Authors

  • Sevinch Maxmudova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.45130

Abstract

In linguistics, non-constructive clauses have been analyzed by many scientists. In the course of their analysis, we turned to examples of artistic creations. The article focuses on the role of non-constructive pieces in fiction and how these pieces enrich the work.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

616

BADIIY ASARLARDA NOKONSTRUKTIV BO‘LAKLAR

Maxmudova Sevinch Abduxoliq qizi

TerDU O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13964680

Annotatsiya.

Tilshunoslikda nokonstruktiv bo’laklar ko’plab olimlar tomonidan tahlil

qilingan. Ularni tahlil qilish jarayonida biz badiiy ijod namunalariga murojaat qildik. Maqolada
badiiy adabiyotda nokonstruktiv bo‘laklarning tutgan o‘rni hamda bu bo‘laklar asarni qanchalik
boyitgani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Nokonstruktiv birliklar, undalma, kirish, kiritmalar, murojaat shakli.

NON-CONSTRUCTIVE FRAGMENTS IN WORKS OF ART

Abstract.

In linguistics, non-constructive clauses have been analyzed by many scientists.

In the course of their analysis, we turned to examples of artistic creations. The article focuses on
the role of non-constructive pieces in fiction and how these pieces enrich the work.

Key words:

Non-constructive units, motivation, introduction, introductions, form of

reference.

НЕКОНСТРУКТИВНЫЕ ФРАГМЕНТЫ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ИСКУССТВА

Аннотация.

В лингвистике неконструктивные предложения анализируются

многими учеными. В ходе их анализа мы обратились к примерам художественных
произведений. В статье рассматривается роль неконструктивных произведений в
художественной литературе и то, как они обогащают произведение.

Ключевые слова:

Неконструктивные единицы, мотивация, введение, введения,

форма обращения.

Xalqimizda bir gap bor: “Gap-isboti bilan go‘zal”. Shunday ekan, bizning nutqimizda va

badiiy asarlarimizda ifodalilik hamda ta’sirchanlikning o‘rni katta ahamiyatga egadi. Tilning
asosiy vazifasi muloqotdir. So‘zlashuv jarayoni murojatsiz kechmasligi tabiiy. Shuning uchun
tilshunoslikda muloqot jarayonida murojaatning psixologik jihatlari, murojaat ifodalash vositalari
doimo tadqiq etib kelingan. (7,3).

Kimdir bilan suhbatlashsangiz, avvalo uning nutqiga, so‘z boyligiga e’tibor qaratasiz,

albatta. Suhbatdoshingizning nutqi ravon va ajoyib, ko‘ngilga yoqadigan bo‘lsa, siz uni
eshitganingiz sari yana va yana eshitishni xohlayverasiz. Shuningdek, badiiy asarlarda ham shu
kabi holatni kuzatsak, kitobxon asarni o‘qiyotganida asar qahramonlarining qay ahvolda,qanday
muhitda ekanligini tez anglab oladi. Said Ahmadning “Jimjitlik’’romanida ham nokonstruktiv
birliklarning o‘rni yo‘q emas, albatta.

V.V.Vinogradov,

V.V.Babaytseva,

L.Y.Maksimov,

A.I.Efimov,

B.M.Golovin,

V.M.Aplatov kabi rus olimlari ishlarida murojaatning nutq jarayonidagi o‘rni haqida fikrlar
bildirilgan.(7,4)

Nokonstruktiv birliklar o‘z ichiga kirish, kiritma hamda undalmalarni oladi.
Undalma-so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni bildirgan so‘z yoki so‘z

birikmasi. U bildirayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi. (1.222) U
yig‘iq holda ham yoyiq holda ham kela oladi. (3.159-160) Masalan “Jimjitlik’’romanida:

Cho‘qqilar jilvasiga ko‘pam mahliyo bo‘laverma, bolam. Bu yerda qashqirlar bor.

