HISTORY IS THE LIGHT OF THE FUTURE

HAC
Google Scholar
To share
Aliqulov, A. (2023). HISTORY IS THE LIGHT OF THE FUTURE. Modern Science and Research, 2(9), 239–241. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24134
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents ideas about the fact that history is the basis of people's spirituality, the role of history and historical memory in the future of young people


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

239

TARIX KELAJAK YOG‘DUSI

Aliqulov Azamat Shavkat o'g'li

O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti 2 – kurs talabasi

azamataliqulov54@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8369575

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarix xalq ma’naviyatining asosi ekanligi, yoshlar

kelajagida tarix va tarixiy xotiraning o’rni xususidagi fikrlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

tarix, umumbashariy qadriyatlar, xalqlar, millatlar, milliy g’oya,

madaniy meros.

HISTORY IS THE LIGHT OF THE FUTURE

Abstract.

This article presents ideas about the fact that history is the basis of people's

spirituality, the role of history and historical memory in the future of young people.

Key words:

history, universal values, peoples, nations, national idea, cultural heritage.

ИСТОРИЯ – СВЕТ БУДУЩЕГО

Аннотация.

В данной статье представлены представления о том, что история

является основой духовности народа, о роли истории и исторической памяти в будущем
молодежи.

Ключевые слова:

история, общечеловеческие ценности, народы, нации,

национальная идея, культурное наследие.

Tarix - butun insoniyatning uzoq o’tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib

o’tgan hayotiy yo’lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi
ijtimoiy-siyosiy,

iqtisodiy,

ma’naviy-ma’rifiy,

madaniy,

davlat

qurilishi sohalaridagi

tajribalarini, xalqlarni yetaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda
o'rganuvchi, tasvirlovchidir. Tarixni o’rganish, bilish — bu kishilik jamiyatining
rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyotning mavjud bosqichdan yangi bosqichga o’tish
jarayonini, insonlarning inqirozli, turg’unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish
yo’lidagi tajribalarini, har bir zarrasi qimmatga tushgan o’tmish sabog’ini umumlashtirish,
tushunib yetish, anglab olish demakdir. Tarix tarixiy jarayonning qonuniyatlari va
tendensiyalarini

tushunib

yetishga,

hozirgi

zamonni

to’g’ri

anglab olishga,

kelajakni asosli ravishda ko’ra bilishga ko’maklashuvchi ilmdir. Tarix ko’p qirrali, keng qamrovli
bo’lib, uni alohida mamlakatlar va xalqlar tarixi, mintaqalar tarixi, jahon tarixi kabilarga bo’lib
o’rganish ham mumkin.

Yurtimiz kelajagi, хalqimiz, mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovatiga,

milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirish, ta’lim tizimini yangi
zamonaviy pedagogik teхnologiyalar asosida

tashkil

qilishga,

kadrlar

tayyorlashga

bevosita

bog`lik.

Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan barkamol

tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo`lishi uchun avvalo ta’lim-tarbiya tizimini tubdan
o`zgartirish, uni hozirgi davr talabi darajasiga ko`tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etyapti.

Tarix tushunchasining g'arbdagi muqobili bo'lgan "history" qadimgi yunon tiliga tegishli

bo'lib, "izlanish" yoki haqiqatni tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Bir fan sifatida tarix insoniyat
tarixini o'zining noyob metodologiyasi orqali o'rganadi. Tarixiy metodologiya, tadqiqot sohasini,
muammoni yoki mavzuni aniqlash, ushbu mavzu yoki muammoga tegishli gipotezalarni ishlab


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

240

chiqish, olingan dalillar va manbalardan ma'lumot to'plash, ushbu ma'lumotlarni tahlil va
tanqid qilish, mavzu bo'yicha boshqa izlanishlarni ko'rib chiqish va mavzuni tushunish,
shuningdek mantiqiy asosda izohlangan tadqiqotni ochib berishdan iboratdir. Shunga
asoslanib, tarixchining roli sifatida o’zining mustaqil ilmiy rivojlanishi jarayonida o'tmishni
o'rganish, mavzuni aniq, real va to'liq tushunchalarini yoki tasvirlarini yaratish va barcha bu
bosqichlar haqida fikrlash kabilar belgilanadi.

O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan

chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib
shakllantirishga xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi "Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy
madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko’z qorachig’iday avaylab - asrashga, yurak-yurakdan
iftixor qilishga o’rgatadi. O’zimizning boy o’tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon
beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otib, bugungi avlod kimlarning avlodi,
kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi". Davlat mustaqilligini o’z qo’liga
olgan ozod, hur O’zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo’lida.
Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yanada
qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda yetkazish zamonamizning dolzarb
vazifasiga, talabiga aylandi.

Bu mas’uliyatli, ayni paytda sharafli vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi

avlodlarga, xususan, yoshlarga, ularning ma’naviy barkamolligiga bog‘liq. "Biron bir
jamiyat, - deb ta’kidlagandi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, - ma’naviy imkoniyatlarini,
odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z
istiqbolini tasavvur eta olmaydi". Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi
ma’naviyat va ma’rifatdir. Ma’naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omil
hisoblanadi.

Birinchi

Prezident

Islom

Karimov,

"...tug'ilib

o‘sgan

yurtida

o‘zini

boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira
kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson" deb yozadi. Insonda tarixiy xotira o’z
Vatani tarixini o’z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi.

O’z o’tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo’ladi, uni har

xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O’tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson
hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to’g’ri tasavvur etadi. Vatan tarixi xalqimizning
asrlar davomida ko’pgina xalq, elatlar bilan ahil, hamjihat bo’lib yashaganligidan,
yurtimizda turli diniy e’tiqodlar erkinligi va inoqligi bo’lganligidan guvohlik beradi. “Agar
jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi
O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz.
Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning
boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, deydi.Shavkat Mirziyoyev
yig‘ilishda. Buyuk ajdodlarimizni teran anglash,

chuqur o‘rganish asnosida

milliy

qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan
ajdodlarimizni yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish
imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda kelajagi porloq bo‘lgan yoshlarga ibrat va namuna sifatida
ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz.

Asrlar osha, dovonlar osha kelayotgan bu ma’naviy boylikning umri boqiydir. Bag‘rikeng

xalqimizning qadriyatlari – tinchlik, ma’rifat, yuksak axloq-odob ifodachisi sifatida vaqtlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

241

o‘tgan sayin, zamonlar kechgan sayin yulduzdek yarqirab, chiroy ochaveradi kelajagi buyuk
bo‘lgan yosh avlodni ma’naviy-ahxoqiy tarbiyalashda muhim omil sifatida xizmat qilaveradi.
Bu haqiqatni chuqur anglagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev:
“...har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy

merosni egallash halollik, odillik, rostgo’ylik, mehr - oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish
kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko’maklashadi. Vatan tarixi yoshlarda jamiyatda
ertaroq mustaqil faoliyat yuritish, o’z qobiliyatini to’laroq ochish va hayotga tatbiq etish sifatlarini
shakllantiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga

olish kabi

yuksak

ma’naviy burchni tarbiyalaydi, milliy g’oya bilan qurollantiradi. Shu bois, Vatan tarixini
har tomonlama, chuqur o’rganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. ‘Tarix millatning
haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy
xotiramizni jonlantirib,

yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat

manbayiga aylanmoqda”.

REFERENCES

1.

Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Т., «Sharq», 1998,

2.

Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari. Т.: «O’zbekiston», 1997,

3.

Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova. O’zbekiston tarixi.Toshkent. “Iqtisod -
Moliya”.2006

References

Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Т., «Sharq», 1998,

Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Т.: «O’zbekiston», 1997,

Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova. O’zbekiston tarixi.Toshkent. “Iqtisod -Moliya”.2006

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов