Authors

  • Shahlo Rustamova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48121

Abstract

Ushbu maqola Xalqaro huquq tushunchasi, xalqaro huquqning global barqarorlikni ta`minlashdagi siyosiy o`rni, hamda xalqaro va milliy huquqning o`zaro aloqasi tahlil qilinadi. Bundan tashqari maqolada Xalqaro huquqning tinchlikni saqlashdagi asosiy printsiplari Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi xalqaro huquqiy mexanizmlar,xalqaro tashkilotlarning ayni shu sohadagi olib borayotgan faoliyati,bugungi kundagi xalqaro nizolar va ularning sabablari tahlil qilinadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

499

XALQARO HUQUQ VA UNING NIZOLARINI HAL QILISH, TINCHLIK VA

BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI ROLI

Rustamova Shahlo Suxrob qizi

O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar unversiteti,

Siyosatshunoslik yo’nalishi 4-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14225970

Annotatsiya.

Ushbu maqola Xalqaro huquq tushunchasi, xalqaro huquqning global

barqarorlikni ta`minlashdagi siyosiy o`rni, hamda xalqaro va milliy huquqning o`zaro aloqasi
tahlil qilinadi. Bundan tashqari maqolada Xalqaro huquqning tinchlikni saqlashdagi asosiy
printsiplari Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi xalqaro huquqiy mexanizmlar,xalqaro
tashkilotlarning ayni shu sohadagi olib borayotgan faoliyati,bugungi kundagi xalqaro nizolar va
ularning sabablari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar:

xalqaro huquq,davlatlararo tizim ,suveren tenglik xalqaro nizolar,

baynalminal ong, milliy huquq.

INTERNATIONAL LAW AND ITS ROLE IN CONFLICT RESOLUTION, PEACE AND

STABILITY

Abstract.

This article analyzes the concept of international law, the political role of

international law in ensuring global stability, and the relationship between international and
national law. In addition, the article analyzes the main principles of international law in
maintaining peace, international legal mechanisms for ensuring peace and security, the activities
of international organizations in this field, today's international conflicts and their causes.

Key words:

international law, interstate system, sovereign equality, international disputes,

international consciousness, national law.

МЕЖДУНАРОДНОЕ ПРАВО И ЕГО РОЛЬ В РАЗРЕШЕНИИ КОНФЛИКТОВ,

МИРЕ И СТАБИЛЬНОСТИ

Аннотация.

В статье анализируются понятие международного права,

политическая роль международного права в обеспечении глобальной стабильности,
соотношение международного и национального права. Кроме того, в статье
анализируются основные принципы международного права в поддержании мира,
международно-правовые механизмы обеспечения мира и безопасности, деятельность
международных организаций в этой сфере, современные международные конфликты и их
причины.

Ключевые слова:

международное право, межгосударственная система, суверенное

равенство, международные споры, международное сознание, национальное право.

Mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish va global barqarorlikni,

ta'minlashda xalqaro huquq asosiy o'rin tutadi. U davlatlarga tashqi siyosatida va bir-biri bilan
oʻzaro aloqalarida yoʻl koʻrsatish norma va printsiplarini belgilaydi. Mamlakatlarning o'zaro
bog'liqligi ortib borayotgani va global muammolarning haqiqiylashuvi sharoitida xalqaro huquq
tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlashning eng muhim vositasiga aylanib
bormoqda. Xalqaro huquq uning mohiyatini belgilovchi va davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni
tartibga soluvchi asosiy tamoyillarga asoslanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

500

Davlatlarning suveren tengligi, ichki ishlarga aralashmaslik, nizolarni tinch yo'l bilan hal

qilish, kuch ishlatish tahdididan yoki foydalanishdan voz kechish, davlatlar o'rtasidagi hamkorlik,
xalqlarning o'zini o'zi boshqarishi va inson huquqlarini himoya qilish shular jumlasidandir. Ushbu
tamoyillar BMT Nizomi va boshqa fundamental xalqaro shartnomalarda ko'zda tutilgan bo'lib,
zamonaviy jahon tartibining asosini tashkil etadi.

Suveren tenglik

Barcha davlatlar hajmi, fuqaroligi va siyosiy tizimidan qatʼi nazar,

xalqaro huquq boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarida tengdirlar.

Aralashuvga yo'l qo'yilmaslik

Davlatlar bir-birining ichki ishlariga aralashishdan tiyilib,

hududiy yaxlitligini hurmat qilishi kerak.

Nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish

Davlatlar o'zlarining xalqaro nizolarini tinch yo'llar

bilan, kuch ishlatmasdan hal qilish majburiyatiga ega.

XXI asr kishilik jamiyati hayotining baynalmilallashuvidek tarixiy qonuniyatning

kuchayishi bilan ajralib turadi. Davlat chegaralarining mavjudligi va har xilligiga qaramay,
xalqaro munosabatlarda mamlakatlarning o'zaro aloqalari rivojlanib bormoqda. Xalqaro
munosabatlar nafaqat davlatlar, balki har bir inson hayotiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro
munosabatlar tizimi huquqning muayyan sohasi — xalqaro huquq bilan tartibga solinadi.

U davlatlarning, jismoniy va yuridik shaxslarning turli-tuman aloqalariga u yoki bu

darajada ta’sir qiladi. Xalqaro huquqning milliy huquqqa va davlat ichki hayotiga ham ta’siri
kuchaymoqda. Shu bois bugungi kunda huquqni bilish nafaqat xalqaro munosabatlar bilan
bevosita shug'ullanuvchi mutaxassislar, balki iqtisodchilar va tadbirkorlar, hatto oddiy fuqarolar
uchun ham ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Xalqaro huquq normalari asta-sekin milliy huquqiy
tizimning bir qismiga aylanib bormoqda. Uning asoslarini bilish jismoniy va yuridik shaxslarning
o'z huquqlarini mamlakat ichida himoya qilishlari uchun ham zarurdir. Buning sabablari haqida
mashhur italyan professori B. Konforti shunday yozadi: «Xalqaro huquqning mazmuni shu qadar
kengaydiki, uni umumiy kurs darajasida yoritish mumkin emas

1

». Bugun hatto xalqaro yurist ham

xalqaro huquqning hamma sohasi bo'yicha yetuk mutaxassis bo'la olmaydi.

Shuning uchun bizning vazifamiz milliy huquq sohasi mutaxassislarining xalqaro huquq

asoslarini bilishlari uchun ularga ko'maklashish hisoblanadi. Bu o'rinda shuni alohida ta’kidlash
lozimki, xalqaro huquqning har bir sohasini mufassal bilish nazariy jihatdan muhim hisoblanadi. .

Shu bois ushbu mavzuda xalqaro huquqning umumiy va maxsus qismlariga alohida e’tibor

berildi. «Umumiy qism» xalqaro huquqning yuridik tabiatini yoritishga, uning normalarini
yaratish va amalga oshirish mexanizmiga, xalqaro va milliy huquqning o'zaro aloqasi kabi
masalalarga bag'ishlangan. Xalqaro huquqning umumiy mazmunini tashkil etuvchi va oliy yuridik
kuchga ega bo'lgan asosiy prinsiplaiga alohida e’tibor berildi. «Davlatlarning xalqaro huquqiy
subyektligi» instituti mazkur muammolar bilan chambarchas bog'liq ravishda ko'rib chiqildi.

Xalqaro huquqning umumiy o'ziga xos tabiatini bilib olgach, uning u yoki bu sohasini

qiyinchiliksiz o'zlashtirish mumkin, umumiy prinsiplar bilan sohaga oid normalaming o'zaro
aloqasini aniqlash ancha oson kechadi. Shu bois «Maxsus qism»da xalqaro huquqning asosiy
sohalariga alohida e’tibor qaratildi.

