Oktabr, 2024-Yil
306
MILLIY RAQS SAN’ATINING RIVOJLANISHI HAQIDA
Paxrudinova Karomat Pazildinovna
https://doi.org/10.5281/zenodo.13922525
Annotatsiya. Ushbu tezisda o‘zbek raqs san’ati tarixi, bosib o‘tgan yo‘li, raqs san’ati
rivojlanishiga hissa qo‘shgan ustozlar va hozirgi kunda mamlakatimizda raqs san’atini
rivojlantirishga qaratilgan qaror va farmonlar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: tarix, marosim, raqs san’ati, ijro mahorati, raqs ta’limi, raqqos va raqqosa.
ON THE DEVELOPMENT OF NATIONAL DANCE ART
Abstract. This thesis talks about the history of Uzbek dance art, its path, teachers who
contributed to the development of dance art, and today's decisions and decrees aimed at the
development of dance art in our country.
Keywords: history, ritual, dance art, performance art, dance education, dancer and
dancer.
О РАЗВИТИИ НАЦИОНАЛЬНОГО ТАНЦЕВОГО ИСКУССТВА
Аннотация. В данной дипломной работе рассказывается об истории узбекского
танцевального искусства, его пути, педагогах, внесших вклад в развитие танцевального
искусства, а также решениях и постановлениях, направленных на развитие танцевального
искусства в нашей стране сегодня.
Ключевые слова: история, ритуал, танцевальное искусство, исполнительское
искусство, танцевальное образование, танцор и танцор.
Raqs san’ati insoniyat tarixining dastlabki davrlarida mehnat jarayonlarida, maishiy
kо‘rinishlarda paydo bо‘ldi. Xalqning maishiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq holda
rivojlanib kelgan, maishiy mazmun-mohiyatga ega bо‘lgan raqs, keyinchalik tomoshaviylikka kasb
etib borgan. Uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida raqs sayqallanib, badiiy boyib keldi.
Mustaqillik yillarida о‘zbek
an’anaviy raqslarini asrash, о‘zbek raqs san’atining
tarixiy an’analarini, badiiy uslublarini va
usullarini tiklash hamda boyitish, raqslarni
millatimizning о‘ziga xos fazilatlari, boy ma’naviyatiga munosib darajada ijro etishga e’tibor
qaratildi.
Mustaqillik sharofati bilan respublikada kо‘plab bayram va urf-odatlar tiklandi.
An’analar, marosimlar va urf-odatlar qaror topdi, milliy qadriyatlarni tiklash, mavjud
raqs maktablarining an’analarini xalq orasida ommalashtirish va ularni chuqur о‘rganish
uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Oktabr, 2024-Yil
307
Raqs san’ati insonning eng nafis his-tuyg‘ulari va hayajonlarini, nozik ichki
kechinmalari hamda orzu-umidlarini о‘zida mujassam etadi, bu tuyg‘ularni nozik harakatlarda
kо‘rsatadi. Raqs san’atida har bir millatning о‘ziga xos xususiyatlari, qiyofasi, xalqning tarixi va
ruhiyati о‘zligi bilan namoyon bо‘ladi.
О‘zbek milliy raqs san’ati о‘zining chuqur mazmunga egaligi, nafisligi, nozikligi,
ichki kechinmalar va gо‘zal his-tuyg‘ularga boyligi hamda sharqona hulq - atvor zamirida
yuzaga kelganligi bilan alohida ajralib turadi. О‘zbek milliy raqs san’ati xalqimizning madaniy-
ma’naviy boyligi sifatida qadrlanib, hozirgi kungacha avaylab-asrab kelinmoqda.
Bugungi kunda raqs san’ati inson ma’naviy olamida katta ahamiyat kasb etadi, shu
bois о‘zbek raqs san’atining rivojlanish jarayonlari, raqsshunoslik ilmining paydo bо‘lishi
hamda rivojlanishi, о‘zbek raqs san’ati rivojiga о‘z hissasini qо‘shgan raqsshunoslarning ilmiy
va ijodiy yо‘lini о‘rganish nihoyatda muhimdir.
Xalqimizning ma’naviy merosini saqlash, mustahkamlash va rivojlantirish, uni
kelajak avlodga tо‘liq holda yetkazish vazifalari samarali ishlar asosida amalga oshirilmoqda.
Kelajak avlod uchun xalqimizning boy tarixiy, madaniy, badiiy va ma’naviy merosini
nafaqat saqlab qolish, balki uni chuqur о‘rganish va tadbiq qilish hozirgi kunning muhim
vazifasiga aylandi.
O‘zbek milliy raqs san’ati bugungi kungacha tarixan juda katta davrni boshidan
o‘tkazdi. Uning qadimiy ildizlari, o‘tmish tarixi qadimgi diniy marosimlar, xalq o‘yin va
tomoshalariga borib taqaladi. Raqs san’atining eng qadimiy
shakllari raqs bo‘lmasa-da,
qadimda, ibtidoiy davrda ritmik montomima, kiyinchalik tosh, yog‘och, qadimda aholi
foydalangan turli buyum va asbob-uskunalar yordamida shakllanganini hozirgi davrda ham
raqs san’ati ijrosida saqlanib qolganligini ko‘rish mumkin.
Barcha xalqlarda bo‘lgani kabi, o‘zbek raqslarini qadim zamonlarda vujudga kelishi
haqida arxeologik qazilmalar jarayonida topilgan raqqos va raqqosalarning haykalchalari,
qadimiy g‘orlar va qoyatoshlarga chizilgan tasvirlar, kitob miniatyuralari dalolat beradi.
Jahon sivilizatsiyasi rivojlanishi bilan raqs san’ati ham rivojlanib boraverdi. O‘zbek raqs
san’atining o‘zida turli maktablar, yo‘nalishlar vujudga keldi va mahalliy raqslar taraqqiyot
tufayli milliy raqs maqomigacha o‘sib bordi. Raqs san’ati ayniqsa, Sharq Renessansi, ya’ni
Amir Temur va temuriylar davrida ravnaq topdi. Unda ayniqsa xotin-qizlarning o‘rni katta
bo‘ldi. Raqslarda rang-baranglik tarixiy qatlamlar yaqqol ko‘zga tashlanib turdi. Keyinchalik ham
raqs fidoyilari tufayli o‘zbek milliy raqsi rivojlanishda davom etadi va hozirgacha saqlanib
qolgan holda ajoyib raqslar vujudga keldi.
Oktabr, 2024-Yil
308
XIX asr oxri XX asr boshlariga kelib o‘zbek raqs san’ati o‘z qadim an’analari bilan bir
qatorda dunyo miqyosida shakllangan yangicha tamoyillar asosida rivojlanish yo‘liga o‘tdi.
Milliy merosimiz ko‘p yillik an’analarni saqlab qolgan holda yangicha badiiy
tamoyillar asosida rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Bugungi kunda milliy raqs san’atimiz o‘zining
ko‘p yillik an’analarini davom ettirish bilan bir qatorda yangi tajribalar hamda ijodiy
tamoyillarni namoyon etib kelmoqda. Qadimdan xalq tomonidan sevib ijro etilib, avlod-
ajdodlargacha yetib kelgan raqslarga e‘tibor berilmagan. Shu sababdan ham xalqimizning
ma’naviy-madaniy merosi oyoq osti qilingan va izchil о‘rganilmagan. Oddiy xalq ichidan
chiqqan va asosiy faoliyatini xalq ichida olib borgan raqs san’ati ustalariga turli qarshiliklar,
tahdidlar qilingan. Chunki ular о‘z raqslari bilan jamiyatdagi illatlarni fosh etishgan, oddiy xalqqa
yaxshi kayfiyat ulashib, ularni nurli hayot haqidagi orzulariga albatta, yetishishlarga
ishontirishgan. Shuning uchun xalq ularni sevgan va ardoqlagan. Oddiy xalq ichidan chiqqan
juda kо‘pgina iste’dodli raqqos va raqqosalar yovuz zulmkorlar tomonidan umri erta sо‘ndirilgan.
