MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
334
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MATEMATIKANI O’QITISHDA
DIDAKTIK VA METODIK YONDASHUVLAR
Xujamova Shohsanam Amirqul qizi,
Qarshi xalqaro universiteti assistent o‘qituvchisi
E-mail: xujamovashohsanam@gmail.com
+998916342041
ORCID ID: 0009-0005-8382-0278
UDK: 51.7; 519.2/6
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda matematikani o‘qitishda
qo‘llaniladigan didaktik va metodik yondashuvlar nazariy va amaliy jihatdan tahlil
qilinadi. Matematika darslarini o‘quvchining qiziqishi va ehtiyojlariga mos holda
tashkil etish, ta’lim jarayoniga o‘yinlar, ko‘rgazmali vositalar, muammoli vazifalarni
integratsiyalash orqali o‘quvchilar fikrlash faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlarini
yoritamiz. Amaliy misollar asosida samarali metodik usullarni tavsiflaymiz.
Kalit so‘zlar: Matematika ta’limi, didaktika, metodika, boshlang‘ich sinf,
muammoli vazifa, o‘yin metodi.
ДИДАКТИКО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ В ОБУЧЕНИИ
МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Абстрактный: В данной статье теоретически и практически
анализируются дидактические и методические подходы к преподаванию
математики в начальном образовании. Рассматриваются возможности
развития мышления учащихся через интеграцию игр, наглядных пособий и
проблемных заданий, соответствующих интересам и потребностям учеников.
Приведены практические примеры эффективных методических приёмов.
Ключевые слова: Алгебра высказываний, принятие решений, психология,
логическое моделирование, анализ.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
335
DIDACTIC AND METHODOLOGICAL APPROACHES IN
TEACHING MATHEMATICS IN PRIMARY EDUCATION
Annotation: This article provides a theoretical and practical analysis of didactic
and methodological approaches to teaching mathematics in primary education. It
explores opportunities to develop students' thinking through the integration of games,
visual aids, and problem-based tasks tailored to learners' interests and needs. Effective
methodological techniques are illustrated through practical examples.
Keywords: mathematics education, didactics, methodology, primary grades,
problem-solving tasks, game method.
Kirish:
Bugungi kunda ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv
asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda matematika fanini
o‘rgatishda o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va tafakkur darajasini hisobga
olgan holda darsni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Shu sababli, didaktik va metodik
yondashuvlarni puxta tahlil qilish, ularning ta’sirchan usullarini ishlab chiqish muhim
masalalardan biridir.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, matematika ta’limining samaradorligi, avvalo,
dars jarayonida qanday
didaktik
va
metodik yondashuvlar
qo‘llanilishiga bog‘liq.
Didaktika bu ta’lim mazmuni, shakli va uslublarining nazariy asoslarini o‘rganuvchi
fandir. Metodika esa ushbu nazariy yondashuvlarning amaliy qo‘llanilishi, ya’ni
o‘qituvchining darsni qanday tashkil etishi, qanday vositalar, usullar va uslublardan
foydalanishiga bevosita taalluqli. Bugungi ta’lim jarayonida har bir darsni o‘quvchining
individual xususiyatlari va ehtiyojlariga mos tarzda loyihalash dolzarb ahamiyat kasb
etadi.
Adabiyotlar tahlili:
Didaktik va metodik yondashuvlarni to‘g‘ri tanlash va
amaliyotga joriy etish uchun zamonaviy ta’limga oid ilmiy-metodik manbalarni chuqur
o‘rganish muhimdir. Ushbu bo‘limda boshlang‘ich ta’limda matematika o‘qitish
jarayoniga bevosita taalluqli bo‘lgan bir necha asosiy adabiyotlar tahlil qilamiz.
Qodirov B., To‘xtasinova M. “Boshlang‘ich ta’limda matematika o‘qitish
metodikasi” (Toshkent, 2020)
Ushbu darslikda boshlang‘ich sinf matematika
ta’limining metodik asoslari yoritilgan bo‘lib, har bir mavzu bo‘yicha dars ishlanmalar,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
336
amaliy topshiriqlar, interaktiv metodlar misollar bilan keltirilgan.
