ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
5
HADISDA ZIKR ETILGAN TURKLAR YOXUD CHINGIZXON TURK QAVMI
VAKILI
Nasrullayeva Sabrina Lutfullayevna
Renessans ta'lim universiteti, 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17252912
Bugungi kunimizga kelib rus va sovet tarixchilari qayta ishlab yozgan turklar
to‘g‘risidagi, jumladan, Chingizxon va uning mo‘g‘ul-tatar qavmi haqidagi qalbaki tarixiy
ma’lumotlardan voz kechishga hamda ularning haqiqatga mos keladiganlarini ham asl
manbalarga taqqoslab keyin dalil sifatida qabul qilishga bo‘lgan intilish nafaqat mutaxasis
tarixchilar orasida, balki o‘zini turk deb hisoblaydigan oddiy xalq orasida ham jiddiy tus oldi.
Ma’lumki, zamonaviy dunyomizda qadimdan turli qavm-elatlardan tarkib topib
shakllanib ulgurgan turkiy millat-xalqlar talaygina. Lekin Imom Buxoriyning “Sahih” atalmish
hadislar to‘plamida zikri keltirilgan Allohning alohida e’tiborida bo‘lgan turk atalmish ikki elat
vakillari kim bo‘lganlaru hozirda o‘sha turklar dunyodagi qaysi turk millatining asosini tashkil
etishi har qanday odamni xoh u tarixchi bo‘lsin va xoh u oddiy xalq vakili bo‘lsada,
qiziqtirmasdan qo‘ymaydi. Men sharqshunos-tarixchi hamda islomshunos mutaxasis sifatida
yuqoridagi tarixiy-ilmiy masalaga ishonchli manbalarga tayangan holda oydinlik kiritishga
harakat qilaman.
Zora, mening bu sa’y-harakatim mazkur masala atrofida paydo bo‘lgan turli-tuman
shubhalarga sal bo‘lsada barham bersa:
- Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
-Darhaqiqat, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bunday dedilar:
-Sizlar (ya’ni, musulmonlar) Xuz va Kirmon (ya’ni, Arabistonga Eron) tomondan kirib
keladigan qizg‘ish yuzli, pachoq burunli, kichik (qisiq) ko‘zli ajamiy (ya’ni, arab bo‘lmagan)
ikki (turk) elatga qarshi urushmaguningizga qadar Qiyomat bo‘lmas. Ularning yuzlari g‘adir-
budir qalqon singari (sergo‘sht va yalpoq) bo‘lib, poshnalari (yoki poyabzallari) jundan
(qilingandur). (Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. 2-jild. Qomuslar Bosh
tahririyati. Toshkent-1996. 484-bet).
Hatto, al-Buxoriyning “Hadis” deb atalgan asarining 2-jildi 268-beti 80-bobi “Turklarga
(qarshi qilinadigan) jang xususida” deb nomlanadi.
Xo‘sh, Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallam “turklar” deganda dunyodagi qay bir
turk qavmini nazarda tutgan edi? Chunki Muhammad alayhis salom bu hadisni o‘z qavmiga
aytganda hali musulmon arablar turklar tugul hatto forsiylar bilan ham to‘qnashib ulgurmagan
edilar. Aksincha, musulmon arablar uchinchi bo‘lib to‘qnashgan ajam(iy, ya’ni arab bo‘lmagan)
deb ataluvchi qavm bu Eron hududidagi forsiylar bo‘lgandi. Birinchi ajamiy millat esa bu
naroniylar hisoblansa, ikkinchi ajamiy qavm yahudiylardir.
Demak, Islom lashkari 708 yilga kelgandagina birinchi bo‘lib Amudaryoning orti
bo‘lmish, arablar tilida aytganda Movarounnahrga, ya’ni Turonzaminga bostirib ririb rostmana
turk qavmiga mansub qo‘shin bilan jangga kirishdilar. Biroq hali bu hadisda eslab o‘tilgan “ikki
turk elati” emas edi. Chunki o‘sha paytdagi Movarounnahr turklarining yuz tuzilishi hadisda
zikri keltirilgan mongoloid ko‘rinishda emasdi:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
6
Yig‘ib Chin lashkari solsa mo‘g‘ulona ko‘zung yuzga,
Chig‘atoy birla o‘zbekni olur toroju yag‘mosi. (Atoiy she’ri).
Chunonchi, «Temur tuzuklari» nomli ilmiy-tarixiy asarda mo‘g‘ullarga xos bo‘lgan va
yuqoridagi hadisi sharifda tasvirlab berilgan yuz tuzilishiga Amir Temur ham urg‘u berib o‘tadi:
-Tilga olingan mo‘g‘ul amirlarini ko‘rganimda ularni haybatim bosdi shekilli, ko‘p
hurmat ko‘rsatib, meni ortiqcha siyladilar. Ularning ko‘zlariga o‘xshash ko‘ngillari ham tor
bo‘lganligidan, sovg‘a-sovrun yo‘sinida ularga berilgan har turlik tansiq mollar ko‘zlariga ko‘p
ko‘rindi va Movarounnahrni bosib olish va talon-toroj qilish niyatidan qaytdilar. (Amir Temur.
Temur tuzuklari.
G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi. Toshkent. 1991 yil, 18-bet).
Endi bizning oldimizda yana bir muammo bor, ya’ni hadisda tilga olinib Payg‘ambarimiz
(SAV)ning takror va takror zikriga hamda Allohning nazari tushib Uning g‘azabidan yaralgan
«ikki elat» deb ta’riflanganlik mavzusiga aniqlik kiritib olish fursati yetdi desak bo‘laveradi:
-Millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning vazifasidir.
(Cho‘lpon). Demak, Rasululloh (SAV) taxminan milodiy 630 yillarda taxminan o‘zidan
keyin 650 yilcha o‘tib (1219y) kelajakda musulmonlarni g‘ayriddin bo‘lgan ikki turk qavmi
bilan yuz beradigan qonli to‘qnashuvi haqidagi ilohiy bashoratni bayon qilyaptilar. Hadisi
sharifdagi odamni o‘ylantiradigan muhim bir joyi shuki, yuqorida ta’kidlaganimizdek aslida
dunyoda turk qavmiga mansub elat va qabilalar juda ko‘p. Rasululloh (SAV) ikki turkiy elat
deganlarida ularning qay birini nazarda tutgan edilar? Ushbu hadisni bundan to‘liqroq matn bilan
Tabaroniy, Abu Dovud, Nasaiy va Bayhaqiylar ham rivoyat qilishgan:
-Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: -Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
-Ko‘zlari kichik, yuzlari qizil, puchuq burun, yuzlari teri qoplangan qalqonga
o‘xshaydigan turklarga qarshi jang qilmaguningizcha, soat (qiyomat) qoim bo‘lmaydi, dedilar.
(“Oltin sisila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Shorihlar (ya’ni mazkur hadisni sharh etuvchi olimlar) bu borada turli fikrlarni aytishgan.
Jumladan, “bu hadisda zikr etilgan turk qavmi mo‘g‘ullar” deyishgan. Vallohu a’lam!
(“Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati).
Xullas, Alloh taolo Rasululloh sallollohu alayhi vasallam orqali Saodat Asridan keyin olti
asr o‘tib 1219 yildan boshlanib to 1227 yilgacha davom etadigan ikki turkiy qavm sanalmish
mo‘g‘ul-tatarlarning musulmonlarga hujum qilishlari to‘g‘risidagi ilohiy bashoratini taqdim etib,
bu bilan musulmonlarni uzoq kelajakda yuz beradigan ana shunday muqarrar xavf-xatardan
ogohlantirgan ekan:
-O‘zidan quyidagilarga zulm qilib, ulardan o‘zini baland tutgan kishi borki, Alloh uni
o‘zidan yuqoridagilarning qo‘li bilan xorlash orqali balolab qo‘yganini doim ko‘rdim. (Hofiz ibn
Hibbon rahmatullohi alayhi).
Vaholanki, Qutayba ibn Muslim 708 yili o‘zining arab-fors millatiga mansub askarlaridan
iborat musulmon qo‘shinini Movarounnahr sarhadlariga olib kirib o‘zining keng qamrovli
bosqinchilik urushlarini boshlab yuboradi.
O‘shanda Movarounnahrda ham turkiy elatlar Buxoro va Xorazmda hukmron qavm
sanalganlar:
-Dinda majburlash yo‘q. (2-Baqara surasi 255-oyat).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
7
Holbuki, Qutayba boshchiligidagi Islom lashkariga o‘shanda na eroniy va na turkiy qavm
vakillari jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi hamda oxir oqibat ular arablar istilosida mag‘lub
bo‘ldilar. Demak, yuqorida zikr etilgan Buxoro va Xorazmdagi turklar quyidagi Payg‘ambarimiz
sallollohu alayhi vasallam bezovta qilinishi mumkin bo‘lmagan turklar deb ta’rif bergan toifaga
mansub qavm emas ekan.
Zero, yuqoridagi ikki sahih hadisda ham o‘sha “oromi buzilishi” mumkin bo‘lmagan turk
elati ikkita ekanligiga urg‘u berilayotganligiga e’tiborimizni qaratsak, masalaning yechimi aynan
mo‘g‘ul-tatar nomli ikki turk qavmi ekanligi orqali oydinlasha boshlaydi. Chunonchi, Allohning
alohida diqqat-e’tiborida turadigan turk elati to‘g‘risida mashhur «Devoni lug‘otit turk»
asarining muallifi Mahmud Qashg‘oriy ham mazkur kitobining muqaddimasida bir hadis bilan
eslab o‘tadi:
- Shayxul imom az-Zohid al-Husayn bin Xalaf al-Kashg‘oriyga Ibn al-G‘arqiy degan
odam Shayx Abu Bakr al-Mufid al-Jarjaroniyning oxir zamon haqidagi kitobida Payg‘ambar
(SAV)dan shu hadisni rivoyat qiladi:
- Ulug‘ Tangri aytadi:
- Mening bir toifa askarim bor, ularni turk deb atadim. Ularni kunchiqarga o‘rinlashtirdim.
Biror xalqdan g‘azablansam, turklarni unga qarshi yo‘llayman.
Bu narsa ular (ya’ni, turklar) boshqalarga nisbatan fazilatli ekanini ko‘rsatadi. Hatto
Tangri ularga o‘zi ot qo‘ygan, ism bergan, ularni eng baland yerlarga, xush havo joylarga
o‘rnatgan va o‘zining botirlaridan sanagan. (Mahmud Koshg‘ariy.
Turkiy so‘zlar devoni (Devonu lug‘otit turk). Mo‘g‘ul-tatar deb nomlanuvchi ikki turk
qavmi haqidagi ma’lumot Amir Temurning ikki qabrtoshi (pastki va tepadagi)da ham qayd
etilgani taxsinga loyiq voqea hisoblanadi. Chunki Barlos qabilasining yetakchi tarixiy vakili
hisoblanmish Amir Temur o‘zining kelib chiqishini xuddi mana shu mo‘g‘ul-tatar qavmining
Mo‘g‘ul atalmish bobokoloniga ham tegishli ekanligini o‘zining mashhur “Temur tuzuklari”
asarida ochiq-oshkor tan olgan: Ular (ya’ni, Qobulxon va Qochuvli-bahodirlar Tumanaxon) ota
oldida: -Xonlik taxti Qobulxonga bo‘lsin, shamshir va hukm yuritish esa Qochuvliga berilsin,
deb bir-birlariga so‘z berdilar. Biz farzandlarimizga ham ham vasiyat qilamiz, (ular) ham
avloddan-avlodga ushbu qoidaga amal qilsinlar, dedilar.
Shu haqdagi qarorni uyg‘ur yozuvida bitib qo‘ydilar, har ikkovlari unga imzo chekdilar,
ota ham unga o‘zining ol (oilaviy) tamg‘asini bosdi va uni xon xazinachisiga topshirdilar.
Tumanaxonning umri tugagach, Qobulxon xonlik taxtiga o‘tirdi. Qochuvli esa u bilan
yakdillik va muvofiqat maqomini tutdi. Amir Temurning qabrtoshida zikr etilgan Mo‘g‘ul va
Tatar (Totor) nomlari sohibqirondan oldin o‘tgan u kishining nasl-nasabidagi 24-bobokolonining
ismi bo‘lib chiqmoqda.
Mo‘g‘ulxondan keyin 7 (yettinchi) ajdodda No‘h alayhis salomning muborak nomi ham
mazkur qabrtoshdan o‘rin olgandir. Xuddi shu shajara asnosida Shohruhmirzo hamda Mirzo
Ulug‘bek Chingizxon mansub bo‘lgan ajdodlar xronologiyasini ham mazkur qabrtoshda ifoda
etganlar. Ana shu shajaradan kelib chiqib biz bu ikki sohibqironlar, ya’ni Chingizxon va Amir
Temur Tumanaxon degan bobokolonlariga yetib borganlarida ularning nasl-nasabi bitta bo‘lib
qolganligiga ham guvoh bo‘lamiz.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
8
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Абулгозийхон Баходирхон. Шажараи турк. – T.: Чулпон, 1992. – Б.
2.
Akbar Zamonov. O`rta asr tarixiy shaxslarining ayrim noma’lum sahifalari. – T : Bayoz,
2019. – B.20.
3.
Жaбборов И. Буюук Хоразмшохлар давлати. 124-б.
4.
Михаил Иванин. Икки Буюк саркарда. Чингизхон ва Амир Темур – T.: , 2019. – Б.67.
5.
Mo'g'ul imperiyasi: kelib chiqishi, joylashishi, xususiyatlari, madaniyati, iqtisodiyoti - Fan
- 2023 (warbletoncouncil.org)
6.
Mo’g’ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash (xorazmiy.uz)