1

Qarang: Conforti B. International Law the Role of Domestic Legal Systems. Dordrecht, 1993. P. 125.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

501

Davlatlararo tizim va xalqaro huquq

. Xalqaro huquq — davlatlararo tizimda amaldagi

huquqning alohida mustaqil tizimi. Avvalambor, xalqaro huquq davlatlararo munosabatlarni
tartibga soladi. Davlatlararo tizimning tarkibiy qismlari quyidagilardir: davlatlar, xalqlar va
millatlar, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar, xalqaro konferensiyalar, davlatlardagi turli
nohukumat birlashmalari, xalqaro organlar (xalqaro komissiyalar, xalqaro sudlar, xalqaro
arbitrajlar), xalqaro-huquqiy normalar. Davlatlararo tizimning barcha qismlari bir-biri bilan o'zaro
chambarchas bog'liqdir. Davlatlararo tizim ichki davlat tizimidan farq qiladi. Davlatlararo tizimda
oliy hokimiyat yo‘q. Bundan tashqari, ichki davlat tizimidagi kabi qonun chiqaruvchi, ijroiya va
sud hokimiyati organlar ham yo'q. Bu holat esa davlatlararo tizimning o'ziga xosligini belgilab
beradi. Davlatlararo tizimning normativ asosini xalqaro huquq normalari tashkil etadi. Xalqaro
huquq davlatlararo tizim o'rtasidagi munosabatlami tartibga solib turuvchi huquqiy vositadir.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, davlatlararo tizim subyektlari o'rtasidagi munosabatlar

faqat xalqaro huquq normalari bilangina tartibga solinmaydi. Bu munosabatlar xalqaro siyosiy va
axloq normalari, xulq-atvor qoidalari, odat normalari, xalqaro tashkilotlaming rezolyutsiya —
tavsiyalari bilan ham tartibga solinadi. Xalqaro huquq va davlat suvereniteti. Olimlar, davlat va
siyosat arboblari o'rtasida xalqaro huquq davlatlar mustaqilligini cheklab qo'yadi, degan qarash
keng tarqalgan. Ularning fikricha, har qanday shartnomaning tuzilishi oxir-oqibatda shunga olib
keladi. Bunday fikr, odatda, mustaqillikni mutlaq harakat erkinligi sifatida tushunishga asoslangan
bo'ladi. Ayni paytda, «mutlaq» mustaqillikning mavjud bo'lishi mumkin emas. Chunki har doim
bir davlatning mustaqilligi boshqalarining mustaqilligi bilan cheklangan bo'ladi. Xalqaro huquq
davlatlarning suverenitetini emas, balki ularning harakat erkinligini muayyan tartibga solib turadi,
xolos.

Xalqaro huquqning imperativ normalari ham mavjud bo`lib,bular shunday normalarki, ular

xalqaro hamjamiyat tonidan yaratiladi va davlatlar, hatto o'zaro kelishuv bo'yicha ham, bunday
normalardan chekina olmaydi. xorijiy ilmiy adabiyotlarda bu haqda ikkita yo‘nalish mavjud.

Birinchisi, siyosatning ahamiyatini oshirib, ikkinchisi kamaytirib ko‘rsatadi. «XX asr oxiri

huquqshunoslari xalqaro huquqning siyosiy tabiatini rad etishdan ko‘ra u bilan bog'liq bo'lgan
oqibatlar bilan hisoblashishsa yaxshiroq bo‘lardi

2

» Buning uchun xalqaro huquq nazariyasini real

siyosatga yaqinlashtirmoq kerak. Darhaqiqat, xalqaro huquq nazariyasining real xalqaro
munosabatlar poydevoriga asoslanishini rad etib bo'lmaydi. Davlatlar xalqaro huquqning
birlamchi subyektlaridir. Xalqaro huquq nazariyasida davlatlarning quyidagi asosiy huquqlari
qayd etiladi:

1) suveren tenglik;
2) mustaqillik va o'zining barcha qonuniy huquqlarini ro'yobga chiqarish;
3) o'z hududi va shu hududdagi barcha shaxslar va mol-mulk ustidan (xalqaro huquqda tan

olingan immunitetlarga amal qilingan holda) o'z yurisdiksiyasini joriy etish;

4) boshqa ichki davlatlar bilan teng huquqlilik;
5) tamomila o'zining ichki vakolatlariga kiradigan masalalami hal etishda o'z mustaqilligini

muhofazalash;

6) xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolari bilan hamkorlik qilish;