Yoqubova R. va
boshqalar. “Matematika metodikasi asoslari” (Toshkent, 2019)
Mazkur manbada
boshlang‘ich sinf darslarini loyihalashda qo‘llaniladigan didaktik prinsiplar, ularni real
sinf sharoitida qo‘llash metodikasi, dars tahlili kabi jihatlar keng yoritilgan.
Polonskiy
V.M. “Didaktika nachal'nogo obucheniya” (Moskva, 2018)
Ushbu rus tilidagi manba
boshlang‘ich ta’limga oid umumiy didaktik asoslarni chuqur tahlil qiladi. Unda
ta’limning mazmuni, shakllari va metodlarining ilmiy asoslari, shuningdek yoshga mos
o‘qitish tamoyillari asoslab berilgan.
Nazariy asoslari:
Boshlang‘ich ta’limda matematika o‘qitish jarayonini
samarali tashkil etishda didaktik va metodik yondashuvlarning nazariy asoslarini chuqur
o‘rganish zarurdir. Chunki har qanday ta’limiy faoliyat o‘zining nazariy poydevoriga
tayangan holda amaliy natijaga erishadi. Shu boisdan mazkur bobda ta’lim nazariyasi,
pedagogik psixologiya, didaktika va metodika fanlari doirasidagi asosiy yondashuvlar
tahlil qilinadi. Didaktika – ta’lim nazariyasi bo‘lib, o‘quv jarayonining mazmuni,
shakllari, uslublari va tashkiliy jihatlarini o‘rganadi. Didaktik yondashuvlarda quyidagi
asosiy tamoyillar e’tiborga olinadi:
Ilmiylik va tizimlilik
boshlang‘ich sinf matematika darslari mantiqiy ketma-
ketlik asosida, oddiydan murakkabga tamoyiliga amal qilgan holda tashkil etiladi.
Yoshlarga moslik
o‘quvchilar yoshiga, psixologik rivojlanishiga mos metodlardan
foydalanish zarur.
Faollik va ongli ishtirok
o‘quvchilarning bilim olish jarayonida faol
ishtiroki va mustaqil fikrlashiga imkon yaratadigan sharoitlar ta’lim samaradorligini
oshiradi.
Ko‘rgazmalilik
boshlang‘ich sinfda abstrakt tushunchalarni konkret
predmetlar orqali tushuntirish, o‘quvchining qabul qilishini osonlashtiradi. Didaktik
tamoyillar asosida qurilgan matematika darslari o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi, ularning mantiqiy fikrlashi, muammoli vazifalarni yechish
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Metodik yondashuvlar bu didaktik asoslarning
o‘qituvchilik amaliyotida qanday qo‘llanishini belgilovchi uslubiy ko‘rsatmalardir.
Boshlang‘ich sinf matematika ta’limida quyidagi metodik yondashuvlar keng
qo‘llaniladi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
337
Muammoli ta’lim yondashuvi
dars jarayonida o‘quvchi oldiga echimini o‘zi
topadigan savollar yoki vazifalar qo‘yiladi. Bu metod o‘quvchining mustaqil fikrlashini
rivojlantiradi.
O‘yin texnologiyalariga asoslangan yondashuv
matematika fanida
nazariy bilimlarni o‘yin shaklida berish o‘quvchilarni faolroq jalb qiladi. Masalan,
“sanash poygasi”, “matematik domino” kabi didaktik o‘yinlar dars samaradorligini
oshiradi.
Konstruktiv yondashuv (konstruktivizm)
o‘quvchilarning ilgari olgan
bilimlariga tayangan holda yangi bilimlarni mustaqil ravishda kashf qilishga asoslanadi.
Bu metodikada o‘qituvchi yo‘lboshchi, o‘quvchi esa faol bilim egallovchi sifatida
ko‘riladi.
Kooperativ (hamkorlikda o‘qitish) yondashuvi
guruhli ishlash orqali
o‘quvchilar muloqotga kirishadi, bir-biridan o‘rganadi, fikr almashadi va ijtimoiy
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Amaliy tahlil.
Didaktik va metodik yondashuvlarning samaradorligini faqat
nazariy jihatdan emas, balki amaliyotda qanday ishlashini ko‘rsatish orqali baholash
mumkin. Quyidagi bo‘limda boshlang‘ich sinf matematika darslarida qo‘llanilgan turli
metodik yondashuvlarning real dars sharoitidagi qo‘llanilishi, natijalari va o‘quvchilar
bilimiga ta’siri tahlil qilinadi.
O‘yin texnologiyalari asosidagi yondashuv amaliyoti
Amaliy holat 1.
2-sinf
matematika darsida “Juft va toq sonlar” mavzusi o‘tilayotgan darsda o‘qituvchi
“Matematik baliq ovlash” nomli didaktik o‘yinni qo‘lladi. Dars jarayonida akvarium
rasmi tasvirlangan doskaga turli sonlar yozilgan baliqlar ilib qo‘yiladi. Har bir o‘quvchi
baliq tutadi va u juft yoki toqligini aniqlab, kerakli savolga javob beradi. O‘yinli faoliyat
orqali o‘quvchilar mavzuni qiziqish bilan o‘zlashtirishadi, faol qatnashish orqali juft va
toq sonlarni farqlash ko‘nikmasi mustahkamlandi.
Muammoli vaziyatlar asosida o‘qitish. 3-sinfda “Ko‘paytirish va bo‘lish
amallari” mavzusida dars o‘tkazildi. Dars boshida quyidagi muammo qo‘yildi:
“Birinchi qutida 3 ta olma, ikkinchi qutida shunday 4 ta quti bor. Jami nechta olma
bor?” O‘quvchilar bu savolni turli yo‘llar bilan yechib ko‘rishdi: ayrimlari birin-ketin
qo‘shish (3+3+3+3), boshqalari esa 3×4 tarzida yechim topdi. Bu metod o‘quvchilarda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
338
mavzuni mantiqiy anglash, mustaqil xulosa chiqarish, amallar orasidagi bog‘liqlikni
tushunishga yordam beradi.
Natijalar va muhokama: Mulohazalar algebrasidan foydalanish psixologik
qaror qabul qilish jarayonlarining aniq va tushunarli modelini yaratishga yordam
beradi. Yuqoridagi misolda talabaning kasb tanlash jarayonini mantiqiy jihatdan tahlil
qilish amalga oshirildi. Bu usul boshqa qaror qabul qilish jarayonlariga ham
moslashtirilishi mumkin.
Xulosa:
Didaktik va metodik yondashuvlarning uyg‘unligi boshlang‘ich sinf
matematika ta’limida yuqori natijani ta’minlaydi. O‘quvchilarning yosh xususiyatlariga
mos o‘qitish, ko‘rgazmalilik va o‘yin elementlari bilan boyitilgan darslar nafaqat bilim
berish, balki fikrlashni, qiziqishni va mustaqil izlanishni rivojlantiradi. Shu bois, har bir
pedagog dars jarayonini zamonaviy metodik asoslarda tashkil etishi zarur.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Qodirov B., To‘xtasinova M. “Boshlang‘ich ta’limda matematika o‘qitish
metodikasi”. – Toshkent: TDPU, 2020.
2.
Yoqubova R. va boshq. “Matematika metodikasi asoslari”, – Toshkent, 2019.
3.
Polonskiy V.M. “Didaktika nachal'nogo obucheniya”. – Moskva: Prosveshchenie,
2018.
4.
Skemp R.R. “The Psychology of Learning Mathematics”, London, Penguin Books,
1971.
5. Vygotsky L.S. “Mind in Society”, Harvard University Press, 1978.