Authors

  • Farruxa Nurmuxammedova
    Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish magistratura mutaxassisligi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62129

Keywords:

Xalqaro tijorat arbitraji Lex Mercatoria arbitraj jarayoni tarix

Abstract

Mazkur maqola orqali Lex Mercatoria tushunchasi, uning xalqaro tijorat arbitrajidagi o‘rni hamda xalqaro tijorat arbitrajining tarixiy rivojlanishi, hozirgi kunda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar, jumladan, arbitraj qarorlarini ijro etish, kiberxavfsizlik masalalari va uning kelajagida yangi texnologiyalar, masalan, sun’iy intellekt va onlayn arbitrajning roliga oid masalalar yoritib beriladi. Shuningdek, kelajakda Lex Mercatoria tamoyillarini rivojlantirish va xalqaro arbitraj jarayonini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdim etiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

277




Xalqaro tijorat arbitrajining o‘tmishi, hoziri va kelajagi

Nurmuxammedova Farruxa Faxriddin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish magistratura mutaxassisligi talabasi


Annotatsiya:

Mazkur maqola orqali Lex Mercatoria tushunchasi, uning

xalqaro tijorat arbitrajidagi o‘rni hamda xalqaro tijorat arbitrajining tarixiy
rivojlanishi, hozirgi kunda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar, jumladan, arbitraj
qarorlarini ijro etish, kiberxavfsizlik masalalari va uning kelajagida yangi
texnologiyalar, masalan, sun’iy intellekt va onlayn arbitrajning roliga oid masalalar
yoritib beriladi. Shuningdek, kelajakda Lex Mercatoria tamoyillarini rivojlantirish
va xalqaro arbitraj jarayonini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdim etiladi.

Kalit so‘zlar:

Xalqaro tijorat arbitraji, Lex Mercatoria, arbitraj jarayoni, tarix,

hozirgi muammolar, kelajak istiqbollari, onlayn arbitraj, sun’iy intellekt, tijorat
nizolari.

Аннотация

: В данной статье рассматривается понятие Lex Mercatoria,

его роль в международном коммерческом арбитраже, а также историческое
развитие

международного

коммерческого

арбитража,

современные

возникающие трудности, включая исполнение арбитражных решений,
вопросы кибербезопасности и роль новых технологий в будущем, таких как
искусственный интеллект и онлайн-арбитраж. Кроме того, представлены
предложения по развитию принципов Lex Mercatoria и совершенствованию
процесса международного арбитража в будущем.

Ключевые слова

: Международный коммерческий арбитраж, Lex

Mercatoria, арбитражный процесс, история, современные проблемы,
перспективы будущего, онлайн-арбитраж, искусственный интеллект,
коммерческие споры.

Annotation

: This article explores the concept of Lex Mercatoria, its role in

international commercial arbitration, and the historical development of international
commercial arbitration. It also addresses contemporary challenges such as the
enforcement of arbitral awards, cybersecurity issues, and the role of emerging
technologies, including artificial intelligence and online arbitration, in the future.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

278




Additionally, the article presents proposals for the development of Lex Mercatoria
principles and the improvement of the international arbitration process moving
forward.

Keywords

: International commercial arbitration, Lex Mercatoria, arbitration

process, history, current challenges, future prospects, online arbitration,
artificial intelligence, commercial disputes.

Kirish

Xalqaro tijorat arbitrajining o‘rni bugungi global iqtisodiyotda har

qachongidan ham muhimdir. Xalqaro tijorat munosabatlarining murakkablashuvi va
globallashuvi sharoitida Lex Mercatoria tushunchasi tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda

1

.

Lex Mercatoria o‘zi nima?
Lex Mercatoria tushunchasi o‘rta asrlarda Yevropada savdogarlar o‘rtasidagi

munosabatlarni tartibga solish uchun shakllangan.

2

Bu davrda savdogarlar o‘z odatlari va amaliyotlarini yaratib, ularni turli

mamlakatlar va mintaqalarda qo‘llay boshladilar. Vaqt o‘tishi bilan bu qoidalar va
amaliyotlar rivojlanib, xalqaro tijorat huquqining asosini tashkil etdi. Ya’ni, Lex
Mercatoria — xalqaro tijorat amaliyotining, shuningdek, arbitrlarning qarorlari va
ijro tartiblarining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.

