Mualliflar

  • Pulatova Dilfuza Saidbayevna

Muallif biografiyasi

  • Pulatova Dilfuza Saidbayevna

    Toshkent amaliy fanlar universiteti 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119361

Kalit so‘zlar:

jadid ma’rifatparvarlar ma’rifatparvarlik faoliyati pedagogik meros yangi usul maktabi darslik kutubxonalar

Annotasiya

Ushbu maqolada   Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik merosi - boshlang'ich sinf o'quvchilarining insoniylik fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati to’g’risida batafsil hikoya qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

29

JADIDLAR ASARLARI ORQALI BOSHLANG'ICH SINF

O'QUVCHILARINING INSONIYLIK FAZILATLARINI

SHAKLLANTIRISH

Pulatova Dilfuza Saidbayevna

Toshkent amaliy fanlar universiteti 4-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik

merosi - boshlang'ich sinf o'quvchilarining insoniylik fazilatlarini shakllantirishdagi

ahamiyati to’g’risida batafsil hikoya qilinadi.

Tayanch tushunchalar: jadid, ma’rifatparvarlar, ma’rifatparvarlik faoliyati,

pedagogik meros, yangi usul maktabi, darslik, kutubxonalar

Hozirgi kunda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida tub o’zgarishlar

amalga oshirilmoqda. Jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish borasida amalga

oshirilayotgan ishlar ibratlidir. Aslida ham kelajakni shu yoshlar yaratadi.

Bugungi kunda xalq ta`limi xodimi oldida turgan eng muhim masala bu– yosh

avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Buning uchun salohiyatli, zamonaviy

ilm-fan sirlarini puxta o`zlashtirgan kadrlarga ehtiyoj sezilmoqda.

Boshlang`ich sinflarda ta`lim-tarbiyaning zamon talablari darajasida

takomillashtirilishi, yoshlarning ma`naviy barkamol shaxslar bo`lib yetishida asosiy

omillardan hisoblanadi. Buning uchun o`qituvchilarning ilmiy-pedagogik va metodik

tayyorgarligini oshirish, darslarni ilmiy jihatdan takomillashtirish, ilg`or va

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga to`liq joriy qilish to`grisida

ko`plab fikrlar bayon etilmoqda.

Ma’naviyat – uzluksiz da’vom etadigan jarayon. Ma’naviyat yuksak shaxslar

yurtini tanitadi. Shaxsning esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat

tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo’lmasligi ko’pchilikka

ayon haqiqatdir. Milliy pedagogikamizning asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

30

“Tarbiya biz yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat

masalasidir!”, - degan so’zlari fikrimizga dalil bo’ladi.

Maktab yoshidagi bolaning ma’naviyatini, tafakkurini shakllantirish bu

doimiy tizimlilik, uzviylikni, davomiylikni talab etadi. Bu vazifalarni amalga

oshirishda buyuk mutafakkir, davlat arbobi Jadidlar yaratgan

merosidan

foydalanishni davr taqozo qilmoqda.

Bizga ayonki, XX asrning boshlariga kelganda Turkistonda erk g‘oyasi,

ozodlik uchun

kurash jiddiy tus oldi. Chor Rossiyasining sitam, jabr-zulmi, xalq

boshiga

solgan adoqsiz zo‘ravonliklari xalqning sabr kosasining to‘lib-

toshishiga olib

keldi. Xalq orasidan chorizm siyosatining asl mohiyatini teran

anglab

yyetgan

ma’rifatli kishilar bu zulmga qarshi kurash olib borish uchun maydonga

chiqdilar.

“Jadid” atamasining o‘zi atama sifatida aynan XIX asr oxirida ilk bor

Turkiston ziyolilar hayotiga kirib keldi. “Jadid” atamasi (“jadid” – “yangi”

demakdir). Turkistonga B.Qosimov fikriga ko‘ra, 1884-yil birinchi bor

iste’molga kiritilgan va “Tarjumon” gazetasi orqali Sharqu G‘arbning juda

ko‘p o‘lkalarida yoyila boshlagan bo‘lsa-da, bizga 90-yillarda kirib keldi.

“Jadid” atamasi va jadidchilik harakati esa “jadidlar otasi” deya nom olgan

Ismoil Gaspirali nomi bilan bog‘liqdir.

I.Gaspirali haqida uning “Hayot va

mamot masalasi” asari orqali ko‘proq

ma’lumot olishimiz mumkin. Shu asarda

keltirilgan

ta’rifga

ko‘ra,

“uchinchi

muallim”

I.Gaspirali

jadid

ma’rifatparvarlaridan biri M.Behbudiy so‘zlari bilan

aytganda, “Rusiyadagi

butun turk-tatar xalqlarini juda oz tarixiy muddatda

xayr-xo‘shlik bilan bir

milliy oilaga birlashtirmoqqa noil bo‘ldi”. Kitobda

yozilganidek, I.Gaspirali

“Sharq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan, maktabmaorifida chinakam

inqilob yasagan, “usuli savtiya”ni boshlab berdi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilaridagi ma`naviy ehtiyoj, talab, qiziqishni

qondirish asosida milliy-ma’naviy merosni o’rgatishning muhim usullaridan biri dars

jarayonida ilmiy manbaalarning maxsus tahlilini uyushtirishdir. Boshlang’ich sinf


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

31

o’quvchisi turli usullar vositasida mavzu mohiyatida olg’a surilgan asosiy g’oya

negizida qator o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi dinamikasi bilan tanishish

jarayonida, ularda xalqimiz qadimdan ulug’lab kelayotgan insoniy fazilatlar

shakllanib boradi. Masalan, 4-sinf o’qish darslarida berilgan ertaklar “Qanoat va

ochko’zlik, insonparvarlik va saxovat” mavzusi orqali o’zbek xalqining o’ziga xos

insonparvarlik, qanoatlilik va saxovatlilik qadriyatlarining mohiyatini o’quvchi

ongiga singdirishda ularning mazmunini ochib beruvchi qator tushunchalarga ham

to’xtaladi. O’quvchi dars jarayonida qanoat negizida – ozga ham, ko’pga ham,

og’irlikka ham, xursandchilikka ham ko’nikish, sabr qilish, nafsni tiyish ekanligi;

ochko’zlik – qanoatsizlik, sabrsizlik, natijasi sifatida insonparvarlik – kishilar

o’rtasidagi mehr-oqibat, muruvvat, saxiy qalblilik, imon, do’stlik, birodarlik,

muruvvat me`yorini belgilovchi xislat; saxovat – himmatlilik belgisi; qanoat, saxovat,

insonparvarlikning ahamiyati; yoshlar o’rtasidagi sabrsizlik, ochko’zlik, razolat,

jaholatning tub negizlari va ularni bartaraf etish yo’llari haqida ma`lumot oladi.

Muqimiy, Furqat, Zavqiy uchun ma`rifatparvarlik, A.Avloniy, Behbudiy, Hamza,

A.Fitrat, A.Qodiriy, A.Cho’lponlar uchun milliy g’urur, o’zlikni anglash,

haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, H.Olimjon uchun hayotdan zavqlanish, Vatan ishqi

bilan yashash asosiy intellektual meros sifatida namoyon bo’ladi.

O’qish darslaridan barcha bosqichlarida o’quvchilarning qiziqishi, qobiliyati,

kayfiyati, fikri, bilim saviyasi va yosh xususiyatlariga mos ilmiy bilim va milliy-

ma’naviy meros mezonlari o’qish darslari orqali singdiriladi. Ta`limning

boshlang’ich va o’rta bosqichida eng oddiy kundalik milliy-ma’naviy meros:

salomlashish, kattalarga hurmat, ovqatlanish odobi, tug’ilib o’sgan yerga muhabbat

hissi, mehnatsevarlik tuyg’usi, Markaziy Osiyolik allomalar, fozillar, shoirlar, badiiy-

estetik qadriyatlar (milliy o’yinlar, taqinchoqlar, taomlar va h.k.) haqida ma`lumot

bilan chegaralaniladi. Boshlang’ich sinfda esa mantiqiy tahlil asosida ilm-fan,

adabiyot, san`at, xalq amaliy san`ati o’zbek xalqining milliy g’ururini himoya qilgan

va xalqni shunga da`vat etgan ulug’ insonlar olg’a surgan asosiy g’oya ilmiy-tarixiy

ma`lumotlar orqali o’quvchi ongiga singdiriladi. Bunday tahlil o’quvchini o’zbek

milliy-ma’naviy merosi haqida chuqur bilim olishga, ish va so’z birligini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

32

ta`minlashga, ajdodlar merosini mantiqiy izchillik asosida o’zlashtirishga va

egallagan bilim, milliy-ma’naviy meros tushunchalari asosida millat, xalq, vatan,

ajdodlar oldidagi burch, vijdon, g’urur hissining shakllanishiga samarali ta`sir etadi.

Turkistonda jadidchilik harakatining otasi M.Behbudiy o‘zbek va tojik

tillarida «Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy», «Kitobat ul-atfol», «Muxtasari tarixi

islom», «Madxali jug‘rofiyai umroniy», «Muxtasar jug‘rofiyai Rusiy» shuningdek,

«Hisob» nomli darsliklar yaratgan. U o‘zi yaratgan darsliklarda didaktikaning eng

muhim tamoyili bo‘lgan onglilikka alohida e’tibor qaratgan. M.Behbudiy «Kitobatul-

atfol» (1908 y.) darsligida o‘quv matnlari bayonida fors, arab va turk tilidagi

so‘zlarning aralashtirib berilishi «bola zehnini ochmay, balki fikrining yo‘q bo‘lishiga

sabab» bo‘lishini aytib, matn tuzdirishning grammatik, stilistik, tarbiyaviy jihatlarini

yoritgan, xatlardan namunalar keltirgan .

Abdulla Avloniy darsliklarida milliylikka tayanib, ijodiy izlanish, o‘qish va

o‘qitishning yangi shakl, uslub va vositalarini qidirib topish o‘qituvchining eng

muhim sifatlaridan biri deb hisoblaydi. Uning darsliklari o‘zbek milliy didaktikasi

tarixida muhim o‘rin egallaydi. U o‘z darsliklarida oddiydan murakkabga borish

usuliga amal qiladi, o‘quv materiallarini oddiy tilda, yengil, qiziqarli bo‘lishiga

e’tibor beradi, matn tanlashda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga oladi. Abdulla

Avloniy yaratgan darsliklarning ijobiy xususiyatlaridan yana biri shundaki, ularning

aksariyatida xalq og‘zaki ijodi namunalari, maqol va topishmoqlar keltirilgan.

Abdulla Avloniyning “Ikkinchi muallim” darsligida ham bu mavzudagi hikoyalar

anchagina bor, ulardan biri ota nasihatiga amal qilib, boyib ketgan o’g’il haqidagi

“Aqlli bog’bon” hikoyasidir. Hikoya shunday: Bir bog’bonning uch o’g’li bor edi.

Uchi ham dangasa va ishyoqmas edilar. Bog’bon bir kun kasal bo’ldi. O’g’illarini

ishga solmak uchun yoniga 97 choqirub: «O’g’lonlarim, mani ajalim etgan

o’xshaydur. Man sizlarga vasiyat qilub ketayin. Bog’ning ichiga bir ko’za oltun

ko’mub qo’yg’onman. Mandan so’ngra o’zingiz kavlab, topub, bo’lashub olursiz» -

dedi. Arodan bir necha kun o’tmay, bog’bon dunyodan o’tdi. O’g’illari oltun axtarub,

bog’ni chunon qazidilarki, tufrog’lari kul bo’lib ketdi, lekin tokning ildizidan boshqa

hech narsa topolmadilar. Ammo shul yil tok chunon uzum qildiki, aqchasi necha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

33

ko’zaga to’ladurgon oltun bo’ldi. So’ngra bu yalqovlar bildilarki, oltin erda emas,

ishlovda ekan. Hissa: «Hamma yamonliqlarning onosi – dangasalik, qo’rqoqlik –

otosidur».

Ma’rifatparvar shoir H.H.Niyoziy darslik yozish, dars jarayoni, o‘quv

ishlarini tashkil qilishda buyuk chex pedagogi Y.A.Komenskiyning pedagogik

qarashlariga asoslangan. Masalan, sinf-dars tizimi, har bir darsning o‘z mavzusi va

vazifasi bo‘lishi, dars jarayonida faollik va intizom bo‘lishi zarurligini uqtiradi. U

K.Ushinskiy, Komenskiy, Pestalotssi, F.Disterveglarning ko‘rsatmali ta’lim

metodikasini yangi usullar bilan boyitdi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,

Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo

hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” –degan

fikrlari ayni haqiqat. Boshlang’ich sinf o’quvchilaridagi sabr qilish, nafsni tiyish

ekanligi; ochko’zlik – qanoatsizlik, sabrsizlik, natijasi sifatida insonparvarlik –

kishilar o’rtasidagi mehr-oqibat, muruvvat, saxiy qalblilik, imon, do’stlik, birodarlik,

muruvvat me`yorini belgilovchi xislat; saxovat – himmatlilik kabi insoniylik

tushunchalarini shakllanishida jadid ma’rifatfarvarlarinig buyuk merosi tuganmas

buloq vazifasini o’taydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Choʻlpon, Asarlar, 1-2-jildlar, Toshkent. 1994;

2.Avloniy A., Tanlangan asarlar, 1-2-jildlar, Toshkent, 1998;

3.Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar,

Toshkent, 1998;

4.Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash, Toshkent,

1999;

5.Behbudiy M., Tanlangan asarlar, Toshkent, 1999;

6.Fitrat, Tanlangan asarlar, 1-2-jildlar, Toshkent, 2000;