MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
259
YANGI O`ZBEKISTONDA AYOLLAR VA BOLALAR
SALOMATLIGINI SAQLASH.
PROTECTING THE HEALTH OF WOMEN AND CHILDREN IN
THE NEW UZBEKISTAN.
Pirnazarova Madinabonu Shuhratjon qizi.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbyot fakulteti talabasi.
O`zbekiston, Termiz.
Pirnazarova Madinabonu Shukhratjon kizi.
Student, Faculty of Medicine, Termez University of Economics and Service.
Uzbekistan, Termez.
Annotatsiya: Maqolada O`zbekiston respublikasida onalar va bolalar
salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog’lom, jismonan va aqlan barkamol
bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi bayon
etilgan. Bu borada sog’liqni saqlash tizimida onalar va bolalar salomatligini
yanada muhofaza qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar tadqiq etilgan.
Abstract: The article describes the system of state and social-medical
activities aimed at maintaining and strengthening the health of mothers and children,
raising healthy, physically and mentally competent children in the Republic of
Uzbekistan. In this regard, proposals and recommendations for further protection of
the health of mothers and children in the health care system have been researched.
Kalit so’zlar: oilaviy va bolalar poliklinikalari, perinatal markazlar,
reproduktiv salomatlik, inklyuziv ta’lim, “Ona va bola skrining”, “Ayollar
maslahatxona”lari, “Qizlar salomatlik markazlari”, tibbiyot brigadalari, Perinatal
markaz.
Key words: family and children's polyclinics, perinatal centers, reproductive
health, inclusive education, "Mother and child screening", "Women's consultation
rooms", "Girls' health centers", medical brigades, Perinatal center.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
260
Insonning eng katta boyligi bu albatta, uning sog’ligidir. Shu bois, keyingi
yillarda yurtimizda aholining salomatligini yaxshilash va mustahkamlash borasida
katta ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar sog’ligiga qayg’urish davlatimiz
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda bu borada qator
vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib, yildan-yilga ayollarga tibbiy xizmat ko’rsatish
sifati yaxshilanmoqda, ajratiladigan mablag’lar ham sezilarli oshirilmoqda. Ayollar
salomatligi jamiyat boyligi hisoblanar ekan, demak tug’ilgan kunidan boshlab
qizlarning sog’ligini saqlash va mustahkamlash yo’lida global va mahalliy miqyosda
doimiy ko’mak va imkoniyatlar berilishi tabiiydir. So’nggi yillarda mamlakatimizda
fertil yoshidagi ayollarning sog’ligini tiklash maqsadida bepul dori va vitaminlar
bilan ta’minlanishi yo’lga qo’yildi.
Onalar va bolalar muhofazasi
– onalar va bolalar salomatligini saqlash va
mustahkamlash, sogʻlom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga
karatilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida bu
tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish
krnunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, shuningdek,
akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash-
profilaktika
muassasalari
tarmoklarini
yaratishga
asoslangan.
Mamlakat
mustaqillikka erishganidan soʻng Onalar va bolalar muhofazasiga qaratilgan keng
kamrovli choratadbirlar koʻzda tutilgan dasturlar ishlab chiqilgan. 1998-yildan
Toshkentda „Oila“ ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsata boshladi; bu markazda
Oʻzbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid muammolar
yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish
soatlari cheklanadi, ularga toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, shuningdek,
zaruriyatdan kelib chiqib oʻzlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari
beriladi. Har bir ona va bola sogʻligʻini kuzatish, ularga malakali tibbiy yordam
koʻrsatish ham davlat zimmasida. Sogʻlom avlodni tarbiyalash maqsadida davlat
organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan maktabgacha taʼlim, maktab,
internat maktab, bolalarni sogʻlomlashtirish komplekslari kabi xilma-xil tarmokdar
rivojlantirilmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
261
Onalar va bolalar muhofazasiga 2 asosiy boʻlimni: akusherlik-ginekologiya
(tugʻishga yordam berish) va bolalarga davolash-profilaktika yordami koʻrsatishni
tashkil qilishni oʻz ichiga oladi. Akusherlik-
muassasalar, xususan, shaharda tugʻruqxonalar, shuningdek, tarkibida ayollar
maslahatxonasi boʻlgan tufuqxona komplekslari, kasalxonalarning akusherlik-
ginekologiya boʻlimlari, akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti, tibbiyot
institutlari akusherlik-ginekologiya ka-fedrasi tarkibidagi shu soha boʻlimlari, ayollar
maslahatxonasi, poliklinika va ishlab chiqarish korxonalari tibbiy-sanitariya qismi
qoshidagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari amalga oshiradi. Qishloq joylarda
ayollarga akusherlik-ginekologiya yordamini viloyat, tuman kasalxonalarining
tugʻruqxona boʻlimlari, ambulatoriyasi, feldsherakusherlik punktlari va
poliklinikadagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari koʻrsatadi.
Ayollar maslahatxonasi oʻz hududidagi poliklinika, homiladorlarni
sogʻlomlashtirish muassasalari, „Ona va bola skrining“ markazi va perinatal
markazlar, tibbiy-genetik, shuningdek, „Nikoh va oila“ maslahatxonalari, oilaviy va
bolalar poliklinikalari, koʻp tarmokli kasalxonalarning ixtisoslashtirilgan boʻlimlari
bilan uzviy bogʻliq holda faoliyat koʻrsatadi.
Onalar va bolalar muhofazasiga tizimida davolash-profilaktika yordamining
bir nechta bosqichlari mavjud: 1-bosqich – yoshlarni jinsiy masalalarga tayyorlash,
sogʻlom oila qurish, jinsiy hayot genetikasi va jinsiy yoʻl orqali yuqadigan ka-
salliklardan boxabar etish boʻyicha yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatishni „Oila
va nikoh“ ilmiy maslahatxonalari amalga oshiradi. 2-bosqich – homilani antinatal
muhofazalash kompleks choratadbirlarini amalga oshirish ayollar maslahatxonasi,
tugʻ-ruqxona komplekslari va boshqa faoliyatiga kiradi. 3-bosqich – tugʻishni
bekamu-koʻst olib borish uchun homilani institutranatal muxrfazalash – bu
tugʻruqxonalar zimmasiga yuklatilgan. 4-bosqich – yangi tugʻilgan chaqaloq
sogʻligʻini himoya etish, uni emizish, umumiy holati, fiziologik rivojlanishini nazorat
qilish va boshqa tugʻruqxonalarning chaqalokdar boʻlimida koʻzdan kechirib boriladi.
5-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish. 6-bosqich –
maktab yoshidagi bolalar sogʻligʻigi himoya qilish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
262
Onalar va bolalar muhofazasiga tizimida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan Akusherlik va ginekologiya instituti,
Pediatriya ilmiy tadqiqot instituti, „Ona va bola“ kasalxonasi va markazlari,
shuningdek, shu sohaga oid qator davolash-profilaktika muassasalarida Onalar va
bolalar muhofazasiga boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Hech shubhasiz, davlatimizning ayollar o’rtasida kasalliklar profilaktikasi
bo’yicha tizimli va davomli tadbirlari o’z natijasini beradi. Onalar va bolalar
muhofazasi - onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sogʻlom,
jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-
tibbiy tadbirlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida bu tizim ayollar, homiladorlar va
emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish qonunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-
huquqiy himoya qilish, shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya
yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash profilaktika muassasalari tarmoqlarini
yaratishga asoslangan.
Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarning reproduktiv salomatligini
muhofaza qilish – bu davlat siyosati darajasida eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan
masalalardan biridir. Respublikamizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish
tizimi rivojlanib, har bir viloyat va yirik shaharlarda perinatal va skrining markazlari
tashkil etilgan. Umuman olganda, sog‘lom farzandni voyaga yetkazish, aholi,
xususan, bolalar va o‘smirlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash
bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Qarindoshurug‘lar o‘rtasida nikoh, erta
homiladorlik, alkogol, narkotik moddalarni iste’mol qilish, chekish va uning
homilaga ta’siri, ekologiya va ijtimoiy holat reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar sirasiga kiradi. Reproduktiv salomatlik nafaqat ayolning, balki
erkakning ham o‘zidan sog‘lom zurriyot qoldira olish davridagi salomatligidir.
Ayniqsa, bu borada o‘smir yigit-qizlarning salomatligiga jiddiy e’tibor qaratish
zarur. Bunda asosiy e’tibor oila farovonligini ta’minlash, ularda ijobiy psixologik
iqlimning hukm surishi, onalar va bolalar salomatligini saqlash, oilalarning tom
ma’noda ta’sirini ko‘rsatadi. Ko‘rsatib o‘tilgan xavf omillari keyinchalik ularning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
263
oilalarida irsiy kasalliklarga chalingan farzandlarning dunyoga kelishi, homilada
fiziologik jarayonlarning normal kechishining buzilishida kuzatiladi. Reproduktiv
salomatlikka kuchli tahdid soladigan omillardan biri irsiy kasalliklar sanaladi.
Naslda irsiy kasalliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida nikohlanadigan
yoshlar tibbiygenetik konsultatsiyadan o‘tishi qonun bilan belgilangan. Tug‘ma
kasalliklarni irsiy kasalliklardan farq etish zarur. Tug‘ma kasalliklar homilaning
rivojlanishidagi buzilishlar, masalan, onaning homiladorlik davrida og‘ir infeksiya
kasalliklariga chalinishi, chekish va alkogol ichimliklarini qabul qilinishi, oiladagi
notinchlik, asab buzilishi, ichki va tashqi muhitning zararli omillari ta’sirida vujudga
keladi, aksari hollarda nasldan naslga o‘tmaydi.
Soʻnggi yillarda onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish, ularga ixtisoslashgan va yuqori texnologik tibbiy
yordam koʻrsatish, reproduktiv salomatlikni saqlash, goʻdaklar va bolalar oʻlimining
oldini olishga qaratilgan qator qonunlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi.
Aholini profilaktik koʻrik, tizimli patronaj bilan qamrab olish va reproduktiv
salomatligini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan choralar oʻz natijasini bermoqda.
Shuningdek, ginekologik kasalliklarni zamonaviy xalqaro talablarga mos
tashxislash, davolash va reabilitatsiya usullari amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.
Onalik va bolalikni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan markazlardagi malakali
mutaxassislarining joylarga chiqib homiladorlar, reproduktiv yoshdagi ayollarni
tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi, mahorat darslari va oʻquv-seminarlari tashkil etishi
yoʻlga qoʻyilgan.
O`zbekison respublikasi Prezidentining 25.04.2022 yildagi “2022-2026
yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish toʻgʻrisidagi qarori qabul
qilindi. Qaror bilan 2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni
kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Hujjatga koʻra, quyidagilar tashkil etildi:
- Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali
Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri”;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
264
- Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda
chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi;
- Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida
bolalar anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari hamda kecha-yu kunduz shoshilinch
tibbiy yordam koʻrsatuvchi pediatriya postlari;
- Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida
bolalarda irsiygenetik, shu jumladan, orfan kasalliklarga barvaqt tashхis qoʻyish
boʻyicha Referens laboratoriya yoʻlga qoʻyildi.
2022 yil 1 maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik
immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaхslar (ota-
ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish joriy qilindi. Keyingi yetti yillikda
mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida ulkan islohotlar olib borilyapti. Shu
yilning 8 sentyabrda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Onalar va bolalar
salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash
choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi
bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabrdan
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
hamda uning 14 hududiy filiali tashkil etiladi. Birlamchi tibbiyotsanitariya yordami
muassasalarida “tibbiyot brigadalari” o‘zlariga biriktirilgan hududlarda homilador
ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil
etadi, homilador ayollar holatini doimiy monitoring qilib boradi, tug‘uruqdan
keyingi davrda ona va bolaning davriy patronajini olib boradi. Shuningdek,
Markazning hududiy filiallari xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan
o‘tkazadi, ularni davolaydi, irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori
vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Respublika perinatal
markazi esa erta tug‘uruq xavfi bo‘lgan homiladorlarga, shuningdek, muddati
yetmasdan (22-28 haftalik) tug‘ilgan chaqaloqlarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar
ko‘rsatadi. Homilador ayollar va yangi tug‘ilgan bolalar skriningi bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini
joriy etadi. Akusherlik-ginekologiya, tibbiy -genetik maslahat, sog‘lom oilani
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
265
rejalashtirish, molekulyar-genetik tekshiruv, plastik va estetik ginekologiya,
yordamchi reproduktiv texnologiyalar xizmatlarini tashkil etadi.
Qaror bilan shuningdek, Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv
salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturga ko‘ra, homilador ayollar uy varaqasini
raqamlashtirish va amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan. Insonning eng katta
boyligi bu albatta, uning sog’ligidir. Shu bois, keyingi yillarda yurtimizda aholining
salomatligini yaxshilash va mustahkamlash borasida katta ishlar qilinmoqda.
Ayniqsa, xotin-qizlar sog’ligiga qayg’urish davlatimiz siyosatining ustuvor
yo’nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda bu borada qator vazifalar va chora-
tadbirlar belgilanib, yildan-yilga ayollarga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati
yaxshilanmoqda, ajratiladigan mablag’lar ham sezilarli oshirilmoqda. Yurtimizda
onalar va bolalar salomatligiga davlat siyosati darajasida katta e’tibor qaratib
kelinmoqda. Zero, mustahkam sog‘liqqa ega avlod istiqbolimizning metin
poydevori, davlat va jamiyat ravnaqining tayanchi sanaladi. Homiladorlik davrida
turli o‘tkir yuqumli kasalliklarni boshdan kechirish, endokrin va surunkali
xastaliklar, bo‘lajak onalarning noto‘g‘ri ovqatlanishi, ayollar organizmida yod,
foliy kislotasi, tuz tanqisligi, ekologik omillar, jumladan, ayrim dori preparatlarini
qabul qilish buning asosiy sabablaridir.
Bugungi
kunda
skrining
tizimi
barcha
viloyatlardagi
hududiy,
Qoralpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi Respublika skrining
markazidan iborat bo‘lib, ular homilador ayollar va chaqaloqlar skrining
tekshiruvlaridan o‘tkazmoqda. Ushbu bo‘limlar faoliyati oilada bolalarning tug‘ma
va irsiy xastaliklar bilan tug‘ilishining oldini olishga qaratilgan. Genetik,
nevropatolog, endokrinolog, ginekolog shifokorlarning maslahatlari, shuningdek,
bemorni maxsus usullar yordamida tekshirish irsiy kasallikka tashxis qo‘yish va
kasallik alomatlariga qarab davolash, oilada irsiy kasallik bilan bola dunyoga
kelishining oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, Respublika «Ona va bola
skrining» markazida faoliyat ko‘rsatayotgan genetika laboratoriyasida yangi
tug‘ilgan chaqaloqlar tug‘ma gipotireoz va fenilketonuriya kasalligi bo‘yicha hamda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
266
boshqa xromosoma sindromlarini aniqlash uchun tekshiruvlar o‘tkazilib tashxis
qo‘yiladi. Ayollar salomatligi jamiyat boyligi hisoblanar ekan, demak tug’ilgan
kunidan boshlab qizlarning sog’ligini saqlash va mustahkamlash yo’lida global va
mahalliy miqyosda doimiy ko’mak va imkoniyatlar berilishi tabiiydir.
Hech shubhasiz, davlatimizning ayollar o’rtasida kasalliklar profilaktikasi
bo’yicha tizimli va davomli tadbirlari o’z natijasini beradi.
ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi “2022-2026
yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish” toʻgʻrisidagi Qarori.
2. A.G’afurov, A.Abdukaimov, J.Tolipova, O.Ishankulov, M.Umaraliyeva,
I.Abduraxmovaning Biologiya kitobi.
3. M O’zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 8. Ota- onaning majburiyatlari
manba: https://advice.uz 9. Ona va bola skriningi 195-son 23.04.2004 manba
:https://lex.uz.
4.UNICEF-har bir bola uchun. Inklyuziv ta’lim manba:
5. Vaxidova Reproduktiv salomatlik-bu nima manba:
REFERENCES
1. Decision of the President of the Republic of Uzbekistan dated April 25, 2022 on
"Strengthening maternity and childhood protection in 2022-2026".
2. Book of Biology by A. Gafurov, A. Abdukaimov, J. Tolipova, O. Ishankulov, M.
Umaraliyeva, I. Abdurakhmova.
3. M OZME. The first volume. Tashkent, 2000 8. Obligations of parents source:
https://advice.uz 9. Mother and child screening No. 195 23.04.2004 source:
https://lex.uz.
4. UNICEF-for every child. Inclusive Education Source: https://www.unicef.org
5. Vahidova What is reproductive health source: https://khadicha.uz