DEVELOPMENT OF CHILDREN'S MUSICAL CULTURE ON THE BASIS OF FOLK TRADITIONS

HAC
Google Scholar
To share
Ibroximova, G. (2023). DEVELOPMENT OF CHILDREN’S MUSICAL CULTURE ON THE BASIS OF FOLK TRADITIONS. Modern Science and Research, 2(12), 280–283. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26696
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to discussing the mechanisms of using folk traditions in the development of children's musical culture.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

280

BOLALARNING MUSIQIY MADANIYATINI XALQ AN’ANALARI ASOSIDA

RIVOJLANTIRISH

Ibroximova Gulnoza Sa'dullayevna

https://doi.org/10.5281/zenodo.10352550

Annotatsiya.

Ushbu maqola bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirishda xalq

an`analaridan foydalanish mexanizmlarini muhokama etishga bag`ishlanadi.

Kalit so‘zlar:

Musiqiy faoliyat, qo‘shiq, aktyorlar, xonanda, ta’lim- tarbiya, musiqa,

bolalar, uslub.

DEVELOPMENT OF CHILDREN'S MUSICAL CULTURE ON THE BASIS OF FOLK

TRADITIONS

Abstract.

This article is devoted to discussing the mechanisms of using folk traditions in

the development of children's musical culture.

Key words:

Musical activity, song, actors, singer, education, music, children, style.

РАЗВИТИЕ ДЕТСКОЙ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ

ТРАДИЦИЙ

Аннотация.

Данная статья посвящена обсуждению механизмов использования

народных традиций в развитии детской музыкальной культуры.

Ключевые слова:

Музыкальная деятельность, песня, артисты, певцы, образование,

музыка, дети, стиль.


KIRISH

Har qanday jamiyatda yosh avlod tarbiyasi davlat oldida turgan eng dolzarb masalalardan

biri bo‘lib kelgan. Chunki, jamiyatning jamiyat sifatida ravnaq topishi va rivojlanishi ana shu
kelajak avlodi tarbiyasiga bog‘liq. Ma’lumki, tarbiya shaxsni jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ishlab
chiqarish munosabatlariga tayyorlash, shuningdek, uning ma’naviy, aqliy, jismoniy va musiqiy
rivojlanishiga muntazam ta’sir etib boruvchi o‘zluksiz jarayon. Endilikdagi asosiy vazifa ana shu
yoshlarga ta’lim va tarbiya berish, o‘larning kuch va sadoqatini ana shu Vatanga muhabbat, yurt
tinchligi va osobyishtaligi, respublika mustaqilligini mustahkamlash yulida safarbar etishdir. Buni
dunyoning ko‘pgina davlatlari qatori O`zbekiston Respublikasi hukumatining olib borayotgan
odilona siyosati natijasida amalga oshirilayotgan keng ishlar ko`lamida payqash qiyin emas.

ASOSIY QISM

Xalq an`analari tarkibidagi musiqiy yo`nalishlarning quyidagi turlari maktabgacha

yoshdagi bolalar uchun yuqori ta`sirchanlikka ega:

DOSTON IJROChILIGI
Dostonchilik san’ati — xalq og‘zaki poetik ijodidagi qadimiy epik an’ana, nomoddiy

madaniy merosning eng yorqin namunalaridan biri. Dastlab qo‘shiq shaklidagi, musiqa
cholg‘usisiz, keyinchalik ma’lum bir musiqa (do‘mbira, qo‘biz va hokazo) ijrosida marosimlarda
kuylanadigan asarlar yaratilgan.

Dostonchilikning qadimiy namunalari ibtidoiy davrlarda turkiy qabilalar orasida vujudga

kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihago‘ylar ko‘payib borgan sari ustoz-
shogirdlik an’analari vujudga kela boshladi. Natijada XV–XVI asrlarga kelib ko‘pgina
dostonchilik maktablari paydo bo‘ldi, XIX asrga kelib yanada taraqqiy etdi. Bugungi kunga qadar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

281

Bulung‘ur, Narpay, Qo‘rg‘on, Xorazm, Shahrisabz, Sherobod, Qoraqalpoq kabi yirik dostonchilik
maktablaridan tashqari, Qamay, Piskent, kabi boshqa markazlar ham ma’lum. Ular repertuarlari,
uslubi, ma’lum ijod tamoyili va ijro usullariga ko‘ra bir-biridan ajralib turadi. Har bir maktab u
yoki bu baxshining nomi va faoliyati bilan bilan chambarchas bog‘liq. Misol uchun, Qo‘rg‘on
dostonchiligi Ergash Jumanbulbul, Bulung‘ur dostonchi- ligi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Narpay
dostonchiligi Islom Nazar o‘g‘li, Shahrisabz dostonchiligi Abdulla Nurali o‘g‘lining faoliyati
bilan bog‘liq.

DUTOR VA SURNAY MAQOM YO‘LLARI
Dutor (forscha — ikki tor) — torli chertim musiqa cholg‘usi, Markaziy Osiyo xalq

(o‘zbek, tojik, uyg‘ur, turkman, qoraqalpoq)lari madaniyatida keng tarqalgan. Xorazmda dutor
maqom turkumlari XIX–XX asrlarda keng tarqalgan bo‘lib, “Xorazm tanbur chizig‘i”da oltita
dutor maqomi — Zihiy Nazzora-Urganjiy, Miskin, Rahoviy, Iroqiy, Oxyor, Choki Giribonlar va
ularning turkum (2 tadan to 7 tagacha) qismlari yozib olingan. Har bir maqom turkumi o‘ziga xos
kuyi, shakli, usullari, kuy rivoji va ijro uslublari bilan ajralib turadi. Namoyandalari — T.
Alimatov, F. Sodiqov, Q.Madraimov, N. Boltaev, Madraim Sheroziy, A. Hamidov, M. Ziyoeva
va boshqalar.

Surnay — puflama-damli musiqa cholg‘usi, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari madaniyatida

keng tarqalgan (surnay, karnay, zurna va h.k.). O‘zbekistonda surnay, metar nomlari bilan hamma
hududlarda uchraydi. Surnayning ikki turi tarqalgan — Farg‘ona–Toshkent (menzurasi kengroq,
tovushi mayin va nolali) va Xorazm (menzurasi nisbatan torligidan tovushi keskin va chiyildoq).

KAMER CHOLG‘U ANSAMBLLARI
Unison ijrochiligi an’anaviy o‘zbek musiqa madaniyatiga xos bo‘lib doimiy ravishda

jo‘rnavozlikda qo‘llanib kelingan va qo‘llanilmoqda. Kamer cholg‘u ansambllari undagi ishtirok
etadigan cholg‘u turlariga ko‘ra 3 turga bo‘linadi:

bir xil cholg‘ulardan tashkil topgan ansambl;

turdosh cholg‘ular ansambli;

aralash ansambl.

O‘zbek an’anaviy cholg‘u ijrochiligida turli xil cholg‘ularni o‘z ichiga olgan aralash

ansambllar juda keng tarqalgan bo‘lib xilma-xil tarkibdagi ko‘rinishlarda uchraydi.

Har tomonlama mukammal aralash unison ansambl tashkil etish uchun jamoa tarkibiga

turlicha tovush hosil qilish uslubi va turlicha tovush tembriga ega bo‘lgan cholg‘ular kiritiladi.
Bunda, puflab chalinadigan cholg‘ulardan nay (yoki qo‘shnay), mezrobli cholg‘ular guruhidan
qashqar rubobi, tanbur va afg‘on rubobi (yoki ud), chertma torli cholg‘ulardan an’anaviy dutor,
urma zarbli cholg‘ulardan doira, urma jarangli torli cholg‘ulardan chang (yoki tirnama
cholg‘ulardan qonun), kamonli cholg‘ulardan g‘ijjak ishtirokidagi ansambl milliy ruhdagi
musiqani har tomonlama ifodalay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