2

The Structure and Process of International Law. P. 204


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

502

7) qurolli hujumga qarshi individual yoki jam oa tarzida o'zini o'zi mudofaa qilish.
Xalqaro huquqning asosiy maqsadi davlatlar o‘rtasidagi nizolarni oldini olish va ularni

tinch yo‘l bilan hal qilish orqali global tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. Bunda
xalqaro huquqiy mexanizmlar katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu mexanizmlar xalqaro tashkilotlar,
shartnomalar, huquqiy normalar va protseduralardan tashkil topgan bo‘lib, ular turli xil nizolarni
hal qilish va tinchlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Xalqaro huquqning tinchlikni saqlashdagi asosiy printsiplari, Suverenitet va hududiy

yaxlitlik printsipi, kuch ishlatmaslik printsipi.

Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlar,BMT xalqaro tinchlik

va xavfsizlikni saqlashda eng muhim xalqaro tashkilot hisoblanadi. BMTning asosiy maqsadi
dunyoda tinchlikni ta’minlash, xavfsizlikni mustahkamlash va nizolarni tinch yo‘l bilan hal
qilishdir. BMTning bu boradagi asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat: BMT Xavfsizlik
Kengashi, BMT tinchlikni saqlash missiyalari,Yevropa Ittifoqi (YI),Yevropa xavfsizlik va
hamkorlik tashkiloti (YXHT),Yevropa Kengashi, Xalqaro shartnomalar va huquqiy
normalar,Xalqaro shartnomalar, BMT Nizomi,Jeneva konvensiyalari,Qurolsizlanish va qurol
tarqalishini nazorat qilish bo‘yicha shartnomalar, Xalqaro huquqiy normalar va odatlar,Jus cogens
normalari, Umumiy huquqiy prinsiplar .

Xalqaro huquqiy mexanizmlarning amaliyotda qo‘llanishi, Xalqaro nizolarni hal

qilishi.

Xalqaro huquqiy mexanizmlar xalqaro nizolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu

mexanizmlar davlatlar o‘rtasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun turli xil usullarni taklif
etadi. Ba’zi muhim usullar quyidagilardan iborat:

Muzokaralar va vositachilik, hakamlik sudi va xalqaro sudlar, tinchlikni saqlash va

insonparvarlik yordami, tinchlikni saqlash operatsiyalari, insonparvarlik yordami

Xalqaro nizolarni hal etishda xalqaro tashkilotlarning o'rni

Xalqaro nizolarni tinch yo‘l

bilan hal etish huquqi — davlatlararo nizolarni tinchlik vositalari bilan barqarorlashtirish tartibini
belgilab beradigan prinsiplar va norm alar majmuyidir. Xalqaro huquqning bu mustaqil sohasi
negizida nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish prinsipi yotadi. Bu prinsip nizolarni faqatgina tinch
yo‘l bilan hal etish vositalari bilan barqarorlashtirish majburiyatini yuklaydi. Yana bir prinsip
mavjud bo'lib, bu nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish vositalarini erkin tanlash prinsipidir. Xalqaro
to‘qnashuvlarni tinch yo‘l bilan hal etish to'g'risidagi Konvensiya 1899-yili Gaaga tinchlik
konferensiyasida qabul qilingan

3

. Shundan buyon mazkur muammoga bag'ishlangan qator

xalqaro-huquqiy aktlar qabul qilindi. BMT Ustavida mazkur masalaga taalluqli alohida bob
mavjud. B M T Bosh Assambleyasi bu borada bir qancha rezolyutsiyalar qabul qilgan va ular
orasida 1982-yilgi Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etish to'g'risida Manila deklaratsiyasi
alohida ahamiyatga molik. qaratilgan . «Nizo» bilan «vaziyat» iboralari o'rtasidagi tafovut yuridik
aham iyatga ega. Nizo BMT Xavfsizlik Kengashida ko'rib chiqilayotganda Kengashning nizoda
ishtirok etayotgan a ’zosi ovoz berishdan tiyilishga majbur

4

, «vaziyat» ko'rib chiqilayotganda esa

bunday majburiyat talab etilmaydi.

3

Док. ООН E/CN.4/2000/65 от 15 февраля 2000 г. — С. 63—65

4

Карлов Ю.Е. Религия и международное право/ Отв ред Ю М Колосов, Э.С. Кривчикова. — М., 2001. — С. 503; Борисов

КГ. Международное право религиозных конфессий мирового сообщества. — М., 2001. — С. 110

.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

503

Tinchlikka tahdid soluvchi nizolarga nisbatan BMTning Xavfsizlik Kengashi alohida

huquqlardan foydalanish imkoniga ega. U bunday nizolam ing har qandayini o 'z tashabbusi
asosida o'rganib chiqishi, uni barqarorlashtirish yuzasidan tegishli protseduralarni tavsiya etishi,
shuningdek, nizoni hal etish shartlarini taklif qilishi mumkin. Bundan tashqari, BMT Ustavida
nizolaming yana ikki xil toifasi ko'rsatilgan. Bularga yuridik va boshqa nizolar kiradi. Yuridik
nizolarning ajratib ko'rsatilishi nisbiy ahamiyatga ega. Xalqaro sud Statutida yuridik nizolar
sirasiga, awalo, shartnomani talqin etishga, xalqaro huquqqa tegishli har qanday masalaga, xalqaro
majburiyatlarning buzilganligini ko'rsatuvchi faktlar mavjudligiga, majburiyatni buzganlik uchun
undirib olinadigan to'lovlarga taalluqli nizolar kiritilgan. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, davlatlar
siyosiy, ya’ni noyuridik nizolar, ayniqsa, davlatning muhim manfaatlariga daxldor nizolarni
uchinchi bir tomonga ko'rib chiqish uchun topshirmasdan, ikki tomonlama asosda hal etishni afzal
biladi. Xalqaro tashkilotlarning nizolarni hal etishdagi o'rni ustuvor darajada siyosiy mazmun kasb
etsa-da, baribir ishtirokchilaming xalqaro huquqqa muvofiq ravishda harakat qilishi talab etiladi.

Siyosiy protsedura, asosan, tomonlaming pozitsiyalarini yaqinlashtirish va ular o'rtasida

kelishuvga erishish maqsadlariga qaratiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida Bosh Assambleya
va Xavfsizlik Kengashi nizolashayotgan davlatlarni nizoni hal etish borasida har qanday tinch yo'l
bilan hal etish vositasidan foydalanishga d a’vat etishi mumkin. BMTga a’zo bo'lmagan davlat o'zi
ishtirokchi tomon hisoblangan har qanday nizo haqida BMT Bosh Assambleyaga yoki Xavfsizlik
Kengashiga m a’lum qilishi mumkin. Har qanday nizo yoki ixtilofga olib kelishi yoxud nizo
qo'zg'ashi m um kin bo'lgan vaziyatlar tinchlik-osoyishtalikka tahdid solishda davom etishi
mumkin yoki yo'qligini aniqlash maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi ularni o'rganib chiqishi
mumkin. BMTning har qanday a’zosi ana shunday nizo yoxud vaziyat haqida Xavfsizlik
Kengashiga ma’lum qilish huquqiga ega.

Bu kabi holatlarda Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari tavsiyaviy ahamiyatga ega

bo'ladi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) 1992-yilda Sulh va arbitraj

to'g'risidagi konvensiyani qabul qilgan bo'lib, unda YXHT doirasida Sulh va arbitraj palatasini
ta’sis etish ko'zda tutilgan. Palataga murojaat qilishdan oldin, nizolashayotgan tom onlar boshqa
vositalar, birinchi navbatda, muzokaralardan foydalanishlari darkor

5

. Bular natija bermagan

taqdirda tomonlardan har biri nizoni shu munosabat bilan tuziladigan sulh komissiyasi ixtiyoriga
topshirishi mumkin. Bunda boshqa tomonning, agar tegishli nizo o'zining hududiy yaxlitligiga
daxldor ekani to'g'risida bayonot bermasa, roziligi talab qilinmaydi. Bu boradagi ishlaming natijasi
xalqaro nizoni tinch yo'l bilan hal etish to'g'risidagi takliflardan iboratdir. Agar muayyan
tomonlardan biri ana shu takliflarga rozi bo'lmasa, ular YXHTning Vazirlar kengashiga
topshiriladi. Arbitraj yurisdiksiyasi fakultativ mazmunga ega. Nizolarni uning ixtiyoriga topshirish
uchun tom onlarning roziligi bo'lishi kerak. Yevropa Kengashi 1957-yilda Nizolarni tinch yo‘l
bilan hal etish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasini qabul qilgan. Konvensiyada, Xalqaro sud
Statutida bo’lganidek, nizolar yuridik va boshqa xil nizolarga ajratilgan. Konvensiyadagi tom
onlar yuridik nizolarga nisbatan sudning majburiy yurisdiksiyasini qabul qilgan.

5

Мартенс F. Современное международное право цивилизованных народов. Т.2. Спб.. 1883. С. 99.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

504

Buning natijasi o'laroq, tomonlarning har biri boshqasining roziligisiz ham nizoni sudga

topshirishi mumkin. Noyuridik nizolar uchun esa sulh (murosa) protseduralari va arbitraj ko‘zda
tutilgan. Murosa vositalari suveren davlatlarning o'zaro munosabatlarida yuzaga kelgan nizolar va
kelishmovchiliklami tinch yo'l bilan barqarorlashtirishda muhim o'rin tutadi. Bu vositalarning
mazmun-mohiyatiga kelsak, bunda nizo tomonlar o'rtasidagi bevosita muloqot va bitimlar
yordamida barham topadi.

Muzokaralar tomonlarning o'zaro m a’qul bir bitimga erishish maqsadiga qaratilgan

bevosita aloqalami anglatadi. Shartnom a amaliyotida «nizolar diplomatik kanallari bo'yicha hal
etiladi» degan qoida qabul qilingan. Muzokaralar olib borish alohida tashkiliy tayyorgarlikni talab
etmaydi, bu jarayon davomida nafaqat siyosiy, balki yuridik masalalar ham uchinchi tomon
aralashuvisiz hal etilishi mumkin. Muzokaralar ikki tom onlam a, shuningdek, ko'p tomonlama
bo'lishi mumkin. Har qanday vaziyatda ham muzokaralar vijdonan olib borilishi zarur.

Muzokaralar umumiy qoida tariqasida nizolarni hal etishning boshqa xil vositalaridan oldin

bo'lib o'tadi. Maslahatlashuvlar (konsultatsiyalar) — muzokaralaming bir turi bo'lib, ikki xil
ko'rinishda bo'ladi: — alohida rasmiyatchiliklarsiz ayni bir vaqtdagi muloqot; — muayyan bitim
ijrosini nazorat etish yoki davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni umumiy monitoring qilish
maqsadida amalga oshiriladigan muntazam bir shakldagi muloqot. Ko'pincha maslahatlashuvlar
rasmiy muzokaralardan oldin bo'lib o'tadi. Bir qator xalqaro shartnom alarda kelishmovchiliklami
maslahatlashuvlar va muzokaralar yo'li bilan barqarorlashtirish ko'zda tutilgan. Xayrli xizmatlar
uchinchi tomonning nizolashayotgan tomonlar o'rtasida bevosita aloqa o'rnatish borasidagi
faoliyatidir. Xayrli xizmatlar davlat, uning mansabdor shaxsi, xalqaro organ yoki tashkilot,
ularning mansabdor shaxslari, nufuzli xususiy shaxs tomonidan ko'rsatilishi mumkin. Xayrli
xizmat ko'rsatish uchun nizoning barcha ishtirokchilaridan rozilik olinishi kerak. Ba’zi hollarda
tomonlar uchinchi tomonning muzokaralarda bevosita ishtirok etishi va imkon qadar kengroq
vakolatlarga ega bo'lishiga rozilik bildiradi. Bunday hollarda xayrli xizmatlar vositachilikka
aylanishi ham mumkin. Masalan, 1962-yilgi Karib krizisi davrida SSSR BMT Bosh kotibining
xayrli xizmatlariga rozilik bildirgan va bu AQSH bilan muzokaralar boshlashga ko'mak bergan,
natijada esa yirik davlatlar o'rtasida yadro mojarosi yuzaga kelishi xavfiga barham berilgan

6

.

Vositachilik — nizoni hal etish yo'llaridan biri bo'lib, bunda uchinchi tomon

nizolashayotgan tomonlarni o'zaro da’volar bo'yicha kelishtirish va ularga ma’qul keladigan
takliflarini kiritish uchun muzokaralarda ishtirok etadi. 1899 va 1907-yillardagi xalqaro
to'qnashuvlarni tinch yo'l bilan hal etish to'g'risidagi Gaaga konvensiyalarida belgilanishicha,
vositachining roli tomonlamrni nizoli da’volar yuzasidan kelishtirish va ularning bir-biriga bo'lgan
qarama-qarshilik kayfiyatini tarqatib yuborishdan iboratdir. Vositachi vazifasini davlat ham,
xalqaro organlar va tashkilotlar ham, shuningdek, alohida shaxslar ham bajarishi mumkin.

Xalqaro huquqning shakllanishi va amalga oshirilishida BMT, Yevropa Kengashi, Jahon

savdo tashkiloti va boshqalar kabi xalqaro tashkilotlar asosiy rol o'ynaydi. Ular yangi
shartnomalarni kelishish va qabul qilish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi, mavjud
majburiyatlarga rioya etilishini nazorat qiladi.

6

Карлов Ю.Е. Религия и международное право /Отв.ред. Ю.М. Колосов, Э.С. Кривчикова. — М., 2001. С.

499—501.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

505

Xalqaro huquqning global muammolarni hal qilishga ta'siri. Iqlim o'zgarishi, pandemiya,

savdo va moliyaviy inqirozlarning tarqalishi, xalqaro terrorizm va inson huquqlarining buzilishi
kabi zamonaviy global qiyinchiliklar xalqaro huquqiy tartibga solishni talab qiladi. Xalqaro huquq
ushbu muammolarni bartaraf etish uchun davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa aktyorlarning
muvofiqlashtirilgan harakatlarining huquqiy asoslarini taʼminlaydi. Unda xalqaro hamjamiyatning
birgalikdagi saʼy-harakatlari orqali global xavf va tahdidlarni boshqarish imkoniyatini yaratuvchi
vaʼdalar, standartlar va mexanizmlar joriy etiladi.

Iqlim & atrof-muhit

. Parij iqlim shartnomasi kabi xalqaro shartnomalar is gazi

chiqindilarini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga moslashish uchun majburiy shart-sharoit yaratadi.

Bu esa atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha global saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish

imkonini beradi.

Sog'liqni saqlash

JSST xalqaro sog'liqni saqlash qoidalari va yuqumli kasalliklar

to'g'risidagi shartnomalar hukumatlarning pandemiyalarning oldini olish va uni qanday
to'xtatishlari mumkinligini boshqaradi, bu esa sog'liq uchun tahdidlarga global javobni yanada
samarali ta'minlaydi

Iqtisodiyot va moliya

.WTO, IMF va boshqa institutlar qoidalari xalqaro savdo va moliya

qoidalarini yaratadi, iqtisodiy barqarorlik va adolatli rivojlanishga hissa qoʻshadi

Xalqaro va milliy huquq o'rtasidagi bog'liqlik
Xalqaro va milliy huquq bir-birini to'ldiruvchi va ta'sir etuvchi o'zaro bog'liq tizimlardir.
Davlatlar o'z xohishi bilan xalqaro huquqiy majburiyatlarni o'z zimmasiga oladilar, so'ngra

ichki qonunchilikda amalga oshiradilar. Shu bilan birga, milliy huquq normalari xalqaro huquqda
ham o'z aksini topishga, masalan, madaniyatli xalqlar tomonidan e'tirof etilgan urf-odatlar va
umumiy prinsiplar orqali namoyon bo'ladi. Shunday qilib, xalqaro va ichki huquqning
uyg'unlashuvi butun huquq tizimining samarali faoliyat ko'rsatishi va qonun ustuvorligini
ta'minlashning asosiy shartidir.

Xalqaro majburiyatlar
Oʻzaro bogʻliqlik va global qiyinchiliklarning oʻsib borishi sharoitida xalqaro

munosabatlarni tartibga solishda xalqaro huquq tobora muhim rol oʻynaydi. Mavjud xalqaro
institutlar yanada mustahkamlanishi va yangilari paydo boʻlishi kutilmoqda, bu esa davlatlarni
xalqaro majburiyatlarni bajarishga nazorat qilish va majbur qilish uchun yanada koʻproq
vakolatlarga ega boʻladi. Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi,
kosmik faoliyat va boshqalar kabi sohalar qatorida xalqaro huquqning mavzu sohasini kengaytirish
rejalashtirilgan. Bundan tashqari, xalqaro va milliy huquqni uyg'unlashtirish jarayoni ham davom
ettiriladi, bu esa ularning o'zaro ta'sir samaradorligini oshiradi. Umuman olganda, xalqaro huquq
global xavflarni boshqarish va tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlashning tobora
universal va samarali vositasiga aylanadi.

REFERENCES

1.

Conforti B. International Law the Role of Domestic Legal Systems. Dordrecht, 1993. P. 125.

2.

Док. ООН E/CN.4/2000/65 от 15 февраля 2000 г.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

506

3.

Карлов Ю.Е. Религия и международное право/ Отв ред Ю М Колосов, Э.С.
Кривчикова. — М., 2001. — С. 503; Борисов КГ. Международное право религиозных
конфессий мирового сообщества

4.

Карлов Ю.Е. Религия и международное право /Отв.ред. Ю.М. Колосов, Э.С.
Кривчикова. — М., 2001. С

5.

The Structure and Process of International Law. P

6.

The anatomy of human rights in Israel: Constitutional rhetoric and state proctice- Assaf
Meydani

7.

O'zbekiston Respublikasi va inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar / Mas’ul
muharrir yuridik fanlar doktori, professor A.X. Saidov. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston
Respublikasi Milliy markazi

8.

Rtveladze E.V., Saidov A.X. O'zbekiston hududida eng qadimgi davrda diplomatik
munosabatlaming rivojlanishi. — T, 2001; Сарсенбаев M.A. Международно-правовые
вопросы в истории Казахстана и Средней Азии (с XV века по настоящее время). —
Алма-ата, 1991

9.

Xalqaro huquq; mavzu, materiallar va assosiy-PhilipAlston va Ryan Googman

10.

“Xalqaro huquq va islom: O’zgarishlar va istiqbollari”-D.W.Greig

11.

“Xalqaro huquq: zarur hamkorliklar va maslahatlar”-Anne Peters

12.

“Xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar”-David J. Bederman





References

Conforti B. International Law the Role of Domestic Legal Systems. Dordrecht, 1993. P. 125.

Док. ООН E/CN.4/2000/65 от 15 февраля 2000 г.

Карлов Ю.Е. Религия и международное право/ Отв ред Ю М Колосов, Э.С. Кривчикова. — М., 2001. — С. 503; Борисов КГ. Международное право религиозных конфессий мирового сообщества

Карлов Ю.Е. Религия и международное право /Отв.ред. Ю.М. Колосов, Э.С. Кривчикова. — М., 2001. С

The Structure and Process of International Law. P

The anatomy of human rights in Israel: Constitutional rhetoric and state proctice- Assaf Meydani

O'zbekiston Respublikasi va inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar / Mas’ul muharrir yuridik fanlar doktori, professor A.X. Saidov. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi

Rtveladze E.V., Saidov A.X. O'zbekiston hududida eng qadimgi davrda diplomatik munosabatlaming rivojlanishi. — T, 2001; Сарсенбаев M.A. Международно-правовые вопросы в истории Казахстана и Средней Азии (с XV века по настоящее время). — Алма-ата, 1991

Xalqaro huquq; mavzu, materiallar va assosiy-PhilipAlston va Ryan Googman

“Xalqaro huquq va islom: O’zgarishlar va istiqbollari”-D.W.Greig

“Xalqaro huquq: zarur hamkorliklar va maslahatlar”-Anne Peters

“Xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar”-David J. Bederman