3

Lex Mercatoria xalqaro tijorat arbitrajida muhim rol o‘ynaydi. U arbitrlarga

milliy huquq tizimlaridan tashqarida bo‘lgan universal tamoyillarni qo‘llash
imkonini beradi. Xalqaro tijorat arbitraji haqida so‘z yuritsak, tijorat bilan
shug‘ullanuvchi subyektlar ma’lum bir rivojlanish bosqichiga chiqganidan so‘ng
milliy bozorlar doirasidan chiqib, o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni chet elga
eksport qilishni afzal ko‘rishadi va chet ellik subyektlar bilan o‘zaro hamkorlik qilib,
o‘zlarining munosabatlarini shartnomalar orqali mustahkamlaydilar.

4

1

Goldman, B. (1983). Lex Mercatoria. Forum Internationale, 3, 3-24.

2

Schmitthoff, C. M. (1961). International Business Law: A New Law Merchant. Current Law and Social Problems,

2, 129-142.

3

Lando, O. (1985). The lex mercatoria in international commercial arbitration. International and Comparative Law

Quarterly, 34(4), 747-768.

4

Born, G. B. (2014). International Commercial Arbitration (2nd ed.). Kluwer Law International.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

279




Bunday hollarda, shartnoma shartlarini bajarmaslik va boshqa huquqiy

masalalar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shartnoma ishtirokchilari o‘rtasida tijorat bilan
bog‘liq nizolar kelib chiqishi tabiiy holat. Bunday nizolar milliy huquqiy
jarayonlarning predmeti bo‘lishiga qaramay, ko‘p holatlarda shartnoma
ishtirokchilari tomonidan xalqaro tartibga solish usullari afzal ko‘riladi. Buning
asosiy sabablaridan biri, bir taraf ikkinchi taraf sudining xolisligiga ishonmaydi va
taraflar nizo kelib chiqadigan bo‘lsa, nizoni davlatniki bo‘lmagan, xususiy va neytral
xalqaro tijorat arbitrajida ko‘rishga kelishishadi. Ya’ni, xalqaro tijorat arbitraji —
bu turli davlatlar fuqarolari yoki kompaniyalari o‘rtasidagi tijorat nizolarini hal
qilish uchun qo‘llaniladigan xususiy va muqobil nizolarni hal qilish usuli
hisoblanadi.

5

Xalqaro tijorat arbitrajining tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy

ravishda, tijorat arbitrajining birinchi belgilari xalqaro savdo munosabatlarida paydo
bo‘ldi. Savdogarlar ko‘pincha o‘zlarining tijorat nizolarini hal qilish uchun
arbitrajdan foydalanishgan, chunki u an’anaviy sud muhokamasiga qaraganda
kelishmovchiliklarni hal qilishning samaraliroq va neytral usulini taklif qilgan.

6

O‘rta asrlar davomida Yevropada savdo yo‘llari rivojlanishi bilan birga,

arbitraj mexanizmlari ham takomillashdi. Xususan, Italiya, Fransiya va Angliyada
tijorat arbitrajining shakllanishi kuchaydi. Bu davrda arbitrlar, odatda, tijorat
faoliyatini olib borayotgan shaxslar orasida muhim rol o‘ynadilar. Ular nizolarni hal
qilishda mustaqil va adolatli bo‘lishga intilishardi.

7

Biroq, zamonaviy xalqaro tijorat arbitrajining rivojlanishi asosan 19-asr oxiri

va 20-asrda sodir bo‘ldi. 1899-yilda Gaagada bo‘lib o‘tgan Tinchlik konferensiyasi
xalqaro arbitrajga e’tiborni kuchaytirdi.

8

Xalqaro arbitraj sohasidagi dastlabki muhim shartnomalar 1899 va 1907-

yillardagi Gaaga konvensiyalari bo‘lgan.

9

5

Redfern, A., & Hunter, M. (2015). Redfern and Hunter on International Arbitration (6th ed.). Oxford University

Press.

6

Wolaver, E. S. (1934). The Historical Background of Commercial Arbitration. University of Pennsylvania Law

Review and American Law Register, 83(2), 132-146.

7

Roebuck, D. (2000). Ancient Greek Arbitration. Oxford University Press.

8

Rosenne, S. (2001). The Hague Peace Conferences of 1899 and 1907 and International Arbitration: Reports and

Documents. T.M.C. Asser Press

9

Scott, J. B. (1916). The Hague Conventions and Declarations of 1899 and 1907. Oxford University Press.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

280




Ushbu shartnomalar turli mamlakatlarda hakamlik kelishuvlari va qarorlarini

tan olish hamda ijro etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

1923-yilda Jeneva protokoli va 1927-yilda Jeneva konvensiyasi qabul

qilindi.

