Authors

  • O‘tkir Abdunazarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.135973

Keywords:

O‘zbek-qozoq adabiy aloqalari tarjimachilik imlo alifbo tetralogiya avtobiografik roman.

Abstract

Ushbu maqolada mashhur adib Nosir Fozilovning o‘zbek-qozoq adabiy aloqalarida tutgan muhim o‘rni, asosan, tarjimachilik faoliyati haqida kuzatishlar bayon etilgan.

background image

89

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

ADABIYOT DO‘STLIGI-MILLAT DO‘STLIGI

O‘tkir Abdunazarov

IIV Surxondaryo akademik litseyi “Tillarni o‘rganish” kafedrasi mudiri (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.17060149

Annotatsiya. Ushbu maqolada mashhur adib Nosir Fozilovning o‘zbek-qozoq adabiy

aloqalarida tutgan muhim o‘rni, asosan, tarjimachilik faoliyati haqida kuzatishlar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: O‘zbek-qozoq adabiy aloqalari, tarjimachilik, imlo, alifbo, tetralogiya,

avtobiografik roman.


Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, barcha turkiy xalqlar qatori o‘zbek va qozoq

xalqi ham ming yillik rishtalar bilan mustahkam bog‘langanligiga guvoh bo‘lamiz. Tili, dini, urf-
odatlari, maslagi bir bo‘lgan bu ikki xalqning asrlar davomida shakllangan do‘stligi ayniqsa
so‘nggi yillarda yanada kamol topib, yangicha mazmun kasb etmoqda. Bu hol ayniqsa
adabiyotlararo aloqada, adabiy do‘stlikda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Qozoq adibi Abay
Qo‘nonboyev ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha 2018 yil 13 mart kuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinishi bu borada ikki xalq o‘rtasida
yangi davr boshlanganidan xabar beradi.

O‘zbek va qozoq adiblarining o‘zaro xamkorlik jarayonini taniqli adabiyotshunos olim

Ozod Sharfiddinov shunday deb ta’riflagan edi: “XX asr boshlarida o‘zbek adibi Abdulla
Qodiriy yaratgan romanlar qozoq yozuvchilari uchun ham adabiy maktab bo‘lgani haqida
Muxtor Avezov ko‘p yozgan... Qozoq adabiyotidagi epiklik, xalq og‘izaki ijodiyotiga moyillik
kabi xislatlar, asosan, mumtoz adabiyot an’analari ruhida shakllangan o‘zbek adabiyotini yanada
yorqin ranglar bilan boyitishga munosib hissa qo‘shdi. Ikki xalq adabiyoti vakillarini bamisoli
egizakka o‘xshatish mumkin, zero, Muxtor Avezov va Oybek, G‘afur G‘ulom va Sobit
Muqonov, Abdulla Tojiboyev va Mirtemir, Abdulla Oripov va O‘ljas Sulaymonovlar adabiyot
maydoniga bir-biriga hamnafas bo‘lib qalam surdilar...” Munaqqidning yuqorida keltirilgan
ta’rifi bu ikki xalq adabiyotining nechog‘lik mushtarak ekanligidan dalolat berib turibdi.

Ma’lumki, har bir milliy adabiyot rivojada adabiy aloqlar va ijodiy ta’sirning o‘rni katta.

Ayniqsa ming yilliklar tarixi davomida bir buloqdan suv ichgan qardosh xalqlar adabiy marosiga
nazar tashlasak bu yanada yorqinroq ko‘zga tashlanadi. Xususan, atoqli qozoq adibi Abay
ijodida katta epik janrning yuzaga kelishida Navoiy ijodining ahamiyati adib tomonidan chuqur
ehtirom bilan e’tirof etiladi.

O‘zbek-qozoq adabiy aloqalarining yangi bosqichga ko‘tarilishida ayniqsa O‘zbekiston

Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qozoq adibi Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini o‘rganish va
targ‘ib qilish bo‘yicha 2018 yil 13 mart kuni e’lon qilgan qarori katta ahamiyatga molik bo‘ldi.

Ma’lumki, adabiy aloqalarning rivojida tarjimalarning o‘rni beqiyos. O‘zbek-qozoq

adabiy a’loqalarining mustahkamlanishida ham har ikki xalq adabiyotidan qilingan tarjimalar
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ayniqsa “O‘zbek-qozoq xalqining oltin ko‘rigi”
degan faxriy e’tirofga sazovor bo‘lgan adibimiz Nosir Fozilovning xizmatlari beqiyos.

Qozoq diyorida tavallud topib, o‘zbek yurtida kamol topgan adib talabalik yillaridayoq

yosh, tajribasiz bo‘lsada atoqli qozoq yozuvchisi Sobit Muqonovning “Hayot maktabi” nomli
avtobiografik romani tarjimasiga qo‘l urdi. 1956 yilda esa G‘abidin Mustafinning “Qarag‘anda”
romanini o‘zbek tiliga o‘girib, nashr ettirdi. XX asrning o‘ttizinchi yillargacha barcha turkiy
xalqlar arab alifbosidan foydalanganliklari sababli bir-birlarini tushinishda tarjimonlarga
unchalik ehtiyoj sezilmagan, adabiy a’loqalar o‘z-o‘zidan davom etavergan bo‘lsa, imlomiz


background image

90

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

o‘zgartirilib, avval lotin, so‘ngra krill alifbosiga o‘tilishi bu borada ham o‘ziga xos
muammolarga yo‘l ochdi. Natijada eng yaqin tilli xalqlar ham adabiy merosni anglashda
tarjimaga ehtiyoj seza boshladi. Nosir Fozilovning ta’biricha: “ushbu “islohotlardan” keyin
turkiy xalqlar ma’naviy uzoqlashib, bir-birining adabiyotini o‘qiyolmay qoldi. Bu esa bo‘lib
kelayotgan adabiy aralashuvimizni izdan chiqardi. Natijada tarjimonlarga ehtiyoj yuzaga keldi”.

1958 yilda Nosir Fozilov tarjimasida Qalmaxon Abduqodirovning “Hojimuqon” qissasi

nashr etildi. Qozoq pahlavoni bo‘lgan Hojimuqon afsonaviy shuhratga ega bo‘lishi bilan bir
qatorda o‘zbek halqiga ham suyukli bo‘lgan, shu sababli bu qissa yurtimizda olti marotaba nashr
etildi. Nosir Fozilov mohir tarjimon sifatida Sobit Muqonovning “Cho‘loq polvon” qissasini,
“Cho‘pon bolasi” romanini, G‘abit Musrepovning “Qozoq soldati” hamda Abay
Qo‘nanboyevning tanlangan asarlarini o‘zbek tiliga o‘girishda qatta xizmat qildi.

Muxtor Avezovning “Abay yo‘li” tetralogiyasining o‘zbek tilida nashr etilishida ham

Nosir Fozilov Mirtemir bilan hamkorlikda tarjima tahriri ustida faol hamkorlik qildi. “Men
Nosirni qardoshlik madhini kuylovchi adib degim keladi, − deb yozadi Said Ahmad. − Chunki u
qardosh adiblar bilan o‘zbek adiblar o‘rtasida qurilgan ko‘prikka o‘xshaydi. Nosir bizga Sobit
Muqonovni, G‘abit Musrepovni, G‘abidin Mustafinni tanitdi. “Hayot maktabi”, “Qozoq soldati”,
“Qarag‘anda” romanlarini biz Nosir tarjimasida o‘qidik. U bizga qoraqalpoq yozuvchisi
A.Begimovning “Baliqchining qizi” romanini, A.Shomurodovning “Yo‘lbarslar orasida”
qissasini mohirlik bilan tarjima qilib berdi.” Yuqoridagi e’tirofi bilan Said Ahmad Nosir
Fozilovni mohir tarjimon sifatida yana bir bor ta’kidlaydi.

Umuman olaganda Nosir Fozilov ikki xalq vakiliga xos qardoshlik tuyg‘usi barq urib

turadi, badiiy ijodining asosiy mavzusi ham shu xalqlarning mushtarak orzu-umidlari, turmush
tarzi bilan uzviy bog‘liq holda tasvir etiladi.

Adib qozoq xalqiining yashash turzi, urf-odatlari va tilini yaxshi bilganligi uchun xam

tarjimalarida asarlardagi milliy kolaritni haqqoniy saqlagan holda, ma’no qatlamlarini yaxshi
ochib bera oladi. O‘zbek va qozoq xalqi azaldan bir-biri bilan yonma-yon yashab, hamisha bir-
biriga o‘zgacha bir mehr bilan yaqindan nazar tashlab bir-birini qo‘llab quvvatlagan. Shuning
uchun ham ikki xalq ijodkorlari ijodida bu jihatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Nosir Fozilov qaysi
xalq adabiyotidan tarjima qilmasin, shu xalqning o‘ziga xos tili, qiyofasi, urf odatlari yaqqol
sezilib turadi, bu esa o‘sha tarjima qilingan kitobning fazilatiga fazilat qo‘shadi.

O‘zining bir umrlik ijodiy faoliyatida Nosir Fozilov qozoq adabiyotidan Shaxmet

Husainovning “Nurli tosh”(1952), Muxtor Avezovning “Abay-xalq farzandi” (1978) Oltinsoch
Jag‘anovani “Hazrati ayol” (1987), Qaltay Muhammadjonovning “Biz farishtamizmi?” (1987),
Sherxon Murtazoning “Stalinga xat” (1988), kabi dramalarini, X.Naymanboyevning
“Chaqirilmagan mehmon” hikoyalar (1980), Taxavi Ataxanovning “Ichkuyov” kamedyasi
(1987), Sobit Do‘sanovnig “Yovshan isi” qissasi kabi ko‘plab asarlarni mahorat bilan tarjima
qilib o‘zbek adabiyoti xazinasini ma’naviy boyishiga ulkan hissa qo‘shdi. Atoqli adib, mohir
tarjimon Nosir Fozilovning qilgan xizmatlari munosib baholanib Qozog‘iston Prezidentining
“Tinchlik va ma’naviy hamjihatligi uchun” mukofoti hamda Qozog‘iston Yozuvchilar
uyushmasining Bayimbet Maylin va xalqaro “Alash” mukofotlari bilan taqdirlandi. Nosir
Fozilov umri davomida qirqdan ziyod asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qildi, bunday qilingan
tarjimalar esa adib qalamining charxlaninib, yana ijodiy barkamollik kasb etishida muhim
ahamiyat kasb etdi. U tarjima qilgan asarlari bilan ikki xalq orasida adabiy ko‘prik vazifasini
o‘tadi. Bu ko‘prik yurakdan yurakka, ko‘nggildan ko‘ngilga solingan ko‘prikdir.


background image

91

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Sevimli adibimizning yaratib ketgan mustahkam adabiy do‘stligi bugungi kunda ham o‘z

ahamyatini yo‘qotgani yo‘q, aksincha, yanada mustahkamlanib yangi bosqichga ko‘tarilib
bugungi adabiy aloqalarimizda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Yo‘ldosh Q., Yo‘ldosh M. Badiiy taxlil asoslari. –T.: “Kamalak”, 2016.

2.

Fozilov N. “Noshir va nosir so‘zi” T.: “O‘zbekiston” 2015.

3.

“Nosir Fozilov zamondoshlari xotirasida” -T.: “Mashhur-press” 2019

4.

“O‘zbek-qozoq adabiy aloqalari” maqolalar to‘plami.-T.: “Mashhur-press” 2018


























References

Yo‘ldosh Q., Yo‘ldosh M. Badiiy taxlil asoslari. –T.: “Kamalak”, 2016.

Fozilov N. “Noshir va nosir so‘zi” T.: “O‘zbekiston” 2015.

“Nosir Fozilov zamondoshlari xotirasida” -T.: “Mashhur-press” 2019

“O‘zbek-qozoq adabiy aloqalari” maqolalar to‘plami.-T.: “Mashhur-press” 2018