“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
752
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya shartnomalari va arbitraj
institutlarini takomillashtirish masalalari
Nurmuxammedova Farruxa Faxriddin qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida investitsiya
shartnomalarini tuzish bo‘yicha mavjud huquqiy tizim yoritilgan hamda ushbu
shartnomalarni takomillashtirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada investitsiya
nizolarini hal etishda xalqaro arbitraj institutlarining o‘rni ko‘rib chiqilib, ularning
faoliyatini milliy qonunchilik doirasida samarali qo‘llash imkoniyatlari baholangan.
Shu asosda, investitsiya shartnomalarini yanada takomillashtirishga doir
qonunchilikka tegishli takliflar ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar:
Investitsiya shartnomasi, huquqiy tartibga solish, xorijiy
investor, xalqaro arbitraj, shaffoflik, ochiqlik, preferensiyalar, qonunchilik,
monitoring, ijtimoiy infratuzilma, davlat kafolatlari, jamoatchilik nazorati
.
Annotation:
This article examines the existing legal framework for the
conclusion of investment agreements in the Republic of Uzbekistan and
substantiates the necessity of improving such agreements. It analyzes the role of
international arbitration institutions in resolving investment disputes and evaluates
the possibilities of effectively applying their mechanisms within the national legal
system. Based on this analysis, the article proposes relevant legislative suggestions
aimed at further enhancing the regulation of investment agreements.
Keywords:
Investment agreement, legal framework, international arbitration,
dispute resolution, legislation, legal reform.
Аннотация:
В данной статье освещается существующая правовая
система заключения инвестиционных соглашений в Республике Узбекистан, а
также
обосновывается
необходимость
их
совершенствования.
Рассматривается роль международных арбитражных институтов в разрешении
инвестиционных споров и оцениваются возможности эффективного
применения их механизмов в рамках национального законодательства. На
основе
проведённого
анализа
предлагаются
соответствующие
законодательные инициативы по дальнейшему совершенствованию
регулирования инвестиционных соглашений.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
753
Ключевые слова:
Узбекистан, инвестиционное соглашение, правовая
база, международный арбитраж, разрешение споров, законодательство,
правовая реформа.
KIRISH
Xalqaro
iqtisodiy
munosabatlarning
faollashib
borishi
jarayonlari
O‘zbekiston Respublikasining jahon savdo tizimiga faol integratsiyalashuvini
taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar,
ayniqsa, xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan e’tiborning sezilarli darajada kuchayishiga
olib kelmoqda. 2021 yil 24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev raisligida investitsiya va eksport sohalaridagi ishlar natijadorligi, yil
yakunigacha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokamasiga
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham ushbu masalalar muhokama etilib,
davlatimiz rahbari: mamlakatimizda iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirish,
dolzarb loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida faol investitsiyaviy siyosat
olib borilayotgani natijasida, 2017 yildan boshlab barcha manbalar hisobidan 716
trillion so‘m (83 milliard dollar) yoki oldingi davrga nisbatan 2 baravardan ziyod
investitsiyalar o‘zlashtirilganligini aytib o‘tdi. Shuningdek, ushbu davrda 441
trillion so‘mlik 47 mingdan ziyod yirik, o‘rta va kichik loyihalar ishga
tushirilganligi, 680 mingdan ortiq doimiy yangi ish o‘rinlari yaratilgani hamda joriy
yilda umumiy qiymati 6 milliard 500 million dollarlik 226 ta yirik tarmoq va
hududiy loyihalar ishga tushirilishi, 35 mingta yangi ish o‘rni tashkil etilishi
mo‘ljallangani alohida qayd etildi. Yig‘ilishda ularning ijrosi ham ko‘rib chiqildi.
Muddatidan kechikayotgan loyihalar ko‘rsatib o‘tilib, ularni o‘z vaqtida ishga
tushirish choralari belgilandi. Bundan tashqari, Prezidentimiz tarmoq va hudud
rahbarlarining asosiy vazifasi investitsiyaviy faollikni kuchaytirish bilan birga,
ularning samaradorligini oshirish bo‘lishi kerakligini ta’kidladi
1
. Investitsiya
resurslari orqali ishlab chiqarish tarmoqlarining texnik va texnologik jihatdan
modernizatsiya qilinishi ta’minlanadi, shuningdek, iqtisodiy jihatdan muhim va
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘li bilan
mamlakat iqtisodiyotining izchil rivojlanishi, aholining bandlik darajasining oshishi
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2021 yil 24 iyundagi investitsiya va eksport sohalaridagI
ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi nutqi.
URL:https://president.uz/uz/lists/view/4449
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
754
hamda ularning hayot sifati va darajasini yaxshilashga erishish mumkin bo‘ladi. Shu
munosabat bilan, investitsiya shartnomalarini huquqiy jihatdan chuqur o‘rganish va
tahlil qilishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan faol investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida investitsiya shartnomalari va
arbitraj institutlarini takomillashtirish masalalarini o‘rganishda kompleks ilmiy-
uslubiy yondashuv qo‘llanilgan. Tadqiqotning metodologik asosini sistemali,
tarixiy, tahliliy hamda qiyosiy-huquqiy yondashuvlar tashkil etadi. Ushbu
yondashuvlar orqali investitsiya shartnomalarining O‘zbekiston huquqiy tizimidagi
o‘rni, ularning normativ asoslari, huquqiy muammolari chuqur tahlil etildi. Tadqiqot
jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati
to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining investitsiyaga oid normativ-
huquqiy hujjatlari, shuningdek, investitsiya shartnomalarini tuzish, ularni amalga
oshirish va nazorat qilish tartiblariga doir amaldagi me’yoriy-huquqiy bazaga
tayangan holda tahliliy yondashuv qo‘llanildi.
ASOSIY QISM
O‘zbekiston Respublikasi hukumati ishtirokida tuziladigan investitsiya
shartnomasining predmeti sifatida investor tomonidan muayyan investitsiya
loyihasini amalga oshirish maqsadida olib boriladigan investitsiya faoliyati nazarda
tutiladi. Mazkur yondashuvdan kelib chiqilsa, shartnoma predmeti uning doirasida
bajariladigan harakatlar orqali aniqlanadi, degan xulosaga kelish mumkin. Shu bois,
A.S.Danilevichning “Hukumat bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining
predmeti - bu faqat investitsiyalarning o‘zi” degan qarashiga to‘liq qo‘shilib
bo‘lmaydi
2
. Shuningdek, investitsiya shartnomalarining tuzilishi, asosan, xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni yanada rivojlantirishga xizmat
qiluvchi mexanizm sifatida qaraladi
3
. Jumladan, “Investitsiyalar va investitsiya
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasida xorijiy investor hamda investitsiya
2
Данилевич, А.С. Арбитражная оговорка в инвестиционном договоре с Республикой беларусь / А.С.
Данилевич // Пром.-торговое право. - 2010. - Nº 5. - C. 70.
3
Rustambekov I. Business Environment and Investment Climate in the Republic of Uzbekistan. International
Journal of Advanced Research. #4, 2019. P.1282 // URL:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
755
faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi nomidan O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining investitsiya shartnomasi tuzishdagi vakolatlari
belgilangan
4
. Investitsiya shartnomalari, shuningdek ularga kiritiladigan barcha
turdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat yozma shaklda tuzilishi lozim. Har ikkala
holatda ham shartnoma tuzish jarayoni bir xil tartibda amalga oshiriladi. Ushbu
shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi tomonidan imzolanadi. Investitsiya shartnomasini tuzish bo‘yicha
tashabbus esa chet el investori tomonidan mustaqil ravishda yoki belgilangan
tartibda tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan hamkorlikda
ilgari surilishi mumkin. Shartnoma tuzish taklifi bilan chiqish uchun investor
quyidagi hujjatlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yoki Xorijiy
investitsiyalarni jalb etish agentligiga taqdim etishi kerak:
investitsiya shartnomasi tuzishdagi asosiy maqsad, tanlangan investitsiya
obyekti va investorning ushbu sohadagi tajribasi (agar mavjud bo‘lsa) haqida
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ariza;
tasdiqlangan namunaviy shakldagi shartnoma loyihasi;
zarurat bo‘lgan taqdirda vakolatli organlar tomonidan ekspertizadan
o‘tkazilgan texnik-iqtisodiy asoslar va ularga asoslangan biznes-reja.
Tegishli davlat organlari, xususan Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, shuningdek Davlat bojxona
qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida huquqiy, moliyaviy va
iqtisodiy jihatlar bo‘yicha xulosalar beradi. Shartnoma loyihasi va unga tegishli
hujjatlar tegishli tashkilot tomonidan olgan kundan boshlab 15 kalendar kuni ichida
ko‘rib chiqiladi. Agar qo‘shimcha ekspertiza, tahlil yoki boshqa tadbirlar zarur
bo‘lsa, ushbu muddat 30 kunga uzaytirilishi mumkin, bu haqda investor yozma
tarzda ogohlantiriladi. Barcha vakolatli organlar bilan kelishuvga erishilgach,
shartnoma loyihasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. U yerda hujjatlar ko‘rib
chiqilib, tasdiqlanadi yoki lozim bo‘lsa, tuzatishlar kiritish uchun qaytariladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan shartnoma Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi tomonidan imzolanadi. Shundan so‘ng vazirlik hukumat qarori
4
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019 y., №03/19/598/4221.Elektron manba:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
756
loyihasini tayyorlaydi va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Shartnoma ushbu qaror qabul qilingan kundan yoki unda belgilangan boshqa
sanadan boshlab yuridik kuchga ega bo‘ladi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
tomonidan investitsiya shartnomasi doirasida investor zimmasiga yuklangan
majburiyatlarning bajarilishi ustidan doimiy monitoring amalga oshiriladi. Investor
esa shartnomada belgilangan muddatlarda va shaklda hisobot taqdim etish
majburiyatiga ega. Investitsiya shartnomasi doirasida nazarda tutilgan qo‘shimcha
kafolatlar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa preferensiyalar ushbu
shartnomaning amal qilish muddati yakuniga yetgach o‘z kuchini yo‘qotadi. Zarurat
tug‘ilganda, ular shartnomada ko‘rsatilgan tartib asosida muddatidan ilgari ham
bekor qilinishi mumkin.
Mamlakatimizda investitsiya faoliyatini huquqiy tartibga solishga qaratilgan
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Investitsiyalar va investitsiya
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining (keyingi o‘rinlarda Qonun) 8-bobida
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xorijiy investorlar bilan tuzadigan
investitsiya shartnomalariga oid huquqiy normalar mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu
normalarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xorijiy investorlar
bilan o‘zaro kelishuv asosida tuzadigan investitsiya shartnomalari doirasida,
majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha imtiyozlar va
preferensiyalar nazarda tutilishi mumkin
5
.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
30-apreldagi №264-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi
Hukumati bilan chet ellik investor o‘rtasida investitsiya shartnomalarini tuzish,
o‘zgartirish kiritish, tugatish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda ushbu
jarayonlarning huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan
6
.
Mazkur hujjat xorijiy investorlar uchun qo‘shimcha kafolatlar hamda davlat
tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralari doirasida, O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining xorijiy investorlar bilan tuzadigan investitsiya
5
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019 y., №03/19/598/4221. – Elektron manba:
https://www.lex.uz/docs/4664142
6
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xorijiy investorlar
bilan investitsiya shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish kiritish, bekor qilish va ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2020-yil 30-apreldagi 264-sonli Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
01.05.2020 y., №09/20/264/0530. – Elektron manba:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
757
shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish kiritish, tugatish va amalga oshirish tartiblarini
aniq belgilaydi .
Biroq, amaldagi qonunchilik hujjatlarida xorijiy investorlar bilan
tuziladigan investitsiya shartnomalar bo‘yicha teng imkoniyatlarni ta’minlash
maqsadida ochiq tanlov o‘tkazish va eng maqbul investitsiya loyihalarini
saralab olish tartibi belgilab qo‘yilmagan
. Mazkur holat o‘z navbatida, raqobat
muhitini va budjetga eng katta foyda keltiradigan loyihalarni tanlab olish
imkoniyatini cheklaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati xorijiy
investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara asosida avtomobil yig‘ish zavodi qurish
bo‘yicha investitsiya shartnomasi tuzdi. Ushbu shartnoma asosida investor
mamlakatda yangi avtomobillar ishlab chiqarishni boshlashni va’da berdi va unga
soliq, bojxona preferensiyalari, yer maydoni ajratilishi, ishlab chiqarilgan
avtomobillarni ichki bozorda realizatsiya qilish uchun huquqlar va imtiyozlar taqdim
etildi. Biroq, ayni vaqtda boshqa bir xorijiy investor yashil (green) texnologiyalarga
asoslangan elektromobillar ishlab chiqarishni taklif qilgan, yuqori lokalizatsiya
darajasini (ya’ni, mahalliy ehtiyot qismlar ulushini) ta’minlashga tayyor bo‘lgan,
mahalliy muhandis va mutaxassislarni o‘qitish markazini ochishni rejalashtirgan
bo‘lsa, ochiq tanlov tartibi mavjud bo‘lmagani sababli, davlat organlari faqat bitta
investor bilan muzokara yuritib, boshqa takliflarni ko‘rib chiqmagan bo‘lishi
mumkin. Natijada, texnologik jihatdan zamonaviy va ekologik toza yechimlar,
davlat uchun yanada manfaatli iqtisodiy shartlar e’tibordan chetda qolishi mumkin.