10

Jeneva protokoli xalqaro tijorat arbitrajining rivojlanishida muhim bosqich

bo‘ldi. U arbitraj bitimlarining huquqiy kuchini ta’minlash orqali protokol a’zo
davlatlarini arbitraj kelishuvlarini tan olishga va hurmat qilishga majbur qildi. Bu
esa xalqaro savdoda ishonchni oshirdi va keyingi xalqaro konvensiyalar uchun
mustahkam asos yaratdi.

Xalqaro tijorat arbitrajidagi yana bir muhim voqealardan biri, Birlashgan

Millatlar Tashkilotining Xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish
to‘g‘risidagi konvensiyasi edi. Bu konvensiya Nyu-York konvensiyasi deb ham
ataladi.

11

Nyu-York konvensiyasining xalqaro tijorat arbitrajining "konstitutsiyasi"

deb atalishi bejiz emas. U global miqyosda arbitraj qarorlarini tan olish va ijro
etishning yagona tizimini yaratdi, xalqaro savdoda huquqiy xavfsizlikni ta’minladi
va butun dunyo bo‘ylab biznes hamkorlikni rag‘batlantirdi.

UNCITRAL (Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi

bo‘yicha komissiyasi) xalqaro arbitraj qoidalari va standartlarini ishlab chiqish
hamda targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, UNCITRAL model
qonunini ishlab chiqdi[4]. Bu model qonun ko‘plab mamlakatlar uchun milliy
arbitraj qonunchiligini modernizatsiya qilish va uyg‘unlashtirish uchun namuna
bo‘lib xizmat qildi.

Xalqaro savdo palatasi (ICC) va Investitsion nizolarni hal qilish bo‘yicha

xalqaro markaz (ICSID) ham xalqaro tijorat arbitrajining rivojlanishida muhim
ahamiyat kasb etdi.

12

ICC o‘zining arbitraj qoidalari va tajribasi bilan xalqaro tijorat

nizolarini hal qilishda yetakchi rolni o‘ynadi. ICSID esa davlatlar va xorijiy
investorlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish uchun maxsus platforma yaratdi, bu esa
xalqaro investitsiyalar uchun xavfsiz muhitni ta’minlashga yordam berdi.

10

Nussbaum, A. (1940). Treaties on Commercial Arbitration: A Test of International Private-Law Legislation.

Harvard Law Review, 53(8), 1310-1340.

11

van den Berg, A. J. (1981). The New York Arbitration Convention of 1958. Kluwer Law and Taxation Publishers.

12

Holtzmann, H. M., & Neuhaus, J. E. (1989). A Guide to the UNCITRAL Model Law on International Commercial

Arbitration: Legislative History and Commentary. Kluwer Law and Taxation Publishers.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

281




Bugungi kunda arbitraj qarorlarining ijrosi bilan bog‘liq bir qator muammolar

yuzaga kelmoqda. Ko‘p hollarda arbitraj qarori chiqarilgandan so‘ng uni amalda ijro
etish qiyin bo‘lmoqda. Bu ayniqsa xalqaro tijorat nizolarida ko‘p uchraydi, chunki
taraflar turli mamlakatlarda joylashgan bo‘lishi mumkin.

13

Ba’zi mamlakatlar arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etishga nisbatan konservativ
yondashuvni saqlab qolmoqda, bu esa jarayonni sekinlashtiradi yoki to‘xtatib
qo‘yadi. Qarzdor tomonlar ba’zan o‘z aktivlarini boshqa yurisdiksiyalarga o‘tkazish
orqali qarorning ijrosidan qochishga harakat qiladi. Bu muammoni xalqaro
hamkorlikni kuchaytirish orqali yechishimiz mumkin. Bu jarayon esa bir necha
bosqichlarda amalga oshiriladi:

1.

Xalqaro kelishuvlarni kengaytirish:

New York konvensiyasini (1958) yanada ko‘proq davlatlar tomonidan
ratifikatsiya qilinishini rag‘batlantirish.

14

Davlatlar o‘rtasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar
tuzish orqali arbitraj qarorlarini o‘zaro tan olish va ijro etish
mexanizmlarini takomillashtirish

2.

