177
LOYIHALARNI STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINI JORIY ETISHDA XORIJIY
TAJRIBALARDAN UNUMLI FOYDALANISH
(“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)
Berdiyev Mansur Alisherovich
Bank Moliya akademiyasi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11643177
Annotatsiya. Ushbu maqolada loyihalarni strategic boshqarishning turli usullari xususida
mulohazalar berilgan. Loyihalarni strategik boshqarishda xorijiy tajribalardan unumli
foydalanish haqida tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: loyiha, strategiya, xorijiy tajriba, tizim omillari, strategic boshqarish, milliy
boshqaruv.
Xalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordamlarini ko‘rsatishda
TMKlar imkoniyatidan foydalanishni taklif etadilar. O‘z navbatida rivojlanayotgan mamlakatlar
hukumatlari xam TMKlarni uz iqtisodiyotlariga kuproq jalb etish borasida kurash olib
bormokdalar. Bunga quyidagi misolni keltirib o‘tishimiz mumkin: “Jeneral motors” amerika
kompaniyasi 2020-yilga kelib o’zining Osiyo–tinch okeani mintaqasi bozoridagi ulushini ikki
barobarga oshirish maqsadida, uning 10% ga qadar ko’paytirishga harakat qilmoqda. Bunday
strategiya maqsadlarida kompaniya Filippinda yoki Tailandda qiymati 1 mldr. dollarga teng
bo’lgan mashina va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi zavodni bunyod etishga harakat qilmoqda.
Jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlariga
bo’ysungan holda, rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy maqsadlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarning hamda TMKlarning mamlakatlar iqtisodiyotidagi manfaatlariga mos keluvchi
strategiyalarni ishlab chiqmoqdalar.
Mamlakatimiz temir yoʻl tizimi faoliyatini huquqiy asoslari sifatida Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik
kompaniyasini tuzish toʻgʻrisida” gi PF-982-son farmonini qayd etish maqsadga muvofiq. Mazkur
Farmon bilan, xalq xoʻjaligi va aholining temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish
ehtiyojlarini toʻla qondirish hamda temir yoʻlning barqaror va xavf-xatarsiz ishlashini ta'minlash
maqsadida temir yoʻl transporti tizimining Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir
yoʻl korxonalari va temir yoʻl boʻlimlari, sanoat, qurilish, savdo va ta'minot korxonalari, xalq
ta'limi, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, boshqa
178
tashkilotlari, korxonalari va muassasalari negizida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» davlat-aksionerlik
kompaniyasi tashkil etilgan.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasining asosiy vazifalari va
faoliyat yoʻnalishlari sifatida quyidaglar belgilab berilgan:
- temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish sohasida bozor talablarini tadqiq etish, uni
rivojlantirish istiqbolini belgilash va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarkibiy qayta
qurishni hisobga olgan holda joylashtirish;
- temir yoʻl transporti xizmatidan foydalanadigan korxonalarga taklif etiladigan koʻp yoʻnalishdagi
xizmat sohasini vujudga keltirish asosida transport xizmati bozorida temir yoʻl transportining
raqobatga bardoshligini ta'minlash;
- temir yoʻl tarmoqlari ishi barqarorligini, poezdlarni oʻtkazish qobiliyatini oshirishga doir chora-
tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- temir yoʻl transportida ilmiy-texnikaviy va sarmoya sarflash siyosatini oʻtkazishni, yangi texnika
va texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni, temir yoʻl transportini har tomonlama
rivojlantirishni tashkil etish;
- sarf-xarajatlarni kamaytirish va mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashni nazarda tutib,
yuk, yoʻlovchilar, pochta va bagaj tashish sohasidagi tarif siyosatini belgilangan tartibda amalga
oshirish.
Bugungi kunda Sony Corporation – Sony Group holdingi tarkibiga kiruvchi operasion
boʻlimlardan biridir. Sony Corporation maishiy va professional elektronika, oʻyinlar konsollari va
boshqa yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. 1955-yildan 1957-
yilgacha foydalanilgan kompaniyaning eski logotipi “Sony” korporatsiyasi Akio Morita va Masaru
Ibuka tomonidan 1946-yil 7-may kuni tashkil etilgan. Dastlab u “Tokyo Tsushin Kogyo Kabushiki
Kaisa” yoki qisqacha Totsuko deb atalgan. “Sony” zamonaviy nomi lotincha sonus (“tovush”) va
inglizcha sunny boys (“quyosh bolalari”; inglizcha variantida sonny-boys yapon tilida “kichkintoy
daholar” ifodasiga ega boʻldi) iboralari birligidan kelib chiqqan. Sony oʻz nomini yaxshi va
jozibali dizayn hamda yangiliklar asosida mashhur qildi. Kompaniya oʻz mahsulotlari hajmini
kichiklashtirishga katta e’tibor qaratdi. 1950-yillarda kompaniya oʻzining birinchi — «TR-63»
radiopriyomnigini yaratdi va bu yangilik kompaniya yutuqlarining boshlanishi boʻldi. 1970–1980
yillarda birinchi portativ audiopleer Walkman’lar paydo boʻldi. 1983-yilda Sony Philips
kompaniyasi bilan hamkorlikda dastlabki kompaktdisklarini bozorga taqdim etdi. 1990-yillarda
dastlabki “mini-diskmen”lar paydo boʻldi. Sony 500ga yaqin yangi mahsulotlari bilan chiqdi,
179
ya’ni kuniga deyarli ikki ixtiro amalga oshirildi. 1994-yilning oxirida korporatsiya yaponiya
bozoriga Play Station — oʻyin konsolini taqdim etdi.
Transmilliy kompaniyalarning mamlakatimizdagi kompaniyalar bilan oʻzaro
hamkorlikdagi loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun huquqiy-iqtisodiy zamin
yaratish maqsadga muvofiq. Oʻzbek-Amerika munosabatlaridagi yana bir muhim voqea – 29-
yanvar kuni Toshkentda “White & Case” xalqaro yuridik kompaniyasi ofisining ochilgani boʻldi.
Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan kompaniya xorijiy investorlar uchun qulay muhit yaratish va
ularning Oʻzbekistonda biznes uchun sarmoya kiritishga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga
yordam berishning oʻz strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab olgan.
Bugungi kunda jahonning turli mamlakatlarining transmilliy kompaniyalar, jumladan
“Fortune 500” roʻyxatidagi kompaniyalar rahbarlari Oʻzbekiston bozoriga kirishga qiziqish
bildirmoqda. Ayni paytda, Oʻzbekiston biz uchun eng tez rivojlanayotgan bozor va bu
korporasiyalar tarafidan bildirilayotgan qiziqishda ham oʻz aksini topmoqda. Biz kompaniyalar
bilan turli sohalar boʻyicha ishlamoqdamiz. Bular ishlab chiqarish, iste’mol tovarlari, oziq-ovqat
mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi, farmasevtika, sogʻliqni saqlash va energetika sohalaridir”.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni xulosa qilib aytish mumkinki. transmilliy
korporasiyalar u yoki bu davlatning xalqaro iqtisodiy alokalar tizimidagi taqdirini aniqlovchi
omilga aylanishmoqda. TMKning faol ishlab chiqarish, investision, savdo faoliyati tufayli ular
ishlab chiqarish va mahsulotlarni taqsimlashning xalqaro tartibga soluvchisiga aylanishmoqda va
xatto BMT ekspertlarining fikricha jahonda iktisodiy integrasiyasiga sharoit yaratishmokda.
Transmilliy korporasiyalarning jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
tizimidagi faoliyatining yaxshi tomonlarini aytganda, ularning faoliyat ko’rsatayotgan davlatlar
iqtisodiyotiga negativ ta’sirini ham aytib o’tish lozim. Shu ma’noda quyidagilarni alohida
ta’kidlab oʻtishimiz mumkin:
-TMK faoliyat kursatadigan davlatlarning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga xalaqit berish;
-davlat konunlarini buzish;
-monopol narxlar o’rnatish, rivojlanayotgan davlatlarning xuquqini cheklovchi shartlarga
majburlash.
Respublikamizda mazkur soha boʻyicha Yevropa standarti doirasida yetuk mutaxassislar
tayyorlash asosida intellektual transport tizimlarini mamlakatimiz hududida keng joriy etish va
mamlakatning avtotransport xizmatlari eksporti va tranzitini oshirish salohiyatining imkoniyatlari
va zahiralaridan toʻliq foydalanish imkoniyatini beradi. ITTni amaliyotga joriy etishdagi koʻrilgan
hamma misollardan ma’lumki, mazkur muammoni yechimi institutsional shaklda boshlangan
180
boʻlib, keyinchalik ITTiga milliy loyiha maqomi berilgan va mamlakatda fan va texnikani
rivojlantirishning koʻp yillik rejalarini yaratish boʻyicha davlat dasturlari ishlab chiqilgan. Mazkur
xulosa Oʻzbekiston Respublikasida ITTini amaliyotga joriy etishda taklif sifatida e'tiborga olinishi
mumkin.
REFERENCES
1.
Пебро М. Международнуе экономические, валютно-финансовуе отношения. -
М.: Прогресс-Универс, 1994.
2.
Нухович Э.С., Симитиенко Б.М., Эскидаров М.А. Мировая экономика на рубеже
ХХ-ХХI веков. - М.: Финансов. Академия при правительсиве РФ, 1995.
3.
Основу внешнеэкономических знаний / Под ред. Фаминского И.П. - М.:
Международнуе отношения, 1994O ‘
