусусий шериклик лойиҳалари амалга оширишнинг афзаллик ва камчиликлари аниқланиб, лойиҳалар самарадорлигини оширишга хизмат қилувчи таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
DORIXONALAR UCHUN OMBORXONA BOSHQARUVI: DORI VOSITALARINING HISOB-KITOB VA YAROQLILIK MUDDATINI NAZORAT QILISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada dorixonalarda omborxona boshqaruvi jarayonlarini takomillashtirish, dori vositalarining hisob-kitobi va yaroqlilik muddatini samarali nazorat qilishning zamonaviy usullari tahlil qilingan. Dorixonalardagi mavjud muammolar, dori vositalarining isrofi, noto‘g‘ri hisob yuritilishi, va eskirgan tizimlar sababli yuzaga keladigan salbiy oqibatlar yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida omborxona boshqaruvini avtomatlashtirish va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha takliflar keltirilgan.
FAXRIDDIN AR-ROZIY IJODIDA AXLOQ VA NAFS TARBIYASI MASALALARIGA ILMIY-PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Faxriddin ar-Roziy o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyatida axloq va nafs tarbiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratgan buyuk mutafakkir sifatida tanilgan. Uning asarlarida insonning ruhiy va axloqiy kamoloti, nafsning poklanishi va tarbiyasi muhim mavzular sifatida keng yoritilgan. Ar-Roziy axloqiy tarbiya jarayonini nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb hisoblagan va bu yo‘nalishda chuqur ilmiy-pedagogik yondashuvlarni ilgari surgan. Uning qarashlarida axloqiy tarbiya inson hayotining barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatadi va shaxsning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Shu sababli, axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va nafsni tarbiyalash muhim vazifa sifatida ko‘riladi.
FAXRIDDIN AR-ROZIY IJODIDA AXLOQ VA NAFS TARBIYASI HAQIDAGI FIKRLARI
Annotatsiya: Faxriddin ar-Roziy o‘zining boy ilmiy va falsafiy merosi bilan o‘z davrining nafaqat musulmon olamida, balki butun ilmiy jamoatchilikda chuqur iz qoldirgan olimlardan biridir. Uning ijodida axloq va nafs tarbiyasi masalalari alohida o‘rin tutadi. Roziyning qarashlari nafaqat diniy, balki falsafiy va psixologik jihatdan ham chuqur tahlil qilingan bo‘lib, u insonning ichki dunyosini, uning ruhiy holatini chuqur anglashga intilgan. Axloq va nafs tarbiyasi haqidagi fikrlarining markazida insonning o‘zini anglashi, o‘z nafsini boshqarishi va shu orqali ma’naviy kamolotga erishishi g‘oyasi yotadi.
FAXRIDDIN AR-ROZIY NAFS TARBIYASIDA BOSQICHMA-BOSQICH YONDASHUV VA INDIVIDUAL XUSUSIYATLARNI HISOBGA OLISH
Annotatsiya: Faxriddin ar-Roziy nafs tarbiyasida bosqichma-bosqich yondashuv va individual xususiyatlarni hisobga olish masalalariga chuqur e’tibor qaratgan buyuk mutafakkirdir. Uning nafs tarbiyasi haqidagi qarashlari nafaqat falsafa va ilohiyot sohalarida, balki pedagogika va psixologiya ilmida ham muhim o‘rin tutadi. Ar-Roziy nafsni murakkab, ko‘p qatlamli tizim sifatida ko‘radi va uning har bir qatlami o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Shu nuqtai nazardan, nafs tarbiyasi jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim. Bu yondashuv nafsning turli qatlamlarini bosqichma-bosqich anglash, ularni nazorat qilish va tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
REVMATIZM VA HOMILADORLIK: XAVF OMILLARI VA MONITORING
Abstract. Rheumatic diseases, including systemic lupus erythematosus (SLE), rheumatoid arthritis (RA), antiphospholipid syndrome (APS), and scleroderma, can significantly impact maternal and fetal health during pregnancy. Hormonal and immunological changes during pregnancy may alter the clinical course of these autoimmune conditions, leading to disease flares, preeclampsia, miscarriage, preterm birth, and intrauterine growth restriction. This article comprehensively covers the risk factors of pregnancy in the context of rheumatic diseases, management strategies, and monitoring methods. Pre-pregnancy disease remission, the use of safe medications, and a multidisciplinary approach with regular medical follow-up are of critical importance. Based on modern clinical research and statistical data, the article provides recommendations for the successful management of pregnancy in women with rheumatic diseases.
AYOLLARNI ARDOQLAGAN ADIBLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada Zamonaviy o’zbek adabiyotida, o’tmishda ayollarga bo’lgan munosabatlar, badiiy asarlarda ayol obrazining talqin etilishi bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilgan. Shuningdek, turkiy adabiyot, o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyotida ayol obrazining ifodalanish xususiyatlari o‘rganiladi.
BAXSHICHILIK SAN'ATINING TARIXI VA UNING RIVOJLANISHI
Annotatsiya: Ushbu maqolada baxshichilik san’atining kelib chiqishi, shakllanish bosqichlari va tarixiy taraqqiyoti haqida fikr yuritiladi. Baxshichilik xalq og‘zaki ijodining muhim turlaridan biri bo‘lib, asrlar davomida o‘zbek va boshqa turkiy xalqlar madaniyatida muhim o‘rin tutgan. Maqolada qadimiy epik dostonlar, baxshichilikning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi roli, usta-shogird maktabi, ijro uslublari va an’analarining shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, baxshichilik san’atining turli tarixiy davrlardagi holati
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTI MODERNIZATSIYASI JAHON MAMLAKATLARI BILAN XALQARO HAMKORLIK MASALALARI
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston iqtisodiyoti modernizatsiyasi va jahon mamlakatlari bilan xalqaro hamkorlik masalalarini hamda, O‘zbekiston iqtisodiyoti va jahon iqtisodiyoti o‘rtasidagi munosabatlar, modernizatsiya jarayonlari, xorijiy investitsiyalar, va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning taraqqiyoti bo‘yicha ilmiy va nazariy tadqiqotlarni jamlab oladi.
