ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
224
DAVLAT SEKTORI TARKIBIDAGI MUASSASALARNING RIVOJLANTIRISH
JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI HISOBI VA NAZORATINI YURITISH
Eshonkulov Sharofiddin Faxriddinovich
Bank-Moliya akademiyasi tinglovchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14175566
Annotatsiya.
Maqolada budjetdan tashqari mablag‘larni turkumlanishi, boshlang‘ich va
yig‘ma hujjatlarni shakllantirish, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini
tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar, ko‘rsatkichlar, jarayonlar, munosabatlar, hodisalar, o‘ziga xos
bo‘lgan tomonlar o‘rganilishi natijasida buxgalteriya hisobi va budjet hisobi bilan bog‘liq
umumiy jihatlar mavjudligi kuzatildi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari
hisobining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, predmeti, obyektlari, subyektlari, usullari nazariy
jihatdan asoslash hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari harakati
to‘g‘risidagi hisobotlarning tarkibi, ularni tuzish va taqdim etish tartibini o‘rganish bo‘yicha ilmiy
xulosalar shakllantirilgan va ilmiy takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
budjetddan tashqar mablag‘lar, jamg‘armalar, budjet hisobi, dastlabki
hisob, yig‘ma hisob, schotlar rejasi, moliyaviy hisobot.
ACCOUNT AND CONTROL OF DEVELOPMENT FUND OF PUBLIC SECTOR
INSTITUTIONS
Abstract.
In the article, the aspects, indicators, processes, relations, events, specific As a
result of studying the parties, it was observed that there are common aspects related to accounting
and budget accounting. Theoretical justification of the purpose, tasks, functions, subject, objects,
subjects, methods of accounting of extra-budgetary funds of budget organizations and study of the
composition of reports on the movement of extra-budgetary funds of budget organizations, the
procedure for their preparation and presentation scientific conclusions were formed and scientific
proposals were given.
Key words:
off-budget funds, savings, budget account, initial account, cumulative account,
chart of accounts, financial statement.
УЧЕТ И КОНТРОЛЬ ФОНДА РАЗВИТИЯ УЧРЕЖДЕНИЙ
ГОСУДАРСТВЕННОЙ СФЕРЫ
Аннотация.
В статье рассмотрены аспекты, показатели, процессы, связи,
события, особенности. В результате изучения сторон было замечено, что существуют
общие аспекты, связанные с бухгалтерским и бюджетным учетом. Теоретическое
обоснование цели, задач, функций, предмета, объектов, субъектов, методов учета
внебюджетных средств бюджетных организаций и исследование состава отчетов о
движении внебюджетных средств бюджетных организаций, порядка их составления.
подготовка и презентация были сформированы научные выводы и даны научные
предложения.
Ключевые слова:
внебюджетные фонды, сбережения, бюджетный счет,
первоначальный счет, накопительный счет, план счетов, финансовый отчет.
Kirish.
Ma’lumki, Davlat budjeti budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarni
moliyaviy jihatdan ta’minlash hamda davlat xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida tuziladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
225
Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotiga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda budjet
xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 40 foiziga teng bo‘lgan, davlat sektoridagi tashkilotlar
bandlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan eng katta ish beruvchi hisoblanishi ta’kidlangan. Dunyo
amaliyotida davlat sektoridagi tashkilotlarni moliyalashtirish davlat budjeti va budjetdan tashqari
mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari
mablag‘larning maqsadli va manzilli sarflanishi bevosita ularning hisobini samarali tashkil etish
hamda moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlarining shaffofligi bilan bog‘liq. Shu sababdan ham,
jahonning aksariyat mamlakatlarida budjet ijrosi hisobi va hisobotini davlat sektorida buxgalteriya
hisobining xalqaro standartlari talablari asosida rivojlantirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyo mamlakatlari davlat sektorida budjet ijrosi
hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish, shuningdek nazoratini uslubiyotini xalqaro standartlarga
moslashtirishga qaratilgan qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqotlarda budjet
tizimi va uni boshqarish, budjet ijrosi hisobini tashkil etishning usullari va yo‘nalishlari, davlat
budjeti ijrosi to‘g‘risidagi axborotlarning ochiqligini ta’minlash va hisobdorlikni oshirish, budjet
hisobotining axborot ta’minotini takomillashtirish kabi masalalar o‘z yechimini topgan.
Shuningdek, davlat sektoridagi tashkilotlarda mablag‘lardan samarali foydalanishni
ta’minlashda hisob axborot tizimining rolini kuchaytirish, ma’lumotlarning oshkoraligini
ta’minlash, jamlanma axborotlarni shakllantirish masalalari alohida yo‘nalish sifatida tadqiq
etilgan. Shu o‘rinda alohida qayd etish zarurki, olib borilgan tadqiqotlarda budjet ijrosi hisobini
yuritish va hisobotlarni tuzish masalalari buxgalteriya hisobining kassa va hisoblash metodlariga
asoslanishi, ularning budjet ijrosi axborotlarini shakllantirishdagi rolini oshirish yo‘nalishlari
ishlab chiqilgan. Ammo budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi metodologiyasini davlat
sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablari darajasida tashkil etish hamda
budjet hisobotlarining axborot imkoniyatlarini oshirish bilan bog‘liq masalalar hanuz o‘zining
ijobiy yechimini topmagan.
Respublikamizda budjet tizimini isloh etishda “budjet hisobi tartibini Davlat sektorida
xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IPSAS) uyg‘unlashtirish” (PQ-3917, 2018), xalqaro
standartlar talabalaridan kelib chiqib budjet ijrosiga oid axborotlarning ochiqligini ta’minlash,
budjet tizimida mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha hisobdorlikni kuchaytirish, budjet ijrosi
jarayonida zamonaviy axborot tizimlarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirishni talab etmoqda. Shu
bilan birga, budjet tizimi budjetlari ijrosi hisobini tizimli tarzda kassa usulidan hisoblash usuliga
o‘tkazish orqali budjet hisobotlari axborotlarining tahliliy imkoniyatlarini oshirishni taqozo
qilmoqda. O‘z navbatida, ushbu jihatlar budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi
va hisobotiga oid mavjud metodologik asoslarni chuqur tadqiq etish hamda takomillashtirishni
talab etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Budjetdan tashqari mablag‘lar tushunchasiga iqtisodchi olimlar va
mutaxassislar tomonidan turli hil fikrlar va qarashlar bildirib o‘tilgan. Jumladan prof.
A.Ostonokulov budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larini smetalarda nazarda
tutilgan maqsadlarda sarflanishini ta’minlash, qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari mavjud
bo‘lgan hollarda amalga oshiriladigan xarajatlarni rejaga nisbatan ko‘paytirishni nazarda tutish-
ning zarurligini asoslagan (A.Ostonokulov, 2021).
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
226
Iqtisodchi olim Sh.Qurbonov esa, budjet tashkilotlari, moliya bo‘limlari, g‘aznachilik
bo‘linmalari tomonidan joriy va jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzishda har bir jamg‘arma
bo‘yicha ma’lumotlarni alohida shakllantirishga hamda axborotlarning ishonchliligini
ta’minlashga olib kelgan. Shuningdek, ushbu takliflarning qabul qilinishi budjet tashkilotlarining
budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobi bo‘yicha UzASBO va DMBAT dasturiy majmualarini
integratsiya qilish imkonini bergan (Qurbonov Sh, 2022).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi tasarrufidagi oliy
ta’lim muassasalariga “Oliy ta’lim muassasalarida budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish
va ulardan foydalanish” tartibi asosida buxgalteriya hisobini tashkil qilish hamda hisob-kitoblarini
yuritish, mablag‘larning moliyaviy nazoratini samarali tashkil etish uslubiyoti takomillashtirilgan,
shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida “Universitet 3.0.” tizimini joriy etish maqsadida ular
qoshida tashkil etilgan Spin-off korxonalariga “Innovatsion jamg‘arma” tomonidan qaytarilish
sharti bilan ajratilgan mablag‘lar “bir moliya yilidan ortiq” yoki “bir moliya yili davomida”
shakllarida ssuda tarzida aks ettiriladigan uzoq muddatli ssuda qismiga (bir moliya yilidan ortiq):
“211120 Budjet tashkilotining shuba korxonalarga qo‘yilgan uzoq muddatli moliyaviy
qo‘yilmalari”, qisqa muddatli ssuda qismiga (bir moliya yili davomida): “121120 Budjet
tashkilotining shuba korxonalarga qo‘yilgan qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalari” analitik
schotlarida yuritish uslubiyoti tavsiya etilgan (Xojayev A, 2023).
