ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
530
GALEN, NOVAGALEN PREPARATLARINI TAYYORLASHDAGI GIGIYENIK
TALABLAR
Saidova Sohibaxon Abrorjon qizi
Fargʻona jamoat salomatligi instituti
Kommunal va mehnat gigiyena kafedrasi assisenti.
Aʻzamova Zinnura Azizbek qizi
Farmatsiya yoʻnalishi 7024-guruhi 1-bosqich talabasi.
zinnurazamova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13957080
Annotatsiya. Galen preparatlari xom ashyodan, uni suv, spirt, efir yoki spirt bilan suv, efir
bilan spirt aralashmalari vositasida ekstraksiya qilib olinadi. Bugungi kundagi galen novogalen
preparatlarini oʻrganish, tayyor dori shakllarini oʻrganish, galen preparatlarini ishlab chiqarish
va antibiotiklarni ishlab chiqarishni oʻrganish.
Kalit soʻzlar: Galen preparatlari, novogalen preparatlari, ekstraktlar, nastoykalar,
xushboʻy suv va spirtlar, sharbatlar, eritmalar, sovunli spirtlar, sovunkrezolli preparatlar, suv,
spirt, antibiotik, dori, ballas modda, antibiotik ishlab chiqarishdagi gigiyenik qoidalari.
HYGIENIC REQUIREMENTS FOR PREPARATION OF PREPARATIONS GALEN,
NOVAGALEN
Abstract. Galenic preparations are obtained from raw materials by extracting them with
water, alcohol, ether or mixtures of water with alcohol, ether and alcohol. The study of modern
galenic novogalenic preparations, the study of finished dosage forms, the production of herbal
preparations and the study of the production of antibiotics.
Keywords: Hygienic rules for the production of herbal preparations, new galenic
preparations, extracts, tinctures, aromatic waters and alcohols, juices, solutions, soap alcohols,
soap-cresol preparations, water, alcohol, antibiotics, medicines, ballast substances, antibiotics.
ГИГИЕНИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ ПРИ ПРИГОТОВЛЕНИИ ПРЕПАРАТОВ
ГАЛЕН, НОВАГАЛЕН
Аннотация. Препараты галена получают из сырья путем экстракции его водой,
спиртом, эфиром или смесями воды со спиртом, эфиром и спиртом. Изучение современных
галеновых новогаленовых препаратов, изучение готовых лекарственных форм,
производство галеновых препаратов и изучение производства антибиотиков.
Ключевые слова: Гигиенические правила при производстве галеновых препаратов,
новогаленовых препаратов, экстрактов, настоек, ароматических вод и спиртов, соков,
растворов, мыльных спиртов, мыльно-крезоловых препаратов, воды, спирта,
антибиотиков, лекарств, балластных веществ, антибиотиков.
Galen Klavdiy
yoki
Claudius Galenus
oʻzdavrida qadimgi rim vrachi va tabiatshunosi
boʻlgan. Tibbiyot va falsafaga oid koʻplab asarlar yozib qoldirgan. “Inson tanasining qismlari
haqida”gi mumtoz asarida birinchi marta bir butun organizmni anatomikfiziologik jihatdan
tasvirlab bergan. Galen shifobaxsh dorilar (qarang Galeneparatlari) deb ataluvchi dori-
darmonlarni hayvon va oʻsimlik xom ashyolaridan tayyorlagan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
531
Tabobat tarixida qon aylanish toʻgʻrisidagi dastlabki gʻoyalarni yozib qoldirgan. Galen
antik tibbiyot haqidagi tasavvurlarni yagona taʼlimot tarzida umumlashtirib, XV—XVI-asrlarga
qadar tabiatshunoslikning rivojlanishiga katta hissasini qoʻshgan. Oʻzining nomi bilan
ataluvchi sillogizmning toʻrtinchi figurasi hamda toʻrt mizoj haqidagi taʼlimoti mashhur. Uning
“Falsafa tarixya” asari olim vafotidan keyin taxminan 500-yilda tuzilgan boʻlib, u tibbiyot
talabalari uchun darslik hisoblangan. Hozirda talabalar ushbu asarlardan keng foydalanib
kelishmoqda.
Galen preparatlari –
o‘simliklar(ildizi, bargi, guli, poʻstlogʻi), minerallar va hayvonlar
xom ashyosini qayta ishlab olinadigan dorilar. Rim vrachi
Klavdiy Galen
nomi bilan yuritiladi.