Raqslar turmushdagi va mehnatdagi biror harakat va holatlarga taqlid ma’nosida
vujudga keladi va raqs harakatiga aylanib qoladi. Keyinchalik ularga yanada ishlov berilib
nazokatlilik baxsh etilaverdi. XX asr boshlaridan o‘zbek sahna raqsi alohida mustaqil san’at
sifatida rivojlandi. Muhiddin Qori Yoqubov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim
Komilov, Tamaraxonim, Isohor Oqilov, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gavxar Rahimova kabi
ko‘plab raqs san’ati fidoyilari uning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minladilar. Fidoyi
baletmeyster, xoreograf va pedagoglarning har biri o‘ziga xos uslubga ega bo‘lganligi
tufayli ular tarbiyalagan san’atkorlar raqslari ham rang-baranglik kasb etadi. XX asrning 60-
yillariga kelib nafaqat raqs amaliyotchilari, balki nazariyotchilari ham uning taraqqiyotiga o‘z
hissalarini qo‘shdilar. Ularning mehnati tufayli raqsga bag‘ishlangan qo‘llanmalar, darsliklar,
monografiyalar, vujudga keldiki, bu o‘z navbatida, raqs ta’limi va tarbiyasini rivojlantirshga
o‘z hissasini qo‘shmay qolmadi. Ayniqsa, san’atshunos olima Lyubov Avdeyevaning o‘zbek
raqs san’ati tarixiga bag‘ishlagan ilmiy tadqiqotlari, raqs amaliyotchisi va nazariyotchisi
Roziya Karimovalarning o‘quv qo‘llanmalari raqs sohasidagi muhim qo‘llanmalar bo‘lib qoldi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, madaniyat va san’atning barcha jabhalarida,
xususan, raqs san’ati sohasida, ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
o‘tish davrining murakkab sharoitiga qaramay, davlatimiz tomonidan yosh iste’dodli ijrochilarni
yetishtirish, samarali ijodiy faoliyat uchun sharoit yaratish masalalariga katta e’tibor qaratildi.
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek milliy raqs san’ati jahon sahnasida munosib o‘rin
egalladi. Iste’dodli yosh ijrochilar bir qator nufuzli xalqaro ko‘rik-tanlovlarda va festivallarda
Oktabr, 2024-Yil
309
o‘zbek milliy raqs namunalarini, xususan, Xorazm “Lazgi” raqsini yuksak mahorat bilan
ijro etib, eng oliy o‘rinlarni egallab kelishdi. Shu bilan birga, ko‘plab xorijiy mamlakatlarda
o‘zbek milliy raqs san’atiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. O‘zbekistonning xorijiy
mamlakatlardagi elchixonalari hamkorligida o‘zbek raqs markazlari va studiyalari tashkil
etildi va milliy raqs san’atini targ‘ib etishda muhim faoliyat olib borilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ko‘plab professional, xavaskorlik
va folklor-etnografik ansambllarda “ustoz-shogird” an’analari davom ettirilib kelinmoqda va
qadim zamonlardan bizning kungacha saqlanib kelgan merosiy raqs namunalari yosh
ijrochilar tomonidan o‘zlashtirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi
bilan 2018-yilda qabul qilingan “Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi”da
o‘zbek xalqining mumtoz va folklor san’atining noyob namunalari, xususan o‘zbek milliy raqs
san’ati sohasidagi o‘ziga xos ijro maktablari va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish
bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda. Mazkur konsepsiyada o‘zbek
milliy raqs san’ati sohasida yangi iste’dodli ijrochilarni kashf etish, yosh avlodni raqs san’atiga
bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining
Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” Respublika ko‘rik-tanlovini
an’anaviy ravishda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflar amalga oshirilishi belgilangan. Bundan
tashqari, 2021-yili 22-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31-sonli
qarori asosida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali tashkil etish
raqs san’atini rivojlantirishga, soha mutaxassislarini har tomonlama qo‘llab quvvatlashga
qaratilgan e’tibordir desak mubolag‘a bo‘maydi.
Hozirgi kunda mamalakatimizda xoreografiya sohasidagi ta’lim tizimida chuqur
islohotlar olib borilmoqda. Bu soha bo‘yicha turli meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ta’lim-
tarbiyaga davlat darajasida e’tibor berilayotganiligi bu sohani zamon talablari darajasida
rivojlantirish imkonini bermoqda. O‘zbek raqs san’atini o‘rgatish respublikamizning bolalar
musiqa va san’at maktablarida ham olib borilmoqda. Bu o‘quv maskanlarida ta’lim olayotgan
ko‘plab mohir raqqos va raqqosalar O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va
filiallarida “Xoreograf-pedagog”, “Baletmeyster”, “Xoreografiya jamoasi rahbari” kabi ta’lim
yo‘nalishlarida oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib yetishib chiqadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, o‘zbek milliy raqs san’ati maktabini o‘qitish
tizimini zamon talablari asosida yanada rivojlantirish, ularni boyitish, jozibadorligini
oshirish, an’analarini saqlab qolish zamonaviy xoreografiya ta’limining dolzarb masalalaridan
biridir.
Oktabr, 2024-Yil
310
REFERENCES
1.Karimova R. “O‘zbek raqslari”. Toshkent – 2003.
2.Muxamedova O‘ “O‘zbek raqsini sahnalashtirish amaliyoti” Toshkent – 2020.
3.Usmonova G. “O‘zbek raqsini o‘rganish uslubiyati” Toshkent – 2020.
