XALQARO XUSUSIY HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA DAVLATLARNING ISHTIROKI VA IMMUNITETI MASALALARI

Abstract

Maqolada xalqaro xususiy huquq doirasida davlatlarning xususiy huquq subyekti sifatida roli va immunitetiga oid masalalar tahlil qilinadi. Davlatlarning xalqaro munosabatlardagi roli va immuniteti tushunchalari xalqaro huquqda muhim o‘rin tutadi, chunki ular davlatlarning shaxsiy huquqiy javobgarligi, himoyasi va ijtimoiy-siyosiy masalalarda ishtirok etishini ta'minlaydi. Davlatlar xalqaro huquqning subyekti sifatida nafaqat o‘z huquq va majburiyatlarini bajarishda, balki o‘zlarini boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar oldida himoya qilishda ham immunitetga ega bo‘lishadi. Maqolada davlatlarning immuniteti masalasi, jumladan, davlatlararo munosabatlarda, xalqaro sudlarda va boshqa huquqiy organlarda qo‘llaniladigan normativlar tahlil qilinadi. Shuningdek, davlatlarning xususiy huquq subyekti sifatida yuzaga keladigan masalalar, ular bilan bog‘liq xalqaro konvensiyalar va me’yorlar hamda immunitetning qo‘llanilishiga doir o‘zgarishlar muhokama qilinadi. Ushbu maqola, xalqaro xususiy huquqda davlatlarning roli va immunitetini o‘rganish orqali xalqaro huquq tizimidagi rivojlanishlarga doir yangi yondoshuvlarni taqdim etadi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nurilloyev , S. (2024). XALQARO XUSUSIY HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA DAVLATLARNING ISHTIROKI VA IMMUNITETI MASALALARI. Modern Science and Research, 3(11), 709–721. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48011
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada xalqaro xususiy huquq doirasida davlatlarning xususiy huquq subyekti sifatida roli va immunitetiga oid masalalar tahlil qilinadi. Davlatlarning xalqaro munosabatlardagi roli va immuniteti tushunchalari xalqaro huquqda muhim o‘rin tutadi, chunki ular davlatlarning shaxsiy huquqiy javobgarligi, himoyasi va ijtimoiy-siyosiy masalalarda ishtirok etishini ta'minlaydi. Davlatlar xalqaro huquqning subyekti sifatida nafaqat o‘z huquq va majburiyatlarini bajarishda, balki o‘zlarini boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar oldida himoya qilishda ham immunitetga ega bo‘lishadi. Maqolada davlatlarning immuniteti masalasi, jumladan, davlatlararo munosabatlarda, xalqaro sudlarda va boshqa huquqiy organlarda qo‘llaniladigan normativlar tahlil qilinadi. Shuningdek, davlatlarning xususiy huquq subyekti sifatida yuzaga keladigan masalalar, ular bilan bog‘liq xalqaro konvensiyalar va me’yorlar hamda immunitetning qo‘llanilishiga doir o‘zgarishlar muhokama qilinadi. Ushbu maqola, xalqaro xususiy huquqda davlatlarning roli va immunitetini o‘rganish orqali xalqaro huquq tizimidagi rivojlanishlarga doir yangi yondoshuvlarni taqdim etadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


709

XALQARO XUSUSIY HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA DAVLATLARNING

ISHTIROKI VA IMMUNITETI MASALALARI

Nurilloyev Shavkat Shuxrat o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va Inson huquqlari” yo’nalishi

Magistratura bosqichi talabasi.

Email:

shavkatlawyer@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14190217

Annotatsiya. Maqolada xalqaro xususiy huquq doirasida davlatlarning xususiy huquq

subyekti sifatida roli va immunitetiga oid masalalar tahlil qilinadi. Davlatlarning xalqaro

munosabatlardagi roli va immuniteti tushunchalari xalqaro huquqda muhim o‘rin tutadi, chunki

ular davlatlarning shaxsiy huquqiy javobgarligi, himoyasi va ijtimoiy-siyosiy masalalarda ishtirok

etishini ta'minlaydi. Davlatlar xalqaro huquqning subyekti sifatida nafaqat o‘z huquq va

majburiyatlarini bajarishda, balki o‘zlarini boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar oldida

himoya qilishda ham immunitetga ega bo‘lishadi. Maqolada davlatlarning immuniteti masalasi,

jumladan, davlatlararo munosabatlarda, xalqaro sudlarda va boshqa huquqiy organlarda

qo‘llaniladigan normativlar tahlil qilinadi. Shuningdek, davlatlarning xususiy huquq subyekti

sifatida yuzaga keladigan masalalar, ular bilan bog‘liq xalqaro konvensiyalar va me’yorlar

hamda immunitetning qo‘llanilishiga doir o‘zgarishlar muhokama qilinadi. Ushbu maqola,

xalqaro xususiy huquqda davlatlarning roli va immunitetini o‘rganish orqali xalqaro huquq

tizimidagi rivojlanishlarga doir yangi yondoshuvlarni taqdim etadi.

Kalit so’zlar: Xalqaro xususiy huquq subyekti, suverenitet, xalqaro-huquqiy javobgarlik,

xalqaro xususiy nizo, davlat immuniteti, mutlat va cheklangan immunitet.

ISSUES OF PARTICIPATION AND IMMUNITY OF STATES AS SUBJECTS OF

PRIVATE INTERNATIONAL LAW

Abstract. The article analyzes the role and immunity of states as subjects of private law

within the framework of private international law. Concepts of the role and immunity of states in

international relations have an important place in international law, because they ensure the

individual legal responsibility, protection and participation of states in social and political issues.

States, as subjects of international law, have immunity not only in fulfilling their rights and

obligations, but also in defending themselves before other states and international organizations.

The article analyzes the issue of immunity of states, including norms used in interstate relations,

international courts and other legal bodies. Also, issues that arise as subjects of private law,

international conventions and norms related to them, and changes in the application of immunity


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


710

are discussed. This article presents new approaches to developments in the international legal

system by examining the role and immunity of states in private international law.

Key words: subject of international private law, sovereignty, international legal

responsibility, international private dispute, state immunity, absolute and limited immunity.

ВОПРОСЫ УЧАСТИЯ И ИММУНИТЕТА ГОСУДАРСТВ КАК СУБЪЕКТОВ

МЕЖДУНАРОДНОГО ЧАСТНОГО ПРАВА

Аннотация. В статье анализируется роль и иммунитет государств как субъектов

частного права в рамках международного частного права. Концепции роли и иммунитета

государств в международных отношениях занимают важное место в международном

праве, поскольку обеспечивают индивидуальную юридическую ответственность, защиту

и участие государств в решении социальных и политических вопросов. Государства как

субъекты международного права обладают иммунитетом не только при осуществлении

своих прав и обязанностей, но и при защите перед другими государствами и

международными организациями. В статье анализируется проблема иммунитета

государств, в том числе норм, используемых в межгосударственных отношениях,

международных судах и других юридических органах. Также обсуждаются вопросы,

возникающие как субъекты частного права, международные конвенции и связанные с ними

нормы, а также изменения в применении иммунитета. В этой статье представлены

новые подходы к развитию международной правовой системы путем изучения роли и

иммунитета государств в международном частном праве.

Ключевые слова: субъект международного частного права, суверенитет,

международно-правовая

ответственность,

международный

частный

спор,

государственный иммунитет, абсолютный и ограниченный иммунитет.

Xalqaro xususiy huquqda davlatlarga huquqiy subyektlilik xos hisoblanib, davlatlar

o’zining maxsus huquqiy mavqeyiga ega. Davlatlar xalqaro xususiy huquqiy munosabatlarda

odatda savdo, investitsiya, fuqarolik, oilaviy va boshqa masalalarda subyekt sifatida ishtirok

etadilar. Davlatlar xalqaro xususiy huquqda turli yuridik munosabatlarda qatnashishi mumkin,

ammo bu munosabatlar xalqaro davlatlararo huquqdan farqli o‘laroq, ko‘proq shaxsiy, iqtisodiy

va mulkiy munosabatlarga qaratilgan bo‘ladi.

Xalqaro huquq subyekti sifatida davlatlar xalqaro maydonda mustaqil yuridik shaxs

maqomiga ega bo‘lib, ularning asosiy belgilari suverenitet, xalqaro huquqiy javobgarlik, hududiy

yaxlitlik, va xalqaro munosabatlarda tenglikdan iboratdir.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


711

Davlatlar xalqaro huquq normalarini yaratish, qabul qilish va bajarishda muhim rol

o‘ynaydi va ushbu normalar ularning milliy qonunchiligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Davlatlarning asosiy belgilaridan biri suverenitetdir. Bu, davlatning o‘z hududi va

fuqarolari ustidan mustaqil boshqaruvni amalga oshirish huquqidir. Shu bilan birga, xalqaro huquq

davlatlar suverenitetini hurmat qiladi va ularning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga

asoslanadi.

Davlatning suvereniteti davlatlarning o’zaro teng huquqlili, har bir davlatning o’z burch va

majburiyatlarini vijdonan barilishi, hududiy yaxlitlik va siyosiy mustaqillikka egalik hamda har

bir davlatning to’liq suverenitet uzviy huquqidan foydalanishi kabi tamoyillarni o’z ichiga oladi.

1970-yil 24-oktabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan

“Davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlikka oid xalqaro huquq prinsiplari

deklaratsiyasi” (Declaration on Principles of International Law concerning Friendly Relations and

Cooperation among States in accordance with the Charter of the United Nations) xalqaro

huquqning eng asosiy prinsiplari va tamoyillarini belgilab bergan muhim hujjat hisoblanadi.

Ushbu Deklaratsiya BMT Ustaviga asoslanib, davlatlarning suveren tengligi, tinchlikni

saqlash, chegaralarga hurmat va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash kabi tamoyillarni yoritib

beradi. Mazkur deklaratsiyada har bir davlat boshqa davlatning huquq subyektligini hurmat qilishi

kerakligi va xalqaro huquq tamoyillariga qat’iy amal qilishi, ya’ni o’ziga yuklangan majburiyatni

vijdonan, ixtiyoriy bajarish, ichki ishlarga aralashmaslik, xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal

etish kabi prinsiplarga amal qilishi lozimligi belgilab berilgan.

1

Odatda davlatlar xalqaro xususiy huquqning subyekti sifatida ishtirok etganda huquqiy

munosabatning bir tarafi sifatida ishtirok etishi, ikkinchi tarafda esa chet ellik yuridik shaxslar,

xalqaro xo’jalik tashkilotlari yoki jismoniy shaxslarning ishtiroki bo’lganda xalqaro xususiy huquq

bilan tartibga solinadi. G‘arb huquqshunoslari orasida taniqli bo‘lgan Lassa Francis Lawrence

Oppenheim davlatni xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida ko‘rib, davlatlarning faqat tijorat va

shaxsiy munosabatlarda xalqaro xususiy huquqda ishtirok etishini ta’kidlaydi.

2

Davlatlar xalqaro xususiy huquq doirasida ko‘pincha tijorat va shaxsiy huquqiy

munosabatlarida ishtirok etadi. Misol uchun, davlat chet ellik yuridik shaxslar yoki xorijiy

investorlar bilan savdo yoki investitsiya shartnomalari tuzishi mumkin.

