Authors

  • Xonzodabonu Fatilloyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47544

Keywords:

tibbiyot falakiyot matematika jug’rofiya tarix geologiya geodeziya minerologiya farmakologiya

Abstract

Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi.

background image


Noyabr, 2024-Yil

107

SHARQ UYG’ONISH DAVRI ALLOMALARI IJODINING JAHON FANI

RAVNAQIDAGI O’RNI

Fatilloyeva Xonzodabonu

Buxoro davlat universiteti magistrani.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14061589

Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan

dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat

taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833)

«Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun

akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining

o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari

bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni

yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jug’rofiya, tarix, geologiya,

geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yo’nalishlarining tamal toshini yaratdilar.

Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-

Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad

Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg’inoniy,

Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid

Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz.

Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan

tag’inda mo’l-ko’l baxramand bo’la boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom

Karimov, - ma’naviyat buloqlarining ko’zi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand

bo’la boshladik. Sho’ro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning

durdona so’zlarini biz obi kavsardek ko’zimizga surtmoqdamiz.

O’ylaymanki, biz nimaga erishgan bo’lsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning

bizga in’om etgan marhamatidandir» Allomalarimizning qomusiy bilimdonliklari shundaki,

ularning har biri bir emas, balki ko’plab ilm-fan yo’nalishlarida ulkan kashfiyotlar o’ildilar. Bu

jihatdan Muhammad Muso al-Хorazmiy (783-850), Ahmad al-Far¨oniy (797-865), Abu Nasr

Forobiy (873-950)larning fandagi jasoratlari ibratlidir. Agar al-Хorazmiy matematikaga oid

«Hisob aljabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Astronomik jadvallar», «quyosh

soatlari haqida risola» asarlari bilan matematika (algoritm) va astronomiya fanlarining tamal


background image


Noyabr, 2024-Yil

108

toshini qo’ygan bo’lsa, uning «Kitob surat al-arz» asari arab geografiyasi fanining tom ma’noda

yaratilishiga negiz bo’lib xizmat qildi. Olimning «Kitob at-tarix»i esa Movarounnahr, Хuroson va

Kichik Osiyo xalqlari tarixining VIII-IХ asrlari davrini o’rganish uchun muhim manba

hisoblanadi.

Ma’lumki arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan

raqamlardan foydalanganlar. VII asrdan boshlab esa arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi

raqamlar qo’llanilgan edi. Al-Хorazmiy Hindistonda kashf qilingan o’n raqamidan iborat sanoq

tizimini o’rgandi, soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Хorazmiy

«Arifmetika» si bilan birga hind raqamlari ham arab dunyosiga kirib keladi. XII asrda

Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaladi. Arab raqami hanuz jahonda shunday deb yuritiladi.

Uni jahonga tanitgan Al-Хorazmiy ekani Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida

ham aytib o’tilgan. U o’z davridagi Bag’dod ilmiy Akademiyasi faoliyatiga rahbarlik qilgan, bu

esa uning nufuzining ko’tarilishiga katga ta’sir ko’rsatgan. Astronomiya, geografiya va boshqa fan

sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan Ahmad al-Farg’oniy nomi ham mangulikka daxldordir.

Chunonchi, olimning «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari»,

«Yetti iqlimni hisoblash haqida» singari asarlari allomaga astronomiya ilmida jahoniy shuhrat

keltirdi. U Yer sharining ilk bor xaritasini tuzgan birinchi buyuk geograf olim hamdir. U nafaqat

Sharq dunyosida shuhrat qozonib qolmay, balki G’arb olimlari e’tirofiga ham sazovor bo’lgan.

Shu bois u Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhurdir. Bejiz yurtboshimiz Al-

Farg’oniyni «...kishilik tarixidagi ilk Uyg’onish davrining eng zabardast va yorqin

namoyandalaridan biri, o’z zamonasi fundamental fan asoschilaridan edi. Uning merosi

insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sababchi bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari

uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi» deb ta’rif etgan edi.

Тabiiy va ijtimoiy fanlar rivojiga birdek katta hissa qo’shgan, geologiya, minerologiya,

geodeziya, geografiya, farmakologiya fanlarining tamal toshini qo’yishga muvaffaq bo’lgan Abu

Rayhon Beruniy (973-1048) ham ilm-urfon osmonining porloq yulduzlari sirasiga kiradi. Uning

qalamiga mansub «Ma’sud qonuni», «Saydona», «Minerologiya», «Astronomiya kaliti», «quyosh

kitobi» singari asarlari necha asrlar davomida turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi dunyo

olimlari uchun bitmas-tuganmas ilmiy xazina rolini o’tab keladi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

109

Olimning chuqur ilmiy yirik fundamental asari - «Hindiston» to’g’risida so’z yuritgan

akad. V.R.Rozen «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida

bunga teng keladigan asar yo’q», deb baho beradi.

Beruniy zamondoshi, ko’xna Buxoro zaminidan yetishib chiqqan Abu Ali ibn Sino (980-

1037) nomi tibbiyot ilmi bilan hamohang, tibbiyotni haqiqiy fan sifatida shakllanib o’z

maqomiga ega bo’lishiga asos solgan buyuk olimdir. Zotan, uning 5 jildli «Kitob al-qonun fit-

tib» («Тib qonunlari») asari aynan tibbiyotga oid benazir dasturulamal kashfiyotdir.

Bu asarlar majmuini ko’zdan kechirar ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga,

kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasidagi yuksak mahoratiga tan beramiz. Jumladan, «Al-

qonun» ning ikkinchi kitobida 800ga yakin dori-darmonlarning xususiyatlari, ularni tayyorlash va

iste’mol qilish usullari buning isboti bo’la oladi.

Olimning falsafa va tabiiy fanlarga doir 4 qismdan «Kitob ash-shifo», “Donishnoma”

asarlari ham mavjuddir. Ibn Sinoning tibbiyotdan tashqari ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan

faol shug’ullanganligi, muhim yutuqlarga erishganligi ham ibrat bo’larlidir.

O’rta Osiyo zamini juda qadim zamonlardan ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoj topgan

makon hisoblanadi. Ayniqsa tarix, falsafa, mantiq, fiqh (huquqshunoslik) fanlari bunda muhim

o’rin tutadi.

Bu xususda gap borganda falsafa fanida nom qozongan, Sharqda «Muallimi Soniy»

(«Ikkinchi muallim», Arastudan keyin) nomi bilan mashhur bo’lgan Abu Nasr Forobiy (873-950),

fiqx-huquqshunoslik sohasida benazir allomalar: Nizomulmulk (1017-1092), Mahmud az-

Zamahshariy (1075-1144), tarixnavis Muhammad Narshaxiy (899-959) xizmatlarini ta’kidlamoq

lozim bo’ladi.

Bunda Forobiyning falsafada o’z ilmiy maktabini yaratib, yunon falsafasi mohiyatini

ochib, tushuntirib, shu bilan birga o’zining sharqona falsafiy ta’limotini ko’plab asarlarida,

aytaylik, «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Fozil odamlar shahri» va boshqalarda asoslab

bergan bo’lsa, Nizomulmulk «Siyosatnoma»sida hukmdorlarning davlatni boshqarish, uni idora

qilishga oid ko’plab qimmatbaho yo’l-yo’riqlar, dasturulamal ko’rsatmalar katta mahorat bilan

qayd etilgan.

Hatto Amir Тemurdek buyuk davlat arbobi ham bu kitobga necha bor murojaat etganligi

ma’lumdir.


background image


Noyabr, 2024-Yil

110

Umuman IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg’onish davrida Sharqda, xususan o’rta Osiyodan

o’z yurtlari shonu sharafini yuksaklarga ko’tarib, betakror ilmiy kashfiyotlar, chinakam

mo’jizalar yaratgan mashhur iste’dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon madaniyati xazinasiga

munosib hissa qo’shdilar hamda keyingi avlodlarga bitmas-tuganmas noyob boy meros

qoldirdilar.

REFERENCES

1.

Mets A., Musulmanskiy renessans, M., 1966;

2.

Xayrullayev M., Uygonishdavri va Sharq mutafakkiri, T., 1971;

3.

Hay itmetov A., Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan [10—15-asrlar], T., 1970;

4.

Konrad N . I ., Zapad i vostok, M., 1992;

5.

Sulaymonova F., Sharqu Gʻarb, T., 1997;

6.

Komilov N., Tafakkur karvonlari, T., 1999;

7.

Yevdokimov Yu., Simakova N., Muzika epoxi Vozrojdeniya M., 1982;

8.

Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. 5, M., 1967;

References

Mets A., Musulmanskiy renessans, M., 1966;

Xayrullayev M., Uygonishdavri va Sharq mutafakkiri, T., 1971;

Hay itmetov A., Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan [10—15-asrlar], T., 1970;

Konrad N . I ., Zapad i vostok, M., 1992;

Sulaymonova F., Sharqu Gʻarb, T., 1997;

Komilov N., Tafakkur karvonlari, T., 1999;

Yevdokimov Yu., Simakova N., Muzika epoxi Vozrojdeniya M., 1982;

Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. 5, M., 1967;