Authors

  • Umida Yaxyoyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48062

Keywords:

crime cry of distress Shan Yan St. Thomas Aquinas Cessara Beccaria jazo tizimi xalqaro tashkilotlar Fyodor Dostoyevskiy.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada, biz jinoyat va jazo tizimi tushunchasi, Oʻzbekistonda qanday jinoyatlar koʻpayayotgani, nima uchun koʻpayayotgani, bunga oid statistikalarni tahlil qilgan holda, mavjud muammolarga ehtimoliy yechimlar berishga harakat qildik. Bunda keng qonunchilik hujjatlari va doktrinal manbalardan keng foydalandik.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

403

OʻZBEKISTONDA JINOYATLAR VA ULARGA QARSHI TURISH MEXANIZMLARI:

QONUNLAR MOHIYATIGA BIR NAZAR

Yaxyoyeva Umida

Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabasi.

yaxyoyevaumida@gmail.com

ORCID: 0009-0003-2603-6511

https://doi.org/10.5281/zenodo.14211173

Annotatsiya.

Ushbu ilmiy maqolada, biz jinoyat va jazo tizimi tushunchasi, Oʻzbekistonda

qanday jinoyatlar koʻpayayotgani, nima uchun koʻpayayotgani, bunga oid statistikalarni tahlil
qilgan holda, mavjud muammolarga ehtimoliy yechimlar berishga harakat qildik. Bunda keng
qonunchilik hujjatlari va doktrinal manbalardan keng foydalandik.

Kalit so‘zlar:

crime, cry of distress, Shan Yan,

St. Thomas Aquinas, Cessara Beccaria, jazo

tizimi, xalqaro tashkilotlar, Fyodor Dostoyevskiy.

CRIMES IN UZBEKISTAN AND MECHANISMS TO COMBAT THEM: WHY ARE

LAWS NEEDED?

Abstract

. In this scientific article, we tried to provide possible solutions to the existing

problems by analyzing the concept of the crime and punishment system, what crimes are increasing
in Uzbekistan, why they are increasing, and related statistics. We used a wide range of legal
documents and doctrinal sources.

Key words:

crime, cry of distress, Shan Yan, St. Thomas Aquinas, Cessara Beccaria,

penalty system, international organizations, Fyodor Dostoyevsky.

ПРЕСТУПЛЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И МЕХАНИЗМЫ БОРЬБЫ С НИМИ:

ЗАЧЕМ НУЖНЫ ЗАКОНЫ?

Аннотация.

В данной научной статье мы попытались предоставить возможные

решения существующих проблем, проанализировав понятие системы преступлений и
наказаний, какие преступления растут в Узбекистане, почему они растут, и
соответствующую статистику. Мы использовали широкий спектр юридических
документов и доктринальных источников.

Ключевые слова:

преступление, крик бедствия, Шань Янь, Св. Фома Аквинский,

Чессара Беккариа, пенитенциарная система, международные организации, Федор
Достоевский.

I. Kirish

Avvalambor jinoyat tushunchasining mazmuniga toʻxtaladigan boʻlsak, Oʻzbekiston

Respublikasi Jinoyat Kodeksining 14-moddasiga muvofiq, ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qoʻllash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.

Ushbu normadan shuni tushunish mumkinki, muayyan qilmish yaʼni harakat yoki

harakatsizklik jinoyat deb topilishi uchun u Jinoyat kodeksining bilan tartibga solinadigan ijtimoiy
munosabatlarga zarar yetkazishi, ayblilik xususiyatiga (ayblilik bu oʻz xatti-harakatlarini
tushunadigan va ularni boshqara oladigan aqli raso shaxsning huquqqa zid qilmishidan kelib
chiquvchi aybidir) ega boʻlishi, ijtimoiy xavfli yaʼni jamiyat aʼzolariga moddiy yoki maʼnaviy
zarar keltirishi va unga qarshi chora sifatida davlat tomonidan oʻrnatilgan jazolarga tortilishi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

404

muqarrarligiga oid faktlar mavjud boʻlishi kerak. Jinoyat boshqa qonunbuzarliklardan oʻzining
ijtimoiy xavflilik xususiyati bilan ajralib turadi, yani jinoyat boshqa qonunbuzarliklarga nisbatan
ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori hisoblanib, u tufayli kelib chiqaadigan oqibatlar ham jamiyatga
jiddiy moddiy va maʼnaviy zararlar yetkazadi.

Insoniyat azal-azaldan ushbu taʼsiri keng jamoatchilikni qamrab oluvchi illatga qarshi

kurashib kelmoqda.