1

Declaration on Principles of International Law concerning Friendly Relations and Cooperation among States in

accordance with the Charter of the United Nations (

Resolution 2625 (XXV), adopted on October 24, 1970);

2

L.Oppenheim, International Law: A Treatise;


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


712

Bu kabi holatlarda davlat xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida o‘zini ko‘rsatadi, chunki

u fuqarolik yoki tijorat huquqiy subyekti sifatida harakat qiladi va odatda shartnomalardagi

huquqiy nizolar milliy qonunchilik yoki xalqaro arbitraj sudlari orqali hal qilinadi.

Davlat xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida o‘zining immunitetiga ega bo‘lishi

mumkin. Davlatning immuniteti tamoyili shuni anglatadiki, davlat odatda boshqa davlatlarning

sudlariga bo‘ysunmaydi va chet el yurisdiksiyasidan himoyalanadi. Biroq, ba’zi holatlarda, davlat

o‘zining tijorat faoliyatida xalqaro xususiy huquq normalariga rioya qilish majburiyatini o‘z

zimmasiga oladi. Misol uchun, davlat tijorat faoliyatida ishtirok etsa va shu bilan bog‘liq nizolar

yuzaga kelsa, ayrim xalqaro konvensiyalar davlatni tijorat faoliyatida immunitetdan mahrum

qilishni ko‘zda tutadi.

Davlatlar xalqaro xususiy huquqni tartibga soluvchi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi

orqali o‘z majburiyatlarini belgilaydi. Masalan, Chet el sud qarorlarini tan olish va ijro etish

bo‘yicha Gaaga Konvensiyasi (Hague Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign

Judgments in Civil or Commercial Matters) davlatlarning xalqaro xususiy huquq doirasidagi

munosabatlarini

yengillashtiradi

va

milliy

qonunchilikni

xalqaro

normalar

bilan

muvofiqlashtiradi.

3

Davlat xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida o‘z qonunchiligini xalqaro standartlarga

muvofiqlashtirish uchun qadamlar qo‘yadi. Xususan, chet el investitsiyalarini himoya qilish va

investorlar bilan shartnomaviy munosabatlarda davlatlar o‘zlarining qonunchilik tizimlarini

xalqaro xususiy huquq talablari va standartlari bilan moslashtiradi.

Davlatlar o‘zining xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida shaxsiy va oilaviy huquqiy

munosabatlarda qatnashadi. Misol uchun, fuqarolikni aniqlash, farzand asrab olish, oilaviy

nizolarni tartibga solish va shu kabi boshqa masalalarda xalqaro xususiy huquq qoidalari davlatlar

tomonidan qo‘llanilishi mumkin.

Davlatlar xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida o‘ziga xos o‘rin tutadi va xalqaro tijorat,

shaxsiy va mulkiy munosabatlarda faol ishtirok etadi. Shu bilan birga, davlat o‘zining suvereniteti

va immunitetini saqlagan holda, xalqaro huquqiy normalarga rioya qilish va milliy qonunchiligini

xalqaro standartlarga moslashtirishga intiladi. Davlatlarning xalqaro xususiy huquqda qatnashishi

milliy va xalqaro huquq tizimlarining integratsiyasi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim

o‘rin tutadi.

3

the

Hague Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign Judgments in Civil or Commercial

Matters

.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


713

Milliy qonunchilik tizimimizda ham davlatimizning xalqaro xususiy huquq subyekti

sifatida ishtirok etish asoslari belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining

1178-moddasiga muvofiq, chet el elementi mavjud bo’lgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda

davlatimizning ishtirok etishi mumkinligi hamda ushbu munosabatlar mazkur kodeksning 6

bo‘limi(Xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq

qilish) qoidalari hamda ichki qonunchilik normalari bilan tartibga solinishi belgilangan.

Shuningdek,

ushbu

kodeksning

79-moddasida

davlatning

fuqarolik-huquqiy

munosabatlarda boshqa ishtirokchilar bilan teng asoslarda ishtirok etishi, ushbu munosabatlarda

davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki ular vakil qilgan vakolatli

organning ishtiroki, shuningdek davlat o’zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari yuzasidan o’z

mulki bo’lgan mablag’lari bilan javob berishi ta’kidlangan.

4

Metodologiya

Ushbu maqolada xalqaro xususiy huquq doirasidagi xalqaro konvensiyalar, xalqaro

sudlarning qarorlari va davlatlarning amaliyotlarini o‘rganish orqali davlatlarning immuniteti va

xususiy huquq subyekti sifatidagi ishtirokini huquqiy tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu maqolani

tayyorlashda turli davlatlarning xalqaro huquqda immunitetni qanday tartibga solishi va qo‘llash

amaliyotlarini solishtirish(komparativ) metodi qo’llanildi. Shu qatorda, Birlashgan Millatlar

Tashkilotining(BMT) 2004-yildagi "Davlatlarning yurisdiksiyaviy immunitetlari to‘g‘risida”gi

Konvensiyasi, Yevropa Kengashining 1972-yildagi “Davlat immunitetlari to‘g‘risida”gi

Konvensiyasi hamda boshqa xalqaro konvensiya va Xalqaro Adolat Sudi va milliy sud

amaliyotining huquqiy tahlili amalga oshirildi. Mazkur maqola xalqaro IMRAD talabi qoidalari

asosida tayyorlandi.

Natijalar

Xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida davlatlarning ishtiroki va immuniteti masalalarini

o‘rganish, zamonaviy xalqaro xususiy huquqning muhim jihatlarini anglashga yordam beradi.

Davlatlar o‘zaro munosabatlarda, shuningdek, boshqa xalqaro subyektlar bilan aloqada

turli huquqiy me’yorlar va normativ hujjatlar doirasida harakat qiladilar. Xususan, davlatlarning

xalqaro huquq subyekti sifatida roli, ularning boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jismoniy

shaxslar bilan aloqalari xalqaro xususiy huquqning asosiy masalalaridan biridir.

Xalqaro huquqda davlatlar faqat suverenitetga ega bo‘lgan subyektlar sifatida emas, balki

xalqaro huquq normalarini ishlab chiqishda va bajarishda asosiy o‘rin tutadilar.

4

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 79-moddasi;


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


714

Ularning xususiy huquqdagi ishtiroki, masalan, davlatlararo shartnomalar, xalqaro

bitimlar, va koalitsiyalar orqali amalga oshadi. Bu jarayonlarda davlatlar o‘z manfaatlarini himoya

qilish uchun ko‘plab muhim huquqiy mexanizmlar va immunitetni qo‘llaydilar.

Davlatlar immuniteti xalqaro huquq tizimida muhim o‘rin tutadi, chunki bu tamoyil

davlatlarni boshqa davlatlar yuridik huquqiga nisbatan himoya qilishni ta'minlaydi. Immunitet

prinsipi davlatlarning boshqa davlatlarning yurisdiktsiyasiga qarshi himoya qilish imkoniyatini

yaratadi, ayniqsa, diplomatik va konsullik faoliyatni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu

bilan birga, immunitetning chegaralari va qoidalari xalqaro hamjamiyat tomonidan belgilangan.

Xalqaro xususiy huquq va davlatlarning ishtiroki hamda immuniteti masalalari so‘nggi

yillarda sezilarli o‘zgarishlarga duch keldi. Xalqaro hamjamiyatning rivojlanishi bilan birga,

davlatlar o‘zaro huquqiy aloqalarni chuqurlashtirishni davom ettirishmoqda. Bunga, masalan,

xalqaro huquqning yangi normalari, sud hujjatlari, va qonunlarni takomillashtirish orqali

erishilmoqda. Davlatlarning immunitetga doir normativ huquqlari va tizimi, o‘zgaruvchan xalqaro

sharoitlarda yangi talablar va o‘zgarishlarga javob berish uchun doimiy rivojlanib bormoqda.

Davlatlarning immuniteti masalalaridagi muammolar hali ham mavjud. Davlatlarning

sudyalar, diplomatlar, konsullik va boshqa davlat vakillari tomonidan qilgan noqonuniy

amaliyotlariga nisbatan qanday qarorlar qabul qilinishi va ular uchun qanday huquqiy

javobgarliklar belgilanishi bo‘yicha aniq standartlar yo‘q. Bu masalani hal etishda xalqaro

sudlarning, masalan, Xalqaro sudning rolini yanada kuchaytirish va davlatlarning immunitetiga

qarshi yangi me'yorlarni ishlab chiqish zarurati mavjud.

Xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida davlatlarning ishtiroki va immuniteti masalalarini

tartibga solish bo‘yicha kelajakda ko‘plab yangi qonunlar va shartnomalar ishlab chiqilishi

kutilmoqda. Ushbu jarayonda, davlatlarning boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga

solish, davlat immuniteti prinsiplarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish hamda xalqaro

hamjamiyatning yangi qarorlarini qabul qilish masalalari alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.

Muhokama(Asosiy qism)

Davlatning chet el elementi mavjud bo’lgan xususiy-huquqiy munosabatlarda

qatnashish asoslari

Davlatning xalqaro-xususiy huquqda subyekt sifatida ishtiroki ushbu davlat tomonidan

chet elliklarga sotiladigan zayomlar va obligatsiyalar chiqarganida, vositachilik hamda savdo

bitimlarini tuzganida, chet ellik bir taraf bilan ijara munosabatiga kirishganida, egasiz mulkning

vorisi sifatida amal qilganida, tashqi savdo bitimlari bo’yicha kafolatlar berganida va boshqa

ko’plab holatlarda vujudga kelishi mumkin.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


715

Davlat chet ellik fuqarolarga zayom obligatsiyalarini sotish jarayonida fuqarolik-huquqiy

munosabatlarning bir tomoni sifatida ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, u konsessiya

shartnomalari va umuman chet el kompaniyalariga konsessiya berish jarayonida ham tomon

sifatida qatnashadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1995-yilda qabul qilingan

"Konsessiyalar

to‘g‘risida"gi

qonuniga

ko‘ra

(5-modda),

konsessiyaviy

huquqiy

munosabatlarning subyektlari sifatida konsessiya organlari(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat

hokimiyati organlari) va Konsessiyachi(konsessiya shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi chet

ellik investor) belgilab qo’yilgan.

5

Shuningdek, davlat xorijiy mamlakatlarda elchixonalar uchun bino qurish, yer

maydonlarini yoki turar joy binolarini ijaraga olish jarayonida ham mulkiy huquq subyekti sifatida

qatnashadi. Bu hollarda davlat nomidan bitimlar uning elchixonalari tomonidan tuziladi. Davlat,

shuningdek, xorijda uning fuqarosi vafot etganidan so‘ng meros bo‘lib qolgan egasiz mol-

mulkning vorisi yoki vasiyatnoma bo‘yicha voris sifatida ishtirok etishi mumkin. Bu o‘rinda davlat

mulkiy munosabatlarda mustaqil huquqiy subyekt sifatida ishtirok etadi, biroq u yuridik shaxs

sifatida qaralmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 80-moddasiga ko‘ra, davlat tomonidan

tashkil etilgan yuridik shaxslar davlatning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, xuddi

shuningdek, davlat ham u tashkil etgan yuridik shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar

emas. Biroq agar davlat o‘zi tuzgan shartnoma doirasida yuridik shaxsning majburiyatlariga

kafillikni o‘z zimmasiga olsa yoki aksincha, yuridik shaxs davlatning majburiyatlariga kafillik

bersa, ushbu qoidalar qo‘llanilmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-

dekabrda qabul qilingan "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunining 15-moddasi 2-bandida

quyidagilar keltirilgan: “davlat kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb qilish

orqali amalga oshiriladigan investitsiyalar markazlashgan investitsiyalar hisoblanadi.”

Xuddi shuningdek, "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi qonunning 19-moddasida davlat,

mahalliy davlat boshqaruvi organlari yoki davlat hokimiyati organlari chet el investorlari bilan

tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlari bo‘yicha faqat qonunlarda belgilangan

tartibda kafolatlangan hollardagina javobgar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Misol tariqasida, 1998-yil 26-oktabrda qabul qilingan "UzEksayd" O‘zbek-Amerika

qo‘shma korxonasini(QK) tuzish haqidagi qarorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga

ushbu loyihaga zarur bo‘lgan kreditlar bo‘yicha davlat kafolatini berish vakolati berilgan.

5

https://lex.uz/docs/-118372;


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


716

Bu holatda davlat Moliya vazirligi orqali loyihaga oid majburiyatlarni zimmasiga olib,

fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashgan hisoblanadi. Shunday qilib, davlat chet el elementli

xususiy-huquqiy munosabatlarda yuridik shaxs sifatida ishtirok etsa ham, immunitetdan to‘liq

foydalanmaydi. Bu holatda davlat immuniteti cheklanadi va u majburiyatlarini bajarish bo‘yicha

javobgar bo‘ladi.

Xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida davlatlarning ishtiroki va immuniteti

masalalari yuzasidan O’zbekiston hamda Metal-Tech Ltd. ishtirokidagi nizo tahlili

Davlat xalqaro xususiy huquqda ko‘pincha o‘zining suveren huquqiy maqomidan chiqib,

tijorat munosabatlari subyekti sifatida harakat qiladi. O‘zbekiston ushbu nizoda quyidagi jihatlar

bilan namoyon bo‘ldi:

Qo‘shma korxona tashkil etilishi

:

O‘zbekistonning ikki davlat korxonasi Metal-Tech Ltd.

bilan birgalikda molibden ishlab chiqarish bo‘yicha Uzmetal qo‘shma korxonasini tashkil etdi. Bu

holat davlatning tijorat munosabatlarida faol ishtirokini tasdiqlaydi.

Immunitetdan voz kechish: Davlat xalqaro bitimlarda tijorat faoliyati bilan

shug‘ullanganida odatda suveren immunitetdan voz kechadi. Bu, jumladan, Metal-Tech va

O‘zbekiston o‘rtasidagi nizo tribunal tomonidan ko‘rib chiqilganida, davlatning fuqaro-huquqiy

subyekt sifatida ko‘rilganini ko‘rsatadi.

Metal-Tech Ltd. v. O’zbekiston Respublikasi (ICSID Case No. ARB/10/3) xalqaro arbitraj

doirasida muhim qarorlar qatoridan o‘rin olgan ish bo‘lib, korrupsiya masalasida investitsion

nizolarni hal qilishda e’tiborga loyiq yondashuvni namoyish etadi. Ushbu ishda Metal-Tech

Ltd.(Isroilda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya) o‘z investitsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

ustidan da’vo qildi. Da’vo Xalqaro investitsion nizolarni hal qilish markazi(ICSID) oldida ko‘rib

chiqildi. Da’vogar O‘zbekiston tomonidan Isroil–O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama

investitsiya bitimi (BIT) bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzganlikda aybladi.

6

2000-yilda Metal-Tech O‘zbekistonga qarashli ikki davlat korxonasi (SOE) bilan

birgalikda “Uzmetal” qo‘shma korxonasini tashkil qildi. Ushbu qo‘shma korxona O‘zbekistonda

zamonaviy molibden(molybdenum) ishlab chiqaruvchi zavod qurish va uni boshqarish maqsadida

tashkil etilgan edi(7-band). Keyinchalik, Metal-Tech O‘zbekiston hukumati bilan yaqin aloqador

bo‘lgan shaxslar bilan umumiy qiymati 4,4 million dollarga teng bo‘lgan uchta konsalting

shartnomasini tuzdi. 2006 va 2007-yillar davomida ikki davlat korxonasi o‘z ulushlari bo‘yicha

dividendlar taqsimotini talab qilib, “Uzmetal”ga qarshi mahalliy sud jarayonlarini boshladi.

6

International Investment Law and Sustainable development: Key cases from the 2010s;


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


717

Sud Uzmetalni to‘lanmagan dividendlarni taqsimlashga majbur qildi, ammo kompaniya

buni amalga oshirmadi. Natijada, ikki davlat korxonasi Uzmetalga qarshi bankrotlik jarayonini

boshladi. 2007-yilda Toshkent viloyati sudi Uzmetalning barcha aktivlarini ikki davlat korxonasi

foydasiga tugatish va o‘tkazishni qaror qildi (34 va undan keyingi bandlar). 2010-yil yanvar oyida

Metal-Tech ICSIDga arbitraj jarayonini boshlash uchun ariza berdi. Metal-Tech O‘zbekiston

qonunlari buzilganini hamda Isroil-O‘zbekiston BIT doirasida adolatli va teng muomala, to‘liq

himoya va xavfsizlik me’yorlari, shuningdek, mulkni musodara qilish qoidalari buzilganini da’vo

qildi (107-band). Kompaniya taxminan 174 million AQSh dollari miqdorida kompensatsiya talab

qildi.

O‘zbekistonning asosiy himoyasi shundan iborat ediki, tribunalning ushbu ish bo‘yicha

yurisdiksiyasi yo‘q, chunki Metal-Techning investitsiyasi korrupsiyaga asoslangan holda va

O‘zbekistondagi poraxo‘rlikka qarshi qonunlarni buzgan holda amalga oshirilgan edi(110-band).

Tribunal natijada uchta konsalting shartnomasidan ikkitasida korrupsiya mavjudligini

aniqladi. Shu sababli, investitsiya noqonuniy tashkil etilgan deb topildi va tribunal o‘z

yurisdiksiyasini rad qildi.

7

Xalqaro xususiy huquqda Davlatlarning immunitet tamoyili:

Nazariya va Amaliyot

Xalqaro xususiy huquqda davlatlarning immuniteti masalasi murakkab va ko‘p qirrali

tushuncha bo’lib, ushbu masala davlatlarning mustaqilligi va suvereniteti bilan bog‘liq bo‘lib,

xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri – davlatlar tengligi printsipiga tayanadi. Davlat

immuniteti boshqa davlat sudlari va yurisdiksiyalarida uning mas’uliyatga tortilmasligi tamoyilini

ifodalaydi. Biroq, zamonaviy xalqaro huquq ushbu tamoyilni mutlaq emas, nisbiy yondashuvda

talqin qilishga moyil bo‘lmoqda.

Davlatlarning immuniteti masalasi xalqaro hujjatlar, sud amaliyoti va milliy qonunchilikka

asoslangan. Ushbu sohadagi asosiy xalqaro hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining(BMT)

2004-yildagi "Davlatlarning yurisdiksiyaviy immunitetlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi, Yevropa

Kengashining 1972-yildagi “Davlat immunitetlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi hamda boshqa

xalqaro konvensiya va Xalqaro Adolat Sudi va milliy sud amaliyoti hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining(BMT) 2004-yildagi "Davlatlarning yurisdiksiyaviy

immunitetlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi davlatlarning immuniteti doirasini belgilashda asosiy

manba hisoblanib, davlatlarning sud yurisdiksiyasidan immuniteti(5-7-moddalar), mol-mulkka

qarshi choralar(18-20-moddalar), diplomatik va konsullik vakolatxonalariga nisbatan

7

Metal-Tech Ltd. v. Republic of Uzbekistan, ICSID Case No. ARB/10/3;


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


718

immunitetlari haqida normalarni o‘z ichiga oladi. Konvensiya davlatning suveren faoliyati (acta

jure imperii) doirasidagi harakatlarini sud yurisdiksiyasidan ozod qiladi, biroq tijorat faoliyati (acta

jure gestionis) doirasidagi ishlar bundan mustasno.

Yevropa Kengashining 1972-yildagi “Davlat immunitetlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi

davlatning tijorat va xususiy huquqiy munosabatlarda qatnashishini tartibga soladi. Yevropa

mamlakatlarida ushbu konvensiya davlat immuniteti masalasida asosiy manbalardan biri

hisoblanadi. Yuqorida xalqaro konvensiyalar bilan bir qatorda, davlatlarning immuniteti bo‘yicha

xalqaro va milliy sud qarorlari ushbu tamoyilni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Masalan:

“Germany v. Italy (2012)” ishini misol keltirishimiz mumkin. Xalqaro Adolat Sudi

Germaniyaning urush davridagi harakatlari tufayli Italiya fuqarolari tomonidan qo‘zg‘atilgan

da’volar bo‘yicha immunitetga ega ekanini tan oldi. Bu ishda sud davlatlarning suvereniteti

xalqaro huquqning ustuvor printsipi ekanini ta’kidladi.

Zamonaviy xalqaro huquqda davlat immuniteti "nisbiy" tamoyilga asoslangan. Ushbu

tamoyilga ko‘ra, suveren faoliyat (

acta jure imperii

) davlatning davlat sifatidagi huquqiy faoliyati

to‘liq immunitetga egaligi hamda tijorat faoliyati (

acta jure gestionis

) davlatning tijorat yoki

xususiy huquqiy munosabatlar doirasidagi faoliyati immunitetdan mahrum bo‘lishi mumkinligini

ta’kidlaydi. Masalan, davlatning xalqaro shartnomalar yoki tijorat bitimlarida ishtirokini

aytishimiz mumkin. Shuningdek, agar davlat xorijiy kompaniya bilan tijorat shartnomasi tuzib,

o‘z majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa, bu holda davlat immunitetga ega emas deb qaraladi. Bu

tamoyil ko‘plab davlatlarning milliy qonunchiligida ham aks etgan.(Masalan, AQShning "Xorijiy

suverenitet immunitetlari to‘g‘risidagi akti" (FSIA, 1976)).

