Авторы

  • Jurakulova Rushana Sharofovna

Биография автора

  • Jurakulova Rushana Sharofovna

    Toshkent davlat yuridik universiteti

    Xususiy huquq fakulteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117799

Ключевые слова:

MAGATE atom energiyasi xalqaro hujjatlar xavfsizlik masalalari kelishuvlar konsepsiya protokol.

Аннотация

Ushbu maqolada atom energetikasini huquqiy tartibga solish masalasi yoritib berilgan bo’lib,bu maqolani o’qish orqali atom energetikasini huquqiy tartibga solishning tarixiy va bugungi davrda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bilan tanishasiz.Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish uchun qabul qilingan turli xalqaro hujjatlarning qabul qilinish uchun zarurat va ularning qanchalik samarali ishlayotganligi yoritib berilgan.Xalqaro tashkilotlarga a’zo davlatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorliklar va bu tashkilotlarning faoliyati haqida tanishishingiz mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

84

ATOM ENERGETIKASINING HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING

TARIXIY VA TADRIJIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Toshkent davlat yuridik universiteti

Xususiy huquq fakulteti 3-kurs talabasi

Jurakulova Rushana Sharofovna

E-mail:

jurakulovarushana74@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada atom energetikasini huquqiy tartibga solish

masalasi yoritib berilgan bo’lib,bu maqolani o’qish orqali atom energetikasini

huquqiy tartibga solishning tarixiy va bugungi davrda amalga oshirilayotgan tizimli

ishlar bilan tanishasiz.Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish uchun

qabul qilingan turli xalqaro hujjatlarning qabul qilinish uchun zarurat va ularning

qanchalik samarali ishlayotganligi yoritib berilgan.Xalqaro tashkilotlarga a’zo

davlatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorliklar va bu tashkilotlarning faoliyati haqida

tanishishingiz mumkin.

Kalit so’zlari: MAGATE, atom energiyasi, xalqaro hujjatlar, xavfsizlik

masalalari, kelishuvlar, konsepsiya, protokol.

ИСТОРИЧЕСКИЕ И ПОСТЕПЕННЫЕ ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ

ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ АТОМНОЙ ЭНЕРГЕТИКИ

Студентка 3 курса Ташкентского государственного юридического

университета факультета частного права

Журакулова Рушана Шарофовна

Электронная почта:

jurakulovarushana74@gmail.com

Аннотация. В данной статье освещен вопрос правового регулирования

атомной энергетики. Прочитав эту статью, вы познакомитесь с исторической

и системной работой по правовому регулированию атомной энергетики,

которая проводится в современный период. Объясняется необходимость этого


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

85

и насколько они эффективны. Вы сможете узнать о взаимном сотрудничестве

между государствами-членами международных организаций и деятельности

этих организаций.

Ключевые слова: МАГАТЭ, атомная энергия, международные

документы, вопросы безопасности, соглашения,

концепция,протокол.

HISTORICAL AND GRADUAL DEVELOPMENT STAGES OF LEGAL

REGULATION OF NUCLEAR ENERGY

3nd year student of Tashkent State University of Law

Faculty of Private Law

Jurakulova Rushana Sharofovna

E-mail:

jurakulovarushana74@gmail.com

Annotation. The issue of legal regulation of atomic energy is highlighted in

this article. By reading this article, you will get acquainted with the historical and

systematic work of legal regulation of atomic energy that is being carried out in the

present period. The need to do this and how effective they are is explained. You can

learn about mutual cooperation between member states of international organizations

and the activities of these organizations.

Key words: IAEA, atomic energy, international documents, safety issues,

agreements, concept, protocol.

KIRISH

1945-yil avgust oyida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom

bombasining tashlanishi yangi tarixiy davrni boshlab berdi. Bu davr “atom asri” nomini

oldi. Haqiqatdan ham XX asr atom energiyasini huquqiy tartibga solish, undan tinch

maqsadlarda foydalanish yuzasidan olib borilgan ishlar asri bo’ldi desak mubolag’a

bo’lmaydi. Bu davrgacha ham atom borasida turli izlanishlar olib borilgan. Albert

Eynshteyn, Niels Bor, Mari Kyuri, Ernest Ruterford, Jeyms Chadvik, J.Robert

Oppengeymer va boshqalar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

86

Niels Bor

- atom tuzilishini va kvant mexanizmini tushunishimizga hissa

qo’shgan olim hisoblanadi. Bor ham atom bombasini yaratishda ishtirok etgan

olimlardan biri. Keyinchalik u atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish

tarafdorlaridan biriga aylangan.

Oppengeymer-

Ikkinchi jahon urushi davrida birinchi atom qurollarini ishlab

chiqqan olim hisoblanadi. Uni shuning uchun ham “ atom bombasining otasi” deb

atashadi.

Atom energiyasi haqida fizik olimlar turlicha fikrlarni keltirib o’tishgan.

Jumladan, Albert Eynshteyn “ Atom energiyasi ham yaxshilikka, ham yomonlikka

xizmat etuvchi. Uning insoniyat farovonligi uchun tinch maqsadlarda va nazorat ostida

ishlatilinishi olimlar va butun bir jamiyat sifatida bizning ma’suliyatimizdir ”

1

,- degan

va yana bir fizik olim Alvin M.Vaynberg 1945-yilda AQSHda so’zlagan nutqida

shunday degan edi: “ Atom energiyasi o’ldirishi bilan birga davolaydi. U mintaqani

boyitishi bilan, uni vayron qilishi ham mumkin ”

2

. Shunday ekan atomdan xavfsizlik

qoidalariga amal qilmay foydalanish butun bir borliqni izdan chiqishiga olib kelishi

mumkin. Undan samarali foydalanishni yo’lga qo’ya olish esa nurli kelajakka

poydevor bo’la oladi.

Atom energiyasi atomlardan olinadigan energiya hisoblanadi. Atom

energiyasini kelajak energiyasi deb atasak bo’ladi. Atom energiyasidan foydalanishda

nurlanishni va undan chiqadigan chiqindilarni yo’qota olsak atom energiyasi biz uchun

eng qulay energiya bo’la oladi. Atom energiyasidan foydalanishning ustunlik

tomonlariga to’xtaladigan bo’lsak, atom energiyasini hosil etishda havoga zaharli

gazlarning

ajaralishi

kam

hisoblanadi.

Atom

energiyasini

hosil

etishda

foydalaniladigan uran arzon ham bo’lib, energiya narxlarida arzonlashishlarga sabab

bo’la oladi. Uranning atiga bir killogrammidan millionlab killogramm ko’mir va neftni

yoqishdan hosil qilingan issiqlikni olish mumkin.

1

https://www.americanrhetoric.com/speeches/alberteinsteinpostwarworld.htm

2

J.Samuel Walker va Tomas R.Wellock “Yadroviy tartibga solishning qisqacha tarixi,1946-2009”-2010-oktyabr;

U.S.NRC


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

87

Atom energiyasidan foydalanishning salbiy jihatlari ham mavjud bo’lib, undan

foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasa juda katta salbiy oqibatlarga olib

keladi. Masalan, uranni omborxonalarda saqlash qoidalariga amal qilinmasa, juda

daxshatli avariya holatlari yuz berishi mumkin. Yadro chiqindilarini ham yo’q

qilishning hali muqobil usuli yaratilinmagan. Eng katta salbiy jihat shu hisoblanadi.

Bugungi kunda bu kabi muammolarni hal etish bo’yicha tizimli ishlar amalga

oshirilmoqda.Turli xalqaro darajadagi hujjatlar qabul qilinmoqda va turli tashkilotlar

o’z faoliyatini shu sohada olib bormoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR :

Atom energiyasini huquqiy tartibga solish jarayoni xalqaro miqyosida

MAGATE ya’ni Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlikning tashkil topishi bilan

boshlandi desak mubolag’a bo’lmaydi. Keling, atom energiyasini huquqiy tartibga

solish tarixini uch boshqichga bo’lib o’rganamiz. Bular:

1.

MAGATEning tashkil topishi va u o’z faoliyati davomida atom

energiyasini huquqiy tartibga solishga qaratilgan hujjatlarni qabul qilishi;

2.

Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlik choralarini yanada

rivojlantirish davri:

3.

Bugungi kunda atom energiyasini huquqiy tartibga solish.

1-davr.

MAGATE tashkil topishi natijasida atom energiyasini huquqiy tartibga

solish xalqaro darajada amalga oshirila boshlandi. Keling, MAGATEning qanday

tashkil topganligini va u tomonidan qabul qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqsak:

Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATE)

MAGATE 1957-yilda kashfiyotlar va yadroviy texnologiyalarning turli xil

qo'llanilishi natijasida yuzaga kelgan chuqur qo'rquv va umidlarga javoban yaratilgan

xalqaro tashkilot hisoblanadi.

BMTning Nyu-Yorkda bo’lgan konfrensiyasi natijasida tashkil etilgan. Nizom

asosida ish olib boradi. Nizomi 1956-yil sentabrda qabul qilingan va 1957-yil 29-

iyuldan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi. BMT bilan rasmiy aloqasi bu tashkilotning

1957-yil 14-noyabrdagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Har yili BMTning Bosh

Assambleyasiga va Xavfsizlik Kengashiga o’z faoliyati to’g’risida hisobot taqdim etib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

88

boradi. (MAGATE nizomining 3-moddasi B qismida). Bu agentlikning asosiy maqsadi

atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni yo’lga qo’yish va xalqaro

hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.

MAGATEning asosiy faoliyatiga quyidagi sohalar kiradi:

-qurol-yarogʻ ishlab chiqaradigan yadro texnologiyalarini qattiq nazoratga

olish;

-yadro energetikasi sohasida yordam koʻrsatish;

-radioaktiv chiqindilarni toʻgʻri va xavfsiz koʻmish;

-shu sohaga oid norma va qoidalarni ekspert-yuristlar yordamida tayyorlash;

- ilmiy tadqiqot dasturlarini qoʻllab-quvvatlash;

-avariyalarga oid dasturlar ishlab chiqish;

- qishloq xoʻjaligida yadroviy usullar va radioaktiv moddalar yordamida

hosildorlik va tuproq unumdorligini oshirish;

- qishloq xoʻjaligi va chorvachilikda hasharotlar va kasalliklarga qarshi

kurashda yordam berish kabilar hisoblanadi.

(Nizomning 3-moddasida bu sohalar aks ettirilgan).

MAGATE Nizomining 2-moddasiga ko’ra:

“ Agentlik atom energiyasinining butun dunyoda tinchlik, salomatlik va

farovonlik maqsadida foydalanishni jadallashtirish va kengaytirishga intiladi. U

tomonidan ko’rsatilingan yordam har qanday harbiy maqsadlarda foydalanishga yo’l

qo’yilmaydi ”. MAGATEning asl maqsadi shu moddada o’z aksini topgan desak bejiz

bo’lmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi 1994-yil 21-yanvarda MAGATEga a’zo boʻlib,

xalqaro standartlarni tan olish, atom energiyasidan xalq xoʻjaligida foydalanish,

radioaktiv moddalar bilan xavf-xatarsiz ishlashda xalqaro standartlar, qonun-

qoidalarga rioya qilishni oʻz zimmasiga olgan.

2022-yildagi statistikaga ko’ra, MAGATEga a’zo davlatlarning soni 178ta ga

yetgan. BMTga a’zo davlatlar va “ Muqaddas taxt ”ham bu tashkilotga a’zo

hisoblanadi. 1997-yildagi holatga ko’ra bu tashkilotga 114ta davlat a’zo edi. Demak,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

89

kundan kunga atom energiyasidan foydalanishga qiziquvchilarning soni ortib

bormoqda ekan.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, MAGATE atom energiyasidan foydalanisni

tartibga soluvchi eng muhim tashkilot hisoblanadi va u o’z faoliyatini o’z nizomi

asosida olib boradi. Nizomda atom bilan bog’liq munosabatlar to’la aks etgan deya

olamiz. Bunga misol qilib aytadigan bo’lsak nizomga shu yillar mobaynida uch

marotaba o’zgartirish kiritilgan.

MAGATE o’z faoliyati davomida kafolatlar va himoya masalalarida bir

necha kelishuvlarni qabul qilgan.Bu kelishuvlar quyidagilar hisoblanadi:

a)

Keng qamrovli xavfsizlik kelishuvi (CSA).

MAGATE bilan CSAni tuzgan davlatlar o’z yadroviy materiallarini

deklaratsiyalashi kerak bo’ladi. MAGATE bu deklaratsiya to’liq va to’g’ri ekanligi

yuzasidan tekshiruvni amalga oshiradi. CSAni imzolagan davlatlar himoyalanishi va

xavfsizligi ta’minlanishi kerak bo’lgan yadroviy materiallarni turi va miqdorini hisobot

qilib agentlikka toipshirishi kerak. Shuningdek, CSA kelishuvni amalga oshirgan

davlatlarning

yurisdiktsiyasidagi

yadroviy

materiallarni

noo’rin

foydalanmayotganligini va undan tinch maqsadlarda foydalanishi yuzasidan muntazam

tekshiruvlarni amalga oshirish huquqini ham beradi.

MAGATE ma’lumotlariga qaraganda, 2022-yil mart oyi holatiga ko’ra 178 ta

davlat ham kafolatlar bo’yicha keng qamrovli kelishuvlarni tuzishgan. Bu davlatlar har

yili MAGATEga hisobotlarini taqdim etib borishadi.

3

b)

Qo’shimcha protokol (AP).

Bu ixtiyoriy kelishuv hisoblanadi. Biroq hozirgi vaqtda MAGATE bu hujjatga

majburiy qabul qilish tusini bermoqda. Bu protokol himoya choralarini samaradorligi

va shaffofligini oshiradi. Agentlikka davlatlarning yadroviy dasturi haqida kengroq

bilish imkonini yaratuvchi bitim hisoblanadi. Bu protokolni qabul qilish orqali

MAGATE deklaratsiyalanmagan obyektlar mavjudligi haqida xabardor bo’lsa unga

bemalol, ogohlantirishsizlar bilan kirish huquqini beradi. Qo’shimcha protokol asosida

3

https://www.iaea.org/topics/safeguards-agreements


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

90

MAGATE yadroviy yoqilg’i aylanishi bo’yicha tadqiqotlar va ishlarni, uran konlaridan

tortib yadro chiqindilarigacha bo’lgan davlatning yadro yoqilg’isi aylanishining barcha

qismlarini o’rganishi mumkin.

Namunaviy qo’shimcha protokol 1997-yilda Boshqaruvchilar Kengashi

tomonidan davlatlarning keng qamrovli kelishuvlarini yanada to’ldirish uchun qabul

qilingan. 2016-yildagi holatga ko’ra 128ta davlat qo’shimcha protokol tuzgan. 2021-

yil dekabr holatiga ko’ra, 138 ta davlat qo’shimcha protokollarni tuzishgan.

Shuningdek, 138tadan tashqari15 ta qo’shimcha protokol ham qabul qilingan bo’lib,

hali kuchga kiritilmagan hisoblanadi.

c)

Kichik miqdorlar protokoli (SQP).

Kichik miqdorlar protokoli keng qamrovli xavfsizlik kelishuvi bilan birga

tuzilishi mumkin bo’lgan protokoldir. Bu protokol 1971-yildan beri mavjud va 1974-

yilda standartlashtirilgan hisoblanadi. Cheklangan yadroviy faoliyat yoki materiallarga

ega bo’lgan davlatlarga amal qiladi.

4

MAGATE uchun davlatning yadroviy dasturini

tekshirishi imkonini beruvchi hujjat hisoblanadi.

Yuqoridagi uch kelishuv ham MAGATEga atom energiyasidan tinch

maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish imkonini yaratib beradi. Bu protokol va

hujjatlar asosida xavfsizlik va himoya usullari chuqur tatbiq etiladi.

2-davr. Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlik choralarini yanada

rivojlantirish davri.

Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlik choralarini yanada rivojlantirish,

XX asrning o’rtalarida ayniqsa 1986-yildagi Chernobil va 2011-yildagi Fukusimadagi

halokatli hodisalardan so’ng yanada kuchaydi. Xavfsizlik masalari bo’yicha turli xil

xalqaro huquqiy hujjatlar ham qabul qilindi. Bu hujjatlarni tahlil etib o’tamiz:

2.

Yadroviy xavfsizlik to’g’risidagi konvensiya

butun dunyo bo’ylab atom

elektr stansiyalari xavfsizligini oshirishga qaratilgan xalqaro shartnomadir. Bu

konvensiya 1994-yilda qabul qilingan bo’lib, 1996-yilda kuchga kirgan. U yadro

xavfsizligining turli jihatlarini, jumladan, atom elektr stansiyalarini loyihalash, qurish,

ishlatish va foydalanishni o’zida qamrab olgan. Konvensiya global miqyosida yadro

4

“Safeguards Implementation Guide for States with Small Quantities Protocols” Vienna,April;2013


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

91

xavfsizligini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvini

rag’batlantiradi. Bugungi kunda 80dan ortiq davlat bu konvensiyaga a’zo bo’lgan. U

mamlakatlar uchun ma'lumot almashish va xavfsizlik choralari bo'yicha hamkorlik

qilish uchun asos yaratadi. Shuningdek, u favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rish

va javob choralarini, shuningdek, yadroviy xavfsizlik bo'yicha me'yoriy-huquqiy

bazani o'z ichiga oladi. Konvensiya shaffoflik, taraflarni tekshirish va yadro xavfsizligi

standartlarini doimiy ravishda takomillashtirishga yordam beradi.

Bu konvensiyaga a’zo davlatlar o’zlarining yadroviy obyektlarini vaqti-vaqti

bilan xavfsizlik doirasida tekshiruvdan o’tkazishi kerakligi belgilangan. Bu konvensiya

shuningdek, bu konvensiyaga a’zo davlatlarni yadro xavfsizligi borasidagi qarorlarini

qabul qilishda jamoatchilikni ham jalb etishga chorlaydi.

3.Iste'mol qilingan yoqilg'i va radioaktiv chiqindilarni boshqarish

xavfsizligi to'g'risidagi qo'shma konvensiya

- bu ishlatilgan yoqilg'i va radioaktiv

chiqindilarni xavfsiz boshqarishni ta'minlashga qaratilgan xalqaro shartnoma.

Konvensiya 1997-yilda qabul qilingan va 2001-yilda kuchga kirgan. U Atom

energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan nazorat qilinadi va

dunyoning koʻplab mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konvensiya

ishlatilgan yoqilg'i va radioaktiv chiqindilar bilan xavfsiz ishlash, saqlash, tashish va

utilizatsiya qilishni o'z ichiga oladi. Unda ushbu materiallarni boshqarish tamoyillari

va talablari, jumladan, milliy siyosat va me’yoriy-huquqiy bazani yaratish, xavfsizlik

choralarini amalga oshirish va jamoatchilikni axborot bilan ta’minlash bo‘yicha

tamoyillar belgilangan. Konvensiya ishlatilgan yoqilg'i va radioaktiv chiqindilarni

boshqarishda

xavfsizlik

standartlari

va

amaliyotlarini

doimiy

ravishda

takomillashtirishni ta'minlash uchun xalqaro hamkorlik, ma'lumot almashish va o'zaro

baholashni rag'batlantiradi. Shuningdek, u mamlakatlarni ushbu materiallarni uzoq

muddatli boshqarish bo‘yicha milliy strategiyalarni ishlab chiqish va qo‘llab-

quvvatlashga undaydi.

Bu konvensiyaning samaradorligini quyidagilar asosida baholaymiz:

-konvensiya mamlakatlar uchun ishlatilgan yoqilg'i va radioaktiv chiqindilarni

boshqarish xavfsizligi bo'yicha mustahkam me'yoriy-huquqiy bazani yaratish va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

92

qo'llab-quvvatlash uchun asos yaratdi. Konvensiyaning samaradorligi mamlakatlarga

bog’liq bo’lib, bu konventsiyaning qoidalari va yo'riqnomalarini qanchalik to'g'ri

amalga oshirishiga bog'liq

-konvensiya tomonlardan atom energiyasidan foydalanishdagi xavfsizlik

choralarini amalga oshirish to'g'risidagi hisobotni taqdim etishni belgilab qo’ygan.Bu

jihatning samaradorligi tomonlarning hisobotni qanchalik ma’suliyat bilan taqdim

etishida va konvensiyada belgilangan xavfsizlik qoidalariga amal qilishda ko’rinadi.

-konvensiya doirasida tomonlar bir birining xavfsizlik bo'yicha milliy

dasturlarini ko'rib chiqadigan va baholaydigan o'zaro baholash jarayonini ham tashkil

etadi. Bu jarayon xavfsizlik choralarini yanada yaxshilash imkonini va davlatlarning

o’zaro hamkorligini tashkil etish imkonini beradi.

4.Yadroviy avariya yoki favqulodda vaziyatlarda yordam ko’rsatish

to’g’risidagi konvensiya.

1986-yilda Chernobildagi AESdagi avariyadan so’ng qabul qilingan

konvensiya hisoblanadi. Bu hujjat MAGATEga a’zo davlatlar shunday holatlar yuz

berganda bir-birlariga yordam berishlari uchun huquqiy asos bo’la oladi. Har bir davlat

o’zidagi mutaxassislar,uskunalar va materiallar to’g’risida MAGATEni xabardor

qiladi. Favqulodda shunday vaziyatlar yuz berganda so’rov orqali, ular shu vositalar

orqali yordam berishi mumkinligi ko’zda tutiladi. Konvensiya 1986-yil 26-sentyabr

kuni qabul qilingan va rasman 1987-yil 26-fevralda kuchga kirgan hisoblanadi.

5.Parij kelishuvi.

2015-yilda qabul qilingan Parij kelishuvi birinchi navbatda

iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga qaratilgan hujjat hisoblanadi. U atom energiyasini

maxsus tartibga solmasa-da, issiqxona gazlarini, chiqindilarini kamaytirishda kam

uglerodli texnologiyalar, jumladan atom energiyasi muhimligini tan olgan hujjat.

Kelishuv mamlakatlarni barqaror energiya manbalariga, jumladan, atom energiyasiga

o‘tish borasidagi sa’y-harakatlarini kuchaytirishga undaydi. Biroq, atom energiyasiga

oid o'ziga xos huquqiy qoidalar va siyosatlar har bir mamlakat tomonidan belgilanadi.

Ta'kidlash joizki, Parij kelishuvi, birinchi navbatda, maxsus energiya manbalari uchun

batafsil qoidalarni taqdim etish o'rniga, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va

iqlim o'zgarishini yumshatish bilan bog'liq kelishuv hisoblanadi. Hozirgi kunda 197 ta


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

93

davlat Parij kelishuviga qoʻshilgan. Biroq, bu mamlakatlarning hammasi ham atom

energiyasi dasturlariga ega emas yoki atom energiyasidan foydalanmaydi. Parij

kelishuvi ishtirokchilari boʻlgan bir qancha davlatlar yadroviy energetika dasturlariga

ega, jumladan AQSh, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Germaniya va Buyuk

Britaniya. Bu mamlakatlar elektr energiyasi ishlab chiqarishda atom energiyasiga turli

darajada tayanadi va undan foydalanishni tartibga solish uchun oʻziga xos qoidalar va

siyosatlarga ega. Bu kelishuv atom energiyasidan foydalanishni to’g’ridan to’g’ri

tartibga solmaydi. Bitimning asosiy e’tibori issiqxona gazlari chiqindilarini

kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan.

Statistik ma’lumotlar:

-MAGATE ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yil avgust oyi holatiga ko’ra,

dunyoning 30 davlatida 440ta atom energetikasi reaktorlari ishlayapti.

-Atom elektr stantsiyasining o'rtacha ishlashiga asoslanib, bir metrik tonna

urandan taxminan 3,5 million megavatt-soat (MVt) elektr energiyasi ishlab chiqarish

mumkin. Bu taxminan 1,6 milliard kilovatt-soat (kVt/soat) yoki 5,8 trillion joulga teng.

Bu qiymatlar o'ziga xos reaktor dizayniga, yoqilg'i tarkibiga, samaradorlikka va

operatsion omillarga qarab farq qilishi mumkin.

XULOSA VA NATIJALAR :

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqorida qayd etib o’tgan barcha hujjatlarimiz

atom energiyasini qaysidir jihatlardan huquqiy tartibga solishga qaratilgan. Bu

hujjatlarda umumiylik va ba’zi farqli jihatlar mavjud ekanligini ham yuqorida keltirib

o’tdik. O’rta Osiyo mintaqasida Qozog’iston va O’zbekiston atom energiyasi bo’yicha

imkoniyatlarga ega davlatlar sifatida qaraladi. Uran ishlab chiqarish bo’yicha

Qozog’iston birinchi, O’zbekiston yettinchi o’rinda turadi.

5

Bu 2 davlat ham

MAGATEga a’zo hisoblanishadi. 2021-yilga kelib MAGATE yurtimizni atom elektr

stansiyasini qurishga tayyor deb topdi. Shu davrdan boshlab O’zbekistonda ham AES

qurish ishlari Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilishi boshlandi. Bu masalada 2

tomonlama shartnomalar ham imzolandi. O’zbekistonda AESning birinchi energobloki

5

https://kun.uz/uz/news/time/uzbekistonda-birinci-aes-kurilisi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

94

2028-yil oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. O’zbekistonda qurilayotgan

AES xavfsizlikning barcha talablariga asoslangan holda tashkil etilishi belgilangan.

Atom energiyasini huquqiy tartibga solish bo'yicha xalqaro hujjatlarning o'zaro

huquqiy kuchi turli omillarga bog'liq, masalan, tegishli shartnomalar yoki bitimlarga,

ishtirokchi mamlakatlarning roziligiga va ularning ichki huquqiy tizimlariga. Yadro

qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnoma (NPT) va Yadro xavfsizligi to'g'risidagi

konvensiya kabi shartnomalar imzolagan davlatlar o'rtasida majburiy majburiyatlarni

o'rnatishga qaratilgan. Biroq, ushbu hujjatlarning samaradorligi va ijro etilishi

mamlakatlarning rioya qilishga tayyorligi va nizolarni monitoring qilish va hal qilish

mexanizmlariga qarab farq qilishi mumkin. Yuqoridagi barcha hujjatlarni nazoratini

MAGATE tashkiloti olib boradi va bu sohani tartibga solishda eng muhim tashkilot

ham hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.”Legal frameworks for long-term operation of nuclear power reactors”book 2019.

2.”A short history of nuclear regulation,1946-2009” by J.Samuel Walker and Thomas

R.Wellock;2010

3.

“Safeguards Implementation Guide for States with Small Quantities Protocols”

Vienna,April;2013

4.

https://www.iaea.org/about/statute

5.

https://kun.uz/uz/news/time/uzbekistonda-birinci-aes-qurilishi

6.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Atom_energiyasi_bo%CA%BByicha_xalqaro_age

ntlik

7.

https://law.gwu.libguides.com/c.php?g=478543&p=7703834

8.”International Nuclear law: history,evolution and outlook” book 2010.

9.

https://www.nti.org/analysis/articles/uzbekistan-overview/

10.

https://www.iaea.org/

11.

https://www.bmuv.de/en/topics/nuclear-safety/overview-nuclear-

safety/europe/euratom

12.

http://large.stanford.edu/courses/2018/ph241/keval1/

13.

https://unfccc.int/process-and-meetings/the-paris-agreement


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

95

14.

https://www.nti.org/education-center/treaties-and-regimes/convention-nuclear-

safety/

15.

https://history.state.gov/milestones/1961-1968/npt

16.

https://www.americanrhetoric.com/speeches/alberteinsteinpostwarworld.htm