Barcha maqolalar

1-20 72 0

Хоразм ҳавза хўжалиги балиқ паразитлари ва уларга қарши курашиш йўллари

Гаухар Алламуратова

Тадқиқот объектлари: Хоразм ҳавза хўжалиги балиқларининг паразитлари.
Ишнинг мақсади: Хоразм ҳавза хўжалиги тизимлари экологик шароитларида ноёб ва оддий балиқларнинг инвазион касалликларини қузғатувчи паразитларнинг эпизоотологик ҳолатини комплекс тадкик килиш ва уларга қарши курашиш чора-тадбирларини ишлаб чиқиш.
Тадқиқот методлари: тўла ихтиопаразитологик, анъанавий дала ва камеравий ишлаш услублари.
Олинган натижалар ва уларнинг янгилиги: биринчи марта Хоразм ҳавза хўжалиги балиқларининг ҳозирги зарарланиш ҳолатлари мажмуавий ўрганилди, хамда илгари хўжалик учун номаълум бўлган 68 тур паразитлар аниқланди. Барча балиқ турларининг паразитлар билан зарарланиш даражаси, балик паразитофаунасининг экологик омиллар (сув окими, лойкалиги, сувнинг кимёвий режими, йил фасллари, ҳамда баликларнинг озука таркиби, озиқланиш характери, хўжайиннинг ёши)га боглик холда ўзгариш қонуниятлари аниқланди. Шунингдек, карп балиғи паразитофаунасининг ёшига қараб сифат ва сон таркибининг ўзгариш қонуниятлари тасдиқланди.
Амалий ахамияти: олинган тадқиқот маълумотларига Караганда, баликларни урчитишнинг барча даврларида доимий паразитологик кузатувлар олиб бориш талаб этилади.
Татбиқ этиш даражаси ва иқтисодий самарадорлиги: тадқикотлар натижасидан балик инвазион касалликларини қўзғатувчиларга қарши ишлаб чиқилган профилактик амалий таклифлар Хоразм ҳавза хўжалигида қўлланилиб, йилига 3680000 сўм иктисодий фойда олинди (ишлаб чиқаришда қўллаш далолатномалари: 6 май 2003 йил ва 3 май 2005 йил).
Қўлланиш сохаси: Республикамиздаги фермер балиқчилик хўжаликлари, ва таълим муасасаларида.

1-21 146 0

Ўзбекистон текисликларидаги трансформацияланган кўллар зоопланктони» мавзусидаги диссертациясининг

Елена Гинатуллина

Тадқиқот объектлари: Судочье ветланди кўллари, Айдар-Арнасой кўллар тизими, Мўйнок ва Сорбос курфазлари, Шарқий Қоратерен ва Сариқамиш (Фарғона) кўллари.
Ишнинг мақсади: Ўзбекистоннинг хозирги кундаги инсоният хўжалик фаолияти натижасида сув билан таъминланиш шароитлари ўзгарган, пасттекисликда жойлашган кўллари зоопланктони хусусиятларини ўрганиш.
Тадқиқот усули: сув хавзалари планктонини ўрганишда гидробиологии методлардан, сувлаги жонзотлар яшаш шароитларини ўрганишда эса физик-кимёвий анализ усулларидан фойдаланилди.
Олинган натижалар ва уларнинг янгилиги: Ўзбекистон кўлларида тадқикотчилар ва шахсан муаллиф томонидан аниқланган зоопланктон турларини ўз ичига олган зоопланктон инвентаризацион рўйхати тузилди, чуқурлиги турли ва минерализацияси хар хил бўлган кўлларда минерализация даражасини ортиши натижасида содир бўлган зоопланктон микдор кўрсаткичларининг динамикаси ва турларнинг мавсумий ва кўп йиллик сукцессияси аниқланди. Зоопланктон жамоасининг таркибий характеристиклари: биологик хилма-хиллик ва зичлик индекси ўрганилди.
Амалий ахамияти: зоопланктон бўйича фаунистик ва биоценологии аспектларда кўриб чикилган материаллардан зоопланктон микдори ва таркибини башоратлаш мақсадида хамда балиқчиликда фойдаланиладиган сув хавзаларида зоопланктон тур таркибини йўналтирилган холда ўзгартиришда фойдаланиш мумкин бўлади, ва шу тариқа озука базаси ривожланишига сезиларли таъсир кўрсатиш мумкин.
Татбиқ этиш даражаси ва иқтисодий самарадорлиги: олинган натижалар Ўзбекистон табиий сув хавзаларини потенциал биологик махсулдорлигини ўрганиш ва ошириш максадида ишлаб чиқилаётган лойихаларни илмий асослашда ва тадбик қилишда фойдаланилган.
Қўлланиш (фойдаланиш) сохаси: амалий гидробиология, санитар гидробиология, экологик мониторинг