Shu bois, mazkur yo‘nalishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek,
investorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida investitsiya shartnomalarini
auksion (kim oshdi savdosi) natijalari asosida tuzish tartibini joriy etish hamda bu
jarayonga jamoatchilik nazoratini tatbiq etish zarurati yuzaga kelmoqda. Bunday
yondashuvni qonunchilikda mustahkamlash lozim. Shu nuqtai nazardan,
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi
O‘RQ-598-sonli Qonunining 43
1
- moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-
yil 30-apreldagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi
Hukumati bilan xorijiy investor o‘rtasida investitsiya shartnomasini tuzish,
o‘zgartish kiritish, bekor qilish va ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizomga quyidagi norma kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
“43¹-modda. Kimoshdi savdosi orqali O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
bilan investitsiya shartnomasi tuzish
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
758
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi ochiq
auksion (kim oshdi savdosi) natijalariga ko‘ra quyidagi holatlarda tuziladi:
agar bir xil yoki o‘zaro o‘xshash investitsiya loyihasi doirasida, xususan, bitta
yer uchastkasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaga nisbatan ikki yoki
undan ortiq investor tomonidan hukumat bilan investitsiya shartnomasi tuzish istagi
bildirilgan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydalanishga oid
investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan hollarda.
Ochiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda, Vazirlar Mahkamasining tegishli
qaroriga muvofiq, investitsiya shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida,
ochiq auksionlar o‘tkazilmasdan ham tuzilishi mumkin”.
Bu orqali, xorijiy investorlar uchun teng sharoit yaratiladi, eng yaxshi
texnologik, iqtisodiy va ekologik shartlarni taklif etayotgan investor tanlab olinadi,
bu esa davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda xalqaro investitsiya shartnomalari va xalqaro investitsiya
arbitraji bilan bog‘liq muammolardan yana biri mazkur jarayonlarning ochiqligi va
shaffofligi bilan bog‘liq masala hisoblanadi. Bugungi iqtisodiy rivojlanish sharoitida
zamonaviy huquqiy yondashuvlarni e’tiborga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, rivojlangan davlatlar amaliyotida hukumatlar korxonalar uchun zarur
ma’lumotlarning erkin ochiqligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Mazkur
yo‘nalishda, masalan, Singapur tomonidan ilgari surilgan “aqlli millat” tashabbusi
doirasidagi ochiq ma’lumotlar konsepsiyasi namuna sifatida ko‘rsatilishi mumkin
7
.
Bunday tashabbuslarning bosh maqsadi - investitsiya faoliyatida ochiqlik va
shaffoflikni kuchaytirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini rivojlantirish,
transmilliy darajadagi investitsion ma’lumotlar almashinuvini jadallashtirish hamda
sun’iy intellekt asosidagi innovatsion texnologiyalarni ilgari surish orqali ilg‘or
g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Ta’kidlash lozimki, investitsiya
shartnomalari faqatgina investorlar va investitsion faoliyat ishtirokchilarining huquq
va erkinliklarini emas, balki umumjamoat manfaatlariga taalluqli normalarni ham
uinnaya-naciya-nekotorye-fakty-i-cifry-osnovy-ekonomikisingapura.html
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
759
o‘z ichiga oladi. Har qanday investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, eng avvalo,
u faoliyat yuritadigan hudud aholisi uchun ahamiyatlidir. Masalan, xorijiy
investorlar tomonidan mahalliy fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning mehnat
huquqlarini kafolatlash va loyihani amalga oshirish jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy
infratuzilmani rivojlantirish orqali mintaqaning o‘zini kompleks tarzda taraqqiy
ettirish mumkin bo‘ladi. Mamlakatimizda xalqaro investitsiya shartnomalari haqida
ochiq, ommaviy axborotlar mavjud emas, shuningdek, loyihalarning bajarilishi
holati haqida ma’lumotlar tegishli davlat organlarining veb-saytlarida ham
yetarlicha e’lon qilinmaydi
8
. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Biznes va inson
huquqlari to‘g‘risidagi shartnomasi”da qayd etilishicha, savdo va investitsiya
bitimlari insonlarning ishtirok etish huquqiga hurmat bilan yondashgan holda,
davlatlarning ushbu bitimlarni xalqaro huquq standartlariga muvofiq tarzda tuzishi
va izohlashi majburiyatini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib,
O‘zbekiston sharoitida ham investitsiya jarayonlarini ochiqlik va shaffoflik asosida
tashkil etish, xususan, inson huquqlarini investitsiya shartnomalarida himoya
qilishga doir huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir.