Milliy sudlar faoliyatini takomillashtirish:

Sudyalarni xalqaro arbitraj masalalari bo‘yicha maxsus o‘qitish va
malakasini oshirish.

Arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha milliy qonunchilikni
xalqaro standartlarga moslashtirish.

Sudlar tomonidan arbitraj qarorlarini qayta ko‘rib chiqish amaliyotini
cheklash, faqat jiddiy protsessual xatolar mavjud bo‘lgan hollardagina
bunga yo‘l qo‘yish.

15

Arbitraj jarayonlarida elektron hujjat almashinuvi, videokonferensiyalar va

boshqa raqamli texnologiyalarning keng qo‘llanilishi natijasida kiberxavfsizlik
masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Maxfiy tijorat ma’lumotlari, intellektual mulk

13

Caron, D. D., & Caplan, L. M. (2013). The UNCITRAL Arbitration Rules: A Commentary (2nd ed.). Oxford

University Press.

14

Blackaby, N., Partasides, C., Redfern, A., & Hunter, M. (2015). Redfern and Hunter on International Arbitration

(6th ed.). Oxford University Press.

15

Gaillard, E., & Savage, J. (Eds.). (1999). Fouchard Gaillard Goldman on International Commercial Arbitration.

Kluwer Law International.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

282




huquqlari

va

shaxsiy

ma’lumotlarning

xavfsizligini

ta’minlash

murakkablashmoqda. Kiberhujumlar, ma’lumotlarni o‘g‘irlash yoki yo‘q qilish
xavfi ortib bormoqda.

16

Yuqorida ta’kidlangan muammolarni bartaraf qilishda xavfsiz elektron
platformalarni joriy etish muhim rol o‘ynaydi, ya’ni:

Yuqori darajada himoyalangan, shifrlangan ma’lumot almashinuvi
tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish.

Foydalanuvchilarni

autentifikatsiya

qilishning

ko‘p

bosqichli

tizimlarini qo‘llash.

Muntazam ravishda zaxiralash va tiklash mexanizmlarini joriy etish.

17

Kiberhavfsizlik bo‘yicha treninglar ham muammoni yechishda
samarali vosita sifatida qaraladi:

Arbitrlar, yuristlar va arbitraj institutlari xodimlari uchun muntazam
ravishda kiberhavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

Eng so‘nggi kibertahdidlar va ulardan himoyalanish usullari haqida
doimiy ravishda ma’lumot berish.

Xavfsizlik protokollarini ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

18

Bu yechimlarni amalga oshirish uchun arbitraj institutlari, davlat organlari,

xalqaro tashkilotlar va IT-mutaxassislarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari talab
etiladi. Bunday kompleks yondashuv orqali xalqaro tijorat arbitrajining
samaradorligini va ishonchliligini oshirish mumkin.

Xavfsizlik protokollarini ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha

amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

19

Bu yechimlarni amalga oshirish uchun arbitraj institutlari, davlat organlari,

xalqaro tashkilotlar va IT-mutaxassislarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari talab

16

van den Berg, A. J. (2008). The New York Convention of 1958: An Overview. In E. Gaillard & D. Di Pietro

(Eds.), Enforcement of Arbitration Agreements and International Arbitral Awards: The New York Convention in
Practice (pp. 39-68). Cameron May.

17

Moses, M. L. (2017). The Principles and Practice of International Commercial Arbitration (3rd ed.). Cambridge

University Press.

18

Perloff, S. (2019). Cybersecurity Threats to International Arbitration. New York Dispute Resolution Lawyer,

12(1), 46-49.

19

Scherer, M. (2019). Artificial Intelligence and Legal Decision-Making: The Wide Open? Journal of International

Arbitration, 36(5), 539-574.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

283




etiladi. Bunday kompleks yondashuv orqali xalqaro tijorat arbitrajining
samaradorligini va ishonchliligini oshirish mumkin.

20

Kelajak istiqbollari

Sun’iy intellekt (SI) va onlayn arbitraj xalqaro tijorat arbitrajining kelajagini

shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu innovatsiyalar arbitraj jarayonlarini tubdan
o‘zgartirish va samaradorlikni oshirish potensialiga ega.

21

SI texnologiyalari arbitrajning turli bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin.

