PSYCHODIAGNOSTICS AND PSYCHOCORRECTION OF EMOTIONAL STRESS IN PEDAGOGICAL ACTIVITY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Qobilov , H., Ergasheva, I., & Yusupova , G. (2023). PSYCHODIAGNOSTICS AND PSYCHOCORRECTION OF EMOTIONAL STRESS IN PEDAGOGICAL ACTIVITY. Modern Science and Research, 2(5), 1342–1345. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20734
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the topic of psychodiagnostics and psychocorrection of emotional stress that occurs in pedagogical activity is specifically discussed. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are presented throughout the article. At the end of the article, conclusions and suggestions are given.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1342

PEDAGOGIK FAOLIYATDA EMOTSIONAL ZO‘RIQISHINING

PSIXODIOGNOSTIKASI VA PSIXOKOREKSIYASI

Qobilov Husniddin

Qarshi davlat universiteti 1- kurs tayanch doktoranti

Ergasheva Izzat

Yusupova Go'zal

Surxondaryo viloyati, Qumqo’rg’on tumani

53-umumiy o’rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.7990648

Annotatsiya.

Mazkur maqolada pedagogik faoliyatda yuz beradigan emotsional

zo‘riqishining psixodiognostikasi va psixokoreksiyasi mavzusiga alohida to’xtalib o’tilgan.
Maqola davomida mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirilgan. Maqola so’nggida
xulosa hamda takliflar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

pedagogik faoliyat, emotsional zo‘riqish, psixodiognostika, miya faoliyati.

PSYCHODIAGNOSTICS AND PSYCHOCORRECTION OF EMOTIONAL

STRESS IN PEDAGOGICAL ACTIVITY

Abstract.

In this article, the topic of psychodiagnostics and psychocorrection of emotional

stress that occurs in pedagogical activity is specifically discussed. Reasonable opinions and
comments within the scope of the topic are presented throughout the article. At the end of the
article, conclusions and suggestions are given.

Key words:

pedagogical activity, emotional stress, psychodiagnostics, brain activity.

ПСИХОДИАГНОСТИКА И ПСИХОКОРРЕКЦИЯ ЭМОЦИОНАЛЬНОГО

НАПРЯЖЕНИЯ В ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Аннотация.

В данной статье специально обсуждается тема психодиагностики и

психокоррекции эмоционального напряжения, возникающего в педагогической
деятельности. Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы представлены на
протяжении всей статьи. В конце статьи даны выводы и предложения.

Ключевые слова:

педагогическая деятельность, эмоциональный стресс,

психодиагностика, мозговая деятельность.


O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning bilim olishlari va dunyoqarashlarini qat’iy,

maqsadli, izchil, tizimli, uzviy tashkil etish, ularni jamiyatning faol a’zosi sifatida faoliyat
ko‘rsatishlariga erishish, eng avvalo, mazkur masalaning dolzarb pedagogik-psixologik muammo
sifatida keng ko‘lamli va chuqur tadqiq etilishini taqozo etadi. Yoshlarning ijtimoiy voqelik
hodisalariga to‘g‘ri baho bera olishlari, ijtimoiy o‘zgarishlar xususida shaxsiy fikrga ega
bo‘lishlari ma’lum darajada ularning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlarini talab etadi.
Ta’limning yangi modelida jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga e’tibor
berilgan ekan, psixologiya fanining vazifalari ham malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z
qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan holda ta’lim faoliyatini
oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohasi sifatida
faoliyat ko‘rsata oluvchi shaxslarni tarkib toptirishdir.

Nazariy bilimlar hamda amaliy malakalarga ega bo‘lgan va yangi zamonaviy

muammolarni muvaffaqiyatli hal qila oladigan mutaxassislar tayyorlash bilan bog‘liq ishlar bugun


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1343

yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizning rivoji, ravnaqi oliy maktablarda
tayyorlanayotgan mutaxassislarga bog‘liq ekan, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib
tarbiyalash kerak. Shaxsning barcha faoliyat turlari kabi o‘quv faoliyati ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, u kishining bilish jarayonlari, individual xususiyatlariga alohida talablar
qo‘yadi. Bu faoliyatga munosabat shaklida u yoki bu psixik holatlar paydo bo‘ladi. Ta’lim
jarayonida vujudga keladigan psixik holatlar doimo bir xil sifat va davomiylikka ega
bo‘lavermaydi.

Ijobiy kechinmalar faoliyat samaradorligiga ta’sir etib, uning yanada qiziqarli bo‘lishini

ta’minlasa, salbiy his-tuyg‘ular o‘quv faoliyati samaradorligini tushirib yuborishi ham mumkin.
Bir necha obyektiv, subyektiv sabablar ta’lim jarayonida o‘ziga xos hissiy zo‘riqishlarning
vujudga kelishiga turtki bo‘lishi mumkin [1]. Psixologiya fanida psixik holatlar to‘g‘risida fikr
yuritilganda, birinchi galda emotsiya, hissiyot va shunga yaqin bo‘lgan psixik holatlar stress,
depressiya, frustratsiya holatlarini tadqiq etgan juda ko‘p psixolog olimlarning nazariyalarini
bilamiz va psixik holatlar faqat psixologiya emas, balki fiziologiya, pedagogika fanlari bilan birga
o‘rganilsa, kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash katta ahamiyatga egaligini bilishimiz
mumkin.

Psixologiyada hissiyot, emotsiya va boshqa psixik holatlar o‘rganilgan tadqiqotlarni

bilamiz, masalan, Jeymis Lange, Kenon Bard nazariyalari va tadqiqot eksperimentlari;
fiziologiyada psixik holatlarni o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar P.S. Kupalov nomi bilan bog‘liq.
Uning fikricha, vaqtinchalik holat tashqi muhit ta’sirida shartsiz refleks mexanizmlari asosida ro‘y
beradi. V.I. Myasishev psixik holatni shaxs tarkibidagi tuzilmalardan biri sifatida jarayonlar,
holatlar va munosabatlar bilan bir qatorga qo‘yadi. B.F. Lomov fikricha esa, “Psixik jarayonlar,
holatlar va xususiyatlar inson organizmidan tashqi holda mavjud bo‘lmaydi. Ular inson miyasining
vazifasi sifatida biologik taraqqiyot va insoniyat tarixi davomida rivojlanib kelgan. Shuning uchun
psixika qonunlarini aniqlash, eng avvalo, inson miyasi, asab tizimi va butun organizmning ish
faoliyatini o‘rganishdan iborat bo‘lishi kerak”.

Psixologik va biologik omillarning birligi psixik holatlarni baholashning obyektivligi

tamoyiliga asoslanib, psixik holatlarni o‘rganish ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: funksional va
emotsional holatlarni o‘rganish. Psixik holatlarni tasniflashda har xil yondashuvlar mavjud. Ularga
ko‘ra, aqliy, emotsional, irodaviy faollik va passivlik, stress, ko‘tarilish, o‘zini yo‘qotib qo‘yish,
to‘yinish, kutish, yolg‘izlik va boshqalarni ajratish mumkin. Umumlashganlik darajasiga ko‘ra
holatlar umumiy, turga xos va individual bo‘lishi mumkin. Masalan, holatlarning tavsificha,
ularning subyekt tomoni anglanganlik darajasiga bog‘liq. P.K. Anoxinning fikricha, mazkur
xususiyatlar ichida eng muhimi insonning munosabatlaridir. Holat tarkibida inson ongi va o‘z-
o‘zini anglash darajasini bildiradi.

Ong xususiyati sifatidagi munosabat – borliqqa bo‘lgan munosabatdir. O‘z-o‘zini anglash

tavsifi sifatida o‘zini boshqarish, nazorat qilish, baholash alohida guruhlar hisoblanadi. Holatning
tavsifi va parametrlari bilan bir qatorda uning funksiyasi (vazifalari)ni ham ko‘rsatish mumkin.
Ular ichida eng muhimi sifatida:

a) boshqarish (regulyatsiya);
b) alohida psixik holat va xususiyatlarni birlashtirish (integratsiya) vazifasini ko‘rsatish

mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1344

Psixologik zo‘riqishlar organizmning turli funksional tizimlaridagi o‘zgarishlarda

namoyon bo‘lsa, uning jadalligi yoki kuchi kayfiyatning buzilishidan tortib, oshqozon yarasi yoki
yurak infarktigacha olib kelishi mumkin. Hissiy zo‘riqishlarning namoyon bo‘lishini turlicha
tasniflash mumkin. Biroq psixologiya uchun ularni quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq:

1. Xulq-atvorga xos reaksiyalar.
2. Aqliy faoliyatdagi reaksiyalar.
3. Hissiy sohadagi reaksiyalar.
4. Fiziologik jarayonlardagi o‘zgarishlar.
Psixomotorikadagi o‘zgarishlar mushaklarning, ayniqsa, yuz va bo‘yin mushaklarining

haddan ziyod zo‘riqishida, qo‘llarning titrashida, nafas olish ritmining buzilishida, ovozning
titrashi, sensomotor reaksiyalar tezligining pasayishi, nutq buzilishi va boshqalarda namoyon
bo‘ladi. Yu.V. Shcherbakov tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda stress va boshqa hissiy zo‘riqishlar
insonning yozuviga ham ta’sir ko‘rsatar ekan. Masalan, yomon kayfiyat ta’sirida harflar orasidagi
masofa kengayib, harflar eniga kattalashib ketishi mumkin. Yaxshi kayfiyatda esa kishining
yozuvi mayda harflar bilan, chiroyli holda yoziladi.

Kun tartibining buzilishi uyquning qisqarishi, ish vaqtining tungi davrga o‘tib qolishi,

foydali odatlardan voz kechish, hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etishning mos keluvchi usullarini topa
olmaslikda ko‘rinadi. Kasbiy faoliyatdagi o‘zgarishlar ish joyidagi odatiy harakatlarni bajarishdagi
xatolarning ko‘pligi, vaqtning surunkali tarzda yetishmasligi, ish samaradorligining pasayib
ketishi, harakat muvofiqligining buzilishi, aniqlikning yo‘qolishida kuzatiladi. [2] Ba’zi mualliflar
“hissiy stress” va “hissiy zo‘riqish” tushunchalarini farqlamaydilar.

Har ikki holat uchun ham mimikadagi o‘zgarishlar, harakatlarni bajarishdagi nuqsonlar,

nutq talaffuzidagi buzilishlar xosdir. Ushbu mualliflar tomonidan keltirilgan vaziyatlar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, bu yerda gap klassik tabiatga ega bo‘lgan uzoq muddatli stresslar haqida emas,
balki qisqa muddatli hissiy zo‘riqish haqida boradi. Ular tomonidan stress tarkibiga kiruvchi hissiy
zo‘riqishlar paytida namoyon bo‘ladigan xulq-atvor reaksiyalarining quyidagi tasnifi keltiriladi:

• impulsiv shakli – haddan ziyod qo‘zg‘aluvchanlik, tormozlanish faolligining pasayishi,

xato va shoshilinch harakat;

• tormozlovchi shakli–asab tizimi zaxirasining pasayishi hisobiga himoyalovchi

tormozlanishning kuchayishi;

• generalizatsiyalovchi shakli – kutilmagan harakatlar.
Ongning doimo hissiy zo‘riqishni vujudga keltirgan sabablarini tahlil qilish bilan bandligi,

undan chiqish yo‘llarini axtarish xotira ko‘lamini toraytiradi, zarur materialni qayta esga
tushirishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, hissiy zo‘riqishlar paytida ikkita yarim sharning o‘zaro
ta’siri o‘zgarishi ham mumkin, ya’ni “emotsional” – o‘ng yarim shar, “mantiqiy” – chap yarim
shardan ustun bo‘ladi.

Aqliy faoliyatning susayishi stressning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan vaziyatdan

chiqish yo‘llarini topishni qiyinlashtiradi. V.L. Marishuk va V.I. Yevdokimovlarning yozishicha,
stress vaqtida aqliy jarayonlarga xos buzilishlar dominantaning fiziologik tushuncha ekanligidan
dalolat beradi. Hissiy zo‘riqish vaqtida salbiy induksiya qonuniga ko‘ra dominanta boshqa
qo‘zg‘alish o‘chog‘ini o‘chiradi [3]. Stressning intellektual faoliyatdagi belgilari:

– diqqat to‘planishi qiyinlashadi, tez chalg‘iydi, ko‘lami torayadi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1345

– tafakkur mantiqiylikning buzilishi, tarqoqligi, qaror qabul qilishning qiyinlashuvi, ijodiy

imkoniyatlarning pasayishi ;

– xotira
– operativ xotiraning yomonlashuvi, qayta esga tushirishning qiyinlashishi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz lozimki, har qanday faoliyat(o‘yin, ta’lim va mehnat)

davomida u yoki bu darajadagi zo‘riqishlar bo‘lishi mumkin. Masalan, hissiy zo‘riqishlar – stress
(jiddiylik), bezovtalanish, qo‘rquv, hayajon, xavotirlik shaklida namoyon bo‘ladi. O‘quv
faoliyatiga xos hissiy zo‘riqishlar obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida yuzaga
keladi. Talabalarning o‘quv faoliyatidagi hissiy zo‘riqishlar uning samaradorligiga ijobiy va salbiy
ta’sir etishi mumkin.

O‘quv faoliyatiga xos zo‘riqishlar barcha talabalar tomonidan bir xil jadallik va

davomiylikda ko‘zdan kechirilmaydi. Hissiy zo‘riqishlar o‘quv faoliyati motivatsiyasi, qiziqishlar
va talabalarning psixologik tayyorgarligiga ko‘ra namoyon bo‘ladi.


REFERENCES

1.

Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiya. T., 1998.

2.

Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum. Toshkent –
1991.

3.

G‘oziev E. Psixologiya. T., – O‘qituvchi, 1994.

4.

Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., – O‘qituvchi, 1976.

References

Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiya. T., 1998.

Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum. Toshkent – 1991.

G‘oziev E. Psixologiya. T., – O‘qituvchi, 1994.

Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., – O‘qituvchi, 1976.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов