BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA MILLIY MA’NAVIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISH | Modern Science and Research

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA MILLIY MA’NAVIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISH

HAC
Google Scholar
To share
Siddiqova, Y. (2024). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA MILLIY MA’NAVIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISH. Modern Science and Research, 3(11), 30–35. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/47446
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Quyida maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarida milliy ma’naviy qadryatlarni shakllantirishning mazmuni yoritib berilgan. Shuningdek, Ushbu maqolada milliy ma’naviy qadryatlarning komponentlari batafsil yoritib berilgan.


background image


Noyabr, 2024-Yil

30

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA MILLIY MA’NAVIY

QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISH

Siddiqova Yulduz Muhiddin qizi

Guliston davlat universiteti 3 kurs tayanch dokroranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14043677

Annotatsiya. Quyida maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarida milliy ma’naviy

qadryatlarni shakllantirishning mazmuni yoritib berilgan. Shuningdek, Ushbu maqolada milliy

ma’naviy qadryatlarning komponentlari batafsil yoritib berilgan.

Kalit so’zlar: boshlang’ich sinf o’qituvchisi, o’quvchilar,qadryat tushunchasi, milliylik,

vatan, talabalar, didaktika, madaniy komponent,

tarixiy komponent,

til komponenti,

diniy va

ahloqiy komponent,

oilaviy komponent,

jamiyat va ijtimoiy munosabatlar komponenti,

tabiiy va

ekologik komponent.

DEVELOPMENT OF NATIONAL SPIRITUAL VALUES IN PRIMARY CLASS

TEACHERS

Abstract. This article describes the content of formation of national moral values in future

primary school teachers. Also, this article describes the components of national spiritual values

in detail.

Key words: the concept of value, nationality, homeland, primary school teacher, pupils,

students, didactics, cultural component, historical component, language component, religious and

moral component, family component, community and social relations component, natural and

ecological component.

РАЗВИТИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ У УЧИТЕЛЕЙ

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация. Содержание формирования национальных нравственных ценностей у

учителей начальных классов раскрывается в следующей статье. Также в данной статье

подробно описаны составляющие национальных духовных ценностей.

Ключевые слова: учитель начальных классов, учащиеся, понятие ценности,

национальность, Родина, учащиеся, дидактика, культурный компонент, исторический

компонент, языковой компонент, религиозно-нравственный компонент, семейный

компонент, компонент общинно-социальных отношений, природно-экологический

компонент.


background image


Noyabr, 2024-Yil

31

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, milliy ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarni ma’naviy

tarbiyalash, ularda shaxsiy fazilatlar, jumladan, o‘z tuyg‘ularini boshqarish, milliy qadriyat va

an’analarga qiziqtirish, yaqinlarga g‘amxo‘rlik qilish kabi ehtiyojlarni shakllantirishga

qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda tashkiliy-huquqiy ishlar

bilan birgalikda o‘zbek milliy ertaklari, afsonaviy qahramonlar, buyuk bobolarimiz, qadimiy

milliy me’morchilik obidalari, mamlakatimiz tabiati, Vatan timsollari asosida bezash, jihozlash

tartibini va ko‘rgazmali namunalarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish

natijasida o‘quvchilarda ijobiy xulq motivlarini shakllantirishda ishtirok etishi muhim ahamiyatga

ega. O‘zbek ertaklari, matallari, afsonalari, dostonlari, maqollari asosida o‘quvchilarda mardlik,

shijoat, milliy g‘urur, qat’iyat, tadbirkorlik, oriyat, ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi

ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan tadbirni tashkil etish kabilar ularda ijodiy

fikrlash, yaratuvchanlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda o‘z samarasini ko‘rsatadi.

Ushbu jarayonda bo‘lajak o‘qituvchi dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning milliy

tarbiya borasidagi ilg‘or yutuqlarini o‘rganish, xalqaro ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba

almashish, xalqaro konferentsiyalarda ishtirok etish talabalar uchun ma’naviy ibrat timsoli bo‘lib

xizmat qiladi. Tadqiqotchi M.Stetsevich “Ma’naviy-ahloqiy faoliyat, ahloqiy motivlar yordamida

amalga oshishini va ma’naviy-ahloqiy maqsadlarga erishish, insonni erkin rivojlanishiga

yo‘naltirilgani”ni qayd etadi. Shuning uchun ham talabalarga milliy ma’naviy tadbirlar tashkil

qilish, ularni ma’naviy qadriyatlarga yo‘naltirilishini ta’minlash oliy ta’lim muassasalari

rahbarlari, professor-o‘qituvchilarining mihim vazifalaridan hisoblanadi.