LAPAR
Xalq ijodiyotining qadimiy janrlaridan biri bo‘lgan lapar ijrochiligi san’ati o‘zining boy

tarixiga ega. Lapar qo‘shiqlari taniqli san’atkorlar tomonidan bayramlar, xalq sayillari va nikoh
to‘ylarida, kechqurun qizning uyida o‘tkaziladigan “Qiz oqshomi”, “Qizlar bazmi”, “Lapar
kechasi” deb ataluvchi bazmlarda ijro etiladi. Qizlar bilan yigitlar tarafma-taraf turib, oshiqona


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

282

g‘azal-baytlar aytadilar, bir-birlariga muhabbat izhor etib, ahdu paymon qilishgan, sovg‘alar
berishgan.

Dastlabki davrlarda erkak va ayol ijrochi ishtirok etgan qadimiy laparlar o‘ziga xos

musobaqa jarayoni ko‘rinishida bo‘lgan va bunday ko‘rinishdagi mustaqil janrlar hozirgacha turli
xalqlarda saqlanib qolgan.

Barcha janrlarda bo‘lganidek, laparlarda ham o‘zgarish ro‘y berib, sekin asta undagi ikki

jinsning ishtiroki yo‘qoldi va faqat ayol ijrochi tomonidan raqsga tushib ijro etiladigan ko‘rinishga
kelib qoldi. Bundan tashqari, undagi improvizatsiya uslubi o‘z o‘rnini ijrochilar tomonidan
oldindan tayyorlangan xalq termalariga bo‘shatib bergan bo‘lsa, keyinchalik laparlar maxsus
bastakorlar va shoirlar tomonidan yaratiladigan musiqiy janrga aylandi.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa o‘rnida, barkamol avlodni musiqa orqali tarbiyalashda kuyidagi asosiy

tamoyillarni ilgari so‘rishni tavsiya etamiz:

1.

O‘quvchi-yoshlarning badiiy didini milliy kuy-qo‘shiqlar asosida o`stirish tamoyili.

Mazqur tamoyilning asosiy vazifasi asosan o‘quvchi- yoshlarning badiiy-musiqiy didini
o`stirishdan iborat. Bunda asosan qoraqalpoq musiqiy merosi qatlamlarida mavjud halq qushiqlari
va milliy cholg‘u kuylaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.

O‘quvchi-yoshlarning eshituvchanlik qobiliyatini o`stirish tamoyili. Mazkur tamoyil

bugungi kunda o`ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sir emaski, g‘arb mamlakatlaridan «ommaviy
madaniyat» degan tushuncha jadal sur’atda butun Sharq mamlakatlari madaniyatiga ta’sir
qilmoqda. Bu holat O`zbekistonni ham chetlab o‘tgani yo`q.

2.

Ommaviy madaniyatning yoshlarga singdirilishida musiqa asosiy vosita hisoblanadi.

Shuning uchun yoshlarga ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega milliy kuy-qo‘shiqlarni eshittirish
va uni kuylash yo`l-yo`riwlarini o‘rgatish ancha samara beradi. Demak, barkamol avlodni
tarbiyalashda musiqa eshitish tarbiyasini to`g‘ri tashkil etish muhim.

3.

O‘quvchi-yoshlar tarbiyasida milliy, umuminsoniy g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan,

Ona-Vatanga muhabbat va sadoqat ruhiyati kasb etgan kuy- qo‘shiqlarni o‘rgatish va ularni
dasturlarning asosiy qismi sifatida qarash tamoyili.

REFERENCES

1.

Іshmuxаmedоv R.J., M.Yuldаshev Tа’lіm vа tаrbіyаdа іnnоvаtsіоn pedаgоgіk

texnоlоgіyаlаr.- T.: “Nіhоl” nаshrіyоtі, 2013, 2016.-279b.

2.

Nоrenkоv І.P., Zіmіn А.M. Tа'lіmdа іnnоvаtsіоn texnоlоgіyаlаr: Dаrslіk.-.M.: Аd. MSTU

іm. N. Bаumаn, 2012.-336s.

3.

Sergeev І.S. Pedаgоgіk fаоlіyаt аsоslаrі: Dаrslіk. 2019

4.

Lіvіev А.X. О‘zbek xаlq chоlg‘ulаrіdа іjrоchіlіk. –T.: Mehnаt, 2001.

5.

Shаrіpоvа G. Mаktаbgаchа tа’lіm muаssаsаlаrіdа musіqа о‘qіtіsh metоdіkаsі. «Chо‘lpоn»

T.: 2007.

6.

Tursunоvа X.Qо‘shіqlаr sehrі. – T.:Muhаrrіr,2012.

7.

Juraevna, G. D. (2022). Psychological views on the role of parents in raising children in the

family. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(10), 143-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

283

147.

8.

Juraevna, D. G. (2022). Preparing young boys and girls for family life. Web of Scientist:

International Scientific Research Journal, 3(6), 1513-1517.

9.

Juraevna, G. D. (2021). Prevention of divorce by preparing young people for family

life. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(12), 398-
401.

10.

GAFFOROVA, D. (2023). Provoking factors of family breakdown in modern society.

Transnational Journal of Medicine & Health, 2(10), 3-5.

11.

GAFFOROVA, D. (2023). Psychoprophylaxis of monthly conflict generating

disagreements in modern society. Young Scholar’s Academic Journal, 2(7), 5-7.

12.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MATEMATIK

TAFAKKURINI

RIVOJLANTIRISHDA

MURAKKAB

MASALALARNING

AHAMIYATI. Scienceweb academic papers collection.

13.

Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarda o'quvchilarning

mantiqiy fikrlarini o'stirish metodikasi. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy
habarlari.

14.

Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari.

Scienceweb academic papers collection.

15.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY

TAFAKKURINI

RIVOJLANTIRISHDA

DIDAKTIK

O'YINLARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM FIDOYILARI.


References

Іshmuxаmedоv R.J., M.Yuldаshev Tа’lіm vа tаrbіyаdа іnnоvаtsіоn pedаgоgіk texnоlоgіyаlаr.- T.: “Nіhоl” nаshrіyоtі, 2013, 2016.-279b.

Nоrenkоv І.P., Zіmіn А.M. Tа'lіmdа іnnоvаtsіоn texnоlоgіyаlаr: Dаrslіk.-.M.: Аd. MSTU іm. N. Bаumаn, 2012.-336s.

Sergeev І.S. Pedаgоgіk fаоlіyаt аsоslаrі: Dаrslіk. 2019

Lіvіev А.X. О‘zbek xаlq chоlg‘ulаrіdа іjrоchіlіk. –T.: Mehnаt, 2001.

Shаrіpоvа G. Mаktаbgаchа tа’lіm muаssаsаlаrіdа musіqа о‘qіtіsh metоdіkаsі. «Chо‘lpоn» T.: 2007.

Tursunоvа X.Qо‘shіqlаr sehrі. – T.:Muhаrrіr,2012.

Juraevna, G. D. (2022). Psychological views on the role of parents in raising children in the family. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(10), 143-147.

Juraevna, D. G. (2022). Preparing young boys and girls for family life. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(6), 1513-1517.

Juraevna, G. D. (2021). Prevention of divorce by preparing young people for family life. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(12), 398-401.

GAFFOROVA, D. (2023). Provoking factors of family breakdown in modern society. Transnational Journal of Medicine & Health, 2(10), 3-5.

GAFFOROVA, D. (2023). Psychoprophylaxis of monthly conflict generating disagreements in modern society. Young Scholar’s Academic Journal, 2(7), 5-7.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MATEMATIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MURAKKAB MASALALARNING AHAMIYATI. Scienceweb academic papers collection.

Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarda o'quvchilarning mantiqiy fikrlarini o'stirish metodikasi. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy habarlari.

Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari. Scienceweb academic papers collection.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM FIDOYILARI.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов