Authors

  • Abdurasul Ergashev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48068

Keywords:

neolit kulolchilik S.P.Tolstov Joytun madaniyati Markaziy Osiyo Kaltaminor madaniyati Rishton Buxoro hunarmandchilik.

Abstract

Ushbu maqolada, kulolchilikning paydo bo’lishi va uning rivojlanishi, bugungi kunda hunarmandchilikdagi ahamiyati haqida so’z boradi. Shuningdek, kulolchilik qadimgi davrdan boshlab, insoniyat tarixida ishlab chiqarish jarayonining rivojlanganligi anglatadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

433

KULOLCHILIKNING PAYDO BO’LISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Ergashev Abdurasul Sunnatillayevich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Kechki fakultet, Tarix yo‘nalishi, 401-guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14211260

Annotatsiya.

Ushbu maqolada, kulolchilikning paydo bo’lishi va uning rivojlanishi,

bugungi kunda hunarmandchilikdagi ahamiyati haqida so’z boradi. Shuningdek, kulolchilik
qadimgi davrdan boshlab, insoniyat tarixida ishlab chiqarish jarayonining rivojlanganligi
anglatadi.

Kalit so’zlar:

neolit, kulolchilik, S.P.Tolstov, Joytun madaniyati, Markaziy Osiyo,

Kaltaminor madaniyati, Rishton, Buxoro, hunarmandchilik.

THE EMERGENCE OF POTTERY AND ITS SIGNIFICANCE TODAY

Abstract.

This article talks about the origin and development of pottery and its importance

in today's crafts. Also, pottery represents the development of the production process in the history
of mankind since ancient times.

Key words:

Neolithic, pottery, S.P. Tolstov, Joytun culture, Central Asia, Kaltaminor

culture, Rishton, Bukhara, crafts.

ВОЗНИКНОВЕНИЕ ГОНЧАРСТВА И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ СЕГОДНЯ

Аннотация.

В данной статье говорится о зарождении и развитии гончарного дела,

его значении в ремеслах сегодня. Также гончарное дело представляет собой развитие
производственного процесса в истории человечества с древнейших времен.

Ключевые слова:

неолит, керамика, С.П. Толстов, Джойтунская культура, Средняя

Азия, Калтаминорская культура, Риштон, Бухара, ремесла.


KIRISH.

O’rta Osiyo kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi maskanlardan biri. Tarixdan

ma’lumki, insoniyat tarixi hozirgi kunga kelguniga qadar juda katta tarixiy bosqichni bosib o’tdi,
Xususan insoniyat tomonidan ixtiro qilingan sohalardan biri hunarmandchilikning bo’g’ini
bo’lgan kulolchilik bo’lib alohida ahamiyat kasb etadi.

Kulolchilikning paydo bo’lishi bir necha ming yillik qadim tarixga borib taqaladi.
Kulolchilik hunarmandchilikning bir turi sifatida yangi tosh ya’ni neolit (mil.av. 6-4 ming

yilliklar) davrida ixtiro qilingan. Shubhasiz, neolit davri odamlarining eng katta yutuqlaridan biri
bu kulolchilik bo’lib ular loydan kundalik turmushda foydalaniladigan idishlarni yasashni
o’rgandilar. Keyinchalik xo’jalikda erishilgan yutuqlar samarasida ularni olovda pishirishni ham
uddalaganlar. Bu esa o’sha davr turmush-tarzidan kelib chiqib so‘z yuritadigan bo’lsak, juda katta
kashfiyot edi. Neolit davri odamlari kulolchilik buyumlarini dastlab olovda pishirishni
bilishmagan. Shuning uchun ham dastlabki kulolchilik buyumlari qo’pol va mo’rt bo’lgan.

Arxeologik qazishmalar natijasida sopol idishlarning dastlabki yasalish uslublari juda

oddiydan vaqt o’tishi sayin murakkablashib borgan.” Sopol idishlarning dastlabki shakllari
ularning tagi tuxumsimon bo’lib, shakli neolit davri odamlarining ko’l yoqalarida, qumloqlardagi
chaylalarda yashaganliklari bois shunday bo’lgan, ya’ni sopol idishlar ko’l yoqasidagi qum ustiga
o‘rnatilgan va ularni toshdan terilgan o’choqlarga qo’yish ham qulay bo’lgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

434

So’nggi neolit davriga kelib sopol buyum shakli o’zgaradi. Tuvaksimon - osti yassi va tekis

idishlar paydo bo’ladi, maydalashadi. Idishlar loy lentalar asosida qo’lda ishlangan. Idishlar naqshi
ham oddiydan murakkabga o‘zgarib boradi. Idishlar bir yarusli xumdonlarda pishirilgan. Lekin
idishlar qo’pol, mo’rt bo’lgan.[1 B. 153] Insonning aql-zakovatining o’sib borishi bilan neolit
davri odamlar yaxshi yaxshashga intilganlar.

Asosiy qism.

Markaziy Osiyodagi dastlabki dehqonchilik manzilgohlaridan birinchisi Joytun

madaniyatidir. Joytun madaniyati faqat hozirgi Turkmanistonning janubi-g’arbiy hududlaridan
topilgan. Bu madaniyat milloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming yilliklar boshida mavjud
bo’lgan deya hisoblashadi. O’rta Osiyoda dastlabki kulolchilik buyumlarini o‘zining kundalik
ehtiyojidan kelib chiqib foydalangan dastlabki xalq bu Joytun madaniyati sohiblaridir. Joytun
madaniyati odamlari tomonidan dastlabki kulolchilik buyumlari qo’lda ishlangan. Uni bezashda
esa geometrik naqshlardan foydalanilgan. N.Egamberdiyevaning fikricha, ilk Joytun madaniyatida
kulolchilik buyumlaridan kam foydalanilgan.

Markaziy Osiyoda spool idishlar ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida ishqorli va

qalay-qo’rg’oshinli bo’yoqlar ishlatilgan. Kulolchilik buyumlarini bezashda qizil rang bilan
bezaganlar. Ilk Joytun madaniyatida bezalgan idishlarda asosan to’lqinsimon chiziqlar uchrasa,
so‘nggi Joytunda esa to’rsimon bezaklar asosiy o‘rinni egallaydi. Neolit davrida kulolchilik
buyumlarining ixtiro qilinishi bevosita unga bo’lgan ehtiyojning mavjudligidir. Neolit davrining
eng katta ixtirosi bu ishlab chiqaruvchi xo’jalik dehqonchilik va chorvachilik edi. Endi urug’
jamoalarda maxsulot saqlash uchun buyumga ehtiyoj oshadi. Bu esa kulolchilik buyumlarini kashf
etilishiga asos bo’lgan bo’lishi mumkin.

O‘rta Osiyodan topilgan yana bir manzilgohlardan biri Ko’hna Xorazm hududidan topilgan

Kaltaminor madaniyatidir. Bu manzilgoh Amudaryoning quyi qismida joylashgan bo’lib uni
S.P.Tolstov rahbarligida Xorazm arxeologik ekspeditsiya a’zolari o’rgangan.

‘‘Kaltaminorliklarning sopol idishlarining yasalish uslubi boshqa manzilgohlarnikidan

farqli bo’lgan. Ular qopga o‘xshash narsaga qum solib, atrofini loy bilan suvab chiqqanlar va
quritilgan. Keyin yer tandirga o‘xshash xumdonga bir nechtasi terilib, olov yoqilgan va xumdon
og‘zi berkitilgan. Katta haroratda olov yonib, idish ichida iz qoldirgan. Shu sabab sopol buyumlar
tuxumsimon shaklda bo‘lgan, lekin idish ichi pishmasdan qolgan. Sopol loyiga qamish yoki
yantoqning toza kuli solingan. Sopol qozonlarga esa maydalangan toshlar qo’shilgan‘‘.[3 B.57]

Neolit keyingi davrlarda sopol idishlarning yasalish tartibida sezilarli takomillashuv ko‘zga

tashlandi.Eneolit davrining ilk va o‘rta bosqichlaridagi sopollar neolit davridan qisman darajada
farq qildi. Sopollarini tayyorlashda maydalangan somoni loyga qo‘shib idish yasaganlar.

Kulolchilik charxini ixtiro qilindi. Endi kulolchilik charxida ishlov berilgan sopollar neolit

davridagiga nisbatan anchagina mustahkam edi. Bunga sabab loyga gipsning aralashganligi edi.

Bu davr yutug’laridan yana biri sopollarni olovda pishirishda eneolit davri odamlarining

tajribasi ancha oshganini, sopollarning sifatidan va xilma xil rangidan anglab olishimiz mumkin.

‘‘Bular och sariq, sarg’ish och qizil va qizil angob bilan bo‘yalib, qora mineral rang bilan

sopol yuziga turli xil geometrik naqshlar, hayvon va parrandalarning rasmi tushirila boshlandi‘‘.[4
B. 64]


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

435

Endilikda sopol buyumlarning soni har doimgiga qaraganda ko’p, sifatli va sopollarning

turlari ham birmuncha ko’paydi. Sopol buyum bu tarixni o‘rganish uchun dastlabki moddiy
manbaalar qatoridan mustahkam joy olgan. Arxeologik qazishmalar natijasida topilgan sopol
buyumlarga qarab ushbu xalqning turmush tarzi, diniy e’tiqodi, madaniyati va boshqa tomonlama
ko’plab ma’lumotlor olishimiz mumkin. Sopol buyumlardan nafaqat O‘rta Osiyo xalqlari,
qolaversa har bir millat vakillari tarixida o’z o’rniga egadir. O’rta Osiyoda xusasan, Samarqand,
Xorazm, G’ijduvon, Toshkent, Kitob, Panjikent, Qoratog’, Shahrisabz, Rishton hududlarida
kulolchilik rivojlangan. Jumladan, Rishton O’zbekiston hududidagi kulolchilik markazlaridan biri
hisoblanadi.’’XIX asr oxiri XX asr boshlarida aholining deyarli hammasi kulollardan iborat edi.

Farg’ona vodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilik ta’siri

ostida bo'lgan. Ushbu tumanda har qanday turdagi buyumlami yasash uchun yaroqli bo'lgan,
alohida navli kulolchilik gilining mavjudligi bunga asos bo'la oladi. Qizg’ish-sarg’ish rangli ajoyib
gil Rishtonning deyarli butun xududida 1-1,5 m chuqurlikda qatlam bo'lib joylashgan. Gilning
yaxshi sifatliligi mahalliy ustalaming uni O'zbekistonning boshqa tumanlaridagi kulollardan farqli
ravishda oldindan tozalab boshqa turdagi tuproqlarga aralashmagan holda ishlab chiqarishga jalb
qilish imkonini beradi. Kulollar Rishton yaqinidagi tog’lardan har xil bo'yoqlar, kvartsli xum va
olovbardosh gillami qazib olishgan. Rishton kulolchiligida qismdan butunga yoki bo'lakdan
butunga tamoyiliga ko'ra taqdim etilgan. Unda inson, hayvonlar va parrandalaming gavdasini
ayrim unsurlari yordamida yaxlitlik g’oyasi aks ettiriladi. 1990-2007 yillar Rishton
kuiolchiligining rivojiga quyidagi tamoyilni qayd qilish mumkin. Rishtonlik ustalar an'anaviy
merosni astoydil e'zozlash bilan birga ancha dadillik va keskinlik bilan buyumlar shakllari talqini
hamda naqshli bezaklar xarakteriga o'zgarishlar kiritishdi. An'anaviy shakllami va naqshlami
izchillik bilan to'laqonli qilib qayta tiklash an'analarga so'zsiz rioya qilish o'mini yakka tartibdagi
ijodiy tashabbuskorlik, yangicha usul va naqshin bezaklar turlarini kengaytirib bormoqda”.[5 B.
28-29]

Mustaqillikning dastkabki yillaridanoq, tariximizni o’rganishga alohida e’tibor qaratildi.
Shu o’rinda an’anaviy san’atga ham millliy badiiy hunarmandchiligimiz borasida ham

islohatlar boshlandi. 1997-yil O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov “Xalq
badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish davlat yo’li bilan qo’llab-
quvvatlash chora tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ham yaqqol kulolchilik sohasini ham
rivolanishiga asos bo’ldi.

Kulolchilik O‘zbekistonda hozirgi kunda o‘z maktablariga ega. Xususan, Farg‘ona

vodiysida: Rishton kulolchilik maktabi qolaversa Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Xorazm
hududlarida bunday kulolchilik maktablari hozirgi kunda ham o‘z faoliyatinni olib bormoqda.

XULOSA.
Tariximiz o’zining ulkan moddiy madaniyati bilan jahonga mashhurdir. Albatta buning

negizi, xalqimiz o’z mehnati bilan yaratgan kulolchilik buyumlari bunga yaqqol dalilidir.

Shuningdek, kulolchilikninh tariqqiy etishida ham ilm-fanning o’rni kattadir. Sharqda

birinchi va ikkinchi renessans davrlarida ham ilm-fan qatorida hunarmandchilikning amaliy
usullari taraqqiy etgan. Bizning hozirgi kunda ham kundalik turmushdsa foydalanayotgan ushbu
kulolchilik buyumlari shubxasiz o‘zbek xalqining milliy boyligi sanaladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

436

Bularni O’rta Osiyo hududida qay tariqa va qaysi davrda vujudga kelganligi ko‘pchilik

uchun qiziq bo‘lgan tarixiy voqeyalikdir. Har bir xalq o‘z mentalitetiga mos bo‘lgan
hunarmandchilik tarixini bilishi va uni qadrlashi o‘z milliyligi va tarixiga bo‘lgan hurmatning
ifodasidir.

REFERENCES

1.

Egamberdiyeva N . Arxeologiya- Toshkent-2011 53-bet

2.

https://society.uz

9.11.2024 yil 18:06

3.

Egamberdiyeva N . Arxeologiya- Toshkent-2011 57-bet

4.

Egamberdiyeva N . Arxeologiya- Toshkent-2011 64-bet

5.

Abdullayev N. 0 ‘zbekiston san’ati tarixi. - Toshkent, 2007.

6.

Oripov B. Jahon san’ati tarixi. 3 qismli. - Namangan, 2004-2007.

7.

B.Oripov. 0‘zbekiston san’ati va me’morchiligi tarixi. - Namangan, 2007.

8.

N.Abdullayev. Sharq xalqlari san’ati tarixi. - Toshkent, 2007.

9.

Kabirov J., Sagdullayev A. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. Т., 1990.

References

Egamberdiyeva N . Arxeologiya- Toshkent-2011 53-bet

https://society.uz 9.11.2024 yil 18:06

Egamberdiyeva N . Arxeologiya- Toshkent-2011 57-bet

Egamberdiyeva N . Arxeologiya- Toshkent-2011 64-bet

Abdullayev N. 0 ‘zbekiston san’ati tarixi. - Toshkent, 2007.

Oripov B. Jahon san’ati tarixi. 3 qismli. - Namangan, 2004-2007.

B.Oripov. 0‘zbekiston san’ati va me’morchiligi tarixi. - Namangan, 2007.

N.Abdullayev. Sharq xalqlari san’ati tarixi. - Toshkent, 2007.

Kabirov J., Sagdullayev A. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. Т., 1990.