ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
25
O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI TARAQQIYOTIDA ADABIY
TOPISHMOQLARNING O‘RNI
Ismoilova Surayyo Qo‘ziyevna
Buxoro davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14043505
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotida adabiy
topishmoqlarning o‘rni haqida fikr-mulohaza bildirilgan.
Kalit so‘zlar: topishmoqlar, adabiy topishmoqlar, chiston, janriy xususiyatlar, o‘zbek
adabiyoti, taraqqiyot.
THE ROLE OF LITERARY RIDDLES IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK
CHILDREN'S LITERATURE
Abstract. This article comments on the role of literary riddles in the development of Uzbek
children's literature.
Key words: riddles, literary riddles, chiston, genre features, Uzbek literature, development.
РОЛЬ ЛИТЕРАТУРНЫХ ЗАГАДОК В РАЗВИТИИ УЗБЕКСКОЙ ДЕТСКОЙ
ЛИТЕРАТУРЫ
Аннотация. В данной статье рассматривается роль литературных загадок в
развитии узбекской детской литературы.
Ключевые слова: загадки, литературные загадки, чистон, жанровые особенности,
узбекская литература, развитие.
Topishmoqlar xalqning turmush tarzi va qadimiy e’tiqodlari ifodasi sifatida boy ma’naviy
merosimiz sanaladi. Topishmoqlar shartli nutq natijasida qadimiy ajdodlarimizning ibtidoiy
animistik va totemistik qarashlari shakllana boshlagan davrlarda–«insoniy shuur endigina
uchqunlana boshlagan zamonlarda» (F.I.Buslaev) paydo bo‘la boshlagan.
Qadimgi ajdodlarimiz tabiat stixiyasi oldidagi ojizliklari tufayli narsalarni, odamlarni,
hayvonlarni, qushlarni o‘z nomlari bilan aytmay, ularni g‘ayritabiiy kuchlar zararidan, insu jinslar
va balo- qazolardan omon saqlashni ko‘zlab, boshqa so‘zlar bilan pardali qilib ayta boshlashlari
tufayli ilk topishmoqlar yuzaga kelgan, buning izlarini hozirgi o‘zbek topishmoqlarida ham
kuzatish mumkin, aytaylik, otani-nor, momoni-tuya, echkini-Abdukarim, quyonni-uzunquloq,
itnishalpangquloq, ko‘zni-darcha, bug‘doyni-qizil deb atalashida o‘sha sirlilik nishonalari mavjud.
Predmetli topishmoqlarda yashiringan aniq narsaning individual xususiyatlari lo‘nda, siqiq,
sodda va tushunarli tarzda badiiy so‘z vositasida chizib beriladi. Ularda borliqdagi narsalarning
o‘zaro o‘xshashligi va yaqinligi to‘g‘risida ma`lumotlar beriladi. Shu ma`lumotlar yordamida
inson tevarak-atrofidagi narsa-hodisalarning serqirraligini his qiladi. Predmetli topishmoqlarda
yashiringan narsaning miqdori muhim rol o‘ynaydi. Shu xususiyatiga ko‘ra topishmoqlar ikki
turkumga ajraladilar:
1. Bir predmetli topishmoqlar. Bu xildagi topishmoqlarda birgina narsa jumboqlanadi:
Jumboq ham bitta, javob ham bittadir: «Bossang, vaqillaydi», «Jar boshida jarti supra»
topishmoqlari birgina satrdan iborat holda jumboqlangan va «baqa» hamda «quloq» singari birgina
javobga ega. Bunday topishmoqlar ikki, uch, to‘rt satrli ham bo‘lishi mumkin. «Oy»ni yashirgan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
26
«Bir parcha patir-olamga tatir» ikki satrli, «baliq»ni yashirgan «Suv ichar ko‘ldan, ko‘zlari nurdan,
terisi puldan» uch satrli va «toshbaqa»ni yashirgan «Beli, beli belang ot, Beli qalin yo‘g‘on ot,
Tog‘u toshdan yumalab, Tura kelar to‘rig‘ ot» to‘rt satrli bo‘lsa-da, bir predmetli topishmoqlardir.