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI KLASTER ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI
Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishining eng muhim yo‘nalishi- sanoatni yuksaltirish bo‘lib, unda yuqori o‘rinlardan birini paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Chunki, paxta-to‘qimachilik sanoatining rivojlantirish uchun muhim omil hisoblangan xom-ashyo bazasi va zaruriy infratuzilmalarning mavjudligidir. Ayniqsa, Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsulotining salmoqli qismini yengil sanoatga tegishli bo‘lgan korxonalar tomonidan yetishtirib beriladi.
THE IMPORTANCE OF THE AUDIO-LINGUAL METHOD IN TEACHING ENGLISH
Teaching English as a foreign language has seen numerous methodological shifts over the years, but some traditional approaches continue to hold pedagogical value. Among these, the Audio-Lingual Method (ALM) remains one of the most influential techniques in fostering accurate spoken English, particularly at the beginner and intermediate levels. Despite being introduced in the mid-20th century, its emphasis on spoken patterns, pronunciation, and grammar structures ensures its ongoing relevance in modern language classrooms, especially in contexts where communicative confidence is still developing.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ORQALI MATEMATIK KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI
Annotatsiya: Axborot texnologiyalari zamonaviy ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ayniqsa matematik ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu strategiyalar o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish, ularni amaliyotga tatbiq etish va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga samarali integratsiyasi orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilimlar bilan ta’minlash, ularning qiziqishini oshirish va o‘rganish jarayonini interaktiv qilish mumkin.
YASHIL OBLIGATSIYALAR — YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHNING MOLIYAVIY MEXANIZMI SIFATIDA
Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi masalalari global darajada dolzarblashgan. Buning natijasida, kam emissiyali va barqaror iqtisodiyotga o‘tish eng muhim yo‘nalishlardan biriga aylandi. Ushbu maqsadga erishish uchun innovatsion moliyaviy instrumentlar zarur bo‘lib, ularning orasida yashil obligatsiyalar muhim o‘rin tutadi. Masalan, Jahon resurslari instituti ta’kidlashicha, yashil obligatsiyalar iqlim yoki atrof-muhit loyihalarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan moliyaviy instrumentlardir. Xalqaro bozorlar standartlariga ko‘ra, bu kabi obligatsiyalar orqali qayta tiklanuvchi energiya, energetik samaradorlik va boshqa ekologik loyihalarga kapital yo‘naltiriladi hamda iqtisodiyot barqaror rivojlanishga erishadi.
ACCELERATION OF TISSUE REGENERATION THROUGH THE USE OF MAGNETICALLY ACTIVATED BIOMATERIALS
Abstract: Tissue regeneration is a critical component of modern biomedical therapies, particularly in cases involving injury, surgery, or degenerative diseases. Recent advances in biomaterials science have led to the development of magnetically activated biomaterials, which offer a promising strategy for enhancing tissue repair processes. These smart materials are designed to respond to external magnetic fields, enabling controlled stimulation of cellular activities such as proliferation, differentiation, and alignment. By incorporating magnetic nanoparticles into scaffolds, hydrogels, or drug delivery systems, researchers have achieved localized and non-invasive activation of regenerative responses. Furthermore, magneto-mechanical stimulation has been shown to enhance angiogenesis and extracellular matrix formation, both of which are essential for effective tissue healing. This paper reviews current developments in magnetically responsive biomaterials, their mechanisms of action, and their potential applications in bone, nerve, and muscle tissue engineering. The study also discusses the challenges of biocompatibility, field penetration, and clinical translation, highlighting future research directions for creating more efficient and personalized regenerative therapies.
RAQAMLI SAVODXONLIK DARAJASINING DAVLAT BOSHQARUVI SAMARADORLIGIGA TA’SIRI: IQTISOD VA MOLIYA SEKTORIDAGI GLOBAL CHAQIRIQLAR VA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada raqamli savodxonlikning davlat boshqaruvi, iqtisod va moliya tizimidagi ahamiyati tahlil qilingan. So‘nggi yillarda raqamli transformatsiya global miqyosda jadal rivojlanmoqda va davlat xizmatchilari, moliyaviy boshqaruv organlarining raqamli kompetensiyalari bu jarayonning muvaffaqiyatini belgilamoqda. O‘zbekiston misolida 2022–2024 yillardagi raqamli xizmatlar, davlat xarajatlari va moliyaviy shaffoflikka oid statistik ko‘rsatkichlar asosida muammo va yechimlar yoritilgan. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar ham tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
GENDER BIAS IN TRANSLATION: CHALLENGES IN RENDERING GENDER-SPECIFIC TERMS
Annotation: This article explores the linguistic and ideological challenges related to gender bias in translation. It focuses on how gender-specific terms in source texts—such as occupational titles and pronoun structures—are rendered in the target language. The discussion draws upon feminist translation theories and provides examples from English-to-Uzbek translations, where grammatical gender is absent, yet socio-cultural gender roles remain influential. The article also examines the potential distortions or erasures that can occur when gender-neutral or gender-specific meanings are not adequately preserved in translation.
ADVANCED TRANSLATION OF SCIENTIFIC TERMINOLOGY USING COMPUTATIONAL LINGUISTICS: THEORY, PRACTICE, AND LIMITATIONS
Annotation: This academic paper examines the translation of scientific terminology through computational linguistic tools. Emphasizing theoretical insights and practical comparisons, it evaluates the capabilities and limitations of machine translation (MT), computer-assisted translation (CAT) tools, and terminological databases in handling domain-specific vocabulary. Drawing on translation theory (Newmark, 1988; Vinay & Darbelnet, 1958; Vermeer, 1989) and empirical examples, it argues that while technology improves efficiency, human expertise remains essential for semantic and contextual accuracy.
