MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
375
TAQIR O‘TLOQI TUPROQLARNING EKOLOGIK HOLATI
(TERMIZ TUMANI MISOLIDA)
YULDUZ MAMARAJABOVNA ABDURAXMONOVA
Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Tuproqshunoslik
( tadqiqot turlari bo’yicha) 2- kurs magistranti.
XOLMAT XURRAMOVICH ZOKIROV
q.x.f.n., prof. Termiz davlat universiteti
Annotatsiya: Maqolada Surxondaryo viloyatining taqir-o’tloqi tuproqlar
sharoitida baqlajondan yuqori hosil yetishtirishda azotli o‘g‘itlar me’yorini ishlab
chiqish va mineral o‘g‘itlarning tuproqqa ta’sirini aniqlashdan iborat. Shu bilan
birgalikda O‘zbekistonning janubiy hududida baqlajondan yuqori hosil olishning
optimal muddatlarini aniqlash to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Kalit so’zlar: Surxondaryo, tuproq, azotli o’g’itlar, baqlajon hosildorli,
o’g’itlar me’yori.
Kirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi
“Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi haqida zamonaviy xizmatlar
ko’rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi’’ gi PF-6159-son Farmoni bilan
tasdiqlangan “2021-2025 yillarda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini
ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi’’ da “Yer va suv resurslaridan samarali
foydalanish , qishloq xo’jaligi yekinlari xosildorligini oshirish, yangi navlarni
yaratish, seleksiya, urug’chilik va ko’chatchilikni rivojlantirish, ilm –fan yutuqlarini
ishlab chiqarishga joriy yetish, respublika xududlarini muayyan qishloq xo’jaligi
yekinlari va oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtirish kabi konseptual
yo’nalishlarga asoslangan ilm-fanni rivojlantirish dolzarb vazifasi yekanligi belgilab
berilgan.[1]Aholi sonining o’sishi butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat ishlab chiqarishga
bosim o‘tkazmoqda. 2050 yilga kelib dunyo aholisi 9,5 milliarddan oshishi
kutilmoqda, ya’ni hozirgi oziq-ovqat ishlab chiqarish 60 foizga oshishi kerak [2].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
376
Jahon miqyosida so‘nggi 20 yil ichida ekiladigan ekin maydonlari miqdori bor-yo‘g‘i
4 foizga oshdi, ya’ni aholi sonining o’sishi bilan aholi jon boshiga mavjud yekin
maydonlari yigirma foizga kamaydi [3]. Yo’qotilgan vaqtni qoplash uchun mineral
o’g’itlardan intensiv foydalanish keng qo’llaniladi. 2000 yildan 2019 yilgacha
noorganik o‘g‘itlardan global foydalanish 40 foizga oshdi [4]. Garchi o’sib
borayotgan talabni qondirishga yordam bersa-da, o’g’itlar yaxshilikdan ko’ra uzoq
muddatli zarar keltirishi mumkin. Ular tuproqning ozuqaviy holatini buzadi,
tuproqning strukturaviy xususiyatlarini o’zgartiradi, ferment faolligini pasaytiradi va
suv havzalarini qishloq xo’jaligi oqimi orqali ifloslantiradi, bu yesa yevtrofikatsiyani
keltirib chiqaradi [5]. Shuning uchun oziq-ovqat ishlab chiqarish faoliyati yanada
ekologik toza va mas’uliyatli usullarga o’tishi kerak. Qishloq xo’jaligi qoldiqlari,
kompost va go’ng qo’shimchalari begona o’tlarni bostirishga, tuproq yeroziyasini
sekinlashtirishga va fizik-kimyoviy, biologik va unumdorlikni yaxshilashga yordam
beradi [6]. Biroq, tuzatishlardan ortiqcha yoki noto’g’ri foydalanish issiqxona gazlari
