Authors

  • YULDUZ MAMARAJABOVNA ABDURAXMONOVA
  • XOLMAT XURRAMOVICH ZOKIROV

Author Biographies

  • YULDUZ MAMARAJABOVNA ABDURAXMONOVA

    Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Tuproqshunoslik

    ( tadqiqot turlari bo’yicha) 2- kurs magistranti.

  • XOLMAT XURRAMOVICH ZOKIROV

    q.x.f.n., prof. Termiz davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94247

Keywords:

Surxondaryo tuproq azotli o’g’itlar baqlajon hosildorli o’g’itlar me’yori.

Abstract

Maqolada Surxondaryo viloyatining taqir-o’tloqi tuproqlar sharoitida baqlajondan yuqori hosil yetishtirishda azotli o‘g‘itlar me’yorini ishlab chiqish va mineral o‘g‘itlarning tuproqqa ta’sirini aniqlashdan iborat. Shu bilan birgalikda O‘zbekistonning janubiy hududida baqlajondan yuqori hosil olishning optimal muddatlarini aniqlash to‘g‘risida so‘z yuritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

395

TAQIR O‘TLOQI TUPROQLARNING EKOLOGIK HOLATI

(TERMIZ TUMANI MISOLIDA)

YULDUZ MAMARAJABOVNA ABDURAXMONOVA

Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Tuproqshunoslik

( tadqiqot turlari bo’yicha) 2- kurs magistranti.

XOLMAT XURRAMOVICH ZOKIROV q.x.f.n., prof. Termiz davlat

universiteti

Annotatsiya: Maqolada Surxondaryo viloyatining taqir-o’tloqi tuproqlar

sharoitida baqlajondan yuqori hosil yetishtirishda azotli o‘g‘itlar me’yorini ishlab

chiqish va mineral o‘g‘itlarning tuproqqa ta’sirini aniqlashdan iborat. Shu bilan

birgalikda O‘zbekistonning janubiy hududida baqlajondan yuqori hosil olishning

optimal muddatlarini aniqlash to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

Kalit so’zlar: Surxondaryo, tuproq, azotli o’g’itlar, baqlajon hosildorli,

o’g’itlar me’yori.

Kirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi

“Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi haqida zamonaviy xizmatlar

ko’rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi’’ gi PF-6159-son Farmoni bilan

tasdiqlangan “2021-2025 yillarda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini

ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi’’ da “Yer va suv resurslaridan samarali

foydalanish , qishloq xo’jaligi yekinlari xosildorligini oshirish, yangi navlarni

yaratish, seleksiya, urug’chilik va ko’chatchilikni rivojlantirish, ilm –fan yutuqlarini

ishlab chiqarishga joriy yetish, respublika xududlarini muayyan qishloq xo’jaligi

yekinlari va oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtirish kabi konseptual

yo’nalishlarga asoslangan ilm-fanni rivojlantirish dolzarb vazifasi yekanligi belgilab

berilgan.[1]Aholi sonining o’sishi butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat ishlab chiqarishga

bosim o‘tkazmoqda. 2050 yilga kelib dunyo aholisi 9,5 milliarddan oshishi

kutilmoqda, ya’ni hozirgi oziq-ovqat ishlab chiqarish 60 foizga oshishi kerak [2].

Jahon miqyosida so‘nggi 20 yil ichida ekiladigan ekin maydonlari miqdori bor-yo‘g‘i


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

396

4 foizga oshdi, ya’ni aholi sonining o’sishi bilan aholi jon boshiga mavjud yekin

maydonlari yigirma foizga kamaydi [3]. Yo’qotilgan vaqtni qoplash uchun mineral

o’g’itlardan intensiv foydalanish keng qo’llaniladi. 2000 yildan 2019 yilgacha

noorganik o‘g‘itlardan global foydalanish 40 foizga oshdi [4]. Garchi o’sib

borayotgan talabni qondirishga yordam bersa-da, o’g’itlar yaxshilikdan ko’ra uzoq

muddatli zarar keltirishi mumkin. Ular tuproqning ozuqaviy holatini buzadi,

tuproqning strukturaviy xususiyatlarini o’zgartiradi, ferment faolligini pasaytiradi va

