MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
164
APPENDITSIT KASALLIGI ETIOLOGIYASI, KLINIK BELGILARI,
TEKSHIRISH USULLARI.
Usmonova Nigoraxon Isroilovna
Farg’ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Anatomiya, fiziologiya va patologiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya:Ushbu maqolada appenditsit kasalligi etiologiyasi, klinik
belgilari, tekshirish usullari haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar
berilgan.
Kalit so’zlar: ko’richak, chuvalchangsimon oʻsimta, parazitlar, kompyuter
tomografiyasi, instrumental tekshiruv, labarator tekshiruv.
Etiology of appendicitis, clinical signs, methods of examination.
Annotation: This article mentions the etiology, clinical signs, methods of
examination of appendicitis, and makes recommendations by the author.
Keywords: eyelid, worm-like tumor, parasites, computed tomography,
instrumental examination, laboratory examination.
Appenditsit
— appendiks, yaʼni koʻrichak chuvalchangsimon oʻsimtasining
nospetsifik yalligʻlanish kasalligi. Kasallik belgilari odatda qorinning pastki oʻng
tomonida ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, ogʻiz qurishi va ishtahaning pasayishi
koʻrinishida namoyon boʻladi. Biroq, taxminan 40 % holatlarda bunday tipik belgilar
paydo boʻlmasligi ham mumkin. Apendiks yorilishi ogʻir asoratlar: qorin parda ichki
qavatining keng, tarqalgan, ogʻriqli yalligʻlanishi va sepsisga olib kelishi mumkin.
Appenditsit appendiks ichki boʻshligʻining tiqilib qolishi natijasida yuzaga
keladi. Virusli infeksiya, parazitlar, oʻt toshlari va oʻsmalar tufayli yoki yalligʻlangan
limfoid toʻqimalar tufayli kelib chiqishi mumkin. Ushbu tiqilib qolish appendiksdagi
bosimning oshishiga, toʻqimalarida qon oqimining pasayishiga va yalligʻlanishni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
165
keltirib chiqaradigan appendiks ichidagi bakteriyalarning koʻpayishiga olib keladi.
Agar bu jarayon davolanmasa, appendiks yorilib, qorin boʻshligʻiga bakteriyalar
chiqib ketishi mumkin va bu jarayon asoratlarning kuchayishiga olib keladi.
Appenditsit tashxisi asosan bemorlardagi klinik belgilarga qarab qoʻyiladi.
Bundan tashqari, bemorlarni aktiv kuzatish, obyektiv, laboratoriya va instrumental
tekshiruvlarni oʻtkazish ham yaxshi samara beradi. Instrumental tekshiruvlardan
appenditsit
kasalligida
keng
qoʻllanadiganlari ultratovush va kompyuter
tomografiyasidir (KT). Oʻtkir appenditsitni aniqlashda kompyuter tomografiyasi
ultratovushga qaraganda aniqroq ekanligi isbotlangan. Lekin, bolalar va homilador
ayollarda koʻproq ultratovush tekshiruvi qoʻllanadi. Chunki kompyuter
tomografiyasining radiatsiya nurlari ona va bola organizmiga salbiy taʼsir oʻtkazishi
mumkin.
Oʻtkir appenditsit uchun standart davolash usuli yalligʻlangan appendiksni
jarrohlik yoʻli bilan olib tashlashdir. Bu operatsiya qorin boʻshligʻida ochiq kesma
(laparotomiya) orqali yoki laparoskopiya yordamida bir nechta kichikroq kesmalar
orqali
amalga
oshirilishi
mumkin. Antibiotiklar perforatsiyaga
uchramagan
appenditsitning ayrim holatlarida samarali boʻlishi mumkin. 2015-yilda
11,6 millionga yaqin appenditsit holati qayd etilib, bu kasallikdan 50, 100 ga yaqin
bemor oʻlgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida har yili appenditsit bilan ogʻrigan 300
000 dan ortiq bemorda appendektomiya amaliyoti bajariladi.