Bunda alohida e’tibor, shartnomalarni tuzish va amalga oshirish bosqichlarida
umumiy jamiyat manfaatlarini inobatga olish, hamda keng jamoatchilik nazoratini
o‘rnatishga qaratilishi lozim. Xalqaro investitsiya shartnomalarida investorlar uchun
maxfiylik tamoyili muhim bo‘lsada, ba‘zi masalalar bo‘yicha ya’ni shartnoma
asosida berilgan imtiyozlar, davlat kafolatlari, mahalliy aholi manfaatlariga taaluqli
holatlar yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish muhim hisoblanadi. Bunda ochiqlik
tamoyili xalqaro investitsiya shartnomalari bilan bog‘liq barcha masalalarga tatbiq
etilmaydi. Investorlarga doir moliyaviy, tijorat sirlari va texnologik yechimlar sir
saqlanadi, shartnoma doirasidagi strategik axborotlarning raqobatchilarga oshkor
bo‘lishini oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘riladi va arbitraj
jarayonlarining ayrim bosqichlarida yopiq eshittirishlar va maxfiy hujjatlar saqlab
qolinadi. Mazkur islohot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va
tashqi savdo vazirligi tomonidan investitsiya shartnomalari reyestrini yuritish,
ularning asosiy shartlari, davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va kafolatlar,
8
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligining veb-sayti,
“Investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi” bo‘limi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
760
shuningdek, jamiyat manfaatlariga oid boshqa masalalar haqida ochiq ma’lumotlar
tizimini shakllantirish zarurdir.
Xorijiy investorlar bilan tuziladigan investitsiya shartnomalarining muhim
elementlaridan biri, ularning nafaqat iqtisodiy daromad keltirish, balki mahalliy
infratuzilmani rivojlantirishga ham xizmat qiluvchi huquqiy mexanizm sifatida
ko‘rilishidir. Investitsiya shartnomalarida hududning ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro majburiyatlari, chet
ellik investorning texnologiyalarni joriy etish, mahalliy xodimlarni o‘qitish va
malakali ishchi kuchi yaratish bo‘yicha majburiyatlari, chet el investori tomonidan
loyiha tugagandan so‘ng ham ijtimoiy ta’sirni davom ettirish (masalan, tashkilot
xodimlarini o‘qitish, ijtimoiy infratuzilmani saqlab qolish) kabi majburiyatlar
nazarda tutiladi
9
. O.Tsegelnikning fikricha, davlat bilan tuziladigan investitsiya
shartnomalarida qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) berish
jarayoni faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, vakolatli davlat organining
normativ-huquqiy hujjati orqali amalga oshirilishi kerak
10
. O‘zbekiston amaliyotida
ham investitsiya shartnomalari orqali imtiyoz va preferensiyalar berish to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muzokaraga asoslanadi, aniq qonun normalariga ko‘ra, investitsiya qilish
chog‘ida taqdim etiladi. Shunindek, O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan
tuziladigan
investitsiya
shartnomalarida
investitsiya
faoliyati
doirasida
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va mavjud imkoniyatlarini inobatga olgan
holda, investitsiyaga ko‘proq muhtoj bo‘lgan hamda investorlar uchun yanada qulay
kafolat va imtiyozlar yaratadigan
“Investitsiya faoliyatining ustuvor obyektlari”
tushunchasini qonunchilikka kiritish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday huquqiy
norma chekka hududlardagi investitsion ehtiyoj yuqori bo‘lgan obyektlarga
mablag‘lar jalb etishga xizmat qilib, amaliy investitsiya loyihalari orqali ushbu
hududlarning iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkonini yaratadi. Bu borada
mutaxassis A. Mingazovaning ta’kidlashicha, bunday obyektlarning qonunchilikda
alohida mustahkamlanishi, iqtisodiyotning rivojlanishga muhtoj bo‘lgan sohalariga
investitsiyalarni jalb etishga xizmat qiladi. Xususan, ana shunday obyektlarga
9
F. Zaynobiddinova. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining o‘ziga xos
xususiyatlari. “O‘zbekiston qonunchiligi tahlili” jurnali. 2020/1. B. 105. // URL:
https://drive.google.com/file/d/1dvx9UtEgUFiekWni-FJzmrEn8dl3gfPm/view
10
Цегельник О.В. Инвестиционный договор с государством (Республикой Беларусь или административно-
территориальной единицей) // Промышленно-торговое право. – 2006. – №2. – С. 57–60. URL:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
761
kapital kiritgan investorlar uchun qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalarni taqdim
etish, ushbu hududni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi hamda
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarini ilgari surishda samarali vosita bo‘lib xizmat
qiladi
11
.
Xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar uchun soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlarga doir ayrim afzalliklar belgilangan muddatlarga taqdim
etiladi. Shu bilan birga, bu kabi imtiyozlarning doimiy asosda amal qilishi mumkin
emas. Eng asosiy jihatlardan biri shundaki, xorijiy investor bilan tuzilayotgan
investitsiya shartnomasi doirasida unga boshqa bozor ishtirokchilaridan ustun
mavqega ega bo‘lish imkonini beruvchi noaniq huquqlarni berish qat’iyan man
etiladi. Bugungi kunda hukumat bilan tuzilayotgan investitsiya shartnomalarida
nazarda tutilgan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarining shartnoma maqsadlari
doirasidan tashqarida qo‘llanilayotgan holatlar ham uchramoqda. Masalan, ayrim
xorijiy investorlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan moddiy resurslarni o‘z
nazoratidagi boshqa firmalarga o‘tkazib, ularni yuqori narxlarda sotmoqda yoki
imtiyozli shartlarda mamlakatga olib kirilgan mulkni ishlab chiqarish ehtiyojlaridan
tashqari maqsadlarda ishlatmoqda. Bu esa investitsiya shartnomasi shartlarining
buzilishi holatlaridan biri sifatida baholanadi. Bunday holatlarning oldini olish
maqsadida, imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan investitsiya shartnomalarida
ularning maqsadga muvofiqligini baholovchi monitoring mexanizmini joriy etish,
shuningdek, monitoring natijalariga ko‘ra investitsiya shartnomasini bekor qilish
tartibini qonunchilikda aniq belgilab qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi PF-5717-sonli
Farmoni
12
va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 iyuldagi 616-sonli qaroriga
muvofiq, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan
“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish”
avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi belgilangan
13
. Bu tizim quyidagi
imkoniyatlarni yaratadi:
11
Мингазова А.М., Договорное регулирование инвестиционной деятельности: автореф. дис, на соиск. учен.
стел, к.ю.н.: спец. 12.00.03 / Казань 2017.- C. 23. // URL
https://www.twirpx.com/file/2162327/
12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat
jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
15.05.2019 y., 06/19/5717/3132-son; 18.08.2020 y., 06/20/6042/1190-son //
URL:https://lex.uz/docs/4336166
13
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini nazorat va monitoring qilish
sohasida axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2019 y., 09/19/616/3465-son / URL:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
762
investitsiya loyihalari ustidan tizimli hisob, monitoring va nazoratni yuritish;
loyihalarning vaqtida bajarilishi, byudjeti va asosiy maqsadlariga erishilishini
nazorat qilish;
jalb etilgan va foydalanilgan investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalar hajmi haqida aniq ma’lumotlar shakllantirish;
loyiha natijalarini baholash va investitsiyadan keyingi bosqichda kutilgan
ko‘rsatkichlarga erishilganini kuzatish.
Vazirlar Mahkamasining “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha
hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga asosan esa
ushbu komissiyaga investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini
ta’minlash borasida ko‘plab funksiyalar yuklatilgan.
Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar tahlilidan kelib chiqib, shuni aytish
mumkinki, amaldagi tartibda asosan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi
e’tiborda bo‘lgan bo‘lib, ularni bajarishda asosiy hujjat sifatida tuzilgan investitsiya
shartnomasi shartlariga rioya etilishi masalasi yetarlicha aks ettirilmagan. Shuning
uchun qonunchilikda investitsiya shartnomalari shartlarining bajarilishi bo‘yicha
monitoring mexanizmini ishlab chiqish, ayniqsa davlat tomonidan qo‘shimcha
imtiyozlar, preferensiyalar, soliq va bojxona yengilliklari bilan ta’minlangan
loyihalarda bu imtiyozlarning maqsadli va samarali qo‘llanilishini baholash
imkonini beruvchi huquqiy asosni yaratish zarur. Shuningdek, ekologik xavfsizlik
investitsiya faoliyatining tarkibiy qismi sifatida ajralib turadi. Asosiy qonun -
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash
majburiyati aniq belgilangan bo‘lsa-da, amaliyotda ayrim investitsiya loyihalari
ekologik tahdidlarni keltirib chiqarmoqda. Shu bois, investitsiya shartnomalarida
alohida bo‘lim sifatida ekologik mas’uliyat va barqarorlik talablari nazarda tutilishi
maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, vakolatli davlat organi tomonidan monitoring
o‘tkazilib, agar shartnomada ko‘zda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar noto‘g‘ri
ishlatilgani aniqlansa, ushbu organ asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda yozma
ogohlantirish yuborishi va shartnomani bekor qilish tartibi qonuniy asosda
mustahkamlanishi zarur. Hukumat bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bekor
qilingan taqdirda, investor unga ajratilgan imtiyozlar va preferensiyalar hisobiga
to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha davlat budjetiga to‘liq
hisob-kitob qilib berishi lozim. Ammo agar investitsiya shartnomasi tomonlarning
o‘zaro roziligi asosida muddatidan oldin bekor qilinadigan bo‘lsa, tomonlar
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
763
o‘rtasidagi majburiyatlarning bajarilishi ham o‘zaro kelishuv asosida amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, investitsiya shartnomasi bekor qilingan yoki investitsiya
loyihasi yakuniga yetkazilganidan so‘ng, investor o‘zining investitsion faoliyati
natijasida olgan daromadlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqlar, yig‘imlar
va boshqa to‘lovlar to‘lab bo‘linganidan keyin mustaqil tarzda tasarruf etish
huquqiga ega bo‘lishi zarur. Bu investorlar uchun huquqiy kafolat sifatida alohida
ahamiyat kasb etadi. Kapitalni qaytarish (repatriatsiya) bu – maxsus tartibga ega
bo‘lgan jarayon bo‘lib, u orqali investor ilgari xorijga yo‘naltirgan mablag‘larini o‘z
yurti hududiga qaytarib, yangi loyihalarda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bunday ehtiyoj, odatda, investor mamlakatida yangi moliyaviy imkoniyatlar yuzaga
kelganda yoki investitsiya kiritilgan davlatda siyosiy yoki iqtisodiy barqarorlik
yomonlashganda paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda kapital eksport qiluvchi
mamlakatlar o‘z investitsiyalarining daromadliligini ta’minlash uchun maxsus
kredit va soliq siyosatini, shuningdek, turli kafolatlar va imtiyozlarni nazarda tutadi.
Mutaxassislar fikricha, “ko‘pincha repatriatsiya jarayonida ilgari xorijga noqonuniy
tarzda kapital chiqargan shaxslarga davlat amnistiya e’lon qiladi”.
14
Bunga zid
ravishda, kapitalni qabul qiluvchi davlatlar esa ko‘pincha iqtisodiy inqiroz sharoitida
ilgari jalb qilingan investitsiyani o‘z yurisdiksiyasiga qaytarishga doir cheklovlar
joriy etadi.
Bundan tashqari, investitsiya shartnomasi tuzishda e’tibor qaratilishi lozim
bo‘lgan yana bir muhim jihat – ushbu shartnoma faqat “xorijiy investor” tushunchasi
asosida tuzilishi va unga oid kafolat va qo‘llab-quvvatlash choralari faqat xorijiy
investorlar uchun mo‘ljallanganligidir. Bu esa o‘z navbatida qonunchilikdagi
bo‘shliq sifatida baholanadi. Amaliyotda esa bu holat, mahalliy investorlarning o‘z
mablag‘larini aylantirish yo‘li bilan xorijiy investitsiya sifatida ko‘rsatib,
imtiyozlarga ega chiqishga urinishlariga sabab bo‘lmoqda. Agar shunday turdagi
investitsiya shartnomalari, masalan, kamida 10 million AQSh dollariga teng xorijiy
investitsiya ulushiga ega bo‘lgan loyihalar bo‘yicha tuzilsa, bu shartnomalar orqali
taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar hajmining ham ancha yuqori bo‘lishi
tabiiydir.
Shu jihatdan, xorijiy investorlar qatorida mahalliy investorlar uchun
ham teng shart-sharoitlar yaratish, xususan, foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat
14
Laila Martin, Agatino Camarda. Best practices in tax amnesty and asset repatriation programmes. September,
2017 © 2017 Transparency International. URL:
https://knowledgehubtransparency.org/assets/uploads/helpdesk/
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
764
solig‘i, mol-mulk solig‘i, bojxona to‘lovlari kabi soliq va bojxona
preferensiyalarini bir xil asosda taqdim etish zarur.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston hukumati bilan tuziladigan investitsiya
shartnomalari bu investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan bitim bo‘lib,
davlat tomonidan qo‘shimcha kafolat va qo‘llab-quvvatlovchi choralarning taqdim
etilishi bilan ajralib turadi. Bu holatda davlat, bir tomondan, suveren subyekt,
ikkinchi tomondan esa fuqarolik munosabatlarining teng ishtirokchisi sifatida ikki
turdagi
funksiyani
bajarmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya
shartnomalarini tuzish, ularni amalga oshirish va monitoring qilishga doir normativ-
huquqiy baza shakllangan bo‘lsa-da, mavjud amaliyotda qator tizimli muammolar
va bo‘shliqlar saqlanib qolmoqda. Xususan, investitsiya shartnomalarini tuzish
tartibida ochiqlik, raqobat va jamoatchilik nazoratini ta’minlash mexanizmlarining
yetarlicha ishlab chiqilmagani, xorijiy investorlar bilan bevosita muzokaralarga
asoslangan shartnomalar davlat manfaatlarini to‘liq aks ettirishga doimo xizmat
qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Investitsiya shartnomalari orqali davlat
tomonidan taqdim etilayotgan preferensiyalar va imtiyozlarning shaffofligi, ularning
maqsadga muvofiqligi ustidan doimiy monitoringni yo‘lga qo‘yish zarurati mavjud.
Shuningdek, ushbu shartnomalarning amal qilish jarayonida inson huquqlari,
ekologik xavfsizlik, mahalliy infratuzilmani rivojlantirish kabi ijtimoiy manfaatlar
ham inobatga olinishi lozim. Shu boisdan, O‘zbekiston Respublikasida investitsiya
shartnomalarini tuzish jarayoniga oid qonunchilikni takomillashtirish, shartnomalar
ustidan monitoring mexanizmlarini kuchaytirish, investitsiyaviy nizolarni hal
etishda xalqaro arbitraj institutlarining roli va huquqiy mexanizmlarini yanada
aniqlashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish bugungi kunda dolzarb vazifalardan
biridir.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
765
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2021 yil 24
iyundagi investitsiya va eksport sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasiga
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi nutqi.
URL:https://president.uz/uz/lists/view/4449
2. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati
to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019 y.,
№03/19/598/4221. – Elektron manba:
https://www.lex.uz/docs/4664142
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya dasturini
shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
15.05.2019 y., 06/19/5717/3132-son; 18.08.2020 y., 06/20/6042/1190-son //
URL:https://lex.uz/docs/4336166
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalarini
tuzish, o‘zgartirish kiritish, bekor qilish va ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2020-yil 30-apreldagi 264-sonli Qarori. Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2020 y., №09/20/264/0530. – Elektron
manba:
https://lex.uz/ru/docs/48040555
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya
loyihalarini nazorat va monitoring qilish sohasida axborot tizimini joriy etish va
undan foydalanish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2019 y., 09/19/616/3465-son / URL:
6. F. Zaynobiddinova. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat bilan tuziladigan
investitsiya shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari. “O‘zbekiston qonunchiligi
tahlili”jurnali.2020/1.B.105.//URL:
https://drive.google.com/file/d/1dvx9UtEgUFie
6. Данилевич, А.С. Арбитражная оговорка в инвестиционном договоре с
Республикой беларусь / А.С. Данилевич // Пром.-торговое право. - 2010. - Nº
5. - C. 70.
7. Rustambekov I. Business Environment and Investment Climate in the
Republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Research. #4, 2019.
P.1282 // URL:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
766
8. Цегельник О.В. Инвестиционный договор с государством
(Республикой Беларусь или административно-территориальной единицей) //
Промышленно-торговое право. – 2006. – №2. – С. 57–60. URL:
https://core.ac.uk/download/pdf/38546969.pdf
9. Мингазова А.М., Договорное регулирование инвестиционной
деятельности: автореф. дис, на соиск. учен. стел, к.ю.н.: спец. 12.00.03 / Казань
2017.- C. 23. // URL
https://www.twirpx.com/file/2162327/
10. Laila Martin, Agatino Camarda. Best practices in tax amnesty and asset
repatriation programmes. September, 2017 © 2017 Transparency International.
URL:
https://knowledgehubtransparency.org/assets/uploads/helpdesk/
11.
12.
URL:https://president.uz/uz/lists/view/4449
https://docplayer.ru/56568253-Cifrovaya-ekonomikasingapura-sozdanie-
