MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
199
XOLESISTIT — BELGILARI, TURLARI, TEKSHIRISH USULLARI,
DAVOLASH VA PARHEZ TUTISH
Usmonova Nigoraxon Isroilovna
Farg’ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Anatomiya, fiziologiya va patologiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya:Ushbu maqolada xolesistit — belgilari, turlari, tekshirish
usullari, davolash va parhez tutish haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan
tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: ichak mikroflorasi, xolangit, ko’ngil aynishi, og’riq, palpatsiya,
evakuatsiya.
CHOLECYSTITIS - SYMPTOMS, TYPES, METHODS OF
EXAMINATION, TREATMENT AND DIET.
Annotation: This article deals with cholecystitis - symptoms, types, methods
of examination, treatment and diet and recommendations by the author.
Keywords: intestinal microflora, cholangitis, nausea, pain, palpation,
evacuation.
Xolesistit-
o’t pufagida yallig’lanish jarayonidir, ko’pincha to’silib qolgan o’t
yo’li orqali safro chiqishi buzilishi fonida a’zoni ichak mikroflorasi bilan zararlanishi
tomonidan chaqirilgan bo’ladi. Odatda xolesistit o’t-tosh (safro-tosh) kasalligi asorati
hisoblanadi. O’t pufagi jigar yonida joylashgan va ovqat hazm qilish jarayonida faol
ishtirok etadi. Safro ingichka ichakka quyiladi va u orqali chiqadi, ammo ba’zida
evakuatsiya bilan bog’liq muammolar paydo bo’ladi va safro o’t pufagida to’planadi,
natijada kuchli og’riq va infektsiya rivojlanishi xavfi ortadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
200
XOLESISTIT
Kasallik odatda
xolangit
— o’t yo’llarining yallig’lanishi bilan birga kechadi.
Xoletsistit — keng tarqalgan jarrohlik patologiyasi, ayniqsa o’rta va katta yoshdagi
ayollar orasida — ular erkak tengdoshlariga qaraganda 3-8 marta ko’proq
kasallanishadi.
Xolesistit belgilari.
Xolesistitning dastlabki belgilari, qoida tariqasida, kutilmaganda paydo
bo’ladigan o’ng tomon qovurg’a ostki qismida o’tkir og’riqlardir. Buning sababi —
o’t yo’lini to’sadigan tosh. Natijada o’t pufagining ta’sirlanishi va yallig’lanishi
rivojlanadi.
Og’riq bir muncha vaqt o’tib o’z-o’zidan yoki og’riq qoldiruvchi dori qabul
qilgandan so’ng o’tib ketadi, lekin kelajakda u bosqichma-bosqich kuchayib boradi
va keyin muntazam namoyon bo’ladigan bo’lib qoladi. Tana haroratining ko’tarilishi,
qusish va ko’ngil aynishi bilan birga kechadigan kasallik rivojlanadi. Bemorning
ahvoli yomonlashib boraveradi.
Safroning ichakka normal quyilishi to’xtaydi, bu ko’zning sklerasi va teri
rangining sarg’ayishi bilan namoyon bo’ladi. Sariqlikka turtki bo’ladigan shartlar
aynan safro yo’llarini to’sib qo’yadigan toshlar mavjudligidir. Patogenezning
og’irligi bemorning pulsi bilan tavsiflanadi: odatda yurak qisqarish tezligi daqiqasiga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
201
80 dan 120-130 (hatto undan yuqori) gacha bo’ladi, bu esa organizmda xavfli
o’zgarishlar sodir bo’lganligining jiddiy belgisidir.
Surunkali xoletsistitga keladigan bo’lsak, alomatlar aniq ko’rinmasligi,
kelajakda kasallik o’zini ancha o’tib ketgan holda namoyon qilishi yoki o’tkir shaklga
o’tishi mumkin. Bunday holatda, faqatgina maxsus tibbiy muassasada davolanish
natijasidagina ahvolning yomonlashishidan qochish mumkin.
Xolesistitning belgilari anamnez yig’ish, jismoniy tekshiruvlar (ko’rik va
palpatsiya), laboratoriya va instrumental tadqiqotlar davomida aniqlanadi:
Anamnez yig’ish paytida aniqlanadigan alomatlar.
Bemorning
shikoyatlaridan kelib chiqib, boshdan o’tkazilgan oshqozon-ichak trakti, jigar va
boshqa a’zolarning kasalliklari, qorin sohasidagi og’riq tabiati va hazm qilish
buzilishlari (
, qorin damlanishi)
aniqlanadi;
Jismoniy usullar bilan aniqlanadigan alomatlar.
Til ustida karash
paydo bo’lishi — o’t pufagida turg’unlik mavjudligi belgisidir. Xolesistitning
yetakchi belgisi — gavdaning turli proektsiyalarida namoyon bo’ladigan va
palpatsiya bilan aniqlanadigan og’riqlar;
Laboratoriya va instrumental tadqiqot usullari asosida differentsial
tashxislash.
Xolesistitning instrumental tashxisi asosi — o’n ikki barmoqli ichakni
zondlash va rentgen va ultratovush tekshiruvlarining turli modifikasiyalari
hisoblanadi. Ularning yordamida pufakning peristaltikasi, safroning o’n ikki barmoqli
ichak bo’shlig’iga o’ta olishi va boshqa muhim funktsional va morfologik
ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin.
XOLESISTITNI KELIB CHIQISH SABABLARI
Kasallik rivojlanishining sabablari juda turlicha bo’lishi mumkin, lekin
ko’pincha xolesistit safro chiqishini qiyinlashtiradigan o’t pufagi kanalida, tanasida
va bo’ynida toshlar to’planishi tufayli rivojlanadi. Kasallik sababchisi sifatida jarohat
kabi jiddiy kasalliklar xizmat qilishi
mumkin, ammo bunday hollarda xolesistit mustaqil kasallik sifatida emas, balki
mavjud bo’lgan patologiyaning asorati sifatida namoyon bo’ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
202
Yuqoridagi keltirib o’tilgan barchasining natijasi yallig’langan o’t pufagi
bilan o’tkir xolesistit bo’lishi mumkin. Kasallikning surunkali shakli, odatda,
ta’sirlanish uzoq vaqt davomida bartaraf bo’lmaydigan va uzoq ta’sir qiluvchi
xarakterga ega bo’lgan holatlarda kuzatiladi, natijada a’zo devorlari qalinlashadi.
O’TKIR XOLESISTIT
O’tkir xolesistitning elchilari — faqat kuchli og’riq qoldiruvchi vositalar
tomonidan qoldiriladigan, yog’li ovqatlardan so’ng biroz vaqt o’tib yuzaga keladigan
ko’ngil aynishi va og’riq xurujlardir.
O’tkir xolesistit konkrementlar hosil bo’lganidan keyin va ular bilan o’t
yo’lining to’silishi yoki a’zo bo’shlig’ining keskin kengayishidan keyin o’zini klinik
jihatdan namoyon qiladi. Eng muhim alomat — shiddatli og’riq.
Og’riqdan tashqari, o’tkir xolesistitning quyidagi belgilari ham aniqlanadi:
Og’zida achchiqlik bilan birgalikda ko’ngil aynishi va qusish;
(tana haroratining 38 — 39 °C gacha ko’tarilishi);
Jigarning kattalashishi;
neytrofiliyaning chapga siljishi (tayoqchayadroviy
neytrofil shakllari nisbating ortishi).
O’tkir xolesistitning asoratlari:
Yiringli diffuz yoki cheklangan peritonit;
O’t pufagining perforatsiyasi (teshilishi);
O’tkir pankreatit (me’da osti bezining yallig’lanishi);
Obturatsion (mexanik) sariqlik.