PROSPECTS FOR THE INTRODUCTION OF ENVIRONMENTAL (GREEN) INDIRECT TAXES IN THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN
Abstract. The Republic of Karakalpakstan faces acute environmental and socio-economic challenges stemming from the collapse of the Aral Sea ecosystem. In this context, the introduction of green indirect taxes presents a promising fiscal tool to promote sustainable development. This paper explores the potential for implementing environmental taxes in Karakalpakstan, drawing on global experiences and Uzbekistan’s emerging climate policies. It examines the structure and purpose of green taxes—such as carbon taxes, pollution charges, plastic and packaging levies, and water resource taxes—as instruments that can correct market failures, reduce environmental harm, and generate revenue for green investment. International case studies, including those from Sweden, Germany, and Kazakhstan, demonstrate that environmental fiscal reform can yield both ecological and economic benefits. The paper concludes that well-designed green indirect taxes could play a critical role in addressing Karakalpakstan’s environmental crisis, especially if tailored to local conditions and integrated into broader policy reforms.
THE IMPACT OF VAT AND CUSTOMS DUTY REGIMES ON AGRO-IMPORTS AND EXPORTS: EVIDENCE FROM UZBEKISTAN
Abstract: Uzbekistan has undertaken major tax and trade reforms since 2017, with significant implications for agricultural trade flows. This study examines the effects of evolving VAT and customs regimes on agro‐imports and exports during 2017–2025. We analyze official trade statistics and policy changes, focusing on VAT rate adjustments and tariff liberalization. The standard VAT rate was cut from 20% to 15% in 2019 and further reduced to 12% in 2023, while import tariffs were slashed (average rates falling from ~15.3% in 2017 to ~7–8% by 2020). At the same time, the government applied zero‐rate VAT and duty exemptions to key food and agricultural inputs (e.g. vegetable oil, meat, dairy products) as temporary relief measures. Empirical analysis shows that these policy shifts coincided with rising agricultural export volumes and increased food imports: for example, non‐precious goods exports (notably food) grew ~16.5% in 2024, while agro‐imports more than doubled from 2020 to 2023. The liberalized regime also supported farm incomes and consumer welfare, as evidenced by robust economic growth and a decline in poverty (from 13.4% in 2023 to 10.9% in 2024). Our findings suggest that maintaining stable VAT policies coupled with targeted trade tax incentives can stimulate Uzbekistan’s agricultural sector and help balance export promotion with domestic food security.
ENHANCING UZBEKISTAN’S STATE BUDGET SYSTEM: TRENDS, CHALLENGES AND REFORM RECOMMENDATIONS
Abstract. This study analyses Uzbekistan’s consolidated budget revenues and expenditures from 2019 to 2024, drawing on detailed official data. A descriptive, historical-comparative analysis is employed to identify key trends in fiscal indicators. We find robust revenue growth – roughly doubling over six years – driven by expanding corporate income tax receipts, a steadily rising VAT base, and the introduction of a large turnover tax. Total expenditures nearly tripled in the same period, led by social support (notably pensions and welfare transfers) and rapidly increasing debt service costs. Fiscal deficits widened until 2023 (peaking at 5.5% of GDP) but have recently narrowed (to about 3.2% in 2024) under fiscal consolidation efforts. Based on these findings, we recommend comprehensive reforms: broadening the tax base and improving tax administration; rationalizing and targeting subsidies; consolidating off-budget funds into the main budget; and strengthening transparency and public financial management (PFM) through better reporting, parliamentary oversight, and modern budgeting practices
ЎЗБЕКИСТОНДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА ИҚТИСОДИЙ ИСЛОҲОТЛАРНИНГ ЎЗАРО ТАЪСИРИ
XXI асрда рақамли технологиялар жаҳон иқтисодиёти ва ижтимоий ҳаётнинг барча соҳаларида муҳим ўзгаришларни юзага келтирмоқда. Ўзбекистонда ҳам рақамли иқтисодиётни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотларни амалга ошириш мамлакатнинг ижтимоий-иқтисодий тараққиётида муҳим омилга айланди. Рақамли технологиялар, жумладан, ахборот-коммуникация технологиялари (АКТ), электрон тижорат, булутли хизматлар ва автоматлаштириш тизимлари иқтисодиётнинг турли тармоқларида самарадорликни ошириш, рақобатбардошликни кучайтириш ва аҳоли фаровонлигини юксалтиришда муҳим аҳамиятга эга. Ушбу мақола Ўзбекистонда рақамли технологияларни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотларнинг ўзаро таъсирини таҳлил қилишга бағишланади.
Иқтисодий ва технологик тараққиётнинг янги босқичи сифатида намоён бўлаётган рақамли инқилоб инсоният ҳаётини шиддат билан ўзгартириб, кенг имкониятлар яратиш билан бирга, халқаро рақобат майдонининг янада кескинлашув даврини бошлаб бермоқда.
KLINKER USULDA OLINGAN EKSTRAKSIYON FOSFAT KISLOTADAN ODDIY O’G’ITLARNI OLISHDA HARORATNI TA’SIRI
Annotatsiya. Maqolada Markaziy Qizilqum (MQ) fosforiti bo‘lgan oddiy fosforit unidan (OFU) klinker usulda ekstraksion fosfat kislota temperatura va konsentratsiyalarini ta’siri o‘rganilgan. Olingan EFKni asosiy ko‘rsatkichlariga fosfat kislotagipsli bo‘tqadan suv va fosfat kislota eritmasi orqali EFKni ajratib olish jarayonlari o‘rganilgan va ushbu jarayonlarning maqbul kattaliklari aniqlangan. Temperatura va konsentratsiyalari mos ravishda 30-110 OC va 90-93% ga teng. Ushbu maqbul kattaliklarda tarkibida 9,12-9,29% P2O5 tutgan EFK (suv bilan ajratib olinganda) va 17,11-17,35% P2O5 tutgan EFK (10% li EFK eritmasi bilan ajratib olinganda) hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Suv va EFK bilan ajratib olishda fosfatkislotagipsli bo‘tqalarning filtrlanish tezliklari mos ravishda 948-969 va 1207-1285 kg/m2·s ga teng.
QADIMIY O`ZBEK MATOLARI (ATLAS ADRAS SHOYI)NING ZAMONAVIY DIZAYNDAGI TALQINI.
Annotatsiya: Mazkur maqolada qadimiy o‘zbek matolaridan bo‘lgan atlas, adras va shoyi kabi milliy to‘qimachilik mahsulotlarining zamonaviy dizayndagi talqinlari o‘rganiladi. O‘zbek xalqining boy madaniy merosi namunasi sifatida ushbu matolar o‘ziga xos naqsh va texnologiyalarga ega bo‘lib, bugungi modalar olamida yangicha ko‘rinishda qayta talqin qilinmoqda. Maqolada ushbu matolarning tarixiy ildizlari, ularning badiiy-estetik va funksional jihatdan yangilanishi, dizaynerlar tomonidan qo‘llanilishi va xalqaro modalar maydonidagi o‘rni tahlil qilinadi.
NEUROPROSTHETICS AND THEIR INTEGRATION WITH THE HUMAN NERVOUS SYSTEM
Abstract: Neuroprosthetics represent a rapidly advancing field within biomedical engineering that focuses on developing artificial devices to restore or enhance neural function. These devices, such as brain-computer interfaces (BCIs), cochlear implants, and motor neuroprostheses , interact directly with the human nervous system to replace lost sensory or motor capabilities. Recent advances in materials science, neural signal processing, and machine learning have significantly improved the biocompatibility, precision, and responsiveness of these systems. This article explores the mechanisms of neuroprosthetic integration with the central and peripheral nervous systems, current applications in medicine, and future directions aimed at achieving seamless communication between artificial devices and biological neurons. Such integration holds great promise for improving the quality of life for individuals with neurological impairments or limb loss.
YASHIL RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: DAVLAT BOSHQARUVIDA EKOLOGIK RAQAMLASHTIRISH VA MOLIYAVIY BARQARORLIK
Аnnоtаtsiyа: Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning ekologik boshqaruv, davlat siyosati va moliyaviy barqarorlikka integratsiyasi tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt, IoT va katta ma’lumotlar vositasida e-ekologik monitoring tizimlari, yashil byudjetlash va raqamli siyosatning ekologik ta’siri yoritiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamli texnologiyalar ekologik muammolarga yechim bo‘lishi mumkin, ammo ular yangi turdagi muammolarni ham yuzaga keltiradi.
DAVLAT QIMMATLI QOG‘OZLARI BOZORINING RIVOJLANISHI: IQTISODIY BARQARORLIK VA MOLIYAVIY BOSHQARUVDAGI RO‘LI
Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada O‘zbekiston jamiyatida davlat qimmatli qog‘ozlari (DQGQ) bozorining shakllanishi va rivojlanishi tahlil qilinadi. Xorijiy tajribaga tayangan holda, DQGQ iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy boshqaruvdagi ro‘lini aniqlashga yo‘naltirilgan. Tadqiqot IMRaD formatida tuzilgan: kirishda masala aniqlanadi, asosiy qismda muammolar va ilmiy yechimlar taqdim etiladi, tahlil bo‘limida statistik natijalar, jadval va infografikalar bilan koʻrsatilib, xulosa va tavsiyalar beriladi.
DAVLAT MOLIYAVIY BOSHQARUVIDA QIMMATLI QOG‘OZLARNING SAMARALI ISHLATILISHI: MUAMMO VA YECHIMLAR
Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada davlat moliyaviy boshqaruvida qimmatli qog‘ozlarning roli, ularning iqtisodiy barqarorlik va fiskal siyosatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Asosiy muammolar sifatida obligatsiyalarning faqat qarz vositasi sifatida qo‘llanilishi, investorlar tarkibining torligi va ikkilamchi bozor faoliyatining sustligi ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha yechimlar taklif etiladi.
THE INFLUENCE OF ENGLISH PROSE ON TRANSFORMING LIFE TRUTH INTO ARTISTIC REALITY AND THE POETICS OF THE CONTEMPORARY UZBEK NOVEL
This article explores the transformative influence of English prose, particularly from the 20th century, on the development of the poetics of the contemporary Uzbek novel. It examines how English literary traditions have contributed to the artistic reinterpretation of life truth in modern Uzbek literature. Drawing from comparative literary studies, structural poetics, and narrative philosophy, the article investigates the intertextual dialogues between English and Uzbek prose traditions. The discussion pays particular attention to the stylistic, thematic, and ideological parallels that emerge through this interaction, focusing on how Uzbek novelists construct artistic reality through symbolic naming, chronotopic framing, and existential motifs.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM VA KASBIY RIVOJLANISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI: INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA YONDASHUVLAR VA ISTIQBOLLAR
Annotatsiya: Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim va kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish orqali inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Mintaqadagi mavjud muammolar tahlil qilingan holda, ta’lim dasturlarini mehnat bozoriga moslashtirish, kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish, raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, o‘qituvchilar salohiyatini oshirish va xorijiy tajribalarni moslashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida mintaqaviy ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va innovatsion yondashuvlar tatbiqi orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA ALIMENT MAJBURIYATLARI
Annotatsiya: Maqolada rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan Fransiya Germaniya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda aliment majburiyatlari huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek ushbu mamlakatlarda aliment to’lash yuzasidan erishgan yutuqlarini mamlakatimiz qonunchiligiga qo’llash yuzasidan xulosa hamda takliflar berib o’tilgan.
ZAMONAVIY JAMIYATDA AYOLNING IKKI ROLI: IJTIMOIY FAOLIYAT VA OILAVIY MAS’ULIYAT
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda ayolning ikki asosiy roli — ijtimoiy faoliyat va oilaviy mas’uliyatning o‘zaro uyg‘unligi, ularni muvofiqlashtirish zarurati hamda bu ikki yo‘nalishda ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar tahlil qilinadi. Ijtimoiy hayotda faollashayotgan ayollarning oilaviy qadriyatlarni saqlab qolishdagi o‘rni, ularning jamiyat taraqqiyotidagi tutgan mavqei, gender yondashuv va ijtimoiy institutlarning bu boradagi roli ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi.
SUITSIDAL FAOLLIK VA UNI PROGNOZLASHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI
OILADA OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARI
Annotatsiya. Mazkur ilmiy ishda ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik va ijtimoiy jihatlari o‘rganildi. Tadqiqotda bolaning qabul qilinishi, nazorat darajasi, simbioz (hissiy bog‘lanish), hamkorlik (kooperatsiya) va ota-onalarning bolaning muvaffaqiyatsizliklariga munosabati kabi muhim indikatorlar tahlil qilindi.Korrelatsion tahlil natijalariga ko‘ra, yashash joyi bilan bolani qabul qilish/rad etish o‘rtasida salbiy va statistik jihatdan ishonchli bog‘liqlik aniqlangan. Shuningdek, ota-onaning bolaning hayotiga kuchli hissiy bog‘liqligi (simbioz) ular tomonidan bolani ko‘proq nazorat qilishga olib kelishi mumkinligi aniqlandi. Boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar esa zaif yoki ahamiyatsiz deb topildi.
FINTEX KOMPANIYALARI VA ULARNING YOSHLAR MOLIYAVIY TA’LIMIDAGI ROLI
Annotatsiya. Ushbu maqolada fintech (moliyaviy texnologiyalar) kompaniyalarining yoshlar moliyaviy savodxonligini oshirishdagi roli va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar kundalik hayotga chuqur kirib kelar ekan, ayniqsa yosh avlod orasida moliyaviy ilovalardan foydalanish orqali shaxsiy byudjet yuritish, to‘g‘ri xarajat qilish, sarmoya kiritish kabi ko‘nikmalar shakllanmoqda. Fintech xizmatlar ta’lim jarayoniga qo‘shimcha qulaylik va interaktivlik olib kirayotgani bilan ahamiyatlidir. Maqolada O‘zbekiston misolida fintech xizmatlarining kengayishi, ulardan foydalanish ko‘lamining ortib borayotgani, ammo hali moliyaviy madaniyat va xavfsizlik borasida to‘liq bilimga ega bo‘lmagan yoshlar ham borligi qayd etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fintech vositalaridan samarali foydalanish, ularni ta’limiy yondashuvlar bilan to‘ldirish orqali moliyaviy mas’uliyatni shakllantirish mumkin.
DIFFUZIYAVIY VA DREYF TOKLAR
Annotatsiya: Ushbu maqola yarimoʻtkazgichlardagi diffuziyaviy va dreyf toklarining fizik asoslari, ularning hosil boʻlish mexanizmlari hamda tashqi omillar (harorat, elektr maydon kuchi va konsentratsiya gradiyenti)ning ushbu toklarga taʼsiri haqida batafsil maʼlumot beradi. Shuningdek, mazkur tok turlarining zamonaviy elektron qurilmalardagi ahamiyati va ulardan foydalanish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI SHAKLLANTIRISH XUSUSIYATLARI
Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektni shakllantirish xususiyatlari mavzusiga bag‘ishlangan ushbu maqolada, bolalarning erta yoshdan boshlab hissiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayoni o‘rganiladi. Maktabgacha davrda bolalarning hissiy intellektini rivojlantirish ularning kelajakdagi shaxsiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlari uchun muhim ahamiyatga ega. Mavzu doirasida emotsional intellekt tushunchasi va uning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi o‘rni, hissiy intellektning asosiy komponentlari: o‘z-o‘zini anglash, hissiyotlarni boshqarish, empatiya, ijtimoiy ko‘nikmalar va motivatsiya, Bolalarda emotsional intellektning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar: oilaviy muhit, tarbiyachilarning roli, o‘yin faoliyatining ahamiyati va jamoaviy faoliyatning hissiyotlarni rivojlantirishga ta’siri, Emotsional intellektni shakllantirish metodlari: bolaning hissiy lug‘atini boyitish, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish, empatiyani shakllantirish bo‘yicha turli amaliy mashqlar haqida gaplashamiz.
O‘ZBEK VA RUS XALQ MAQOLLARIDAGI AYOL OBRAZLARI
Annotatsiya. Ushbu maqola rus va o‘zbek xalq maqollaridagi ayol obrazlarining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Paremiyalar fondi orqali ikki xalq tafakkurida shakllangan an’anaviy ayol tushunchasi ko‘rib chiqiladi. Maqolalar tahlili orqali ayolning oila va jamiyatdagi o‘rniga oid umumiy jihatlar hamda har ikki xalq mentaliteti, tarixi va gender stereotiplarini ifoda etuvchi farqlar aniqlanadi. «Ayol» konseptining leksik-semantik ifodalanishi, uning odatda nasihatbop baholash xususiyatiga ega ekaniga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari xalq maqolalarining etnomadaniy qadriyatlar va gender qarashlarni saqlovchi vosita sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
БУКВАЛИЗМЫ ПРИ ПЕРЕВОДЕ
Аннотация: Статья посвящена явлению буквализма в переводе — дословной передаче текста, нарушающей нормы и стилистику языка перевода. Рассматриваются основные типы буквализмов: лексический, грамматический, фразеологический, стилистический и прагматический. Приводятся примеры ошибок, возникающих при буквальном подходе. Освещаются взгляды отечественных и зарубежных учёных (В.Н. Комиссаров, А.В. Фёдоров, Л.С. Бархударов, Юджин Найда, Питер Ньюмарк) на перевод и эквивалентность. Подчёркивается важность осознанного и творческого подхода к переводу.
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA AGRESSIV HATTI HARAKATLARNI KOREKSIYALASH USULLARI
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan agressiv hatti-harakatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari va psixologik korreksiyasi yo‘llari tahlil qilinadi. Agressivlikning jismoniy, og‘zaki, bilvosita shakllari, shuningdek, negativizm, gumonsirash va ayb hissi kabi ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
ZAMONAVIY LIDERLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy liderlarning psixologik xususiyatlari, ularning shakllanish jarayoni, yetakchilik fazilatlarini namoyon etish uslublari va shaxsiy-psixologik omillari nazariy jihatdan chuqur o‘rganilgan. Liderlikning klassik va zamonaviy nazariyalari, shuningdek, yetakchilikning psixologik asoslari, motivatsiya, emotsional intellekt, kommunikativ kompetensiya kabi jihatlar tizimli tahlil qilingan.
NITRAT KISLOTASI ISHLAB CHIQARISHDA CHIQINDILARNI KAMAYTIRISH: ZAMONAVIY TEXNOLOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Nitrat kislotasi ishlab chiqarish sanoatida chiqindilarni kamaytirish masalasi ekologik muammolarni hal qilishda katta ahamiyatga ega. Ushbu jarayon ko‘plab sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi, ammo uning ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilar atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, zamonaviy texnologik yondashuvlar yordamida chiqindilarni kamaytirish va samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
ПОЗИЦИОН АСФИКСИЯ ДИАГНОСТИКАСИНИ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ
Аннотация. Ушбу мақолада странгуляцион асфиксиянинг бошқа турлари орасида кам учрайдиган ҳамда суд-тиббий ташхислаш мураккаб бўлган позицион асфиксиядан ўлим содир бўлганлигини асослаш учун аҳамиятли бўлган назарий ва амалий маълумотлар берилган.
СУИЦИДАЛ ҲОЛАТЛАРНИНГ СУД-ТИББИЙ ТАҲЛИЛИ
Аннотация. Ушбу мақолада дунёда ва мамлакатимизда ўз жонига қасд қилиш бўйича статистик маълумотлар таҳлили ва ушбу ҳолатни олдини олиш учун аҳамиятли бўлган тавсиялар берилган.
AMERIKA VA YEVROPA TAJRIBASI ASOSIDA OʻZBEKISTONDA ERTA BOLALIK TA’LIMINI INNOVATSION TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada AQSH va Yevropa davlatlarining erta bolalik ta’limidagi ilgʻor metodlari tahlil qilinib, Oʻzbekiston sharoitiga mos innovatsion yondashuvlarni joriy etish boʻyicha ilmiy takliflar berilgan. HighScope, Reggio Emilia, Forest School, gender neytral va STEAM yondashuvlari asosida bolalarning mustaqil fikrlash, ijodkorlik va ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga xizmat qiluvchi metodlar yoritilgan.
COMPULSORY LICENSING AS A TOOL FOR GLOBAL PUBLIC INTEREST: EVOLUTION, CHALLENGES, AND REFORM
This paper explores the evolving role of compulsory licensing (CL) as a critical legal and policy tool for reconciling intellectual property rights with the broader public interest in the 21st century. While the TRIPS Agreement and the Doha Declaration provide member states with considerable flexibility to issue CLs in situations of national emergency and public need, practical obstacles—including procedural complexity, vague legal definitions, and geopolitical pressures—continue to limit its application. Drawing on historical development, international legal frameworks, and recent case studies, this study examines the potential of CL not only in the context of public health, but also in addressing global challenges such as climate change, digital inequality, and food insecurity. The conclusion outlines specific legal, institutional, and policy reforms at national and international levels aimed at making CL more effective, equitable, and responsive to emerging societal needs. By reframing CL as a mechanism of innovation equity, the paper argues for a renewed commitment to cooperative global governance in the management and dissemination of patented knowledge.
JURNALIST - JAMIYAT KOʻZGUSI
Annotatsiya: Jurnalistlik faoliyati jamiyatning eng muhim va mas’uliyatli sohalaridan biridir. Jurnalistlar jamiyat hayotining har bir jabhasini kuzatib boruvchi, uning holati, muammolari va yutuqlarini keng ommaga yetkazuvchi shaxslar hisoblanadi. Ular jamiyatning ko‘zgusi bo‘lib, odamlarning fikrlarini shakllantirishda, ijtimoiy ongni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Jurnalistlik nafaqat axborot tarqatish, balki jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi.
ELEKTRON HUJJATLARNI IDENTIFIKATSIYALASH VA AYLANISHINI AVTOMATLASHTIRISH
Elektron hujjatlar aylanmasi, zamonaviy texnologiyalar yordamida hujjatlarni yaratish, saqlash, jo'natish va qabul qilish jarayonidir. Bu jarayon an'anaviy qog'oz hujjatlar bilan solishtirganda bir qator afzalliklarga ega, jumladan:
- Tezlik: Elektron hujjatlarni tezda yaratish, tarqatish va qabul qilish imkoniyati
mavjud.
- Tejamkorlik: Qog'oz va boshqa ofis materiallarini ishlatishni kamaytiradi, bu esa xarajatlarni tushirishga yordam beradi.
- Oson saqlash: Elektron hujjatlar elektron fayllar shaklida saqlanishi mumkin, bu esa ularni osongina topish va zaxiralash imkonini beradi.
- Himoya va xavfsizlik: Huquqiy va maxfiy hujjatlarni shifrlash va xavfsiz joylarda saqlash mumkin.
- Muvofiqlik va standartlar: Ko'plab tashkilotlar elektron hujjatlarni Axborot almashish va muvofiqlikni ta'minlash uchun standartlashtirilgan formatlarda yaratishadi.
Elektron hujjatlar aylanmasini samarali tashkil etish uchun, odatda maxsus dasturlar yoki platformalardan foydalaniladi. Bu platformalar talablar va jarayonlarga mos ravishda elektron imzo, tasdiqlash va yig'ish kabi funktsiyalarni bajaradi.