Talabalarga milliy ma’naviy tarbiya berishda milliy qadriyatlar bilan umuminsoniy

qadriyatlardan ham samarali foydalanish, ayni paytda, ularga umumtaraqqiyotning zamonaviy

yutuqlarini ham payvandlash talab qilinadi. Ma’naviy barkamol avlod o‘z xalqi, Vatan tarixi,

buyuk siymolari, milliy va tarixiy qadriyatlari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, to‘y-marakalari,

ularning mohiyatini chuqur bilgan holda jahon adabiyoti, san’ati, madaniyati durdonalari bilan

yaxshi tanish bo‘lmog‘i, kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar

bilan oshno bo‘lmog‘i darkor. Bunda talabalarga milliy ma’naviy tarbiya berishni tashkil etish,

qalbiga chuqur singdirish va ularni rejalashtirib, doimo namunali olib borish talab qilinadi.

Tabiiyki, shu o‘rinda «Bularning barchasini o‘rganish uchun vaqt ham, imkoniyat ham

etmasa kerak?», «Audiovizual texnika taraqqiy etib ketgan bir zamonda bularni o‘rganishga

yoshlarda xohish va moyillik bo‘ladimi?» qabilidagi savollar tug‘ilishi tabiiy. Hamma gap ham

ana shunda! Talabalar bilan milliy ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirish maqsadida ish olib

borishni tashkil etishda bularning barchasini hisobga olish kerak.


background image


Noyabr, 2024-Yil

32

Shuning uchun ham, talaba yoshlarning milliy ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirish

masalasiga kompleks tarzda yondashish talab qilinadi.

Ular orasida olib boriladigan ma’naviy ishlarning uslublarini yaxshi bilish mazkur

sohadagi muvaffaqiyatli faoliyat olib borishning garovidir. Bilim maskanlarida olib boriladigan

ma’naviy ishlarning samarasi, eng avvalo, to‘g‘ri tuzilgan reja va tadbirlarga bog‘liqdir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach yoshlarga bo‘lgan munosabat har qachongidan muhim

ahamiyat kasb etib bormoqda, bu borada kelajakdagi rejalarimizga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,

uning ahamiyati bundanda dolzarb bo‘lib borayotganligini tassavur qilishimiz mumkin. Chunki

etakchi kuch bo‘lgan yoshlar ertamiz egalari, kelajagimiz davomchilari hisoblanadi.

Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev “Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega,

mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol,

maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam

rivojlantirishning eng muhim shartidir,” deb ta’kidlagan.

Mamlakatimizda millat mavjudligini ta’minlovchi qadriyatlar, milliy ma’naviy qadriyatlar

tufayli, ajdodlardan yangi avlodga o‘tib kelmoqda. Fanda milliy ma’naviy qadriyatlar atamasi

keng va tor ma’nolarda ifodalanadi. Keng ma’noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab

chiqarish va ijtimoiy, milliy, ma’naviy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga

qaratilgan barcha ma’naviy qadriyatlar, ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini

anglatadi. Buni biz faqatgina ta’lim-tarbiya maskanlari deb biluvchi joylardagina emas, balki

yurtimizning barcha jabhalarida, uning etakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio va shu kabi

ijtimoiy tarmoqlarda ham milliy ma’naviy targ‘ibot ishlarini olib borishimiz kerakligini davrning

o‘zi ko‘rsatib turibdi. Tor ma’noda, muayyan shaxsning milliy ma’naviy rivoji, dunyoqarashi,

axloqiy qiyofasi, estetik didini o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni

bo‘lsa yoshlar masalasi bo‘yicha davlatimiz rahbariyati tomonidan qabul qilinayotgan farmon va

qarorlarning hayotga tatbiq qilinayotganligidan ham kuzatish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’limni isloh qilish,

universitetlarda mustaqil fikrlovchi, pedagogik vaziyatni tahlil qilish qobiliyatiga ega, o‘quv

jarayonini rejalashtirishni va amalga oshirishni, sinfda do‘stona muhitni yarata oladigan,

o‘quvchilarni kuzatish va baholashga, ularning faoliyatini natijador tayyorlashga qodir bo‘lgan

o‘qituvchilarni tayyorlash maqsadlarini o‘z ichiga oladi. Oliy ma’lumotli mutaxassislarga jamiyat

tomonidan qo‘yilgan bunday talablar, so‘nggi yillarda o‘qituvchilar malakasining sezilarli

darajada oshishishiga olib keldi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

