Authors

  • Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna
  • Abdullayeva Diyora Xabibulla qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.124131

Keywords:

Kalit so'zlar: lyossimon grunt ko‘pchish bosimi quritish-namlash zichlanish koeffitsienti avtomobil yo‘li yo‘l poyi

Abstract

Mazkur maqolada sug‘oriladigan hududlarda keng tarqalgan lyossimon gruntlarning ko‘pchish bosimini o‘rganish masalasi yoritilgan. Tajriba asosida gruntning namlik darajasi va "quritish–namlash" jarayoni sonining ko‘pchish bosimiga ta’siri aniqlangan. Tadqiqot natijalari gruntning zichlanish darajasiga va suv bilan davriy ta’siriga qarab bosim o‘zgarishini ko‘rsatadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

165

165

LYOSSIMON GRUNTLARNING KO’PCHISH

XUSUSIYATLARINI O

RGANISH

Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna

Toshkent davlat transport universiteti, dotsent

Abdullayeva Diyora Xabibulla qizi

Toshkent davlat transport universiteti, talaba

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada sug‘oriladigan hududlarda keng tarqalgan lyossimon

gruntlarning ko‘pchish bosimini o‘rganish masalasi yoritilgan. Tajriba asosida
gruntning namlik darajasi va "quritish–namlash" jarayoni sonining ko‘pchish bosimiga
ta’siri aniqlangan. Tadqiqot natijalari gruntning zichlanish darajasiga va suv bilan
davriy ta’siriga qarab bosim o‘zgarishini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar

: lyossimon grunt, ko‘pchish bosimi, quritish-namlash, zichlanish

koeffitsienti, avtomobil yo‘li, yo‘l poyi.

ANNOTATION

This article examines the swelling pressure characteristics of loess soils

commonly found in irrigated regions. Experimental analysis explores the relationship
between moisture content, repeated wetting–drying cycles, and swelling pressure.
Results indicate that pressure increases with each cycle, especially during the initial
stages.

Keywords

: loess soil, swelling pressure, drying–wetting, compaction coefficient,

highway, road subgrade.

Respublikamiz hududida joylashgan avtomobil yo’llarining ko’p qismi

sug’oriladigan hududlarda joylashgan bo’lib, bu hududda lyossimon gruntlar keng
tarqalgan. Lyossimon gruntlardan yo’l poyini qurish uchun foydalanganda ularda hosil
bo’ladigan ko’pchish bosimini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yo’llarini
loyihalash va qurishga oid adabiyotlarning tahlili yo’l poyidagi lyossimon
gruntlarning ko’pchish xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar kam
o’tkazilganligini ko’rsatadi.

Avtomobil yo’llarida lyossimon gruntlari zichlanish

koeffitsienti 0.94 dan 1.02 gacha zichlangan holatda ishlaydi. Shuning uchun bu
gruntlarni zichlangan holatda tadqiq etish lozim bo’ladi. Lyossimon gruntning
ko’pchish bosimini aniqlash uchun lyossimon changli supesdan foydalanildi. Bu gruntning
plastiklik soni - 5.25, oquvchanlik chegarasidagi namligi - 25.51%, jo’valash
chegarasidagi namligi - 22.42%, qulay namligi 16.80%, maksimal zichligi 17.50
kg/m

3

. Zichlangan gruntning ko’pchish bosimini aniqlash uchun uni [1] da berilgan

uslubga asosan, har xil namlikda zichlanish koeffitsienti

K

Z

=0,96 gacha kompressiya


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

166

166

asbobini ishchi silindrga zichlashtirilib, asbobga o’rnatildi va tagidan suv yuborildi.
Asbobning shtampi ma’lum balandlikka ko’tarilishini, ya’ni erkin ko’pchish qiymatini
boshqarish uchun unga arretir o’rnatildi. Gruntning tagidan ikki hafta davomida suv
berilgandan so’ng, shtampga 0,025 MPa miqdorda yuk asta-sekin qo’yilib borildi.
Ko’pchish bosimi qiymati sifatida siqilish deformatsiyasi boshlangan vaqtdagi yuk
qabul qilindi. Ko’pchish bosimini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan tajribalar natijasi 1-
rasmda keltirilgan.


1-rasm.

Gruntning ko’pchish bosimini uning namligiga bog’liqlik grafigi

W

K

- gruntning qulay namligi


1-rasmdan ko’pchish bosimining zichlik o’zgarmaganda namlikka bog’liqligi

ko’rinadi. Bu bog’liqlik quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

R

K

=R

0

(1 - 0.33W/W

Q

)

, (1)

bu yerda

W =

W

Q

(

W

Q

- gruntning qulay namligi) bo’lganda

R

0

=0,03 MPa ga teng.

Ko’pchish bosimi gruntning namligiga qarab, zichlanish koeffitsienti

K

Z

=0,96

bo’lganda 0,022 dan 0,026 MPa gacha o’zgarishi kuzatildi.

Shu bilan birgalikda avtomobil yo’llaridagi yo’l poyi ishchi qatlami vaqti-vaqti

bilan davriy ta’sir qiluvchi suv tartibi ostida bo’ladi. Ya’ni yo’l poyi ishchi qatlamida
grunt «quritish-namlash» jarayonida ishlaydi. Namlikning davriy o’zgarishi gruntning
ko’pchishiga katta ta’sir qiladi. Davriy ravishda lyossimon grunt namunasini quritish
va namlashda strukturaning bog’lovchi kuchlarining bo’shashishi natijasida ko’pchish
va ko’pchish bosimi qiymatlari oshadi [2].

Bu mulohazani tekshirish uchun laboratoriya sharoitida, lyossimon changli

supesdan namuna tayyorlanib, kompressiya asbobining silindrida mahsus eksperiment
o’tkazildi. Bunda silindrdagi zichlashtirilgan grunt suv ta’sirida ko’pchib, zichligi
bizga kerakli qiymatdan kamayib ketishining oldini olish uchun uni arretirga o’rnatildi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

167

167

va 8 marta «quritish-namlash» jarayoni ta’sir ettirildi.

Namligi 0.6

W

OQ

va zichligi K

Z

=0,96 ga teng bo’lgan namunani quritishdan avval

arretir bilan birgalikda tarozida tortib, og’irligi aniqlandi. Undan so’ng, avval xona

temperaturasi (=+20

C) da, keyin qurituvchi shkafda =30

35

C da quritildi. Kechasi

quritish jarayoni hona temperaturasida davom ettirildi.

Lyossimon grunt namunasi yo’l poyining yuqori qatlami ega bo’ladigan

minimal namlikkacha, ya’ni 0.3

W

OQ

gacha quritildi. Bu namlik qiymati vaqti-vaqti

bilan namuna og’irligini nazorat qilib aniqlandi. So’ng, uni avvalgi namuna
tayyorlanganidek, suv berib namlandi. Shu tartibda namuna 8 marta «qurish-namlash»
jarayoni ta’sirida bo’ldi. Har 1, 2, 3, 4, 5 va 8 marta «quritish-namlash»dan so’ng
yuqorida keltirilganidek, ko’pchish bosimi aniqlandi.

Laboratoriyadagi tajribalar natijasi (qayta o’tkazilgan oltita tajribaning

o’rtachasi) 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm

. Grunt namunasidagi ko’pchish bosimi uning quritish-namlash soniga

bog’liqligi grafigi.

W

=

0,6W

OQ

namlikda

Keltirilgan 2-rasmdagi grafikning tahlilidan quyidagilarni xulosa qilsa bo’ladi.

Grunt namunasida «quritish-namlash» jarayonining soni oshishi bilan ko’pchish
bosimi oshib boradi. Bosimni jadal oshib borishi 1-4 davrlar orasida kuzatiladi (bosim
farqi 0,008MPa), 4 davrdan boshlab oshish qiymati kamayib ketadi (4-8 davrlar
orasidagi bosim farqi 0,002 MPa). 8 ta davrdan so’ng ko’pchish bosimining qiymati
0.035 MPa ga teng bo’ldi. Vaqt o’tishi va davrlar soni oshishi bilan bu qiymat asta-
sekin oshib, 0.04 - 0.06 MPa ga teng bo’lishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, avtomobil yo’llarining yo’l to’shamasini

loyihalashda uning ravonligi va uzoq muddat deformatsiyalarsiz ishlashini ta’minlash
uchun ko’pchish bosimini hisobga olish kerak bo’ladi [3,4].



background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

168

168

Адабиётлар:

1.

Сорочан Е.А. Строителство сооружений на набухающих грунтах. М.
“Стройиздат”, 1974. -224 с.

2. Сергеев Е.М. и др. Грунтоведение. М. МГУ. 1983. –288 с.
3.

ШНК 2.05-02-07 Автомобиль йўллари. Ўзбекистон Республикаси

Давархитекқурилиш қўмитаси.Т.:2008 й.-67 б.

4. V.F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” I-

qism. Toshkent – 2014 yil. 526 b.




References

Сорочан Е.А. Строителство сооружений на набухающих грунтах. М. “Стройиздат”, 1974. -224 с.

Сергеев Е.М. и др. Грунтоведение. М. МГУ. 1983. –288 с.

ШНК 2.05-02-07 Автомобиль йўллари. Ўзбекистон Республикаси Давархитекқурилиш қўмитаси.Т.:2008 й.-67 б.

V.F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” I-qism. Toshkent – 2014 yil. 526 b.