(2.3)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

617

Bu jumlada “bolam’’ degan undalma qatnashgan. Bu gapda undalma shaxsga murojaat

qiladi va uning diqqatini tortish uchun xizmat qilyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbek tilshunosligida murojaat shakli birliklari tilshunos olimalar Nargiza Axmedova va

Zuhro Akbarovalar tomonidan o‘rganilgan. A.R.Sayfullayevning ilmiy-tadqiqot ishida
murojaatning undalma sifatidagi ko‘rinishi, undalmaning umumiy tavsifi, leksik-semantik o‘ziga
xosliklari, morfologik-sintaktik ifodalanishi hamda strukturasi bayon etilgan. (7,4-5)

-

Afsuski, Tolibjon ko‘z yosh to‘kib yig‘lolmasdi.

(2.3) Bu gapda esa “afsuski’’ kirish so‘zi

qo‘llangan. Afsuski, esiz, esizgina, attang kabi kirish so‘zlar achinish ma’nolarini bildiradi.
(3.159)

Kirish so‘z va kirish birikma so‘zlovchining o‘zi bayon qilayotgan fikriga yoli uni

ifodalash usuliga bo‘lgan munosabatini bildiruvchi so‘z va so‘z birikmasiga aytiladi.(1.223)

Yuqoridagi parchada Tolibjonning ko‘z yosh to‘kib yig‘lay olmasligini kirish so‘z bilan

ta’sirchan ifodalab bergan. Shunchaki, “Tolibjon ko‘z yosh to‘kib yig‘lay olmasdi” deb hech
qanday kirish so‘zlarsiz yozganda kitobxon asar qahramonining holatini tasavvur qila olmas edi.

Murojaat birliklari qatoriga kiruvchi undalmalarni Usmon Azim she’riyati misolida

tahlilga tortdik. Usmon Azim she’riyatini jо‘shqin, ta’sirchan etgan sintaktik omillardan biri
undalmalardir. Albatta, ularni shoirning – lirik qahramonning uslub tarzi, odamlar, narsa-
hodisalarga bо‘lgan kо‘tarinki ruhdagi kayfiyati taqozo etadi. Ilk ijodidan boshlab to hozirgacha
yaratilaѐtgan she’rlarida undalmalar ishtiroki ustuvor vositalardan biridir. Shoirda о‘zgalarda kam
uchraydigan bir xususiyat borki, bu ham bо‘lsa, bevosita undalmalarga daxldor.

Ya’ni, Usmon Azim lirik ― meni undalmalari nafaqat insonga, uning muayyan tuyg‘ulari,

masalan, muhabbatga, balki nabotot, maxluqot, mavjudot, tabiat hodisalariga ham qaratiladi va bu
uning asarlari pafosiga alohida kо‘tarinkilik, teranlik bag‘ishlaydi.

Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, Usmon Azim lirikasida murojaat motivi hamma vaqt

yetakchi ifoda usullaridan bо‘lib kelgan. Undagi undalma qо‘llashning ѐrqin va kо‘p hollari
quyidagi yо‘nalishlarda kuzatiladi:

- Insoniy his-tuyg‘ular, holatlar, a’zolar va qadriyatlarga qaratilgan undalmalar: odam,

g‘ussa, sog‘inch, g‘am, sevgi, xotira, hasad, havas, anduh, baxt, qadr kabilarga;

- Nabotot olami narsalariga qaratilgan undalmalar: tabiat, kuz, qish, bahor, ѐz, maysa,

chinor, terak, arg‘uvon, gul, tol va hokazolar;

- Odamdan boshqa maxluqot vakillariga: tulpor, ot, it, kapalak, oy, quѐsh, yulduz, samo,

qush, ѐmg‘ir, shamol va boshqalar;

- Ilohga murojaatlar: Xudovand, Xudo, Olloh, Tangri, Parvardigor, Yaratgan kabi sifatlar,

ismlar ila murojaatlar qilish. Ayrim misollarga murojaat qilaylik:

Gar uzun umrda Yashamoq shirin, Qolsam bо‘lmaydimi shu yozda, Hayot?

(―Novdalar...)

―Yoz, deyman, - о‘girilib qaramaydi u, ―Yoz...im‖ demoqlikka tilim bormaydi.

(―Osmon-keng...)

O, kapalak! -о‘g‘ri – о‘g‘ri gulparast!

Parizodim

, о‘zingni teja – Vujudingni sarflamagin

mast.

(―Qizg‘aldoqzor)

Shoir mazmunni ba’zan batamom undalmali motivda ifodalash orqali poetik jozibani

kuchaytiradi:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

618

Jonim manim, Qalbim manim, Kо‘zim manim, О‘zga vujud aro tolgan о‘zim manim, Yuzsiz

qolgan bu dunѐda yuzim manim, Kuzim manim – Biz xam zamonaning zaylidirmiz...

(―Jonim

manim...) Ushbu parchada undalmalar miqdorigina emas, ularning ayni bir vaqtda qofiyadoshlik
hosil qilib kelishlari ham, undalmalarning о‘z sifatdosh, aniqlovchilari bilan kelishlari ham
diqqatga sazovordir.

Ba’zan shoirning yaxlit, yagona undalmasi ega-kesimlilik munosabatini hosil qilib,

murojaat his-hayajon quvvatini yuzaga chiqaradi:

Dunyo – xizmatkorim! Buyuk ishq keltir...!

(―Yoshlik) Shoir muayyan undalmalarni, u

kimga yoxud nimaga qaratilganidan qat’i nazar, yarashiq undov sо‘zlar bilan birgalikda qо‘llab,
ma’no kuchini oshiradi:

– Yomg‘ir yiqdi devorin,
Bog‘ nechun qochmagaydir,
Ey, dо‘st?
Kim oldi ixtiѐrin –
Nechun sо‘z ochmagaydir,
Ey, dо‘st?...

(―Ta’lim)
Yoyiq undalmalar gohida shoir she’rining butun xulosasi, asosiy fikri, pafosini о‘zida

mujassam etadiki, bu hol ham ijodkorning ayni til vositasiga, nutq imkoniyatlariga g‘oyatda erkin
ѐndashuvidan dalolat beradi. Chunonchi, ―Meni hasrat yengdi... she’ri shunday xotimalanadi:

Alvido! Ziyoda Hayotim manim – Besh kunlik dunyoda Rabotim manim!...

Undovlar, undalmalar, ularning vazifalari zamiridagi turlituman ma’no ottenkalari ba’zan

shoir she’riyatidagi butun turkum mazmun-mantig‘ining yetakchi motiviga aylanadi. ―Sabrning
besabr parchalari turkumini bu usulning yorqin misoli deyish mumkin. Lirik qahramon
―Shamolga, ―Bog‘ga, ―Tog‘ga, ―Eyga, ―Bechora joniga, ―Toshga, ―Gulga, ―Soyga,
―Ey!...Qorni ochga, ―Yо‘lovchiga, ―Baliqqa, ―Labimga, ―Ildizga, ―Yurakka, ―Tuproqqa
va boshqa narsalarga birma-bir murojaat qiladi. Har mitti she’r zalvorini mazkur undalmalar
asosidagi falsafiy fikrlar belgilaydi:

Tosh!... Buncha yumshoqsan, tosh! Boshimni urgani Hech narsa qolmadi dunyoda!...

Yoki:

Rahmat, labim! Boldan voz kechgan labim, rahmat! Endi sо‘zlar yaralganiday

qog‘ozga tushmadi-da...

Ushbu turkumdagi ba’zi she’rlarda esa ularda aks etaѐtgan qahramonlar ― nutqi tarkibida

undalmalar ishtiroki kuzatiladi. Ayniqsa, undalmalar takrori shoir she’rlarida mazmun
ta’sirchanligini orttirishga xizmat qiladi:

Bog‘, bu daraxtni nega quritding? sig‘madimi bu shо‘rlik

shunday keng quchog‘ingga? Qо‘limdagi boltani esa

Endi о‘zing ovut, bog‘...

Shoir undalmalar qо‘llashda novatorona yо‘ldan boradi. She’r zamiridagi katta falsafiy

fikrni ifodalashda yoyiq undalmalar poetik kо‘lam kasb etadi.