Masalan, hujjatlarni tahlil qilish va muhim ma’lumotlarni ajratib olishda SI
algoritmlari juda samarali bo‘lishi mumkin. Bu arbitrlarga katta hajmdagi
ma’lumotlar bilan ishlashda vaqt tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, SI
tizimlari pretsedentlarni izlash va tahlil qilishda ham qo‘llanilishi mumkin, bu esa
arbitrlar uchun tegishli qarorlar qabul qilishni osonlashtiradi.

22

Onlayn arbitraj esa xalqaro tijorat arbitrajining geografik chegaralarini

kengaytirish imkonini beradi. Bu ayniqsa pandemiya sharoitida o‘z dolzarbligini
ko‘rsatdi. Videokonferensiyalar va elektron hujjat almashinuvi tizimlaridan
foydalanish nafaqat vaqt va moliyaviy resurslarni tejash, balki arbitraj jarayonlarini
yanada moslashuvchan va samarali qilish imkonini beradi.

23

Biroq, bu yangi texnologiyalarni joriy etishda bir qator muammolar ham

mavjud. Masalan, SI tizimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning shaffofligi
va adolatliligini ta’minlash muhim masala hisoblanadi. Shuningdek, onlayn
arbitrajda xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash ham dolzarb muammo bo‘lib
qolmoqda.

24

Kelajakda xalqaro tijorat arbitrajining rivojlanishi uchun quyidagi yo‘nalishlar
muhim ahamiyat kasb etadi:

20

Rogers, C. A. (2019). The Cybersecurity Imperative for Arbitration. New York University Journal of Law &

Business, 15(3), 797-841.

21

] Scherer, M. (2019). Artificial Intelligence and Legal Decision-Making: The Wide Open? Journal of International

Arbitration, 36(5), 539-574.

22

Sim, C. (2018). Will Artificial Intelligence Take Over Arbitration? Asian Journal of International Arbitration,

14(1), 1-12.

23

Scherer, M., Bassiri, N., & Abdel Wahab, M. S. (Eds.). (2020). International Arbitration and the COVID-19

Revolution. Kluwer Law International.

24

Rogers, C. A. (2019). The Cybersecurity Imperative for Arbitration. New York University Journal

of Law & Business, 15(3), 797-841.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

284




1.

SI va onlayn arbitraj texnologiyalarini yanada takomillashtirish va keng
joriy etish.

2.

Yangi texnologiyalardan foydalanishda xavfsizlik va adolatlilikni
ta’minlash uchun tegishli huquqiy va etik me’yorlarni ishlab chiqish.

3.

Arbitrlar va yuristlarni yangi texnologiyalardan samarali foydalanish
bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish.

25

Xulosa

Xalqaro tijorat arbitraji dinamik rivojlanayotgan soha bo‘lib, rivojlanayotgan

iqtisodiyot va texnologik o‘zgarishlar ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib bormoqda.
Lex Mercatoria xalqaro tijorat munosabatlarini tartibga solishda muhim rol
o‘ynashda davom etmoqda va uning kelajakdagi taqdiri ko‘p jihatdan globallashuv
jarayonlari va texnologik innovatsiyalarga moslashish qobiliyatiga bog‘liq.

Xalqaro tijorat arbitraji bugungi zamonaviy sharoitda bir qator muhim

muammolarga duch kelmoqda. Bular orasida turli huquqiy tizimlar o‘rtasidagi
ziddiyatlar, kiberhavfsizlik masalalari, yangi texnologiyalarni joriy etish bilan
bog‘liq qiyinchiliklar alohida ahamiyatga ega.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun quyidagi yechimlar taklif etiladi:
1.

Xalqaro miqyosda arbitraj qonunchiligini unifikatsiya qilish jarayonlarini
kuchaytirish.

2.

Yuqori darajada himoyalangan elektron platformalarni joriy etish va
kiberhavfsizlik bo‘yicha treninglar o‘tkazish.

3.

SI va onlayn arbitraj texnologiyalarini rivojlantirish, bunda xavfsizlik va
adolatlilik masalalariga alohida e’tibor qaratish.

4.

Arbitrlar va yuristlarning malakasini oshirish, ularni yangi texnologiyalar
bilan ishlashga o‘rgatish.

Bu yechimlarni amalga oshirish uchun xalqaro hamjamiyat, davlat organlari,

arbitraj institutlari va IT mutaxassislarning birgalikdagi sa’y-harakatlari talab etiladi.
Shunday qilib, xalqaro tijorat arbitrajining samaradorligi va ishonchliligini oshirish,
uni zamonaviy talablarga moslashtirish mumkin bo‘ladi.