AUTIZM SPEKTRIDAGI BOLALAR BILAN LOGOPEDIK ISH: EMPATIYA, SABR VA YONDASHUV SAN'ATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada autizm spektri buzilishiga ega bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning mazmuni, maqsadi va muhim tamoyillari yoritilgan. Asosiy e'tibor autizmli bolalarning nutq va muloqotdagi o'ziga xos ehtiyojlariga qaratiladi hamda logoped ishining faqat nazariy emas, balki insoniy fazilatlar - empatiya, sabr va individual yondashuv bilan boyitilishi zarurligi ta'kidlanadi. Maqolada amaliy misollar, samarali metodlar (vizual vositalar, ijtimoiy hikoyalar, PECS kartalari) keltirilib, ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashning ahamiyati ham tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, logopedik jarayonda bolaning ichki dunyosini tushunish va unga mos yondashuvni tanlash muhim ekani qayd etiladi.
MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNI MUSTAQIL TA’LIM OLISHGA O'RGATISHDA MODULLI TEXNOLIGIYANING AFZALLIKLARI
Annotatsiya. Bugungi kunda maktab o’quvchilarini o’quv fanlariga qiziqishini oshirish va ijtimoiy talablarini to’liq qondirish ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Albatta bunda darslarni samarali tashkil etish va yuqori natijalarga erishish orqali erishish mukinligi barchamizga ma’lum. Ushbu maqolada matematika darslarini o’qitishning mo’dulli texnologiyasini qo’llagan holda tashkil etish va har bir o’quvchining mustaqil ta’lim olish kompetentligini shakllantirish muammosi o’rganilgan.
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KITOBXONLIKKA QIZIQTIRISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yosh avlodni kitobga mehr qo‘yishga o‘rgatish bugungi ta’lim tizimining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun kitobxonlik nafaqat bilim olish manbai, balki dunyoqarashni kengaytirish, tafakkur va tasavvur doirasini oshirish uchun ham muhimdir. Shu bois, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish va uni doimiy ravishda rivojlantirish uchun samarali usullarni qo‘llash talab etiladi. Interaktiv metodlar aynan shu jarayonda markaziy o‘rin tutadi, chunki ular o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlab, o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi.
KRIPTOVALYUTA VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING TALABALARNING MOLIYAVIY BILIMLARIGA TA’SIRI
Annotatsiya. Ushbu maqolada kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalarining talabalar moliyaviy savodxonligiga ta’siri o‘rganildi. So‘rovnoma asosida olingan natijalar talabalarning ushbu texnologiyalarga qiziqishi yuqori ekanligini, biroq bilim va amaliy tajriba darajasi yetarli emasligini ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida talabalarning asosiy bilim manbalari internet va norasmiy manbalar ekani aniqlandi. Shuningdek, respondentlarning katta qismi kriptovalyuta asoslarini zamonaviy moliyaviy savodxonlikning muhim qismi deb hisoblashini bildirib o‘tdi. Maqolada ushbu yo‘nalishda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha takliflar berilgan.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANAGAN DAVRDA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATISHNING ZARURATI
Annotatsiya: Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi inson hayotining barcha sohalariga, jumladan, psixologik yordam ko‘rsatish jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada virtual psixologlar jamoasi, uning dolzarbligi va raqamli davrda insonlarga psixologik yordam berish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, virtual psixologik maslahatlarning afzalliklari, samaradorligi va imkoniyatlari tahlil qilinib, bu yondashuvning an’anaviy psixologik xizmatlarga nisbatan o‘ziga xos jihatlari muhokama qilinadi. Ushbu loyiha ayniqsa chekka hududlardagi aholiga psixologik yordam yetkazish imkoniyatini yaratishi bilan ahamiyatlidir. Chunki ko‘pgina qishloq joylarida psixologik xizmatlar yetarli emas, ba’zan esa odamlar psixologlarning roli va ularning “Inson qalbining muhandislari” ekanligidan bexabar. Virtual platformalar orqali ushbu hududlardagi aholiga psixologiya haqida bilim berish, ularga kerakli maslahatlarni yetkazish va ularning ruhiy holatini yaxshilash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, insonlar ushbu platforma orqali o‘z vaqtlarini tejash bilan birga, psixologik yordamni istalgan joyda va istalgan vaqtda olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Ushbu maqola psixologlar, tadqiqotchilar va raqamli platformalar orqali insonlarga yordam berishni istagan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
LYOSSIMON GRUNTLARNING KO’PCHISH XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Mazkur maqolada sug‘oriladigan hududlarda keng tarqalgan lyossimon gruntlarning ko‘pchish bosimini o‘rganish masalasi yoritilgan. Tajriba asosida gruntning namlik darajasi va "quritish–namlash" jarayoni sonining ko‘pchish bosimiga ta’siri aniqlangan. Tadqiqot natijalari gruntning zichlanish darajasiga va suv bilan davriy ta’siriga qarab bosim o‘zgarishini ko‘rsatadi.
СВОЙСТВА ГРУНТОВ УЧИТЫВАЕМЫЕ ПРИ ПРОЕКТИРОВАНИИ КОНСТРУКЦИИ АВТОМОБИЛЬНЫХ ДОРОГ
В статье рассматриваются прочностные и деформационные свойства грунтов, учитываемые при проектировании конструкции автомобильных дорог. Подчеркивается важность соответствия физико-механических характеристик грунтов реальным условиям эксплуатации для обеспечения долговечности и надежности дорожной одежды.
YO’L POYIDA FOYDALANILADIGAN GRUNTLARNING MUSTAHKAMLIK KO’RSATKICHLARI
Mazkur maqolada avtomobil yo‘llari poydevoriga tushadigan qisqa vaqtli va ko‘p marta takrorlanuvchi yuklamalarning lyossimon gruntlarga ta’siri tahlil qilingan. Tajriba va nazariy tahlillar asosida bu yuklamalar natijasida grunt agregatlarining maydalanishi, bog‘lanish kuchi va ichki ishqalanish burchagining kamayishi kuzatilishi aniqlangan.