Jumladan, ―Mushkulot she’ri shunday undalmalari bilan xarakterlanadi:

Umrida
bir marta ham о‘lmagan odam,
sen bilan nima haqida suhbatlashay?
Umrida bir marta ham tirilmagan odam, sen bilan-chi?


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

619

Usmon Azim о‘quvchining xaѐliga ham kelmagan narsayu hodisalarga-da murojaatini

yо‘naltiradi. Uning lirikasi shu jihati bilan ham о‘quvchi diqqatini о‘ziga jalb etadi va uni
fikrlashga chorlaydi:

Bu tongning salqini о‘zgacha Necha kun qoldi, vaqt, kuzgacha?

(―Bu tongning salqini...)

Ranji firoq! Jabringda undim: Teranlikka tortdi bedoding,

Yuksaklikka otdi barboding... Qanday gо‘zal zulmatga tо‘ldi Bо‘m-bо‘sh qolgan mening

hayotim!

(―Yо‘q, jon kabi...)

Misollardan ham kо‘rinadiki, bu she’riyat uchun undalmalar shunchaki sо‘zlovchining

nutqi qaratilgan shaxs yoki murojaat vositasigina emas. Shoir favqulodda, hech kutilmagan
narsalar, hodisalar, kechinmalarga ham xilma-xil mazmun va shakllardagi undalmalar bilan
murojaat qiladi. Natijada fikrning, tashbeh, timsolning, obraz yoki asar pafosining jozibadorligi
kuchayadi. Ayni paytda, she’riy nutq uchun undalmalilik borasida ham о‘zbek tilining nihoyatda
keng miqyosli imkoniyatlarga ega ekan.

Ko‘rib turganimizday, o‘zbek tilshunosligida undalma va murojaat shakli bilan bog‘liq

ilmiy ishlar mavjud. Umuman olganda, murojaat etiketning eng muhim ko‘rinishlaridan
hisoblansada, yuqoridagi ilmiy ishlarning birortasida uning ijtimoiy moxiyati alohida tadqiqot
obyekti qilib olinmagan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, nutqimizdagi gaplarimizning ta’sirchanlik, ifodaviyligini

oshirish uchun konstruktiv birliklar muhim. Shuning uchun, so‘zlashuvda ham, yozma shaklda
ham konstruktiv birliklarni ikkilanmasdan foydalanishimiz kerak.

REFERENCES

1.

S.Rahimov, B.Umurqulov. “Hozirgi o’zbek adabiy tili’’. T.,”Moliya’’nashriyoti,2003.272 b

2.

Said Ahmad “Jimjitlik’’ roman- T.: Adabiyot va san’at nashr., 1989.-320 b

3.

Усмон Азим. Сайланма. Шеърлар. – Т.: ―Шарқ. 1995

4.

R.R.Sayfullayevav ”Hozirgi o’zbek adabiy tili’’.-T.:”Innovatsion rivojlantirish nashriyot-
matbaa uyi’’,2020-yil,127-b

5.

Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.- Toshkent: O’zMU,2007

6.

https:// n.ziyouz.com.uzbek nasri.

7.

Akbarova Zuhro. O’zbek tilida murojaat shakllari/ Z.Akbarova.-Toshkent: kademnashr,2015.-
112b

8.

S.Rahimov, B.Umurqulov. “

References

S.Rahimov, B.Umurqulov. “Hozirgi o’zbek adabiy tili’’. T.,”Moliya’’nashriyoti,2003.272 b

Said Ahmad “Jimjitlik’’ roman- T.: Adabiyot va san’at nashr., 1989.-320 b

Усмон Азим. Сайланма. Шеърлар. – Т.: ―Шарқ. 1995

R.R.Sayfullayevav ”Hozirgi o’zbek adabiy tili’’.-T.:”Innovatsion rivojlantirish nashriyot-matbaa uyi’’,2020-yil,127-b

Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.- Toshkent: O’zMU,2007

https:// n.ziyouz.com.uzbek nasri.

Akbarova Zuhro. O’zbek tilida murojaat shakllari/ Z.Akbarova.-Toshkent: kademnashr,2015.-112b

S.Rahimov, B.Umurqulov. “