MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
267
ATROF MUHIT OMILLARINING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI,
INSONLAR XAYOTINI GIGIENIK ME’YORLASHTIRISH VA
REGLAMENTLASHTIRISH.
THE IMPACT OF ENVIRONMENTAL FACTORS ON THE HUMAN
BODY, HYGIENIC STANDARDIZATION AND REGULATION OF
HUMAN LIFE.
Pirnazarova Madinabonu Shuhratjon qizi.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbyot fakulteti talabasi.
O`zbekiston, Termiz.
Pirnazarova Madinabonu Shukhratjon kizi.
Student, Faculty of Medicine, Termez University of Economics and Service.
Uzbekistan, Termez.
Annotatsiya: Atrof-muhitni asrash, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi
omillarni bartaraf qilish va turli kasalliklarni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb
mavzusi
hisoblanadi.
Hozirgi
kunda
respublikamizda
sanitar-gigienik,
epidemiologik va radiatsion xavfsizlik barqaror bo‘lib boshqa davlatlardan o‘ta
xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmayapti.
Kalit so’zlar: tibbiy profilaktika ishi, vrach umumiy gigienist epidemiolog,
davlat sanitariya nazorati, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi,
sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar, sanitariya-
epidemiologik vaziyat.
Insoniyat bugungi kunda juda katta miqdorlardagi fizikaviy, kimyoviy,
biologik va ijtimoiy-gigienik omillar ta’sirida yashamoqda, Bu omillarning tabiati va
ta’sir etish darajasi u yoki bu ko‘rinishdagi patologiyaning kelib chikishini belgilab
beradi. Mas., Butun Dunyo Sog‘liqni saqlash Tashkilotining bergan ma’lumotiga
ko‘ra 80% kasalliklarning kelib chiqishi sifatsiz ichimlik suvini iste’mol qilish bilan
bog‘liqdir. Shuning uchun aytish lozim-ki, ko‘pchilik kasalliklarni oldini olishda atrof
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
268
muhit omillari inson organizmi uchun muvofiq yoki juda bo‘lmasa befarq bo‘lishi
lozim.
Atrof-muhitni asrash, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni
bartaraf qilish va turli kasalliklarni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb mavzusi
hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda sanitar-gigienik, epidemiologik va
radiatsion xavfsizlik barqaror bo‘lib boshqa davlatlardan o‘ta xavfli yuqumli
kasalliklarning kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Tibbiy profilaktika ishi
shifokorlarning mehnati tufayli Respublikamizda vabo, o‘lat, bezgak, kuydirgi,
poliomielit kabi o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklar bartaraf etildi.
Atrof muhitning shunday parametrlari gigienik me’yorlar, qoidalar,
reglamentlari hisoblanadi, ularni ko‘pincha "gigienik normativlar" deb nomlanadi.
Ammo shuni hisobga olish kerak-ki, keltirib o‘tilgan barcha gigienik normativlar
uchun o‘zining xususiyatlari mavjuddir. Gigienik me’yorlar, qoida bo‘yicha doimo
faoliyat ko‘rsatuvchi va inson uchun kerakli omillar hisoblanadi. Mas.,
ovqatlanishning gigienik me’yorlari, mikroiqlim me’yorlari, suv iste’moli me’yorlari
mavjud (jadvallarni ko‘rsatish lozim). Gigienik (sanitar) qoidalar - tabiatda bor
bo‘lgan u yoki bu omilga bo‘lgan gigienik talablarning og‘zaki ta’rifi hisoblanadi.
Mas., sanitariya qoidalariga suv manbaini tanlashga bo‘lgan talablar yoki suv manbai
atrofiga o‘rnatiladigan sanitariya himoya zonalarini aytish mumkin. Sanitariya
qoidalari ko‘pincha ularning tarkibiga muayyan gigienik me’yorlarni yoki
reglamentlarni kiritilishini taqozo qiladi. Shundan kelib chiqib, eng muhim gigienik
normativlardan biri bo‘lgan SanQ va M (sanitariya qoidalari va me’yorlari) nomini
aytish mumkin.
Gigienik reglamentlar deganda odam organizmiga negativ ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarga nisbatan o‘rnatiladigan me’yorlarni nazarda tutadi. Bu omilning ta’sir
ko‘rsatish tabiatiga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi: REK (PDK) - ruxsat etiladigan
konsentratsiya (misol , havo, suv, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘ladigan
kimyoviy moddalarga 30 o‘rnatilgan REKlar), RED (PDU) - ruxsat etiladigan daraja
(misol, shovqin, tebranish va radioaktiv ifloslanishlarning RED lari), RED (PDD) -
ruxsat etiladigan doza (mas., ionlantiruvchi nurlarning RED ). Har qanday holatda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
269
ham ruxsat etiladigan degan so‘z shu ma’noni beradi-ki, shu miqdordan oshib ketgan
sharoitda bu omillar shu odamning o‘zigagina emas, balki uning kelgusi avlodi uchun
ham xavfli hisoblanadi. Gigienik normativlar sanitariya-epidemiologiya nazorati
faoliyatining asosi hisoblanadi, chunki DSENM ning asosiy vazifalari
ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratida gigienik normativlarning bajarilishini
nazorat qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi dagi gigienik normativlar.
Gigienik normativlarning yaratilish jarayoni - ko‘p bosqichli murakkab ilmiy
izlanish natijalari va tashkiliy tarkibga egadir. Ammo, har qanday holatda ham
gigienik me’yorlashtirish va reglamentlash quyidagi asos bo‘luvchi prinsiplarga
hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak:
1.Gigienik normativlarning davlat xarakteriga ega ekanligi. O‘zbekiston
Respublikasi da sanitariya nazorati davlat xarakteriga ega, shuning uchun barcha
gigienik normativlar ham davlat xarakteriga egadir. Ishlab chiqilgan har bir normativ
ko‘p bosqichli tekshirishlardan (ekspertiza) o‘tkaziladi, O‘zbekiston Respublikasi
SSV tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasidagi Davlat Sanitariya
Nazorati haqidagi Qonun (1992) ga muvofiq qonuniy kuchga egadir.
2.Tekshirilgan omilni amaliyotda qo‘llashdan oldin shu omilga nisbatan ilmiy
asoslangan reglament ishlab chiqilishi shart.
3.Xavfsizlik prinsipi (yoki omilning tibbiy-biologik ko‘rsatkichlari): Gigienik
normativlarni ishlab chiqishda birinchi navbatda shu omilning tirik organizm uchun
ta’sir ko‘rsatish ahamiyati, undan keyin esa uning iqtisodiy samaradorligi,
texnologiyalarning yangilanishi inobatga olinishi lozim.
4.Atrof muhit ob’ektlarni bo‘lish prinsipi: gigienik me’yorlashtirish hamma
omillar va atrof muhitdagi ob’ektlar uchun bir xil bo‘lmasligi kerak. Mas., Kimyoviy
modda uchun ishlab chiqiladigan REK havo, suv, tuproq, oziq-ovqat
mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida bo‘lishi
zarur.
5.Tekshirilayotgan omilning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nomuvofiq
samaralarining majmuasini hisobga olish prinsipi. Mas., dispersli moddani atmosfera
havosi uchun me’yorlashtirishda uning faqat odam organizmi uchun zararli ta’sir
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
270
etishi mumkinligigina emas, balki umumsanitar sharoitlarning yomonlashishi,
quyosh radiatsiyasi tarkibidagi ultrabinafsha nurlarning jadalligini pasaytirish kabilar
hisobga olinadi.
6.Zararning cheklovchi ko‘rsatkichidan foydalanish prinsipi: gigienik
reglamentni o‘rnatishda o‘rganilayotgan omilning ta’siriga tekshirish jarayonida eng
sezgir bo‘lgan ko‘rsatkichga asoslanish lozim.
7."Doza-samara", "vaqt-doza","doza-vaqt-samara"ning bog‘likligini hisobga
olish. Mazkur prinsip gigienik reglamentni ishlab chiqishga asos bo‘luvchi
hisoblanadi, chunki omilning miqdoriy ta’rifini, uning ta’sir etish muddatini va
keltirib chiqargan samarasini hisobga olmay turib, reglament o‘rnatish mumkin emas.
8. Eksperiment sharoitida omilning ta’sirini modellashtirish prinsipi. Ko‘p
hollarda gigienik me’yor yoki reglamentni ishlab chiqish shu omilning ta’sir
ko‘rsatish sharoitini modellashtirmasdan mumkin emas. Mas., kimyoviy moddaning
havzadagi suvning sanitar tartibiga ta’sir etishi mumkinligini aniqlash uchun shunday
sharoitni laboratoriya sharoitida sun’iy yaratish orqali, kimyoviy moddaning oziq-
ovqat mahsulotining organoleptik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish uchun modelli
sharoitda degustatsiya tekshirishlarini o‘tkazish talab etiladi.
