Authors

  • Shoxruz Kazimov
    Buxoro Psixologiya va Xorijiy Tillar Instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.61833

Keywords:

musiqa san’at ta’lim

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqiy tarbiya,ta'lim, o'quvchilarni badiiy-estetik didini yuksaltirish va ularni har tomonlama rivojlantirib, komil inson qilib tarbiyalash haqida fikr yuritilgan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

16




UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TARBIYASI.

Kazimov Shoxruz Raimovich

Buxoro Psixoxlogiya va Xorijiy Tillar Instituti

Annotassiya:

Ushbu maqolada hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida

musiqiy tarbiya,ta'lim, o'quvchilarni badiiy-estetik didini yuksaltirish va ularni har
tomonlama rivojlantirib, komil inson qilib tarbiyalash haqida fikr yuritilgan.

Tayanch iboralar:

musiqa, san’at, ta’lim, tarbiya, odob, axloq, xulq-atvor,

estetika, axborot texnologiya, ommaviy madaniyat, tarbiyaviy jarayon, inson
kamoloti.

Аннотация:

В статье рассматриваются музыкальное воспитание

школьников сегоднящного дня. Обсуждаются развитие личности у младших
школьников, целенаправленные педагогические процессы формирования и
интеграционных нравственных качеств. Всесторонее улучшение школ.

Ключевые слова:

музыка, воспитание, культура, песня, чувство,

интеллект, арт-художество, литература, ребёнок, развитие.


Kоmil insоnni musiqiy tarbiyalash va vоyaga yеtkazish jarayoni - musiqiy

pеdagоgik faоliyatning uzluksiz jarayoni bo`lib, aхbоrоt tехnоlоgiyaning so`nggi
namunalari dоirasida amalga оshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilarning ijоbiy
fazilatlarini shakllantirish va rivоjlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy
faоliyatdan ibоrat. Bu faоliyatda musiqa o`qituvchi musiqiy tarbiyaviy jarayonning
asоsiy хususiyatlarini bilishi kеrak.

Ma’lumki, inson kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axloqiy

poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari
insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Ularning asosida yosh avlodga oila va
umumiy o‘rta ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni,
g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi mujassamlashgan. Binobarin, o‘sib kelayotgan yosh
avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo‘lib shakllanishlari uchun
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari - aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy,
mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyalar bilan qatorda musiqiy


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

17




tarbiyani tashkil etishga ham yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning
samarali yo‘llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa ta’lim-
tarbiyadagi eng muhim vazifalardan biridir. Hech kimga sir emaski, bugungi tezkor
davrga hamohang ravishda inson dunyoqarashi, tafakkuri, tarbiyasi ham o‘zgarib
bormoqda. Biroq fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy
olib, ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin,
yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, ularga jahon andozalari darajasida ta’lim
berish aslo mazmun-mohiyatini yo‘qotgani yo‘q. Fikrimizcha, bu borada chinakam
musiqa namunalari va ularda ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni yosh avlod ongiga
singdirib borish yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ijobiy
natijalarni beradi. Zotan, musiqaning ajoyib sehrli kuchi, mo‘jizakor ta’siri haqida
fikr yuritgan Abu Nasr Forobiy «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida» asarida
shunday deydi: «Bu ilm shu ma’noda foydaliki, u o‘z muvozanatini yo‘qotgan
odamni tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xalqni mukammal qiladi va
muvozanatini saqlab turadi».

Musiqa tarbiyaning tizimliligi esa tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil

etadi, chunki musiqiy tarbiyaviy jarayonlar bir nеchta tizimlarning turli
хususiyatlaridan ibоrat. Aytish mumkinki, musiqa tarbiyaviy jarayonlar bu
tarbiyaviy tizim hоlatlarining kеtma - kеt almashinuvidir. Musiqiy tarbiyaviy
jarayonni tizimli ravishda ko`rib chiqish, musiqa tizim va jarayonning tuzilmaviy
хususiyatlarini, shunindеk, ular o`rtasidagi fuktsiоnal alоqalarning ajratib
ko`rsatilishini ifоdalaydi. Musiqa o`qituvchi uchun har bir musiqiy tarbiyaviy
uslubning o`ziga хоs хususiyatini, mоhiyatini, birining bоshqasiga ta’siri natijasida
o`zgarishini anglab yеtishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Nazarimizda, o’quvchilarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda musiqiy
tarbiyani avvalo, oilada tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki bola shaxsini
shakllantirishda va rivojlantirishda oiladagi va maktabdagi muhitning ta’siri juda
katta bo‘lib, boladagi eng muhim individual xususiyatlar oiladagi va umumta’lim
dargohidagi mavjud ijtimoiy psixologik muhit ta’sirida shakllanadi. Bunda ota-
ona, oila a’zolari o’qituvchi va o’quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, san’at,
madaniyatga bo‘lgan munosabatlarni ham qayd etish joiz.

Ma’lumki, yaxshi oilaviy muhitda tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi,

turli voqea-hodisalar, urf-odatlar, san’at, madaniyatga oid taassurotlari ko‘pincha
ijobiy tarzda kechadi. Oiladagi birgalikda televizor ko‘rish, konsert tomosha qilish,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

18




teatr, konsert tomoshalariga borish, o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashish kabi muloqotlar
bolalar dunyoqarashini o‘stirib, hayotiy voqea-hodisalarni aks ettiruvchi badiiy
adabiyot, san’at musiqani mohiyatini tushinishga, badiiy va g‘oyaviy idrok etishga
olib keladi.

Ma’lumki, tarbiya inson ongi, his-tuyg‘ulari, tasavvuri, e’tiqodi,

dunyoqarashi, xatti-harakatlari va xulq-atvoriga doimo ijobiy ta’sir o‘tkazib kelgan.
Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, musiqiy tarbiya go‘zallik va xunuklikni,
yuksaklik va tubanlikni, shodlik va kulfatni anglashga ham o‘rgatadi. Musiqa tili
barchaga tushunarli va yaqin bo‘lgani uchun musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr
va tuyg‘ularni aks ettiradi. Musiqiy tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini
anglash, go‘zal jihatlarini ko‘ra bilishnigina emas, balki ichki go‘zallikni his qilish
xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go‘zallikni qadriga etishga undaydi.
Bunda musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon bo‘ladi. E’tibor berib qaraydigan
bo‘lsak, ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug‘orilgan bo‘lib,
ularda hayot va o‘lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi
masalalar aks etadi. Ko‘pchilik yaxshi biladiki, ertaklarda qahramon musiqa orqali
ulkan dev yoki ilonni sehrlab, uning changalidan o‘zi yoki sevgan qizini xalos etadi.
Chuqurroq nazar tashlaydigan bo‘lsak, buning zamirida musiqaning ko‘ngilni
ezgulikka undovchi san’at ekani o‘z aksini topgan. Shu ma’noda, o‘sib kelayotgan
avlod uchun musiqa ijobiy sifatlarni shakllantiruvchi vosita hisoblangan. Musiqa
ashula va raqs tarkibida ham vujudga keladi. Keyinchalik esa badiiy ijodning
mustaqil turiga aylanadi. U o‘ta o‘ziga xos badiiy ifoda «til»iga ega bo‘lib, maxsus
ishlab chiqilgan va tanlab olingan tovushlar ana shu «til»ning manbaidir. Albatta,
musiqa shaxsni shakllantirish, uning ijobiy fazilatlarining yo‘nalishlarini o‘z-
o‘zidan belgilab bermaydi. Zotan, tarbiyaviy ta’sirning eng muhim jihatlari musiqiy
asarning g‘oyaviy mazmuniga bog‘liqdir. Ana shu bilan musiqiy-estetik tarbiyaning
vazifalari belgilanadi. Musiqiy-estetik tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u
shaxs sifatida shakllanayotgan bolalarning hissiyoti va fikrlarini takomillashtiradi.
Shu bois bolalar tinglaydigan yoki ijro etadigan musiqa asarlari o‘z xarakteri, janri,
takror bayon qilish usullariga ko‘ra har xildir va ular o‘rtasidagi aloqa o‘xshashligi
va farqi, muvofiq va zidligiga ko‘ra o‘rganiladi. Qayd etish joizki, inson shaxsining
har tomonlama kamol topishi aqliy, axloqiy estetik va jismoniy tarbiyaning uzviy
aloqasi tufayli ro‘yobga chiqadi. O‘z navbatida g‘oyaviy-axloqiy ta’sirini amalga


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

19




oshirishga to‘g‘ri ishlab chiqilgan hamda bolalarning yosh imkoniyatlariga muvofiq
tanlangan repertuar samarali yordam beradi.

Musiqa mashg‘ulotlarida bilish va aqliy faoliyatlar ham faollashgani bois

odamlar musiqani diqqat berib tinglash barobarida ko‘plab ma’lumotlarni bilib
oladi. Biroq bunda ular musiqaning eng umumiy xususiyatlaridan eng yorqin
obrazlarnigina idrok etadilar. Biroq bu jarayonda tinglash, uning ifoda vositalarini
farqlash, qiyoslash, ajratish vazifalari qo‘yilgan bo‘lsa ham emotsional munosabat
o‘z ahamiyatini yuqotmaydi. Bu aqliy harakatlar inson hissiyoti va kechinmalari
doirasini boyitadi hamda kengaytiradi.

Musiqa san’at sifatida ijtimoiy ong shakli bo‘lib, u kishining his-tuyg‘ularini

ifodalash bilan birga voqelik va davr ruhini ham o‘zida aks ettiradi. Mashhur polyak
bastkori K.Shimanovskiy «Jamiyatda musiqaning tarbiyaviy ahamiyati» sarlavhali
maqolasida musiqaning tabiiy kuch-qudrati haqida fikr yuritar ekan, uning ikki
qarama-qarshi yo‘nalishda – yaratish va buzish uchun ishlatish mumkinligini —
kerakli ishga yo‘naltirgan holda, tezoqar daryoning suvlaridan foydalanib, foydali
va unumli ishlar uchun, ya’ni tegirmonni aylantirish uchun ishlatgandek, musiqa
kuchidan ham unumli foydalanish zarurligini e’tirof etgan. Musiqaning insonga
ta’siri, shaxsning va jamiyatning ruhiy hayotidagi o‘rni keng qamrovli muammo
hisoblanadi. Ushbu murakkablik va serqirralik musiqa fanining o‘ziga xos jihatlarini
aks ettiradi. Zero, kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga chuqur ta’sir
qilib, unda har xil hislarni uyg‘otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Qo‘shiqning
matni, g‘oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki tinglovchilarning ongiga ham
ta’sir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur etadi. Kishilarda asarda aks
etgan ma’naviy muammolarga nisbatan muayyan munosabat uyg‘otadi. Bunday
ta’sir g‘oyat murakkab va qadratlidir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda o’rta maktablarda musiqa

tarbiyasi, o’quvchi shaxsiyatining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadigan
san’at hisoblanadi. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib umrbod musiqadan
zavq oladi va cheksiz ma’naviy kuch-qudratga ega bo‘ladi. Shu sababli musiqa
tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, insonni atrofdagi
go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga, ularni qadrlashga o‘rgatadi, insonda yuksak
va ma’naviy dunyoqarashni shakllantiradi. Bu jarayonda shaxsning ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlarning individual ifodasi, ijtimoiy ahamiyatga
molik xususiyatlar kombinatsiyasi, inson ijtimoiyligi shakli ekanini nazarda
tutadigan bo‘lsak, bu borada musiqaning ahamiyati yana bir bor oydinlashadi va


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

20




musiqiy ta’lim tizimida yangicha yondashuv bоrasidagi izlanishlarimiz zamоnaviy
aхbоrot - pеdagоgik tехnоlgiyalarini jоriy qilish bilan bоg’liq ekanligini
ko`rsatmоqda. Bu mеtоdikadan fоydalanish musiqa o`quv - tarbiya jarayonini
samaradоrligini оshirishga оlib kеladi, hamda shaхsni musiqiy tоmоndan tarbiyalash
va rivоjlantirishga yordam bеradi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Nurullaev F.G. The role of folklore in the raising of children. European Journal

of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 12, 2020 Part IIIISSN
2056-5852.
2. Нуруллаев Ф.Г., Композиционный и исполнительский процесс в
музыке // «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021.-
pp. 576-581.
3. Нуруллаев Ф.Г. Импровизаторское творчество в ХХ веке по сфере
музыке// «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021.-
pp. 582-587.

4. Nurullayev F.G.

FORMATION OF AESTHETIC EDUCATION OF

CHILDREN ON THE EXAMPLE OF BUKHARA FOLKLORE SONGS

. Euro-

Asia Conferences 1 (1), 34-36.
5. Nurullayev F.G.

METHODOLOGICAL REQUIREMENTS FOR THE

SELECTION OF BUKHARA FOLK SONGS IN MUSIC EDUCATION

. Web of

Scientist: International Scientific Research Journal 1 (01), 83-88.

6. Нуруллаев Ф.Г. Обряды и обычьи связанные с рождением и

воспитанием ребенка. Музыкальное искусство и образование: традиции
и инновации: сборник материалов международное научное конференции.
Бухара, 2019. 317– 320 стр.

7. Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Музыкально-историческое наследие

центральной Азии (психологический настрой армии Темура). Психология XXI
столетия, 18-20 марта 2020 года С. 115-118.

8. Нуруллаев Ф.Г. Мусиқа таълимида Бухоро фольклор қўшиқларига

қўйиладиган методик талаблар. Pedagogik mahorat, Ilmiy-nazariy va metodik
jurnal 2020, 3-son. Buxoro. Б.175-180.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

21




9. Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Роль фольклорных песен в

воспитании учащихся. Научно– методический журнал «Проблемы
педагогики» №3(48). Москва 2020. С.15-17.

10. Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Формирование эстетического

воспитания детей на примере Бухарских фольклорных песен. «MODERN
SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS» collection of scientific works of the
international scientific conference Issue 4(260 Warsaw, Poland 2020. P. 139-141.

11. Nurullayev F.G., Madrimov B.K., Rajabov T.I. Teaching Bukhara Children

Folk Songs in Music Lessons as an Actual Problem. International Journal of
Psychosocial Renabilitation, Vol.24, Issue 04, 2020 P. 6049.
12 Нуруллаев Ф.Г., Случайный выбор качественных характеристик
материала по музыки или порядок его изложения в процессе создания музыки
или исполнения опуса//«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal. ISSN:
2181-1601, 2021.- pp. 588-593.

13. Нуруллаев Ф.Г. Мусиқа таълимида Бухоро фольклор қўшиқларини

ўргатиш жараёнини лойиҳалаш. Бухоро мусиқа фольклорининг тарихий-
назарий ва амалий масалалари. Республика илмий-назарий анжуман
материаллари. 2020 йил, 6 ноябрь. Бухоро, 2020- Б. 107-111.

14. Нуруллаев Ф.Г. Из истории смычковых инструментов у мастеров

Амати Николо, Гварнери и Страдивари. Материалы международного научно-
творческого форума. Часть 1- Челябинск, 2016.-С.158-159

15. Нуруллаев Ф.Г. Особенности и условия развития творческих

музыкальных способностей детей. Вестник интергративной психологии.
Журнал для психологов. г. Ярославль, Выпуск №17, 2018. – С.125-128.

16. Nurullayeva N.G., Nurullaeva N.K., Nurullaev B.G. Role and significance

of folkler music in the upbringing of children of preschool age. Academicia An
International Multidisciplinary Research Journal. Vol.10, Issue 10, October 2020.
17. Nurullayev F.G. Узлуксиз таълим тизимида Бухоро фольклор
қўшиқларини ўргатишнинг ўрни ва аҳамияти// O’zbekiston Milliy Universiteti
xabarlari, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2021-yil 6-son.- Toshkent. B.177-186.

18. Нуруллаев Ф.Г., Музыкальный процесс в западной музыке//
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021. -
pp.570-575.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

22




19.Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Роль фольклорных песен в
воспитании учащихся// Научно – методический журнал «Проблемы
педагогики». №3 (48). - Москва 2020.- С.15-17.

20. Nurullayev F.G The Role and Significance of Folk Music in Raising
Children.European Journal of Innovation in Nonformal Education(EJINE) Volume
2| Issue 5| ISSN:2795-8612

Accepted

14 May2022.

21. Нозима Қудратовна Нуруллаева. Подготовка будущих учителей
музыки к методически грамотной профессиональной деятельности. Science
and education scientific journal, issn 2181-0842, volume 3, issue 1, january
2022.975-981.
22.

Нуруллаев Ф.Г., Норова Ш.У. Психология музыкальных

дидактических игр на интегрированных занятиях// Вестник интергративной
психологии. Журнал для психологов. Выпуск №17, 2018. – С.295-299.
23. Нуруллаев Ф.Г.

Содержание обучения бухарским народным песням в

музыкальном образовании

//

Academy, № 3 (66), 48-50, ООО «Олимп».

24. Фаррух Гайбуллоевич Нуруллаев. Моделирования педагогических с
музыкальным уклоном действие объектов через математический аппарат в
педагогике// SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN
2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY 2022.589-595.
25. Фаррух Гайбуллоевич Нуруллаев. Интерактивные уроки музыки по
программы STEAM// SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL,
ISSN 2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY 2022.595-602.
26.

Нодира

Каримовна

Нуруллаева.

Методические

аспекты

музыкального образования, особенности обучения народных песен в 5-7
классах// SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-
0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY 2022.957-963.
27. Бобиршох Ғайбуллоевич Нуруллаев. Музыкальный ракурс
изучаемого объекта в особенности обучения фольклора// SCIENCE AND
EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1,
JANUARY 2022.963-969.
28. Нигора Каримовна Нуруллаева.Теории музыки основа - основ
музыкального формирующих принципов и правил произведения// SCIENCE


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

23




AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-0842, VOLUME 3,
ISSUE 1, JANUARY 2022.969-975.
29. Мехринисо Бобиршох кизи Нуруллаева, Нодир Джалолович
Ядгаров. Мировые шедевры живописи великих художников - маятник в
развитии художественного искусства// SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY
2022.981-987.
30. F. Nurullayev. “Musiqa ta'limida Buxoro folklor qơshiqlarini
ơrgatishning ilmiy-metodik xususiyatlari”-(PhD) Diss.ishi. 2021y


References

Nurullaev F.G. The role of folklore in the raising of children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 12, 2020 Part IIIISSN 2056-5852.

Нуруллаев Ф.Г., Композиционный и исполнительский процесс в музыке // «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021.- pp. 576-581.

Нуруллаев Ф.Г. Импровизаторское творчество в ХХ веке по сфере музыке// «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021.- pp. 582-587.

Nurullayev F.G. FORMATION OF AESTHETIC EDUCATION OF CHILDREN ON THE EXAMPLE OF BUKHARA FOLKLORE SONGS. Euro-Asia Conferences 1 (1), 34-36.

Nurullayev F.G. METHODOLOGICAL REQUIREMENTS FOR THE SELECTION OF BUKHARA FOLK SONGS IN MUSIC EDUCATION. Web of Scientist: International Scientific Research Journal 1 (01), 83-88.

Нуруллаев Ф.Г. Об¬ряды и обычьи связанные с рождением и воспитанием ребенка. Музыкальное искусство и образование: традиции и инновации: сборник материалов международное научное конференции. Бухара, 2019. 317– 320 стр.

Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Музыкально-историческое наследие центральной Азии (психологический настрой армии Темура). Психология XXI столетия, 18-20 марта 2020 года С. 115-118.

Нуруллаев Ф.Г. Мусиқа таълимида Бухоро фольклор қўшиқларига қўйиладиган методик талаблар. Pedagogik mahorat, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2020, 3-son. Buxoro. Б.175-180.

Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Роль фольклорных песен в воспитании учащихся. Научно– методический журнал «Проблемы педагогики» №3(48). Москва 2020. С.15-17.

Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Формирование эстетического воспитания детей на примере Бухарских фольклорных песен. «MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS» collection of scientific works of the international scientific conference Issue 4(260 Warsaw, Poland 2020. P. 139-141.

Nurullayev F.G., Madrimov B.K., Rajabov T.I. Teaching Bukhara Children Folk Songs in Music Lessons as an Actual Problem. International Journal of Psychosocial Renabilitation, Vol.24, Issue 04, 2020 P. 6049.

Нуруллаев Ф.Г., Случайный выбор качественных характеристик материала по музыки или порядок его изложения в процессе создания музыки или исполнения опуса//«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal. ISSN: 2181-1601, 2021.- pp. 588-593.

Нуруллаев Ф.Г. Мусиқа таълимида Бухоро фольклор қўшиқларини ўргатиш жараёнини лойиҳалаш. Бухоро мусиқа фольклорининг тарихий-назарий ва амалий масалалари. Республика илмий-назарий анжуман материаллари. 2020 йил, 6 ноябрь. Бухоро, 2020- Б. 107-111.

Нуруллаев Ф.Г. Из истории смычковых инструментов у мастеров Амати Николо, Гварнери и Страдивари. Материалы международного научно-творческого форума. Часть 1- Челябинск, 2016.-С.158-159

Нуруллаев Ф.Г. Особенности и условия развития творческих музыкальных способностей детей. Вестник интергративной психологии. Журнал для психологов. г. Ярославль, Выпуск №17, 2018. – С.125-128.

Nurullayeva N.G., Nurullaeva N.K., Nurullaev B.G. Role and significance of folkler music in the upbringing of children of preschool age. Academicia An International Multidisciplinary Research Journal. Vol.10, Issue 10, October 2020.

Nurullayev F.G. Узлуксиз таълим тизимида Бухоро фольклор қўшиқларини ўргатишнинг ўрни ва аҳамияти// O’zbekiston Milliy Universiteti xabarlari, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2021-yil 6-son.- Toshkent. B.177-186.

Нуруллаев Ф.Г., Музыкальный процесс в западной музыке// «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021. - pp.570-575.

Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Роль фольклорных песен в воспитании учащихся// Научно – методический журнал «Проблемы педагогики». №3 (48). - Москва 2020.- С.15-17.

Nurullayev F.G The Role and Significance of Folk Music in Raising Children.European Journal of Innovation in Nonformal Education(EJINE) Volume 2| Issue 5| ISSN:2795-8612 Accepted 14 May2022.

Нозима Қудратовна Нуруллаева. Подготовка будущих учителей музыки к методически грамотной профессиональной деятельности. Science and education scientific journal, issn 2181-0842, volume 3, issue 1, january 2022.975-981.

Нуруллаев Ф.Г., Норова Ш.У. Психология музыкальных дидактических игр на интегрированных занятиях// Вестник интергративной психологии. Журнал для психологов. Выпуск №17, 2018. – С.295-299.

Нуруллаев Ф.Г. Содержание обучения бухарским народным песням в музыкальном образовании// Academy, № 3 (66), 48-50, ООО «Олимп».

Фаррух Гайбуллоевич Нуруллаев. Моделирования педагогических с музыкальным уклоном действие объектов через математический аппарат в педагогике// SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY 2022.589-595.

Фаррух Гайбуллоевич Нуруллаев. Интерактивные уроки музыки по программы STEAM// SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY 2022.595-602.

Нодира Каримовна Нуруллаева. Методические аспекты музыкального образования, особенности обучения народных песен в 5-7 классах// SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY 2022.957-963.

Бобиршох Ғайбуллоевич Нуруллаев. Музыкальный ракурс изучаемого объекта в особенности обучения фольклора// SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY 2022.963-969.

Нигора Каримовна Нуруллаева.Теории музыки основа - основ музыкального формирующих принципов и правил произведения// SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY 2022.969-975.

Мехринисо Бобиршох кизи Нуруллаева, Нодир Джалолович Ядгаров. Мировые шедевры живописи великих художников - маятник в развитии художественного искусства// SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL, ISSN 2181-0842, VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY 2022.981-987.

F. Nurullayev. “Musiqa ta'limida Buxoro folklor qơshiqlarini ơrgatishning ilmiy-metodik xususiyatlari”-(PhD) Diss.ishi. 2021y