yemissiyasi, yevtrofikatsiya va yer osti suvlarining ifloslanishiga olib kelishi mumkin
[7]. Organik o‘g‘itlardagi ozuqa moddalari (ayniqsa, uglerod) osongina parchalanadi
va ularning ko’pchiligi tez-tez qo‘llanilishini talab qiladigan yekinlarni etishtirish
jarayonida tezda iste’mol qilinadi [8].Tuproqlar yeng muhim tabiiy resurslardan birini
tashkil qiladi va ularning sog‘lig’ini saqlash qishloq xo’jaligini rivojlantirish va
ekologik barqarorlik uchun juda muhim bo‘lib, ko‘plab muhim ekotizim xizmatlarini
taqdim yetadi. Haydalgan iqlim o’zgarishi va antropogen ta’sirlar tufayli tuproq
degradatsiyasi global muammoga aylanmoqda, ekologik muhit va oziq-ovqat
xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Mineral o’g’itlarning samaradorligi
o’simlikning biologik xususiyatiga, har gektarga yerga solinadigan o’g’it normasiga,
organik o’g’itlar bilan qo’shib ishlatilishiga, qo’llaniladigan agrotexnika tadbirlari
sifatiga bog’liq. Dala metodidan foydalanganda qishloq xo’jaligi yekinlaridan yeng
yuqori hosil olish uchun tuproqqa solinadigan mineral o’g’itlar me’yorini to’g’ri
belgilashda tartibga amal qilindi. Mineral o’g’itlardan foydalanishda muhim o’rinda
turadi va bu me’yor o‘g‘it tarkibidagi sof ta’sir yetuvchi oziq moddalarning kg/ga
miqdori bilan belgilanadi. Mineral o‘g‘itlar o’simlikning biologik xususiyatlari,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
377
ularning oziq moddalarga talabi, tuproqda o’simlik o’zlashtiradigan elementlar
miqdori, ishlatiladigan o‘g‘itlarning xususiyati, o‘simlikning normal o‘sishi va
rivojlanishi uchun zarur щaroitlarni hisobga olgan holda qo‘llanilishi kerak. Mineral
o‘g‘itlar yerga kuzda yoki erta baxorda (asosiy o’g’itlash), ekish vaktida va o’suv
davrida (o’simliklarni oziqlantirish) solinadi. Mineral o’g’itlarni noto’g’ri qo’llash
biotsenozga katta zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab bo’lishi
mumkin. Mineral o’g’itlar tuproqda har xil o’zgarishlarga uchraydi, bu o’zgarishlar
oziq moddalarning eruvchanligiga, tuproqda harakatlanishi va o‘simliklarga
singishiga ta’sir ko’rsatishi dolzarbdir.[9]
Muammoning o’rganilganlik darajasi.
Boshqa hududlarda ishlab chiqilgan
baqlajonni etishtirish texnologiyalarini O‘zbekistonning jazirama quruq iqlimli
sharoitlariga mexanik tarzda ko’chirib bo’lmaydi. Bu yerda mahalliy sharoitlarga
moslashgan navlar ekilishi hamda tuproq va iqlim sharoitlari inobatga olingan holda
etishtirish texnologiyalarini qo’llash maqsadga muvofiq.
Tadqiqotning maqsadi
taqir-o‘tloqi tuproqlar sharoitida baqlajondan yuqori
hosil etishtirishda azotli o’g’itlar me’yorini ishlab chiqish va azotli o‘g‘itlarning
tuproqqa ta’sirini o’rganishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Surxon-Sherobod taqirli-o’tloqi tuproqlarini va uning unumdorligini
agrokimyoviy tahlil qilish;
O’zbekistonning janubiy hududida baqlajondan yuqori hosil olishning optimal
muddatlarini aniqlash;
taqir-o’tloqi tuproqlar sharoitida baqlajondan yuqori hosil etishtirish ekologik
xususiyatlarini ko’rsatish;
baqlajon urug’larini etishtirish uchun yeng maqbul mineral o’g’itlar me’yorini
aniqlash;
baqlajondan yuqori hosil etishtirish texnologiyasini takomillashtirish.
Tadqiqotning predmeti
sifatida baqlajon hosildorligining tuproq iqlim
sharoitiga bog’liqligini baholash va navlarga ajratish, genetik manbalar yaratish,
ularni adaptiv va kombinatsion qobiliyati bo’yicha baholash va hosildorlikning azotli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
378
o’g’itlar me’yoriga bog’liqligini belgilash va o’g’itlarning tuproqqa ta’sirini aniqlash
hisoblanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari
. Tadqiqotlar taqir-o‘tloqi tuproqlar sharoitida
olib borilgan bo‘lib, Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot
institutida ishlab chiqilgan uslublardan foydalanildi. Olingan ma’lumotlarning
aniqligi va ishonchliligi umumiy qabul qilingan B. A. Dospexovning ko‘p omilli
uslubi yordamida matematik-statistik tahlil qilindi.
Baqlajondan yuqori hosil olishning tuproq-iqlim sharoiti va minerall o‘g‘itlar
me’yoriga bog‘liqlik texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Azotli o‘g‘itlarni qo‘llash natijasida tuproq tarkibidagi ammoniy shakldagi azot
miqdori yanada oshdi. Tadqiqotni ko‘rsatishicha, tuproqda nitrat shakldagi azot
miqdori ammoniy shakldagi azot miqdoridan ancha yuqori bo‘ldi. Umuman olganda
tuproqda ammoniy shakldagi azot miqdorini tabiiy holatda kam bo‘lishi kuzatildi. Bu
baqlajon o‘simligini maqbul o‘sishi, rivojlanish va hosil to‘plashi uchun yetarli
emas.Azotli o‘g‘itlarni qo‘llash tuproqdagi harakatchan ammoniiy va nitrat azotlari
miqdorini oshirib baqlajon yuqori hosil yetishtirish uchun qulay sharoit yaratdi.
Unumdor tuproq sanoat miqyosida barqaror oʻsimliklarni yetishtirishning
kalitidir, ammo oʻsimlikni oziq-moddalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun
tuproq yetarli oziq moddalarga ega emas. Suspenziyali oʻgʻitlar esa qishloq
xoʻjaligida hozirgi kunda ekologik va agrotexnik mezonlarga javob beradigan sifatida
bevosita xizmat qilmoqda. Ularning suyuq shakli, tarkibida erigan tuzning yuqori
konsentratsiyada ekanligi oʻsimlik tomonidan oziq modda sifatida samaraliroq
singdirish imkonini beradi.
Suyuq organik oʻgʻitlar oʻsimlikda biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni
yaxshilash bilan birgalikda ekinlarni yuqori oʻsish va rivojlanishiga yordam beradi.
Ularni qoʻllash oʻsimlik uchun makro va mikroelementlar, oʻsish regulyatorlari va
boshqa foydali moddalarning tez hosil boʻlishida hamda tabiatning biotik va abiotik
ta’sirlariga
bardoshliligini
oshirishda,
shuningdek,
tuproqda
foydali
mikrofloralarning faolligini sezilarli darajada oshiribgina qolmay, tuproq
unumdorligi va yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
379
Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosil ko‘p jihatdan bir qancha
omillarga bog‘liqdir. Ma’lumki, baqlajon o‘simligining hosildorligi va hosil sifati
qo‘llanilayotgan o‘g‘it turi hamda me’yoriga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p holatlarda
tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi ekinlarining qo‘shimcha
hosildorligining deyarli yarmi foydalanilayotgan mineral o‘g‘itlar hisobiga to‘g‘ri
keladi. Mineral o‘g‘itlar baqlajonning sifati va hosildorligini oshirishda muhim
axamiyat kasb etadi. Tuproqning tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqib baqlajonga
o‘g‘itlarni qaysi muddatda va maqbul me’yorda berish bu yuqori hosilning garovidir,
O‘g‘itlarni noto‘g‘ri vaqtda va noaniq miqdorda qo‘llash u umumiy hosildorlikni
sezilarli darajada tushirib yuboradi. Ilmiy manbalarga asosan ekinlar hosildorligi va
hosil sifati mineral o‘g‘itlar ta’sirida o‘simlik tanasida ro‘y beradigan fiziologik
jarayonlar xususiyatlariga bog‘liqdir. Har-xil me’yordagi azotli o‘g‘itlarning baqlajon
hosildorligiga ta’sirini aniqlash maqsadida (ochiq yer muhitida) baqlajonning Surxon
go‘zali navi ekilib ularga har-xil me’yordagi azotli o‘g‘it berib sinaldi. Umuman,
baqlajondan yuqori va sifatli hosil olish bugungi kunda shu sohaning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. O‘simliklar xususan baqlajonni oziq moddalarga
bo‘lgan talabi, gullash, shonalash, va hosil to‘plash davrlarida ortadi. Ushbu davrda
kelib ba’zi poliz va sabzavot ekinlari ular tomonidan oson o‘zlashtiriladigan, oson
singuvchi mineral o‘g‘itlarga ko‘proq zarurat sezadi. Bu kabi o‘g‘itlar jumlasiga
karbomid, qo‘shsuperfosfat xlorsiz kaliylar kiradi. Ammo shuni yodda tutish kerakki,
bu bilan xuddi shu o‘g‘itlar bilan cheklanib qolish kerak degan xulosaga kelib
qolmaslik lozim. Tajribada bir xil ko‘chatlar sonida turli me’yordagi mineral o‘g‘itlar
ta’sirida hosil to‘plashi va bir dona baqlajonning vazniga ta’siri o‘ziga hos bo‘ldi.
O‘g‘it qo‘llanilmagan nazorat variantida bir dona baqlajon ko‘chatda 1-3 dona
baqlajon shakillangan bo‘lib, uning vazni 90 grammdan oshmagan holda o‘rtacha 1
tupda 0,3 kg hosil to‘plandi. N
0
P
200
K
100
fonidagi variantda bir dona o‘simlikdagi
mevalar soni 2-4 dona, bir dona baqlajon mevasining o‘rtacha og‘irligi 100 grammni
tashkil etib 1 tupda hosildorlik o‘rtacha 0,5 kg ni tashkil etganligi aniqlandi.
N
150
P
200
K
100
fonidagi variantda bir dona o‘simlikdagi mevalar soni 3-4 dona, bir dona
baqlajon mevasining og‘irligi 110 grammni tashkil etib 1 tupda hosildorlik o‘rtacha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
380
0,7 kg ni tashkil etganligi aniqlandi. N
200
P
200
K
100
fonidagi variantda bir dona
o‘simlikdagi mevalar soni 5-6 dona, bir dona baqlajon mevasining og‘irligi 120
grammni tashkil etib 1 tupda hosildorlik o‘rtacha 1 kg ni tashkil etganligi aniqlandi.
N
250
P
200
K
100
fonidagi variantda bir dona o‘simlikdagi mevalar soni
5-7 dona, bir dona baqlajon mevasining og‘irligi 130 grammni tashkil etib 1 tupda
hosildorlik o‘rtacha 1,6 kg ni tashkil etganligi aniqlandi. N
300
P
200
K
100
fonidagi
variantda bir dona o‘simlikdagi mevalar soni 5-7 dona, bir dona baqlajon mevasining
og‘irligi 130 grammni tashkil etib 1 tupda hosildorlik o‘rtacha 1,6 kg ni tashkil
etganligi aniqlandi. N
350
P
200
K
100
fonidagi variantda bir dona o‘simlikdagi mevalar
soni 4-6 dona, bidona baqlajon mevasining og‘irligi 130 grammni tashkil etib 1 tupda
hosildorlik o‘rtacha 1 kg ni tashkil etganligi aniqlandi. N
400
P
200
K
100
fonidagi variantda
bir dona o‘simlikdagi mevalar soni 3-4 dona, bir dona baqlajon mevasining og‘irligi
150 grammni tashkil etib 1tupda hosildorlik o‘rtacha 0,8 kg ni tashkil etganligi
aniqlandi ammo mevasi tarkibidagi nitrat miqdori yuqori bo‘lib istemolga yaroqsiz
holatda bo‘ldi. Ko‘pincha oziq-ovqatda foydalanishni cheklaydigan sabzavot
mahsulotlari sifatining asosiy ko‘rsatkichi nitrat tarkibidir. Nitratlar va ularning
hosilalari nitritlar, nitrozaminlar va boshqa birikmalar insonning bir qator jiddiy
kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin (V.G. Mineev, 1990). Shuning uchun
sabzavot, meva va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida nitratlarning kontsentratsiyasini
tartibga solish zarur. Baqlajonda nitratlarning maksimal ruxsat etilgan maksimal
miqdorini (MAC) 300 mg/kg.
Azotli o‘g‘itlar mevalarda nitrat miqdorini sezilarli darajada oshirdi. Dozaga
qarab nitrat tarkibidagi o‘zgarishlarning qat’iy mutanosibligi kuzatilmadi, ammo
azotli o‘g‘itlar dozasining oshishi bilan mevalarda nitratlarning kontsentratsiyasi
oshdi. Azot dozalari N
350
va N
400
kg bo‘lgan 7-8 variant bo‘yicha tadqiqotning
birinchi yilida mevalardagi nitrat miqdori 320-400 mg/kg dan yuqori bo‘lgan.
Mineral o‘g‘itlar qo‘llash natijasida tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdorini
ko‘payishi, baqlajon o‘simligining o‘sishi va rivojlanishini yaxshilanishi, natijasida
baqlajon o‘simligining hosildorligi ortishiga olib keladi. Masalan tajribadagi o‘g‘it
berilmagan nazorat variantida va 2-3-variantimizda ham hosildorlik eng kam bo‘ldi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
381
Azotli o‘g‘itlar me’yorida berish baqlajon hosildorligini sezilarli ortishiga olib keladi.
Ya’ni gektariga P
200
K
100
fonidagi variantida azotli o‘g‘itlar me’yorini N
250
kg/ga dan
N
300
kg/ga qo‘llash o‘simlikning jadal o‘sib rivojlanishini ta’minlab undan olinadigan
hosil salmog‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Xar xil meyordagi azotli o‘g‘itlaning bir o‘simlik bo‘yi, meva soni,vazni
va nitrat miqdoriga tasiri
Xulosa
qilib aytganda: baqlajon ekinining o‘sish va rivojlanishi bo‘yicha olib
borgan kuzatuvlar natijasida ob-havoning va ayniqsa azotli mineral o‘g‘itlarning
hissasi katta ekanligi aniqlanadi.Vaholanki azotli mineral o‘g‘itlar baqlajon ekinining
o‘sishi jarayonlariga , shuningdek gullar va mevalarning shakllanishi uchun eng
kerakli bo‘lgan mineral o‘g‘itdir. Mineral o‘g‘itlarsiz baqlajon o‘z-o‘zidan rivojlana
T\r
V
ar
ian
tl
ar
Yil-
lar
bir
o‘simlikdagi
bo‘y uzunligi
sm
bir
o‘simlikdagi
meva soni
(dona)
bir
o‘simlikdagi
meva vazni gr
bir
o‘simlikdagi
nitrat miqdori
mg/kg nam
vazn
bir
o‘simlikdagi
hosildorlik
o‘rtacha kg
2023
2024
2023
2024
2023
2024
2023
2024
2023
2024
1
Nazorat
30
28
1-3
1-2
100
100
102
100
0,3
0,2
2
N
0
P
200
K
10
0
35
33
2-4
2-3
120
120
114
110
0,5
0,3
3
N
150
P
200
K
100
45
43
2-5
2-4
123
123
124
120
0,8
0,6
4
N
200
P
200
K
100
55
52
3-5
3-5
125
125
250
220
1,3
1
5
N
250
P
200
K
100
68
67
5-7
5-7
130
130
300
280
1,5
1,3
6
N
300
P
200
K
100
70
68
5-7
5-7
130
130
300
290
2
2
7
N
3500
P
200
K
100
75
71
6-8
6-8
133
133
320
300
2
2
8
N
400
P
200
K
100
75
73
6-8
6-8
135
135
400
320
2,5
2,3
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
382
olmaydi. Shuning uchun xam baqlajonga o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llay bilish,tuproqqa
qancha miqdorda o‘g‘it kiritishni hisobga olish lozim hisoblanadi. Binobarin bu
moddalarning tuproqda kamligi yoki ko‘pligi ekinga va tuproqqa salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Azotli o‘g‘itlarni qo‘llash natijasida tuproq tarkibidagi ammoniy shakldagi azot
miqdori yanada oshdi. Tadqiqotni ko‘rsatishicha, tuproqda nitrat shakldagi azot
miqdori ammoniy shakldagi azot miqdoridan ancha yuqori bo‘ldi.Umuman olganda
tuproqda ammoniy shakldagi azot miqdorini tabiiy holatda kam bo‘lishi kuzatildi. Bu
baqlajon o‘simligini maqbul o‘sishi, rivojlanish va hosil to‘plashi uchun yetarli emas.
Azotli o‘g‘itlarni qo‘llash tuproqdagi harakatchan ammoniiy va nitrat azotlari
miqdorini oshirib baqlajondan yuqori hosil yetishtirish uchun qulay sharoit yaratdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-fevraldagi “Qishloq xo’jaligida
bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko’rsatishni yanada
rivojlantirish to’g’risida”gi PF-6159-son Prezident Farmoni.
2.
FAO, 2016. Intsreasing the resilentse of agritsultural
livelihoods.
FAO, 2021. World Food and Agritsulture - Statistitsal Yearbook 2021.
FAO, IFAD, UNICEF, WPF, WHO, 2021
FAO, IFAD, UNICEF, WPF, & WHO, 2021. The State of Food Setsurity and
Nutrition in the World 2021. Transforming food systems for food setsurity, improved
nutrition and affordable healthy diets for all.
N. Bai, H. Zhang, S. Zhou, H. Sun, Y. Zhao, X. Zheng, S. Li,
J. Zhang, W. Lv Long-term yeffetsts of straw return and straw-derived biochar
amendment on batsterial sommunities in soil aggregates
Stsi. Rep., 10 (1) (2020), p. 7891,
10.1038/s41598-020-64857-w View PDF
This artitsle is free to atstsess.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
383
M. Siedt, A. Schäffer, K.E.C. Smith, M. Nabel, M. Roß-
Nitskoll, J.T. van Dongen Comparing straw, sompost, and biochar regarding their
suitability as agritsultural soil amendments to affetst soil strutsture, nutrient leaching,
mitsrobial sommunities, and the fate of pestitsides
Stsi. Total Environ., 751 (2021),
10.1016/j.stsitotenv.2020.141607
View PDFView artitsleView in StsopusGoogle Scholar
M.-S. Turmel, A. Speratti, F. Baudron, N. Verhulst, B. Govaerts
Crop residue management and soil health: A systems analysis
Agr. Syst., 134 (2015), pp. 6-16,
View PDFView artitsleView in StsopusGoogle Scholar
J. Urra, I. Alkorta, C. Garbisu Potential benefits and risks for soil
health derived from the use of organits amendments in agritsulture
Agronomy, 9 (9) (2019), p. 542
https://www.mdpi.tsom/2073-4395/9/9/542
CrossRefView in StsopusGoogle Scholar
P. Alvarenga, C. Mourinha, M. Farto, T. Santos, P. Palma, J. Sengo, M.C. Morais, C
. Cunha-Queda
Sewage sludge, sompost and other representative organits wastes as agritsultural soil
amendments: benefits versus limiting fatstors
Waste Manag., 40 (2015), pp. 44-
View PDFView artitsleView in StsopusGoogle
J. Urra, I. Alkorta, C. Garbisu Potential benefits and risks for soil
health derived from the use of organits amendments in agritsulture
Agronomy, 9 (9) (2019), p. 542
https://www.mdpi.tsom/2073-4395/9/9/542View
artitsle CrossRefView in StsopusGoogle Scholar
8.M. Siedt, A. Schäffer, K.E.C. Smith, M. Nabel, M. Roß-Nitskoll, J.T. van Dongen
Comparing straw, sompost, and biochar regarding their suitability as agritsultural soil
amendments to affetst soil strutsture, nutrient leaching, mitsrobial sommunities, and
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
384
the
fate
of
pestitsides
Stsi.
Total
Environ., 751 (2021),
10.1016/j.stsitotenv.2020.141607View PDFView artitsleView in
9. Zokirov X.X., Normuratov O.U. Pomidordan ekologik toza mahsulot etishtirishda
moldsitim va yekositim biopreparatlarining samaradorligi // Xorazm Mammun
akademiyasi axborotnomasi. Xiva -2018 yil №1, 47-51 betlar.
10. https://www.agro.olam.uz