Authors

  • Ahmadjon Aliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47710

Keywords:

mediatsiya nizolarni hal qilish xorijiy tajriba huquqiy tartibga solish xalqaro standartlar mediator kelishuv bitimi sud amaliyoti.

Abstract

Ushbu maqola xorijiy mamlakatlar tajribasida mediatsiya institutining huquqiy tartibga solinishi masalalarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada mediatsiya institutining xorijiy davlatlardagi huquqiy asoslari, uning amaliyotda qo'llanilishi va samaradorligi o'rganilgan. Mediatsiyaning nizolarni hal etishdagi ahamiyati, uning an'anaviy sud tartibidan afzalliklari hamda xalqaro tajribada mediatsiya institutini rivojlantirish tendentsiyalari yoritib berilgan. Shuningdek, mediatsiya sohasidagi xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy tajribani milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada mediatsiya institutini yanada rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


379

XORIJ АMАLIYOTIDА MEDIАTSIYA INSTITUTINING HUQUQIY TАRTIBGА

SOLINISHI

Aliyev Ahmadjon

ahmadjonaliyeva@gmail.com

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Mediatsiya va nizolarni muqobil hal qilish usullari yo’nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14165760

Annotatsiya. Ushbu maqola xorijiy mamlakatlar tajribasida mediatsiya institutining

huquqiy tartibga solinishi masalalarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada mediatsiya

institutining xorijiy davlatlardagi huquqiy asoslari, uning amaliyotda qo'llanilishi va

samaradorligi o'rganilgan. Mediatsiyaning nizolarni hal etishdagi ahamiyati, uning an'anaviy sud

tartibidan afzalliklari hamda xalqaro tajribada mediatsiya institutini rivojlantirish tendentsiyalari

yoritib berilgan. Shuningdek, mediatsiya sohasidagi xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy tajribani

milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada mediatsiya

institutini yanada rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab

chiqilgan.

Kalit so'zlar: mediatsiya, nizolarni hal qilish, xorijiy tajriba, huquqiy tartibga solish,

xalqaro standartlar, mediator, kelishuv bitimi, sud amaliyoti.

LEGAL REGULATION OF MEDIATION INSTITUTE IN FOREIGN PRACTICE

Abstract. This article is devoted to the analysis of issues of legal regulation of the mediation

institution in the experience of foreign countries. The article examines the legal foundations of the

mediation institute in foreign countries, its practical use and effectiveness. The importance of

mediation in resolving disputes, its advantages over the traditional court procedure, and trends in

the development of the institution of mediation in international experience are highlighted.

International standards in the field of mediation and implementation of advanced foreign

experience into national legislation were also considered. Scientifically based proposals and

practical recommendations for further development of the mediation institute have been developed

in the article.

Key words: mediation, dispute resolution, foreign experience, legal regulation,

international standards, mediator, settlement agreement, judicial practice.

ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ИНСТИТУТА МЕДИАЦИИ В ЗАРУБЕЖНОЙ

ПРАКТИКЕ

Аннотация. Данная статья посвящена анализу вопросов правового регулирования


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


380

института медиации в опыте зарубежных стран. В статье рассматриваются правовые

основы института медиации в зарубежных странах, его практическое использование и

эффективность. Освещены значение медиации при разрешении споров, ее преимущества

перед традиционной судебной процедурой, а также тенденции развития института

медиации в международном опыте. Также были рассмотрены международные

стандарты в сфере медиации и внедрение передового зарубежного опыта в национальное

законодательство. В статье разработаны научно обоснованные предложения и

практические рекомендации по дальнейшему развитию института медиации.

Ключевые слова: медиация, разрешение споров, зарубежный опыт, правовое

регулирование, международные стандарты, медиатор, мировое соглашение, судебная

практика.

KIRISH

Zamonaviy huquq tizimida nizolarni muqobil hal etish usullarining roli tobora ortib

bormoqda. Mediatsiya instituti - nizolarni sud tartibidan tashqari hal etishning eng samarali

mexanizmlaridan biri sifatida jahon miqyosida keng tarqalmoqda. Bu institutning huquqiy tartibga

solinishi mamlakatlar bo'yicha turlicha bo'lib, ilg'or xorijiy tajribani o'rganish va milliy

qonunchilikni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi xorijiy davlatlarda mediatsiya institutining huquqiy

tartibga solinishi va amaliy qo'llanilishi tajribasini kompleks tahlil qilish hamda milliy

qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan

iborat.

Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:

- mediatsiya institutining xorijiy mamlakatlardagi huquqiy asoslarini o'rganish;

- mediatsiyaning nizolarni hal etishdagi o'rni va ahamiyatini aniqlash;

- mediatsiya sohasidagi xalqaro standartlarni tahlil qilish;

- xorijiy davlatlarda mediatsiya institutining amaliy qo'llanilish xususiyatlarini o'rganish;

- mediatsiya institutini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalarini aniqlash;

- ilg'or xorijiy tajribani milliy qonunchilikka implementatsiya qilish imkoniyatlarini tadqiq

etish.

Tadqiqotning obyekti xorijiy mamlakatlarda mediatsiya institutini huquqiy tartibga solish

bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar tizimi, predmeti esa mediatsiya institutini huquqiy tartibga

solishga oid xorijiy mamlakatlar qonunchiligi, sud amaliyoti va huquqni qo'llash tajribasi


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


381

hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu maqolada mediatsiya institutining xorijiy mamlakatlardagi huquqiy

asoslari va amaliyoti kompleks tahlil qilingan, ushbu sohada milliy qonunchilikni takomillashtirish

bo'yicha yangi ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

METODLAR

Adabiyotlar tahlili:

Ushbu taqdiqot xorijiy mamlakatlar tajribasida mediatsiya

institutining huquqiy tartibga solinishi masalalarini tahlil maqsadida yetakchi nazariy va amaliy

manbalarni tahlil qiladi. Bu jarayonda Google Scholar, Science Direct va Cyberleninka kabi ilmiy

ma’lumotlar bazalaridan foydalanildi. Adabiyotlar tahlilida mediatsiya institutini rivojlantirish

yo’llari e’tiborga olindi. Shu bilan birga, ilmiy maqolalar, kitoblar va konferensiya materiallari

ko’rib chiqildi.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, tahlil va sintez, qiyosiy-huquqiy,

induktsiya va deduktsiya hamda taqqoslash kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.

NATIJALAR

Tadqiqot davomida AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlarda

mediatsiya institutining huquqiy tartibga solinishi o'rganildi. Mediatsiya to'g'risidagi qonunchilik

tahlili shuni ko'rsatdiki, ko'pchilik mamlakatlarda:

- mediatsiyaning asosiy tamoyillari;

- mediatorning huquqiy maqomi;

- mediatsiya jarayonini o'tkazish tartibi;

- mediatsiya kelishuvi va uning ijrosi masalalari

aniq belgilangan.

Shuningdek, xorijiy tajriba natijalari quyidagi tendensiyalarni aniqlash imkonini berdi:

- fuqarolik-huquqiy nizolarda mediatsiyadan foydalanish 60-70% hollarda ijobiy natija

bermoqda;

- mediatsiya orqali nizo hal etilganda, tomonlarning 85% kelishuvga rioya qilmoqda;

- mediatsiya jarayoni an'anaviy sud tartibiga nisbatan 3-4 barobar tezroq yakunlanmoqda;

- mediatsiya xarajatlari sud xarajatlaridan o'rtacha 2-3 marta kam

1

.

Bundan tashqari, tadqiqot natijasida quyidagi asosiy xalqaro standartlar aniqlandi:

- mediatorning mustaqilligi va bеtаrаfligi;

- mediatsiya jarayonining ixtiyoriyligi;

- konfidentsiallik tamoyili;

1

Hopt, K. J., & Steffek, F. (2023). Mediation: Principles and Regulation in Comparative Perspective. Oxford

University Press.

https://doi.org/10.1093/oso/9780198837069.001.0001


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


382

- tomonlarning teng huquqliligi;

- mediatsiya kelishuvining ijro etilishi kafolatlari.

Shu bilan birga, xorijiy tajriba asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

- mediatorlarning malaka talablarini xalqaro standartlarga moslash;

- mediatsiya kelishuvining ijrosini ta'minlash mexanizmlarini kuchaytirish;

- mediatsiyani rag'batlantirish choralarini kengaytirish;

- mediatsiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Ushbu natijalar mediatsiya institutini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish va

rivojlantirish imkonini beradi va milliy qonunchilikni takomillashtirish hamda huquqni qo'llash

amaliyotini yaxshilashga xizmat qiladi.

MUHOKAMA

Аnglo-sakson huquqiy tizimi amal qiladigan mamlakatlarda nizolarni mediatsiya

yordamida hal qilishga alohida eʼtibor qaratiladi. Mazkur huquq tizimida mediatsiya tartibini

shakllantirish va rivojlantirish ommaviy huquqdan koʼra, xususiy huquqning mohiyatida koʼproq

namoyon boʼladi. Chunki, ushbu huquq tizimida mediatsiyaning xususiy va davlat huquqiy

munosabatlar subyektlari bilan oʼzaro munosabatlarining oʼziga xos xususiyatlari ham muhim

emas. Mediatsiya tamoyillari asosan xususiy huquq doirasida vujudga keladigan munosabatlarga

nisbatan qoʼllanilishi bilan ahamiyatlidir.

Roman-german huquqiy tizimi mamlakatlari esa mediatsiya institutining doirasi xususiy

va davlatga boʼlinish bilan bogʼliq holda qonun normalari bilan aniq tartibga solinadi. Har qanday

faoliyat turini huquqiy jihatdan belgilash masalalarini koʼrib chiqishda qonuniylikni

taʼminlaydigan manbalarni hisobga oladi.

АQSh, Buyuk Britaniya va Hamdoʼstlik mamlakatlarida turli huquqiy institutlarning

rivojlanishi bilan bogliq boʼlgan muayyan tarixiy jarayonlar tufayli huquq manbalari tizimida

huquqiy pretsedent yetakchi oʼrinni egalladi. Bundan tashqari, anglo-sakson huquqiy oilasining

manbalari tizimida qonunlar yoki qonunlar koʼrinishidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek,

yuridik odat bilan bir qatorda mediatsiya institutini qonuniylashtirish, unga xoʼjalik huquqini

berish masalalarida katta ahamiyatga ega boʼlgan normativ-huquqiy hujjatlar ham mavjud.

Mediatsiya institutining rivojlanishini davrlashtirishda uning zamonaviy shakli birinchi

marta XX asr oʼrtalarida Аmerika Qoʼshma Shtatlarida tarqalgan.

1970-yillarga kelib, mediatsiya AQSH hayotida ayniqsa eng kichik hududiy birliklarda

keng tarqala boshladi.

Vaqt o‘tishi bilan, mediatsiya texnologiyasi nikoh va oilaviy nizolarni hal qilish uchun


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


383

qulay vositaga aylanib bordi. O‘tgan asrning 80-90-yillarida shakllangan amaliyot asosida oilaviy

mediatsiya mediatsiyaning mutlaqo mustaqil yo‘nalishiga aylandi. Oilaviy nizolar va nizolarni hal

qilish bo‘yicha ixtisoslashgan markazlar paydo bo‘ldi, ularda konstruktiv ajralish jarayoni

masalalari ko‘rib chiqildi.

Nizolarni suddan tashqari hal qilish shakllari Amerika huquq tizimining muhim qismiga

aylandi va osonlik bilan tarqaldi. Ular davlatning adolat tizimiga muqobil sifatida paydo bo‘ldi va

qimmat, rasmiy va uzoq davom etadigan sud jarayonlarini oldini olishga xizmat qildi. Masalan,

maxfiylik, tomonlarning tengligi, jarayonning borishini nazorat qilish qobiliyati, nizolarni hal

qilishning arzonligi, ularni oylar, hatto yillar davomida hal qilinishi o‘rniga vaqt tejamkorligi kabi

muhim omillar mediatsiya jarayonining afzalliklari sifatida baholanib, ushbu amaliyotdan

foydalanuvchilar soni tobora orta boshladi

2

.

Bugungi kunda Qo‘shma Shtatlarda “ko‘p eshiklar” deb ataladigan sud modeli mavjud

bo‘lib, bu model sud jarayonini o‘tishga kirishishdan oldin nizoni hal qilishning turli usullarini

taklif qiladi. Bu modelda tomonlar mediatsiya (vositachilik), arbitraj (arbitraj sudi), muzokara yoki

klassik sud jarayonidan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu “ko‘p eshiklar” modeli sud

tizimining samaradorligini oshirish uchun yaratilgan bo‘lib, tomonlarga eng mos va qulay yo‘lni

tanlash orqali nizolarni tezroq va samaraliroq hal qilishni ko‘zda tutadi

3

.

Agar bu jarayonlar samara bermasa, oxirgi chora sifatida klassik sud orqali nizoni hal

qilishga o‘tiladi. Bu model Qo‘shma Shtatlar huquq tizimida muhim o‘rin egallagan bo‘lib,

ko‘plab shtatlarda nizolarni hal qilishda qo‘llaniladi va odamlarga sudgacha bo‘lgan vositalardan

foydalanish imkonini beradi.

Shubhasiz, nizolarni hal etishda mediatsiya AQShda yuqori samaradorlikka erishgan.

Statistikaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda nizolarning 95 foizi suddan tashqari hal etiladi, bu

ko‘rsatkich boshqa davlatlarda esa biroz pastroq. Masalan, Angliyada bu ko‘rsatkich 87 foizni,

Sloveniyada 35 foizni, Xitoyda esa 30 foizni tashkil etadi

4

. Biroq, Rossiyada suddan tashqari

nizolarni hal qilish tajribasi ancha past bo‘lib, u 10 foizdan oshmaydi.

Mediatsiya orqali hal etilgan nizolarning aksariyati, ya’ni 80 foizdan ortig‘i, taraflar

o‘rtasida tuzilgan kelishuv bilan yakunlanadi. Ushbu kelishuv ko‘pincha rasmiy sud hujjatlariga

tenglashtiriladi va ijro etilish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Shu tariqa, mediatsiya jarayoni ko‘plab mamlakatlarda nafaqat nizolarni tezroq hal qilishga

2

https://www.mediate.com/

3

Медиация базовый курс. Основы применения медиации. Ташкент. 2019. –С. 6.

4

Мурзанова Е.А. Медиация - способы и задачи урегулирования споров: опыт зарубежных стран //Вестник

Волжского университета им. В.Н. Татищева.2016. №4. С. 65.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


384

yordam beradi, balki sud tizimining yukini ham kamaytiradi, bu esa taraflar uchun vaqt va

mablag‘ni tejaydi

5

.

Buyuk Britaniyada mediatsiya sohasida yagona, butun qirollik bo‘yicha amal qiluvchi

qonun mavjud emas. Shuningdek, mediatsiyaning aniqlangan huquqiy ta'rifi ham yo‘q.

Mediatorlar va huquqshunoslar turli milliy qonun hujjatlariga va ba’zan Yevropa Ittifoqi

qonunlariga tayanadilar. Ayniqsa, oilaviy, fuqarolik, xo‘jalik nizolari va voyaga yetmaganlar

ishtirokidagi ayrim jinoiy ishlarda mediatsiya keng qo‘llaniladi.

Mediatsiyani amalga oshirish jarayoni tomonlarning o‘z tashabbuslari asosida umumiy

onlayn reestr yoki ixtisoslashgan telefon xizmatlari orqali mos mediatorni tanlash imkoniyati bilan

muvofiqlashtirilgan. Bu tizim orqali konsultant nizoning mohiyatiga qarab eng maqbul mediatorni

tavsiya qilishi mumkin.

2011-yilda Adliya vazirligi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mediatsiya

uchrashuvlarining ko‘p qismi telefon, kompyuter yoki onlayn konferensiya platformalari orqali

o‘tkazilishini ko‘rsatdi, bu esa uzoq masofalardagi tomonlar uchun ham qulay va samarali echim

bo‘lmoqda

6

.

Germaniyada 2012-yilda qabul qilingan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi federal qonun

mediatsiya amaliyotini rasmiylashtirdi va huquqiy asos yaratdi. Ushbu qonun Germaniyaning

ba’zi hududlari tomonidan qabul qilingan mahalliy huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda ishlaydi,

shu sababli ba’zi mintaqalarda mediatsiya jarayoni mahalliy qoidalarga muvofiq tartibga solinadi.

Mediatsiya fuqarolik va oilaviy huquq bilan bir qatorda, ma’muriy sudlarda ham keng

qo‘llanilmoqda.

Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, mediatsiya “ixtiyoriy ravishda va tomonlarning

mas’uliyati asosida vositachilar yordamida tinch yo‘l bilan nizoni hal qilishga qaratilgan maxfiy

tartib” sifatida belgilanadi. Sud tizimi mediatsiyaning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, lekin

mediatsiya jarayoniga faqat tomonlarning roziligi asosida murojaat qilinadi — ya’ni, sudya nizoni

bevosita mediatsiya orqali hal qilishni buyura olmaydi, faqat tavsiya qilishi mumkin.

Germaniyada adliya tizimida mediatsiya amaliyotlari keng qo‘llaniladi, ba’zi ish turlari

uchun majburiy yarashtirish tartiblari mavjud. Bu jarayonlar ba’zi holatlarda majburiy, ba’zi

holatlarda esa ixtiyoriy hisoblanadi va har bir holat uchun tegishli qoidalar belgilangan.

Germaniyada yarashtirish xizmatlarini yaratish va ularning faoliyatini nazorat qilish,

5

Перспективы развития медиации в Республике Башкортостан: обзор круглого стола // Евразийская

адвокатура. 2 (3). 2013.

6

https://www.gov.uk/guidance/a-guide-to-civil-mediation


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


385

shuningdek, nizolarni bartaraf etish jarayonida mediatsiya amaliyotini yanada aniqroq tartibga

solish alohida qonun hujjatlari bilan belgilanadi

7

.

Mediatsiya va yarashuv tartib-qoidalari Yevropaning ko‘plab davlatlarida keng tarqalgan,

jumladan, Belgiyada, Niderlandiyada, Fransiyada, Daniyada, Shvetsiyada, Norvegiyada,

Polshada, Avstriyada va Italiyada. Ko‘plab Yevropa davlatlari mediatsiya institutini nizolarni hal

qilishning samarali usuli sifatida tan oldilar. Bu usul davlat sudlari faoliyatini yengillashtirish,

nizolarni chuqurroq o‘rganish, har bir tomonning talablarini qondirish va resurslarni tejash

imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Italiyada mediatsiya amaliyoti 2010 yildan boshlab jiddiy rivojlandi. O‘shanda Italiyaning

hukumat qonunlari fuqarolik ishlari bo‘yicha keng qamrovli mediatsiya jarayonlarini majburiy

qilishga qaror qildi. Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk, vasiyatnomalar, meros, bank shartnomalari va

tibbiy huquqbuzarliklar kabi fuqarolik ishlari uchun mediatsiya majburiy bo‘ldi. Fuqarolar sudga

murojaat qilishdan oldin mediatsiya orqali muammoni hal qilishga harakat qilishlari kerak edi.

Agar tomonlar mediatsiyadan o‘tmasdan sudga murojaat qilsalar, sud ishni to‘xtatib,

mediatsiya o‘tkazish muddatini belgilashi lozim

8

.

Yevropada mediatsiya amaliyoti nafaqat fuqarolik ishlarida, balki oilaviy, xususiy, va

tijorat nizolarini hal qilishda ham samarali qo‘llanilmoqda. Har bir davlat o‘zining mediatsiya

jarayonlarini normativ-huquqiy asosda tartibga solish orqali, nizolarni tez va samarali hal qilishga

intilmoqda.

Avstriya qonunchiligiga ko‘ra, sud tomonidan o‘tkazilgan mediatatsiya natijasida

erishilgan kelishuvlar sud tomonidan tan olinishi mumkin, ammo sudga yetib bormagan

mediatatsiya kelishuvlari sud himoyasiga ega bo‘lmaydi

9

.

Yevropadagi mediatatsiya amaliyoti bo‘yicha 2008-yil 21-mayda Yevropa Parlamenti va

Kengashining 2008/52/EC raqamli “Fuqarolik va tijorat ishlaridagi mediatatsiya” direktivasi qabul

qilindi, va 2011-yil 21-mayga qadar a'zo davlatlar o‘z qonunchiligida tegishli normativlarni joriy

qilishni majburiyat sifatida qabul qilishdi. Ushbu direktiva Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning

milliy qonunchiligida mediatatsiya mexanizmlarini amalga oshirish va ularning asosiy

tamoyillarini belgilaydi.

Shuningdek, bu direktiva xalqaro nizolarni hal qilishda mediatatsiyani qo‘llashni ham

7

Wambier T. Mediation (types-qualification-skills) // International Congress of Procedural Law. Athen 11 - 14

September 2013. Commercial Litigations: Special Cases and Proceedings. Athens-Thessaloniki. P.24 - 25

8

Сильвести Э. Медиация по предписанию суда: итальянский опыт // Вестник гражданского процесса. 2015.

№ 3. С. 161

9

Бесемер Х. Медиация: Посредничество в конфликтах / Перевод с нем. Н. В. Маловой. Калуга: Духовное

познание, 2004. С.17.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


386

nazarda tutadi, bu esa mediatatsiyaning Yevropadan tashqarida ham amaliyotda qo‘llanilishi

mumkinligini ko‘rsatadi

10

.

Bunday umumiy tamoyillar va qoidalar mavjud bo‘lishiga qaramay, turli mamlakatlarda

mediatatsiya usullarining qo‘llanilishi tartibi va amaliyoti farq qiladi, lekin umumiy maqsad

nizolarni an'anaviy sud jarayonlaridan tashqarida samarali hal qilishga qaratilgan.

Xitoyda taraflar sudga murojaat qilishdan qochishga harakat qiladi, chunki birinchidan,

Xitoy sudlari nizoning ma'muriy-davlat tomonini qo'llab-quvvatlash tarafdori deb hisoblanadi.

Ikkinchidan, ko'pchilik sudyalar Madaniy inqilobdan keyin huquqshunoslardan emas, balki

iste'fodagi harbiy va davlat xizmatchilaridan tayinlangan, shu sabali ular nizoga huquqiy jihatdan

yechim topishda qiynaladilar. Uchinchidan, Xitoyning mustaqil sudi kontseptsiyasi bugungi

kungacha Xitoy aholisi tomonidan katta shubha ostida qolmoqda, shuning uchun davlat sudlari

davlat organlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirishni ta'minlaydigan organlar sifatida

qaraladi. Xitoy sud tizimining ushbu xususiyatlarini hisobga olgan holda, xitoyliklar nizoni hal

qilish uchun tarixan norasmiy usullardan foydalanganlar, chunki rasmiy usullarga murojaat qilish

aybni tan olishni anglatadi va keyin har qanday holatda davlat organi foydasiga qaror qabul

qilishga olib keladi. Yuqoridagi omillar bilan bog'liq holda, Xitoy dunyoda mediatsiyaning

Konstitutsiyada mustahkamlangan yagona davlatga aylandi

11

. Konstitutsiyaviy konsolidatsiya

tufayli, shuningdek, Xitoyning Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq, mamlakat aholisining

mediatsiya tartibini amalga oshirishi uchun qulaylik yaratish uchun ommaviy tashkilotlar yaratildi.

Konstitutsiyaga mediatsiya institutining kiritilishi ushbu tartibni davlat ijro hokimiyati tizimiga

kiritilishiga, bu tartibning davlatga to'liq bo'ysunishiga va alohida davlat instituti sifatida

shakllanilishiga olib kelgan

12

.

Xitoyda mediatsiya atamasi nizolarni hal etishning muqobil usullarining bir necha turlariga

nisbatan qo'llaniladi: sudda yarashtirish (sud mediatsiyasi); ommaviy vositachilik (mediatsiya);

hakamlik muhokomasi doirasida olib boriladigan mediatsiya; professional tashkilotlar tomonidan

o'tkaziladigan vositachilik (tijorat vositachiligi).

Sudda yashuv taraflar o'rtasidagi nizoni hal qilishda sudya (sudyalar hay'ati), manfaatdor

shaxslar, tashkilot vakili ishtirok etishini nazarda tutadi. Xalq mediatsiyasi “Xalq mediatsiyasi

to'g'risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunning 2-moddasida xalq

10

Директива № 2008/52/ЕС Европейского парламента и Совета Европейского Союза "О некоторых аспектах

посредничества (медиации) в гражданских и коммерческих делах" [рус., англ.] (Принята в г. Страсбурге
21.05.2008) // официальный сайт законодательства Европейского Союза. URL: http://eur-lex.europa.eu

11

Законодательство Китая / Конституция КНР 1982 г. (с изм. 1988, 1993, 1999, 2004 гг.). URL:

http://chinalawinfo.ru/constitutional_law/constitution

12

Марков С.М. Медиация в России и Китае: сходства и различия в трактовке альтернативной процедуры

разрешения споров (медиации). П-32. С.М. Марков, А.О. Шарапова // American scientific Literature


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


387

kelishuvchilarining vazifasi nizo tomonlarini kelishuv bitimini tuzishga ishontirishdir deb

belgilangan

13

.

Yaponiyada mediator tomonlarga maslahat berishi va nizodan chiqish yo'llarini taklif

qilishi mumkin. Yaponiyada maxsus "Fuqarolarning yashuvi to'g'risida"gi qonun mavjud bo'lib, u

mediatsiya tartib-taomilini o'tkazish tartibini tartibga soladi, shuningdek, mediatorlarning kasbiy

fazilatlariga qo'yiladigan talablarni belgilaydi. Yaponiyada mediatsiya xizmatlari turli institutlar

tomonidan taqdim etiladi: sudlar, jamoat birlashmalari va ma'muriy idoralardir

14

.

XULOSA

Xalqaro tajribaning tahlili shuni ko'rsatadiki, mediatsiya instituti nizolarni hal qilishning

eng samarali usullaridan biri sifatida dunyo miqyosida keng tarqalgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra,

mediatsiya institutining huquqiy tartibga solinishida rivojlangan mamlakatlarda mediatsiya

institutining huquqiy asoslari mustahkam bo'lib, maxsus qonunlar orqali tartibga solingani;

mediatorlarning professional faoliyatini litsenziyalash va sertifikatlash tizimlari joriy etilgani;

mediatsiya jarayonining konfidensiallik tamoyili va mediativ kelishuvning ijro etilishi kafolatlari

ta'minlanganligi aniqlandi.

TAKLIFLAR

Xorij tajribasini o'rganish asosida O'zbekistonda mediatsiya institutini yanada rivojlantirish

uchun quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

mediatorlar malakasiga qo'yiladigan talablarni kuchaytirish;

mediatsiya to'g'risidagi qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish;

mediatsiyaning qo'llanilish doirasini kengaytirish;

mediativ kelishuvlarning ijrosini ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish.

Maxsus takliflar:

Sud tizimiga mediatsiyani sudya tomonidan tayinlash subinstitutsiyasini joriy etish.

Qonunga tomonlar o'rtasida yuzaga kelgan nizoga nisbatan mediatsiya tartib-taomilini

kelajakda qo'llash mumkinligini aniqlashga qaratilgan dastlabki mediatsiya bosqichini joriy etish.

Bunda, sudga kelib tushgan nizo bo'yicha sudya taraflarning kelajakda mediatsiya

kelishuviga erishish mumkinligi haqida asosli xulosalar mavjud bo'lsa, ishni ko'rishga tayyorlash

bosqichida sudya mediatsiyani qo'llash imkoniyatini aniqlash yuzasidan ajrim chiqarib, ijro uchun

mediatorga yuborish bilan bog'liq qoidalar belgilash maqsadga muvofiq. Agar mediator dastlabki

13

Закон КНР «О народном посредничестве» Legislation China (Lexadin) //

http://www.lexadin.nl/wlg/legis/nofr/

oeur/lxwechi.htm.

14

Русакова Е.П. Гражданский процесс и гражданское законодательство в странах Азиатско-Тихоокеанского

региона: монография /В.В. Безбах и др.- Москва: РУДН, 2015, с.178.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


388

mediatsiya bosqichida taraflar o'rtasida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risida

kelishuv tuzilganligi ma'lum qilsa, sud fuqarolik ishini mediatsiya kelishuvi tuzilguniga qadar ish

yuritishdan to'xtatib turadi. Bunday tartibni joriy etish taraflarga nizoni tezroq hal etish, sudlarda

ish yuklamasini kamaytirish imkonini beradi.

Sudga kelib tushishi mumkin bo'lgan nizolarni Buyuk Britaniyada joriy etilgan da'volar

portali deb nomlangan sudgacha hal qilishning elektron platformasini joriy etish maqsadga

muvofiq. Bu platformada yo'l-transport hodisasi natijasida hayot, sog'liq va mulkka yetkazilgan

zararni qoplash bilan bog'liq fuqarolik nizolarining muayyan turi hal qilinadi. Portaldan

foydalanish uchun to'lov olinmaydi. Bunday portal mohiyatan onlayn mediator vazifasini bajaradi,

tomonlarga muzokaralar uchun neytral forum taklif qiladi va sudgacha bo'lgan bosqichda

vositachilik kelishuviga erishishi imkoniyatini beradi. Bunday platformani Adliya vazirligi

tizimida, Apellyatsiya Kengashlarida yoki Mediatorlar palatasini tashkil etgan holda uni tarkibida

joriy etish mumkin.

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi O'zbekistonda nizolarni hal etishning

muqobil usullarini rivojlantirishga va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Hopt, K. J., & Steffek, F. (2023). Mediation: Principles and Regulation in Comparative

Perspective.

Oxford

University

Press.

https://doi.org/10.1093/oso/9780198837069.001.0001

2.

Медиация базовый курс. Основы применения медиации. Ташкент. 2019. –С. 6.

3.

Мурзанова Е.А. Медиация - способы и задачи урегулирования споров: опыт

зарубежных стран //Вестник Волжского университета им. В.Н. Татищева.2016. №4.

С. 65.

4.

Перспективы развития медиации в Республике Башкортостан: обзор круглого стола

// Евразийская адвокатура. 2 (3). 2013.

5.

Wambier T. Mediation (types-qualification-skills) // International Congress of Procedural

Law. Athen 11 - 14 September 2013. Commercial Litigations: Special Cases and

Proceedings. Athens-Thessaloniki. P.24 – 25

6.

Сильвести Э. Медиация по предписанию суда: итальянский опыт // Вестник

гражданского процесса. 2015. № 3. С. 161

7.

Бесемер Х. Медиация: Посредничество в конфликтах / Перевод с нем. Н. В.

Маловой. Калуга: Духовное познание, 2004. С.17.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


389

8.

Директива № 2008/52/ЕС Европейского парламента и Совета Европейского Союза

"О некоторых аспектах посредничества (медиации) в гражданских и коммерческих

делах" [рус., англ.] (Принята в г. Страсбурге 21.05.2008) // официальный сайт

законодательства Европейского Союза. URL: http://eur-lex.europa.eu

9.

Законодательство Китая / Конституция КНР 1982 г. (с изм. 1988, 1993, 1999, 2004

гг.). URL: http://chinalawinfo.ru/constitutional_law/constitution

10.

Марков С.М. Медиация в России и Китае: сходства и различия в трактовке

альтернативной процедуры разрешения споров (медиации). П-32. С.М. Марков, А.О.

Шарапова // American scientific Literature

11.

Закон КНР «О народном посредничестве» Legislation China (Lexadin) //

http://www.lexadin.nl/wlg/legis/nofr/ oeur/lxwechi.htm.

12.

Русакова Е.П. Гражданский процесс и гражданское законодательство в странах

Азиатско-Тихоокеанского региона: монография /В.В. Безбах и др.- Москва: РУДН,

2015, с.178.

INTERNET SAYTLARI

13.

Google Scholar. httрs://sсhоlаr.gооgle.соm/

14.

CyberLeninka. httрs://сyberleninkа.ru/

15.

Science Direct. https://www.sciencedirect.com/

References

Hopt, K. J., & Steffek, F. (2023). Mediation: Principles and Regulation in Comparative Perspective. Oxford University Press. https://doi.org/10.1093/oso/9780198837069.001.0001

Медиация базовый курс. Основы применения медиации. Ташкент. 2019. –С. 6.

Мурзанова Е.А. Медиация - способы и задачи урегулирования споров: опыт зарубежных стран //Вестник Волжского университета им. В.Н. Татищева.2016. №4. С. 65.

Перспективы развития медиации в Республике Башкортостан: обзор круглого стола // Евразийская адвокатура. 2 (3). 2013.

Wambier T. Mediation (types-qualification-skills) // International Congress of Procedural Law. Athen 11 - 14 September 2013. Commercial Litigations: Special Cases and Proceedings. Athens-Thessaloniki. P.24 – 25

Сильвести Э. Медиация по предписанию суда: итальянский опыт // Вестник гражданского процесса. 2015. № 3. С. 161

Бесемер Х. Медиация: Посредничество в конфликтах / Перевод с нем. Н. В. Маловой. Калуга: Духовное познание, 2004. С.17.

Директива № 2008/52/ЕС Европейского парламента и Совета Европейского Союза "О некоторых аспектах посредничества (медиации) в гражданских и коммерческих делах" [рус., англ.] (Принята в г. Страсбурге 21.05.2008) // официальный сайт законодательства Европейского Союза. URL: http://eur-lex.europa.eu

Законодательство Китая / Конституция КНР 1982 г. (с изм. 1988, 1993, 1999, 2004 гг.). URL: http://chinalawinfo.ru/constitutional_law/constitution

Марков С.М. Медиация в России и Китае: сходства и различия в трактовке альтернативной процедуры разрешения споров (медиации). П-32. С.М. Марков, А.О. Шарапова // American scientific Literature

Закон КНР «О народном посредничестве» Legislation China (Lexadin) // http://www.lexadin.nl/wlg/legis/nofr/ oeur/lxwechi.htm.

Русакова Е.П. Гражданский процесс и гражданское законодательство в странах Азиатско-Тихоокеанского региона: монография /В.В. Безбах и др.- Москва: РУДН, 2015, с.178.

INTERNET SAYTLARI

Google Scholar. httрs://sсhоlаr.gооgle.соm/

CyberLeninka. httрs://сyberleninkа.ru/