Chunki ulardagi har bir satrda yashiringan narsaning bir belgi-xususiyati ta`rif yo tavsif
qilingan. Biroq aslida birgina narsani jumboqlagan bir necha mustaqil topishmoqlar o‘zaro
birlashib, bir butunlik hosil qilishgan esa-da, biribir, birgina javobga ega bo‘lib, bir predmetli
topishmoqligicha qolavergan: Chopsa-chopilmas,
Bo‘lsa-bo‘linmas,
Kessa-kesilmas,
Ko‘msa-ko‘milmas,
Yo‘nsa-yo‘nilmas.
Besh satrning har biri mustaqil topishmoq sifatida «soya» hodisasini yashirganidek, bir
butun holatida ham shu yagona javobga ega. Bu xildagi topishmoqlar sodda topishmoqlar deb ham
yuritiladi.
2.Ko‘p predmetli yoki murakkab topishmoqlar. Yuqorida ko‘rilganidek, hamma birlashgan
topishmoqlar ham bir predmetli bo‘lavermaydi. Aytaylik: Tog‘da talaymonni ko‘rdim, Suvda
sulaymonni ko‘rdim. Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim, Yumalab yotgan toshni ko‘rdim,-
topishmog‘ining har bir satri mustaqil bir jumboq bo‘lib, ko‘p predmetlilik xususiyatini kasb etgan.
Bu murakkab topishmoqda bir yo‘la to‘rt narsa–bo‘ri, baliq, sumalak va toshbaqa
jumboqlangan. Har bir bayti alohida topishmoq shaklida ham aytilishi mumkin, faqat saj`lanish
asosidagi ohangdoshlik baytlarda bir butunlikni yuzaga keltirib, kompozitsion yaxlitlikni
ta`minlagan. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, aslida topishmoqlar har gal bir predmetli shaklda
jumboqlanib yuzaga kelgan esa-da, og‘zaki ijro jarayonida vaqt o‘tishi bilan yangi-yangi
jumboqlanishlar evaziga murakkablasha borib, ko‘p predmetlilik xususiyatini kasb etishgan:
«Chaqaloq» qachonlardir «Og‘zida bor ozig‘i» tarzida bir predmetli topishmoq holida
jumboqlangan, keyinchalik beshik paydo bo‘lib, sumakdan foydalanish odatga kirgach, ikkinchi
predmet ham yondosh holda jumboqlana boshlangan, natijada topishmoq yana to‘lisha borgan:
Og‘zida bor ozig‘i,
Tagida bor qozig‘i.
Davr o‘tishi bilan «beshik», «ko‘krak» va «tuvak» ham jumboqlanib, topishmoqning
yanada murakkabroq namunasiga aylangan. Bunda jumboqlangan predmetlarning mantiqan
o‘zaro aloqadorligiga e`tibor berilgan:
Taqir-taqir taqirmon, uni toping dilbarim,
Ichida bor mehribon, uni toping dilbarim.
Og‘zida bor ozig‘i, uni toping dilbarim,
Tagida bor qozig‘i, uni toping dilbarim.
Qoziq osti xurmacha, uni toping dilbarim.
Topishmoqlar hajmi va shakliga ko‘ra maqolga o‘xshaydi. Ba’zan mazmuniga ko‘ra
yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi boshqa. Janrning nomlanishi “Top” so‘zining talaffuz
etilishidanoq o‘yla, axtar, solishtir, izla ma‘nolari yetakchilik qiladi. Unga “ish” qo‘shimchasi
qo‘shilganda vazifa aniqlashadi. “moq” harakat nomi qo‘shimchasidan keyin “qo‘lingdan kelsa’’,
“eplasang”, “uddalay olsang” tushunchalari ifodalanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
27
Hajm jihatdan qisqa va ixcham, shaklan she‘riy, nasriy ko 'rinishga ega, yashiringan
narsani toppish vazifasi qo‘yiladi. Mazmuniga ko‘ra hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy
hayotdagi narsalarning xususiyati yashirin tarzda ifadalanadi. Topishmoqda topilishi lozim
bo‘lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi.
Masalan: Pak- pakana bo‘yi bor,
Yetti qavat to‘ni bor.
Bu topishmoqda yashirin predmetning asosiy ma’nosini bildirgan so‘zlar “pak-pakana”,
“yeti qavat to‘ni” deb ko‘rsatiladi. O‘quvchilar topishmoqlarning yaratilish tarixi haqida bilimga
ega bo‘lishi kerak. Xalqimiz o‘z qilgan mehnatlari davomida, yashash tarzidan chiqqan holda,
tabiat hodisalarning kuzatib ulardan xulosa chiqarib, mana shunday topishmoqlar yaratganliklarini,
hozirda esa fan texnikaning rivojlanishiga asosan ko‘plab yangi topishmoqlar yaratilayotganini
ma’lumot beradi.
O‘zining o‘lmas asarlari bilan o‘zbek adabiyotida tarixida o‘chmas iz qoldirgan Alisher
Navoiy va Uvaysiylar ijodida ham bir qancha chistonlarni uchratishimiz mumkin. Chiston dastlar
fors-tojik adabiyotida turkiy adabiyotidan bir necha asr ilgari ham mavjud bo‘lgan. Chiston
mumtoz adabiyotdagi she’riy topishmoq bo‘lib “chist” (nima), “on” (u) so‘zlaridan olingan.
Chistonning hajmi cheklanmagan, lekin ko‘pincha bir yoki ikki bayt bo‘ladi. Navoiy
ijodida o‘nta chiston mavjud. “Qalam” , “Tanga”, “ O‘q”, “Anor”, “Yumurta”, “Poki”(ustara),
“Parvona”.
Manbalarga ko‘ra Uvaysiy qalamiga mansub chistonlar ellikdan ortiq. “Anor”, “Tun-
kun”, “Yong‘oq”, “Qaychi”, “Uyqu” chistonlari shular jumlasidandir. Navoiy esa Uvaysiy
yaratgan chistonlarda o‘zaro bog‘liqlik sifatida “Anor” va “Qaychi” chistonini keltirish mumkin.
Anvar Obidjon “Anor” adabiy tomishmog‘ida ulardagi biror-bir jihatni takrorlamagan.
Ustozlar an’anasiga ergashib, anorning xususiyatlari haqida mahorat bilan jumboq
yaratganki, she’r o‘zbek adabiy topishmoqchiligidan munosib o‘rin egallay oladi.
Men turaman Bolakaylar
Bukib shox, Chug‘urlab,
Kamtarinman Meni bog‘dan
Va yumshoq. O‘g‘irlab,
Shundan hamma Qo‘yinlarga
Shirin der Urishar
Uzib olay So‘ng qichqirib
Birin der Yurishar
O.Safarov shunday yozadi: “ Ayonki, she’riy topishmoqlar hajman ixcham, aniq va
ramzdorligi bilan xarakterlansada, ularda birgina narsa hodisa jumboqlishi tufayli g‘oyat qisqa
hajmga ega bo‘ladi. Topishmoq yaratish oson ish emas. Negaki, ham badiati pishiq, ohangi ravon
she’r bo‘lishi zarur, ham topishmoq janri xususiyatlariga ega bo‘lishi shart. Adabiy topishmoq
yaratish uchun shoir istedodli, mahoratli bo‘lishi bilan birga, bilimli, zukko bo‘lishi ham darkor.
Ilyos Muslimda ham adabiy topishmoqlar bor.
Keng, yop- yorug‘ binoda
O‘tirgandek kinoda,
Ko‘ramiz kansert, o‘yin,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
28
Tinglaymiz “Bahor” kuyin,
Qo‘shiq aytar, turmas jim,
Tezroq o‘ylab topar kim?
Adabiy topishmoqlar yosh avlodning o‘tkir, ziyrak, farosatli, dono bo‘lishini ta’minlaydi.
Ulardagi tafakkurni shakllantiradi. Maktabgacha tarbiya hamda boshlang‘ich ta’lim
yoshidagi bolalar bunday aytib yuradilar. Ammo masalaning boshqa jihati ham bor: adabiy
topishmoqlarning badiiy, ayni damda topishmoqlik xususiyatlari hamisha xalq topishmoqlari
darajasiga yetavermaydi. O‘zbek xalq topishmoqlari bilan bellashadigan o‘zbek adabiy
topishmoqlari anchagina ekani shoirlarimizning yutug‘idir. G‘afur g‘ulom, Po‘lat Mo‘min,
Anvar Obidjon singari shoirlarning topishmoqlari adabiy topishmoqlar sifatida ham, belgi-
xususiyatni yashirin mahoratlar, badiiyati jihatidan ham e’tirofga loyiq. Zero, inson olamga
kelishi bilan alla eshitadi, alla qo‘shiqqa, qo‘shiq esa ertak, maqol, masal, rivoyat va
topishmoqqa ulanib ketadi. Bularning hammasining zamirida bola tarbiyasi yotadi.
Xulosa qilib aytganda, xalq og‘zaki ijodi bola kamolotida asosiy vositalardan biri
hisoblanadi.Bolani topishmog‘-u ertakka mehr - muhabbatini uyg‘otadigan onaxonlarimiz
kòpayaversin-u an’analarimiz òlmasin.
REFERENCES
1.
Шарипова Махбуба Бахшиллоевна, Саьдуллаева Мохинурбегим Баходир Кизи
РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ
ОБРАЗОВАНИИ
//
Проблемы
педагогики.
2020.
№6
(51).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/razvitie-tvorcheskih-sposobnostey-detey-v-doshkolnom-
obrazovanii (дата обращения: 22.12.2021).
2.
Sharipova M. O‘quvchi yoshlar tarbiyasida o‘lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati
//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.
3.
Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish"
dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz
).
– 2020. – Т. 1. – №. 1.
4.
Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Модульное обучение в системе образования
//Вестник магистратуры. – 2019. – №. 4-3. – С. 72.
5.
Шарипова М. Б. НАЦИОНАЛЬНЫЕ ТРАДИЦИИ НА ПРИМЕРЕ ЭПОСА
«АЛПОМИШ» //ББК 74.48 Р 76. – С. 253.
6.
Шарипова М. Б. РАЗДЕЛ 6. ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ НАУКИ //Редакционная коллегия.
– С. 140.
7.
Sharipova M. ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ,
ВЕДУЩИЙ
ПОКОЛЕНИЕ
К
СОВЕРШЕНСТВУ
//ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 12. – №. 12.
8.
Sharipova M. B., Muslimova L. M. Q. XALQ DOSTONLARINI O‘RGATISHNING
AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI
MISOLIDA) //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1130-1134.
9.
Sharipova M. B. Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING
HAYOTBAXSH SARCHASHMASI //Scientific progress. – 2021. – №. 7.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
29
10.
Sharipova
M.
B.
Gulshoda
Fazliddin
Qizi
Ravshanova
QAHRAMONLIK
DOSTONLARINING O‘ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR //Scientific
progress. – 2021. – №. 7.
11.
Шарипова М.Б., Неьматова Ш.Н. ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ
ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ //
Вестник
магистратуры.
2020.
№3-3
(102).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-esteticheskoy-kultury-vospitannikov-
doshkolnyh-obrazovatelnyh-uchrezhdeniy (дата обращения: 07.10.2022).
12.
Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Модульное обучение в системе образования
//Вестник магистратуры. – 2019. – №. 4-3. – С. 72.
13.
Sharipova M. B., Marg‘Uba Fazliddin Qizi Jomurodova X., IFODASI D. S. M. B. Scientific
progress. 2021. № 7 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-
marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).
14.
MA’NAVIY Y. A. R. V. A., O‘RNI D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU //Maktabgacha ta’lim.
15.
Sharipova, Maxbuba Baxshilloyevna. "Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN
SO‘NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI
MISOLIDA)."
Scientific progress
7 (2021).
16.
Sharipova M. B., Jalolova S. Z. Q. HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O‘Z O‘RNIGA
TO‘LA EGA BO‘LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)
//Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1114-1119.
17.
Шарипова М. Б., Саидова Д. Х. К. Методы и средства использования национальных
ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье //Проблемы педагогики.
– 2020. – №. 3 (48). – С. 31-32.
18.
Шарипова М. Б., Саидова Д. Х. К. Методы и средства использования национальных
ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье //Проблемы педагогики.
– 2020. – №. 3 (48). – С. 31-32.
19.
Baxshilloyevna S. M. et al. MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY
DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O‘RNI //BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 146-152.
20.
Шарипова М.Б., Хусаинова З.Х. ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ
ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ // Вестник науки и образования. 2021.
№16-2 (119). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vospevanie-natsionalnyh-duhovnyh-
tsennostey-v-geroicheskom-epose (дата обращения: 07.10.2022).
21.
Sharipova M. YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA
QAHRAMONLIK EPOSINING O‘RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
//Научно-практическая конференция. – 2021. – С. 116-117.
22.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O
‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
35
(35).
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
30
23.
Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM
TIZIMIDA
ETNIK
MADANIY
TA’LIM
VA
UNING
TARIXIY
ILDIZLARI.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1), 163-163.
24.
Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR
O‘LDI” MAROSIMI TASVIRI.
Scientific progress
,
2
(7), 1109-1113.
25.
Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры
воспитанников
дошкольных
образовательных
учреждений.
Вестник
магистратуры,(3-3 (102))
, 113-114.
26.
Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("
Alpomish" dostoni misolida).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
27.
Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ
«АЛПОМИШ».
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
28.
Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The
Example of the Epic “Alpomish”).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
46
(46).
29.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI
TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
44
(44).
30.
Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
31.
Sharipova, M. B., & G‘afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE
DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION
SYSTEM.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD
,
3
(1),
21-29.
32.
Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK
TA’LIMOTI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
33.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY
QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
34.
Sharipova,
M.
(2023).
MAKTABGACHA
TA’LIM
TASHKILOTIDA
SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
35.
MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O‘RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.
Maktabgacha ta’lim
.
36.
SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O‘ZBEK VARIANTLARI
ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI.
Journal of Research and
Innovation
,
1
(10), 45-52.
37.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI
MAROSIMINING BADIIY TALQINI.
Научный Фокус
,
1
(2), 1091-1095.
38.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O ‘RGANISH BOSQICHLARI,
METODLARI HAMDA KUYLASH ETOSI.
Научный Фокус
,
1
(2), 1096-1100.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
31
39.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY
TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
35
(35).
40.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IFODALI
NUTQNING
IJTIMOIY-PEDAGOGIK
FUNKSIYALARI.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
32
(32).
41.
Sharipova, M., Ro‘ziboyeva, Z., & Yovqocheva, H. (2024). FEATURES OF
ACHIEVEMENT OF A CAREER IN PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM.
Modern
Science and Research
,
3
(5), 1370-1376.
42.
Baxshilloyevna, S. M. (2024). ARXAIK EPOSNING SUJET STRUKTURASIDA
MOTIVLAR TAHLILI.
SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR
JURNALI
,
2
(4), 343-349.
43.
Шарипова, М. Б. (2024). НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИЗУЧЕНИЯ
ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА.
International Journal of Formal Education
,
3
(4), 77-82.
44.
Bakhshilloevna, S. M., & Akmalovna, A. M. M. (2024, February). SCIENTIFIC AND
THEORETICAL FOUNDATIONS OF AESTHETIC EDUCATION OF CHILDREN OF
PRESCHOOL AGE. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-
CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF
IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech
(Vol. 1, pp.
49-51).
45.
qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF
DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.
In
INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.
(Vol.
3, No. 1, pp. 73-82).
46.
Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). ТЕОРИЯ РАЗВИТИЯ
ЛИЧНОСТИ ЭРИКА ЭРИКСОНА СРЕДИ ДРУГИХ ПОДХОДОВ И НАУЧНОЙ
МЕТОДОЛОГИИ. In
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC
AND
PRACTICAL
E-
CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF
IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech
(Vol. 1, pp. 6-
13).
47.
Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ
КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ
ОСНОВЫ. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"
MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING
THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech
(Vol. 1, pp. 18-25).
48.
Sharipova,
M.
(2023).
“ALPOMISH”
EPOSINING
QADIMIYLIGI
VA
AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
49.
Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
50.
Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
32
51.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-
BAIIY XUSUSIYATLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
52.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY
TA'LIM TIZIMI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
32
(32).