25

Sussman, E., & Ebner, N. (2021). Online Dispute Resolution: Theory and Practice of the Fourth Party. Eleven

International Publishing.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

285




Xalqaro tijorat arbitrajining kelajagi, shubhasiz, sun’iy intellekt va onlayn

arbitraj bilan chambarchas bog‘liq. Bu ikki vositaning moslashuvchanligi,
universalligi va tezkorligi xalqaro tijorat munosabatlarini tartibga solishda muhim
vosita bo‘lib qolishini ta’minlaydi. Biroq, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ushbu
innovatsiyalarni joriy etishda ehtiyotkorlik va puxta rejalashtirish talab etiladi.

Umuman olganda, xalqaro tijorat arbitrajining kelajagi uning zamonaviy

talablarga moslashishi, innovatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi va global
hamkorlikni rivojlantirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

:

1. Goldman, B. (1983). Lex Mercatoria. Forum Internationale, 3, 3-24.
2. Schmitthoff, C. M. (1961). International Business Law: A New Law

Merchant. Current Law and Social Problems, 2, 129-142.

3. Lando, O. (1985). The lex mercatoria in international commercial

arbitration. International and Comparative Law Quarterly, 34(4), 747-768.

4. Born, G. B. (2014). International Commercial Arbitration (2nd ed.). Kluwer

Law International.

5. Redfern, A., & Hunter, M. (2015). Redfern and Hunter on International

Arbitration (6th ed.). Oxford University Press.

6. Wolaver, E. S. (1934). The Historical Background of Commercial

Arbitration. University of Pennsylvania Law Review and American Law Register,
83(2), 132-146.

7. Roebuck, D. (2000). Ancient Greek Arbitration. Oxford University Press.
8. Rosenne, S. (2001). The Hague Peace Conferences of 1899 and 1907 and

International Arbitration: Reports and Documents. T.M.C. Asser Press.

9. Scott, J. B. (1916). The Hague Conventions and Declarations of 1899 and

1907. Oxford University Press.

10. Nussbaum, A. (1940). Treaties on Commercial Arbitration: A Test of

International Private-Law Legislation. Harvard Law Review, 53(8), 1310-1340.

11. van den Berg, A. J. (1981). The New York Arbitration Convention of

1958. Kluwer Law and Taxation Publishers.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

286




12. Holtzmann, H. M., & Neuhaus, J. E. (1989). A Guide to the UNCITRAL

Model Law on International Commercial Arbitration: Legislative History and
Commentary. Kluwer Law and Taxation Publishers.

13. Caron, D. D., & Caplan, L. M. (2013). The UNCITRAL Arbitration Rules:

A Commentary (2nd ed.). Oxford University Press.

14. Blackaby, N., Partasides, C., Redfern, A., & Hunter, M. (2015). Redfern

and Hunter on International Arbitration (6th ed.). Oxford University Press.

15. Gaillard, E., & Savage, J. (Eds.). (1999). Fouchard Gaillard Goldman on

International Commercial Arbitration. Kluwer Law International.

16. van den Berg, A. J. (2008). The New York Convention of 1958: An

Overview. In E. Gaillard & D. Di Pietro (Eds.), Enforcement of Arbitration
Agreements and International Arbitral Awards: The New York Convention in
Practice (pp. 39-68). Cameron May.

17. Moses, M. L. (2017). The Principles and Practice of International

Commercial Arbitration (3rd ed.). Cambridge University Press.

18. Perloff, S. (2019). Cybersecurity Threats to International Arbitration. New

York Dispute Resolution Lawyer, 12(1), 46-49.

19. Chung, J., & Bacina, M. (2018). The Blockchain Trend: Opportunities and

Challenges for International Arbitration. Contemporary Asia Arbitration Journal,
11(1), 1-28.

20. Scherer, M. (2019). Artificial Intelligence and Legal Decision-Making:

The Wide Open? Journal of International Arbitration, 36(5), 539-574.

21. Rogers, C. A. (2019). The Cybersecurity Imperative for Arbitration. New

York University Journal of Law & Business, 15(3), 797-841.

22. Scherer, M. (2019). Artificial Intelligence and Legal Decision-Making:

The Wide Open? Journal of International Arbitration, 36(5), 539-574.

23. Sim, C. (2018). Will Artificial Intelligence Take Over Arbitration? Asian

Journal of International Arbitration, 14(1), 1-12.

24. Scherer, M., Bassiri, N., & Abdel Wahab, M. S. (Eds.). (2020).

International Arbitration and the COVID-19 Revolution. Kluwer Law International.

25. Rogers, C. A. (2019). The Cybersecurity Imperative for Arbitration. New

York University Journal of Law & Business, 15(3), 797-841.

26. Sussman, E., & Ebner, N. (2021). Online Dispute Resolution: Theory and

Practice of the Fourth Party. Eleven International Publishing.

References

Goldman, B. (1983). Lex Mercatoria. Forum Internationale, 3, 3-24.

Schmitthoff, C. M. (1961). International Business Law: A New Law Merchant. Current Law and Social Problems, 2, 129-142.

Lando, O. (1985). The lex mercatoria in international commercial arbitration. International and Comparative Law Quarterly, 34(4), 747-768.

Born, G. B. (2014). International Commercial Arbitration (2nd ed.). Kluwer Law International.

Redfern, A., & Hunter, M. (2015). Redfern and Hunter on International Arbitration (6th ed.). Oxford University Press.

Wolaver, E. S. (1934). The Historical Background of Commercial Arbitration. University of Pennsylvania Law Review and American Law Register, 83(2), 132-146.

Roebuck, D. (2000). Ancient Greek Arbitration. Oxford University Press.

Rosenne, S. (2001). The Hague Peace Conferences of 1899 and 1907 and International Arbitration: Reports and Documents. T.M.C. Asser Press.

Scott, J. B. (1916). The Hague Conventions and Declarations of 1899 and 1907. Oxford University Press.

Nussbaum, A. (1940). Treaties on Commercial Arbitration: A Test of International Private-Law Legislation. Harvard Law Review, 53(8), 1310-1340.

van den Berg, A. J. (1981). The New York Arbitration Convention of 1958. Kluwer Law and Taxation Publishers.

Holtzmann, H. M., & Neuhaus, J. E. (1989). A Guide to the UNCITRAL Model Law on International Commercial Arbitration: Legislative History and Commentary. Kluwer Law and Taxation Publishers.

Caron, D. D., & Caplan, L. M. (2013). The UNCITRAL Arbitration Rules: A Commentary (2nd ed.). Oxford University Press.

Blackaby, N., Partasides, C., Redfern, A., & Hunter, M. (2015). Redfern and Hunter on International Arbitration (6th ed.). Oxford University Press.

Gaillard, E., & Savage, J. (Eds.). (1999). Fouchard Gaillard Goldman on International Commercial Arbitration. Kluwer Law International.

van den Berg, A. J. (2008). The New York Convention of 1958: An Overview. In E. Gaillard & D. Di Pietro (Eds.), Enforcement of Arbitration Agreements and International Arbitral Awards: The New York Convention in Practice (pp. 39-68). Cameron May.

Moses, M. L. (2017). The Principles and Practice of International Commercial Arbitration (3rd ed.). Cambridge University Press.

Perloff, S. (2019). Cybersecurity Threats to International Arbitration. New York Dispute Resolution Lawyer, 12(1), 46-49.

Chung, J., & Bacina, M. (2018). The Blockchain Trend: Opportunities and Challenges for International Arbitration. Contemporary Asia Arbitration Journal, 11(1), 1-28.

Scherer, M. (2019). Artificial Intelligence and Legal Decision-Making: The Wide Open? Journal of International Arbitration, 36(5), 539-574.

Rogers, C. A. (2019). The Cybersecurity Imperative for Arbitration. New York University Journal of Law & Business, 15(3), 797-841.

Scherer, M. (2019). Artificial Intelligence and Legal Decision-Making: The Wide Open? Journal of International Arbitration, 36(5), 539-574.

Sim, C. (2018). Will Artificial Intelligence Take Over Arbitration? Asian Journal of International Arbitration, 14(1), 1-12.

Scherer, M., Bassiri, N., & Abdel Wahab, M. S. (Eds.). (2020). International Arbitration and the COVID-19 Revolution. Kluwer Law International.

Rogers, C. A. (2019). The Cybersecurity Imperative for Arbitration. New York University Journal of Law & Business, 15(3), 797-841.

Sussman, E., & Ebner, N. (2021). Online Dispute Resolution: Theory and Practice of the Fourth Party. Eleven International Publishing.