1

Tadqiqotlarga binoan ilk qotillik bundan 430 000 yillar oldin Shimoliy Ispaniyada qayd

etilgan boʻlib, bunda homo antecessor odam turi tomonidan sodir etilgan. Ammo biz buni yer
yuzida sodir etilgan ilk qotillik deb atay olmaymiz, chunki tarixdan bizga maʼlumki, azaldan
insoniyat oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun qon toʻkishdan ham tab tortmagan. Ibtidoiy davrlarda
bu hattoki odatiy hol boʻlib, bunday jinoyatlar uchun hatto jazolar ham joriy etilmaganligi
ehtimoldan holi emas.

Jinoyatlar uchun ilk jazolar qachondan qoʻllanila boshlanganligi balki nomaʼlumdir, ammo

“crime” - jinoyat soʻzi ilk marotaba 1250-yillar atrofida eski fransuzcha “crimne”, oʻz navbatida
lotin tilidagi “crimen” soʻzidan olingan boʻlib, “Men qaror qilaman” yoki “Men hukm qilaman”
maʼnolarini anglatgan. Ammo usbu masala boʻyicha olimlar oʻrtasida bahs mavjud xususan, Rabbi
Ernest Kleinnig taʼkidlashicha, “crimen” lotin soʻzi aslida qadimgi yunon soʻzi “Krima” dan kelib
chiqqan boʻlib, “qoralash” yoki “sud hukmi” maʼnolarini anglatgan, shuningdek, “crimen” soʻzi
“cry of distress” – qaygʻu yigʻisi iborasidan kelib chiqqan boʻlib bu Oʻrta Asrlar oxiriga yaʼni 15-
asrlar oxiriga toʻgʻri keladi.

II. Metodologiya
Jinoyat va jazo tarixi.

Jinoyat ijtimoiy hodisa hisoblanib, jamiyat rivojlangan sari, jinoyat turlari va amalga

oshirish usullari ham oʻzgarib boradi. Bunga yaqqol misol sifatida axborot resusrlari rivojlanishi
natijasida vujudga kelgan kiberjinoyatlarni keltirish mumkin. Ushbu jinoyat turlari endigina paydo
boʻlayotgan jinoyat turi hisoblanib, barcha davlatlar ham unga qarshi turish mexanizmini
oʻrnatgani yokida toʻliq oʻrnatgani yoʻq. Endi jinoyat va jazo tarixiga nazar tashlasak, jinoyatlar
avvaldan faqatgina qasos olish maqsadida sodir etilgan, yaʼni agar biron kishi boshqa shaxsni
oʻldirsa buning evaziga ham jon bilan toʻlashi talab etilgan va bunda “qonga qon, jonga jon”
iborasi asosida amalga oshirilgan.

Odamlar qanday jinoyat sodir etsalar xuddi shunday jinoyatlar bilan jazolangan, ammo

bunda jinoyat sodir etgan shaxsning subyektiv holati yaʼni qasd yoki ehtiyotsizlik, motiv va
maqsadlarni inobatga olmagan holda belgilangan. Oʻz navbatida bunday jazo cholari
tarbiyalashdan koʻra koʻproq qasos olish maqsadida qoʻllanilgan va koʻpchilik hollarda jazo
choralari jinoyatlarning xavflilik darajasiga umuman mos kelmagan. Keyinchalik qonunlar
takomillashtirilib, jazo choralari jinoyatlarga mutanosib ravishda belgilanishiga alohida eʼtibor
berildi.

2

Eng dastlabki qonunlarga misol sifatida “Hammurapi qonunlari” keltirish mumkin, aynan

manashu qonunlarda har bitta jinoyat turi uchun alohida jazo choralari qoʻllanilgan.

1

David Mcculloch, (2023)

A History of Crime: Investigations, Trials and Punishments

https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=9b39aef7-9f6a-4689-9f53-d7d1a4977c16

2

Volo museum blog, (2020)

History of Crime and Punishment

https://www.volocars.com/blog/history-of-crime-and-

punishment


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

405

Ushbu qonunda jazolarni belgilashda yosh, mansab va jins hisobga olingan. Yaʼni agar boy

odam oʻgʻirlik osdir etsa kambagʻal sodir etgan oʻgʻrilikka nisbatan koʻproq jarima belgilangan.

Oʻzbekiston tajribasidan esa, “Temur tuzuklari”ni koʻrish mumkin, bu qonunda ham

jazolar jinoyat turiga qarab belgilangan. Tarixda mutanosiblik va insonparvarlik prinsipini nazarda
tutmagan holda jazo choralari belgilanishining asosiy sababi qadimda hokimiyat tepasida turganlar
jazo choralari qanchalik ogʻir boʻlsa, oddiy fuqarolar shunchalik jinoyat sodir etishdan qoʻrqib
jinoyat sodir etmaydilar deyishgan, xususan, miloddan avvalgi

3

390-338-yillarda yashagan xitoy

faylasufi Shan Yanning fikricha

“Qattiq jazo choralarini qoʻllab, jinoyat uchun oʻzaro

javobgarlik tizimi joriy etilganda odamlar oʻzlarida qonun kuchini sinab koʻrishga jurʼat
qilolmaydilar”

. Bundan tashqari yunon faylasufi Aristotel ham jinoyatlarni oldini olishda qattiq

jazo choralarini qoʻllashni yoqlagan, uning fikricha qattiq jazo choralari jinoyatchilarni qayta
oʻsha jinoyatlarning sodir etishdan va boshqaa fuqarolarni jinoyatlar sodir etishdan saqlaydi deb
ishongan. Shuning uchun qadimda jinoyatlar insonparvarlik prinsipiiga mutlaqo zid boʻlgan.

Ammo shuni ham taʼkidlash joizki, mana shu qattiq jazo choralari xalqda kuchli norozilikni

keltirib chiqargan va hokimiyatdan qoʻrqish, ertangi kuniga umidsizlik hissini uygʻotgan, keng
omma noroziliklari va ommaviy tartibsizliklarga yoʻl ochib bergan.

Qadimgi odamlar hattoki jazolash “Xudoning irodasi” deb ishonishgan va jazolovchilarni

esa “Xudoning elchilari” deb ishonishgan va jinoyatchilar uchun qanday jazolar qoʻllanilishi
muayyan qoidalarga asosan belgilanmagan, ularning fikriga koʻra jinoyatchi agar aybsiz boʻlsa
uni Xudoning oʻzi moʻjiza koʻrsatib qutqaradi deb ishonishgan. Masalan jinoyatchini sovuq suvga
tashlab yuborishganda, agar jinoyatchi choʻkib oʻlmasa demak u aybsiz deb ishonishgan va
“Xudoning moʻjizasi”

deb bilishgan. Shuningdek jazo choralari xalqqa maʼlum tarzda ommaga

maʼlum holatda amalga oshirilgan, toki xalq bundan oʻrnak olishi uchun, bunga misol sifatida
Qadimgi Rim davrida ochiq osmon ostida xochga tortilganlarni keltirish mumkin.

Jinoyat va jazo

tizimida dinni aralashtirmaslik gʻoyasi St. Thomas Aquinas tomonidan “Summa Theologica”da
yozilgan va uning fikricha Xudo tomonidan tabiiy qonuniyatlar yaratilgan boʻlib insonlar tabiatan
yaxshi ishlar qilish uchun yaratilgan, jinoyatchi esa jamiyat oldida ham, Xudo oldida ham birdek
javobgar deb topilgan. Jinoyatlar odamlarni Xudoga nisbatan ishonchsizlik hissini keltirib
chiqargan deb taʼkidlaydi u. Aniqroq aytadigan boʻlsak, jinoyatchi jazoga tortilayotgan vaqtda
meni Xudo asrab qolmadi deb, jabrlanuvchi esa jinoyatlardan aziyat chekkanligi sababli Xudodan
uzoqlasha boshlagan va unga nisbatan gʻazab shakllangan.

Yana bir yangi gʻoya Italiya yozuvchisi

Cessara Beccaria tomonidan ilgari surilgan boʻlib,

unga koʻra, jinoyatlarni jazolashdan koʻra ularni oldini olishga kurashish kerak va yana uning
taʼkidlashicha, hukm qiluvchi faqatgina jinoyatchining aybli yokida aybsizligini aniqlashi
jazolarni esa muayyan belgilab qoʻyigan qonunchilik asosida belgilashi lozim. Bu shuni
anglatadiki, endilikda hukm qiluvchi oʻzi istagan jazolarni jinoyatchiga qoʻllay olmaydi va albatta
jazo choralari jinoyatlarning xavflilik darajasiga munosib boʻlishi zarur.

3

Ziyouz.com kutubxonasi, (2013)

SHAN YAN

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/mumtoz-faylasuflar/shan-yan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

406

Ushbu gʻoyalar jinoyat va uni jazolash tizimida tub burilish yasab, uni mutlaqo oʻzgartirib

yuborishga sababchi boʻlgan va hozirgi global dunyoga mos keladigan zamonaviy qonunchilikni
yaratish uchun asos boʻlgan.

Oʻzbekistonda jinoyatlar va unga qarshi kurash.

4

Oʻzbekistonda qayd etilgan jinoyatlar statistikasiga toʻxtaladigan boʻlsak, 2021-yilda

jinoyat ishlari boʻyicha tuman(shahar) sudlarida birinchi instantsiya tartibida jami 46 871 ta, 2022-
yilda 58 691ta, 2023-yilda 56 636 ta, 2024-yil boshidan hozirga qadar 46 294 ta ish koʻrilgan.
Bundan koʻrinib turibdiki, jinoyatlar 2021-2022-yillar oraligʻida anchagina oʻsgan. 2023-2024-
yillarga kelib esa yana barqaror tarzda tusha boshlagan.

Eng koʻp jinoyat turlari iqtisodiy sohada qayd etilgan boʻlib, bular firibgarlik, oʻgʻrilik va

pora berish kabilarni oʻz ichiga oladi va ushbu jinoyatlarning eng koʻp ulushi Toshkent viloyatiga
toʻgʻri keladi.

Shuni taʼkidlash joizki, ushbu jinoyatlarni sodir etganlarning koʻpchiligi oilali, oddiy ishda

ishlaydigan va hattoki ishsiz, maʼlumoti oʻrta boʻlib muqaddam sudlangan.

Endi Oʻzbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurash mexanizmlariga toʻxtaladigan boʻlsak,

bunga “Jinoyat Kodeksi”ni misol qilish mumkin boʻlib, ushbu qonun jinoyat huquqi sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarni qonuniy jihatdan tartibga solib turadi va ushbu qonunning vazifalari
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat
manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan
qoʻriqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Respublika Konstitutsiya va
qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Ana shu vazifalarni amalga oshirish
uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat
ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi
mumkin boʻlgan jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralarini belgilaydi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi,

demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi
prinsiplariga asoslanadi. Shu jumladan Jinoyat-protsessual kodeksi ham jinoyat huquqiga oid
munosabatlarni tartibga solib quyidagi vazifalarni bajaradi:

jinoyatlarni tez va toʻla ochishdan;

jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi boʻlmagan hech bir

shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan;

qonunning toʻgʻri tatbiq etilishini taʼminlashdan iboratdir.
Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan tartibi

qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat
manfaatlarini himoya etishga yordam qilmogʻi lozim.

Bunga qoʻshimcha ravishda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi

kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarorida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish davlat
organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa
davlat tashkilotlari, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat

4

Public.sud.uz

https://public.sud.uz/report/CRIMINAL


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

407

idoralari va tashkilotlari) ustuvor vazifasi etib belgilanishiga alohida urgʻu berilgani ham
jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish qanchalik ustuvor vazifa etib belgilanganligining
yaqqol isbotidir. Bundan tashqari huquqbuzarliklarni oldini olish va ularni kamaytirish maqsadida
profilaktika ishlari olib borilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi
kurashda hamkorligi taʼminlanib, sudning mustaqilligini taʼminlashda qator chora tadbirlar amalga
oshirilmoqda.

Bundan tashqari Oʻzbekiston qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan jinoyatlarga

qarshi turish boʻyicha hamkorlikni amalga oshirmoqda. Masalan, Rossiya, AQSH va Xitoy bilan
kiberxavfsizlikni taʼminlash va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik olib, ushbu
sohada tajriba almashinish borasida treninglar olib borishga kelishuvlarga erishgan. Xalqaro
tashkilotlardan Yevropa Ittifoqi, BMT, Interpol, ShHT, YXHT bilan hamkorlik olib borib,
qoʻshma dasturlar ishlab chiqmoqda.

Mamlakatimizdagi jazo tizimi haqida toʻxtaladigan boʻlsak, Jinoyat Kodeksining 43-

moddasiga muvofiq jazo tizimi quyidagilardan iborat:

Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar

qoʻllanilishi mumkin:

a) jarima;
b) muayyan huquqdan mahrum qilish;
b

1

) majburiy jamoat ishlari;

v) axloq tuzatish ishlari;
g) xizmat boʻyicha cheklash;
d

1

) ozodlikni cheklash;

e) intizomiy qismga joʻnatish;
j) ozodlikdan mahrum qilish;
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish

tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin.

Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy

xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi.

Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha

jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin.

III. Natijalar

Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻsatadiki, hozirda Oʻzbekiston turli qonun hujjatlarini

qabul qilish va ularni amaliyotda qoʻllash orqali jinoyatlar sodir etilishi va takrorlanishini oldini
olishga koʻproq eʼtibor bermoqda va bu borada ishlab chiqilgan qonun va huquq mexanizmlari
zamonaviy xalqaro tajribalarga mos ravishda ishlab chiqilmoqda. Hatto hozirda ham qonunchilik
hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi kutilmoqda. Oʻzbekistondagi jinoyat
statistikalarning natijalari shundan iboratki 2021-yilda jinoyatlarning sodir etilish koʻsatkichi past
boʻlgan boʻlsada, 2022-yilda ushbu koʻrsatkich sezilarli darajada oshgan, keyingi yillarda normal
holatda tushishi kuzatilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

408

Bunda shuni aytish joizki, iqtisodiy jinoyatlar eng koʻp sodir etilgan jinoyat turidir

5

Jinoyatlarning eng koʻp qismi iqtisodiy sohada— 43,8%, jamoat xavfsizligi va jamoat

tartibiga qarshi jinoyatlar— 24%, davlat organlari, boshqaruv va jamoat birlashmalari faoliyatiga
qarshi jinoyatlar — 16,4%, shaxsga qarshi jinoyatlar — 15,2%, shuningdek, tinchlik va
xavfsizlikka qarshi jinoyatlar 0,4% va eng kami ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlar 0,2%
ni tashkil etdi.

Yuqorida taʼkidlanganidek, ushbu jinoyatlarni sodir etganlarning koʻpchiligi oilali, oddiy

ishda ishlaydigan va hattoki ishsiz, maʼlumoti oʻrta boʻlib, muqaddam sudlanganlardir. Voyaga
yetmaganlar va ayollar tomonidan ham jinoyat sodir etishlar mavjud.

IV. Muhokama

Endilikda, Oʻzbekistonda nega jinoyatlarning davomiy tarzda sodir etilib kelinayotganini

muhokamasiga oʻtsak, natijalar shuni koʻrsatyaptiki, iqtisodiy jinoyatlar eng koʻp sodir etilgan
jinoyatlardandir. Ushbu jinoyatlarning sababi sifatida turli omillarni koʻrish mumkin. Masalan,
jinoyatlarga qarshi kurash mexanizmining yaxshi ishlamasligi, ishsizlik, moliyaviy qiyinchiliklar,
aholida huquqiy savodxonlikning yetishmovchiligi, bolalarning notoʻgʻri tarbiyalanishi,
eʼtiborsizlik, bilimsizlik va hokazo. Oʼzbekistonda mavjud jinoyatchilikka qarshi kurash va uni
oldini olish mexanizmlari mavjudligining oʻzi jinoyatlarni kamaytirish uchun yetarli emas.
Jinoyatlar yuzaga kelish sababi haqida mashhur rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat
va jazo” kitobida muhokama boradi. Bunda ikki omil oʻrtaga tashlanadi: muhit yoki ruh. Yaʼni
odamlarning jinoyat sodir etishida koʻproq tashqi omillar: odamlarning yashash tarzi, moliyaviy
qiyinchiliklar, yashash sharoitlari, ishsizlik, atrofdagi muhitning buzuqligi sabab boʻladimi yoki
jinoyat sodir etishda subyektiv omillar: ruhiyatda azaldan gʻaraz niyatlar mavjudligi, vijdonning
nopokligi, tabiatan jinoyat sodir etishga moyillik sabab boʻladimi deya bahs borgan.

5

Nurulloh Sh,(2024) Gazeta.uz:

So‘nggi 5 yil Ichida O‘zbekistonda jinoyatchilik 2,3 barobar oshdi

.

https://uz24.uz/uz/articles/jinoyat-2-19

iqtisodiy jinoyatlar

jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar

davlat organlariga qarshi jinoyatlar

shaxsga qarshi jinoyatlar

tinchlikka qarshi jinoyatlar

ekologik jinoyatlar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

409

Hatto baʼzi odamlarning fikriga qaraganda, diniy taʼlimotning yetishmovchiligi ham

jinoyatlarga sabab boʻladi, yaʼni insonlar qanchalik Xudodan uzoqlashib, u va uning jazolari
haqida unutib qoʻysalar oxir-oqibat jinoyatlar sodir etishdan ham qoʻrqmay qoʻyadilar. Hozirda
kiberjinoyatlar ham qator etilib bu O‘zbekistonda ham allaqachon ommalashdi.

6

AKT

kompaniyasi asoschisi va bosh ijrochi direktori janob Arto Tenxunenning aytishicha,
kiberxavfsizlik uchun eng katta xavf inson xatolari bo'lib qolmoqda, bu esa qayd etilgan
jinoyatlarning 60 foizini tashkil qiladi. Uning so'zlariga ko'ra, kiberxavfsizlik giyohvandlik
biznesidan ko'ra kattaroq biznesdir,

"bu ancha oson, ular biz ijtimoiy tarmoqlarda baham

ko'rayotgan ma'lumotlardan xabardor bo‘la olishadi”

. Jinoyatchilar uchun internetdan ma’lumot

to‘plash juda oson. Uning bu fikrini izohlaydigan bo‘lsak, hozirda kiberjinoyatlar
ommalashayotganining asosiy sababchisi insonlarning o‘zi bo‘lib, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi
faolligi bu uchun zamin yaratmoqda.

Ya’ni bir necha yillar oldin kiberjinoyatchilar o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga

oshirish uchun muayyan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlariga buzib kirish kerak edi, ammo
hozirda odamlarning shaxsiy ma’lumotlari internetda olish uchun oson va ushbu ma’lumotlar
“shaxsiy ma’lumotlar”dan ko‘ra ko‘proq butun “ommaviy ma’lumotlar” bo‘lib qolmoqda. Ushbu
fikrlarni bayon etish orqali Arto Tenxunen odamlarni ogoh bo‘lishga, ijtimoiy tarmoqlarda
joylayotgan ma’lumotlariga e’tibor berishga chaqirmoqda. Ushbu fikrni yoqlagan holda, huquqiy
savodsizlik va odamlarning e’tiborsizligi kiberjinoyatlar ildiz otishining asosiy sababchisi deya
olamiz. Xususan, ogohlik – davr talabidir. Ushbu jinoyat O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda
endi yuzaga kelayotganiga qaramasdan ularga qarshi kurash tizimini samarali joriy etish maqsadga
muvofiqdir, agarda aksincha e’tiborsiz qoldirilsa uning butun mamlakatda katta xavf bo‘lishi ajab
emas. Xususan,

7

Sok Visal shunday ta’kidlaydi:

“Qonunlarni yaratishdan oldin voqealar sodir

bo'lishini kuta olmaymiz .Jinoyat qonunlari istiqbolli bo'lishi, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan
muammolarni oldindan ko'ra olishi va tezkor huquqiy javoblarni ta'minlashi kerak”.

Ushbu fikrga

mutlaqo qo‘shilgan holda shuni aytamizki, ijtimoiy normalar doimo ijtimoiy munosabatlardan
oldinda yurishi kerak. Ya’ni, biz qonunlar ishlab chiqish, yokida muayyan ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishda faqatgina jamiyatda sodir bo‘layotgan munosabatlarnigina inobatga olmasdan,
jinoyatlar tarixini o‘ganishimiz va kelajakdan qanday huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkinligini
prognoz qilgan holda, ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni yaratishni
o‘zimizning burchimiz sifatida bilishimiz zarur.

Bundan tashqari hozirda glogal muammoga aylanib ulgurgan korrupsiya jinoyatlarini

oladigan bo‘lsak, ushbu jinoyatning davlat mansabdor shaxslarining o‘zi tomonidan ham sodir
etilayotgani faqatgina achinarlidir

8

“Poraxo‘rlik har qanday sivilizatsiyalashgan jamiyat

6

Rapheal. (June 11, 2019 Tuesday). 60% cyber crimes caused by human mistakes –Expert. The Sun (Nigeria).

https://advance.lexis.com/api/document?collection=news&id=urn%3acontentItem%3a5W9R-TTG1-JDJN-62TM-
00000-00&context=1519360&identityprofileid=CJQVWW63400

.

7

(August 27, 2024 Tuesday). Ministry drafting criminal law. Khmer Times.

https://advance.lexis.com/api/document?collection=news&id=urn%3acontentItem%3a6CV1-MTM1-JCH9-G0NS-
00000-00&context=1519360&identityprofileid=CJQVWW63400

.

8

Shoul M. Froomkin, Money Laundering, Corruption and the Proceeds of Crime - An International Reality Check

https://www.westlaw.com/Document/I1ed2c7bcb97311dc81188c7818c06073/View/FullText.html?transitionType=
Default&contextData=(sc.Default)&VR=3.0&RS=cblt1.0


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

410

poydevoriga tahdid soladigan yovuz amaliyotdir. Xususan, militsiya va prokurorlarning
poraxo‘rligi odil sudlovni obro‘sizlantirishga olib keladi.” Ishonchli vakil, xizmatchi, agent yoki
boshqa ishonchli shaxs tomonidan shunday qonunbuzarliklar sodir etilib turgan bir paytda, oddiy
aholidan qonunlarga rioya etishni talab qilish shunchaki ahmoqlikdir. Ushbu illatning jamiyat
iqtisodiyotiga qanchalik zarar keltirayotganini taxmin qilish ham mumkin emas. Bu jinoyatni
bartaraf etishni davlat organlarining o‘zidan boshlash mantiqan to‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki fuqarolar
ushbu jinoyatni huquqiy savodi yetishmasligidan sodir etsa davlat organlari yokida uning
mansabdor shaxslari ushbu harakatning jinoyat ekanligini bila turib ushbu niyatini amalga
oshirishdan qaytmaydi. Bizga tishsiz qo'riqchi itlar emas, tishli qo'riqchilar kerak: biz jinoyatlarga
qarshi kurashda huquq mexanizmlarini yaratar ekanmiz, ularning samarali ishlashini ham o‘z
bo‘ynimizga olmog‘imiz lozim. Zero, qomunlar samarasiz bo‘lar ekan bizga qonunlar nega kerak?

Mavjud tadqiqotlarimizning hayratlanarli jihati shundaki, jinoyatlar koʻp hollarda

muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilganidir. Bu ularning qilgan qilmishidan tegishli
xulosa chiqarmaganidanmi yoki jazolash tizimining yaxshi ishlamayotganidamni degan savolni
oʻz-oʻzidan tugʻdiradi. Fikrimizcha jazolash tizimi yaxshi ishlasagina, biz jinoyatlar takror sodir
etilishining oldini ola olamiz. Bunda kuchli jazo choralarini qoʻllash nazarda tutilmayapti,
aksincha jazo choralari jazolashdan koʻra tarbiyalashni nazarda tutishi kerak. Mashhur bokschi
Mayk Tayson boks qonun-qoidalariga amal qilmaganligi tufayli 3 yil ozodlikdan mahrum qilish
jazosiga mahkum qilingan edi, shu jazoni oʻtagandan soʻng u aynan manashu uch yil uning
hayotining eng yaxshi kunlari boʻlganligini intervyularining birida aytib oʻtgan edi. Bundan aytish
mumkinki, biz jazo choralari yoki ozodlikdan mahrum qilish joylarini inson hayotini barbod qilish
emas, yangicha hayot boshlashi uchun imkoniyat sifatida tashkil etishimiz kerakdir. Toʻgʻri inson
birinchi marta muhit tufayli jinoyat sodir etishi mumkindir, ammo keyinchalik takror va takror
jinoyatlar sodir etish uning ruhiyati buzilganidan dalolatdir. Bunday holatda, bir xil jazo chorasini
unga qayta va qayta qoʻllash yoki jazo chorasining muddatini uzaytirish ahvolni oʻzgartira
olarmidi? Fikrimizcha, jinoyatchilar jazoni ijro etish kaloniyalarida jazoning muayyan qismini
oʻtagach, jamiyat va oʻzining ruhiy holati uchun foydali boʻlgan toʻgarak va mashgʻulotlar bilan
band boʻlishi zarur, aynan mana shunday holatdagina ularni ruhiy jihatdan tarbiyalashga erishish
mumkin. Vaholanki, mahbuslarni faqatgina bitta joyda saqlab turish aksincha ularning ruhiyatiga
salbiy taʼsir koʻrsatadi. Toʻgʻri bazi koloniyalarda bu qisman amalga oshirilmoqda, ammo bu
barcha koloniyalarda ham amal qilmaydi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak,

Oʻzbekistonda eng koʻp iqtisodiy jinnoyatlar

ommalashgan boʻlib, bular koʻpincha moliyaviy jihatdan ahvoli yaxshi boʻlmagan shaxslar
tomonidan amalga oshirilmoqda. Buning sabablari sifatida moliyaviy qiyinchiliklar, ishsizlik,
huquqiy savodxonlikning yetishmasligi va hokazolarni koʻrish mumkin. Jinoyatlarning oldini
olish va unga qarshi turish mexanizmi mavjudligining oʻzi yechim boʻla olmaydi.

Mavjud masala boʻyicha takliflar kiritishda

jinoyatlarga qarshi kurashishdan ham koʻra

koʻproq, ularning oldini olishga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi tadbirlarni
amalga oshirish taklif etiladi:

bolalarni jinoyatchilikka kurash ruhida tarbiyalash, bu turli xil multfilm va oʻyinlar orqali

amalga oshirilishi kerak va ota-onalar buni oʻz navbatida nazorat qilib borishi zarur;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

411

aholini huquqiy savodsizligiga barham berish va jinoyatlardan (jumladan, kiberjinoyatlar)

ogohlantirish targʻibot ishlarini olib borish;

jazo ijro etish kaloniyalarida mahkumlarni tarbiyalash tizimini joriy etish va uning yaxshi

ishlashi ustidan nazorat olib borish (bu ularni jamiyat turli toʻgarak va loyihalarni tashkillashtirish
orqali amalga oshiriladi);

jinoyatchilarni ruhiy holatiga alohida eʼtibor qaratish va bu borada mutaxassislarni jalb

etish;

jazodan ozod etilganlarni jamiyatda oʻz oʻrnini topib ketishga koʻmaklashish va ularni

oilaviy sharoitini yaxshilay oladigan real ish bilan taʼminlash (buning uchun ularni kalonidalik
paytida bu boʻyicha tayyorlab, taʼlim berish zarur);

aholining ishsiz qatlamini ish bilan taʼminlash va ularni tadbirkorlik, onlayn biznes kabi

qoʻshimcha moliyaviy manbalar bilan taʼminlaydigansohalar bilan shugʻullanishini qoʻllab
quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi //

https://lex.uz/mact/-111453

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi //

https://lex.uz/mact/-111460

3.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori //

https://lex.uz/docs/-3141186

4.

David Mcculloch, (2023)

A History of Crime: Investigations, Trials and Punishments

//

https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=9b39aef7-9f6a-4689-9f53-d7d1a4977c16

5.

Volo

museum

blog,

(2020)

History

of

Crime

and

Punishment

//

https://www.volocars.com/blog/history-of-crime-and-punishment

6.

Ziyouz.com

kutubxonasi,

(2013)

SHAN

YAN

//

https://n.ziyouz.com/portal-

haqida/xarita/hikmatlar/mumtoz-faylasuflar/shan-yan

7.

Nurulloh Sh,(2024) Gazeta.uz:

Soʻnggi 5 yil Ichida Oʻzbekistonda jinoyatchilik 2,3 barobar

oshdi

//

https://uz24.uz/uz/articles/jinoyat-2-19

8.

Public.sud.com //

https://public.sud.uz/report/CRIMINAL

9.

Rapheal. (June 11, 2019 Tuesday). 60% cyber crimes caused by human mistakes –Expert.
The Sun (Nigeria).

https://advance.lexis.com/api/document?collection=news&id=urn%3acontentItem%3a5W9
R-TTG1-JDJN-62TM-00000-00&context=1519360&identityprofileid=CJQVWW63400

10.

(August 27, 2024 Tuesday). Ministry drafting criminal law. Khmer Times.

https://advance.lexis.com/api/document?collection=news&id=urn%3acontentItem%3a6CV
1-MTM1-JCH9-G0NS-00000-00&context=1519360&identityprofileid=CJQVWW63400

11.

Shoul M. Froomkin, Money Laundering, Corruption and the Proceeds of Crime - An
International Reality Check

https://www.westlaw.com/Document/I1ed2c7bcb97311dc81188c7818c06073/View/FullTe
xt.html?transitionType=Default&contextData=(sc.Default)&VR=3.0&RS=cblt1.0

References

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // https://lex.uz/mact/-111453

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi // https://lex.uz/mact/-111460

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori // https://lex.uz/docs/-3141186

David Mcculloch, (2023) A History of Crime: Investigations, Trials and Punishments // https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=9b39aef7-9f6a-4689-9f53-d7d1a4977c16

Volo museum blog, (2020) History of Crime and Punishment // https://www.volocars.com/blog/history-of-crime-and-punishment

Nurulloh Sh,(2024) Gazeta.uz: Soʻnggi 5 yil Ichida Oʻzbekistonda jinoyatchilik 2,3 barobar oshdi // https://uz24.uz/uz/articles/jinoyat-2-19

Rapheal. (June 11, 2019 Tuesday). 60% cyber crimes caused by human mistakes –Expert. The Sun (Nigeria). https://advance.lexis.com/api/document?collection=news&id=urn%3acontentItem%3a5W9R-TTG1-JDJN-62TM-00000-00&context=1519360&identityprofileid=CJQVWW63400

Shoul M. Froomkin, Money Laundering, Corruption and the Proceeds of Crime - An International Reality Check https://www.westlaw.com/Document/I1ed2c7bcb97311dc81188c7818c06073/View/FullText.html?transitionType=Default&contextData=(sc.Default)&VR=3.0&RS=cblt1.0