BASIC PROPERTIES OF CONCRETE AND CONCRETE. PREPARATION OF CONCRETE MIXTURE.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
O‘tashov , B., & Salimjonov, J. (2023). BASIC PROPERTIES OF CONCRETE AND CONCRETE. PREPARATION OF CONCRETE MIXTURE. Modern Science and Research, 2(3), 180–182. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18929
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The complex is obtained by direct mixing of water, cement and fillers, a concrete mixture that represents a multi-component polydispersion system. It includes small dispersion particles of cement, relatively larger small and large granular filler, special additives that are introduced in most cases, water and air added during the preparation of the mixture.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

180

BETON VA BETONNING ASOSIY XOSSALARI. BETON QORISHMASINI

TAYYORLASH

O‘tashov Baxtiyor O‘rozboy o‘g‘li

Farg‘ona politexnika instituti.

baxtiyorotashov06@gmail.com

Salimjonov Jasurbek Xalimjon o‘g‘li

Farg‘ona politexnika instituti.

jasurbeksalimjonov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7771253

Annotatsiya.

Murakkab ko‘p komponentli polidispersion tizimni o‘zida ifodalovchi beton

qorishmasini suv, sement va to‘ldiruvchilarni bevosita qorishtirish orqali olinadi. Unga
sementning mayda dispersion zarralari, nisbatan yirikroq bo‘lgan mayda va yirik donador
to‘ldiruvchi, aksariyat hollarda kiritiladigan maxsus qo‘shimchalar, suv va qorishmani tayyorlash
jarayonida qo‘shilib ketadigan havo kiradi.

Kalit so‘zlar:

Beton qorishma, tarixi, mustahkamlik, moddalar, qulaylik, deformatsiya,

markalar.

BASIC PROPERTIES OF CONCRETE AND CONCRETE. PREPARATION OF

CONCRETE MIXTURE.

Abstract.

The complex is obtained by direct mixing of water, cement and fillers, a concrete

mixture that represents a multi-component polydispersion system. It includes small dispersion
particles of cement, relatively larger small and large granular filler, special additives that are
introduced in most cases, water and air added during the preparation of the mixture.

Key words:

Concrete mixture, history, strength, materials, convenience, deformation,

brands.

ОСНОВНЫЕ СВОЙСТВА БЕТОНА И БЕТОНА. ПРИГОТОВЛЕНИЕ

БЕТОННОЙ СМЕСИ.

Аннотация.

Комплекс получают непосредственным смешением воды, цемента и

наполнителей,

бетонную

смесь,

представляющую

собой

многокомпонентную

полидисперсную систему. В его состав входят мелкие дисперсионные частицы цемента,
относительно более крупный мелко- и крупнозернистый зернистый наполнитель,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

181

специальные добавки, вносимые в большинстве случаев, вода и воздух, добавляемые при
приготовлении смеси.

Ключевые слова:

Бетонная смесь, история, прочность, материалы, удобство,

деформации, марки.

Murakkab ko‘p komponentli polidispersion tizimni o‘zida ifodalovchi beton qorishmasini

suv, sement va to‘ldiruvchilarni bevosita qorishtirish orqali olinadi. Unga sementning mayda
dispersion zarralari, nisbatan yirikroq bo‘lgan mayda va yirik donador to‘ldiruvchi, aksariyat
hollarda kiritiladigan maxsus qo‘shimchalar, suv va qorishmani tayyorlash jarayonida qo‘shilib
ketadigan havo kiradi. Beton qorishmasining xususiyati beton va temir-beton konstruksiyalar
texnologiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan u qoliplash sharoitlarini va ma‘lum darajada
mazkur konstruksiyalarning yakuniy sifatini aniqlaydi. Qattiq zarralar bilan suvning o‘zaro ichki
kuchlari ta‘sirida (molekulalarning tortishi, qovushqoq ishqalanish, kapillyar va boshqa kuchlar)
beton qorishmasi qovushqoq tuzilishli suyuqliklar uchun harakterli bo‘lgan aniq xususiyatlarga va
bog‘lanuvchanlikka ega bo‘ladi. Beton qorishmalari xususiyatiga ko‘ra qovushqoq suyuqliklar va
qattiq jismlar orasidagi o‘rinni egallaydi. Haqiqiy qovushqoq suyuqliklardan beton qorishmalari
tuzilishning nisbatan mustahkamligi yoki tuzilish qovushqoqligi bilan ajralib turadi, qattiq
jismlardan esa shaklni saqlash – qovushqoqlik xususiyatining yo‘qligi va hatto e‘tiborsiz
miqdordagi kuch qo‘yilganda ham qaytmas plastik deformatsiyaga uchrash xususiyati bilan ajralib
turadi. Beton qorishmalarining xususiyatlari ularning tuzilishi, tarkibidagi tashkil etuvchilarining
xususiyatlariga bog‘liq va quyidagicha ahamiyat kasb etuvchi xossalarga ega: mexanik ta‘sirlar
ostida soxta suyulish yoki harakatchanligining oshishi; sement bilan suvning o‘zaro fizikaviy-
kimyoviy jarayonlari ta‘sirida sistemaning qovushishi va qattiq jismga aylangunga qadar doimiy
o‘z xususiyatlarini o‘zgartirib borishi (harakatchanlikning yo‘qolishi).

Beton qorishmasini ikki tarkibiy qismdan tashkil topgan sistema deb qarash qulayroq –

sement hamiri va to‘ldiruvchi. Asosiy struktura hosil etuvchi tarkib sifatida sement hamiri tan
olinadi va uning tarkibiga sement, suv, aksariyat hollarda maydalangan mineral qo‘shimchalar
yoki kul kiradi. Sement zarralari va mayda tuyilgan qo‘shimchalar o‘lchamlari kichik hamda katta
nisbiy yuzasi bilan farqlanadilar, natijada sement hamiri yuqori taraqqiy etgan yuzali bo‘limga
“qattiq jism – suyuqlik” holatiga ega bo‘ladi. Bunday sistemada adsorbsion kuchlar, molekulyar
va kapillyar o‘zaro ta‘sirlashuv kuchliroq namoyon bo‘ladi va ular sistemaning bog‘lanish
darajasini oshiradi. Sement hamirining xususiyati qattiq va suyuq holatlar nisbatiga bog‘liq:
tarkibdagi suv miqdorining oshishi bilan sement hamiri harakatchanligi oshadi, plastik
mustahkamligi kamayadi. Beton qorishmasida suv turli holatlarda bo‘lishi mumkin.

Beton sifatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu kuchdir. Agar siz davlat standartlarining

talablarini o‘qisa, unda kuchning M50 dan 800 gacha o‘zgarishi mumkinligi haqidagi ma‘lumotni
topishingiz mumkin. Biroq, eng mashhur brendlar M100dan 500 tagacha bo‘lgan
konkretdir.To‘ldirilgandan so‘ng ma‘lum bir vaqt uchun beton eritmasi talab qilinadigan ishlash
xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bu vaqt oralig‘i qarish davri deb ataladi, undan keyin himoya qatlami
qo‘llanilishi mumkin. Beton kuchining grafigi materialning eng yuqori darajaga etgan vaqtini aks
ettiradi. Oddiy sharoitlar saqlanib qolsa 28 kun davom etadi. Birinchi besh kun - qattiq qotish sodir
bo‘ladigan vaqt. Ammo ishni tugatgandan so‘ng 7 kun ichida material 70% quvvatga etadi. 28 kun
ichida amalga oshiriladigan 100% kuchga ega bo‘lganidan keyin keyingi qurilish ishlarini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

182

boshlash tavsiya etiladi. Vaqt bilan belgilangan aniq kuchning grafigi alohida holatlarda farq
qilishi mumkin. Vaqtni aniqlash uchun namunalar bo‘yicha nazorat testlari o‘tkaziladi. Agar
monolit uy qurilishi ishi iliq vaqtda bajarilsa, aralashmani saqlab turish jarayonini
optimallashtirish va fizikaviy va mexanik xususiyatlarga ega bo‘lish uchun, qoldiqlarni tuzishda
davom ettirish va devorni demontajdan keyin pishishiga to‘g‘ri keladi. Sovuq havoda belgilangan
aniq quvvat jadvallari boshqacha bo‘ladi.

Beton (frans. beton va lot. bitumon— togʻ smolasi)—bog‘lovchi modda (mas, sement), suv,

toʻldirgichlar (mas, shag‘al, qum), ayrim hollarda qoʻshilmalar qoʻshib tayyorlanadigan
qorishmaning zichlashib qotishi natijasida hosil boʻladigan qurilish material. Qadimda betondan
gumbaz, qubbalar, ravoqlar, katta inshootlar qurishda ishlatishgan. Bunda boglovchi material
sifatida loy, gips, ohak, asfaltdan foydalanishgan. Beton texnologiyasining takomillashuvi sement
ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq. 19-asrda temirbetonning ixtiro qilinishi betonning keng
tarqalishiga olib keldi. Hajmiy massasiga (kg/

𝑚

3

)

larda hisoblanadi) koʻra, betonning juda ogir

(2500 dan yuqori), ogʻir (1800 dan 2500 gacha,) yengil (500 dan 800 gacha) va alohida yengil
(500 dan past); boglovchi moddaning turiga koʻra, sementli, silikatli, gipeli, asfaltbetonlar,
polimerbetonlar va boshqa xillarga; vazifasiga kura, oddiy (sanoat, fuqaro qurilishi uchun
ishlatiladigan), gidrotexnika, yoʻl qurilishi, issiqlik izolyatsiyasi, manzarali ishlarga, maxsus
ishlarga (kimyoviy turgun, olovbardosh, yadro nurlanishlaridan himoya qilish va boshqa uchun)
moʻljallangan xillari bor. betonning asosiy sifat koʻrsatkichi siqilishga mustahkamligi hisoblanadi
va shu xususiyati bilan uning markalari belgilanadi.


REFERENCES

1.

Qurilish konstruksiyalari kitobi

2.

Turgunaliev Abduraxim

3.

Tabbiy tosh materiallari, ularni qayta ishlov berish texnologiyasi va mashinalari

4.

T.A.Otaqo‘ziyev, BETONQ.Ilyosov

5.

Tabbiy tosh materiallarini qazib olishda innovatsion texnologiyalar.




References

Qurilish konstruksiyalari kitobi

Turgunaliev Abduraxim

Tabbiy tosh materiallari, ularni qayta ishlov berish texnologiyasi va mashinalari

T.A.Otaqo‘ziyev, BETONQ.Ilyosov

Tabbiy tosh materiallarini qazib olishda innovatsion texnologiyalar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов