Authors

  • Shakarov Bobur Xusniddinovich
  • Rayimqulova Zebiniso Ilhomjon qizi

Author Biographies

  • Shakarov Bobur Xusniddinovich

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

  • Rayimqulova Zebiniso Ilhomjon qizi

    Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118211

Keywords:

empatiya axloqiy falsafa deontologik etika axloqiy majburiyat utilitarizm falsafiy terapiya.

Abstract

Tibbiyot va falsafa inson hayoti, axloqiy tanlovlar hamda bilish jarayonining tub mohiyatini anglashda o‘zaro uyg‘unlashgan fanlardir. Ushbu maqolada tibbiyot amaliyotidagi empatiya tushunchasi falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinib, uning inson ontologiyasi, axloqiy mas’uliyat va bilim bilan aloqadorligi yoritiladi. Empatiya – bu faqat bemor bilan samimiy muloqot qilish vositasi emas, balki insoniylik va axloqiy ongning shakllanishi, tushunish va tushunilish jarayonining asosi sifatida ko‘riladi.

Shuningdek, maqolada empatiyaning falsafiy tafakkur bilan bog‘liq ravishda qanday shakllanishi va u axloqiy qaror qabul qilish jarayonida qanday rol o‘ynashi muhokama qilinadi. Shu jumladan falsafiy terapiya va uning ahamiyati hamda bo’lg’usi shifokorlarga falsafa fanini o’qitishning klinik ahamiyati yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

220

TIBBIYOTDA EMPATIYA VA FALSAFIY QARASHLAR. FALSAFIY

TERAPIYA. BO’LAJAK SHIFOKORLARGA FALSAFA FANINI

O’QITISHNING KLINIK AHAMIYATI

Shakarov Bobur Xusniddinovich

Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Rayimqulova Zebiniso Ilhomjon qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi

Annotatsiya: Tibbiyot va falsafa inson hayoti, axloqiy tanlovlar hamda bilish

jarayonining tub mohiyatini anglashda o‘zaro uyg‘unlashgan fanlardir. Ushbu

maqolada tibbiyot amaliyotidagi empatiya tushunchasi falsafiy nuqtayi nazardan tahlil

qilinib, uning inson ontologiyasi, axloqiy mas’uliyat va bilim bilan aloqadorligi

yoritiladi. Empatiya – bu faqat bemor bilan samimiy muloqot qilish vositasi emas, balki

insoniylik va axloqiy ongning shakllanishi, tushunish va tushunilish jarayonining asosi

sifatida ko‘riladi.

Shuningdek, maqolada empatiyaning falsafiy tafakkur bilan bog‘liq ravishda

qanday shakllanishi va u axloqiy qaror qabul qilish jarayonida qanday rol o‘ynashi

muhokama qilinadi. Shu jumladan falsafiy terapiya va uning ahamiyati hamda

bo’lg’usi shifokorlarga falsafa fanini o’qitishning klinik ahamiyati yoritiladi.

Kalit so’zlar: empatiya, axloqiy falsafa, deontologik etika, axloqiy majburiyat,

utilitarizm, falsafiy terapiya.

Empatiya tushunchasi psixologiya va tibbiyot yo‘nalishlarida keng o‘rganilgan

bo‘lsa-da, ayniqsa shifokorlar uchun bu tuyg‘uni shakllantirish va rivojlantirishga oid

jihatlar hali ham ilmiy izlanishlar mavzusi bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqola shifokorlar

orasida empatiya tuyg‘usining psixologik asoslarini o‘rganish, mavjud yondashuvlarni

tahlil qilish va adabiyotlar asosida tahliliy yondashuv taklif qilishni maqsad qiladi.

Empatiya — bu boshqa odamning hissiyotlarini anglash va unga chin dildan

hamdardlik bildirish qobiliyati bo‘lib, insonlararo munosabatlarning ajralmas qismidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

221

Ayniqsa, shifokorlar uchun bu ko‘nikma juda muhim, chunki empatiya bemor bilan

ishonchli aloqa o‘rnatish, aniq tashxis qo‘yish va davolash jarayonining

samaradorligini oshirishga katta ta’sir qiladi.[1]

Empatiyaning turlari:

Hissiy empatiya

— bu boshqalarning harakat va hissiy javoblariga taqlid qilish

yoki ularni ichki his qilish orqali yuzaga keladigan jarayondir.

Kognitiv empatiya

- ko‘proq aqliy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, taqqoslash,

o‘xshatish (analogiya) kabi fikrlash mexanizmlariga asoslanadi.

Prediktiv empatiya

– shaxsning boshqalarning ma’lum holatlardagi hissiy

javoblarini oldindan sezish va taxmin qilish qobiliyatini anglatadi.

Empatiyaning alohida ko‘rinishlari sifatida empatiya va simpatiya ajratib

ko‘rsatiladi.

Empatiya — bu kishi o‘zini boshqaning o‘rniga qo‘ygan holda uning his-

tuyg‘ularini xuddi o‘zidek his qilish holati.

Simpatiya – ijtimoiy jihatdan ifodalangan hamdardlik bo‘lib, u boshqaning

kechinmalariga nisbatan rasmiy, tashqi ifoda orqali bildiriladi.

Shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqotda empatiyaning mavjudligi, eng

avvalo, shifokorning bemor so‘zlari, hissiyotlari hamda tana tilini to‘g‘ri anglay

olishida namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, bu anglash jarayoni shunday tarzda aks etadiki,

bemor o‘z kechinmalaridan shifokor xabardor ekanligini his qiladi. Bunda e’tibor,

asosan, empatiyaning tashqi, ya’ni kuzatiladigan jihatlariga qaratiladi. Ya’ni,

shifokorning empatik qobiliyati bemorning ichki dunyosi — fikrlari va his-tuyg‘ulari

haqida muhim ma’lumotlarni olishga xizmat qiladi. Bu jarayonda empatik tinglashning

asosiy vazifasi — bemorga samimiy e’tibor qaratilayotganini his ettirish va uni o‘z

hissiyotlarini ochiqroq ifodalashga undashdir. Bu esa, o‘z navbatida, shifokorga

bemorning holatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.[2]

Falsafa anatomiyasi

— bu har bir tarixiy falsafiy yo‘nalishda shakllangan

tushuncha va g‘oyalarni tizimli hamda strukturaviy jihatdan chuqur tahlil qilish bilan

shug‘ullanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

222

Falsafa patofiziologiyasi

— turli ijtimoiy omillar va shart-sharoitlar ta’sirida

yuzaga keluvchi bilishdagi yoki aqliy faoliyatdagi g‘ayritabiiyliklar, intellektual

chetlanishlar va falsafiy tafakkurdagi anomaliyalarni o‘rganadi

Falsafaning normal fiziologiyasi

— muayyan madaniy va tarixiy sharoitlarda

mafkuraviy tizimlarning qanday ishlashi va qanday mexanizmlar asosida tartibga

solinishini o‘rganuvchi fan sohasi hisoblanadi. Bu jarayonlar normal psixik faoliyat

doirasida yuz beradi.

Falsafiy terapiya

— ongda yoki tafakkur jarayonida yuzaga kelgan buzilishlar,

patologik holatlar bilan ishlashga qaratilgan amaliy faoliyat bo‘lib, u fikrlashdagi

muvozanatni tiklash, ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash va aqliy holatni

normallashtirishga xizmat qiladi.

Falsafa gigiyenasi

— fikrlovchi shaxs hayoti va mehnat sharoitlarining

uning tafakkuriga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi. Shu bilan birga, bu soha

mafkuraviy og‘ishlarning oldini olish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash

uchun qulay intellektual sharoitlarni aniqlaydi.[3]

Falsafaning tibbiyotdagi ahamiyati

1. Gnoseologik yondashuv

Falsafa tibbiy bilimlarning mohiyatini, ularning kelib chiqishi va

ishonchliligini tushunishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, gnoseologiya

— bilim nazariyasi — shifokorlarga turli dalillarni tahlil qilish, ularning ishonchliligi

va amaliy qiymatini baholashda yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, bemor

parvarishida puxta va asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

2. Muloqot va fikrni ifodalash madaniyati

Falsafa mutaxassislarga o‘z fikrlarini aniq va tushunarli tarzda ifoda etishni

o‘rgatadi. Murakkab tibbiy tushunchalarni oddiy, lekin mazmunli til orqali

tushuntirish, bemor bilan samarali muloqot qilish imkonini yaratadi. Bu bemorning

holatini chuqurroq tushunish va uni davolash jarayonida faol ishtirok etishini

ta'minlaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

223

3. Tarixiy-falsafiy kontekst

Tibbiyot falsafiy tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilinsa, uning jamiyatdagi o‘rni,

ijtimoiy-ma’naviy vazifalari va rivojlanish bosqichlari chuqurroq anglash mumkin

bo‘ladi. Bu esa sog‘liqni saqlashdagi mavjud axloqiy, huquqiy va ijtimoiy

muammolarga yangicha yondashuv ishlab chiqishga zamin yaratadi.[4]

Tibbiyot sohasi nafaqat ilmiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, balki axloqiy,

ijtimoiy va falsafiy qarashlarni ham chuqur anglashni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan,

bo‘lajak shifokorlarga falsafa fanini o‘qitish ularning kasbiy shakllanishida muhim

o‘rin egallaydi. Falsafa fani, eng avvalo, tibbiy bilimlarning mohiyatini tahlil qilish,

dalillarni tanqidiy baholash va muammolarga tizimli yondashishni o‘rgatadi. Bu esa

shifokorning intellektual salohiyati va kasbiy mas'uliyatini yanada mustahkamlaydi.

Xulosa

Tibbiyot va empatiya falsafiy nuqtayi nazardan inson qadr-qimmati, axloq va

bilim o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni aks ettiradi. Kant etikasi bo‘yicha, har bir

inson o‘z-o‘ziga maqsad bo‘lib, hech qachon vosita sifatida qaralmasligi kerak. Bu

tamoyil tibbiyotda shifokor bemorga nafaqat jismoniy jihatdan, balki hissiy va axloqiy

jihatdan ham hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerakligini anglatadi.

Shu sababli, tibbiyotda empatiya va falsafa bir-birini to‘ldiruvchi tamoyillar

bo‘lib, shifokorlarning qarorlarini nafaqat ilmiy asosda, balki axloqiy va insonparvarlik

nuqtayi nazaridan ham o‘ylab qabul qilish zarur. Tibbiyot nafaqat hayotni saqlab

qolish, balki inson qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini ham bajarishi lozim.

Falsafiy terapiya tibbiyotda insonning ruhiy va axloqiy holatini yaxshilashga

yordam beruvchi muhim yondashuvlardan biridir. U bemorlar bilan muloqotda

empatiya va chuqur fikrlashni rivojlantiradi, shuningdek, kasallik va hayotning

ma’nosiga oid murakkab savollarga yechim topishda qo‘l keladi.

Bundan tashqari, bo‘lajak shifokorlarga falsafa fanini o‘qitish ularning tanqidiy

fikrlash qobiliyatini oshiradi, axloqiy qaror qabul qilishda mustahkam asos yaratadi va

bemorlarga yanada chuqurroq yondashishga imkon beradi. Shu sababli, tibbiy ta’lim

tizimida falsafaga e’tibor qaratish shifokorlarning professional va insoniy fazilatlarini

rivojlantirishga xizmat qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

224

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

SHIFOKORLARDA

EMPATIYA

HISSINI

SHAKLLANTIRISHNING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI | Journal of science-innovative research in

Uzbekistan

https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/60861

2. Samandar Xodjaev/Empatiya - Vikipediya

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Foydalanuvchi:Samandar_Xodjaev/Empatiya

3. Yuldasheva L.S. TDSI Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, Tursunbayev Farrux Aziz

o’g’li

TDSI

2-kurs

talabasi.

Iyun

2023

https://www.oriens.uz/media/journalarticles/101_Yuldasheva_L.S._686-692.pdf

4. Turg’unov Jahongir Mamurovich. Oktyabr 2024

https://pedagoglar.org/01/article/download/5589/5055/9954

Most read articles by the same author(s)