9.Ta’sir sharoitini qattiqlashtirish prinsipi. Gigienik me’yor va reglamentni
ishlab chiqishda shu omilning real sharoitda ta’sir etishi va shu sharoitni qattiq
nazoratda bo‘lishini yaratish lozim. Mas., u yoki bu xonaning yoritishga bo‘lgan
gigienik me’yorni ishlab chiqishda ish jarayonida farqlanadigan ob’ektlarning eng
kam miqdorlari, kichik kontrastli fon va yoritilganlikni ko‘rish organiga maksimal
uzoq muddatlarda ta’sir ko‘rsatish sharoitini yaratish kerak.
10.Gigienik reglamentlash bo‘yicha tekshirish bosqichlari. Gigienik
normativlarning ko‘p qismi ko‘p bosqichli tekshirish natijalari hisoblanadi, ularning
tabiati esa me’yorlashtiriluvchi omilning tabiatiga bog‘liq. Mas., kimyoviy omilni
gigienik reglamentlashda gigieno-toksikologik tekshirishlar 4-6 bosqichdan iborat
bo‘ladi va bu haqdagi ma’lumot keyinroq bayon qilinadi.
11.Iqlim - geografik sharoitlarni hisobga olish. Mazkur prinsip juda ko‘p
gigienik normativlar uchun muhimdir, chunki muayyan xududning iqlim-geografik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
271
sharoiti atrof muhitdagi omilning organizmga ta’sir ko‘rsatish darajasi va tabiatini
sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. Mas., Rossiya sharoitida suv istemolining
fiziologo-gigienik me’yorlari bir odam uchun 2,5 l/kunni tashkil etsa, O‘zbekiston
Respublikasi ning issiq iqlimi sharoitida yoz kunlari bu me’yor 4-5 l/kungacha
ko‘tarilib ketadi.
12.Me’yorlashtirishga ekologo-gigienik yondoshish. Xozirgi vaqtda atrof
muhitning ekologik sharoitini yomonlashishi bilan bog‘liq holda shunday savol
qo‘yilayaptiki, gigienik normativlar shu omilning inson organizmiga faqat negativ
ta’sirini oldini olishga qaratilmay, balki insonning yashash muhitini tanazzulga
uchrashini oldini olishga qaratilishi lozimligini talab qiladi.
13.Gigienik normativlarning nisbiyligi. Ishlab chiqilayotgan hamma gigienik
normativlar bir umrga emas, balki vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini
talab qiladi. Chunki u yoki bu omilning organizmga ta’siri haqidagi yangi
ma’lumotlar yuzaga kelmoqda, tekshirish usullari takomillashayapti, ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlar o‘zgarayapti - bularning hammasi gigienik normativlarda o‘z
aksini topmasdan iloji yo‘q. Shunga bog‘liq holda gigienik me’yorlashning lozimligi,
gigienik me’yorlar, qoidalar va reglamentlarni yangidan aniqlash va
takomillashtirishni doimo amalga oshirishni talab etadi.
Gigienik me’yor va reglamentlarni o‘rnatish tartibi muayyan misollarda ko‘rib
chiqilishi kerak. Mas., Yashash xonalarining mikroiqlimi yoki uning yoritilishiga doir
gigienik me’yorlar tabiiy tekshirishlar asosida ishlab chiqilishi va tekshirish
jarayonida tekshirilayotgan omilning turli sharoitlarda odam organizmining
funksional holatiga ta’siri baholanishi kerak, mas., (mikroiqlim uchun - issiqlikni
boshqarilish, yurak-tomir sistemasi, nafas olish organlari funksiyasi, yoritilganlik
uchun - ko‘rish organi va MNS funksiyasi). Bunda tekshirilayotgan omilning shunday
parametrlari gigienik me’yor qilib olinishi kerak-ki, u organizmning optimal
funksional holatini ta’minlasin.
Aholining eng optimal suv iste’moli me’yorlarini o‘rnatish uchun aholining
ko‘pchilik qismidan anketa-so‘rovlar o‘tkazilib, keyinchalik turar-joylarning
kommunal obodonlashtirilganligiga bog‘liq holda suv sarfi qiymatlari hisoblab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
272
topiladi. Ayrim omillarni me’yorlashtirishda tabaqalashgan me’yorlashtirish prinsipi
qo‘llanadi va bunda omilning yuqori, optimal va quyi darajalari o‘rnatiladi. Shunday
prinsip bo‘yicha, jumladan ishlab chiqarish xonalarining ruxsat etiladigan va optimal
mikroiqlim qiymatlari va ichimlik suvi tarkibidagi ftorning ruxsat etiladigan miqdoriy
chegarali belgilangan va b.q.
Gigienik me’yorlardan farqli o‘laroq, gigienik reglamentlarni o‘rnatish, qoida
bo‘yicha tabiiy sharoitda emas, balki tajriba (eksperiment) sharoitida olib boriladi.
Omillarning gigienik reglamentatsiyasi atrof muhitdagi turli omillarning bo‘sag‘ali
ta’sir konsepsiyasiga asoslanadi.
Gigienik reglamentlarni o‘rnatish - bu murakkab va yetarlicha uzoq davom
etadigan jarayondir. U me’yorlashtiriladigan omilning sifat va miqdoriy ta’riflash
bilan birga fizikaviy, kimyoviy, biologik, statistik tekshirish usullaridan
foydalanishni, omilni tirik organizmga ta’sirini o‘rganish bilan keyinchalik olingan
ma’lumotlarni matematik tahlil qilish va shunga muvofiq reglament ishlab chiqishni
taqozo etadi.
Gigienik reglamentlashtirishda gigiena-toksikologik tekshirishlar quyidagi
bosqichlarda umumiy ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1.Moddaning fiziko-kimyoviy xossalarini o‘rganish (agreget holati, tashqi
ko‘rinishi, rangi, hidi. Solishtirma og‘irligi, turli muhitlarda erish xususiyati,
barqarorligi, bug‘lanish xususiyati va b.
2.Zaxarlilik xossasini baholash maqsadida toksikologik tekshirishlarni
o‘tkazish kerak, bunda organizmga zaharli ta’sir ko‘rsatish tabiati, maxsus ta’sir
xususiyatlariga ega ekanligi aniqlanadi.
3.O‘tkazilgan tekshirishlarning natijalari asosida tekshirilgan moddaning
zaharlilik sinfi o‘rnatiladi va talab etiladigan gigienik reglamentlar hisoblab topiladi
(REK). Ishlab chiqilgan gigienik me’yor va reglamentlarning samaradorligi aholining
salomatlik holatlarini o‘rganish asosida baholanadi yoki ishlab chiqilgan gigienik
normativning vazifasiga muvofiq aholining ayrim guruhlarida baholanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
273
Shunday qilib, gigienik me’yorlashtirish va reglamentlashtirish atrof muhitdagi
omillarning barchasini o‘zida aks ettirishi bilan birga ishlab chiqiladigan barcha
profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun asos bo‘ladi.
Barchamiz oynai jaxondagi eshituvlarda, o‘zaro muloqotlarda va qator boshqa
shunga o‘xshash holatlarda u yoki bu kishi shaxsiyati to‘g‘risida aytilgan
ma’daniyatli yoki ma’daniyatsiz inson ekan degan iboralarni eshitib turamiz. Shu
o‘rinda ma’daniyatli inson deganda nafaqat, uning odob – axloqi, bilimi, jamiki ijobiy
xususiyatlari shu jumladan, biz yuqorida keltirgan va ratsional ovqatlanish deb
atalgan ma’daniyat ham tushiniladi. Ushbu ma’daniyatni bolalarimiz va
yoshlarimizga uni yoshlikdan odob – axloqqa tarbiyalash bilan bir qatorda muntazam
singdirib borish kerak. Buning uchun eng avvalo, o‘zimiz ularga o‘rnak bo‘lishimiz
lozim.
ADABIYOTLAR
1. F.I.Salomova va boshq. Gigiena va tibbiy ekologiya. –T., 2020.
2. B.Mamatkulov . Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish. -T., 2019.
3. Asekretov O.K., Borisov B.A., Bugakova N.Yu. i dr. Sovremennie obrazovatelnie
texnologii: pedagogika i psixologiya: monografiya. – Novosibirsk: Izdatelstvo SRNS,
2015.
–
318
s.
http://science.vvsu.ru/files/5040BC65-273B-44BB98C4-
4. G.I.Shayxova .Ovqatlanish gigienasi.- T., 2015.