33

Zamonaviy o‘qituvchi, ijodiy shaxs bo‘lib, kasbiy, katta pedagogik mahoratni aks

ettiruvchi, ma’naviyati rivojlangan qobiliyatli bo‘lishi kerak. Milliy ma’naviy qadriyatlarni,

madaniyatni shakllantiruvchi muhit darsdan tashqari tadbirlar bilan ifodalanadi, universitet va

kafedralarning tarbiyaviy ishlari, universitetning jismoniy tarbiya maydonlaridagi mashg‘ulotlar

bilan birgalikda o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar ham olib borilishi talabalarda bu sifatlarning

rivojlanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi.

Talabalarni milliy ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirish vositalari sifatida yozgi talabalar

jamoalarining darsdan tashqari tadbirlari, talabalar sport klublari, talabalar jamoalari va teatrlari,

mavzuli kechalar va boshqalar xizmat qiladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar ham keng

imkoniyatlar yaratib, universitetda talabalarning ta’lim olish salohiyatlarini shakllanishiga ta’sir

qiladi. Ushbu jarayonlarning shakllari xilma-xil bo‘lib, bularga: talabalar ilmiy va amaliy

konferensiyalari, pedagogik mahorat tanlovlari, shaharda tashkil etiladigan bayramlar, sport

tadbirlari, mehnat desantlari, jamoaviy ijodiy faoliyat va boshqalarni kiritish mumkin.

Hayot yangicha fikrlash va ishlash, milliy “aql markazlari”mizni shakllantirishni talab

etmoqda. Afsuski, atrofimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta’sirchan

tilda yetkazib beradigan tahlilchi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatimizni

ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta ko‘rib

chiqish zarur. Shu ma’noda, Ma’naviyat va ma’rifat, “Taraqqiyot strategiyasi”, Islom

sivilizatsiyasi markazlari, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy “aql

markazlari”ga aylanishi zarurati mavjud. Kitobxonlik madaniyatini kengaytirish, kino san’atini

izchil rivojlantirish, barcha telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar faoliyatini tanqidiy tahlil

qilib, teledasturlarning saviyasini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilishi lozim.

Bu masalani nechog‘lik muhim ahamiyat kasb etayotganini Prezidentimizning “Agar

kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning

ishi, deb o‘ylasa, xato qiladi. Bular- ning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim

vazifalardan biridir” degan so‘zlari yana bir bor isbotlab turganini alohida ta’kidlash joiz.

Yaponiyalik pedagog-tadqiqotchi M.Tatsuxironing ta’kidlashicha “Yaponiya ta’lim

vazirligining instruktsiyalariga ko‘ra, jamiyatda faol ijtimoiy shaxsni shakllantirish muhim vazifa

hisoblanadi. Pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida beshta muhim jihatlarga amal qilishi lozimligi

ta’kidlanadi. Bular: xulq-atvor me’yorlarinigina emas, balki hayot tarzini tushunishni

shakllantirish; bolalarda mustaqil va mas’uliyatli harakatlarga nisbatan xulq-atvori, fikrlari, his-

tuyg‘ulari, qobiliyatlari borasida o‘z-o‘zini tahlil qilish ko‘nikmalarini ishlab chiqishlariga alohida

e’tibor berish, mustaqil va mas’uliyatli harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor


background image


Noyabr, 2024-Yil

34

berish; atrofidagi odamlarning manfaatlarini hurmat qilishga o‘rgatish; guruhiy faoliyat olib

borishni oddiy jarayon ruhida tarbiyalash; guruhning muammo, qiziqish va manfaatlarini xuddi

o‘ziniki sifatida qabul qilish kabi jihatlarni sanab o‘tadi.

Yosh yapon fuqarolarini ahloqiy tarbiyalash dasturi, xulq-atvorning asosiy qoidalarini

o‘rgatish, kundalik hayotda jamoatchilik odob-ahloq normalariga rioya qilish, insonga munosib

bo‘lgan hayot kechirish zarurligini anglashni sindirish kabi bo‘limlardan tashkil topgan. Bularning

barchasi bizning pedagogikaga, yoshlarni milliy ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida

tarbiyalash vazifalarimizga juda ham yaqin ekanligidan dalolat beradi.

Talabalarda milliy ma’naviy qadriyalarni rivojlantiriish bir kunda yoki bir soatlik dars

davomida amalga oshirish mumkin bo‘lgan jarayon emas, balki yillar davomida bosqichma-

bosqich turli omillar yordamida amalga oshiriladigan jarayondir.

Zamonamizning mashhur pedagoglaridan Sh.A.Amonashvili “Ta’limning ma’naviy

asoslari” kitobida bo‘lajak o‘qituvchi haqida fikr yuritib, bolalarga bo‘lgan muhabbat va ezgulik,

ijodkorlik va yangiliklarga intilish, intuitsiya va donishmandlik, optimizm va sabr, jasorat va

sodiqlikga ega bo‘lishi, o‘zining o‘qituvchi sifatida ulug‘vorligi va kamtarinligini xis qilishi lozim

deydi.

Olib borilgan kuzatishlarga qaraganda ta’lim metodlarining barchasi ham talabalarda

milliy ma’naviy qadriyalarni rivojlantiriish vositasi bo‘la olmaydi. Ammo darsda turli metodlarni

qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini oshirishga, bilimlarni egallash jarayonining zerikarli

bo‘lmasligiga erishish mumkin. Yosh avlodda milliy ma’naviy qadryatlarni, singdirishimiz, ularda

vatanga bo’lgan muxabbat hissini shakllantirish uchun eng avvalo, bo’lajak boshlang’ich sinf

o’qituvchilarda milliy ma’naviy qadryatlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishimiz

lozim.

REFERENCES

1.

Стецкевич Мария Юрьевна. Педагогическое обеспечение преемственности в

освоении школьниками нравственных ценностей. Автореф. дисс. … канд. пед. наук. –

М, 2015. 22 с.

2.

Тацухиро М. Нравственное воспитание в Японии / М. Тацухиро. – URL:

http://letidor.ru/article/nravstvennoe_vospitanie_v_yapo_125736/?ltd-cache=y (мурожаат

санаси: 7.02.2023.).


background image


Noyabr, 2024-Yil

35

3.

Тацухиро М. Нравственное воспитание в Японии / М. Тацухиро. – URL:

http://letidor.ru/article/nravstvennoe_vospitanie_v_yapo_125736/?ltd-cache=y (мурожаат

санаси: 7.02.2023.).

4.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN

THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL

SECONDARY SCHOOLS.

Science and innovation

,

1

(B6), 214-218.

5.

Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE

DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY

SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.

6.

Karimova S. CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY

//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. –

№. 11. – С. 737-740.

7.

Мухсиева А. Оилада миллий тарбияни ташкил этишнинг методик асослари. / Пед.

фан. ном. ...дисс. – Т., 2005.

8.

Муҳаммаджон Имомназаров. Маънавиятнинг ривожланиш тарихи (Олий ўқув

юртлари учун ўқув қўлланма) Тошкент. 2008. 250 б. Б.9.

9.

Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception

Skills Of Primary School Students.

Eurasian Journal of Learning and Academic

Teaching

,

19

, 183-187.

10.

Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL

AGE WITH THE WORLD.

American Journal of Applied Science and Technology

,

3

(06),

09-14.

11.

Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of

Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. –

Т. 19. – С. 183-187.

12.

Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH

THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №.

06. – С. 09-14.

References

Стецкевич Мария Юрьевна. Педагогическое обеспечение преемственности в освоении школьниками нравственных ценностей. Автореф. дисс. … канд. пед. наук. – М, 2015. 22 с.

Тацухиро М. Нравственное воспитание в Японии / М. Тацухиро. – URL: http://letidor.ru/article/nravstvennoe_vospitanie_v_yapo_125736/?ltd-cache=y (мурожаат санаси: 7.02.2023.).

Тацухиро М. Нравственное воспитание в Японии / М. Тацухиро. – URL: http://letidor.ru/article/nravstvennoe_vospitanie_v_yapo_125736/?ltd-cache=y (мурожаат санаси: 7.02.2023.).

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.

Karimova S. CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. – №. 11. – С. 737-740.

Мухсиева А. Оилада миллий тарбияни ташкил этишнинг методик асослари. / Пед. фан. ном. ...дисс. – Т., 2005.

Муҳаммаджон Имомназаров. Маънавиятнинг ривожланиш тарихи (Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма) Тошкент. 2008. 250 б. Б.9.

Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 19, 183-187.

Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH THE WORLD. American Journal of Applied Science and Technology, 3(06), 09-14.

Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. – Т. 19. – С. 183-187.

Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 06. – С. 09-14.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов