ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
265
INVESTITSIYA LOYIHALARINI SINDIKATLASHGAN KREDITLAR ORQALI
MOLIYALASHTIRISH ORQALI IQTISODIYOTNI REAL SEKTORI RIVOJIGA
TA’SIRI VA TAMOYILLARI
Odilova Ozoda Shodiyor qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Samarqand filiali.
+998330003107.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14066319
Annotatsiya. Ushbu maqolada sindikatsiyalashtirilgan kreditlash, investitsion loyihalarni
moliyalashtirishda sindysiyalashtirilgan kreditlarni ahamiyati, iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirishini va buning natijasida ish bilan bandlik darajalari yaxshilanishi ilmiy asoslangan.
O‘zbekistonda sindikatlashtirilgan kreditning amaliy ahamiyati va bu borada olib
borilayotgan islohotlarning ilmiy-nazariy ahamiyati bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: Sindikatlashtirilgan kredit, iqtisodiyot, islohot, moliya, bank, kreditor.
INFLUENCE AND PRINCIPLES ON THE DEVELOPMENT OF THE REAL SECTOR
OF THE ECONOMY THROUGH THE FINANCING OF INVESTMENT PROJECTS
THROUGH SYNDICATED LOANS
Abstract. In this article, syndicated lending, the importance of syndicated loans in the
financing of investment projects, the development of economic sectors and, as a result, the
improvement of employment levels are scientifically based. The practical importance of syndicated
credit in Uzbekistan and the scientific and theoretical importance of the reforms being carried out
in this regard are described.
Keywords: Syndicated credit, economy, reform, finance, banking, lender.
ВЛИЯНИЕ И ПРИНЦИПЫ НА РАЗВИТИЕ РЕАЛЬНОГО СЕКТОРА
ЭКОНОМИКИ ПОСРЕДСТВОМ ФИНАНСИРОВАНИЯ ИНВЕСТИЦИОННЫХ
ПРОЕКТОВ ПОСРЕДСТВОМ СИНДИЦИРОВАННЫХ КРЕДИТОВ
Аннотация. В данной статье научно обосновано синдицированное кредитование,
значение синдицированных кредитов в финансировании инвестиционных проектов,
развитии отраслей экономики и, как следствие, повышении уровня занятости. Описано
практическое значение синдицированного кредита в Узбекистане и научно-теоретическое
значение реформ, проводимых в этом направлении.
Ключевые слова: Синдицированный кредит, экономика, реформа, финансы, банк,
кредитор.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
266
Sinditsiyalashtirilgan kreditlash boshqa kreditlar singari iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi.
Savdo kreditlari, loyihaviy moliyalash, oddiy kreditlar (umumiy ehtiyoj uchun), lizing,
kredit liniyalari va akkreditivlar ham sindikatlanishi mumkin. Yana bir bor ta’kidlash lozim, bu
tartibdagi kreditlashda oddiy kreditlashdan farqli o‘laroq bir nechta kreditor ishtirok etadi. Va
ushbu kreditlash turi orqali qarz oluvchilar o‘zlari uchun juda muhim bo‘lgan yirik miqsordagi
kreditlarni olishga muvaffaq bo‘lishadi. Eslatib o‘tish joizki, hech qaysi bank alohidagushbu
summada va riskda kredit berishni xohlamas edi. Fikrimizning yorqin dalili sifatida Yevropa
sindikatlash bozorida ro‘y bergan Fransuz neft kompaniyasi "Elf Aquitaine" Yevropa sindikatlash
bozorvda rekord summa bo‘lgan 18 mlrd dollarni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Boshqa kreditlar singari sinditsiyalashtirilgan kreditlar ham ta’minlangan va
ta’minlanmagan bo‘ladi. Birinchi holatda qarz oluvchi likvididi garov obektlari yoki hukumat
kafolatlardan garov sifatida foydalanishi mumkin. Bunga yana hurmatga sazovor bo‘lgan yirik
kompaniyalar kafolati yoki garov obektlarini ham misol qilishimiz mumkin. Ta’minlangan kredit
hajmi kredit oluvchining ustav kapitali yoki aylanma mablag‘larvdan oshib ketishi mumkin, lekin
kredit riski bunga bog‘liq emas, chunki bu yerda ta’minlanganlik sifatida garov obekti yoki kafolat
qaraladi.
Ta’minlanmagan sindikatlashtirilgan kredit esa, ta’minlangan sindikatlashgan kreditdan
butunlay farq qiladi. Bunda kredit riski to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz oluvchining faoliyatiga bog‘liq
bo‘ladi. Bu tartibdagi kreditlar faqatgina yuqori reytingga ega bo‘lgan kompaniyalargagina
beriladi. Kredit berishda alohida ishtirokchi bank umumiy summada arzimas ulushga ega bo‘lishi
mumkin. Shu bois ham, ushbu ishtirokchi bank uchun risk unchalik yuqori emas.
Hozirgi
kunda
investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirishning
yangi
usuli,
sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui)
paydo bo‘ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so‘zning aniq atamasi yo‘qligi sababli, ko‘pchilik
hollarda moliyalashtirishning bu turini sinditsiyalashtirilgan qredit deb ham ataladi.
Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni
moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish
usullaridan, birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishsa sinditsiyalashtirilgan
kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi,
moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog‘liq risklarning ishtiroki kreditorlar
(banklar) o‘rtasida taqsimlanishidadir
1
Karimov I.G‘. Iqtisodiyintegratsiyalashuv sharoitida investitsiyalar faoliyatshshng moliyalashtirishning bozor
mexanizimlarini joriy etish masalalari. -T.: "G‘ap xa (yexpa1oDua1ap" 2007
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
267
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sinditsiyalashtirilishi mumkin bulgan
kreditlarga loyihaviy moliyalashtirish ham kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni
qaygarishning manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi.
Invesitsiya loyihalarini uzoq muddatli moliyalashgirishda ko‘pchilik loyihani
moliyalashtirishning sindikat kreditlari shakliga zarurat sezmoqda. Bunda kredit bitimi shartlarini
tashabbuskor bank o‘rnatadi va u boshqa banklarni bu loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishga
taklif qiladi.
Sindikatlashgan kredit bo‘yicha foiz summasi qoidaga ko‘ra suzib yuruvchi stavkada
hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR - Londondagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavka)
stavkasini olishadi va unga bank marjasi qo‘shiladi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) nuqtai nazaridan
moliyalashtirish mudsatini va ob’ektni qurish (yaratish) vaqtini kelishib olish muhimdir. Obektni
ishlab chiqarish quvvatlariga yetkazish va ishlash mudsatining amalga oshirilishi investitsiya
loyihasini moliyalashtirish vaqtini (muddati) shakllantiradi.
Xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Yevropa banklari tomonidan qo‘llag‘shladigan
kreditlashtirishning maksimal mudsati 10-15 yilni tashkil qiladi. AQShda esa, bu muddat kamroq
7-12 yil. Agar loyihani moliyalashtirish mudsati yetarlicha bo‘lmasa, u holda moliyalash tarkibini
kreditlashning real imkoniyatlariga o‘zgartiriladi.
Shuningdek, alohida banklar ham kafil bo‘lib chiqishlari mumkin. Bunday holat xalqaro
qredit tashkilotlari yoki eksport-import kreditlarini sug‘urtalovchi milliy agentliklar tomonidan
loyiha moliyalashtirilganda ko‘proq yuz beradi. Bunda sindikat-ishtirokchi banklar kreditor
foydasiga akkreditiv ochishlari yoki kafolat berishlari mumkin. Unda qarz oluvchi moliyalashni
kamroq risk (xatar)lar bilan oladi, ya’ni kreditlar riski tijorat bankiga o‘tadi.
Bungi kunda investitsion loyihalarni sindikatsiyalashgan kreditlash orqali iqtisodiyotning
real sekgori rivojiga ijobiy ta’sir etganligi sababli u muhim rol o‘ynashi mumkin. Shu bois,
investitsiyalar ishlab chiqarishni kengaygirishga yoki uni yangilashga, ya’ni real kapitalni
oshirishga sarflangan resurslar hisoblanib, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy o‘sish darajalarini
ta’minlovchi asosiy hal qiluvchi vositadir.
Milliy iqtisodiyotda investitsion loyiha har doim ham yuqorida sanab o‘tilgan barcha
mezonlarga mos kelavermaydi. Yuqoridagi mezonlar sinditsiyali moliyalashtirishni
muvaffaqiyatli kechishi uchun beshta asosiy tamoyillarni belgilab olishni taqozo etadi.
-
investitsion loyihalarning hayotiyligi;
-
loyihani amalga oshirishda tajribali, kuchli va vijdonli hamkorlarning ishtiroki;
-
loyiha barcha risklarining hisobi va taqsimoti;
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
268
-
barcha huquqiy jihatlarni tartibga solib borish;
-
loyihani amalga oshirishda sifatli biznes-rejaning mavjudligi vy aniq muvofiqlashgan
harakat rejalarini ishlab chiqish.
Invistitsion loyihalarni sindikatsiyalangan kreditlash mexanizmidan rivojlanayotgan
mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishda Jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan
muvaffaqiyatli foydalanmoqda.
Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni
moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgaliqda moliyalashtirishni tashkil etish
usullari ochib berilgan. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sinditsiyalashtirilgan
kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi,
moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog‘liq risklarning ishtiroki kreditorlar
(banklar) o‘rtasida taqsimlanishidadir.
Shuningdek, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda sindysiyalashtirilgan kreditlarni
ahamiyati iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishini va buning natijasida ish bilan bandlik darajalari
yaxshilanishini ko‘rishimiz mumkin.
Sinditsiyalangan kreditlarda ulushlarning aksariyat qismi ikkilamchi bozorda muomalada
bo‘ladi. Loan Market Association (LMA) va Loan Syndications and Trading Association (LSTA)
- sinditsiyalangan kreditlar ikkilamchi bozorining faoliyatini tartibga solishga mo‘ljallangan
maxsus tashkil etilgan birlashmalar hisoblanadi.
Ikkilamchi bozorning rivojlanishi bir kreditordan ikkinchi kreditor zimmasiga kredit riskini
yuklash imkoniyatini beruvchi «ko‘chira oladigan» kreditlarning ulushi sifatida baholash mumkin.
Eng rivojlangan ikkilamchi bozordan biri Amerika bozori hisoblanadi: «ko‘chira oladigan»
kreditlarning umumiy sinditsiyalangan kreditlar sonidagi ulushi bu davlatda qariyb 25 %ni tashkil
etadi.
Quyidagi jadval ma’lumotlarida 2021 yilda jaxon miqyosida sindikatlashtirilgan
kreditlarning umumiy hajmi 14,71 foizga kamayib, 4,4 trln. AQSH dollarini, bitimlarning umumiy
soni esa 9,11 foizga kamayib, 8164 ta bitimni tashkil qildi. Jami Global Bridge kreditlari hajmi
o‘tgan yilga nisbatan 10,51% ga kamayib, 293,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi, bitimlarning
umumiy soni esa 11,88% ga kamayib, 141 taga yetdi.
BofA Securities kompaniyasi 2019 moliya yilining yakunlari bo‘yicha bozor ulushining
9,63 foizini egallagan holda sindikatlashtirilgan kreditlar bozorining eng yaxshi konsorsium
tashkilotchisi bo‘ldi. Bank ushbu davrda 1270 ta bitimda vositachi vazifasini bajargan. Ikkinchi
va uchinchi o‘rinlarni bozor ulushining mos ravishda 9,17% va 5,70% bilan JP Morgan va Citi
egallashdi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
269
Sinditsiyalashtirilgan kreditlar bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalari
Kompaniyalar
2020
2021y
Oldingi
o‘rni
Bozorda
gi ulushi
Bozorda
gi ulush
o‘zg.%da
Bozor
-dagi
o‘rni
Bozordagi
ulushi
(%da)
Hajmi
(mln.
dol.)
Bitimla
r soni
BofA Securities
2
9,299
0,331
1
9,630
366,692
1,270
JP Morgan
1
10,232
-1,062
2
9,174
349,315
1,214
Citi
3
5,832
-0,136
3
5,696
216,907
747
Wells Fargo
4
5,394
0,271
4
5,665
215,725
824
Mitsubishi UFJ
Financial Group
Inc
9
3,062
0,559
5
3,621
137,884
453
Barclays
6
3,316
0,243
6
3,559
135,535
514
BNP Paribas
8
3,075
0,145
7
3,220
122,624
549
RBC Capital
Markets
7
3,273
-0,543
8
2,730
103,944
447
Morgan Stanley
15
1,935
0,792
9
2,727
103,828
289
HSBC
11
2,602
0,064
10
2,666
101,517
501
Jami
100 %
100%
3807842
6,616
Sinditsiyalangan kreditlar ikkilamchi bozorida ikkita turdagi bitimni ajratib olish mumkin:
huquqlarni bir shaxsdan ikkinchi shaxsga berish va ishtirok etish. Bugungi kunda
Respublikamizda sinditsiyalashtirilgan kreditlash bo‘yicha xuquqiy-me’yoriy bazaning
yetishmasligi xalqaro sindikatli bozordan kreditlarni jalb etishni sust darajada bo‘lishiga sababchi
bo‘lgan muhim omillardan biridir.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilib, ko‘plab yirik investitsiya
loyihalari amalga oshirilishi belgilangan. Lekin, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda
sindikatli kreditlardan foydalanish jahon amaliyotida muvvafaqiyatli moliyalashtirish usullaridan
sanalsa-da, O‘zbekistonda kreditlashning bu usulidan foydalanish o‘ta zaif ahvolda bo‘lib, bunga
bir qator omillar ta’sir etmoqda.
Xususan, banklarimizda uzoq muddatli barqaror reurslarning yetishmasligi, banklarning
xalqaro sindikatli bozorida ishtirok etmasligi va tajribalarining yetishmasligi, me’yoriy huquqiy
hujjatlarning to‘laqonli emasligi, risklarni samarali boshqarish mexanizmining zaifligi kabi
muammolar shular jumlasidandir.
2
Bloomberg Global Syndicated Loans League Tables FY 2019. https://www.bloomberg.com/press-releases/2020-01-
02/bloomberg-global-syndicated-loans-league-tables-fy-2019
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
270
Sindikatli kreditlar qat’iy ravishda muayyan maqsad uchun beriladi, kreditdan boshqa
maqsadlar uchun foydalanish esa kreditning maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyiliga zid bo‘ladi va
kredit shartnomasida belgilangan muayyan choralarni qo‘llashni keltiradi, masalan, asosiy qarzni
va hisoblangan foizlarni summasini to‘lab berish sharti bilan shartnoma bekor qilinishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan umumiy tamoyillardan tashqari faqatgina Sindikatli kreditlashga
taalluqli bo‘lgan tamoyillarni ham ajratib olish mumkin, ammo ular kreditlash chizmasining
tarkiblanishiga qarab muayyan darajada tebranishi mumkin.
Aytish joizki, Sindikatli kreditlashning qo‘shimcha imkoniyatlarini ham alohida ko‘rsatish
mumkin:
- kreditni muayyan transhlar orqali qarz oluvchi tomonidan belgilangan bosqichlarga
muvofiq tarzda berish;
- qarz oluvchining moliyaviy kirimini hisobga oluvchi kredit bo‘yicha asosiy qarzdorlikni
to‘lab berish jadvalini egiluvchan holda tuzish;
- muddatdan oldin qoplash imkoniyati.
Sindikatli kreditlashning umumiy tamoyillar
1
Kreditorlar
majburiyatlarining
alohidaligi
Har bir bank kredit shartnomasiga ko‘ra belgilangan
miqdorda muayyan kredit berishi shart
2
Agentning ishtiroki.
Sindikatli kreditlarda boshqarishni osonlashtirish uchun
banklardan biri barcha sinditsiyalash jarayonini tashkil
etuvchi agentni tayinlaydi.
3
Sindikatda
demokratiya.
Sindikatda eng muhim masalalar banklarning ko‘pchiligi
bilan hal etiladi (masalan, defolt sharoitida kreditlarni
muddatidan oldin qaytarib berish talabi).
4
Mutanosib taqsimlash
tamoyili.
Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, sindikat
a’zolari tomonidan hisobga olish, sud ishlari va boshqa
taqsimot natijasida olingan har qanday to‘lovlar sindikat
ishtirokchilari o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlanishi
lozim.
5
Kreditorning huquqini
berish imkoniyati
Sindikatli kredit shunday shakllanadiki, kreditorlar o‘z
ulushini ikkilamchi bozorga qo‘yish imkoniyatiga ega
bo‘lishi kerak.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
271
Sindikatli kreditlarni tasniflashning turli belgilari mavjud. Sindikatli kreditlar vaqt nuqtai
nazardan mavjud bo‘lish davomiyligiga ko‘ra vaqtinchalik (odatda u yoki bu yirik bitimni
moliyalashtirish uchun) va doimo faoliyat ko‘rsatuvchi (qoidaga ko‘ra, valyuta bozori va
sarmoyalar bozorida operatsiyalarni amalga oshirish) kreditlarga bo‘linadi. Bizga ma’lumki,
sindikatli kreditlarni ta’minlanganligiga ko‘ra ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlarga
bo‘linadi. Agarda kredit ta’minlangan bo‘lsa, qarz oluvchiga likvid qarz yoki kafolat berilishi
lozim, ta’minlanmagan kredit esa faqatgina qat’iy ishonchlilik talablariga javob beruvchi yuqori
reytingga ega kompaniyalarga berilishi mumkin. Sindikatli kreditlar ochiq (barcha istak bildirgan
banklar taklif etiladi) va klubli (muayyan banklarning cheklangan doirasi) kreditlarga bo‘linadi.
Sindikatli kreditlar bozori qarz oluvchining talablariga mos kelishi uchun ko‘plab
moliyaviy dastaklar
Sindikatli kreditlar bozori qarz oluvchining talablariga mos kelishi uchun ko‘plab
moliyaviy dastaklardan foydalanadi:
1) Muddatli qarz
summani qarz olish bo‘lib, u muayyan sanagacha to‘liq to‘lanishi
lozim.
2) Revolver qarzi
muayyan summaga va muayyan muddatga olingan qarz hisoblanadi,
biroq mazkur holatda qarz oluvchi xohishga ko‘ra butun qarz
summasini yoki uning bir qismini olish, qaytarish va yana olish
huquqini oladi.
3) Zaxira kredit liniyasi
–
revolver qarzning bir turi bo‘lib, uning asosiy farqi shundan iboratki,
qarz oluvchi kreditdan jamg‘arish uchun foydalanmasdan, balki uni
zaxira sifatida qoldiradi.
Shuni to‘g‘ri tushunish kerakki, Sindikatli tarzda chiqarilgan kredit banklar qarz oluvchiga
kredit berish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma doirasida kelishilgan tarkibi va majburiyatlar
to‘plamidan keskin farq qiladi. Sindikatli kreditlashning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundan
iboratki, ssuda sindikat, ya’ni kreditni joylashtirish uchun birlashgan turli davlatlardagi banklar
guruhini o‘zida namoyon etuvchi kreditorlar tomonidan beriladi.
REFERENCES
1.
Финансово-кредитный энциклопедический словарь, под редакцией коллектива
авторов под общей редакцией д.э.н. проф.А.Г.Грязновой, М.: “Финансы и статистика”,
2002, 886 с.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
272
2.
C. Pass, D. Lowes, A. Pendleton, L. Chadwick. Collins Dictionary of Business- Harper
Collins Publishers, 3 rd Edition, 2000.- P.430
3.
Armstrong J. The syndicated Loan Market: Dewelopments is in the North American
Context.// Bank of Kanada Working Paper 2003-15, June 2003.
4.
Банковское дело. Под ред. доктора экономических наук, профессора А.М.Тавасиева,.
– М.: 2001. стр. 605.
5.
Довгялло М.В., Синдицированное кредитование, -М.: Фонд “Институт экономики
города”, 2000-с.6.
6.
Д.Ғ.Ғозибеков
Инвестицияларни молиялаштириш масалалари .- Т:Молия
нашриёти,2003 йил 332 бет
7.
Н.Ғ.Каримов. Иқтисодий интегрaциялашув шароитида инвестиция фаолиятини
молиялаштиришнинг бозор механизмларини жорий этиш масалалари.Т.:Фан ва
технология нашриёти, 2007 йил 137 бет.
