Authors

  • Nargiza Nosirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.135087

Keywords:

Turkistonda milliy istiqloli va hurriyat masalalarini ilk bor ko‘tarib chiqqan shaxs buxorolik Abdurashid Ibrohimov (1851-1944) bo‘lgan. U Turkiya Makka va Yevropa davlatlarida bo‘lib bu mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotni o‘rgangan va o‘zi ko‘rgan kechirganlarini Turkiston xalqlari orsida keng tashviqot va targ‘ibotlar olib borgan

Abstract

Jadidchilik harakati natijasida jadid adabiyoti ham yuzaga keladi. Ma’rifatparvarlar yangilanish, qoloqlik va jaholatdan qutilish, rus istilosiga qarshi kurash, ma’rifat va hurriyatga erishish, istiqlolni qo‘lga kiritish g‘oyalari bilan to‘lib -toshgan yangi bir adabiyotni shakllantirdilar. Behbudiy bunday adabiyotning ilk namunalarini yaratadi. Undan so‘ng Fitrat, Munvvarqori va boshqalar ham adabiyot maydonga chiqa boshladilar. O‘lkada jadidchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishida Sharq mamlakatlari, birinchi navbatda Yaqin Sharq va Turkiyaning xususan,”Yosh turklar “partiyasining ijobiy va demokratik ta’siri bo‘lgan. Turkistonning o‘zidagi Muqumiy, Furqat, Avaz O‘tar, Berdaq va boshqalarning ilg‘or demokratik qarashla- ridagi g‘oyalar bilan sug‘orilgan asarlarisiz jadidchilik harakatini tasavvur etish mumkin emas.

background image


Avgust, 2025-Yil

86

JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI

Nosirova Nargiza Rustamovna

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti,

“Tarix” mutaxassisligi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16946328

Jadidchilik harakati natijasida jadid adabiyoti ham yuzaga keladi. Ma’rifatparvarlar

yangilanish, qoloqlik va jaholatdan qutilish, rus istilosiga qarshi kurash, ma’rifat va hurriyatga erishish,
istiqlolni qo‘lga kiritish g‘oyalari bilan to‘lib -toshgan yangi bir adabiyotni shakllantirdilar. Behbudiy
bunday adabiyotning ilk namunalarini yaratadi. Undan so‘ng Fitrat, Munvvarqori va boshqalar ham
adabiyot maydonga chiqa boshladilar. O‘lkada jadidchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishida Sharq
mamlakatlari, birinchi navbatda Yaqin Sharq va Turkiyaning xususan,”Yosh turklar “partiyasining
ijobiy va demokratik ta’siri bo‘lgan. Turkistonning o‘zidagi Muqumiy, Furqat, Avaz O‘tar, Berdaq va
boshqalarning ilg‘or demokratik qarashla- ridagi g‘oyalar bilan sug‘orilgan asarlarisiz jadidchilik
harakatini tasavvur etish mumkin emas.

Turkistonda milliy istiqloli va hurriyat masalalarini ilk bor ko‘tarib chiqqan shaxs buxorolik

Abdurashid Ibrohimov (1851-1944) bo‘lgan. U Turkiya, Makka va Yevropa davlatlarida bo‘lib, bu
mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotni o‘rgangan va o‘zi ko‘rgan kechirganlarini Turkiston xalqlari
orsida keng tashviqot va targ‘ibotlar olib borgan. Chunki XX asr boshlarida yashagan jadidlar siyosiy
hurlikka, milliy istiqlolga ega bo‘lish uchun yosh avlodning siyosiy ongini oshirish, ularni Yevropa
sivilizatsiyasi ruhida va darajasida tarbiyalamoq lozim deb tushunganlar. Jadid merosining yana bir
muhim jihati ularning ta’lim sohasida sekulyarizm-dunyoviylikni targ‘ib etishdir. Ular jamiyatda, eng
avvalo, yoshlar orasida turli diniy e’tiqodlarni hurmat qiladigan, bag‘rikenglik muhitini yaratish
muhimligiga alohida urg‘u berishgan. Munavvarqori Abdurashidxonov “Taraqqiy” jurnalidagi
maqolasida bag‘rikenglik va inkyuzivlikni targ‘ib qiluvchi ta’lim tizimi zarurligini ta’kidlab”, Ta’lim
diniy aqidalar va xurofotlardan holi bo‘lishi, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini oshirishi va
dunyoqarashini shakllantirishi mumkin bo‘lgan makonni ta’minlashi kerak“,- degan edi

1

.

Turkistonlik taraqqiyparvarlar o‘zlarining madaniy, ma’rifiy faoliyatlari davo- mida jadid

maktablarini ochish, yoshlarga diniy va dunyoviy ilm berish bilan cheklanib qolmadilar. Ular
o‘zlarining faoliyatlari davomida xotin-qizlar masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tganlar va xotin-
qizlarning ham ilm olishi, dunyoviy ishlarni bajarishda ham xotin – qizlar erkaklar qatorida teng
bo‘lishlari kerakligini alohida ta’kidladilar. Ayollar va erkaklar o‘rtasida farq bo‘lmasligi, jamiyatda
teng huquq va imkoniyatga ega bo‘lishligini ta’kidladilar. Jadidchilik harakatining asoschisi bo‘lgan
Ismoil Gaspirinskiy 1884 yil “usuli jaded” maktabini ochib, ta’lim sohasini isloh qilish borasidagi
g‘oyalarini “Tarjimon” gazetasida e’lon qilib, ta’lim tizimi oldida hal qilishi mumkin bo‘lgan
vazifalardan yana biri bu – xotin – qizlar ta’lim tizimidir “

2

, deb aytib o’tgan.

Jadidlarning eng e’tiborga olgan masalalaridan yana biri shuki, Turkistonda xotin-qizlarning

savodxonlik darajasi juda ham past ekanligi, ular faqatgina otinoyilar o‘z uylarida ochgan uy
maktablarida diniy ta’lim olib, diniy ta’lim davomida 3-4 tagida diniy suralarni yodlab, so‘ng ular uy
ishlari bilan shug‘ullanishi, nari borsa tikish-bichishni o‘rganish, keyin jamiyatni qat’iy qonun-
qoidalarga aylangan erta oila qurish, oila deb atalmish majburiyatini o‘z bo‘ynilariga olib, shu bilan

1

Ne’matov A. Jadidlar yoshlar qanday ta’lim olishni xohlagan ? // Yoshlar ovozi. 2024

2

Sharipov R. Turkiston jadidchilik harakati tarixidan. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002. – 31 b.


background image


Avgust, 2025-Yil

87

bir umr to‘rt devor ichida yashashlarini qattiq tanqid qilib, erkak va ayollar teng haq-huquqqa ega
ekanliklari, bola tarbiyasi bilan asosan onalar tarbiyalaganliklari bois, millat taqdiri uchun ularning
bilim saviyasini ko‘tarish va yangi maktablar tashkil etishni yoqlab chiqdilar

3

.

Oilada ayollarning huquqini erlar bilan tenglashtirish, ularning ma’naviy – ma’rifiy qiyofasini

o‘zgartirishni o‘zlarining asosiy vazifalari deb bildilar. Jumladan, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida
yashagan va o‘z davrining yetuk shoirasi bo‘lgan, o’zining adolatparvarlik g‘oyalari bilan ham
mashhur bo‘lgan Anbar Otin yaratgan asarlarida ayollar masalasiga alohida to‘xtalib, ayollarning
yashash sharoiti, ularning oiladagi o‘rni, jamiyatdagi mavqeini aks ettirishga harakat qilgan. Chunki
o‘rganilayotgan manbalarda yozilishicha, “bizda xotin-qizlar masalasi eng ayanchli bir masaladir.

Hatto mashruh bo‘lgan hurriyat va maorif hali bular orasig‘a sira kira olmasdan turadir; kirsa

ham juda tor doiradaginadir. Bunga sabab: umuman musulmon dunyosini necha asrlar bo‘yicha o‘rab
olgan hurofot va diniyotga taasubdir, nodonlikdir, ongsizlikdir“

4

.

Manbalarda yozilishicha, Mahmudxo‘ja Behbudiy ham o‘z maqolalarida, asarlarida xotin –

qizlarning achinarli ahvoliga, asoratga qolishiga qarshi fikrlarni ilgari suradi va xotin-qizlarning ilm
chashmalarini egallashining qizg‘in tarafdori bo‘lgan. O‘rta Osiyodagi xotin-qizlarning ayanchli
taqdiri deyarli barcha ziyolilarning diqqat e’tiborida bo‘lgan. Ma’rifatparvarlar o‘zlarining dastur va
g‘oyalarida ayollarning erkinligi, ularning ozodligi, ilmli ma’rifatli bo‘lishligini, zulmat botqog‘idan
chiqarish kerakligini alohida ta’kidlaydilar. O‘zlarining asarlarida, maqolalarida, she’rlarida xotin-
qizlarni madh etadilar. Zeroki, rivojlangan jamiyat ma’rifatli axotin-qizlarsiz bo‘lmas edi.

Ma’rifatparvarlar tarbiyamiz avvalo, onalarimiz tomonidandir, deb ta’kidlaydilar. Agarda

ularning o‘zlari ta’lim tarbiya olmagan bo‘lsalar, buning natijasida biz ham bir umr tarbiyasiz bo‘lib
qolamiz deb, murakkab bir shart-sharoitda ayollarning teng huquqli va dunyoviy ishlarda
aralashishlarini o‘z g‘oyalarida ilgari suradilar.

Jadidlar tenglikka erishish uchun xotin-qizlarimiz ilm olsinlar, ma’rifat cho‘qqilarini

egallasinlar, deb bot-bot ta’kidlaydilar. XX asr boshida ayollar, xotin – qizlar masalasi nozik va eng
murakkab masala edi. Odamlar orasida ayollarni qamoqda saqlagandek ichkarida saqlash, faqat oila
yumushu-yu bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi zarur deb hisoblovchi kishilar ko‘plab topilardi, hatto
bu holat bora-bora odamlar o‘rtasida oddiy turmush tarziga aylanib qolgandiki, natijada xotin-qizlarni
ijtimoiy turmushga tortish haqidagi yangiliklarga qarshi fikrlarning bo‘lishi tabiiy hol edi. Xotin –
qizlarning jamiyat, davlat, boshqaruv ishlariga jalb etish haqidagi masalaga nisbatan o‘sha davr
ziyolilari o‘rtasida ham turlicha qarash va nuqtayi nazar mavjud edi. Endigina ma’rifiy uyg‘onish
davrini boshidan kechirayotgon Turkiston o‘lkasi uchun ayollarni ijtimoiy hayotga jalb qilish va ularni
ma’rifat ila qurollantirish g‘oyasini ilgari surgan ma’rifatparvarlar jasorat egalari edilar.

Ma’rifatparvarlar orasida bu masalani bosqichma – bosqich, islohotlar yo‘li bilan amalga

oshirish tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Masalan, Abdulla Avloniy o‘z qarashlarida xotin-
qizlarni jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida ishtirok etishini, ular orasida, avvalo, ilm- ma’rifatni
keng tarqatishdan iborat, deb biladi. Shundagina Turkiston ravnaq etishi, rivojlanishini uqtirganlar.

Taraqqiyparvarlar xotin – qizlarning saylovlarda ishtirok etishlarini, Turkistonning milliy

ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida qatnashishlarini qo‘llab – quvvatlaganlar.

3

Shaymurzayev J. Jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati. // Yosh olimlar ilmiy- amaliy

konferensiyasi. – Toshkent,2024. – 38-41 b.

4

Садий А. Хотин-қизлар маорифи. // Туркистон. 1922. 7 окт.

References

Shaymurzayev J. Jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati. // Yosh olimlar ilmiy- amaliy konferensiyasi. – Toshkent,2024. – 38-41 b.

Садий А. Хотин-қизлар маорифи. // Туркистон. 1922. 7 окт.