Authors

  • Shohida Ergasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47583

Keywords:

tasviriy san’at ta’lim insonlarga va bolalarga o‘zaro hurmat hamdardlik bag‘rikenglik va ijodkorlik.

Abstract

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanining o‘qitishning ahamiyati va dolzarbligi, umumta’lim maktab o‘quvchilarda inson qadrini yuksaltirish tuyg‘usini singdirishda tas’viriy san’atning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

127

UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARDA INSON QADRINI YUKSALTIRISH

TUYG‘USINI SINGDIRISHDA TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI

Ergasheva Shohida Qosimovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Buxoro Davlat Universiteti ikkinchi bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14089003

Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanining

o‘qitishning ahamiyati va dolzarbligi, umumta’lim maktab o‘quvchilarda inson qadrini
yuksaltirish tuyg‘usini singdirishda tas’viriy san’atning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berib
o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, ta’lim, insonlarga va bolalarga o‘zaro hurmat, hamdardlik,

bag‘rikenglik va ijodkorlik.

THE ROLE OF FINE ARTS IN IMPLEMENTING THE SENSE OF HUMAN

VALUE IN HIGH SCHOOL STUDENTS

Abstract. In this article, the importance of visual arts in general secondary schools, the

importance and importance of teaching visual arts today, the role of visual arts in instilling a sense
of human dignity in general education school students. A detailed information about the place is
given.

Key words: visual arts, education, respect for human and children, empathy, tolerance and

creativity.

РОЛЬ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В РЕАЛИЗАЦИИ ЧУВСТВА

ЧЕЛОВЕЧЕСКОЙ ЦЕННОСТИ У СТАРШИХ ШКОЛЬНИКОВ

Аннотация. В данной статье рассматривается значение изобразительного

искусства в общеобразовательных школах, значение и значение преподавания
изобразительного искусства сегодня, роль изобразительного искусства в воспитании
чувства человеческого достоинства у учащихся общеобразовательных школ.

Ключевые слова: изобразительное искусство, образование, уважение к человеку и

детям, сопереживание, толерантность, творчество.


KIRISH

“Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol

yashaydi”

1

Darhaqiqat yurtboshimiz aytganlaridek, tasviriy san’at va adabiyot millat

qutqaruvchisidir. Men ham fikrimni tasviriy san’atning ahamiyati va ne chogʻlik eʻtiborga
molikligidan boshlasam.

Tasviriy sanʼat inson faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib, insonning fikrlashi

va his-tuygʻulariga taʼsir qilishning oʻziga xos jihatlariga ega sanʼat turi sifatida ko‘riladi. U
nafaqat atrofdagi voqelikni aks ettiradi, balki dunyoqarash, qadriyatlar va ideallarni shakllantiradi.

San’at yosh avlodni tarbiyalash jarayonida alohida ahamiyatga ega bolib, o‘quvchilarda

inson, uning qadr-qimmati va huquqlariga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda yordam beradi.

1

Sh.M. Mirziyoyev. “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” Toshkent

2019


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

128

Hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarining oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalaridan biri

o‘quvchi yoshlarda borliqni faqat ijodiy o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyatini
shakllantirishgina emas, balki ularda go‘zallik va nafosat tuyg‘ulari asosida atrof borliqni qaytadan
qurish hissini tarbiyalash hamdir. Atrofimizdagi har bir inson qaysi sohada ish olib
borayotganligidan qat’iy nazar nafislik va go‘zallikni ko‘ra bilishi va tushuna bilishi kerak.

O‘quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida ularga atrof- tabiatdagi go‘zalliklarni,

turli-tuman manzaralarni ko‘rsatish hamda ushbu go‘zalliklarni rang tasvir orqali suratga tushirish
natijasida o‘quvchilarda ona tabiatga, insonlarga nisbatan hurmat va mehr tuyg‘usi shakllantiriladi.

O‘quvchilarga quvonch, hayajon baxsh etgan tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan tasvirlab

bo‘lmas rang-barangliklar ancha vaqtgacha ularning ko‘z o‘ngida, xayolida saqlanib qoladi.

Manzaraning, suvlarning, daraxt shoxlarining, barglarining, gullarning o‘ziga qarab

rasmini chizish, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish orqali bolalar tabiatga ko‘proq
qiziqadilar va estetik zavq oladilar.

Bunday darslar o‘quvchilarga dunyoni keng va atroflicha ko‘ra olishga, qolaversa ko‘rish

orqali olgan taasurotlarini kengaytirishga hamda shular asosida aniq va to‘liq tushunchaga ega
bo‘lishlariga yordam beradi.

Tasviriy san’at darslarida yana yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek o‘quvchilarda mehnat

tarbiyasini amalga oshirish uchun ham katta imkoniyatlar shakllantiriladi.

Tasviriy san’atning inson qadrini yuksaltirish tuyg‘usini singdirishdagi nazariy asoslari

quyidagilar:

-

Tasviriy sanʼat aloqa vositasi sifatida

, murakkab his-tuygʻularni va soʻz bilan ifodalash

qiyin boʻlgan gʻoyalarni ifodalash imkonini beradi. Tasvirlar va ramzlar orqali rassomlar dunyoga
va odamlarga bo‘lgan munosabatini yaxshilaydi, tomoshabinda ma’lum bir his-tuyg‘ularni
shakllantiradi.

-

Sanʼatni idrok etishning psixologik jihatlari:

Tasviriy san

ʼ

at insonning hissiy sohasiga

bevosita ta

ʼ

sir qiladi. U empatiya, hamdardlik, quvonch, qaygʻu va boshqa his-tuygʻularni

uyg‘otadi, empatiya va boshqa odamlarni tushunishni rivojlantirishga yordam beradi.

-

Shaxsni sotsializatsiya qilishda sanʼatning o

rni

: “San

ʼ

at bolalarga ijtimoiy rollar va

xatti-harakatlar normalarini o‘zlashtirishga yordam beradi, muloqot qobiliyatlarini va boshqa
odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantiradi”.

2

Badiiy asarlarni tahlil qilish orqali

bolalar qahramonlar harakatlarining motivlarini tushunishga, ularning harakatlarini axloqiy nuqtai
nazardan baholashga o‘rganadilar.

Har bir o‘quvchi kelajakda qaysi kasb yoki hunarni egallashidan qat’iy nazar ya’ni ishchi,

muhandis, dizayn –konstruktor va hatto shifokor, yurist, harbiy bolsa ham qanchadir darajada rasm
chizishga, undan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Hatto uy bekasi ham rasmni ko‘ra olishi, tushunishi
va undan ma’naviy ozuqa ola bilishi va farzandlarini ham shu ma’naviy, axloqiy ozuqa bilan
tarbiyalay olishi hozirgi zamonning eng zarur talabidir.

Ma’lumki, hozirgi vaqtda dars mazmuni va metodikasini takomillashtirish o‘qituvchining

ilmiy va metodik saviyasi, darslarni to‘g‘ri tashkil etishi bilan bevosita bog‘liqdir.

2

B. Oripov . Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi . ‘’ Ilm –ziyo nashriyoti ‘’ 2005 y Toshkent


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

129

O‘qituvchilarning ilmiy-metodik saviyalari darajasini ko‘rsatuvchi faktorlar ularning bilim

xajmi va metodik tayyorgarligi hisoblanadi va bu narsa o‘tilayotgan dars mashg‘ulotlarining
natijalarida ko‘rinadi. Ayniqsa tasviriy san’at dars mashg‘uloti jarayonida o‘quvchida go‘zallikga,
nafosatga, insonlarga bo‘lgan intiqlik, mehr, e’tibor tuyg‘ulari shakllanadi.

Tasviriy san’atning inson qadrini yuksaltirish tuyg‘usini singdirishdagi amaliy asoslari

quyidagilar:

-

San

at asarlarini tahlil qilish

: rasm, haykaltaroshlik va grafika asarlarini o‘rganish

bolalarga inson xarakteri, his-tuyg‘ulari va tajribalarining xilma-xilligini ko‘rish imkonini beradi.

Badiiy tasvirlarni tahlil qilish tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga va o‘z fikrini

shakllantirishga yordam beradi.

-

Ijodiy faoliyat

: amaliy san’at mashg‘ulotlari bolalarning his-tuyg‘ularini ifoda etishga,

ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi. Shaxs qiyofasi bilan bog‘liq vazifalar
bolalarga dunyodagi o‘z o‘rnini va boshqa odamlarning hayotidagi rolini yaxshiroq tushunishga
imkon beradi.

- Loyiha faoliyati:

Qo‘shma loyihalarni yaratish hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro

tushunish va bir-birini hurmat qilishga yordam beradi.

-

Raqamli texnologiyalardan foydalanish

: Zamonaviy texnologiyalar san’atni yaratish va

idrok etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Interfaol ko‘rgazmalar, virtual reallik va boshqa
raqamli vositalar o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va quvnoq qilishi mumkin.

-

Madaniyatlararo muloqot:

San’at madaniy to‘siqlarni yengib o‘tishga, turli millat va din

vakillariga nisbatan bag‘rikeng munosabatni shakllantirishga yordam beradi.

“Turli xalqlarniong madaniyati va san’at asarlarini o‘rganish insonning dunyoqarashi va

boshqa xalqlar haqidagi tushunchalarini kengaytirishda yordam beradi. Inson qadri, insoniylik,
mehr- muhabbat kabi hissiyotlar bolalarning ongiga boshlang‘ich va o‘rta maktabda tasviriy san’at
va musiqa orqali singdiriladi”.

3

Bola ilk bor oila rasmini chizganida unda o‘z otasi, onasi, yaqinlariga mehr va muhabbat

tuyg‘ulari shakllanadi va bolaning ongida ota-ona qadri hamda oilaga nisbatan hurmat ko‘nikmasi
shakllantiriladi. Shunday ekan bolalarga tasviriy san’atni, ijodiyotni o‘rgatish bolani milliylik
ruhida tarbiyalash ularni kelajakda komil inson bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

TAKLIF VA XULOSALAR

Tasviriy san’at o‘quvchilarda insoniylikka hurmat tuyg‘usini shakllantirishda muhim o‘rin

tutadi. Bu bolalarga hamdardlik, bagʻrikenglik va boshqa muhim ijtimoiy ko'nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi. San’at asarlari bilan tizimli ishlash, shuningdek, ijodiy faoliyat
zamonaviy jamiyatda hayotga tayyor, barkamol shaxsni shakllantirishga yordam beradi.

Maktab o‘quvchilarida insonga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda tasviriy san’at muhim

o‘rin tutadi. Bu boradagi tizimli va maqsadli ishlar inson hayoti va qadr-qimmatini qadrlaydigan
navqiron avlodni tarbiyalash imkonini beradi.

Takliflar va qo'shimcha tavsiyalar:

3

R. Hasanov . Maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarini takomillashtirish yo’llari . ‘’O’qituvchi ‘’ nashriyoti 1986

y


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

130

- Individual yondashuv: O‘quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olish

lozim.

- Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish: Interfaol doskalar, taqdimotlar, onlayn

resurslardan keng foydalanishni muvofiqlashtirish.

-O‘qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish: Tasviriy san’at va pedagogika yo‘nalishi

bo‘yicha malaka oshirish.

- Tasviriy san’at bo‘yicha ko‘plab musobaqalar tashkil qilish va bolalarni rag‘batlantirish

ham juda yaxshi samara bergan bo‘lar edi.

REFERENCES

1.

B. Oripov. Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi. Toshkent “Ilm –ziyo nashriyoti”.2005-
yil.

2.

X.E.Sultonov, D.A.Berdiyev. San’at do‘stlikni mustahkamlovchi omil. Chirchiq. //“Barqaror
rivojlanishda uzluksiz ta’lim: muammo va yechimlar” xalqaro ilmiy amaliy anjuman ilmiy
ishlar to‘plami.// 2019-yil 443-444-b. II tom.

3.

D.A.Bеrdiyev Tasviriy san’atning fanlararo aloqalar tizimidagi o‘rni. Pedagogs jurnali 2023-
yil 142–148-b.

4.

N. Saidahmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar.Toshkent. “Moliya” nashriyoti. 2003-yil.

5.

R. Hasanov. Maktabda tasviriy san’at mashg‘ulotlarini takomillashtirish yo‘llari.
“O‘qituvchi” nashriyoti 1986-yil.

6.

S. Abdirasilov. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2012-yil

7.

N. Rostoven. O‘rta maktabda tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. Moskva.1980-yil.

References

B. Oripov. Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi. Toshkent “Ilm –ziyo nashriyoti”.2005-yil.

X.E.Sultonov, D.A.Berdiyev. San’at do‘stlikni mustahkamlovchi omil. Chirchiq. //“Barqaror rivojlanishda uzluksiz ta’lim: muammo va yechimlar” xalqaro ilmiy amaliy anjuman ilmiy ishlar to‘plami.// 2019-yil 443-444-b. II tom.

D.A.Bеrdiyev Tasviriy san’atning fanlararo aloqalar tizimidagi o‘rni. Pedagogs jurnali 2023-yil 142–148-b.

N. Saidahmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar.Toshkent. “Moliya” nashriyoti. 2003-yil.

R. Hasanov. Maktabda tasviriy san’at mashg‘ulotlarini takomillashtirish yo‘llari. “O‘qituvchi” nashriyoti 1986-yil.

S. Abdirasilov. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2012-yil

N. Rostoven. O‘rta maktabda tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. Moskva.1980-yil.