S.F.Seymon davlatlarning xalqaro huquqdagi immuniteti va suverenitetining o'zaro

bog'liqligini ko'rib chiqib, bu masalani suverenitetni cheklovchi faktorlarga qarshi muvozanatda

tahlil qiladi. U “International Law: The Nature of the International Legal Order”(Xalqaro huquq:

Xalqaro huquqiy tartibning tabiati) asarida davlatlarning suvereniteti va immunitetining

xalqaro aloqalarda qanday tartibga solinishi zarurligini tushuntiradi. Uning fikriga ko‘ra, xalqaro

huquqda davlatlar o‘z huquqlari va majburiyatlarini o‘zaro hurmat qilishlari kerak. Shuningdek,

huquqshunos olim Xendriksen davlatlarning xalqaro immuniteti masalasini o‘z asarlarida,

xususan, "The Legal Status of Foreign Sovereigns: A Comparative Study of the Immunity of

States"(Chet el suverenlarining huquqiy holati: Davlatlarning immunitetini taqqoslash) asarida

batafsil yoritadi. U davlatlarning xalqaro immuniteti, o‘z yurisdiksiyasidagi sudlarning

suverenitetiga qanday ta'sir qilishini tahlil qiladi.

Xendriksen, shuningdek, davlatlarning immuniteti masalalarida, xalqaro huquqning shart-

sharoitlarini va cheklovlarini ko‘rib chiqadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


719

Davlat xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida, ya'ni chet el elementli fuqarolik-huquqiy

munosabatlarida qatnashganda, holat biroz qiyinlashadi. Bu holatda davlatning mutlaq immuniteti

amal qiladi. Mutlaq immunitet prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ikkinchi

qismidagi sharhlarda (III jild) ham aks etgan. Ushbu sharhlarda O‘zbekiston Respublikasi suveren

davlat sifatida nafaqat xalqaro ommaviy huquqning subyekti sifatida tanilgani, balki fuqarolik-

huquqiy munosabatlarning alohida subyekti sifatida ham qaralishi ta’kidlangan.

O‘zbekiston Respublikasi chet el elementlari ishtirokidagi fuqarolik-huquqiy

munosabatlarda o‘z suverenitetini, mustaqilligini saqlab qoladi va hech bir boshqa davlat yoki

uning organlariga bo‘ysunmaydi. O‘zbekiston davlatining vakolatxonalari, konsullik

muassasalariga tegishli uy-joy, bino va inshootlarni sotib olish, chet el elementlari bilan mulkiy

bitimlar tuzish, chet davlatlarda ochilgan merosni qabul qilish kabi masalalarda ham chet el

qonunlariga yoki chet el sud organlariga bo‘ysunmasdan davlat immuniteti daxlsizligini saqlab

qoladi.

Davlat immuniteti, suverenitet prinsipi asosida shakllanadi. Bu prinsip shundan iboratki,

barcha davlatlar tengdir va hech bir davlat boshqa davlat ustidan ustun bo‘lmasligi kerak ("par in

parem non habet imperium" – teng tengga nisbatan ustuvor bo‘la olmaydi). Chet el davlatlari,

ularning organlari va ularga tegishli mulk ham immunitet huquqiga egadirlar. Davlatlarning

yurisdiksiya immuniteti, suveren davlatning sudlarga bo‘ysunmasligi, chet el davlatining mulkiga

ta’minotni qo‘llash, unga band solish, sud qarorlarini bajarish va boshqa cheklovlardan

daxlsizligini anglatadi.

XX asrning 2-yarmidan boshlab, cheklangan immunitet konsepsiyasi bir qator

mamlakatlarning qonunchilik, sud va shartnomaviy amaliyotida keng tarqalgan. Bu hol

davlatlarning iqtisodiy faoliyatiga kengroq kirishishiga bog‘liq bo‘lib, shu bilan birga chet el

davlatlarining immunitetiga cheklovlar qo‘llash amaliyoti ham rivojlanib bormoqda. Bunday

cheklovlar xalqaro huquq va shartnomaviy normalar orqali kengaymoqda, ammo davlatning

mutlaq immuniteti bilan bog‘liq qoidalar esa qisqarib bormoqda. Ba’zi davlatlar, masalan,

immunitetga nisbatan mutlaq prinsipni qo‘llashdan voz kechishmoqda, va bu o‘z aksini ularning

qonunlarida topmoqda. Misol sifatida, AQSH (1976), Buyuk Britaniya (1978), Avstriya (1979),

Kanada (1981), Pokiston (1981) va boshqa davlatlarning qonunlari keltirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida hozirda "Davlat immuniteti" haqidagi qonun loyihasi ishlab

chiqilmoqda. Ushbu qonun loyihasining asosiy maqsadi, O‘zbekiston Respublikasining sud

ishlarini ko‘rib chiqish jarayonida, O‘zbekiston va chet el davlatlari o‘rtasida yuzaga keladigan

da’volarga oid qoidalarni belgilash, sud qarorlarini bajarish va vakillarga immunitet va imtiyozlar

bo‘yicha aniq tartiblar o‘rnatishdir.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


720

Seminarda ishtirok etgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu qonunni qabul qilish va

amalda qo‘llash, sud tizimida tajribasi cheklangan mamlakatlarga, jumladan, MDH davlatlariga

foyda keltiradi. Ayniqsa, yangi mustaqil davlatlarning xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalari

rivojlanishida bu qonunning o‘rni katta bo‘ladi. Ushbu qonun, shuningdek, chet el investitsiyalari

uchun barqaror huquqiy muhit yaratishga xizmat qiladi va milliy kompaniyalar va tashkilotlarning

huquqiy himoyasini ta’minlaydi.

Xulosa

Xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida davlatlarning ishtiroki va immuniteti masalalari,

zamonaviy xalqaro huquqning eng dolzarb va murakkab masalalaridan biridir. Davlatlarning

immuniteti, ularning o‘zaro munosabatlarida, shuningdek, boshqa xalqaro subyektlar bilan

aloqalarida huquqiy barqarorlik va muvozanatni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga,

immunitet prinsipi davlatlarning xalqaro aloqalarda suverenitetini himoya qilishga, diplomatik

faoliyatni amalga oshirishga va qonuniy huquqlarini ta'minlashga xizmat qiladi.

Davlatlarning xalqaro xususiy huquq subyekti sifatida roli, ularning boshqa davlatlar bilan

hamkorlikda qatnashishi va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarini shakllantirishda muhim

ahamiyatga ega. Xalqaro xususiy huquqning rivojlanishi, davlatlarning huquqiy normativlarga

asoslanishi, ularning xalqaro bitimlar va shartnomalarda qatnashishi jarayonini yanada

chuqurlashtiradi. Immunitetning xalqaro tizimda o‘rni va davlatlararo aloqalardagi o‘zgarishlar,

shu bilan birga, xalqaro huquqning yangi normalarini ishlab chiqishni talab qilmoqda.

Biroq, bu jarayonda ba'zi muammolar va tartibga solishdagi kamchiliklar ham mavjud.

Masalan, davlatlarning immunitetiga doir aniq normativ huquqiy qoidalar va ularni amalga

oshirishdagi xatoliklar hali ham xalqaro huquqni takomillashtirish zaruratini taqdim etadi. Xalqaro

sudlar va xalqaro hamjamiyatning faol ishtiroki, shu jumladan, yangi qonunlar va shartnomalar

yaratish orqali, bu masalalarni hal etish mumkin. Davlatlarning immunitetini belgilashda

davlatlararo shartnomalar va xalqaro qarorlar asosida yangi yondashuvlar ishlab chiqilishi lozim.

Kelajakda, davlatlarning ishtirokini yanada kengaytirish, ularning xalqaro huquqdagi

o‘rnini mustahkamlash va immunitet tizimini takomillashtirish orqali xalqaro hamjamiyatda

barqarorlikni saqlashga erishish mumkin.

Davlatlarning huquqiy mas'uliyatlarini kengaytirish, jismoniy shaxslar va boshqa xalqaro

subyektlarning huquqlarini himoya qilish, va davlatlar o‘rtasidagi huquqiy muvozanatni ta'minlash

bo‘yicha xalqaro huquqning rivojlanishi davom etishi lozim.

Bu jarayon, o‘z navbatida, global huquqiy hamjamiyatning barqarorligini va uning

samaradorligini ta'minlashga yordam beradi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


721

Shunday qilib, davlatlarning xalqaro huquq subyekti sifatidagi ishtiroki va immuniteti,

xalqaro tizimda adolat va tenglikni saqlash, shuningdek, davlatlarning xalqaro munosabatlarda

erkin va huquqiy asosda faoliyat yuritishlarini ta'minlashda muhim omil bo‘ladi. Bu masalalar

xalqaro huquqni yanada rivojlantirish va takomillashtirishning istiqbollarini ochib beradi, bu esa

butun dunyo bo‘ylab davlatlar o‘rtasida huquqiy o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga

yordam beradi.

REFERENCES

1.

Declaration on Principles of International Law concerning Friendly Relations and

Cooperation among States in accordance with the Charter of the United Nations (Resolution

2625 (XXV), adopted on October 24, 1970);

https://legal.un.org/avl/ha/dpilfrcscun/dpilfrcscun.html

.

2.

L.Oppenheim, International Law: A Treatise;

https://www.britannica.com/topic/International-Law-A-Treatise

.

3.

the Hague Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign Judgments in Civil

or Commercial Matters.

https://treaties.un.org/doc/Publication/UNTS/No%20Volume/58036/Part/I-58036-

0800000280626108.pdf

.

4.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining(BMT) 2004-yildagi "Davlatlarning yurisdiksiyaviy

immunitetlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi.

5.

Yevropa Kengashining 1972-yildagi “Davlat immunitetlari to‘g‘risida”gi Bazel

Konvensiyasi.

6.

O’zbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksi;

https://lex.uz/mact/-111189

7.

O‘zbekiston Respublikasining "Konsessiyalar to‘g‘risida"gi qonuni, 1995.

8.

O‘zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni, 1998-yil 24-

dekabr.

9.

International Investment Law and Sustainable development: Key cases from the 2010s;

https://www.iisd.org/system/files/publications/investment-law-sustainable-development-

ten-cases-2010s.pdf

.

10.

Xalqaro xususiy huquq: Darslik / Mualliflar jamoasi || y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy

tahriri ostida. –T.: TDYU, 2019. – 343 b.

References

Declaration on Principles of International Law concerning Friendly Relations and Cooperation among States in accordance with the Charter of the United Nations (Resolution 2625 (XXV), adopted on October 24, 1970);

https://legal.un.org/avl/ha/dpilfrcscun/dpilfrcscun.html.

L.Oppenheim, International Law: A Treatise;

https://www.britannica.com/topic/International-Law-A-Treatise.

the Hague Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign Judgments in Civil or Commercial Matters.

https://treaties.un.org/doc/Publication/UNTS/No%20Volume/58036/Part/I-58036-0800000280626108.pdf.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining(BMT) 2004-yildagi "Davlatlarning yurisdiksiyaviy immunitetlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi.

Yevropa Kengashining 1972-yildagi “Davlat immunitetlari to‘g‘risida”gi Bazel Konvensiyasi.

O’zbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksi; https://lex.uz/mact/-111189

O‘zbekiston Respublikasining "Konsessiyalar to‘g‘risida"gi qonuni, 1995.

O‘zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni, 1998-yil 24-dekabr.

International Investment Law and Sustainable development: Key cases from the 2010s; https://www.iisd.org/system/files/publications/investment-law-sustainable-development-ten-cases-2010s.pdf.

Xalqaro xususiy huquq: Darslik / Mualliflar jamoasi || y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU, 2019. – 343 b.