Authors

  • Pirnazarova Madinabonu Shuhratjon qizi

Author Biography

  • Pirnazarova Madinabonu Shuhratjon qizi

    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbyot fakulteti talabasi. O`zbekiston, Termiz.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94999

Keywords:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalar salomatligi oila sog‘lom muhit sog‘lom ovqatlanish bolalar gelmintoz profilaktikasi to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi tibbiy-sanitariya.

Abstract

Ma'lumki, kompyuter texnologiyalari asrida, afsuski, bolalar o‘rtasida ochiq maydonlarda jismoniy harakat talab etadigan o‘yinlarning ahamiyati pasayib ketdi. Natijada, bu ularning jismoniy va psixologik holatiga ma'lum ma'noda salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham bolalarning tarbiyalashni takomillashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishni davom ettirish, ushbu yo‘nalishda davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar va mahalliy hokimiyat organlarining o`rni katta.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

274

BOLALARNI TARBIYALASHNI TAKOMILLASHTIRISHGA, SOG‘LOM

VA BARKAMOL AVLODNI SHAKLLANTIRISHGA INTILISH.

Pirnazarova Madinabonu Shuhratjon qizi.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbyot fakulteti talabasi.

O`zbekiston, Termiz.

Pirnazarova Madinabonu Shukhratjon kizi.

Student, Faculty of Medicine, Termez University of Economics and Service.

Uzbekistan, Termez.

Annotatsiya

: Ma'lumki, kompyuter texnologiyalari asrida, afsuski, bolalar

o‘

rtasida ochiq maydonlarda jismoniy harakat talab etadigan o‘yinlarning

ahamiyati pasayib ketdi. Natijada, bu ularning jismoniy va psixologik holatiga

ma'lum ma'noda salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham bolalarning

tarbiyalashni takomillashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish

bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini

amalga oshirishni davom ettirish, ushbu yo‘nalishda davlat, nodavlat notijorat

tashkilotlar va mahalliy hokimiyat organlarining o`rni katta.

Kalit so’zlar: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, bolalar salomatligi, oila,

sog‘lom muhit, sog‘lom ovqatlanish, bolalar gelmintoz profilaktikasi, to‘g‘ri

ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi, tibbiy-sanitariya.

Inson murakkab – ruh va jismdan tarkib topgan ulug mavjudotdir. Shunday

ekan, u barkamol bo‘lishi uchun ham ruhan, ham jisman yetuk bo‘lishi lozim. Agarchi

insonning insonligi uning ruhi bilan bo‘lsaـda, uni borliqda jismsiz ham tasavvur qilib

bo‘lmaydi.

Islom dini sog‘liqni saqlashga katta ahamiyat berib, quyidagi omillarga

alohida e’tibor berishni talab yetadi: - tozalikka rioya qilish; - sog‘liqqa zarar

yetkazuvchi va atrofni iflos qiluvchi narsalardan qaytarish; - badantarbiya; - sog‘liqqa

zararli narsalardan tiyilish; - jismni toliqtirishdan qaytarish; - sog‘liqni saqlash

maqsadida yengillik va ruxsatlar berish va hokazolar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

275

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin barcha

sohalarda keng islohotlarni amalga oshirib, bolalarni tarbiyalashni va qadriyatlarni

tiklashga hamda uni rivojlantirishga katta e’tibor berildi.

O`zbekiton Respublikasida bolalarni tarbiyalashni takomillashtirishga,

sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish uchun quyidagilar nazarda tutiladi:

- bolalar farovonligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani

takomillashtirish, kamol topayotgan yosh avlodning manfaatlarini himoya qilish

bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritish;

- onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish, sog‘lom

turmush tarzini shakllantirish;

- bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va voyaga yetkazish sifatini

oshirish;

- oilada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, bolalarni

tarbiyalash uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;

- ijtimoiy nochor bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash;

- bolalar o‘rtasida qonun buzilishlarining oldini olish va odil sudlov sohasida

bola manfaatlarini ta’minlash

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, jismoniy faollik

hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘

miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish,

shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida

yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak

qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator

kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan olingan saboqlar

kasallikning og‘irligi va o‘lim holatlarining katta qismi noto‘g‘ri turmush tarzi tufayli

kelib chiqadigan yo‘ldosh kasalliklar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatdi.

Aholining sog‘lom ovqatlanishi va jismoniy faolligini ta’minlashda davlat

siyosatini yanada mustahkamlash, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi

borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, har bir


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

276

fuqaroda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish

maqsadida respublikamizda aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha shunday tartib

o‘rnatilgan, unga ko‘ra:

- 6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish

maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;

- 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini bilan;

- 2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus

preparatlar bilan bepul ta’minlanadi;

- homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalar yod

preparati bilan;

- 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati

bilan bepul ta’minlanadi;

Bolalarning 5 yoshgacha bo‘lgan davrda optimal rivojlanishi va o‘sishini

ta’minlash maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi patronajning universal-

progressiv modeli bosqichma-bosqich joriy etilgan:

- homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha

bolalari mavjud oilalar uchun amaldagi shtatlar doirasida alohida patronaj

hamshirasini biriktirish;

- ushbu patronaj hamshirasi tomonidan umumiy holati qoniqarli va xavf

guruhidagi aholini aniqlash hamda ular sog‘lig‘ining umumiy holatini

differensiallashgan yondashuv asosida kuzatib borish;

- umumiy holati qoniqarli bo‘lgan barcha homilador va tug‘ruqdan keyingi

davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalarni yagona me’yor asosida

bevosita kuzatish;

- ruhiy tushkunlik holati, bolaning to‘g‘ri ovqatlanishi va rivojlanishi uchun

sog‘lom muhitni ta’minlashda qiyinchiliklari mavjud xavf guruhidagi homilador va

tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarning

har biriga individual reja asosida kengaytirilgan yordam ko‘rsatish.

Respublikamiz viloyatining tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy

poliklinikalarida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

277

maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat “To‘g‘ri

ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari tashkil etilgan.

“To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarda aholiga to‘g‘ri

ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda

profilaktik tadbirlarni olib boriladi.

Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va

ularni ixtisoslashtirish markazi hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga birlamchi

tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiy xodimlari uchun diyetologiya bo‘yicha

qayta tayyorlash kurslarini, aholi uchun ovqatlanish bo‘yicha maslahatchi tayyorlash

kurslarini tashkil etilgan.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida qo‘shimcha

ravishda sog‘lom va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosining asosiy turlarini

kengaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarini mikronutriyentlar bilan boyitish, aholining

yoshi, jinsi, fiziologik holati, kasbi va kasalliklaridan kelib chiqqan holda sog‘lom va

parhezli ovqatlanish hamda profilaktik tibbiyot masalalari bo‘yicha canitariya

qoidalari va me’yorlarini tayyorlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va ilmiy

tadqiqotlar olib borilmoqda.

Ayni damda aholi orasida targ‘ibot ishlarini taniqli madaniyat vakillari va

sportchilarni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda

videorolik shaklida, aholi orasida infografik tarqatma materiallardan foydalangan

holda olib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yilgan. Bunda, ayniqsa, noto‘g‘ri ovqatlanish

va kam harakatlanishning inson salomatligiga salbiy ta’siri, xususan buning oqibatida

yuzaga keladigan kasalliklar va ularning asoratlari hamda kasalliklar profilaktikasi va

uni davolashda meva va sabzavotlarning xususiyatlari, jismoniy tarbiya va ommaviy

sport bilan shug‘ullanishning inson salomatligiga foydasini yoritishga alohida e’tibor

qaratilmoqda.

To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini yuritish maqsadida:

-

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Shaxsiy gigiyena va jismoniy

tarbiya asoslari” mashg‘ulotlari o‘tkaziladi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

278

-

respublika umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv darslarini qayta

ko‘rib chiqqan holda 1 — 4-sinflar uchun “Tarbiya” va “Atrofimizdagi olam” fanlari,

yuqori sinflar uchun “Biologiya” fani tarkibida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom

turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha “Salomatlik saboqlari” mavzulari kiritildi;

-

akademik litsey, professional va oliy ta’lim muassasalarining “Jismoniy

tarbiya” fani doirasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar

o‘tkazilmoqda;

-

tibbiyot

texnikumlarida

valeolog,

diyetolog,

nutritsiolog

mutaxassisliklarini tayyorlash, nutritsiolog va diyetolog magistratura (internatura,

klinik ordinatura) mutaxassisliklarini 1 yillik o‘quv dasturlari asosida tayyorlash

yo‘lga qo‘yildi;

-

tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, klinik ordinatura,

magistratura, tibbiyot kollejlari va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi

texnikumlarining barcha yo‘nalishlarida to‘g‘ri ovqatlanish mavzulari alohida siklda

o‘qitilyapti;

-

barcha mutaxassisliklar bo‘yicha vrach va o‘rta tibbiyot xodimlari

malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha fan dasturlariga “Sog‘lom

turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish mezonlari” mavzulari kiritildi.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, jumladan ko‘p tarmoqli va

oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlarida faoliyat yurituvchi vrach va o‘rta

tibbiyot xodimlarini diyetologiyani chuqurlashtirib o‘rgatgan holda valeologiya

bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda. Oilaviy shifokorlar va o‘rta tibbiyot

xodimlarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asosan yuqumli

bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha katta yoshdagi aholiga maslahatlar

berish tashkillashtirildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i

uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar bilan tamg‘alash quyidagi

tartibda ikki bosqichda joriy etildi:

-oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

279

-xavfsizlik belgisi bilan tamg‘alangan oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasi

imtiyozli tariflar asosida tarqatiladi (joylashtiriladi);

-ta’lim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan

tamg‘alanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday

mahsulotlarni realizatsiya qilish savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi;

Respublika hududida realizatsiya qilish uchun olib kiriladigan va mahalliy

ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari ularning inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz

yoki zararli ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar bilan majburiy tartibda tamg‘alanadi.

Bunda, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdorini hisobga olgan holda oziq-ovqat

mahsulotlarining inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilash davlat

sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

«Mamlakatimizning barcha hududlarida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning

oldini olish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy

faolligini oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularda

aholi faol ishtirok etmoqda. Bu safargi tadbirlar bolalar salomatligiga bag‘ishlandi.

Unda maktabgacha va maktab yoshidagi o‘quvchilari o‘rtasida salomatlik startlari

o‘tkazildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari va aholi ishtirokida qator tibbiyot

muassasalarida 5 kilometrga faol yurish va gimnastika mashg‘ulotlari ham tashkil

etildi.

Ma'lumki, kompyuter texnologiyalari asrida, afsuski, bolalar o‘rtasida ochiq

maydonlarda jismoniy harakat talab etadigan o‘yinlarning ahamiyati pasayib ketdi.

Natijada, bu ularning jismoniy va psixologik holatiga ma'lum ma'noda salbiy ta'sir

ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham bolalarni gimnastika va sport o‘yinlariga ko‘proq

vaqt sarflashga undash lozim. Yengil mashqlar hatto chaqaloqlar uchun ham foydali

hisoblanadi. Ular bolaning tanasini chiniqtiradi, immunitetini kuchaytirib,

chidamliligini oshiradi. Bolalikdan boshlangan jismoniy tarbiya uning jismoniy

mashqlarga mehrini uyg‘otadi. Bu esa kelajakda uning sog‘lig‘iga tizimli ijobiy ta'sir

ko‘rsatishi turgan gap.

Bolalarga yengil gimnastika mashqlarini ertalab qilish tavsiya etiladi. Oilada

bunday mashg‘ulotlar odatiy bo‘lsa, bolalar jon deb shug‘ullanishadi. Ammo ular


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

280

taqlid qilishni yaxshi ko‘rganliklari bois kattalarga ergashib, tanasini zo‘riqtirib

qo‘yishlari mumkin. Bolalar uchun jismoniy tarbiya mashqlari o‘yin shaklida bo‘lishi

maqsadga muvofiq. Badiiy gimnastika bolalar uchun juda foydali hisoblanadi,

jumladan, egiluvchanlik va muvozanatni, harakat a'zolarini rivojlanadi.

Bolalar uchun eng yaxshi jismoniy tarbiya – bu muntazam yurishdir. Bolalar

ko‘chaga chiqqanda faqatgina qumda o‘ynab yoki arg‘amchida uchib o‘tirmasdan

faol yurishga ham o‘rganishi kerak. To‘rt yoshli bolalar uchun yurish taxminan 15-

20 daqiqadan oshmasligi kerak. 5 yoshga to‘lganda esa yurish 30-40 daqiqa davom

etsa maqsadga muvofiq.

Toza havoda muntazam yurish nafaqat salomatlikni yaxshilaydi, balki nafas

olish, mushak, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Yurganingizda

mushaklarning faol harakati tufayli tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi. Natijada

varikozning oldi olinadi, organizmdan toksinlar chiqib ketadi. Umuman olganda,

yurish vujudga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, immunitet va chidamlilikni oshiradi, aqliy

salomatlikni mustahkamlab, uyquni yaxshilaydi.

Mutaxassislarning fikricha, yurish yugurish va boshqa jismoniy mashqlardan

ko‘ra anchayin foydaliroqdir. Salomatlik maqsadida yurish uchta tamoyilga

asoslangan. Birinchisi, «Zarar qilmang», ya'ni intensivlik va davomiylik tananing

holatiga mos kelishi kerak. Ikkinchisi, bosqichma-bosqich, ya'ni sur'at, vaqt va

muddat tana uchun ortiqcha bosimlarsiz o‘sib borishi lozim. Uchinchi tamoyil esa

muntazamlik, ya'ni yurishning kunlik miqdoriga amal qilish. Tavsiyaga ko‘ra, yurish

haftasiga 3-4 marta, kamida 30 daqiqa davom etishi talab etiladi.

Shaxsning sog’lom turmush tarziga o’tishida quyidagilardan kelib chiqsa

samaradorligini bildiradi:

ijobiy va samarali tarzda xavf omillarining ta’sirini, kasallanishini

kamaytirganda yoki yo’q qilganda va natijada davolanish xarajatlarini

kamaytirganda;

inson hayotining sog’lom va bardoshli bo’lishiga hissa qo’shganda;

yaxshi

oilaviy

munosabatlar,

bolalar

salomatligi

va

baxtini

ta’minlaganda;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

281

shaxsning o’zini o’zi anglash ehtiyojini qondirish uchun asos bo’lib,

yuqori ijtimoiy faollik va ijtimoiy muvaffaqiyatni ta’minlaganda;

shaxsning yuqori ish qobiliyatini, ishda charchoqning kamayishini,

yuqori mehnat unumdorligini va shu asosda katta moddiy boylikka olib kelganda;

yomon odatlardan voz kechish, faol dam olish vositalari va usullaridan

unumli foydalanish bilan vaqt byudjetini oqilona tashkil etish va taqsimlash imkonini

berganda;

quvnoqlik, yaxshi kayfiyat va optimizmni ta’minlaganda.

Shunday qilib, Sharq mutafakkirlari bola sog‘lig‘ini mustahkamlash va

muhofaza qilishda jismoniy tarbiyaning roliga katta baho berganlar. Ular toza

havoning a hamiyati, terini parvarish qilish qoidalariga, organizmni chiniqtirshga,

jismoniy mashqlarga ko‘p e’tibor qilganlar. Kasalliklarning oldini olish va davolash

yuzasidan maslahatlar berganlar. Sharq mutafakkirlarining ovqatlanish, mehnat,

uxlash, jismoniy mashqlar masalalari yuzasidan bergan maslahatlari hozirgi kunda

ham a hamiyatlidir.

Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi,

kattalar va tengdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab

etiladi. Shuning uchun bola maktabga qadam qo‘yayotganida qanchalik bilimga ega

ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga

moslashishi ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil

harakat qilishi muhim hisoblanadi. Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z

kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga

kelish hamda unda “Men” kontsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir.

ADABIYOTLAR

1. B.B.Ma`murov Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.

Тошкент “Turon zamin ziyo” 2014. 2. D. Sharipova va boshqalar “Agar bolam

sog‘lom bo‘lsin desangiz“ (Ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning

gigiyenik tarbiyasi haqida) metodik qo‘llanma. T.: 2006. 3. Atoyev A.Q. Farzandingiz

barkamol bo‘lsin T., «Ibn Sino», 1990. 4. Sharipova D.J., Semenova L.M.

Kichkintoylarni gigiyenik tarbiyalash. T., “O‘qituvchi”, 1997.