Jahonda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va hisobotining
nazariy hamda metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar
natijasida qator ilmiy natijalar olingan, jumladan buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari
asosida budjet hisobi va hisobotining kassa hamda hisoblash metodlari takomillashtirilgan
(International Public Sector Accounting Standards Board, 2023);
● budjet tizimida budjetdan tashqari jamg‘armalar to‘g‘risidagi axborotlarning ochiqligini
ta’minlash bo‘yicha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun uslubiy tavsiyalar
shakllantirilgan (International Monetary Fund, 2022);
● budjet tizimini boshqarishda kuchli ichki nazorat muhitini yaratish, hisobdorlik va
axborotlarning ochiqligini ta’minlashda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini joriy
qilishning bir va ko‘p bosqichli yo‘nalishlari ishlab chiqilgan (International Federation of
Accountants IFAC);
● davlat budjeti ijrosi va uning buxgalteriya hisobini isloh qilishning Anglo-Amerika,
Yevropa va Xitoy modellari ishlab chiqilgan (Organisation for Economic Cooperation and
Development, 2023);
● global inqiroz sharoitida budjet tashkilotlari mablag‘larining sarflanishida hisob
axborotlarining ishonchliligi davlatlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi
isbotlangan (Pricewaterhouse Coopers, 2021);
● budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga olishning
modifikatsiyalashgan usullari ishlab chiqilgan (London universiteti, 2020);
● budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobini tashkil etish va nazoratini
amalga oshirishning tashkiliy-uslubiy asoslari nazariy jihatdan takomillashtirilgan (Janubiy
Rossiya davlat iqtisodiyot va servis universiteti, 2021);
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
227
● budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yuritishda daromad va
xarajatlarning muvofiqligi tamoyiliga amal qilishning zarurligi isbotlangan (Rossiya Federatsiyasi
hukumati huzuridagi moliya universiteti, 2021).
Tadqiqot uslubiyoti.
Tadqiqotda tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli
yondashuv, abstrakt-mantiqiy fikrlash, monografik kuzatuv, statistika, iqtisodiy tahlil hamda
iqtisodiy-matematik usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi farovonligini ta’minlashda nafaqat,
xususiy sektor, balki, budjet tizimi ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Budjet tizimi
davlatning jamiyat oldidagi vazifalarini bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiyotni
rag‘batlantirish, tartibga solish va nazorat qilish, mudofaa, aholi bandligini ta’minlash kabi qator
notijorat faoliyatlarni moliyalashtirishni amalga oshirish maqsadlarida xizmat qiladi.
Budjet tashkilotlarini uzluksiz va manzilli moliyalashtirish yo‘nalishlarini tadqiq etishda,
avvalo, mamlakatning budjet tizimi tuzilishiga e’tibor qaratish zarur. Mamlakatimizda Davlat
budjeti, Davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
jamg‘armalari budjet tizimini tashkil etadi.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari tarkibiga budjet tashkilotining
rivojlantirish jamg‘armasi, tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish
jamg‘armasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari,
budjet tashkilotlarining undiriladigan to‘lovlar hisobiga shakllantiriladigan budjetdan tashqari
mablag‘lari kiradi.
Budjet tashkilotlarining faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni moliyalashtirish
manbalarini o‘rganadigan bo‘lsak, fikrimizcha, avvalo, Davlat budjeti xarajatlari tarkibida katta
ulushga ega bo‘lgan ijtimoiy soha, ya’ni ta’lim va tibbiyot tashkilotlarida budjetdan tashqari
mablag‘larni shakllantirishga ko‘proq e’tibor qaratish zarur. Chunki, ushbu soha tashkilotlarida
budjetdan tashqari mabag‘lar ulushini ko‘paytirish orqali budjet yukini bir oz bo‘lsada,
kamaytirish va ularda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib moddiy manfaatdorlikni ta’min-
lash natijasida faoliyatning rivojlanishiga erishiladi.
Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan budjet tashkilotlarini faoliyat
xususiyatlari va yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda o‘rganadigan bo‘lsak, davlat ta’lim va
tibbiyot tashkilotlari budjet tashkilotlari tarkibida eng katta ulushga ega hisoblanadi.
Davlat ta’lim va tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish Davlat budjeti xarajatlarining eng muhim
yo‘nalishlaridan sanalib, 2021-yil 1-yanvar holatiga ular mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan
tashkilotlarning 66,8 foizini tashkil qilib, ushbu sohalarga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar davlat
budjetining 52,1 foiziga to‘g‘ri kelmoqda. 2016-2020-yillar davomida respublika miqyosida
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari moliyalashtirish manbalari hajmi o‘sish tendensiyasiga
ega bo‘lgan.
Huddi shu davrda vazirliklar va qo‘mitalar tizimidagi tashkilotlarning moliyalashtirish
manbalari tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, budjetdan tashqari mablag‘larning ulushi so‘nggi besh
yil davomida o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha bir moliya yili uchun
tuziladigan daromadlar va xarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
228
Budjet tashkilotlarida quyidagi budjetdan tashqari mablag‘larning turlari mavjud hamda
ular bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi.
1-rasm. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari va ular bo‘yicha
tuziladigan smetalar
Bunda, har bir tuziladigan smeta ikki qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni daromad (tushum)lar
va xarajatlar rejasi. Daromad(tushum)lar rejasida moliya yili davomida kutilayotgan
daromad(tushum)larning turlari bo‘yicha prognoz keltiriladi. Xarajatlar qismida esa, budjet
tashkilotlarining moliya yili boshidagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi budjetdan tashqari
mablag‘ qoldig‘i va moliya yili davomida kelib tushishi kutilayotgan mablag‘lar hajmidan kelib
chiqqan holda rejalashtiriladi.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari yuzasidan smetalar ijrosi har bir
mablag‘larning turlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlarning reja ko‘rsatkichlariga nisbatan
bajarilishiga e’tibor qaratiladi. Bunda, g‘aznachilikda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
mablag‘lari bo‘yicha smetalari kassa metodi bo‘yicha, ya’ni tashkilotlarning shaxsiy g‘azna
hisobvaraqlariga pul mablag‘larining tushumi daromad va hisobaraqlardan pul mablag‘larining
o‘tkazilishi xarajat sifatida hisobga olinadi.
Budjet tashkilotlarining o‘zida esa, smetalarning ijrosi hisob va kassa usuliga asosan
amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha dastlab
daromadlar va ular bilan bog‘liq debitorlik majburiyatlar qayd etiladi. So‘ngra, debitorlik
majburiyatlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kelib tushishi natijasida budjetdan tashqari
mablag‘lar bo‘yicha pul mablag‘larining ko‘payishi hisobga olinadi.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar rejasining
bajarilishi daromadlarga o‘xshash tarzda g‘aznachilikda kassa metodi asosida qayd etiladi. Ya’ni,
tashkilotlarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larning sarflanishi xarajat sifatida
hisobga olinadi. Budjet tashkilotlarida esa, hisoblash metodiga asosan budjetdan tashqari
mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar dastlab tan olinib hisobga olinadi. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan
mablag‘larning sarflanishi debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar natijasi sifatida qayd etiladi
va kassa xarajat sifatida e’tirof etiladi. Bunda, g‘aznachilikda ham, budjet tashkilotlarida ham
smetalarning ijrosi rejaga muvofiq amalga oshirilishi talab etiladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
229
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi moliyaviy
hisobotlarning shakllari, ularni tuzish va taqdim etish tartibi hamda muddatlari ham moliya organi
tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotini davlat budjetidan moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar xarajatlar
smetalari ijrosi kassa metodi asosida amalga oshiriladi. Budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar
tuzilgan xarajatlar smetasi doirasida bosqichma-bosqich budjet tashkilotining topshirig‘iga asosan
g‘aznachilikda ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali moliyalashtirib boriladi. Kassa
xarajatlari, deb e’tirof etilishiga sabab, mamlakatimizda davlat budjeti ijrosi kassa usuliga
asoslanganligidadir. Demak, budjet tashkilotlarini davlat budjetidan moliyalashtirish yoki
g‘aznachilik tomonidan tashkilot majburiyatlarining to‘lanishi budjet tashkilotlarida kassa
xarajatlari sifatida hisobga olinadi.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar
budjet mablag‘laridan farqli o‘laroq, daromadlar va xarajatlarning rejalari ijrosi bilan uzviy
aloqadorlikda yoki shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardagi o‘zgarishlar bilan emas, balki, daromad va
xarajatlarning vujudga kelishi va ularni tan olish orqali hisobi yuritilishi zarur. Bir so‘z bilan
aytganda, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromad va xarajatlar budjet tashkilotlarida
hisoblash usuliga asosan hisobga olinishi kerak. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
mablag‘lari bo‘yicha daromad (tushum)larini ikkita katta guruhga ajratish mumkin: budjet
tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari va undiriladigan mablag‘lar hisobidan
shakllantiriladigan daromad (tushum)lar (4-rasm).
2-rasm. Budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha daromadlari tarkibi
Budjetdan tashqari daromadlari va ular bilan bog‘liq mablag‘larning harakati “Budjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma asosida quyidagi “turlarga ajratgan
holda hisobga olinishi belgilangan:
● to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lari;
● o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlari;
● budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, tibbiyot
tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
● boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari”.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
230
Quyida budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar hisobini ko‘rib o‘tamiz. Oliy
ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida talabalar va o‘quvchilarning to‘lov-
kontrakt asosida “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-
kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (2013-yil
26-fevral, 2431-son) ko‘ra tahsil olish uchun hisob-kitoblarning amalga oshirilishi natijasida
daromadlar vujudga keladi.
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha daromadlar tuzilgan
shartnoma asosida to‘lovlarning bir o‘quv yilida 4 marotaba amalga oshirilishiga bog‘liq
bo‘lmagan holda har oyda amalga oshiriladigan xarajatlarga mos tarzda hisobga olinishi zarur.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli
bo‘yicha to‘lovlar bir o‘quv yili davomida to‘rtga bo‘lib, to‘lashga ruxsat berilishi tahsil
oluvchilarga yengillik yaratishga xizmat qiladi. Ammo, o‘quv yili davomida ta’lim berish bilan
bog‘liq xarajatlar uzluksiz oyma-oy amalga oshirib boriladi. O‘z-o‘zidan, xarajatlarning oyma-oy
amalga oshirilishi ular bilan bog‘liq daromadlarni ham shunga mos tarzda hisobga olishni talab
etadi. Shu sababdan ham, o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha daromadlarni pul
mablag‘larining kelib tushishidan qataeyi nazar, ta’lim xizmati ko‘rsatilishi bilan tan olish va
hisobga olishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Budjet tashkilotlarida hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi
bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar, budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga
berishdan olingan mablag‘larning bir qismi, belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida
qoldirilgan mablag‘lar, homiylikdan olingan mablag‘lar yuzasidan daromadlar vujudga keladi.
Ushbu daromadlar budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari sanaladi.
Hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan
mablag‘larning rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi ushbu turdagi mablag‘larning
ko‘payishiga olib keladi va budjet mablag‘lari bo‘yicha kassa xarajatlarni vujudga keltiradi.
Mazkur holat shakl jihatdan rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadni hosil
qilmaydi va quyidagicha buxgalteriya aks ettiriladi:
■ Dt 112-“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” (Pul mablag‘lari);
■ Kt 232-“Budjetdan moliyalashtirish” (Budjet mablag‘lari bo‘yicha kassa xarajat).
Mazkur holatda buxgalteriya o‘tkazmalari natijasida tashkilotning rivojlantirish
jamg‘armasi daromadlari hosil bo‘lmasada, kelgusida o‘tkazilgan pul mablag‘lari doirasida
xarajatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq manba hosil bo‘lmoqda. Ushbu manbani iqtisodiy
jihatdan izohlansa, uning xususiyati daromadni ifodalaydi.
Xulosalar.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va hisoboti
tadqiq etish bo‘yicha quyidagi xulosalar shakllantirildi:
birinchi,
Budjet tizimida soliq yukini kamaytirish, budjet xarajatlarini optimallashtirishni
amalga oshirishda Davlat budjetidan moliyalashtiriluvchi budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari
mablag‘larni shakllantirish muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi. Shu bilan birga, budjet
tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘lar turlari va ularning ulushini ko‘paytirish budjet
tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini ta’minlash lozim;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
231
ikkinchi,
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini tashkil etish va
yuritish bilan bog‘liq jihatlar, ko‘rsatkichlar, jarayonlar, munosabatlar, hodisalar, o‘ziga xos
bo‘lgan tomonlar o‘rganilishi natijasida buxgalteriya hisobi va budjet hisobi bilan bog‘liq umumiy
jihatlar mavjudligi kuzatildi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobining
maqsadi, vazifalari, funksiyalari, predmeti, obyektlari, subyektlari, usullari nazariy jihatdan
asoslandi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi
hisobotlarning tarkibi, ularni tuzish va taqdim etish tartibini o‘rganish natijasida hisobotlardagi
axborotlarning foydalanuvchilar uchun muhimligi va ularni tahlil qilish imkoniyatlari nazariy
jihatdan tadqiq etildi;
uchinchidan,
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi amaliyotida
daromadlar ularning turlari bo‘yicha tarkiblanadi va hisobi yuritiladi. Budjet tashkilotlarining
faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib, ularda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar
yoki tushumlar shakllantiriladi. Daromadlarning shakllanishi va hisobini yuritish ularning tan
olinishi hamda vujudga kelishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘zida ifodalaydi. Tushumlar esa,
bevosita mablag‘larning harakati bilan bog‘liq holatda tan olinadi va hisobga aks ettiriladi;
to‘rtinchidan,
Budjet tashkilotlarining moliya yili davomida foydalanilmay qolgan
budjetdan tashqari mablag‘larini kelgusi yil uchun smetalarni tuzishda qayta taqsimlamasdan
keyingi moliya yilida oldin belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun o‘tkazish tartibini
belgilash maqsadga muvofiq. Bu o‘z navbatida, budjetdan tashqari mablag‘larni moliya yili
davomida daromad va xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishlarini
ta’minlaydi.
REFERENCES
1.
(IMF, 2020). International Monetary Fund (IMF). 2020. Fiscal Monitor: Policies to Support
People
During
the
COVID-19
Pandemic.
Washington,
April.
https://www.imf.org/en/Publications/FM/Issues/2020/04/06/fiscal-monitor-april-2020
2.
(PQ-3917, 2018). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi “Budjet
ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-son Qarori.
3.
(Ostonokulov, 2021). Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va
hisoboti uslubiyotini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya
avtoreferati. –T.: 2021. – 64 b.;
4.
(Bakaybayeva, 2020). O‘zbekiston Respublikasida budjet hisobi va moliyaviy nazoratni
takomillashtirish yo‘llari. i. f. d. dis. avt. –T.: 2020.
5.
(Ibragimov, 2018). Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni
takomillashtirish (Oliy ta’lim muassasalari misolida). iqt. fan. fal. dok. dis. avtoreferati. –T.:
2018. – 54 b.;
6.
(Mehmonov, 2016). Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi: nazariya va amaliyot.
Monografiya. – T.: “Iqtisod moliya”., 2016.;
7.
(Ostanaqulov, 2010). Davlat sektori va buxgalteriya hisobi. -T.: “Iqtisod-moliya”, 2010.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
232
8.
(G‘aniyev, 2008). Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazoratni
takomillashtirish (ta’lim tizimi misolida). iqt. fan. nom. dis. avtoreferati. –T.: O‘z R BMA.,
2008. 28 b.
9.
(Tuychiyev,
2019
). Budjet tashkilotlarida budjet xisobi. Darslik. “Iktisod-moliya”
2019. 429
b.
10.
(Hamdamov, 2016).Budjet nazorati. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisod moliya”., 2016. 324 b.
11.
(MV, 2018). “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy
hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” (2018-yil 26-dekabr,
2971-son)
12.
(VM, 2009). “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-aprel, 102-son qaroriga ilova)
13.
(PF-5953, 2020). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021*yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga
oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni (2020-yil 2-mart, PF-5953-son)
14.
(MV, 2010). “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi” yo‘riqnoma (2010*yil
22-dekabr, 2169-son)
15.
(DSQ, 2021). O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021*yil
18*martdagi № 01/2-01-19-287-son.
