ALISHER NAVOIY ASARLARIDA KOMIL INSON G’OYASI

Annotasiya

Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlari tahlili va ularda keltirilgan komil inson g’oyasi muhokamaga tortilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohaza berib o’tilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdullayev, Z. (2023). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA KOMIL INSON G’OYASI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 2(7), 398–401. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22249
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlari tahlili va ularda keltirilgan komil inson g’oyasi muhokamaga tortilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohaza berib o’tilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

398

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA KOMIL INSON G’OYASI

Abdullayev Zohidjon Tolibjon o’g‘li

NamDu, Tarix yo’nalishi, 3-kurs

https://doi.org/10.5281/zenodo.8188307

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlari tahlili va ularda keltirilgan komil

inson g’oyasi muhokamaga tortilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohaza berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

komil inson g’oyasi, muhim ijtimoiy vazifa, buyuk ta’limot, islom dini.

THE IDEA OF A PERFECT PERSON IN THE WORKS OF

ALISHER NAVOI

Abstract.

This article discusses the analysis of Alisher Navoi's works and the idea of a

perfect person presented in them. Reasonable opinions and comments are given throughout the
article.

Key words:

the idea of a perfect person, an important social task, a great teaching, the

religion of Islam.

ПРЕДСТАВЛЕНИЕ О СОВЕРШЕННОМ ЧЕЛОВЕКЕ В ТВОРЧЕСТВЕ

АЛИШЕРА НАВОИ

Аннотация.

В данной статье рассматривается анализ произведений Алишера

Навои и представленная в них идея совершенного человека. Обоснованные мнения и
комментарии даны на протяжении всей статьи.

Ключевые слова:

представление о совершенном человеке, важная социальная

задача, великое учение, религия ислам.


Komil inson tarbiyasi barcha davrlarda muhim ijtimoiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Yaxshi tarbiya ko’rgan va go’zal xulqli insonga jamiyat boyligi sifatida qaralgan. Islom dini
ta’limotida bilimli insonlarni yetuk deb sanalgan bo’lsa, sharq mutafakkirlarining qarashlarida esa
komil inson bo’lish uchun ko’pgina yuksak fazilatlarga ega bo’lmoq lozim bo’lgan.

Musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot bu

tasavvufdir. Tasavvuf orqali inson Islom dinining ichki va tashqi go’zalligini, uning buyuk
insonparvarlik mohiyatini anglab yetadi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma'naviy jihatdan
poklash, ya’ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’naviyatli,
barkamol shaxs komil insondir. Sharq mutafakkirlarining fozil va komil inson haqidagi fikrlari,
odob-axloq haqidagi g’oyalari bugun hamjamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda qimmatli dastur
bo’lib kelmoqda. Yoshlarni ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy nuqtai nazaridan yetuklik
darajasiga ko’tarilishida Alisher Navoiyning ma’naviy merosidan keng foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Zero, inson qalbining quvonch-u qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek
teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi.

1

Alisher Navoiy insonni koinotning nodir va eng oliy asosini tashkil etgan to’rt unsur, yetti

ko’k va olti jihotdan ham ulug’ baholaydi:
To’rt unsur, yetti ko’k, olti jihot-

1

Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent. Ma’naviyat 2008


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

399

Nodir-u oliy asosi koinot.

Barchasidin ashrafki ul inson erur,

Kim kamolida xirad hayvon erur.

2

Demak, maqsad –inson. Barcha sharaflilardan sharaflisi –inson. Biroq har qandayi ham

emas, balki komil inson.Ma’naviy kamolotida aqlni ham lolu –hayron qoldiradigan chinakam bir
insondir. Alisher Navoiy o’z davrida komil insonlarni “ahli ma’ni“deb bilgan. ,, Ahli ma’ni “bu
hur fikrli, mustaqil insonlardir. Fikrsiz kishining ongida ma’ni chuqurligi bo’lmaydi. ,,Ahli
ma’ni”lik tufayli axloqiy ong rivojlanadi,odam va olam taqdiriga vijdon bilan qarash qobiliyati
shakllanadi.Bunday kishilar oqil va dono ,kamtar va oliyjanob ,haqiqatparvar va fidoyi kishilardir.
Shoirning fikricha, ,, ahli ma’ni “ kishilari ma’naviy –axloqiy jihatdan yetuk shaxslardir.

Komil inson tarbiyasi Alisher Navoiy ijodining markaziy masalalaridan biri bo’lib,

asarlarini g’oyaviy –badiiy mohiyatini tashkil etadi. Alisher Navoiyning nutqi va nidolari, taklif-
u tavsiyalar, targ’ib-u tashviqlari, maslahat-u nasihatlar, vasiyatlar qaratilgan shaxs bu albatta
barkamolligi orzu etilgan navqiron avlod hisoblanadi. O’zidan keyingi avlodni ma’naviy-jismoniy
jihatdan barkamol, aql-zakovati yanada yetuk, baxtli va saodatli ko’rish har bir naslning orzusi
bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.

Alisher Navoiyning fikricha, odam axloqidagi yomonliklarni bartaraf qilishi bilan jiddiy

mashg’ul bo’lsa komillikka erisha oladi:

Bordurur inson zotida oncha sharaf,

Kim yomon axloqni etsa bartaraf.

Alisher Navoiy she’riyati insonni tinimsiz ma’naviy va ruhiy kamolotga intilishga

chorlaydi. U komil inson taqdiriga javobgar shaxsday tuyuladi go’yo. Navoiy “komilman” degan
insonni “noqissan” deya baholaydi. O’z nuqsonlarini isbot eta olganlarni esa “komil” deb baho
beradi. Buni quyidagi misralarda ifoda etadi:
Noqis uldurkim o‘zin komil degay,
Komil ulkim nuqsin isbot aylagay.
Kim o’zin komil ko’rar- noqisdur ul,
Nuqs bermaydur kamol sori yo’l.

3

Komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Demak, ruhni poklash
g’oyat muhim. Poklanishning esa birgina yo’li mavjud, u ham bo’lsa nafsni yengishdir. Nafs
deganda yemoqlik, ichmoqlikdan, kiymoqlikdan tashqari yana ilmsizlik, manmanlik, kibr-u havo,
zulm, g’azab umuman inson ruhini bulg’aydigan, uni uni ollohdan uzoqlashtiradigan barcha
illatlarning yig’indisi tushuniladi.

Komil inson uchun eng muhimi – xalq tashvishi, doimo el dardi bilan o’rtanib yashashdir:

Xalqdin har yaramas kelsa, xush o’lkim haqg’a,

Desa bo’lmas: mening uchun yana bir xalq yarat.

Komil odam shu haqiqatni chuqur idrok qiladi. Shuning uchun ham u o’zi istagan ,,yana

bir xalq” yaralishini orzu qilib o’tirmaydi va el komilligi uchun hissa bo’lib qo’shiladigan
imkonidagi ishni bajarishdan to’xtamaydi. Ulug’ shoir odamlarni haqqa, sadoqatga targ’ib etarkan,

2

Najmiddin Komilov. “Tasavvuf talqinlari” Toshkent. Mumtoz so’z 2014

3

Ibrohim Haqqul. “Zanjirband sher qoshida” Toshkent. Yulduzcha 1989


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

400

ayni paytda ularni haqiqat va adolat, tenglik va donolik yo’llarga boshlaydi. Buni ushbu misralarda
ifodalaydi:

Har kishi komil erur, bas anga haq bandalig’i,

Mundin o’zga tamai kasbin kamol aylamangiz.

Alisher Navoiy asarlarining qahramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Shopur, Layli, Majnun,

Mehinbonu va boshqa axloqli, fazilatli, ma’naviy-axloqiy yetuk insonlardir. Shu bilan birga
ularning barchasi yoshlardan iborat edi. Buyuk adib Maqsud Shayxzoda ham ,,Xamsa”
dostonidagi barcha ijobiy qahramonlari deyarli yoshlardan iborat ekanligini qayd etib shunday deb
yozgan edi:

,,Xamsa” dostonlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun , Sa’d ,Mas’ud, Suhayl, Mehr, Juna,

Bahrom, Dilorom, Shopur, Farrux, Zayd, Ravshanak, Mehrinozlar… hammasi yoshlarni tashkil
etadi. Dostondagi hal qiluvchi qahramonlarni yosh obrazlarda berilishi bilan Alisher Navoiy
yoshlarning jamiyatda qanchalik rol o’ynaganlarini ko’rsatmoqchi bo’ladi.

Chindan ham ulug’ shoir jamiyatdagi ko’pgina murakkab va dolzarb muammolarni yoshlar

hal qilishga ishongan. Kurashchan, vatanparvar, ezgulik va haqiqat yo’lida hatto o’limdan ham
cho’chimaydigan navqiron avlodning safi keng bo’lmog’ini orzu etgan va Navoiy ularni ibrat etib
ko’rsatgan ”.

4

Navoiy yoshlarni yengilmas kuch va yoshlikni arslonlik davri deb e’tirof etadi.

Yoshlarning orzulari, ularning ishonchli hamda muhabbati tug’yon ursa Vatanning istiqloli va
umidi yanada yuksaklarga parvoz qilishini ham ta’kidlaydi. Yoshlardagi fikrlar shiddatli, keskin
va otashlidir. Shuning uchun ular misli ko’rilmagan tashabbuslar, adolat va haqiqat, muhabbat
yo’lida kutilmagan natijalarga erishadilar.

Alisher Navoiyning ,,Xamsa” dostonini o’qigan odam oxirida bosh qahramonlarning

qismatidan yuragi bag’ri eziladi. Layli va Majnun, Farhod va Shirin yoki jahongir Iskandar ham
hayotdan juda erta ko’z yumdi. Buning ijtimoiy, axloqiy sabablarning Navoiy har jihatdan
mukammal tasvirlab berdi. Qahramonlarning vafotlari shoir mohiyat e’tibori bilan ishq va
yoshlarning vafo va fidoyilik, to’g’rilik va faollik g’alabasi qilib ko’rsatadi. Shuning uchun ular
qisman yo’q bo’lsalarda, ruhan yuksak fazilatlar bilan tirik, e’tiqod va sadoqatda namuna
darajasida qolaveradi. „ Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod olishib yenggan ajdaho, Ahriman
dev shunchaki xayoliy, afsonaviy obrazlar emas edi.

Balki Farhodning ichki olamidagi nafsoniy istaklarning ramziy timsollaridir. Farhodning

oshiqligi uni nafs lashkari bilan kurashga otlantiradi, ishq unga kuch berib, sabot va iroda ato etadi.
Bundan shu ko’rinadiki, nafsni yengishning quroli bu – ishq. Ishq faqat mehr, muhabbat
tuyg’ularigina emas, ulardan boshqa yana iroda, sabot, ilm, sabr, g’ayrat, adolat, shafqat umuman
inson qalbini poklashga xizmat qiladigan, uni ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar
yig’indisidir. Ishqning o’rni ko’ngilda bo’ladi. Ko’ngil ishq tufayli poklanadi.

Tasavvuf ta‘limotiga ko’ra, ko‘ngilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan

o’rganiladi. Farhodning ustozlari ham shunchaki hunarmand ustalar obrazi emas. Jumladan Boniy-
ko’ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o’rgatgan piri komil. Moniy esa olloh ishqini qalbga
naqshlash sirlarini anglatgan ustoz. Qoran ko’ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni

4

Maqsud Shayxzoda. “G’azal mulkining sultoni” Toshkent. “Fan” 1970


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

401

parchalash ilmini bildirgan murshid. Poklanishga erishgan komil inson ayni paytda yuksak axloq
va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’noda Farhod o’zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil
insondir.

REFERENCES

1.

Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent. Ma’naviyat 2008

2.

Najmiddin Komilov. “Tasavvuf talqinlari” Toshkent. Mumtoz so’z 2014

3.

Ibrohim Haqqul. “Zanjirband sher qoshida” Toshkent. Yulduzcha 1989

4.

Maqsud Shayxzoda. “G’azal mulkining sultoni” Toshkent. “Fan” 1970


Bibliografik manbalar

Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent. Ma’naviyat 2008

Najmiddin Komilov. “Tasavvuf talqinlari” Toshkent. Mumtoz so’z 2014

Ibrohim Haqqul. “Zanjirband sher qoshida” Toshkent. Yulduzcha 1989

Maqsud Shayxzoda. “G’azal mulkining sultoni” Toshkent. “Fan” 1970