2024
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 9
41
AKULALAR TURKUMI (SELACHOMORPHA)
Abdurayimova Xurshida Zokirjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya yo’nalishi 01-guruh talabasi.
Yo’ldashev Abduvali Alisher o’g’li
Andijon davlat pedagogika institute, Bilogiya fani o’qtuvchisi.
abduraimovaxurshida04@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14061411
Annotatsiya. Ushbu tezisda akulalar turkumi koʻpayishi, hayot tarzi, turlari haqida
maʼlumot berilgan.
Kalit so’zlar: sterotserkal, gigant akula, plakoid, tarpedasimon.
SHARK FAMILY (SELACHOMORPHA)
Abstract. This thesis provides information on the reproduction, lifestyle, and species of
sharks.
Key words: sterocercal, giant shark, placoid, tarpedoid.
СЕМЕЙСТВО АКУЛ (SELACHOMORPHA)
Аннотация. В диссертации приведены сведения о размножении, образе жизни и
видах акул.
Ключевые слова: стероцеркал, гигантская акула, плакоид, тарпедоид.
Akulalar
(Selachomorpha)
— togʻayli baliqlar sinfi plastinka jabralilar kenja sinfining
katta turkumi. Tanasi tarpedasimon shaklda, suv tubida yashovchi akulalar yassi, uzunligi 15-40
sm dan (tikanli qora akulalar) 15-20 m gacha (gigant akulalar), ogʻirligi 14 t gacha (gigant va kit
akulalar). Tanasi plakoid tangachalar bilan qoplangan. Akulalar suv ostida hayot kechiradi. Suv
ostida bosm kuchli boʻlib, suzgich pufagi yorilib ketadi.
2024
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 9
42
Shuning uchun akulalarda suzgich pufagi boʻlmaydi. Jabra yoriqlari 5 (baʼzi turlarida 6-7)
tadan boʻlib, boshining ikki yonida, ogʻzi boshining ostida tanasiga koʻndalang joylashgan. Dum
suzgichi kuchli rivojlangan, har xil kattalikdagi (sterotserkal) ikkita boʻlakdan iborat. Tishlari
koʻp, uchi oʻtkir.
Yirtqich akulalarning tishlari juda yirik. Koʻpchilik akulalar baliqlar, mollyuskalar va
boshqa hayvonlar bilan, kit va gigant akulalar esa plankton bilan oziqlanadi. Akulalar 6 turkum
(har xil tishlilar, koʻp jabralilar, lamnosimonlar, katransimonlar, arraburunsimonlar,
skvatinsimonlar), 20 oilani oʻz ichiga oladi.
Akulalar Orol va Kaspiy dengizidan boshqa hamma dengiz va okeanlarda, ayrim turlari
chuchuk suv havzalari (Gang va Amazonka daryolari, Nikaragua koʻli)da yashaydi. Qora va Uzoq
Sharq dengizlarida tikanli qora akulalar, yaʼni katran, Shimoliy va Uzoq Sharq dengizlarida seld
akulalar, Shimoliy dengizlarda qutb akulalar tarqalgan. Akulalar ayniqsa tropik dengizlarda xilma-
xil boʻladi. Koʻpchilik akulalar ovlanadi, jigaridan baliq yogʻi olinadi, goʻshti ovqat uchun
ishlatiladi. Skeletidan baliq yelimi tayyorlanadi. Koʻpchiligi yirtqich akulalar (yoʻlbars akulalar,
karharodon, bolgʻabosh akulalar, makoakulalar va boshqalar), asosan baliqlar va suvdagi
umurtqasizlar bilan oziqlanadi.Ba'zi turlari planktonlar bilan oziqlanadi.
- Akulalar skeletli baliqlar bo‘lib, ularning tanasi aerodinamik shaklga ega.
- O‘tmas tishlari koʻp qator boʻlib joylashgan, ular doimiy yangilanib turadi.
- Akulalar tirik tug‘uvchi va tuxum qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.
- Ko‘payish jarayoni turli turlarda farq qiladi.
- Dunyo bo‘ylab 500 dan ortiq akula turlari mavjud.
- Har bir turi o‘ziga xos ekologik va biologik xususiyatlarga ega.
Akulalar dengiz ekotizimida muhim roʻl o’ynaydi. Ular oziq zanjirining yuqori qismida
joylashgan bo‘lib, populyatsiyalarni muvozanatda saqlashda muhim ahamiyatga ega. Akulalar
ko‘pincha baliq ovlash va muhitning ifloslanishi sababli xavf ostida. Ko‘plab turlar yo‘qolib ketish
xavfi ostida bo‘lib, ularni muhofaza qilish choralari ko‘rilmoqda.
REFERENCES
1.
J. Laxonov “Umurtqalilar Zoologiyasi” Toshkent nashri 90-110 bet
2.
S. Dadayev K. Sopirov “Umurtqalilar Zoologiyasi” Toshkent nashri 96-122 betlar
3.
“Zoologiya” O Mavlinov 2021yil Toshkent nashri 2-3 bet 105-110 betlar.
4.
“O’zbekistonning umurtqali hayvonlarni aniqlagichi” J.Laxanov, Toshkent nashri 1988;
5.
