Sentabr, 2025-Yil
38
TALABALAR MEDIA KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOG VA
KUTUBXONACHILAR O‘ZARO HAMKORLIGINING MAZMUNI
A.S. Otamurodova
UrDPI Boshlang‘ich ta’lim fakulteti o‘qituvchisi.
orsid.org/0009-0000-1805-7257
https://doi.org/10.5281/zenodo.17083275
Annotatsiya. Ushbu tezisda talabalar mediakompetentligini rivojlantirishda pedagog va
kutubxonachilarning o‘rni, pedagogik imkoniyatlari va metodik jihatlari ilmiy jihatdan ochib
berilgan. Media savodxonlik negizida media madaniyatini shakllanganlik jihatlariga ham alohida
urg‘u berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Mediata’lim, media madaniyat, kompetensiya, monipulyatsiya, axborot
xavfsizligi, media savodxonlik.
Аннотация. В данной научной тезис научно раскрыта роль, педагогические
возможности и методические аспекты педагогов и библиотекарей в развитии
медиакомпетентности учащихся. Особое внимание уделяется аспектам формирования
медиакультуры на основе медиаграмотности.
Ключевые
слова:
Медиаобразование, медиа культура, компетентность,
манипуляция, информационная безопасность, медиаграмотность.
Annotation. This thesis scientifically reveals the role, pedagogical capabilities and
methodological aspects of educators and librarians in the development of student
mediacompetency. On the basis of Media literacy, media culture is also dying with a special
emphasis on the aspects of formation.
Keywords: Media Education, media culture, competence, manipulation, information
security, media literacy.
Ta’lim jarayonida medisavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan
fanlarning maqsadi har bir medianing foydali tomonlari va kamchiliklarini tushungan holda
tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish
bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanday axborotning
manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishni bilish hisoblanadi.
Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam
berishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son
«O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonlari[1], 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4022-son «Raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari[2], zamirida mediasavodxonlik va axborot madaniyatini
rivojlantirishga qaratilgan qator vazifalar ham bor.
Bugungi kunda mediasavodxonlik va axborot madaniyati, san’atning turlari, madaniyat
sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot inson ongiga o‘zining ma’lum
darajada ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga
olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda mediata’lim, mediasavodxonlik,
mediatanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotlarning
Sentabr, 2025-Yil
39
yuzaga kelishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va
madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olish va
xulosa chiqarishni bilishdir.
Media savodxonlik – insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish,
sintezlash, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba
ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori
boʻlgan, ya’ni mediakompetentligi rivojlangan odam osongina sezishi va aniqlay olishi mumkin
boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik – bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini
ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilardan foydalanishda qoʻllash
qobiliyatidir [5; 5].
Ta’lim jarayonida media savodxonlik inson hayotida katta rol o‘ynaydi. Ular “shaxsga
o‘zining ijtimoiy rollari – birinchi navbatda, fuqaro va oila a’zosi, qolaversa, butun jamiyat vakili
va ma’lum bir hududda yashovchi shaxs sifatida murojaat qiladi. Media olami vositalarining
mazmuni shaxsning jamiyat va uning quyi tizimlari bilan munosabatlarining barcha tomonlarini,
shaxs tarkibiga kiradigan ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Axborot
texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy
jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri juda
katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasidan
foydalanish o‘qituvchi va talabalar oldida quyidagi imkoniyatlarni yaratadi, xususan:
· axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
· talabalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
· mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
· talabani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy
qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi[5; 48].
Ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar har bir shaxsdan bilim, yuksak madaniyat,
yuqori malaka, ijodkorlik, jamiyat oldida mas’uliyatni his etishni talab qiladi. Taʼlimni
axborotlashtirish taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchi faoliyatini intellektuallashtirish jarayoni
sifatida faqatgina zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida rivojlanadi.
Taʼlimni
rivojlantirishning
zamonaviy
bosqichida
axborot
kommunikatsion
texnologiyalarni qo‘llash o‘qituvchilarning ham, talabalarning ham faoliyatida zaruriy vosita
manbayidir. Pedagogik faoliyat mazmunidan kelib chiqib, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan kasbiy
talablardan biri – talabalarda mediakompetentlikni rivojlantrishning turli usullaridan mohirlik
bilan foydalana olishdir. Ularning zamonaviy pedagogik tizimlarini bilishi, o‘z ilmiy va pedagogik
faoliyatida axborot kommunikatsion texnologiyalar sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishi, zamonaviy o‘qituvchi ilmiy tadqiqot ishlarini amaliyot bilan bog‘lay olishi pedagogik
mahorat yig‘indisi sifatida yuzaga keladi.
Bugungi kunda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ilmiy sohada tadbirkor biznesni
yo‘lga qo‘yishda asosan mediakompetentlik darajasi yuqori bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni
talab etadi. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan har bir
pedagog talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilishda media olami vositalaridan ongli ravishda
foydalanishga alohida e’tibor qaratishi lozimdir.
Sentabr, 2025-Yil
40
Bunady ta’limiy jarayonning bevosita ishtirokchisi va pedagog yordamchisi sifatida
axborot-resurs markazi xodimlarining pedagogik faoliyati ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ta’limni ilmiylik va maqsadga yo‘naltirilganlik jihatidan bu ikki xil faoliyat turning
negizida bir xil maqsad, yani talabalar mediakompetentligini rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatli
kadrlarni tayyorlash yotadi. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchisi talabaga har qanday fan
doirasida media ta’lim bo‘yicha nazariy jihatdan bilim bersa, axborot-resurs markazi xodimining
pedagogik imkoniytalari aynan media ta’lim vositalaridan ongli foydalanish, saralash, tahlil qilish
va uzatish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratadi.
Mediyasavodxonlikni shakllantirishga qaratilgan amaliy ilshlar ta’limning ilmiylik
faoliyatida rivojlantiriladi, takomillashtiriladi va inniovatsion yondashuvga yo‘naltiriladi. Talaba
tomonidan mustaqil ravishda noaniq vaziyatlarda innovatsion yangiliklar o‘z navbatida start.up
loyihalar darajasida namoyon bo‘ladi.
Bu borada oliy ta’lim muassasasining axborot-resurs markazida yaratilayotgan sharoitlar
va pedagogik imkoniyatlarning hissasi kattadir.
Talabalarda mediakompetentlikni rivojlantirish aynan bir fan sifatida emas, balki har bir
fanning negizida o‘z ifodasini topishi lozm. Pedagog o‘z fani bo‘yicha talabalar bilim, ko‘nikma
va malakalarni rivojlantirishga qaratilgan faoliyati davomida albatta media olamiga murojaat
qiladi, xorijiy manbalardan ilmiylik jihatlarini izlaydi, o‘zlashtiradi va faniga moslashtiradi.
Ushbu jarayonni metodik jihatdan fanga tadbiq qilsa va metodikani ilmiylik darajasini
didaktik jihatdan yondashib amalyotga bog‘lay olsa, biz yuqorida ko‘zlagan maqsadning amalga
oshishiga zamin yaratgan hisoblanamiz.
Ta’lim jarayonida mediakompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha metodlarni
misol qilishimiz mumkin. Bular:
“Muammoli vaziyat” metodi – bunda talabalar qo‘yilgan muammoni yechimini izlaydi,
sabab va oqibatlarini tahlil qiladi, uning yechimini topish yo‘llarini izlashda albatta media olamiga
murojaat qiladi.
“Loyiha” metodi – bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt
davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish
ishlarida media vositalaridan foydalanish kuzatiladi. “Loyiha” metodining bosqichlari quyidagicha
amalga oshiriladi:
1.
Ma’lumot yig‘ish;
2.
Reja tuzish;
3.
Qaror qabul qilish;
4.
Amalga oshirish;
5.
Tekshirish;
6.
Xulosa qilish[4; 22].
“T” chizma metodi – bunda munozara vaqtida o‘rganilayotgan materialni afzallik va
kamchilik jihatlari tahlil qilinadi va jadvalda taqqoslanadi. Talabalar ushbu metod orqali
materialni afzalligi va kamchiligi qanday vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hayotiy vaziyatlar
orqali izlashga harakat qiladi. Ushbu metodni bajarish natijasida talaba media olamiga murojaat
qiladi.
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, mediakompetentlik jihatlari quyidagicha
ko‘rinadi:
Sentabr, 2025-Yil
41
Media kompetentsiyasi – bu shaxsni tanlash, tanqidiy baholash, ijodiy qayta ishlash va
undan samarali foydalanish qobiliyati axloqiy mezonlarga asoslangan turli xil axborot manbalari
va ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlar, shuningdek, kommunikativlarda faol ishtirok
etish jarayonlari hisoblanadi. Sahxsda mediakompetensiyasi, ijodkorlik va jamoaviy
hamkorlikning rivojlanishi bilan bir qatorda axborot hujumlari va manipulyatsiyalarga qarshi
immunitet ham shakllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son «O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida»gi farmonlari.
2.
2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4022-son «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida
raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari.
3.
Ya.Mamatova, S.Sulaymonov. O‘zbekiston mediata’lim taraqqiyoti yo‘lida. O‘quv
qo‘llanma. –T. “Ekstremum press”, 2015, 94 b.
4.
D.A.G‘aniyeva, I.P.Umarova. Kutubxona faoliyatini rivojlantirish tendensiyalari. O‘quv-
uslubiy majmua, –T. – 2018, 22-bet
5.
B.S.Abdullayeva, Y.Z.Ro‘ziyev, K.V.Ismoilova. Mediasavodxonlik va axborot madaniyati.
Darslik. –T. “O‘zbekiston”, 2024, 5, 48 betlar
