ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
487
MIF POETIKASIGA NAZAR
Sadiyeva Nodirabonu Xikmatillo qizi
Zulfiya nomidagi Davlat Mukofoti sovrindori.
Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti Universiteti.
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14225845
Annotatsiya.
Mif qadimgi odamning borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo‘lib,
koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy
jismlarning paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar,
ma‘budlar va ilohlar to‘g`risidagi e‘tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga olgan. Ushbu maqolada mif
poetikasiga oid ilmiy qarashlar, tasavvurlar ko`rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Mif, poetika, metod, tarix, afsona, she`riyat.
A LOOK AT THE POETICS OF MYTH
Abstract.
A myth is a set of ancient people's primitive ideas about existence, the creation
of the universe, the emergence of man, plants and animals, the appearance of heavenly bodies, the
causes and essence of natural phenomena, mythical heroes, gods and goddesses. contains
religious views about ``. In this article, the scientific views and imaginations related to the poetics
of myth are considered.
Key words:
Myth, poetics, method, history, legend, poetry.
ВЗГЛЯД НА ПОЭТИКУ МИФА
Аннотация.
Миф – это совокупность первобытных представлений древних людей
о существовании, в том числе о сотворении Вселенной, создании человека, растений и
животных, появлении небесных светил, причинах и сущности явлений природы,
легендарных героях, богах и т. д. богинь содержит религиозные представления о богинях.
В данной статье рассматриваются научные взгляды и представления, связанные с
поэтикой мифа.
Ключевые слова:
Миф, поэтика, метод, история, легенда, поэзия.
Hali o‘zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi odam o‘z atrofidagi moddiy mavjudlikning
paydo bo‘lish sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, tushuntirishga harakat
qilgan.
Mif qadimgi odamning voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi bo‘lib, tabiat
va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimgi tasavvurlar
silsilasidir.
Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-
da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o‘z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo‘lib
o‘tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan.
Ma‘lumki, qadimgi odamning tabiatni tushunishi va voqelikni idrok etishi g`oyat
murakkab tafakkur hodisasi hisoblanadi. Ajdodlarimiz o‘zini o‘rab olgan moddiy olamning sir-
asrorlarini tushunishga, tabiiy hodisalarning mohiyatini anglashga harakat qilar ekan, butun
borliqni borlig`icha qabul qilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
488
Moddiy olamdagi voqelikni idrok etishda obrazlilik va poetik ramzlardan foydalanish esa
badiiy ijodga xos belgi bo‘lib, voqelikka ongli hissiy munosabat bildirishga asoslanadi.
Dunyodagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lishi, muayyan tabiiy hodisalarning ro‘y
berish sabablari, tabiat va inson munosabati masalalari qadimgi odam ongida asotiriy tarzda talqin
qilingan. Olam haqidagi ana shu eng qadimgi e‘tiqodiy qarashlar asosida dastlabki mifologik
tasavvurlar tizimi kelib chiqqan. Mif – qadimgi odamning voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy
munosabati ifodasidir.
Miflar, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Eng qadimgi davr folklorida ibtidoiy
tasavvurlar asosida yaratilgan miflar xalq og`zaki poetik ijodining ilk mahsulidir. Aniqrog`i, xalq
epik ijodining ilk namunalari bo‘lgan miflar ta‘sirida keyinchalik afsona, ertak, qo‘shiq,
topishmoq, doston singari boshqa janrlar shakllangan.
Miflar folklordagi dastlabki ijod namunalari bo‘lgani uchun juda sodda shaklda, qisqa
hajmda yaratilgan. Ularda ibtidoiy insonlarning borliq, olam jumboqlari, tabiat va koinot sirlarini
bilishga intilishi, bu boradagi ilk tasavvurlari va xulosalari, xudolar, pahlavonlar, o‘simliklar va
hayvonlar olami, ayrim narsalarning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Miflarda olam va uning yaralishi, boshqarilishi haqidagi ilk tushunchalar xayoliy uydirma
orqali bayon etilgan. Real voqea-hodisalarning qanday yuz berishini hali tushunib etmagan, ongi
juda past bo‘lgan ibtidoiy inson ularni tangri-ma‘budlar haqidagi qarashlari, tasavvur-
tushunchalari asosida talqin qilgan. Shu tariqa miflar og`zaki ijod mahsuliga aylangan. Ular
tarkibidagi epik motivlar og`izdan-og`izga ko‘chib, yangi-yangi miflar yuzaga kelishiga zamin
yaratgan. Bora-bora ular afsona, ertak, doston singari janrlar syujetidan ham o‘rin olgan.
Mavzu doirasi, asosan, olamning, osmon jismlarining, odamning yaralishi, tabiat
hodisalarining qanday yuz berishi, ularning tangrilar tomonidan boshqarilishi izohidan iborat
bo‘lgan miflarda turli ma‘budlar obrazining keltirilishi, samo yoritgichlari hamda tabiatdagi
stixiyali kuchlarning jonlantirilishi tufayli muayyan darajada badiiylik borligidan nishona beradi.
Shu ma‘noda ular xalq og`zaki poetik ijodi janrlaridan biri hisoblanishiga asos bo‘ladi. Miflarda
talqin va tasvir fantastika, xayoliy uydirma, badiiy to‘qimaga asoslanadi. Lekin ularda badiiy
to‘qima ongsiz kechgan.
Mumtoz miflar tarkibiga ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi kurash haqidagi asotiriy
qarashlarni o‘zida aks ettirgan dualistik miflar, kult miflari (suv, olov, osmon jismlari, o‘simliklar,
jonivorlar, hosildorlik kultlari bilan aloqador tasavvurlar asosida shakllangan), o‘lib-qayta
tiriluvchi qahramonlar (Siyovush bilan bog`liq) haqidagi miflar; samoviy (oy, quyosh,
yulduzlarning paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalar haqidagi) miflar; taqvimiy miflar, ya‘ni yilboshi
Navro‘z bilan bog`liq udumlar, vaqt hisobi omillari haqidagi asotiriy ishonchlar; antropogenik
miflar yoki odamzotning yaratilishi (Qayumars, Gavomard, Jamshid) to‘g`risidagi miflar kiradi.
Hamma davrlarda miflarni o‘rganishga qiziqish katta bo‘lgan. Mif falsafa, din tarixi bilan
ham bog`liq bo‘lib, bu uning ko‘p qirraliligi barobarida ko‘p vazifaliligini namoyon etadi. Miflar
turli fanlar kesimida o‘rganilib kelinmoqda. Ammo “mifologiya” nomi bilan miflarni o‘rganuvchi
maxsus fan sohasi paydo bo‘lgan va taraqqiy topib kelayotir. Bu fan ibtidoiy insonning tabiatni
bilishga intilishining natijasi sifatida vujudga kelgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
489
M.Abdullayeva o`zining “Mumtoz tarixiy poetika” asarida ta`kidlaganidek: -“Bir necha
ming yillik tarixga ega bo`lgan, bashariyat xotirasida chuqur joy egallagan mif va afsonalarning
o`rni, ayniqsa, san`at va adabiyot uchun misli beqiyosdir [1].
Insoniyat tafakkuri taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan
mifologiya ibtidoiy madaniyatning negizi, olamni idrok etishning qadimiy vositalaridan biri,
badiiy tafakkurning ibtidosi hisoblanadi. Mifologiyaning asosini qadimgi odamning koinot, tabiat,
inson, osmon jismlari, narsa va hodisalarning paydo bo‘lishi haqidagi miflar tashkil etadi.
Mif mohiyatini oydinlashtirishda XVIII asrda yashagan italiyalik olim J.Viko(1668-
1744)ning miflarni ‘poetik nutq’ning arxaik shakli sifatida talqin qilishga asoslangan
nazariyasi, shuningdek, uning ‘ibtidoiy ideologiya sinkretizmi’, ‘mifning poetik tabiati’, ‘mif –
magik poeziya ekanligi’ haqidagi ilmiy qarashlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning
yozishicha, insoniyat o‘z taraqqiyotining eng quyi qatlamida fikrni imo-ishoralar, belgi-ifodalar
va ramzlar vositasida bayon qilgan. Bu ‘til’ shakli o‘z mohiyatiga ko‘ra metaforik, ya‘ni «poetik
nutq» tabiatiga ega bo‘lgan. Mifni talqin qilishning bu o‘ziga xos nazariyasi keyinchalik
mifshunos M.Myuller tomonidan ilgari surilgan ‘miflarni lingvistik talqin qilish
konstepstiyasi’ga asos bo‘ldi [2].
Mifonimlarning nomi ko‘pincha tilga olinmaydi, ularga nisbatan evfemizmlar qo‘llaniladi.
Xalq she‘riyatida mifologizastiya yoki tabiat hodisalarini poetik mifologemalar, ya‘ni
xayoliy-fantastik, mifologik obrazlar vositasida tasvirlash an`anasi ham mavjud. Bunga jannat,
do‘zax, Eram Bog`i va hokazo singari epik makonlarni, ruh, arvoh, pari kabi obrazlarni misol
qilish mumkin [3].
Yozma adabiyot folklor an‘analari orqali qadimgi mifologiya bilan chambarchas
bog`langan bo‘lib, mifning xalq og`zaki ijodi asarlaridagi epik syujet, motiv va poetik detallar
ko‘rinishidagi talqinlari badiiy idrok etilgan voqelikni tasvirlashda samarali qo‘llanilib kelingan.
Badiiy adabiyotda qayd qilingan mifologik obraz va motivlar folklordan ijodiy bahramand
bo‘lishning o‘ziga xos qirralaridan biri hisoblanadi. Shu bois biz badiiy matnda qo‘llanilgan mifik
syujet elementlari mifologizmlar deyiladi.
Xalqimizning mifologik tasavvurlari asosida yuzaga kelgan epik motivlar va obrazlar
silsilasidan ijodiy foydalanish o‘zbek mumtoz adabiyotida ham o‘ziga xos badiiy an‘ana bo‘lib
kelgan. Xususan, ulug` shoir Alisher Navoiy asarlarida genetik ildizlari o‘zbek mifologiyasining
qadimiy qatlamlariga borib taqaluvchi poetik timsollar va obrazlar silsilasining butun bir tizimi
mavjud. Bu esa shoir asarlaridagi mifologizmlarning manbalari, tasnifi va badiiy vazifalarini
qiyosiy-tarixiy jihatdan keng ko‘lamda tadqiq etish lozimligini ko‘rsatadi.
Mifologiya nafaqat qadimgi odamning dunyoqarashi va tabiatni tushunishi, balki badiiy
tafakkurning birinchi bosqichlari sifatida ham ahamiyat kasb etadi. Miflar orqali insoniyat o‘zining
tarixiy, diniy va falsafiy qarashlarini ifoda etgan. Ularning tarkibida ezgulik va yovuzlik, qadimiy
madaniyatlar va diniy tushunchalar o‘rtasidagi kurash ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, miflar tabiat
hodisalari, samoviy jismlar, odamning yaratilishi va boshqa ko‘plab masalalar haqida qarashlarni
o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, mifologiyaning san’at va adabiyotga ta'siri katta bo‘lib, xalq og‘zaki ijodi
va mumtoz adabiyotda mifologik motivlar va tasvirlar keng qo‘llanilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
490
Alisher Navoiy kabi shoirlar o‘z asarlarida o‘zbek mifologiyasining qadimiy qatlamlariga
asoslangan obrazlarni yaratgan, bu esa o‘zbek mumtoz adabiyotining boyligini va uning folklor
bilan chambarchas bog‘liqligini tasdiqlaydi. Shunday qilib, mifologiya nafaqat qadimgi
insoniyatning dunyoqarashi, balki badiiy ijodning rivojlanishiga ham katta ta'sir ko‘rsatgan.
REFERENCES
1.
M.Abdullayeva. “Mumtoz tarixiy poetika”
2.
Abdullaev A. O‘zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. – Toshkent: Fan, 1983.
3.
Akramov G‘. Mif va yozma adabiyot munosabatiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti. –
Toshkent, 1996. – №2. – B.60-66.
4.
Boltaboev H. Adabiyotshunoslik ensiklopediyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2015. – 664 b.
5.
Jo‘raev M. Miflarning yozma adabiyotga munosabati // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent,
1980. – №6. ‒ B.41-45.
6.
Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati. – Toshkent: Fan, 2007. – 260 b.
7.
Narbaeva, T., Musurmanova, A., & Ismailova, Z. (2023). Priority areas of spiritual, moral
and physical education of youth in the family. Science and innovation, 2(B1), 49-59.
8.
Мусурманова, А. (2019). Концептуальные основы формирования духовной культуры
молодежи в системе непрерывного образования. Проблемы педагогики, (1 (40)), 5-7.
9.
Musurmanova, A. (2018). Family reading as a factor of spiritual and moral development of
the child The Way of Science. International scientific journal
(ISSN 2311-2158), 1(47), 70-72.
10.
Musurmonova O, Baubekova G. Uzbek folk pedagogy. Tashkent. 2000;320.