Appenditsit kasalligi nafaqat odamlarda, balki appendiks oʻsimtasi mavjud
boʻlgan hayvonlarda ham uchrashi mumkin. Appendiks oʻsimtasi bor hayvonlarga
quyonlar, gvineya choʻchqasi, maymunlar va otlar misol boʻla oladi. Lekin otlarning
appendiks oʻsimtasi juda katta boʻlib, koʻr ichak bilan orasidagi chegara yaxshi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
166
ifodalanmagan boʻladi. Bundan tashqari otlarning ichaklarida yalligʻlanish
jarayonlari boshlansa appendiks bilan birga koʻr ichak ham yalligʻlanadi. Shu sababli
veterinariya sohasida otlarga appenditsit tashxisi qoʻllanilmaydi. Umuman olganda
hayvonlarda appenditsit kasalligi mavjud boʻlgan taqdirda ham, bunday tashxis
qoʻyish juda qiyin.
Etiologiyasi
Ovqat hazm qilish tizimida appendiksning joylashishiAppendiksning 3D
modeli.
Oʻtkir appenditsit appendiksning birlamchi obstruksiyasi (toʻsilishi)
natijasida kelib chiqadi. Ushbu toʻsiq paydo boʻlgach, appendiks shilliq bilan toʻlib,
kattalashadi. Shilliq ishlab chiqarilishining davom etishi appendiks devorlari ichidagi
bosimning yanada oshishiga olib keladi. Bosimning koʻtarilishi tromboz va mayda
tomirlarning tiqilib qolishiga, limfa oqimining buzilishlariga sabab boʻladi. Bu
darajaga yetib kelganda appendiksning oʻz-oʻzidan tiklanishi kamdan-kam hollarda
sodir boʻladi. Appendiks qon tomirlarining tiqilib qolishi natijasida avval ishemiya,
keyin esa nekrotik jarayon yuzaga keladi. Bakteriyalar nekrozga uchragan appendiks
devorlaridan chiqa boshlagach, atrofidagi toʻqimalar ham yiringlay boshlaydi.
Natijada sepsis, peritonit va kamdan-kam hollarda appendiksning yorilishi yuzaga
keladi. Ushbu jarayonlar rivojlangan sari asta-sekin qorindagi ogʻriq va boshqa
belgilari paydo boʻla boshlaydi.
Qoʻzgʻatuvchi
omillarga bezoarlar,
yot
jismlar, travma,
ichak
qurtlari, limfadenit va koʻpincha appendikolitlar yoki fekalitkar deb ataladigan
kalsifikatsiyalangan najas toshlari kiradi. Qoʻzgʻatuvchi omillardan fekalitlar koʻproq
diqqatni tortadi, chunki rivojlangan mamlakatlarda appenditsitga chalingan
bemorlarni tekshirib koʻrilganda koʻpchiligida ushbu elementlar topilgan.
Najas toshlarining paydo boʻlishi yoʻgʻon ichakning oʻng qismida rezervuari
borligi va najas oʻtib ketish vaqtining choʻzilishi bilan boʻgliq deb hisoblangan.
Biroq, keyingi tadqiqotlarda bu oʻz isbotini topmadi. Divertikulyar kasalliklar va
adenomatoz poliplar tarixan nomaʼlum boʻlgan va turli Afrika qabilalarida appenditsit
kam uchraydigan yoki umuman boʻlmagan holatlarida yoʻgʻon ichak saratoni ham
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
167
juda kam uchragan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, appenditsit va boshqa yuqorida
aytib oʻtilgan yoʻgʻon ichak kasalliklarining koʻpayishida tarkibida klechatkasi kam
boʻlgan taomlarni muntazam istemol qilish muhim rol oʻynaydi
Klinik manzarasi
Oʻtkir appenditsit qorindagi ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish va isitma kabi
klinik belgilar bilan boshlanadi. Koʻrichak oʻsimtasining shishishi va yalligʻlanishi
oʻsha joydagi qorin pardani ham taʼsirlantira boshlaydi. Koʻrichak tipik joylashgan
boʻlsa, bu holatda ogʻriq qorinning oʻng pastki sohasida seziladi. Ogʻriqning bu
klassik joylashuvi uch yoshgacha boʻlgan bolalarda aniqlanmasligi mumkin.