PEDAGOGIK OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING IJODIY FIKRLASH USULLARINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI
Annotatsiya. Xozirgi kunda bo’lajak oqituvchilarni raqobatbardosh, ijodiy tafakkurga ega, yetuk kadr qilib shakllantirish va tarbiyalash ta’limning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu maqolada bo'lajak matematika o'qituvchilarining ijodiy fikrlash usullarini shakllantirish imkoniyatlari o’rganilgan.
MAKTAB МАТЕМАТИКА КURSIDA KОMBINATORIKA MASALALARINI YECHISHNI O’RGATISH METODIKASI
Annotatsiya. Kombinatorika masalalari hayotiy amaliotda ko’p uchraydigan masalalar bo’lganligi sababli hozirgi davrda maktab matematika kursi o’quv dasturlarida o’z o’rniga ega va bu turkim masalalri o’qituvchilardan alohida tayorgarlikni talab etadi. Ushbu maqolada kombinatorika masalalarini maktab o’quvchilariga samarali o’qitish metodikasi yoritilgan.
METHODS OF CANNIBALISM DISEASE AMONG POULTRY (literature information analysis based on)
Abstract. This in the article poultry between occurring cannibalism circumstances, it’s come exit causes (etiology) and factors scientific basically analysis made. Poultry on their farms cannibalism increase serious economic damages brought releases and breeding to the efficiency negative impact shows. In the article to cannibalism take incoming main factors – genetic tendency, environment factors (lighting level, density, ventilation), feeding imbalance and in control errors surrounding Also, this of circumstances prevent to take and preventive measures improvement on the surface scientific and practical recommendations given. Article veterinary medicine sanitation, zoohygiene and poultry farming field experts for intended.
MATEMATIK MODELLASHIRISH MAKTAB MATEMATIKASINI O‘RGANISHDA ASOSIY KOMPETENSİYALARNI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA
Annotatsiya. O'qitishda matematik modellashtirishdan foydalanish aqliy faoliyatni faollashtiradi va o'quvchiga tabiat va jamiyatni yaxshiroq yo'naltirishga imkon beradi. Bularning barchasi asosiy individual vakolatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu maqolada matematik modellashtirishni o'quv jarayoniga dastlabki bosqichlarda joriy etish metodologiyasi muhokama qilinadi.
AKMEOLOGIYANING MAZMUN MOHIYATI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada akmeologiya tushunchasi, akmeologik omillar, asosiy mezonlar haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, akmeologiyaning XX asrda rivojlanish bosqichlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Berilgan ma’lumotlar akmeologiya faniga kirish, uning mazmun mohiyatni yanada chuqurroq anglab yetishga xizmat qiladi.
QATAR TASHQI SIYOSATINING QURILISHI, SIYOSIY VOSITALAR VA QAROR QABUL QILISH JARAYONLARI
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya. Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida musiqa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillari ilmiy jihatdan yoritilgan. Maktab o‘quvchilari estetik tarbiyasining ajralmas qismi sifatida musiqa ta’limining o‘rni, uning shaxsning ma’naviy-axloqiy kamolotiga ta’siri tadqiq qilingan. Tahlil jarayonida kompleks metodologik yondashuv, xususan, pedagogik kuzatuv, anketaviy so‘rov, yarim strukturalangan suhbat hamda taqqoslamali tahlil usullari qo‘llanilgan. O‘rganilgan natijalar asosida maktabdagi musiqa darslarining mazmunini boyitish, milliy va jahon musiqiy merosini uyg‘unlashtirish, interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarda musiqiy-estetik tafakkurni shakllantirish yo‘nalishlari asoslab berilgan.
MAKTAB O’QUVCHILARINI MUSIQA FANIGA QIZIQTIRISH
Annotatsiya. Mazkur maqolada maktab o‘quvchilarini musiqa faniga qiziqtirishning zamonaviy pedagogik mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqotda kognitiv-emotsional yondashuv, interaktiv ta'lim texnologiyalari va musiqiy refleksiya usullaridan foydalanilgan. Ish davomida tajriba-sinov metodlari, sifatli kuzatuv hamda yarimstrukturaviy intervyu asosida o‘quvchilarning musiqaga nisbatan munosabati va motivatsiya darajalari tahlil qilingan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, musiqa darslarini integrativ yondashuv asosida tashkil etish, o‘quvchilarda nafaqat estetik didni shakllantiradi, balki ularning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
INTERSEMIOTIC TRANSLATION: TRANSLATING TECHNICAL CONTENT INTO VISUAL FORMATS
Annotation: This article explores the concept and practice of intersemiotic translation—the transformation of verbal technical content into visual formats such as diagrams, charts, symbols, and pictograms. Drawing on Jakobson's theory of semiotic translation and recent multimodal discourse studies, the paper investigates how scientific and technical texts can be effectively restructured for non-verbal communication. Practical examples from technical manuals, safety instructions, and scientific infographics are analyzed to identify the strengths, limitations, and necessary strategies in visualizing technical meaning.
6-7 YOSHLI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA PSIXOLOGIK JIHATDAN TAYYORLIGI
Annotatsiya. Ushbu bitiruv malakaviy ishida 6–7 yoshli bolalarning maktab ta’limiga psixologik tayyorgarligi masalasi chuqur o‘rganilgan. Bolalarning maktabga moslashuvi, bilim olishga tayyorgarligi, intellektual, emotsional va ijtimoiy rivojlanish darajasi psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Ishda bolalarning maktabgacha yoshda egallashi zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar, shuningdek, ularning jismoniy, ruhiy va aqliy tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlari keltirilgan.
JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA AMALGA OSHIRALAYOTGAN ISLOHOTLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida olg‘a surgan “Ayolni eʼzozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan ezgu gʻoya asosida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar qabul qilingan huquqiy hujjatlar asosida tahlil qilingan.