suv havzalarini qishloq xo’jaligi oqimi orqali ifloslantiradi, bu yesa yevtrofikatsiyani

keltirib chiqaradi [5]. Shuning uchun oziq-ovqat ishlab chiqarish faoliyati yanada

ekologik toza va mas’uliyatli usullarga o’tishi kerak. Qishloq xo’jaligi qoldiqlari,

kompost va go’ng qo’shimchalari begona o’tlarni bostirishga, tuproq yeroziyasini

sekinlashtirishga va fizik-kimyoviy, biologik va unumdorlikni yaxshilashga yordam

beradi [6]. Biroq, tuzatishlardan ortiqcha yoki noto’g’ri foydalanish issiqxona gazlari

yemissiyasi, yevtrofikatsiya va yer osti suvlarining ifloslanishiga olib kelishi mumkin

[7]. Organik o‘g‘itlardagi ozuqa moddalari (ayniqsa, uglerod) osongina parchalanadi

va ularning ko’pchiligi tez-tez qo‘llanilishini talab qiladigan yekinlarni etishtirish

jarayonida tezda iste’mol qilinadi [8].Tuproqlar yeng muhim tabiiy resurslardan birini

tashkil qiladi va ularning sog‘lig’ini saqlash qishloq xo’jaligini rivojlantirish va

ekologik barqarorlik uchun juda muhim bo‘lib, ko‘plab muhim ekotizim xizmatlarini

taqdim yetadi. Haydalgan iqlim o’zgarishi va antropogen ta’sirlar tufayli tuproq

degradatsiyasi global muammoga aylanmoqda, ekologik muhit va oziq-ovqat

xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Mineral o’g’itlarning samaradorligi

o’simlikning biologik xususiyatiga, har gektarga yerga solinadigan o’g’it normasiga,

organik o’g’itlar bilan qo’shib ishlatilishiga, qo’llaniladigan agrotexnika tadbirlari

sifatiga bog’liq.Dala metodidan foydalanganda qishloq xo’jaligi yekinlaridan yeng

yuqori hosil olish uchun tuproqqa solinadigan mineral o’g’itlar me’yorini to’g’ri

belgilashda tartibga amal qilindi. Mineral o’g’itlardan foydalanishda muhim o’rinda

turadi va bu me’yor o‘g‘it tarkibidagi sof ta’sir yetuvchi oziq moddalarning kg/ga

miqdori bilan belgilanadi. Mineral o‘g‘itlar o’simlikning biologik xususiyatlari,

ularning oziq moddalarga talabi, tuproqda o’simlik o’zlashtiradigan elementlar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

397

miqdori, ishlatiladigan o‘g‘itlarning xususiyati, o‘simlikning normal o‘sishi va

rivojlanishi uchun zarur щaroitlarni hisobga olgan holda qo‘llanilishi kerak. Mineral

o‘g‘itlar yerga kuzda yoki erta baxorda (asosiy o’g’itlash), ekish vaktida va o’suv

davrida (o’simliklarni oziqlantirish) solinadi. Mineral o’g’itlarni noto’g’ri qo’llash

biotsenozga katta zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab bo’lishi

mumkin. Mineral o’g’itlar tuproqda har xil o’zgarishlarga uchraydi, bu o’zgarishlar

oziq moddalarning eruvchanligiga, tuproqda harakatlanishi va o‘simliklarga

singishiga ta’sir ko’rsatishi dolzarbdir.[9]

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Boshqa hududlarda ishlab chiqilgan

baqlajonni etishtirish texnologiyalarini O‘zbekistonning jazirama quruq iqlimli

sharoitlariga mexanik tarzda ko’chirib bo’lmaydi. Bu yerda mahalliy sharoitlarga

moslashgan navlar ekilishi hamda tuproq va iqlim sharoitlari inobatga olingan holda

etishtirish texnologiyalarini qo’llash maqsadga muvofiq.

