Authors

  • Navro’zbek Jurakulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48064

Keywords:

Nogironligi bo’lgan shaxs inson huquqlari ta'lim huquqi inklyuziv ta'lim tibbiy-ijtimoiy ekspertiza pedagog-defektolog.

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida alohida e’tibor talab etiladigan bolalarning ta'lim huquqlarini ta'minlash borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Alohida e’tibor talab etiladigan bolalarning ta’lim huquqlarini rivojlantirish bo’yicha nazariy amaliy tajribalar o’rganilgan. Shuningdek xorij tajribasi asossida alohida e’tibor talab e’tiladigan bolalarning ta’lim huquqlarini rivojlantirish o’rganilib chiqilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

416

ALOHIDA E’TIBOR TALAB ETILADIGAN BOLALARNING TA'LIM

HUQUQLARINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI

Jurakulov Navro’zbek Shuhrat o’g’li

Toshkent davlat Transport Universiteti Yu-2 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14211197

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida alohida e’tibor talab

etiladigan bolalarning ta'lim huquqlarini ta'minlash borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil
qilingan. Alohida e’tibor talab etiladigan bolalarning ta’lim huquqlarini rivojlantirish bo’yicha
nazariy amaliy tajribalar o’rganilgan. Shuningdek xorij tajribasi asossida alohida e’tibor talab
e’tiladigan bolalarning ta’lim huquqlarini rivojlantirish o’rganilib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Nogironligi bo’lgan shaxs, inson huquqlari, ta'lim huquqi, inklyuziv ta'lim,

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, pedagog-defektolog.

EDUCATION OF CHILDREN REQUIRING SPECIAL ATTENTION

BASICS OF THE DEVELOPMENT OF RIGHTS

Abstract.

This article analyzes the normative legal documents on ensuring the educational

rights of children who require special attention in the Republic of Uzbekistan. Theoretical and
practical experiences on the development of the educational rights of children who require special
attention have been studied. Also, the development of the educational rights of children who
require special attention has been studied on the basis of foreign experience.

Key words:

Person with disabilities, human rights, right to education, inclusive education,

medical and social expertise, pedagogue-defectologist.

ОБРАЗОВАНИЕ ДЕТЕЙ, ТРЕБУЮЩИХ ОСОБОГО ВНИМАНИЯ

ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ПРАВ

Аннотация.

В данной статье анализируются нормативные правовые документы

по обеспечению образовательных прав детей, требующих особого внимания в Республике
Узбекистан. Изучены теоретический и практический опыт развития образовательных
прав детей, требующих особого внимания. Также на основе зарубежного опыта изучено
развитие образовательных прав детей, требующих особого внимания.

Ключевые слова:

Инвалид, права человека, право на образование, инклюзивное

образование, медико-социальная экспертиза, педагог-дефектолог.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni

ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ularga hayotda teng imkoniyat va sharoitlar
yaratib berish masalasi dolzarb ahamiyatga ega bo’lib qoldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo’yicha

kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ham alohida ehtiyojga ega bo’lgan shaxslarning
huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilishini ta'kidladi.

“Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashga jiddiy e’tibor

qaratiladi. «Yaqinda Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga
kirdi. O‘zbekiston Parlamenti Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishi
kutilmoqda. Biz imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarish
masalalari bo‘yicha Mintaqaviy kengash tuzishni taklif etamiz», dedi davlat rahbari.’’


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

417

Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish katta va ko'pgina

omillarga bog'liq masala hisoblanadi. Shu bois, jamiyatimizning bir bo'lagi bo’lgan maxsus
yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim-tarbiya berish, ularning
sog'lom bolalar qatoridan o'rin olib o'z qobiliyati, imkoniyatlarini ko'rsata olishiga, ma'naviy
kamol topishiga sharoit yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Avvalo O'zbekiston Respublikasida inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim

ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga
ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qilindi.

Xususan, 2020 yil 15 oktyabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Nogironligi

bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi qonunida nogironligi bo'lgan shaxslarning
huquqlarini ta'minlashning huquqiy asoslari mustahkamlangan.

1

Mazkur qonunga ko'ra nogironligi bo'lgan bolalar — barqaror jismoniy, aqliy, sensor

(sensor yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va
jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko'rsatilishiga hamda o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari
himoya qilinishiga muhtoj o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslar hisoblanadi.

Qonunga ko'ra Nogironligi bo'lgan shaxslar barcha darajalardagi ta'lim tashkilotlarida

ta'lim olish va o'z qobiliyatini yanada to'liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim
olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega

2

ya’ni alohida e’tibor talab

etiladigan bolalarning eshitish tizimi inobatga olingan.

Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirishni, ularning ta'lim

olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o'tishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlashi, ta'lim tashkilotlari davlat organlari bilan birgalikda
nogironligi bo'lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari va umumiy o'rta ta'lim olishini,
shuningdek o'rta maxsus, professional, oliy va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limi olishini
ta'minlashi qonunda mustahkamlab qo'yilgan.

Inklyuziv ta’limni oiladan maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida,

kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv muassasalarida joriy etish natijasida alohida ehtiyoji bor
insonlarga nisbatan umumiy munosabat o’zgarayotgani ma’lum bo’ldi.

Bu esa ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun omil bo’lib xizmat qilish mumkin.
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga umumta’lim jarayonidagi barcha

tadbirlarda faol va muntazam ishtirok etish imkonini beradi.

Buning natijasida stereotiplar shakllanishining oldi olinib, ko’rsatiladigan individual

yordam imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdan ajratib qo’ymaydi. Ular olgan ko’nikmalarini
umumlashtirish imkoniga ega bo’lishadi.

Agar nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o'qitishning vaqtincha imkoni

bo'lmasa, ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta'lim muassasalari nogironligi bo'lgan

1

Lex.uz qonun hujjatlari

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.10.2020 yildagi O‘RQ-641-son

2

O'zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi qonuni, 2020 yil 15 oktyabr


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

418

bolalarning sohaga oid shifokorlar tavsiyalari asosida hamda ota-onasining yoki boshqa qonuniy
vakillarining roziligi bilan uyda o'qitilishini ta'minlaydi.

Nogironligi bo'lgan bolalarni uyda o'qitish O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti

mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat nogironligi bo'lgan bolalarning bepul umumiy
o'rta, maktabdan tashqari, o'rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi. Nogironligi
bo'lgan shaxslarni to'lovdan ozod qilgan holda yoki imtiyozli shartlar asosida maxsus o'quv
qo'llanmalari va adabiyotlar, shuningdek surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati
bilan ta'minlash O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga
oshiriladi. Nodavlat ta'lim tashkilotlari nogironligi bo'lgan shaxslarni (bolalarni) o'qitganlik uchun
to'lov bo'yicha imtiyozlar belgilashga haqli.

Nogironligi bo'lgan shaxslarga ta'lim berish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan va
ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta'lim texnologiyalaridan
foydalangan holda, umumiy tipdagi ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan
ta'lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibdagi o'quv rejalari
bo'yicha o'qitish yo'li bilan amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Nogironligi bo'lgan bolalarni har tomonlama va uyg'un rivojlantirish, ularda ijtimoiy

faollikni shakllantirish, mehnatga ishtiyoq uyg'otish, ularni ilm-fanga, texnikaga, san'atga va
sportga jalb etish maqsadida ta'lim muassasalari nogironligi bo'lgan bolalarning maktabdan
tashqari ta'limdan foydalanishini, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, davlat
organlari bilan birgalikda ta'minlashi shart ekanligi belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O'zbekiston Respublikasi

Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-
son Farmoniga muvofiq qabul qilingan konsepsiyada alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta'lim
berishga muhtoj bolalarning ta'limi borasidagi muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari
ishlab chiqilgan

3

.

Imkoniyati cheklangan bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash xalq

ta'limi tizimini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilib, quyidagi
vazifalar belgilab berildi: imkoniyati cheklangan bolalar ta'lim tasdiqlash; imkoniyati cheklangan
bolalar o'qitiladigan ta'lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga
o'qitish uchun bo'ladigan uskuna va jihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirish holda ularga e’tiborni kuchaytirish ko’zda tutilgan.Imkoniyati cheklangan bolalarni
o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish, umumta'lim muassasalarini maxsus
moslamalar (ko'tarish qurilmasi, pandus, tutqich, boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar
(pedagog-defektolog, bolalarni ruhiypedagogik kuzatish bo'yicha mutaxassislar) bilan ta'minlash;
jamoatchilik o'rtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv
o'qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish; ota-ona qaramog'isiz
qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini keng joriy etish; o'quvchilarning jismoniy va

3

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-5712-son

konsepsiyasi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

419

aqliy talab-ehtiyojidan va ta'lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda
maxsus maktab-internatlarni optimallashtirish; imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va
integrasiyasi uchun maktab internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta'minlash;
imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta'lim olishiga bo'lgan huquqini ta'minlashga
qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash . Bunda alohida e’tibor talab etiladigan shaxslarga lozim
darajada sharoit yaratib berish hamda ularning ta’lim samaradorligini oshirish ko’zda tutilgan.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida” gi Qarori, 2020 — 2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni
rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020 — 2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni
rivojlantirish konsepsiyasini,2020-2021 yillarda amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» ishlab
chiqildi. Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan nogironligi bo‘lgan
shaxslarning umumiy soni 967 ming 925 nafarni tashkil etmoqda. Ularning huquq va erkinliklari
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan. Xususan, 2024-yilda “Nogironligi
bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 2021-yili
mamlakat BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini ratifikatsiya qildi. Yangi
Konstitutsiyada nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari alohida qayd etildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan

bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi Qarori asosida
“Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida Nizom”,
“Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan
ta'lim muassasalari to'g'risida Nizom”, “Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim
muassasalari to'g'risida Nizom”, “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan,
shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta'lim berish
tartibi to'g'risida Nizom”, “Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to'g'risida Nizom” Ma'lumki,
2021 yil 29 may kuni bo'lib o'tgan Oliy Majlis Senatining majlisida “Nogironlar huquqlari
to'g'risidagi xalqaro konvensiyani ratifikasiya qilish haqida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni
loyihasi muhokama etildi va tasdiqlandi.

Mazkur Konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13 dekabrda qabul

qilingan va 2008 yil 3 mayda kuchga kirgan. Konvensiyada nogironlarning huquqlariva asosiy
erkinliklari, xususan, ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta'lim olish,
salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy
hayotda, bo'sh vaqtni o'tkazish, dam olish va sport bilan shug'ullanishda ishtirok etish, o'zlari va
oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo'lish va ijtimoiy yordam huquqlari e'tirof etilgan.

Ushbu huquqlarni amalga oshirishning kafolatlari belgilangan. Konvensiyaning

ratifikasiya qilinishi nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini, xususan ta'lim huquqlarini
ta'minlash masalasi yanada jiddiy e'tiborni talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

qarori, 27.02.2023 yildagi PQ-74-son Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash yuzasidan qonunchilik bazasini takomillashtirish to’g’risida qaror qabul qilingan.

“2022–2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da bu
borada muhim maqsad-vazifalar belgilangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

420

Bu o'rinda, birinchi navbatda, O'zbekiston Prezidentining mazkur Taraqqiyot strategiyasini

imzolashga oid Farmonida ko'zda tutilgan ustuvor masalalarga to'xtalish maqsadga muvofiqdir.

Farmonga muvofiq, Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda.
Loyihada, jumladan,

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”

axborot tizimida yordamga

muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo'lgan shaxslar bo'yicha alohida ma'lumotlar bazasini
yaratish ko'zda tutilmoqda.

Kelgusida ushbu ma'lumotlar bazasini o'zida jamlagan

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”

hozir amalda bo'lgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” bilan
integratsiya qilinadi.

Prezident Farmonida bu borada belgilangan yana bir muhim vazifa – “Fuqarolarning davlat

pensiya ta'minoti to'g'risida”gi qonuniga o'zgartirishlar kiritish bilan bevosita bog'liq. Chunki
bunda davlatimiz rahbarining bolalikdan nogironligi bo'lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan
davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo'shib hisoblash zarurligi haqidagi topshirig'ini o'z ijobatini
topadi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, nogironligi bo'lgan bolalarning ta'lim huquqlarini ta'minlash

bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan va bunga Konstitutsiya asos bo’ladi. Ularni
amalga oshirish samarali bo'lishi uchun avvalo sifatli kadrlar tayyorlash masalasiga e'tibor berish
zarur. Shuningdek, nogironligi bo’lgan bolalarning ta’lim olish jarayonini uzviy ravishda yo’lga
qo’yish va shu jumladan ularning ta’lim jarayonini tizimlashtirish zarur hamda ularning ta’limi va
ish faoliyatini tizizmlashtirish jarayonini takomillashtirish, jumladan har bir alohida e’tibor talab
qilinadigan shaxsning qiziqishi, qobiliyati jihatdan platformaga kiritgan holda ularni jamiyat
taraqqiyotining bir bo’lagi sifatida uyg’unlashtirish kerak.

REFERENCES

1.

Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-
sessiyasidagi nutqi, 22 Fevral 2021

2.

O'zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi
qonuni, 2020 yil 15 oktyabr

3.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

4.

Shoira To‘xtamurodovna Avazova O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o'qituvchisi,
yuridik fanlar nomzodi Durdona Djuraevna Bekbaeva

Pavel Benkov nomidagi Respublika

ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o'qituvchisi

5.

2020 — 2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi

References

Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46- sessiyasidagi nutqi, 22 Fevral 2021

O'zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi qonuni, 2020 yil 15 oktyabr

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

Shoira To‘xtamurodovna Avazova O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o'qituvchisi, yuridik fanlar nomzodi Durdona Djuraevna Bekbaeva Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o'qituvchisi

2020 — 2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi