Noyabr, 2024-Yil
499
REALIZM VA ROMANTIZM: ADABIY TERMINLARNING QARAMA-QARSHI
OQIMLARI
Saparboyeva Sojida
Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universisteti 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14207790
Annotatsiya. Ushbu maqola realizm va romantizm adabiy oqimlarini terminologik
jihatdan tahlil qiladi. Adabiyotdagi ikki ulkan oqimning asosiy tamoyillari va ularda
ishlatiladigan terminlarning o‘ziga xosligini ko‘rib chiqamiz. Realizm va romantizmning muhim
farqlari, ayniqsa, ularning qahramonlarini tasvirlashdagi uslublari va voqelikni qanday aks
ettirishlari yoritiladi. Adabiy terminlarning ahamiyati va ularning asarlarning mazmunini
tushunishda qanday rol o‘ynashi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: realism, romantizm, adabiyot, romantik asarlar, personajlar.
REALISM AND ROMANTICISM: OPPOSITE CURRENTS OF LITERARY TERMS
Abstract. This article terminologically analyzes the literary movements of realism and
romanticism. Let's look at the main principles of two huge currents in literature and the uniqueness
of the terms used in them. The important differences between realism and romanticism will be
highlighted, especially in the way they portray their characters and how they reflect reality. The
importance of literary terms and their role in understanding the content of the works are discussed.
Key words: realism, romanticism, literature, romantic works, characters.
РЕАЛИЗМ И РОМАНТИЗМ: ПРОТИВОПОЛОЖНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ
ЛИТЕРАТУРНЫХ ТЕРМИНОВ
Аннотация. В статье терминологически анализируются литературные
направления реализма и романтизма. Давайте рассмотрим основные принципы двух
огромных течений в литературе и уникальность используемых в них терминов. Будут
подчеркнуты важные различия между реализмом и романтизмом, особенно в том, как они
изображают своих персонажей и как они отражают реальность. Обсуждается значение
литературных терминов и их роль в понимании содержания произведений.
Ключевые слова: реализм, романтизм, литература, романтические произведения,
персонажи.
Realizm va romantizm — bu adabiyotdagi ikki katta oqim bo‘lib, ular o‘zlarining
terminologik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Noyabr, 2024-Yil
500
Realizm — hayotni ob’ektiv va aniq tasvirlashni maqsad qilgan adabiy oqimdir. Ushbu
oqimda ishlatiladigan asosiy terminlardan biri “haqiqiylik” bo‘lib, u realistik tasvirni ifodalash
uchun qo‘llaniladi. Realistik asarlarda voqealar, personajlar va ularning ichki dunyosi asosan
kundalik hayotning oddiy tasvirlari orqali ko‘rsatiladi. Bu o‘quvchiga haqiqiy hayotdagi
muammolarni anglash va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlarni his qilish imkonini beradi.
Romantizm esa aksincha, hayotni his-tuyg‘ular va orzular orqali tasvirlaydi. Romantik
asarlarda “ideal olam” va “orzuviylik” kabi terminlar ishlatiladi. Bu oqimda voqealar, personajlar
va dunyo atrofidagi narsalar ideal shaklda ifodalanadi. Romantizmda muhim terminlardan biri —
“subyektivlik” bo‘lib, unda o‘quvchining ichki dunyosi, orzu va hissiyotlari bilan bog‘liq tasvirlar
ko‘proq aks etadi. Romantik asarlarda odamning orzulari va hayotdagi o‘zgarishlarga bo‘lgan
munosabati asosiy o‘rinda turadi.
Bundan tashqari, mazkur ikki oqimning farqlari, ayniqsa, ularning qahramonlaridagi
o‘xshashlik va har xilliklarda ko‘rinadi. Realizmda “antiqahramon” tushunchasi keng qo‘llaniladi.
Bu termin odatda idealizatsiya qilinmagan, oddiy va insoniy kamchiliklari ko‘rsatilgan
personajlarga tegishli. Bunday personajlar ko‘pincha o‘quvchilarga o‘z hayotini tushunishda
yordam beradi. Romantizmda esa “ideal qahramon” tushunchasi keng tarqalgan. Bu personajlar,
odatda, yuqori fazilatlarga ega va orzularining izidan boradigan kishi sifatida tasvirlanadi.
Romantizmda qahramonlar ko‘pincha tabiatan yuksak maqsadlarga ega va idealistik
dunyoqarashga ega bo‘ladi.
Mazkur qarashlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, realizmning asosi ob’ektivlik
bo‘lib, unda muallif voqealarni xolisona tasvirlashga intiladi. Adabiyotda ishlatiladigan “ob’ektiv
tasvir” terminologiysi bu oqimga xosdir. Bunda asar o‘quvchini voqelikni qanday tasvirlash
kerakligini ko‘rsatadi va hech qanday hissiy yoki sub’ektiv qarashlarga joy bermaydi.
Romantizmda esa “subyektiv tasvir” qo‘llaniladi. Bu termin qahramonning ichki
kechinmalarini, his-tuyg‘ularini va orzularini tasvirlashda ishlatiladi. Romantizmda muallif
o‘quvchiga o‘z dunyoqarashini va hissiyotlarini ifodalashda yordam beradi.
Shuningdek, realizmda “kundalik hayot” ko‘proq aks ettiriladi. Realistik asarlar, ko‘pincha,
jiddiy muammolarni, oddiy odamlarni va ularning ijtimoiy mavqeini ko‘rsatadi. Romantizmda esa,
aksincha, “ideal olam” va haqiqiylikdan yiroq dunyo tasvirlanadi. Romantik asarlar ko‘proq
orzular, hasratlar va yuksak his-tuyg‘ularni aks ettiradi.
Umuman olganda har bir oqimning adabiyotdagi roli alohida ekanini ko‘rish mumkin.
Realizm hayotni xaqiqiy, oddiy shaklda tasvirlashga intilsa, romantizm insonning ichki
olamini, orzularini va hissiyotlarini yuksak darajada tasvirlashga qaratilgan.
Noyabr, 2024-Yil
501
Terminologiya orqali bu ikki oqimning farqlarini aniq tushunish va ular orasidagi
o‘xshashliklarni ko‘rsatish adabiyotshunoslarga va o‘quvchilarga yanada kengroq tushuncha
beradi.
Xulosa oʻrnida shu aytish mumkinki, realizm va romantizm — bu ikki asosiy adabiy oqim
o‘rtasidagi farqlarni tushunish, ularning terminologik tuzilishini bilish adabiy asarlar mazmunini
to‘g‘ri anglashda muhim o‘rin tutadi. Har ikkala oqimda ishlatiladigan terminlar hayotga,
insoniyatning ichki dunyosiga va dunyoqarashiga qarshi turadi, shuningdek, adabiyotda yangi
yondashuvlar va shakllarni yaratadi.
REFERENCES
1.
Dilmurod Quronov – Adabiyotshunoslikka kirish asoslari. Tashkent, 2014.
2.
Hamidulla Dadaboyev – O'zbek terminologiyasi. Tashkent, 2007.
