Authors

  • Sardor Qosimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47884

Keywords:

Habeas corpus jinoyat protsessi qamoq ehtiyot chorasi sanksiya.

Abstract

Ushbu maqolada habaes corpus instituti tushunchasi, mazmun – mohiyati, uning paydo bo’lish tarixi, jinoyat protsessida tutgan o’rni haqida so’z yuritilgan bo’lib, sohani takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarning afzallik va kamchiliklari haqida, shuningdek sohani rivojlantirish yuzasidan taklif va tavfsiyalar bayon qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

399

JINOYAT PROTESSIDA “HABEAS CORPUS ACT” INSTITUTINING TUTGAN O’RNI

Qosimov Sardor Chori o’g’li

Toshken davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakultet talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14204543

Annotatsiya. Ushbu maqolada habaes corpus instituti tushunchasi, mazmun – mohiyati,

uning paydo bo’lish tarixi, jinoyat protsessida tutgan o’rni haqida so’z yuritilgan bo’lib, sohani
takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarning afzallik va kamchiliklari haqida,
shuningdek sohani rivojlantirish yuzasidan taklif va tavfsiyalar bayon qilingan.

Kalit so’zlar: Habeas corpus, jinoyat protsessi, qamoq ehtiyot chorasi, sanksiya.

THE ROLE OF HABEAS CORPUS ACT IN CRIMINAL PROCEDURE

Abstract. This article talks about the concept of the institution of habaes corpus, its

meaning, the history of its emergence, its place in the criminal process, the advantages and
disadvantages of the work carried out in the process of securing the field of the improvement,
proposals and technical characteristics.

Key words: habaes corpus, criminal process, coercoin, sanction.

РОЛЬ ЗАКОНА ХАБЕАС КОРПУС В УГОЛОВНОМ ПРОЦЕССЕ

Аннотация. В данной статье рассказывается о понятии института хабаес корпус,

его содержании и сущности, истории его возникноаения, его роли в уголовном процессе,
преимуществах и недостатках работы, проводимой в целях совершенствования сферы, а
также о развитии местопороджения изложены предложения и технические
характеристики.

Ключевые слова: хабаес корпус, уголовный процесс, принуждение, санкция.


Zamon taraqqiyotida insonlarning haq-huquqlari va ularning tеngligi masalasi ilg‘or fikrli

kishilarni hali -hanuz jalb etib kеlgan. Uzoq yilik tarixda shuni ko'rish mumkinki, inson har doim
o'z huquq va erkinliklarga erishishga doim harakat qilgan. Bunga tinimsiz janglar-u, xalq
qo'zg'alonlari va fuqarolik yurishlari yaqqol misol bo' la oladi.

Inson huquqlarining shakllanishi Yevroqpada ayniqsa alohida aks etadi., Bu qit‘a

davlatlarida qabul qilingan bir nechta muhim bo'lgan hujjatlar yordamidainson huquqlarining
shakllanishiga bеnihoya ijobiy ta‘sir ko‘rsatgan, shu jumladan, Angliyada 1215yili qabul qilingan
―Erkinlikning buyuk hartiyasi‖ hokimiyat va amaldorarning oddiy fuqarolar haq-huquqlarini
suistе‘mol qilishning oldini olishga qaratilgan qator qoidalarni o‘zida mujassamlashtirgan.

Inson huquqlari masalasida Angliya xalqining bеvosita kurashi va bu kurashlaring

mantiqiy natijasi sifatida yuqorida aytib o'tilgan hujjatlarning qabul qilinishi o‘sha davr uchun juda
katta ahamiyatga molik bo‘lgan. Angliyadagi inson huquqlari borasida oib borilgan harakatlarini,
bizningcha, dеmokratiya va inson huquqlari taraqqiyotiga AQSh, Fransiya davlatlarning qo‘shgan
hissasi bilan taqqoslash mumkin . Aytish joizki, bu buyuk davlatlarda dеmokratiya va inson
huquqlarining shakllanishi va rivojlanishiga hayot baxsh etgan g‘oyalar qadimg yunon
faylasuflarining siyosiy-huquqiy qarashlari, sharq allomalarining yuksak insonparvarlikg‘oyalari,
ma‘rifatparvarlik davri vakillarining ilg‘or fikrlari va tabiiy-huquqiy qarashlarda o‘zining ifodasini
topgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

400

―Habeas corpus akti tushunchasi lotin tilidan olingan bo’lib―«Habeas corpus ad

subjiciendum» so‘zlari birikmasidan iborat.

―Siz odamni yetkazib berishga majbursiz ya‘ni (Hibsga olingan shaxsni yetkazib berish

bo‘yicha sud qaroriningformulasi)-degan ma‘noni bildiradi.

Ingliz konstitutsiyaviy huquqida ―Inson erkinligini yaxshiroq ta‘minlash shaklida harakat

qilish va dengiz orqali qamoqqa olishning oldini olish" ma‘nosini anglatadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Habeas Corpus protsedurasi mustamlaka davridayoq

qo‘llanila boshlandi, mustaqillikka erishgandan so‘ng u 1787 yilgi AQSH Konstitutsiyasi va
alohida shtatlarning konstitutsiyalarida mustahkamlangan. Konstitutsiyaga ko‘ra, bu kafolat faqat
Kongress tomonida to‘xtatilishi mumkin, ammo bunday huquq Prezidentga, rasmiy ravishda, agar
bu milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan talab qilinsa, ya‘ni deyarli har qanday holatda shaxs
daxlsizligining bir qator huquqiy kafolatlarini o‘z ichiga olgan holada berilgan.

2007-yildagi Habeas korpusini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qonun, 185-sonli shartli deb

nomlangan qonun loyihasi 2007-yil 7-iyun payshanba kuni AQSh Senatining Adliya qoʻmitasi
tomonidan qabul qilingan.

Qonun loyihasining homiysi demokrat senator Patrik Lixi va (sobiq) respublikachi senator

Arlen Spektrdir. Spektr demokratlarga qoʻshilgan qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi, Qoʻmita
uni 11ga qarshi 8 ovoz bilan muhokama qilmasdan qabul qildi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasida rasmiy darajada O‘zbekiston Respublikasida inson va

davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yangi modeli mustahkamlangan. Endilikda inson huquq va
erkinliklari oliy qadriyat sifatida e‘tirof etilib, ularga rioya etish va himoya qilish endilikda
davlatning majburiyati etib belgilandi.

Bugungi kunda ushbu prinsipning huquqni qo‘llash amaliyotida ustuvorligini ta‘minlashga

qaratilgan sud huquq islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Erishilgan ijobiy
natijalar qatoriga halqaro standartlarga javob beradigan amaldagi JPKning qabul qilinganligini,
jinoiy jazolarni liberallashtirish orqali davlat va shaxs munosabatlarining tengligiga
erishilganligini, bir qator protsessual majburlov va ehtiyot choralarini qo‘llashga ruxsat berish
huquqini sudlarga o‘tkazilganligini, advokatura institutini takomillashtirish orqali shaxsning
himoyalanish huquqi dunyoning eng ilg‘or mamlakatlari tenglashtirilganligini e‘tirof etish joiz.

Shu bilan birga mamlakatimizda qonun ustuvorligi va uni ta‘minlashga qaratilgan bir qator

ijobiy ishlar amalga oshirildi. Qonunning ustuvorligi-huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U
hayotning barcha sohalarida qonunning hukmronligini nazarda tutadi. Qonun oldida hamma
barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy
munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir
istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida ―Fuqarolarning Konstitutsiya

va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz
mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas, deya ta‘kidlangan.

Ushbu konstitutsiyaviy qoida umume‘tirof etilgan xalqaro huquqiy standartlarda ham aks

ettirilganligini tan olish kerak.

Xususan, 1966-yilda qabul qilingan ―Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro

Paktining 9-moddasi 3-qismiga asosan ―Jinoiy ayblov bilan qamalgan yoki ushlangan har bir


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

401

shaxs sudya yoki qonun bo‘yicha sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi bo‘lgan boshqa
mansabdor shaxs huzuriga keltirilishi va ayblanayotgan shaxs oqilona muddat ichida ishi sudda
ko‘rilishi yoki ozod qilinishini talab qilish huquqiga ega‖ ligi qayd etilgan.

Shu bilan birga, muayyan hollarda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun

xujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda muayyan protsessual majburlov va ehtiyot choralari
qo‘llanilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining JPKga muvofiq sudga qadar ish yuritish va
sud muhokamasi davrida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruv, dastlabki
tergov va suddan bo‘yin tovlashini oldini olish, ularning keyingi jinoiy faoliyatiga chek qo‘yish,
ularning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga xalal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik,
hukmning ijro etilishini ta‘minlash maqsadida ehtiyot choralari qo‘llaniladi.

Ehtiyot choralaridan qaysi birini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi,

tergovchi, prokuror, sud JPKning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari, qo‘yilgan
aybning og‘irligini, ayblanuvchining shaxsini, mashg‘ulot turini, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli
va boshqa holatlarni ham hisobga olishi lozim.

Ushbu fikr o‘zining mantiqiy yechimini 2005-yil 8-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining ―Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risidagi
farmoni asosida 2007-yil 11-iyulda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasining―Qamoqqa
olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida‖gi
qonuni bilan huquqiy yechimini topgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-
sentyabrdagi―Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida‖gi
qonuni bilan rivojlandi (ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga
joylashtirish protsessual majbulov choralarini qo‘llash sudning ruxsati asosida amalga oshirilishi
belgilandi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentyabrdagi ―O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartitish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida‖gi
Qonuni (JPKda yangi uy qamog‘i ehtiyot chorasining joriy etildi va u sudning ruxsati bilan
qo‘llanilishi tartibining o‘rnatildi) bilan o‘zining rivojlanishini davom ettirdi.

Qayd etish kerakki, endilikda mamlakatimizda yuqorida keltirilgan choralarni qo‘llashga

sanksiya berish huquqining sudlar tomonidan amalga oshirilayotganligi inson huquqlarini adolatli
himoya qilishda adolat va huquq mezoni bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining XXII bobiga muvofiq mamlakatimizda odil sudlov faqat sud tomonidan
amalga oshiriladi va favqulodda sudlar tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bugungi kunda dastlabki tergov davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini

qo‘llash huquqi faqat sudlarga tegishlidir. Hozirda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini
qo‘llash uchun prokuror, prokurorning roziligi bilan tergovchi tomonidan berilgan iltimosnoma
beriladi va uni sud JPKning 243- moddasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

Qamoqqa olish–eng og‘ir ehtiyot chorasi bo‘lib, fuqaroning huquq va erkinliklarini hamda

eng asosiy huquqlaridan biri– shaxsiy erkinligini jiddiy ravishda cheklaydi. Shuning uchun ham,
qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi boshqa ehtiyot choralari ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)
ning munosib xulq-atvorini ta‘minlash va jazodan bo‘yin tovlashining oldini olish imkoni
bo‘lmagan hollardagina qo‘llanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

402

Ayni paytda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish

ehtiyot chorasini qo‘llamaslik yoki o‘z vaqtida qo‘llamaslik yangi jinoyatlar sodir etilishiga olib
kelishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik lozim. JPKning 242-moddasiga asosan ehtiyot chorasi
sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik
oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llanilishi
mumkin. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish ayblanuvchini (ayrim hollarda–ushlangan gumon
qilinuvchini) jamiyatdan majburiy ajratish hamda, dastlabki tergov va jinoyat ishini sudda ko‘rib
chiqish jarayoni va jazoning ijro etilishini ta‘minlash maqsadida, uni maxsus muassasada
saqlashdan iborat.

Xulosa va takliflar

: Xulos qilib aytadgan bo’lsak, Xabaes korpus akti - bu shaxs

erkiinligini cheklash bilan bog’liq har qanday holat va harakatlar faqatgina sudning hukmi asosida
amalga oshirilishi shartligi talabi hisoblanadi va shaxsiy erkinlik daxlsizligini himoya qilishda
katta yordam beruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

30.0.2023. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya.

2.

O’zbekiston Respublikasi Qonuni /O’RQ -720\04.10.2021.

3.

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik To’g’risidagi Kodeksi 212-modda
O’zbekiston Respublikasi 2021-yil 4-oktabr dagi O’RQ - 720-son Qonuniga asosan kiritilgan
- Qonunchilik ma’lumotlar milliy bazasi, 05.10.2021.,03/21/720/0930-son

4.

PF-60-son 28.01.2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to’g’risida.

5.

Rahmonova S.”Miranda qoidasi” va “Xabeas korpus” instituti huquqlarimizning muhim
konstitutsiyaviy kafolati.”


References

30.0.2023. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya.

O’zbekiston Respublikasi Qonuni /O’RQ -7204.10.2021.

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik To’g’risidagi Kodeksi 212-modda O’zbekiston Respublikasi 2021-yil 4-oktabr dagi O’RQ - 720-son Qonuniga asosan kiritilgan - Qonunchilik ma’lumotlar milliy bazasi, 05.10.2021.,03/21/720/0930-son

PF-60-son 28.01.2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida.

Rahmonova S.”Miranda qoidasi” va “Xabeas korpus” instituti huquqlarimizning muhim konstitutsiyaviy kafolati.”