ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
478
OʻZBEKISTONDA ISHSIZLIK VA YALPI ICHKI MAHSULOTNING OʻSISHI,
TOSHKENT SHAHRINI OPTIMALLASHTIRISH VA VAQT QADRI
Rixsiboev Abdumurod Abduolim oʻgʻli
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti,
siyosatshunoslik yoʻnalishi 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14216424
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda ishsizlik va yalpi ichki mahsulotning
oʻsishi, Toshkent shahrini optimallashtirish va vaqt qadri masalalariga to’xtalib o’tilgan. Maqola
davomida ijtimoiy va tabiiy resurslarning inson hayotida muhimligi yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
ijtimoiy va tabiiy resurslar, vaqt qadri, ishsizlik, yalpi ichki mahsulotning
o’sishi.
UNEMPLOYMENT AND GDP GROWTH IN UZBEKISTAN, OPTIMIZATION OF
TASHKENT CITY AND VALUE OF TIME
Abstract.
This article discusses the issues of unemployment and GDP growth in
Uzbekistan, optimization of Tashkent city and value of time. The article highlights the importance
of social and natural resources in human life.
Keywords:
social and natural resources, value of time, unemployment, GDP growth.
БЕЗРАБОТИЦА И РОСТ ВВП В УЗБЕКИСТАНЕ, ОПТИМИЗАЦИЯ ГОРОДА
ТАШКЕНТА И ЦЕННОСТЬ ВРЕМЕНИ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются вопросы безработицы и роста
ВВП в Узбекистане, оптимизации города Ташкента и ценности времени. В статье
подчеркивается значение социальных и природных ресурсов в жизни человека.
Ключевые слова:
социальные и природные ресурсы, временная стоимость,
безработица, рост ВВП.
Inson hayoti uchun ijtimoiy va tabiiy resurslar juda muhim hisoblanadi, masalan oziq
ovqatlar, kiyim kechaklar, tok va gaz manbalari kerak boʻladi. Albatta biz ibtidoiy jamiyatda emas
ijtimoiy jamiyatda yashayapmiz. Shuning uchun insonlarga yuqoridagi inson hayoti omili bilan
bogʻliq boʻlgan resurslar sotib olishimiz uchun moddiy boyliklar va sarmoya kerak boʻladi.
Insonlarga moddiy boyliklar va sarmoya yigʻish uchun esa ish yoki biznes loyihalar kerak
boʻladi, xalqning quyi qatlami uchun tabiiyki biznes loyihalar mos kelmaydi, shunday ekan har
bir insonga roʻzgʻor tebratish uchun ish kerak. Oʻzbekistondag ishsizlik darajasi 2023-yil yakuniga
koʻra 6,8%ni tashkil etib avvalgi yilga nisbatan 2,1%ga pastlagan.
Endi bu koʻrsatkichni hududlar kesimida qarasak ishsizlik eng baland hududlar
Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari, hududida yuqori choʻllanish va sanoat zonalari past
boʻlganligi hisobiga Qoraqalpogʻiston va Navoiy viloyatlarini ishsizlik eng past hududga esa
tabiiyki Toshkent shahri ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Toshkent shahrida nima uchun ishsizlik darajasi past?
Chunki koʻplab sanoat zonalari, zavod fabrikalar, yirik katta bozorlar ishlab chiqaruvchi
sexlar Toshkent shahrida joylashgan. Insonlar pul topish maqsadida Toshkentga kelishadi MCHJ
yoki zavod fabrikalar boʻlsin yoki bozorlardagi oldi sotti, kunlik ish boʻlsa xam ish qidirib kelgan
odam albatta topadi, lekin bu yerda vaqt omili katta rol oʻynaydi ishga(smenaga) yoki kunlik ishga
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
479
kelayotgan odam yoʻl uzoqligi hisobini olib barvaqt yoʻlga otlanadi, qaytayotganda esa kech
qaytadi. Uzoqdan markazga qatnab ishlovchilarning 4-5soat vaqtlari yoʻlga sarflanadi ijarada
turay desa ijara puli qimmat.
Toshkent shahri bir necha yildan buyon xavo ifloslanish darajasi yuqori boʻlgan shaharlar
roʻyxatida yuqori oʻrinlarda turipti. Xavo ifloslanishi darajasini oshishi inson salomatligiga va
poytaxt boʻlganligi uchun davlat imidjiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Xoʻsh unda nima qilsak muammoni ijobiy hal qilgan boʻlamiz? Birinchi navbatda
viloyatlardagi unumsiz yerlarga oʻzidan zaxarli moddalar chiqaruvchi zavodlarni, viloyatlardagi
chekka hududlarga ishlab chiqaruvchi seh fabrikalarni Toshkent shahri hududidan chiqarishimiz
kerak. Shunda chekka hududlarda va ishsizlik yuqori boʻlgan viloyat odamlari ish bilan
taʼminlanadi, yoʻlga ortiqcha vaqt sarfidan halos boʻlib unumli maishiy hayotga yondashishadi.
Chet davlatlarda ishlayotgan migrantlarning oʻrtacha yoshi 18-45 yosh hisoblandi. Pul
topish maqsadida kimdur oilasini, yana kimdir yosh goʻdak farzandlarini, kimdur yangi oila
quriboq, kimdur oila qurish toʻy hasham deb ish izlab chet elga ketadilar.
Natijada migrantlar oʻzlari ishlayotgan zavod fabrikalar sehlar orqali oʻsha davlat budjeti
daromadi oshishiga xizmat qilishadi, agar ishlab chiqarish sanoat zonalari ishsizlik yuqori joylarga
koʻchirib joylashtirilsa har bir migrant koʻp pul topmasa ham oilasi yonida erkin va xavfsiz hayot
kechirishni hohlaydi oʻzimizda ishlaydi.
Natijada ishlab chiqarish sanoati rivojlanadi va eksport hajmi oshadi bu esa davlat yalpi
ichki mahsulot oshishiga sabab boʻladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib turadigan yoki oʻzimiz guvoh boʻladigan Toshkent shahar
ichidagi va shaxarga kirish chiqishda yuzaga kelayotgan tirbandlik masalasi ham Toshkent
shahrini optimallashtirish orqali hal boʻladi.
Toshkent shahri zaxarli havo chiqaruvchi zavodlardan, yuzaga keladigan yuqori
tirbandliklardan halos boʻlgan, istirohat bogʻlari yashil, tarixiy, madaniy zonalari boʻlgan davlat
imidjini koʻrsatadigan poytaxt shaxar boʻlishi kerak.
Xulosa: Insonlarning pul topish maqsadida oilasidan uzoqda chet davlatlardagi ketgan
vaqti, yoki Toshkent shahriga kelib ketuvchilarning 4-5soatlik yoʻlga ketayotgan vaqti, shaxar
ichida yuzaga kelayotgan tirbandlik masalasini yechish inson qadri vaqtni qadrlashga xizmat
qiladi.
Va mana shu sarflanayotgan ortiqcha vaqtlarni insonlar oila va yaqinlari davrasida
oʻtqazishi odamlarda baht indeksini oshiradi.