Faqat Galen davrida emas, balki hozir ham turli farmatsevtik usullar bilan tayyorlangan
har xil dorilar galen preparatlari deb ataladi. Koʻpchilik Galen preparatlari xom ashyodan, uni suv,
spirt, efir yoki spirt bilan suv, efir bilan spirt aralashmalari vositasida ekstraksiya qilib olinadi.
Boshqalari esa, odatda, biror dorivor moddaning suv, spirt yoki yogʻdagi eritmasidan
iboratdir. Galen preparatlarining asosiy guruhlari: ekstraktlar, nastoykalar, xushboʻy suv va
spirtlar, sharbatlar, eritmalar, sovunli spirtlar, sovunkrezolli preparatlar va hokazo. Zamonaviy
shifobaxsh preparatlari (pepsin, tireoidin, aloy, qora smorodina ekstraktlari, allilsat va b.) galen
preparatlari sirasiga kiradi.
Galen, novogalen preparatlaridan oʻsimlik xom ashyosi – asosan, oʻsimlik, dengiz
suvoʻtlari, zamburugʻlar, lishayniklarning ishlov berilmagan, odatda quritilgan shakldagi, ammo
baʻzida sarxil shakldagi butun, ajratilgan va kesilgan boʻlaklaridir. Oʻsimlik xom ashyosidan
olinadigan oraliq mahsulot – oʻsimlik xom ashyosiga ishlov berish yoʻli bilan, ekstraktsiyalash,
haydash, siqish, fraktsiyalarga ajratish, tozalash, konsentratsiyalash yoki fementatsiyalash yoʻli
bilan olingan mahsulot hisoblanadi. Oraliq mahsulotlarga maydalangan yoki kukunga
aylantirilgan oʻsimlik xom ashyosi, nastoykalar, ekstratlar, efir moylari va ishlov berish jarayonida
ajralib chiqqan moddalar kiradi. Oʻsimliklarning maxsus ishlov berilmagan ayrim ekssudatlari
(ajratmalari) ham oʻsimlik xom ashyosiga kiradi. Oʻsimliklar, ekstraktlar, tindirmalar va boshqa
mahsulotni saqlash uchun namlik, harorat va yoritilganlik boʻyicha alohida sharoitlar talab etilishi
mumkin, bunday sharoitlarni taʻminlash va nazorat qilish zarur.
Texnologik jarayonda foydalanilayotgan uskunalar, filtrlovchi materiallar, mahsulotga
taʻsir qilishi mumkin boʻlgan moddalarning ajralishi va absorbtsiyalanishiga yoʻl qoʻymaslik
uchun, ekstraktlar eritmalariga mos tushishi zarur. Namunalarni yigʻishda, vaznini oʻlchashda,
aralashtirishda chang hosil boʻlishi bilan kechadigan oʻsimlik xom ashyosi va oraliq mahsulotlar
bilan olib boriladigan boshqa texnologik opertasiyalarda tozalikni saqlashga, shuningdek qarama-
qarshi ifloslanishni oldini olishga qaratilgan alohida choralar koʻrilishi lozim (changni yoʻqotish,
maxsus xonalar ajratish va h.k.). Ingalyatsiyalar uchun aerozollarni tozalovchi klapanlar bilan
ta’minlangan va bosim ostida boʻlgan ballonlarga toʻldirib ishlab chiqarish o‘ziga xom
xususiyatlarga ega boʻlib, ularga alohida talablar qoʻyiladi. Ishlab chiqarish sharotlari mahsulotni
mikroorganizmlar va zarrachalar bilan ifloslanishidan toʻliq himoya qilishi lozim. Klapanlar
detallari sifati alohida ahamiyatga ega, suspenziyalarda esa ularning bir jinsliligi muhimdir.
Sifatni nazorat qilishni amalga oshirayotgan xodimlar yetkazib berilayotgan oʻsimlik xom
ashyosi aslliligini va aralashmalarning yoʻqligini, zamburugʻlar koloniyalarining oʻsishini va
parazitlar bilan ifloslanishning yoʻqligini tekshirish maqsadida sinovlarni olib borish uchun
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
532
maxsus tayyorgarlikka hamda oʻsimlik xom ashyosi, oraliq mahsulotlar va oʻsimlik xom
ashyosidan olingan dori vositalari bilan ishlash tajribasiga ega boʻlish darkor.
Odatda, ishlab chiqarish va toʻldirishning ikkita usulidan foydalaniladi:
1) ikki pogʻonali usul (bosim ostida toʻldirish).
Aktiv ingredient qaynash harorati yuqori
nuqtaga ega propellentga kiritiladi, oʻrama aktiv ingredient dozasi bilan toʻldiriladi, unga klapan
va past qaynash nuqtasiga ega propellent kiydiriladi va klapan teshigi orqali kiritiladi. Aktiv
ingredient xarorati bugʻlanish hisobiga yoʻqotishlarni oldini olish maqsadida past ushlab turiladi.
2) bir pogʻonali usul (sovuq toʻldirish).
Aktiv imgredient propellentlar aralashmasiga
yuqori bosim ostida yoki past haroratda yuboriladi. Keyin oʻrama toʻldiriladi. Aerozollar uchun
tozalovchi klapanlar farmatsevtika sanoatida qoʻllaniladigan aksariyat qurilmalarga nisbatan
ancha murakkabdir. Ulardagi texnik sharoitlar, namunalarni tanlab olish metodikalari hamda
dozalovchi klapanlarni nazorat qilish bunday mahsulot sifatiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq
boʻlishi kerak.
Ishlab chiqarish va toʻldirish imkoni boricha yopiq tizimlarda oʻtkazilishi tavsiya etiladi.
Mahsulot yoki uning toza qismlari ochiq holatda saqlanadigan joylarda xonalar kamida D
zonasiga mos kelishi kerak. Unga havo filtrlar orqali berilishi, xonaga kirish esa shlyuzlar orqali
taʻminlanishi lozim.
REFERENCES
1.
K. S. MUHAMMADJONOVA, SH. SH. TALIPOVA, SH. N. SHODMONOVA, SH. S.
YO'LDOSHEVA. DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI. TOSHKENT «VORIS
NASHRIYOT» 2012.
2.
Shavkat Abdullayev, Abdulhamid To'raboyev, Ma'rifatoy O'rinboyeva, Nodirali
Normaxamatov, Ravshan Zuhrobov.ΑΝΤΙΒΙΟTIKLAR "Namangan" nashriyoti 2015-yil.
3.
VRXAYDAROV,
A.D.TADJIEVA,
A.M.USUBBAEV,
SH.SH.XUSENOVA
FARMATSEVTIK TEXNOLOGIYA. «IBN-SINO» TOSHKENT-2022.
4.
S.M.Mahkamov, K.S.Mahmudjonova. TAYYOR DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI.
"Tib-kitob" nashriyoti TOSHKENT-2010
5.
“Условая труда и охраны окружающей среды на стеклоизготовительных
предприятиях”. Tadqiqot uz. ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ – АМАЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР
мавзусидаги конференция материаллари 2020 №21 31октябрь Ст-33 [33]
6.
Гигиеническая оценка и пути оптимизации водопользования сельского и городского
населения в Республике Узбекистана области Ферганы.
iScience Poland.
MODERN
SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS
.
Issue 4(38) Part 2 COLLECTION OF
SCIENTIFIC WORKS OF THE INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE Ст 197-
202 Warsaw 2021 [197-202]
7.
Гигиеническая оценка и пути оптимизации водопользования сельского и городского
населения в Республике Узбекистана. New Day in Medicine Новый День в Медицине
TIBBIYOTDA YANGI KUN №2(34/2)2021 ст-73
8.
ТВЕРДЫЕ БЫТОВЫЕ ОТХОДЫ (ТБО)- ГЛОБАЛЬНАЯ ПРОБЛЕМА МИРА. Oriental
Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 6
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
533
ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index
Factor ASI Factor = 1.7 Ct 327-334 [327-334]
9.
TIBBIY
TA’LIM
AMALIYOTIDA
INTEGRATSIYALANGAN
TA’LIM
ELEMENTLARINI QQ‘LLASH. ISSN 2181-0443 DOI: 10.24411/2181- 0443 Научно-
практический журнал re-health journal Издается ежеквартально с 2019 года Журнал
зарегистрирован агентством информации и массовых коммуникаций при
Администрации Президента Республики Узбекистан (№1297 от 10.06.2019 года).
Журнал размещается в Научных электронных библиотеках (eLibrary.ru, Cyber Leninka,
Google Scholar и UzSCI.uz). Ct 126-130 [126-130]
10.
Hozirgi global ekologik muammolar va aholi yashaydigan hududlarni Qattiq mayishiy
chiqindilardan holos etish choralari haqida. Бухарский государственный медицинский
институт имена Абу Али Ибн Сино Научно – практический конференции с
международным участием на тему: «Проблемы экологии и экологического
образования» сборник тезисов 11-12,.