66-69 127 0

Quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarning atrof-muhit omillariga moslanishi

Yoqutoy Orziyeva
Mollyuskalaming yashash joylarining tabiatiga ko'ra, asosiy populyatsiyalarning joylashishi, mollyuskalaming zich to'planish joylarini hisobga olgan holda, ulami 4 ta ekologik guruhga bo'lish mumkin: cho'l, adir, tog', yaylov. Namlikka nisbatan ko'rsatilgan mollyuskalar guruhining har biri 3 ta katta guruhga bo'linadi: gigrofillar, mezofillar va kserofillar.
80-83 119 0

Qizil qanot balig‘ining contracaecum spiculigerum (ascaridida: anisakidae) nematodasi bilan zararlanishi

B Soatov, F Xo‘jabekova
Ushbu maqolada Buxoro viloyati Sho‘rko‘l suv ombori suv havzasidagi qizil qanot balig'ining Contracaecum spiculigerum nematoda lichinkasi bilan zararlanish darajasi va morfblogik tavsifi berilgan. Kontratsekoz - baliqlar o‘rtasida keng tarqalgan gelmintoz kasallik bo'lib, qo'zg'atuvchisi Anisakidae oilasiga mansub bo'lgan Contracaecum spiculigerum nematoda lichinkalari hisoblanib, ulami rivojlanish jarayonida baliqlar ikkinchi oraliq xo'jayin vazifasini bajaradi. Undan tashqari C. spiculigerum nematodasining rivojlanish sikli va patogenezi to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltiriladi.
1-56 70 0

Baliqlarning invazion kasalliklari

Rukiya Urokova, Alisher Xushnazarov

Umurtqali hayvonlar ichida baliqlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda Respublikamiz suv havzalarida baliqlarning 84 ta turi qayd etilgan. O‘zbekiston suv havzalarida karpsimon baliqlar keng tarqalgan va 45 dan ortiq kenja turlari mavjud. Baliqchilik sohasi xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, aholini arzon, oqsilga boy baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash hamda sanoatda baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlashdan iborat. Baliqchilikni intensiv usulda rivojlantirish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish miqdorlarini oshirishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Inson hayotida organizmni to‘la qiymatli oziq moddalar bilan ta’minlashda oqsil, uglevod, yog‘, vitaminlar, minerallar, fosfor, temir, kalsiy mikroelementlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu moddalar esa baliq mahsulotlarida yеtarlicha mavjud. Baliq go‘shti yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan parhez taom va to‘yimli oziqa hisoblanadi.


Dunyoning rivojlangan mamlakatlari – Yaponiya, G‘arbiy Yevropa davlatlari, Shimoliy Amerika, Avstraliyada baliq iste’moli bir kishi hisobiga bir yilda o‘rtacha 25–45 kg ga to‘g‘ri keladi.  Oziq-ovqat mahsulotlari orasida baliq juda muhim o‘rin tutgani uchun sog‘liqni saqlash xizmati tomonidan har bir kishi uchun bir yilda eng kamida 12 kg baliq iste’mol qilish tavsiya etilgan. Respublikamizdagi yagona dengiz(Orol)ning qurib qolishi natijasida xalqimizning baliq go‘shti bilan ta’minlanishi keskin pasayib ketdi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda, faqatgina uning miqdor ko‘rsatkichigina emas, balki salomatligini ta’minlovchi ko‘rsatkichlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson hayvonot dunyosi hisobidan qabul qiladigan oqsillarning 18-20 foizi suvda yashovchi organizmlarga, asosan baliqlarga, to‘g‘ri keladi. Baliq go‘shti tarkibida to‘yimli moddalar mavjud bo‘lgan holda ularning odam organizmida hazm bo‘lish darajasi ham yuqoridir. Baliq go‘shti va ayniqsa, yog‘i «D» vitaminiga o‘ta boy bo‘lib, uni yеtarli darajada iste’mol qilish moddalar almashinuvini me’yorida saqlab turadi. Yosh bolalarda, ayniqsa kech kuz va qish oylarida, quyosh kam bo‘lganda kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Baliq va baliq mahsulotlari kimyoviy tarkibi sifat jihatidan qishloq xo‘jaligi hayvonlari go‘shtidan qolishmaydi, eng avzalligi esa hazm bo‘lish jihatidan hayvonot go‘shtidan ancha yuqori turadi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish va uning salomatligini yaxshilashda baliq mahsulotlari tarkibida vitaminlarning mavjudligi hamda yuqori sifat ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga egadir.  Baliq go‘shtida 15-22 foiz oqsil, 0,2 dan 30,8 foizgacha yog‘, oz miqdorda uglevodlar mavjud. Baliqchilik sanoatida baliq moyi, baliq uni hamda boshqa sohalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dori-darmonlar ishlab chiqarilmoqda. Aholining arzon va sifatli baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish xususiy mulkchilikka asoslangan baliqchilik xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga bevosita bog‘liq. Bu, o‘z navbatida, sun’iy hovuzlar samaradorligini oshirish, tabiiy suv havzalarida baliq zahiralarini ko‘paytirish, mustahkam oziqa bazasini yaratish, ularga xizmat ko‘rsatishni sifat jihatidan yaxshilash, mahsulotni qayta ishlashni tashkil etish hisobiga mahsulot olish va daromad miqdorini oshirishni taqozo qiladi.


Baliq moyi - bu treska, olabug‘a, qalqonbaliq, tunets baliqlari jigaridan olinadigan moydir. U sarg‘ish va tiniq suyuqlik bo‘lib, baliq hidi va mazasi bor. Baliq moyida odam, hayvon va parrandalar uchun zarur biologik faol moddalar, masalan, xolesterin, A va D vitaminlari, yog‘ bor. Raxit, osteomalatsiya, sil, shabko‘rlikning oldini olish va davolashda, suyak singanda bitishini tezlashtirish uchun ishlatiladi. Baliq uni - baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy bo‘lib, qishloq xo‘jaligi hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50-55 % oqsil, 10-20 % yog‘, 30 % gacha kalsiy- fosfor, 5 % gacha osh tuzi mavjud. Baliq uni hayvon organizmida juda yеngil hazm bo‘ladi. Shuning uchun ham birinchi navbatda, yosh hayvonlarga va parrandalarga ayniqsa, jo‘jalarga ularning kunlik yеmiga 10 % miqdorida qo‘shib beriladi.


Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, asosan qishloqlarda  zamonaviy va yuqori unumli texnika hamda texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida baliqchilik tarmog‘ini tez sur’atlarda rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish, sohani tartibga solish, baliqchilik xo‘jaliklarida infeksion va invazion kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, intensiv usulda baliq yеtishtirish, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, innovatsion g‘oyalar hamda ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalarni keng ko‘lamda joriy qilish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2939-son, 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3657-son va 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4005-sonli Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu qo‘llanma muayyan darajada xizmat qiladi hamda baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Ammo, sohani rivojlantirishda jiddiy to‘siq bo‘ladigan omillardan biri - bu baliq kasalliklari hisoblanadi. Baliqlar kasalliklari va ularning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi.