SURUNKALI XOLESISTIT
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
203
Xolesistitning remissiya davrlari doimo kasallikning zo’rayishi bilan
almashadi.
Surunkali xolesistit sabablari:
Kasallik o’tkir shaklining yengillashishi;
Patogenezning sekin rivojlanishi.
Surunkali xoletistitning alomatlari kuchli sezilmaydi, uning uchun
quyidagilar xarakterli:
Epigastral sohada og’irlik his qilish;
Qorin damlanishi;
Ko’ngil aynishi;
Og’izda achchiq ta’m hissi;
Subfebril tana harorati (37 dan 38 °C gacha);
Jigarning kattalashishi (ba’zi hollarda a’zo qorin devori orqali
palpatsiyalanadi);
O’t pufagi devorlarining qalinlashishi (instrumental tekshiruv orqali
aniqlanadi).
Surunkali xolesistitda keskin og’riqlar kuzatilmaydi. Ba’zi hollarda og’riq
sindromi umuman bo’lmasligi mumkin. Ko’pincha bemorlar o’tmas yoki simillovchi
og’riqlarni sezadilar. Surunkali toshsiz xolesistit sezilarli og’riqli hissiyotlarsiz ham
kechishi mumkin. Og’riqni qo’zg’atish (provokatsiya qilish) usullari salbiy yoki zaif
ijobiy reaktsiyani ko’rsatadi. Og’riq kasallikning zo’rayishi bilan ortadi.
XOLESISTITNING TURLARI
Xolesistitning ikki asosiy turi mavjud:
O’tkir va surunkali shakllarda kalkulyoz xolesistit;
O’tkir va surunkali shakllarda nokalkulyoz xoletsistit.
Umuman olganda, bu ikki shakli etiopatogenez nuqtai nazaridan boshqa-
boshqa kasalliklardir. Birinchi holatda sabab — o’t pufagining ta’sirlanishi va
cho’zilishi, ikkinchi holatda esa innervatsiya natijasida o’t pufagi devori faoliyat
ko’rsatishining buzilishidir.
XOLESISTIT XURUJI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
204
Xurujlar ham birlamchi xolesistit, ham kasallik surunkali shaklining
zo’rayishi uchun xarakterlidir. Xuruj elchilari sifatida yog’li, achchiq taom yoki
alkogol iste’mol qilgandan keyin qorinda paydo bo’ladigan noxush sezgilar xizmat
qiladi.
Xolesistitning o’tkir xuruji belgilari:
O’ng qovurg’a osti, epigastriy yoki kindik mintaqasida keskin
xurujsimon og’riq;
Ko’ngil aynishi va qayt qilish, gazlar bilan kekirish, og’izda achchiq
ta’m;
Subfebril yoki febril tana harorati (37-38 °C yoki 38-39 °C).
XOLESISTIT
XURUJINI
QANDAY
YENGILLASHTIRISH
MUMKIN?
Xolesistit xurujini bostirish uchun:
1.
Tez yordam chaqirish;
2.
Yotoqqa yotish va qoringa sovuq qo’yish;
3.
Spazmolitik (papaverin, no-shpa) va analgetik (analgin, baralgin) qabul
qilish;
4.
Ko’ngil aynishini kamaytirish uchun xona haroratidagi yalpizli choy
yoki gazlanmagan mineral suv ichish;
5.
Qusish bo’lsa, tahlil qilish uchun qayt qilish massalarini to’plash.
XOLESISTITNING OQIBATLARI
Tegishli davolanishsiz xolesistitning o’tkir shakli zo’rayish va remissiya
davrlari bo’ladigan surunkali shaklga o’tadi. Surunkali kasalliklarni esa davolash
qiyin, chunki patogenezga boshqa a’zolar jalb qilingan bo’ladi. Bemorlarning 15
foizida
xolesistitning
o’tkazib yuborilgan shakli tashxislanadi. Uning
, safroviy fistulalar, pankreatit, mexanik sariqlik, abstsess, ba’zan
esa sepsis bo’ladi.
Kalkulyoz va nokalkulyoz xolesistitning oqibatlari (prognozi):
Asoratlanmagan kalkulyoz xolesistitning prognozi ijobiydir. Intensiv
davolanishdan so’ng klinik tasvir uzoq vaqt davomida ko’rinmasligi mumkin. To’liq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
205
davolanish hollari ma’lum. Kalkulyoz xolesistitining asoratlangan shakllarida
prognoz ko’proq ehtiyotkor bo’ladi;
Nokalkulyoz xolesistitning prognozi shubhali. Ushbu kasallik shaklida
yallig’lanishning yiringli va destruktiv shakllaridan ehtiyot bo’lish kerak.
XOLESISTITNI DAVOLASH VA PARHEZ TUTISH
O’tkir xolesistit va surunkali kasallikning zo’rayishi bosqichida davolash
xirurgik statsionarda amalga oshiriladi. Davolash usullari ko’rsatmalar bo’yicha
individual ravishda tanlanadi.
Xolesistitning konservativ davosi:
Antibiotiklar, tanlov preparat samaradorligiga bog’liq;
Safroning ingichkka ichakka o’tishi vazifasini barqarorlashtirish uchun
spazmolitiklar;
O’t pufagi gipotoniyasida va safro yo’lining normal o’tkazuvchanligida
safro haydovchilar;
Jigar funktsiyasini qo’llab-quvvatlash uchun gepatoprotektorlar.
Xolesistitni jarrohlik yo’li bilan davolash:
Xolesistektomiya
— o’t pufagini to’liq olib tashlash bo’lib, agar tarqoq
peritonit va safroning o’tkir o’tmasligi alomatlari bo’lsa darhol o’tkaziladi, boshqa
hollarda — rejali tartibda.
Fizioterapiya:
Induktotermiya;
UYCH;
Elektroforez.
XOLESISTITDA PARHEZ
O’tkir xuruj paytida bemorga faqat kichik qismlarda iliq ichimlik ichish
buyuriladi. Suyuqlik miqdori kuniga 1,5 litrgacha yetadi.
O’tkir og’riqlar qolgach, ovqat ratsioniga kashalar, kisel, yog’siz go’shtdan
yoki baliqdan bug’da tayyorlangan kotletalar, omlet shaklidagi tovuq tuxumi, oq non
kiritiladi.
Xolesistitda oziqlanish tartibi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
206
Safro ishlab chiqarish ritmini saqlab qolish uchun ovqatlanish kichik
qismlardan (kuniga 5-6 marta) amalga oshirilishi kerak;
Kechki ovqat uxlashdan 4-6 soatdan oldin qabul qilinishi tavsiya etiladi.
Xolesistit bilan og’rigan bemorlarning ratsioni quyidagilarni o’z ichiga olishi
kerak:
Yog’i kam bo’lgan, mayda to’g’ralgan va bug’da pishirilgan hayvon
mahsulotlari;
Vitamin va mikroelementlarga boy bo’lgan va dag’al kletchatkasi
bo’lmagan o’simlik mahsulotlari.
Xolesistitda quyidagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish taqiqlanadi:
Konservalangan, marinadlangan, dudlangan, tuzlangan, yog’li;
Hazm qilmaslik va gazlarni provokatsiya qiladigan (sut, dukkaklilar,
gazlangan ichimliklar);
Oshqozon pH qiymatini o’zgartiradigan (spirtli ichimliklar, otquloq,
ismaloq, sitruslilar).
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Y.I.Arslnov, T.A.Nazarov , A.A. Bobomurodov Ichki kasalliklar
2.SH.M.Rahimov, F.K.Gaffarova , G.A. Ataxodjayeva Ichki kasalliklar
3.Qosimov E. Y. va b., Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent, 1996.
4.Internet saytlari:
http://navoidsenm.uz/yangiliklar