Appenditsitda ogʻriq kindik atrofida kuchsiz boshlanadi va bir necha soatdan
keyin odatda qorinning oʻng pastki qismiga oʻtadi (Kocher simptomi). Bu holatda
qorin devori yumshoq bosimga (palpatsiya) ham juda sezgir boʻladi. Qoʻl barmoqlari
uchki qismlari bilan qorin devorining pastki oʻng qismini bosib turib birdaniga qoʻyib
yuborish natijasida ogʻriqning kuchayishi (Blumberg simptomi) ham musbat natija
beradi. Agar appendiks retrosekal joylashgan boʻlsa (koʻrichak orqasida joylashgan
boʻlsa), qorinning oʻng pastki qismiga chuqur bosim berilganda ham ogʻriq
sezilmasligi mumkin (soqov appenditsit). Buning sababi shundaki, gaz bilan toʻlgan
koʻrichak yalligʻlangan appendiksni bosimdan himoya qiladi. Xuddi shunday, agar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
168
appendiks toʻliq tos boʻshligʻida joylashgan boʻlsa, odatda qorin boʻshligʻida hech
qanday ogʻriq sezilmaydi. Bunday hollarda yalligʻlanish jarayoni kechayotgan, atipik
joylashgan appendiksni Obraztsov va Ivanov kabi bir nechta simptomlar yordamida
aniqlab olish mumkin.
Diagnostikasi
Appenditsit tashxisi kasallik simptomlari, klinik, laborator va instrumental
tekshiruvlarga asoslanib qoʻyiladi. Kasallik kechishiga koʻra tipik va atipik boʻladi.
Odatda appenditsit anoreksiya, koʻngil aynishi yoki qayt qilish bilan birga kindik
atrofida boshlanadigan va bir necha soatdan soʻng qorinning oʻng pastki qismiga
oʻtadigan ogʻriqlar bilan boshlanadi.
Ogʻriq, anoreksiya, leykotsitoz va isitma tipik kechayotgan appenditsitning
klassik belgilari hisoblanadi.
Atipik kechishida esa boshlangʻich alomat sifatida birdaniga qorinning oʻng
pastki qismidagi oʻgʻriqlar paydo boʻlishi mumkin. Appenditsitning atipik kechishida
koʻpincha ultratovush va kompyuter tomografiyasi yordamida tashxis qoʻyiladi.
Klinik tekshiruvlar
Kocher simptomi — kindik atrofida boshlangan ogʻriqning 2-5 soat
oʻtgach oʻng yonbosh sohasiga koʻchib oʻtishi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
169
Massouh yoki koʻylak simptomi — Chap qoʻl bilan koʻylak pastki uchi
tortiladi va qov suyagiga bosib ushlab turiladi. Oʻng qoʻl barmoq uchlari bilan toʻsh
suyagi hanjarsimon oʻsimta oldida qorin devori biroz bosilib, nafas olish vaqtida oʻng
yonbosh sohasiga qarab tez sirpanuvchi harakat yuzaga keltiriladi va qoʻl uchlari
qorindan olinmay turiladi.
Rovsing simptomi — tebranuvchi palpatsiya bilan chap yonbosh
sohasiga tegilganda, oʻng yonbosh sohasida ogʻriqning kuchayishi.
Sitkovskiy (Rozenshteyn) simptomi — tekshirilayotgan odam chap
tomonga yonboshlab yotganida, oʻng yonbosh sohasida ogʻriq kuchayishi.
Bartomier-Mishelson simptomi — chap yonboshi bilan yotgan
bemorning oʻng yonbosh sohasi palpatsiya qilinganda ogʻriqning kuchayishi
Psoas simptomi — shuningdek, „Obraztsov belgisi“ sifatida ham
tanilgan. Bemor chalqancha yotgan holatida oʻng yonbosh sohasiga oʻng qoʻl bilan
eng ogʻriqli soha bosib turilib, shu vaqtning oʻzida bemorga oʻng oyoqni 30° ga
tizzani bukmasdan koʻtarishi soʻraladi. Bunda ogʻriq kuchayadi.
Dunfi simptomi — bemordan yoʻtalganda oʻng yonbosh sohasida
ogʻriqning kuchayishi.
Gamburger simptomi — bemor ovqat eyishni rad etadi.
Laborator tekshiruvlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Appenditsit uchun maxsus laboratoriya tekshiruvlari mavjud boʻlmasa-da,
infeksiya belgilarini tekshirish uchun umumiy qon tahlili oʻtkaziladi. Appenditsit
bilan ogʻrigan odamlarning 70-90 foizida leykotsitlar normadan baland chiqadi.
Lekin qorin boʻshligʻi va chanoq aʼzolarining boshqa koʻplab kasalliklari ham
leykositlarning koʻpayishiga sababchi boʻlishi mumkin. Interleykin-6, kalprotektin va
NGAL kabi yangi molekulalarning diagnostikasi samaradorligi bolalar appenditsitida
oʻrganilgan va oʻrtacha foydaliligi aniqlangan.
Siydik tahlili odatda infeksiyani koʻrsatmaydi, ammo homiladorlik holatini,
ayniqsa tugʻish yoshidagi ayollarda ektopik homiladorlik ehtimolini aniqlash uchun
kerak boʻladi. Siydikni tahlil qilish qorin ogʻrigʻining sababi sifatida siydik yoʻllari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
170
infeksiyasini istisno qilish uchun ham muhimdir. Siydik tahlilda bir koʻruv
maydonida 20 dan ortiq leykositlar mavjudligi siydik yoʻllari yalligʻlanishidan dalolat
beradi.
Instrumental tekshiruvlar
Bolalarda appenditsitga xos qorin ogʻrigʻi boshlangan zahoti zudlik bilan
jarroh konsultatsiyasini olish va qoʻshimcha tekshiruvlarni amalga oshirish kerak
Chunki bolalarda simptomlarning aniqlanishi kattalarga nisbatan qiyinroq boʻladi.
Qoʻshimcha tekshirish usullarini tanlayotganda radiatsiya taʼsirini ham inobatga olish
kerak. Shu sababli bolalarga birinchi navbatda ultratovush tekshiruvi, bu tekshiruv
bilan aniqlab boʻlmagan holatdagina KT tekshiruvini amalga oshirish kerak
Kattalar va oʻsmirlarda appenditsit tashxisini qoʻyish uchun kompyuter tomografiyasi
ultratovushga qaraganda aniqroqdir. Kompyuter tomografiyasining sezgirligi 94 %,
oʻziga xosligi 95 %. Ultratovush tekshiruvining umumiy sezuvchanligi 86 %, oʻziga
xosligi 81 % ni tashkil etadi
Ultratovush tekshiruvi
Oʻtkir appenditsitning ultratovush tasviri
Qorin boʻshligʻi ultratovush tekshiruvi, ayniqsa doppler sonografiya
appenditsitni aniqlash uchun samarali usul hisoblanadi. Ultratovush tekshiruvi oʻng
yonbosh boʻshligʻida erkin suyuqlik toʻplanishini, rangli doppler yordamida esa
appendiksdagi qon oqimini koʻrish mumkin. Baʼzi hollarda (taxminan 5 %),
qorinning oʻng pastki qismi ultratovush tekshiruvida appenditsit jarayonining
mavjudligiga qaramay, hech qanday anormalliklarni aniqlamaydi. Bu koʻpincha
appenditsit boshlangan, lekin hali sezilarli darajada kattalashmagan vaqtida noʻtoʻgʻri
xulosa chiqarilishiga sababchi boʻladi. Bundan tashqari, qorin devorlarida toʻplangan
ortiqcha yogʻ va ichakdagi gazlar bu tekshiruvni oʻtkazishda qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, tajribali sonografiya mutaxasisi appenditsit va
shunga oʻxshash alomatlarga ega boʻlgan boshqa kasalliklarni ajrata olad
Eslatma!
Qorinning o’ng tomonida og’riq bo’lsa hech qachon o’griq
qoldiruvchi dori ichmang va isssiq qo’ymang! Zudlik bilan shifokorga murojat qiling.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
171
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Y.I.Arslnov, T.A.Nazarov , A.A. Bobomurodov Ichki kasalliklar
2.SH.M.Rahimov, F.K.Gaffarova , G.A. Ataxodjayeva Ichki kasalliklar
3.Qosimov E. Y. va b., Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent, 1996.
4.Internet saytlari:
http://navoidsenm.uz/yangiliklar