Ixtiopatologiya - baliq kasalliklarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, unda baliq kasalliklari va ularning sabablari, kasallik chaqiruvchi organizmlar va ularning patogenlik xususiyatlari, baliqlarning kasallikka moyilligi va chidamliligi, profilaktik choralar hamda kasalliklarga qarshi kurash usullari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur fan hayvonot dunyosini o‘rganishda nazariy va amaliy masalalarni hal etib, biologiyaning ayrim yo‘nalishlarini va xalq xo‘jaligini rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


Ixtiopatologiya fanining vazifalari baliq kasalliklarini o‘rganish asosida baliqlar organizmining kasalliklarga chidamligini oshirishni o‘rganish; kasallikni kamaytirish, rivojlanish intensivligini va organizmni zararlash darajalarini pasaytirish; kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarni ishlab chiqish; xalq xo‘jaligi amaliyotida bu fanning usul va yutuqlaridan foydalanishni o‘rganish hisoblanadi.


Zamonaviy ixtiopatologiya sohasida  keyingi yillarda baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarni intensiv tarzda yetishtirish usuli bilan bog‘liq holatda sun’iy ozuqalardan foydalanishda a-vitaminoz (vitaminlar yetishmovchiligi) va moddalar almashinuvining buzilishi natijasida infeksion va invazion kasalliklarning rivojlanishi kuzatilmoqda. Ixtiopatologiyaning asosiy vazifasi – baliqlar kasalliklarining etiologiyasini aniqlash va unga qarshi chora – tadbirlarni ishlab chiqish, ularni bartaraf qilishdan iboratdir. Ko‘pgina baliq turlari kasalliklari etiologiyasi baliqlarning yoppasiga nobud bo‘lishi bilan amalga oshib, bir vaqtning o‘zida baliqlarga bir nechta omillarning ta’sir ko‘rsatishi qayd qilinadi. Shu sababli baliqlarning nobud bo‘lishi sabablarini birgina omil ta’siri bilan izohlashning o‘zi ayrim holatlarda yetarli hisoblanmaydi va samarali natijalarga olib kelmaydi. Ixtiopatolog mutaxassislarning asosiy vazifasi baliqlarga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni sinchiklab o‘rganib, ushbu kasalliklarga qarshi chora – tadbirlarni ishlab chiqish, baliqlarning yoppasiga kasallanishining oldini olish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Baliq kasalliklarini oldini olish va davolash chora–tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda muhim ahamiyaga ega hisoblanadi.

61-62 84 0

Baliqchilik ozuqalarini bir hujayrali suvo‘tlari bilan boyitish biotexnologiyasi

Muhammad Norboyev
Respublikamiz hududida go'sht mahsulotlarga bo‘lgan talab yuaqoriligi sababli ichki bozorni sifatli baliq mahsulotlari bilan taminlash uchun baliqchilik xo‘jaligida yetishtirib chiqariladigan baliq mahsulotlari uchun tabiiy ozuqa muhitlrini yetishtirish usullari bayon qilingan.
3-46 223 0

Baliq kasalliklarini tashxislashda laboratoriya usullarini o‘tkazish

M Xushnazarova, F Qurbonov, X Yuldoshev

Ushbu qo‘llanma malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari, baliqchilik fermer xo‘jaliklari mutaxassislari hamda magistrant va doktorantlar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek veterinariya, zooinjeneriya fakulteti baliqchilik yo‘nalishi hamda ushbu yo‘nalishlarning sirtqi bo‘lim talabalari qo‘llanmadan unumli foydalanishi mumkin.


Bakterilogiya tekshirishlar faqat tirik baliqlarda o‘tkaziladi. Chunki o‘lgan baliqda mikroflora tez ko‘payib, kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlash qiyinlashadi.


Tekshiriladigan material (a’zo yoki to‘qima. solinadigan idishlar (banka, kolba, probirka, petri kosachasi va hokazo) avtoklavda (1 atm. da 20 – 30 minut) yoki  qurutish shkafida (160 – 170 oC  1 – 1,5 soat) sterillanadi. Chelak, bidon, kastryullar sovunli suvda toza yuvilib, qaynoq suv bilan chayqab tashlanadi. Tirik baliqni solishdan oldin idish hovuz suvi bilan yoki artezian suvi bilan to‘ldiriladi.


Laboratoriyada olingan namunalar sun’iy oziqa muhitlarida (GPB va GPA) birlamchi ekish jarayoni o‘tkaziladi.


Dastlab baliqning jarohatlangan joylaridan (yara, absess va hokazo) olingan patologik material tekshiriladi. Yaralardan qirindi olishdan oldin ular fiziologik eritma bilan yuviladi. Material olinadigan joy kuydirilib, keyin Paster pipetkasi bilan suyuqlik olinadi. Ekish uchun   qon  yurakdan yoki dum arteriyasidan olinadi. Birinchi tomchi qon artib tashlanib, qolgan 2-3-tomchilar ozuqa muhitiga ekiladi.


Baliqlar denaturat spirt yoki 5 % li fenol bilan artib tozalangan taxtachalarda yorib ko‘riladi. Yorishdan oldin asboblar (skalpel, qaychi , pinsetlar va boshqalar) 30 minut qaynatiladi. Bakteriologik tekshiruv uchun material olinayotgan asboblar qo‘shimcha denaturat spirti bilan ho‘llanib kuydiriladi.


Bakteriologik tekshirish uchun ozuqa muhitiga yurak, taloq, buyrak va boshqa a’zolardan material olinib sun’iy oziqa muhitiga ekiladi. Namuna olinadigan joy avval qizdirilib, shpatel bilan kuydirilishi shart.


Bakteriyalar tomonidan chaqiriladigan kasallik qo‘zg‘atuvchilarini farqlash (identifikatsiya) maqsadida qo‘zg‘atuvchining morfologiyasi, harakatchanligi, kultural va bioximik xususiyatlari o‘rganiladi.


Oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlarni tirik yoki fiksatsiyalangan holatda o‘rganish mumkin. Bunda bakteriyalarning shakli, tuzilishi, harakatchanligi aniqlanadi. Bu tekshiruvlarni yarmi suyuq yoki bosma ezilgan tomchi usulida ham o‘tkazish mumkin.


Fiksatsiyalangan surtmani tayyorlash uchun yog‘sizlantirilgan predmet oynachaga tekshiriluvchi material tomiziladi. Aylantirilib oynachaning barcha sathiga yupqa qilib yopiladi. Bosma surtmalar esa kesilgan a’zo yoki to‘qimalarga predmet oynachani bir necha marotaba bir tekkizib tayyorlanadi.


         Surtmalar havoda quritiladi, olovda yoki spirt – efirda (etil spirti + efir 1:1) 10min, spirtli formalinda (40 % - li formalin 5 ml, 96 % - li etil spirti 9,5 ml) – 15 min, atsetonda – 5 min, xloroformda – bir necha sekunda fiksatsiyalanadi.


         Quritilgan va fiksatsiyalangan surtmalar Gramm, Sil – Nilsen, Romanovskiy – Gimza, Mizin yoki boshqa usullar bilan bo‘yaladi. Bo‘yash usulini tanlashda kasallik to‘g‘risida anamnez, epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilari hisobga olinadi.


         Masalan: Baliqning jabrasi, beli va dumida, suzgichlarida shilimshiq ko‘p bo‘lsa mikrobakteriozga tekshiruv o‘tkaziladi va sitofag - Agarli yoki Mijdi Petri kosachasida ekib bakteriya o‘stiriladi. Baliq kasaliklarining ko‘pgina qo‘zg‘atuvchilari go‘sht – peptonli muhitda yaxshi o‘sadi.


            Anaerob mikroblarni ajratishda oziqa muhitidan erigan kislorod olib tashlanadi. Buning uchun suyuq ozuqa muhitlari probirkaga solinib suv hammomchasida 10 min qaynatiladi yoki havoni vakuum nasosi bilan tortib olinadi.