Authors

  • M.O. Xaydarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47683

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellekt haqida umumiy tushuncha, uni tartibga solishga oid mavjud normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek sohadagi muammo va yechimlar haqida so‘z boradi.

background image


Noyabr, 2024-Yil

55

SUN’IY INTELLEKTNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: MUAMMO VA

YECHIMLAR.

Xaydarova M.O.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14051930

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sun’iy intellekt haqida umumiy tushuncha, uni tartibga

solishga oid mavjud normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek sohadagi muammo va yechimlar

haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, kognitiv funksiya, neyrotarmoqlar, Big Data.

LEGAL REGULATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE: PROBLEMS AND

SOLUTIONS.

Abstract.

This article discusses the general understanding of artificial intelligence, the

existing regulatory legal documents related to its regulation, as well as problems and solutions in

the field.

Keywords:

artificial intelligence, cognitive function, neural networks, Big Data.

ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА:

ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются общая концепция искусственного

интеллекта, существующие нормативно-правовые документы, связанные с его

регулированием, а также проблемы и пути решения в этой области.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, когнитивная функция, нейронные

сети, большие данные.

So‘nggi yillarda insonga xos harakatlarni turli xil dasturlar asosida bajarish, ijodiy fikrlash

qobiliyatiga ega ilm-fan texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Shunday texnologiyalardan

biri hisoblanmish sun’iy intellekt yutuqlari bugungi kunga kelib har bir inson kundalik hayotiga

kirib ulgurdi.

Sun’iy intellekt – bu insonning kognitiv funksiyalarini taqlid qilish (shu jumladan, o‘z-

o‘zini o‘rganish va oldindan belgilangan algoritmsiz yechimlarni topish) va hech bo‘lmaganda

inson intellektual faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan aniq vazifalarni bajarishda natijalarga

erishish imkonini beruvchi texnologik yechimlar to‘plami [1].

Sun’iy intellekt o‘ta murakkab hodisa bo‘lib, jahon miqyosida ilmiy-texnika

taraqqiyotining tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan yo‘nalishidir.


background image


Noyabr, 2024-Yil

56

Davlatlar bu sohada raqobatlashadilar va ularning yaqin kelajak dunyosidagi o‘rni

erishilgan natijalar tezligi va sifatiga bog‘liq [2]. Uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish

prognozlariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalari yetarli darajada rivojlanmagan va

qo‘llanilmagan taqdirda, mamlakatning ilmiy-texnikaviy rivojlanishi sekinlashadi, bu esa

keyinchalik uning iqtisodiy va texnologik jihatdan boshqa mamlakatlardan orqada qolishiga olib

keladi.

Ayni chog‘da O‘zbekistonda sun’iy intellekt yutuqlaridan samarali foydalanish bilan bir

qatorda, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida undan foydalanish

chegaralarini belgilash uchun sohaning huquqiy asoslarini yaratish zarurati mavjud. Hozirga qadar

mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasidagi munosabatlar 5 ta tarqoq holdagi normativ-huquqiy

hujjatlar bilan tartibga solinmoqda [3]. Ushbu hujjatlar bilan sun’iy intellekt texnologiyalari

sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiyot, ijtimoiy va davlat boshqaruvi kabi sohalarga tatbiq etilishi

belgilangan.

2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining alohida qarori qabul qilinishi ushbu

sohadagi ishlarni bir tizimga solish va tashkillashtirish imkonini berdi. Jumladan, “Sun’iy

intellektga tayyorlik indeksida O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha chora-

tadbirlar dasturi” tasdiqlandi. Unda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi

tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi,

energetika, sog‘liqni saqlash, elektron hukumat sohalariga mazkur texnologiyalarni joriy etishga

alohida e’tibor qaratilgan.

Neyrotarmoqlar, ulkan ma’lumotlar (Big Data), sun’iy intellekt imkoniyatlari davlat

tizimlarida ham bosqichma-bosqich joriy qilina boshlandi. Ular orasida ko‘lami jihatidan butun

mamlakatni qamrab olgan MyID tizimini aytib o‘tish mumkin. MyID birinchi navbatda shaxsni

biometrik identifikatsiyalash imkonini beradi va natijada jarayonga ketadigan vaqtni 1 soniyaga

tushiradi, hujjatlarni tekshirish butkul avtomatlashadi [4].

Biroq, O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasini tartibga solishda qator kamchiliklar mavjud.

Jumladan, sun’iy intellektga oid qonunchilik bazasi sust holatda bo‘lib, ular sun’iy intellekt

bilan bog‘liq alohida munosabatlarni tartibga solmoqda va sohadagi munosabatlarni to‘liq qamrab

olish imkoniyatini bermayapti.

Shuningdek, Mamlakatimizda sun’iy intellekt shiddat bilan rivojlanib borib, unga talab

ortayotganiga qaramasdan, sohadagi yagona davlat siyosati, maxsus vakolatli davlat organ

faoliyati, sun’iy intellekt texnologiyalariga nisbatan davlat standartlari va ularni qo‘llash mumkin

bo‘lgan sohalar yagona qonun hujjati doirasida tartibga solinmagan.


background image


Noyabr, 2024-Yil

57

Qonunchilikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash natijasida yuzaga kelgan

huquqbuzarlik holatlari uchun javobgarlik belgilanmagan. Bu esa, sun’iy intellekt

texnologiyalaridan foydalanishda qanday holatlar huquqbuzarlik hisoblanishi va mazkur

huquqbuzarlik holatlari sodir etilganda, asl huquqbuzarni aniqlash va uni javobgarlikka tortish

imkonini bermaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, milliy qonunchiligimizdagi ushbu bo‘shliqlarni

to‘ldirish maqsadida sohani tartibga soluvchi maxsus qonun ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

Bunda quyidagi qator masalalarga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi:

- “sun’iy intellekt” o‘zi nimaligini aniq ta’rifini berish va undan kelib chiqib sun’iy intellekt

tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoiy harakatlar uchun tegishli javobgarlikni

belgilash. Shuningdek, sun’iy intellekt tomonidan qilingan xato va zarar uchun javobgarni

aniqlash, shu jumladan moddiy javobgarni;

- maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish. Sun’iy intellekt qanday ma’lumotlarni

to‘plashi, saqlashi, qayta ishlashi, tarqatishi mumkinligini aniq belgilab qo‘yish. Himoyaga muhtoj

ma’lumotlarni qanday himoya qilish zarur?

- axloqiy normalar. Sun’iy intellektni rivojlantirish va undan foydalanishda qanday axloqiy

tamoyillar ustunlik qilishi kerak?

- barcha sohalarda, shu jumladan tibbiyot, moliya, transport va boshqa sohalarda sun’iy

intellektdan foydalanishni tartibga solish masalasi;

- intellektual mulk huquqlari. Sun’iy intellektdan foydalanish sohasidagi munosabatlarda

yuzaga keladigan intellektual mulk huquqlari qanday ta’minlanadi va boshqalar.

REFERENCES

1.

I.A. Filipova, “Sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish”, Samarqand 2022, 179 b.

2.

Абышко А.О., Сабиров Г.С. Искусственный интеллект и произведения машинного

творчества: применимость опыта стран общего права к российскому регулированию

// Патенты и лицензии. Интеллектуальные права. 2021. № 12. С. 60–72.

3.

https://parliament.gov.uz/news/suniy-intellekt-tizimidan-foydalanishning-huquqiy-asoslari-

zarur-qadamlar.

4.

https://parl.uz/oz/articles/society/sun_iy_intellek_sohasining_huquqiy_asoslar_xalqaro_dar

ajada_muhokama_qilindi/


background image


Noyabr, 2024-Yil

58

5.

Алексеев Н.В. Искусственный интеллект и роботизация: правовые проблемы

интеллектуальной собственности // Право интеллектуальной собственности. 2019. №

3. С. 42–46.

6.

Андреев В.К. Приобретение и осуществление прав юридического лица с

использованием искусственного интеллекта // Предпринимательское право. 2021. №

4. С. 11–17.

References

I.A. Filipova, “Sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish”, Samarqand 2022, 179 b.

Абышко А.О., Сабиров Г.С. Искусственный интеллект и произведения машинного творчества: применимость опыта стран общего права к российскому регулированию // Патенты и лицензии. Интеллектуальные права. 2021. № 12. С. 60–72.

Алексеев Н.В. Искусственный интеллект и роботизация: правовые проблемы интеллектуальной собственности // Право интеллектуальной собственности. 2019. № 3. С. 42–46.

Андреев В.К. Приобретение и осуществление прав юридического лица с использованием искусственного интеллекта // Предпринимательское право. 2021. № 4. С. 11–17.