Tadqiqotning maqsadi taqir-o‘tloqi tuproqlar sharoitida baqlajondan yuqori

hosil etishtirishda azotli o’g’itlar me’yorini ishlab chiqish va azotli o‘g‘itlarning

tuproqqa ta’sirini o’rganishdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari:

Surxon-Sherobod taqirli-o’tloqi tuproqlarini va uning unumdorligini

agrokimyoviy tahlil qilish;

O’zbekistonning janubiy hududida baqlajondan yuqori hosil olishning

optimal muddatlarini aniqlash;

taqir-o’tloqi tuproqlar sharoitida baqlajondan yuqori hosil etishtirish

ekologik xususiyatlarini ko’rsatish;

baqlajon urug’larini etishtirish uchun yeng maqbul mineral o’g’itlar me’yorini

aniqlash;

baqlajondan yuqori hosil etishtirish texnologiyasini takomillashtirish.

Tadqiqotning predmeti sifatida baqlajon hosildorligining tuproq iqlim

sharoitiga bog’liqligini baholash va navlarga ajratish, genetik manbalar yaratish,

ularni adaptiv va kombinatsion qobiliyati bo’yicha baholash va hosildorlikning azotli


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

398

o’g’itlar me’yoriga bog’liqligini belgilash va o’g’itlarning tuproqqa ta’sirini aniqlash

hisoblanadi.

Tadqiqotning amaliy natijalari. Tadqiqotlar taqir-o‘tloqi tuproqlar sharoitida

olib borilgan bo‘lib, Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot

institutida ishlab chiqilgan uslublardan foydalanildi. Olingan ma’lumotlarning

aniqligi va ishonchliligi umumiy qabul qilingan B. A. Dospexovning ko‘p omilli

uslubi yordamida matematik-statistik tahlil qilindi.

Tajribalarimizda aniqlandiki tuproqqa mineral o‘g‘itlar qo‘llanilmagan

nazorat variantida tuproqning haydov qatlamida baqlajon ekilgan kuni ya’ni 2024

yilning 25-martda tuproq tarkibidagi nitrat shakldagi azot miqdori 1 kg tuproqda

21,2 mg/kg ni tashikl etgan bo‘lsa aprel oyida 22,4 mg/kg, mayning oxiriga

borganda bu ko‘rsatkich 23,6 mg/kg, iyun oyida 25,7 mg/kg, iyul oyida

26,4 mg/kg, avgust oyida 23,6 mg/kg, sentabr oyida 21,7 mg/kg,

oktabr oyida 20.1 mg/kg ni tashkil qildi.

2-variantda esa N0P200K100 fon variantimizda bu ko‘rsatkich o‘ziga xos

ravishda 25-martda tuproq tarkibidagi nitrat shakldagi azot miqdori

1 kg tuproqda 21,2 mg/kg ni tashikl etgan bo‘lsa aprel oyida 31,5 mg/kg,

mayning oxiriga borganda bu ko‘rsatkich 40,6 mg/kg, iyun oyida

44,3 mg/kg, iyul oyida 49,2 mg/kg, avgust oyida 46,8 mg/kg, sentabr oyida

35,9 mg/kg, oktabr oyida 24,1 mg/kg ni tashkil qildi.

3-variantda esa N150P200K100 fon variantimizda bu ko‘rsatkich o‘ziga xos

ravishda 25-martda tuproq tarkibidagi nitrat shakldagi azot miqdori

1 kg tuproqda 21,2 mg/kg ni tashikl etgan bo‘lsa aprel oyida 34,3

mg/kg,mayning oxiriga borganda bu ko‘rsatkich 42,6 mg/kg, iyun oyida 45,8 mg/kg,

iyul oyida 57,4 mg/kg, avgust oyida 54,8 mg/kg, sentabr oyida 40,8 mg/kg, oktabr

oyida 26,8 mg/kg ni tashkil qildi.

4-variantda N200P200K100 fon variantimizda bu ko‘rsatkich o‘ziga xos

ravishda 25-martda tuproq tarkibidagi nitrat shakldagi azot miqdori

1 kg tuproqda 21,2 mg/kg ni tashikl etgan bo‘lsa, aprel oyida 34,5 mg/kg,

mayning oxiriga borganda bu ko‘rsatkich 43,3 mg/kg, iyun oyida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

399

56,8 mg/kg, iyul oyida 59,5 mg/kg, avgust oyida 67,6 mg/kg, sentabr oyida

53,7 mg/kg, oktabr oyida 26,4 mg/kg ekanligi kuzatildi.

5-variantda N250P200K100 bu fon variantimizda 25-martda tuproq

tarkibidagi nitrat shakldagi azot miqdori 1 kg tuproqda 21,2 mg/kg ni tashkil etgan

bo‘lsa, aprel oyida 35,5 mg/kg, mayning oxiriga borganda bu ko‘rsatkich 42,8 mg/kg,

iyun oyida 56,6 mg/kg, iyul oyida 57,5 mg/kg, avgust oyida 68,3 mg/kg, sentabr

oyida 52,3 mg/kg, oktabr oyida 26,8 mg/kg ekanligi kuzatildi.

6-variantda N300P200K100 fonli variantimizda 25-martda tuproq tarkibidagi

nitrat shakldagi azot miqdori 1 kg tuproqda 21,2 mg/kg bo‘lgan bo‘lsa, aprel oyida

36,5 mg/kg, mayning oxiriga borganda bu ko‘rsatkich

44,8 mg/kg, iyun oyida 56,6 mg/kg, iyul oyida 60,5 mg/kg, avgust oyida

68,3 mg/kg, sentabr oyida 52,3 mg/kg, oktabr oyida 26,8 mg/kg ekanligi

kuzatildi.

7-variantda N350P200K100 fon variantimizda bu ko‘rsatkich o‘ziga xos

ravishda 25-martda tuproq tarkibidagi nitrat shakldagi azot miqdori

1 kg tuproqda 21,2 mg/kg ni tashikl etgan bo‘lsa, aprel oyida 37,5 mg/kg,

mayning oxiriga borganda bu ko‘rsatkich 46,8 mg/kg, iyun oyida 58,6 mg/kg, iyul

oyida 61,5 mg/kg, avgust oyida 69,3 mg/kg, sentabr oyida

54,3 mg/kg, oktabr oyida 27,8 mg/kg ni tashkil qildi.

8-variantda N400P200K100 bu fon variantimizda 25-martda tuproq

tarkibidagi nitrat shakldagi azot miqdori 1 kg tuproqda 21,2 mg/kg bo‘lgan bo‘lsa

aprel oyida 39,5 mg/kg, mayning oxiriga borganda bu ko‘rsatkich

47,5 mg/kg, iyun oyida 60,6 mg/kg, iyul oyida 73,5 mg/kg, avgust oyida

70,3 mg/kg, sentabr oyida 55,3 mg/kg, oktabr oyida 28,8 mg/kg ni tashkil

qildi

Azotli o‘g‘itlar tuproqdagi ammoniy shaklidagi azot miqdorini ham, nitrat

shaklidagi azot miqdorini ham ishonarli ravishda oshiradi, bu esa o‘simliklarning

o‘sish va rivojlanish jarayonlarini yaxshilash uchun juda muhimdir. Biroq, o‘g‘itsiz

yoki nazorat variantida tuproqdagi mineral azot miqdori mavsumiy o‘zgarishlarga

duch keladi va bu o‘zgarishlar tuproqning tabiiy ozuqa moddalar bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

400

ta’minlanishiga va o‘simliklarning oziqlanishiga qanday ta’sir qilishini aniqlashda

muhim rol o‘ynaydi. Erta bahorda, kunlarning isib, quyosh nuri ta’siri bilan tuproqda

mineral azot miqdori, ammoniy va nitrat shaklidagi azot hisobiga ortib boradi. Bu

jarayon mart oyining birinchi o‘n kunligigacha davom etib, tuproqdagi azotning tabiiy

yig‘ilishi va o‘simliklarning dastlabki o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Shu bilan birga, baqlajon o‘simligining o‘sishi va rivojlanishining

jadallashishi, o‘zining ildiz tizimi va vegetativ qismlarini kengaytirishi bilan tuproqda

mineral azot miqdori kamayib boradi. Bu holat mart oyining oxiridan iyun oyigacha

kuzatiladi va o‘simliklarning intensiv ozuqa singdirish jarayoni tufayli amalga oshadi.

Bu jarayon, tuproqdagi azotning ammoniy va nitrat shakllarining o‘zgarishi va

ularning o‘simliklar tomonidan qanday ishlatilishini ko‘rsatadi. Shuningdek,

tuproqda mineral azot miqdorining tabiiy o‘zgarishi ammoniy va nitrat shaklidagi

azot dinamikasiga bog‘liq bo‘lib, bu ikki shaklning o‘zgarish qonuniyatlari bir-biri

bilan muvofiqlashadi va o‘simliklarning oziqlanish jarayonini ta’minlash uchun

muhimdir.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mineral azot tarkibida nitrat shaklidagi azot

ulushi ammoniy shaklidagi azot ulushidan ancha yuqori bo‘ladi, bu esa tuproqdagi

nitratifikatsiya jarayonining faol va ustun ekanligini anglatadi. Nitrat shaklidagi azot

o‘simliklar tomonidan samarali ravishda singdiriladi va o‘sish va rivojlanish uchun

asosiy manba hisoblanadi. Bu holat tuproqning o‘simliklar uchun ozuqa moddalarini

ta’minlashdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Demak, tuproqda mineral azot miqdorining

tabiiy ravishda o‘zgarishi va uning shakllarining dinamikasi o‘simliklarning to‘g‘ri

oziqlanishi va hosil olish samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘simliklar uchun yetarli miqdordagi nitrat azoti tuproqdagi ozuqa moddalarining

mavjudligi va ular o‘rtasidagi muvozanatning saqlanishini ta’minlaydi, bu esa

o‘simliklarning sog‘lom o‘sishi va sifatli hosil berishini kafolatlaydi.

Baqlajonning o‘suv davrida ko‘proq azot, kaliy hamda fosforli mineral

o‘g‘itlarga ehtiyoj sezadi. O‘suvning ilk davri ya’ni ildiz tizimi va boshqa vegetativ

a’zolarini shakllanish bosqichida ekin azot va asosan fosforli mineral o‘g‘itlarga

zarurat sezadi. Shu boisdan ham ko‘chat yetishtirilayotganda ko‘p miqdorda fosforli


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

401

o‘g‘it berish tavsiya etiladi. Keyingi bosqich ya’ni ekinning mevalari

shakllanayotganda ko‘proq kaliy va azotni talab qiladi. Shu sababli bu bosqichda

baqlajon tuproq aralashmasi va oziq erimatsi tarkibida azot fosfor va kaliyni ko‘proq

bo‘lishiga ehtiyojmand bo‘ladi. Baqlajonning gullashi va mevalarning tez pishib

yetilishida xususan ularning kasalliklarga chidamliligini oshirishda kaliy va

fosforning ahamiyati katta. Baqlajonning mevalashi bosqichida azotning roli katta.

Bu elementning yetishmasligi ekinning o‘sishini sekinlashtiradi. Barglari oqish

rangga kiradi, kasalliklarga chidamliligi pasayadi ortiqcha bo‘lishi barglari va

poyalarini kuchli o‘sishiga hamda gulshodalari rivojlanishini va mevalari hosil

bo‘lishini sekinlashtiradi.

Tajribamizdagi har xil me’yordagi azotli o‘g‘itlar bilan birgalikda fosforli

o‘g‘itlarni qo‘llashni tuproqdagi harakatchan fosfor miqdoriga ta’sirini o‘rganilganda

u ham yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek harakatchan fosfor miqdori ekin ekilgandan

boshlab mineral o‘g‘itlar me’yorining ortishi bilan harakatchan fosfor miqdori xam

ortdi, baqlajonning o‘sishi, rivojlanishi avj olishi bilan harakatchan fosfatlar miqdori

kamayib borishi kuzatildi. Azotli o‘g‘itlar meyorining turli me’yorda ortib borishi

bilan tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorlari ko‘tarilishi kuzatildi. Baqlajon

ko‘chatlari, azotdan tashqari, oddiygina kaliyga muhtoj.

Ushbu modda mevalarni shakllantirish uchun javobgardir. Shuningdek, u

baqlajonning immunitetiga bevosita ta’sir qiladi. Kaliy ko‘chatlarga tunda harorat

o‘zgarishini yengishiga yordam beradi va ularni kasalliklariga chidamli qiladi.

Odatda tuproqning tarkibida almashinuvchan kaliyning miqdori azot va harakatchan

fosforning miqdoriga qaraganda bir necha marta ko‘p bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Olib borilgan tadqiqotlarimiz malumotlarga ko‘ra tuproqdagi almashinuvchi kaliy

miqdorlari ham yuqoridagi nitratli azot va harakatchan fosfor singari tuproq haroratni

ko‘tarilishi bilan orta borib, baqlajon o‘sishi va rivojlanishi avj olgan vaqtda o‘simlik

tomonidan o‘zlashtirilishi hisobiga pishish davrida kamayishi kuzatiladi.

Xulosa qilib aytganda: baqlajon ekinining o‘sish va rivojlanishi bo‘yicha olib

borgan kuzatuvlar natijasida ob-havoning va ayniqsa azotli mineral o‘g‘itlarning

hissasi katta ekanligi aniqlanadi.Vaholanki azotli mineral o‘g‘itlar baqlajon ekinining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

402

o‘sishi jarayonlariga , shuningdek gullar va mevalarning shakllanishi uchun eng

kerakli bo‘lgan mineral o‘g‘itdir. Mineral o‘g‘itlarsiz baqlajon o‘z-o‘zidan rivojlana

olmaydi. Shuning uchun xam baqlajonga o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llay bilish,tuproqqa

qancha miqdorda o‘g‘it kiritishni hisobga olish lozim hisoblanadi. Binobarin bu

moddalarning tuproqda kamligi yoki ko‘pligi ekinga va tuproqqa salbiy ta’sir

ko‘rsatadi.

Azotli o‘g‘itlarni qo‘llash natijasida tuproq tarkibidagi ammoniy shakldagi

azot miqdori yanada oshdi. Tadqiqotni ko‘rsatishicha, tuproqda nitrat shakldagi azot

miqdori ammoniy shakldagi azot miqdoridan ancha yuqori bo‘ldi.Umuman olganda

tuproqda ammoniy shakldagi azot miqdorini tabiiy holatda kam bo‘lishi kuzatildi. Bu

baqlajon o‘simligini maqbul o‘sishi, rivojlanish va hosil to‘plashi uchun yetarli emas.

Azotli o‘g‘itlarni qo‘llash tuproqdagi harakatchan ammoniiy va nitrat azotlari

miqdorini oshirib baqlajondan yuqori hosil yetishtirish uchun qulay sharoit yaratdi.

Turli me’yordagi azotli o‘g‘itlarning tuproqdagi nitrat shaklidagi azot

(NO

3

) miqdoriga ta’siri, mg/kg tuproqda (2024- yy.)

Yillik

me’yor,

kg/ga

Analiz muddatlari

25.03.2024

20.04.2024

20.05.2024

20.06.2024

20.07.2024

20.08.2024

20.9.2024

20.10.2024

1

Nazorat

21,2

22,4

23,6

25,7

26,4

23,6

21,7

20.1

2

N

100

P

200

K

100

21,2

31,5

40,6

44,3

49,2

46,8

35,9

24,1

3

N

150

P

200

K

100

21,2

34,3

42,6

45,8

57,4

54,8

40,8

26,8

4

N

200

P

200

K

100

21,2

34,5

43,3

56,8

59,5

67,6

53,7

26,4

5

N

250

P

200

K

100

21,2

35,5

42,8

56,6

57,5

68,3

52,3

26,8

6

N

300

P

200

K

100

21,2

36,5

44,8

56,6

60,5

68,3

52,3

26,8

7

N

350

P

200

K

100

21,2

37,5

46,8

58,6

61,5

69,3

54,3

27,8

8

N

400

P

200

K

100

21,2

39,5

47,5

60,6

73,5

70,3

55,3

28,8


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

403

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-fevraldagi “Qishloq xo’jaligida

bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko’rsatishni yanada

rivojlantirish to’g’risida”gi PF-6159-son Prezident Farmoni.

2. FAO, 2016 FAO, 2016. Intsreasing the resilentse of agritsultural

livelihoods.Google Scholar

3.FAO, 2021FAO, 2021. World Food and Agritsulture - Statistitsal Yearbook 2021.

Rome.

Google Scholar

4. FAO, IFAD, UNICEF, WPF, WHO, 2021

FAO, IFAD, UNICEF, WPF, & WHO, 2021. The State of Food Setsurity and

Nutrition in the World 2021. Transforming food systems for food setsurity, improved

nutrition and affordable healthy diets for all.

Google Scholar

5.Bai yet al.,2020N. Bai, H. Zhang, S. Zhou, H. Sun, Y. Zhao, X. Zheng, S. Li, J.

Zhang, W. Lv

Long-term yeffetsts of straw return and straw-derived biochar amendment on

batsterial sommunities in soil aggregates

Stsi. Rep., 10 (1) (2020), p. 7891, 10.1038/s41598-020-64857-w View PDF

This artitsle is free to atstsess.View in StsopusGoogle Scholar

Siedt yet al., 2021M. Siedt, A. Schäffer, K.E.C. Smith, M. Nabel, M. Roß-Nitskoll,

J.T. van Dongen Comparing straw, sompost, and biochar regarding their suitability as

agritsultural soil amendments to affetst soil strutsture, nutrient leaching, mitsrobial

sommunities, and the fate of pestitsides Stsi. Total Environ., 751 (2021), Artitsle

141607, 10.1016/j.stsitotenv.2020.141607

View PDFView artitsleView in StsopusGoogle Scholar

6.Turmel yet al., 2015

M.-S. Turmel, A. Speratti, F. Baudron, N. Verhulst, B. Govaerts

Crop residue management and soil health: A systems analysis

Agr. Syst., 134 (2015), pp. 6-16, 10.1016/j.agsy.2014.05.009


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

404

View PDFView artitsleView in StsopusGoogle Scholar

Urra yet al., 2019 J. Urra, I. Alkorta, C. Garbisu Potential benefits and risks for soil

health derived from the use of organits amendments in agritsulture

Agronomy, 9 (9) (2019), p. 542 https://www.mdpi.tsom/2073-4395/9/9/542 View

artitsle

CrossRefView in StsopusGoogle Scholar

7.Alvarenga yet al., 2015

P. Alvarenga, C. Mourinha, M. Farto, T. Santos, P. Palma, J. Sengo, M.C. Morais, C.

Cunha-Queda

Sewage sludge, sompost and other representative organits wastes as agritsultural soil

amendments: benefits versus limiting fatstors Waste Manag., 40 (2015), pp. 44-52,

10.1016/j.wasman.2015.01.027 View PDFView artitsleView in StsopusGoogle

Scholar

Urra yet al., 2019 J. Urra, I. Alkorta, C. Garbisu Potential benefits and risks for soil

health derived from the use of organits amendments in agritsulture Agronomy, 9 (9)

(2019),

p.

542

https://www.mdpi.tsom/2073-4395/9/9/542View

artitsle

CrossRefView in StsopusGoogle Scholar

8.M. Siedt, A. Schäffer, K.E.C. Smith, M. Nabel, M. Roß-Nitskoll, J.T. van Dongen

Comparing straw, sompost, and biochar regarding their suitability as agritsultural soil

amendments to affetst soil strutsture, nutrient leaching, mitsrobial sommunities, and

the fate of pestitsidesStsi. Total Environ., 751 (2021), Artitsle 141607,

10.1016/j.stsitotenv.2020.141607View PDFView artitsleView in StsopusGoogle

Scholar

9. Zokirov X.X., Normuratov O.U. Pomidordan ekologik toza mahsulot etishtirishda

moldsitim va yekositim biopreparatlarining samaradorligi // Xorazm Mammun

akademiyasi axborotnomasi. Xiva -2018 yil №1, 47-51 betlar.

10. https://www.agro.olam.u